logo

ANESTEZIOLOGIYA. NARKOZ VA UNI XIRURGIYA AMALIYOTIDA QO’LLASH

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

38.0068359375 KB
ANESTEZIOLOGIYA. NARKOZ VA UNI XIRURGIYA
AMALIYOTIDA QO’LLASH.
REJA:
1.   Hayvonlarni   operasiya   qilishda   og’riqsizlantirishning   ahamiyati,
og’riqning organizmga ta’siri.
2.  Og’riqsizlantirish tarixidan qisqacha ma’lumot.
3.   Narkoz   tushunchasini   aniqlash   va   uni   qo’llash   yoki   qo’llamaslikka
ko’rsatma.
4.   Narkozning   klassifikasiyasi   va   narkotik   moddalarni   yuborish
usullari.
5. Hayvonlarni narkozga tayyorlash va uning kechishi.
6. Har xil hayvon turlarida narkozning qo’llanilishi. Anesteziologiya   –   an–inkor   etish,   aestesis-sezgi,   logos-fan
og’riqsizlantirish to’g’risidagi fandir.
I.   Og’riq   –   bu   hujayra   va   to’qimalarni   yemiruvchi   o’ta   kuchli
ta’sirlarga   qarshi   organizmda   javoban   ro’y   beradigan   o’ziga   xos   fiziologik
jarayon,   organizmni   himoya   qilish   reaksiyasidir.   Og’riqni   sezish   xavf-
xatardan   saqlanish   choralarini   ko’rish   va   uni   bartaraf   qilish   uchun   yordam
beradi.   Og’riq   butun   organizm   yoki   organlar   funksiyasining   buzilganligi
haqida, kasallik to’g’risida ogohlantiradi. «Og’riq – sog’liqning qo’riqchi iti»
der edilar qadimgi yunonda.
Og’rituvchi   ta’sirotga   javoban   organizmda   bir   qancha   o’zgarishlar
(vegetativ   reaksiyalar)   ro’y   beradi:   qon   tomirlar   torayadi,   qon   bosimi
ko’tariladi,   qonning   ivish   xossasi   oshadi,   qondagi   qand   miqdori   kuchayadi,
nafas olish tezlashadi va maromi buziladi. Oshqozon-ichak trakti bezlarining
shira   ishlab   chiqarishi   tormozlanadi.   Og’rituvchi   ta’sirotni   sezadigan
reseptorlar aniqlangan, ular orqali og’riq, talamus, gipotalamus va retikulyar
formasiyasiga beriladi. Bu yerda og’riqqa javob berish xodisasi yuzaga keladi
va   organizmni   zararli   ta’sirotlardan   saqlovchi   vositalar   birinchi   marta
safarbar qilinadi.
Miya   yarim   sharining   qobig’i   va   qobiq   osti   aloqa   yo’llari   orqali
impulslar miya qobig’iga beriladi, bu yerda og’riq sezgisining sifati va unga
javob   berish   xodisasining   ancha   mukammal   mexanizmlari   shakllanadi.
Og’riqqa javob berishda turli fiziologik xodisalarni keltirib chiqaradigan nerv
sistemasining   vegetativ   bo’limi   ishtirok   etadi.   Simpato-adrenal   sistema
kuchayib   gistomin   va   asetilxolin   moddalari   ko’p   miqdorda   yig’iladi.   Bular
hammasi   og’riq   ta’sirini   kuchaytiradi   va   saqlab   turadi.   Og’riq   haddan
tashqari kuchli bo’lsa, shok ro’y berishi mumkin.
Og’riq   uzoqt   vaqt   ta’sir   qilganda,   hayvonlarning   mahsuldorligini
keskin   pasaytiradi;   sigirlarda   sutning   kamayishi,   boqiladigan   mollarni   tirik vaznining   sezilarli   pasayishiga   olib   keladi.   Kuchli   og’riq   qo’zg’atuvchi
kasalliklar   hayvonlarga   katta   zarar   va   vet.vrachlarga   tashvish   keltiradi.
Shuning uchun og’riqni yo’qotish yoki kamaytirish usullarini axtarib topmoq
zarur.
Xirurgik   operasiyalarda   og’riqsizlantirishni   qo’llash   katta   ahamiyat
kasb etadi.
Og’riqni   bartaraf   qilish   operasiya   bajarish   shart-sharoitlarini   keskin
o’zgartiradi:   hayvonlarni   tinchlantirib,   harakatsizlantirib   qo’yadi,   bu   bilan
operasiyani   olib   borilishi   uchun   yaxshi   sharoit   yaratadi,   xirurg   esa
to’qimalarda tinch va yaxshi ish olib borishi mumkin.
Og’riqni   yo’qotish   yoki   pasaytirish   uchun   hozirgi   vaqtda
og’riqsizlantirishning   2   ta   asosiy   usuli   qo’llaniladi:     narkoz   va   mahalliy
anesteziya.   Bundan   tashqari   og’riqsizlantirishning   yana   bir   turi   bor,   u
neyroleptanalgeziya   deyiladi.   Bu   bedorlik   ham,   uyqu   ham,   narkoz   ham
bo’lmagan   alohida   bir   holat   bo’lib,   es-xush i   saqlangan,   lekin   quyi   og’riq
sezgisini   yo’qolishi   va   atrofdagi   bo’layotgan   hodisalarga   befarqlik   paydo
bo’lishi   bilan   xarakterlanadi.   Neyroleptanalgeziya   usuli,   neyroleptik   va
analgetik   moddalarni   birgalikda   ishlatish   bilan   ifodalanadi,   bunda   og’riq
sezuvchanlik va harakat yo’qoladi. Shuning uchun uni hayvonlar organizmini
narkozga tayyorlash uchun qo’llash mumkin. Bunda:
a) narkozni yuborilishi va kechish osonlashadi; 
b) narkotik moddalarni salbiy ta’siri  y o’qoladi; 
v) xavfli vegetativ reflekslar kamayadi yoki yo’qoladi .
Neyroleptanalgeziya   (premidikasiya)   o’tkazish   uchun   quyidagi
farmakologik moddalar dan  foydalanish mumkin:
1. Sedativ moddalar – aminazin, kombilen .
2. Vagolitik moddalar – atropin sulfat .
3. Analgetik moddalar – morfin . 4. Uxlatuvchi moddalar – barbituratlar .
5. Miorelaksantlar – rampun, rometar .
6. Antigistamin moddalar – dimedrol .
Premidikasiya -  bu hayvonni narkozga farmakologik tayyorlash .
II. Og’riqsizlantirish tarixi . Og’riqsizlantiruvchi   vositalar   haqidagi
dastlabki   ma’lumotlar   Misr   qo’lyozmalarida   keltirilgan.   Ma’lumotlarga
qaraganda 350 yilda Aspirt, Pelagoniy otlarni og’riqsizlantirish uchun sikuta,
hind nashasi, afyun qo’llaganlar.
X   asrda   (980g’1097)   yashagan   Abu   Ali   Ibn   Sino   og’riqsizlantirish
uchun operasiya vaqtida sovuq ta’siridan foydalangan.
Ruini 1550 yilda birinchi marta otlarda narkoz o’tkazish texnikasini va
miqdorlri to’g’risida to’lig’icha ma’lumot bergan.
XVII   asrning   o’rtalarida   Uren   (1657)   va   (1667)   hayvonlarning   vena
qon tomirlariga afyunni inyeksiya qilishgan.
X. Devi 1799 yilda azot (I)-oksidini tadbiq etdi.   1844 yilda tish vrachi
G.Uels   anesteziyalovchi   modda   sifatida   taklif   etdi.   1846   yilda   Morton   shu
maqsadda   efir   ishlatib   ko’rdi.   Efir   narkozi   bilan   birinchi   marta   jag’   osti
o’smasini   olib   tashlash   operasiyasini   Uorren   1846   yil   16   oktyabrda   bajardi.
Shu vaqtda Dj. Simpson xloroformni og’riqsizlantirish xususiyatini aniqladi.
Bule   esa   1847   yilda   uni   itda   va   otlarda   qo’lladi.   1832   yilda   Libig
xlor a lgidratni   kashf   etdi.   Voronsov   esa   uni   otlarda   narkoz   o’tkazish   uchun
qo’lladi.   Niman   1860   yitlda   Braziliyada   o’sadigan   kola   butasi   bargidan
kokoin   alkoloidini   ajratib   olishga   erishdi.   1905   yilda   Eyngorn   -   novokainni
kashf   etdi,   bu   esa   maxalliy   og’riqsizlantirishni   keng   qo’llashga   yo’l   ochib
berdi.
Oxirgi   yillarda   mamlakatimizda   og’riqsizlantirishning   yangi   usuli   –
elektronarkoz ishlab chiqildi va qo’llanilmoqda. III. Narkoz -     (yunoncha Narcosis) karaxt bo’lish, karaxtlik ma’nosini
bildiradi.   Narkotik   moddalar   ta’sirida   markaziy   nerv   sistemasining
tormozlanishi   bilan   bog’liq   bo’lgan   bexushlik,   sezgining   yo’qolishi,
harakatsizlanishi,   shartli   va   ayrim   shartsiz   reflekslarning   yo’qolishiga
umumiy   og’riqsizlantirish   yoki   narkoz   deyish   mumkin.   Narkozda
organizmning   sezuvchanligi   yo’qoladi,   skelet   muskullari   bo’shashadi,
reflekslar   yo’qoladi,   lekin   uzunchoq   miyada   joylashgan   hayotiy   muhim
markazlar,   ya’ni   nafas   olish,   yurak-tomir   sistemasi,   silliq   muskulatura
faoliyati saqlanadi.
Narkotik   moddalarning   miqdorini   me’yoridan   oshirish   shu
markazlarning faoliyatini yo’qotib, hayvonlarni o’limga olib kelishi mumkin.
Hayvonlar organizmining umumiy qoniqarli holati narkoz qilishga ko’rsatma
bo’lishi   mumkin,   ayniqsa   qorin   va   tos   bo’shlig’ida   joylashgan   organlarni
operasiya   qilishda   ishlatiladi.   Quyidagi   kasallik   va   holatlarda   narkozni
absolyut qo’llamaslik kerak: yurak-tomir sistemasida, nafas olish organlarida,
jigarda,   buyrakda   biron   bir   kasallik   bo’lganda,   modda   almashinuvining
buzilishida,   kaxeksiya   va   anemiyaning   og’ir   bosqichlarida.   Qari   va   bug’oz
hayvonlarda   yuzaki   narkoz   bilan   mahalliy   og’riqsizlantirish   qo’llaniladi.
Ba’zi moddalarning (xloroform, efir) o’ziga xos xususiyatlarini ham inobatga
olish kerak. Masalan, go’shtga hid berishini. Shuning uchun operasiya qilish
muvaffaqiyatli   natija   berishiga   ishonch   bo’lmasa   bunday   narkotik   moddalar
qo’llanilmaydi.
IV.   Narkoz chuqur yoki yuzaki bo’lishi mumkin. Narkotik moddalarni
organizmga   yuborish   yo’llariga   ko’ra   narkoz   quyidagilarga   bo’linadi:
ingalyasion narkoz – nafas yo’llari orqali, noingalyasion boshqa yo’llar orqali
yuboriladi.
Ingalyasion   narkozda   efir,   xloroform,   azot   (I)   oksid,   ftorotan,   trilen,
siklopropan va boshqalar nafas yo’llari orqali jo’natiladi. Noingalyasion   narkozda   suyuq   narkotik   moddalar   venaga,   to’g’ri
ichakka,   mushak   orasiga,   teri   ostiga   yuboriladi   yoki   ichiriladi:   alkogol,
geksanal,   tiopental-natriy,   xloralgidrat,   narkolan,   propanadid,   predion,
ketamin, natriy oksibutirat.
Agar   bir   narkotik   modda   yuborilsa   (masalan,   efir)   -   toza   narkoz,   agar
bir   vaqtda   ikki   xil   yoki   bir   necha   xil   narkotik   moddalar   yuborilsa   –   aralash
narkoz   deyiladi.   Agar   narkoz   avval   bir   narkotik   modda   bilan   boshlanib
ikkinchi   modda   bilan   davom   ettirilsa   uyg’unlashgan   narkoz   deyildi.   U   o’zi
kiritiladigan va badis-narkoz turlariga bo’linadi.
Agarda   yuzaki   narkozdan   so’ng   mahalliy   og’riqsizlantirish   moddasi
yuborilsa birikmalashgan narkoz deyiladi.
V.   Hayvonlarni   narkozga   tayyorlash   katta   ahamiyatga   ega.   Buning
uchun   ularni   18-24   soatli   och   diyetada   saqlash   kerak.   Ayniqsa   oshqozon-
ichak   sistemasida   o’tkazilayotgan   operasiyalar   vaqtida.   Etxo’r   hayvonlarda
oshqozonni   tozalash   uchun   apomorfin     yordamida   sun’iy   qusish   chaqirish
mumkin.
Yirik   hayvonlarning   to’g’ri   ichagini   axlatdan   va   siydik   q o v u g’ini
siydikdan   tozalash   (bo’shatish)   tavsiya   qilinadi.   Hayvonlarda   narkoz
o’tkazishdan   oldin   premidikasiya   qilish   kerak.   Narkoz   o’tkazish   vaqtida
quyidagi   asboblar   ishlatiladi:   ingalyasion   narkoz   o’tkazish   uchun   niqoblar,
tomizgichlar,   shprislar,  ignalar,   til  tutgichi.  Ingalyasion   narkozni   yuborish  4
usul   yordamida   amalga   oshiriladi:   ochiq,   yarim   ochiq,   yarim   yopiq,   yopiq.
Efir narkozining o’tishi klinik jixatidan to’rt bosqichda kechadi:
1   bosqich   (analgeziya   bosqichi)   juda   qisqa   vaqt   13-14   minut   davom
etadi.   Hayvonlarning   bezovtalanishi   qayd   etiladi,   og’riq   va   boshqa   sezgilar
pasaygan, nafas olishi chuqur, ko’ z  qorachig’i kengaygan bo’ladi. 2   bosqich   (qo’zg’alish   yoki   betoqatlik   bosqichi)   hayvonlar
bezovtalanadi, nafas olish tezlashgan, ko’z qorachig’i kengaygan, muskullar
tonusi kuchaygan bo’ladi.
3 bosqich (xirurgik, tolerant bosqichi) to’rt fazaga ajratiladi:
I   faza   –   hayvonlar   tekis   va   chuqur   nafas   oladi,   qorachiqlari   torayadi,
muskullar tonusi pasaygan bo’ladi.
II     faza   –   muskullar   tamomila   bo’shagan,   qorachiq   toraygan,   ko’z
refleksi yo’q, nafas olishi chuqur.
III faza -  barcha reflekslar yo’qolgan, nafas olish yuzaki. 
IV   faza   –   tez-tez   yuza   nafas   oladi,   qorachiqlar   kengaygan,   ko’z   va   til
orqaga ketadi, puls tezlashadi, bosim pasayadi. Narkozning bu fazasiga yo’l
qo’yish mumkin emas.
3   bosqich     (qo’zg’alish   bosqichi)   –   asta-sekin   o’z   holatiga   qaytish
bosqichi.
VI.     Otlarning   narkozi   –   buning   uchun   xloralgidrat   qo’llaniladi.   Uni
organizmga yuborish yo’llari har xil bo’ladi: vena qon tomiriga, og’iz orqali,
to’g’ri ichak orqali.
20 minut oldin muskul orasiga 5 ml 1 % atropin yuborib premidikasiya
o’tkazish   kerak.   Vena   qon   tomiriga   xloralgidrat   sekinlik   bilan   yuboriladi,
miqdori 0,1 g 1 kg tana og’irligiga 10 %.
Og’iz orqali atalaga qo’shib beriladi, dozasi 0,1 g/kg 2-3 litr.
To’g’ri   ichak   axlatdan   bo’shatiladi,   miqdori   0,1   g/kg   5   %   kraxmal
eritmasiga qo’shib yuboriladi.
Yirik   shoxli   hayvonlarning   narkozi   –   premidikasiya   uchun   10   minut
oldin   5-10   ml   10   %   atropin   vena   qon   tomiriga,   muskul   orasiga   0,5   ml/kg
aminazin yuborish mumkin.
Vena   qon   tomiriga     xloralgidrat   eritmasini   yuborish   mumkin,   miqdori
0,1 g/kg 10 % konsentrasiyada. Vena qon tomiriga alkogol yuborish mumkin, quyidagi eritmada: spirt
445,0,   natriy   xloridi-6,0;   glyukoza-68,0,   distillangan   suv-930,0   (450-500   kg
sigirga yarimi).
Qon tomiriga tiopental-natriy yuborish mumkin, miqdori 15 mg/kg 
5 % li.
Og’iz   orqali   alkogol   40 0
  250-300   ml   100   kg   vazniga,   mayda
hayvonlarga 300-400 ml bir boshga.
Cho’chqalar   narkozi   –   barbituratlar   ishlatiladi,   eritma   qon   tomiriga,
suyakka,   qorin   bo’shlig’iga   yuboriladi,   muskul   orasiga   0,5   mg/kg   amin a zin
yuboriladi.
Vena qon tomiriga pentotal-natriy narkozi ishlatiladi, miqdori 15 mg/kg
5 %, 15-20 minut davom etadi.
Bundan   tashqari,   vena   qon   tomiriga   15   %   xloralgidrat   eritmasi
yuboriladi, miqdori 0,1 g/kg, 15 % glyukoza eritmasiga qo’shib yuboriladi.
Itlarda   va   mushuklarda   narkoz   – ingalyasion   narkoz   qo’llaniladi.
Premidikasiya   uchun   15-20   minut   oldin   0,5-5   ml   0,1   %   atropin,   keyin
aminazin   2,5 mg/kg qo’llaniladi.
Asosiy   narkoz   efir   yordamida   1-2   tomchi   bir   sekundda,   mushuklarga
premidikasiya uchun aminazin 0,5 mg/kg, pentatal-natriy eritmasi 10 % qorin
bo’shlig’iga 50-60 ml yuboriladi. Bundan tashqari mushuk shisha yoki qutiga
joylashtirilib   tagiga   20   ml   efirda   namlangan   tampon   qo’yiladi,   5   minutdan
keyin narkoz boshlanadi.
Elektronarkoz – umumiy og’riqsizlantirish turi. Elektronarkozda elektr
toki ma’lum miqdorda va jadalligida organizmga ta’sir qilganda chuqur uyqu
chaqiriladi.   Stefan   Lelyuk   1902   yilda   o’zida   va   hayvonlarda   sinab   ko’rgan.
Narkoz chaqirish uchun 100 gs tok ta’sir qilinadi.
Narkoz   asoratlariga   –   qusish,   nafas   olishning   to’xtashi,   kollaps,   peri-
tromboflebit kiradi. Qusishda oziqani erkin chiqishini ta’minlash kerak. Nafas olish to’xtasa
teri ostiga kofein, lobelin, sulfokamfokain yuborib, sun’iy nafas berish kerak.
Kollapsda teri ostiga kofein, kamfora yoki venaga adrenalin yuboriladi, yurak
massaji   qilinadi.   Bu   yordam   bermasa   5   minut   ichida   yurakka   adrenalin
yuboriladi,   kichik   hayvonlarga   0,25-1   ml,   kattalarga   10   ml.   Peri   va
tromboflebitlarda   qon   tomir   atrofiga   0,25-0,5   %   novokain   yuboriladi   yoki
natriy bikarbonat eritmasi yuboriladi. Foydalanilgan adabiyotlar:
1.   Operativ   xirurgiya   –   X.K.   Rustamov,   Ya.A.Axbutayev,
B.D.Narziyev –
     1997 .
2. Operativnaya xirurgiya – Magda I.I. va boshkalar – 1990 .
3. Borba s bolyu ili chelovek va operasionnom stole. V.Yu. Ostrovskiy.
1983.
4. Xirurgiya bez chudes – V.V.Kovanov – 1981 .
5. Eksperiment v xirurgii. V.V. Kovakov. 1989 .
6. Elektronarkoz v xirurgii. M.I. Kuzin i drugiye. 1966 .
7. A. David Weaver, Guy St Jean, Adrian Steiner “Bovine surgery and
Lameness” USA, 
               2005

ANESTEZIOLOGIYA. NARKOZ VA UNI XIRURGIYA AMALIYOTIDA QO’LLASH. REJA: 1. Hayvonlarni operasiya qilishda og’riqsizlantirishning ahamiyati, og’riqning organizmga ta’siri. 2. Og’riqsizlantirish tarixidan qisqacha ma’lumot. 3. Narkoz tushunchasini aniqlash va uni qo’llash yoki qo’llamaslikka ko’rsatma. 4. Narkozning klassifikasiyasi va narkotik moddalarni yuborish usullari. 5. Hayvonlarni narkozga tayyorlash va uning kechishi. 6. Har xil hayvon turlarida narkozning qo’llanilishi.

Anesteziologiya – an–inkor etish, aestesis-sezgi, logos-fan og’riqsizlantirish to’g’risidagi fandir. I. Og’riq – bu hujayra va to’qimalarni yemiruvchi o’ta kuchli ta’sirlarga qarshi organizmda javoban ro’y beradigan o’ziga xos fiziologik jarayon, organizmni himoya qilish reaksiyasidir. Og’riqni sezish xavf- xatardan saqlanish choralarini ko’rish va uni bartaraf qilish uchun yordam beradi. Og’riq butun organizm yoki organlar funksiyasining buzilganligi haqida, kasallik to’g’risida ogohlantiradi. «Og’riq – sog’liqning qo’riqchi iti» der edilar qadimgi yunonda. Og’rituvchi ta’sirotga javoban organizmda bir qancha o’zgarishlar (vegetativ reaksiyalar) ro’y beradi: qon tomirlar torayadi, qon bosimi ko’tariladi, qonning ivish xossasi oshadi, qondagi qand miqdori kuchayadi, nafas olish tezlashadi va maromi buziladi. Oshqozon-ichak trakti bezlarining shira ishlab chiqarishi tormozlanadi. Og’rituvchi ta’sirotni sezadigan reseptorlar aniqlangan, ular orqali og’riq, talamus, gipotalamus va retikulyar formasiyasiga beriladi. Bu yerda og’riqqa javob berish xodisasi yuzaga keladi va organizmni zararli ta’sirotlardan saqlovchi vositalar birinchi marta safarbar qilinadi. Miya yarim sharining qobig’i va qobiq osti aloqa yo’llari orqali impulslar miya qobig’iga beriladi, bu yerda og’riq sezgisining sifati va unga javob berish xodisasining ancha mukammal mexanizmlari shakllanadi. Og’riqqa javob berishda turli fiziologik xodisalarni keltirib chiqaradigan nerv sistemasining vegetativ bo’limi ishtirok etadi. Simpato-adrenal sistema kuchayib gistomin va asetilxolin moddalari ko’p miqdorda yig’iladi. Bular hammasi og’riq ta’sirini kuchaytiradi va saqlab turadi. Og’riq haddan tashqari kuchli bo’lsa, shok ro’y berishi mumkin. Og’riq uzoqt vaqt ta’sir qilganda, hayvonlarning mahsuldorligini keskin pasaytiradi; sigirlarda sutning kamayishi, boqiladigan mollarni tirik

vaznining sezilarli pasayishiga olib keladi. Kuchli og’riq qo’zg’atuvchi kasalliklar hayvonlarga katta zarar va vet.vrachlarga tashvish keltiradi. Shuning uchun og’riqni yo’qotish yoki kamaytirish usullarini axtarib topmoq zarur. Xirurgik operasiyalarda og’riqsizlantirishni qo’llash katta ahamiyat kasb etadi. Og’riqni bartaraf qilish operasiya bajarish shart-sharoitlarini keskin o’zgartiradi: hayvonlarni tinchlantirib, harakatsizlantirib qo’yadi, bu bilan operasiyani olib borilishi uchun yaxshi sharoit yaratadi, xirurg esa to’qimalarda tinch va yaxshi ish olib borishi mumkin. Og’riqni yo’qotish yoki pasaytirish uchun hozirgi vaqtda og’riqsizlantirishning 2 ta asosiy usuli qo’llaniladi: narkoz va mahalliy anesteziya. Bundan tashqari og’riqsizlantirishning yana bir turi bor, u neyroleptanalgeziya deyiladi. Bu bedorlik ham, uyqu ham, narkoz ham bo’lmagan alohida bir holat bo’lib, es-xush i saqlangan, lekin quyi og’riq sezgisini yo’qolishi va atrofdagi bo’layotgan hodisalarga befarqlik paydo bo’lishi bilan xarakterlanadi. Neyroleptanalgeziya usuli, neyroleptik va analgetik moddalarni birgalikda ishlatish bilan ifodalanadi, bunda og’riq sezuvchanlik va harakat yo’qoladi. Shuning uchun uni hayvonlar organizmini narkozga tayyorlash uchun qo’llash mumkin. Bunda: a) narkozni yuborilishi va kechish osonlashadi; b) narkotik moddalarni salbiy ta’siri y o’qoladi; v) xavfli vegetativ reflekslar kamayadi yoki yo’qoladi . Neyroleptanalgeziya (premidikasiya) o’tkazish uchun quyidagi farmakologik moddalar dan foydalanish mumkin: 1. Sedativ moddalar – aminazin, kombilen . 2. Vagolitik moddalar – atropin sulfat . 3. Analgetik moddalar – morfin .

4. Uxlatuvchi moddalar – barbituratlar . 5. Miorelaksantlar – rampun, rometar . 6. Antigistamin moddalar – dimedrol . Premidikasiya - bu hayvonni narkozga farmakologik tayyorlash . II. Og’riqsizlantirish tarixi . Og’riqsizlantiruvchi vositalar haqidagi dastlabki ma’lumotlar Misr qo’lyozmalarida keltirilgan. Ma’lumotlarga qaraganda 350 yilda Aspirt, Pelagoniy otlarni og’riqsizlantirish uchun sikuta, hind nashasi, afyun qo’llaganlar. X asrda (980g’1097) yashagan Abu Ali Ibn Sino og’riqsizlantirish uchun operasiya vaqtida sovuq ta’siridan foydalangan. Ruini 1550 yilda birinchi marta otlarda narkoz o’tkazish texnikasini va miqdorlri to’g’risida to’lig’icha ma’lumot bergan. XVII asrning o’rtalarida Uren (1657) va (1667) hayvonlarning vena qon tomirlariga afyunni inyeksiya qilishgan. X. Devi 1799 yilda azot (I)-oksidini tadbiq etdi. 1844 yilda tish vrachi G.Uels anesteziyalovchi modda sifatida taklif etdi. 1846 yilda Morton shu maqsadda efir ishlatib ko’rdi. Efir narkozi bilan birinchi marta jag’ osti o’smasini olib tashlash operasiyasini Uorren 1846 yil 16 oktyabrda bajardi. Shu vaqtda Dj. Simpson xloroformni og’riqsizlantirish xususiyatini aniqladi. Bule esa 1847 yilda uni itda va otlarda qo’lladi. 1832 yilda Libig xlor a lgidratni kashf etdi. Voronsov esa uni otlarda narkoz o’tkazish uchun qo’lladi. Niman 1860 yitlda Braziliyada o’sadigan kola butasi bargidan kokoin alkoloidini ajratib olishga erishdi. 1905 yilda Eyngorn - novokainni kashf etdi, bu esa maxalliy og’riqsizlantirishni keng qo’llashga yo’l ochib berdi. Oxirgi yillarda mamlakatimizda og’riqsizlantirishning yangi usuli – elektronarkoz ishlab chiqildi va qo’llanilmoqda.

III. Narkoz - (yunoncha Narcosis) karaxt bo’lish, karaxtlik ma’nosini bildiradi. Narkotik moddalar ta’sirida markaziy nerv sistemasining tormozlanishi bilan bog’liq bo’lgan bexushlik, sezgining yo’qolishi, harakatsizlanishi, shartli va ayrim shartsiz reflekslarning yo’qolishiga umumiy og’riqsizlantirish yoki narkoz deyish mumkin. Narkozda organizmning sezuvchanligi yo’qoladi, skelet muskullari bo’shashadi, reflekslar yo’qoladi, lekin uzunchoq miyada joylashgan hayotiy muhim markazlar, ya’ni nafas olish, yurak-tomir sistemasi, silliq muskulatura faoliyati saqlanadi. Narkotik moddalarning miqdorini me’yoridan oshirish shu markazlarning faoliyatini yo’qotib, hayvonlarni o’limga olib kelishi mumkin. Hayvonlar organizmining umumiy qoniqarli holati narkoz qilishga ko’rsatma bo’lishi mumkin, ayniqsa qorin va tos bo’shlig’ida joylashgan organlarni operasiya qilishda ishlatiladi. Quyidagi kasallik va holatlarda narkozni absolyut qo’llamaslik kerak: yurak-tomir sistemasida, nafas olish organlarida, jigarda, buyrakda biron bir kasallik bo’lganda, modda almashinuvining buzilishida, kaxeksiya va anemiyaning og’ir bosqichlarida. Qari va bug’oz hayvonlarda yuzaki narkoz bilan mahalliy og’riqsizlantirish qo’llaniladi. Ba’zi moddalarning (xloroform, efir) o’ziga xos xususiyatlarini ham inobatga olish kerak. Masalan, go’shtga hid berishini. Shuning uchun operasiya qilish muvaffaqiyatli natija berishiga ishonch bo’lmasa bunday narkotik moddalar qo’llanilmaydi. IV. Narkoz chuqur yoki yuzaki bo’lishi mumkin. Narkotik moddalarni organizmga yuborish yo’llariga ko’ra narkoz quyidagilarga bo’linadi: ingalyasion narkoz – nafas yo’llari orqali, noingalyasion boshqa yo’llar orqali yuboriladi. Ingalyasion narkozda efir, xloroform, azot (I) oksid, ftorotan, trilen, siklopropan va boshqalar nafas yo’llari orqali jo’natiladi.