Antik dunyoda fan va texnika. Qadimgi Yunonistonda ilmiy bilimlarning rivojlanishi
Antik dunyoda fan va texnika. Qadimgi Yunonistonda ilmiy bilimlarning rivojlanishi Reja: 1. Qadimgi Yunoniston fani rivojining tarixiy sharoitlari. 2. Qadimgi yunon fanining tug’ilishi va dastlabki ilmiy jamiyatlar. 3. Qadimgi yunon fani rivojlanishining birinchi ioniya bosqichi. Melit maktabi. 4. Qadimgi yunon fanining ikkinchi Afina bosqichi. 5. Qadimgi yunon fanining uchinchi ellinistik davri.
Ilk temir davrida Misr va Bobildan Yunonistonga o’tgan sivilizasiya insoniyat tarixining erkin va ajoyib safihalarini yaratdi. Yunonlar o’sha Misr va Mesopatamiyada to’plangan bilimlarni qabul qilgan davrlardanoq fanning tashkil topishi va rivojlanishi uzluksiz ravishda takomillashib bordi. Taxminan er.avv. X asrlardanoq Qadimgi Yunoniston (Elladada)da klassik madaniyat mavjud edi va bu kishilarning keyingi rivojiga ulkan tasir ko’rsatdi.Bu davr mobaynida jamiyatning tashkil topish shakllari o’zgaradi. Eramizdan avvalgi VIII-VI asrlarda quldorlik shahar davlatchalari (bunday quldorlik davlatlarni yunonlar - polislar deb atashgan) vujudga keladi. Bu shahar-davlatlar eramizdan avvalgi V-IV asrlarda gullab yashnaydi. Eramizdan avvalgi V asrlarda Eron- Yunon urushlarida yunonlarning g’alaba qilishi natijasida Afina davlati qudrati ayniqsa Perikl ( er.av. 443-429) davrida kuchayadi. Shundan so’ng Afina va ittifoqchilari bilan Sparta boshchiligidagi Janubiy Yunonistonning shahar- davlatlari o’rtasidagi uzoq davom etgan urush (tarixda «Pelonones urushi» deb nom olgan ) natijasida har ikkala tomon juda kuchsizlanib, ularning iqtisodi izdan chiqadi. Yunonistonning shimolida joylashgan Makedoniya bundan foydalanib, eramizdan avvalgi IV asr urtalarida (er.avv.337 yilda) butun Yunonistonni bosib oldi va buni Korinfs kongressida yuridik jihatdan rasmiylashtirdi. Aleksandr Makedonskiyning bosqinchilik yurishlari natijasida ulkan monarxiya vujudga keldi. Keyinchalik, eramizdan avvalgi II asrlarda Rim bilan bo’lgan urushda Makedoniya mag’lubiyatga uchradi va Rimga tobe bo’lib qoldi. Aleksandr Makedonskiy (er.avv. 356-323 y) otasi Filipp-II (er.av. 359-336) o’limidan so’ng 20 yoshida taxtga chiqadi. Eramizdan avvalgi 336 yilda Iskandar Eron Ahmoniylariga qarshi urushga tayyorgarlik ko’radi. Eramizdan avvalgi 334 yilda Dardanel (o’sha paytda Gellespont) bo’g’ozidan o’tib, 37 minglik qo’shin bilan forslar ustiga yurdi. Eramizdan avvalgi 334 yil Granik daryosi bo’yida 40 minglik fors qo’shinlarini tor-mor etdi. Eramizdan avvalgi 333 yilda Iss shahri yonida va eramizdan avalgi 331 yilda Gavgamel ostonalarida ham Ahmoniylar tor- mor etildi. Doro III Kodomon jang maydonini tashlab qochadi va keyinchalik harbiy isyonchilar tomonidan zaharlanib o’ldirildi. Shunday qilib eramizdan
avvalgi 330 yilda butun Eron hududi egallandi. So’ngra Makedonlar Misr, Mesopotamiya va O’rta yer dengizi qirg’oqlaridagi juda katta hududni bosib oldilar. Misrda Aleksandr Makedonskiy quyosh xudosi Ammonning o’g’li va Misr fir’avni deb e’lon qilindi. Eramizdan avvalgi 329-327 yillarda Iskandar O’rta Osiyoga, eramizdan avvalgi 327-324 yillarda G’arbiy Hindistonga harbiy yurishlar uyushtirdi. Eramizdan avvalgi 324 yilda Iskandar o’z imperiyasining poytaxti qilib Bobilni tanladi va eramizdan avvalgi 323 yilda shu yerda vafot etdi. Ana shu davrlarda klassik madaniyat yunon haykaltaroshlari va me’morlari ijodi bilan yanada rivojlandi. Xuddi shu klassik sivilizasiyasining dastlabki bosqichlaridayoq yaratilgan, buyuk yunon shoiri Gomerning «Ilida va Odesseya» dostoni bizgacha yetib kelgan. Shunday qilib, qadimgi yunon olimlarining faoliyati natijasida tarixda birinchi bor fan aniqlaydigan kriteriyalarga javob berila boshlandi. Fan – bu faqat bilimlar yig’indisi emas, balki u bilimlar sistemasini xam o’zida aks ettiradi. Shuningdek fan yangi bilimlarni olish uchun faoliyat natijasidir. Bir guruh maxsus kishilar tomonidan amalga oshiriladigan bu faoliyat – ilmiy jamiyat deb ataladi. Barcha bu xarakteristikalar qadimgi yunon sivilizasiyasidan oldingi markazlar, ya’ni Misr, Bobil va Assuriya sivilizasiyalarida uchramaydi. Faqat eramizdan avvalgi VI asrlarda Yunonistonda yangi bilimlarni to’plash uchun aktiv faoliyat boshlanib, birinchi ilmiy jamiyatlar: Milet maktabi, Aflotun akademiyasi; perepatetiklar (sayr qilmoq) va boshqalar vujudga keladi. Yunon olimlari va faylasuflarining matematika, geometriya, mexanika va boshqa fanlar sohasidagi xizmati juda ulkan ahamiyatga ega. Lekin shunday bo’lsa-da, hozirgi zamon fanining asosi faqat eramizning XV-XVII asrlaridagina ko’riladi va bu avvalo Galiley va Nyuton nomlari bilan bog’liq. Qadimgi Yunoniston fani bu vazifalarni yecha olmasdi, chunki u hayotdan uzoqlashgan, juda ham mavhum (abstrak) tasavvurga ega edi. Qadimgi Yunoniston fani va texnikasi rivojlanishining asosiy yo’nalishlari quyidagicha: Masalan uzoq davrlar mobaynida Yunoniston ham siyosiy, ham
iqtisodiy munosabatlarda bo’lingan edi, ya’ni Yunoniston yagona markazlashgan davlat bo’lmay, u har biri mustaqillikka intilayotgan shahar-davlatchalardan iborat edi. Bu shahar-davlatchalarning har biri o’ziga xos siyosiy va ma’naviy hayotiga ega bo’lib, bu albatta Qadimgi Yunonistonning falsafiy va tabiiy fanlar sohasidagi g’oyalarga ta’sir etmasdan qolmadi. Yana shuni ta’kidlash lozimki, ya’ni o’sha davrda tabiiy fanlar va falsafa endi kurtak otayotgandi. Falsafa va tabiat haqidagi fan bir butun qarashlar sistemasidan iborat edi va uning ijodkorlari faylasuf-tabiatshunoslar edi. Shuning uchun ham qadimgi yunon fani abstraktlikka moyil edi. Bu qadimgi yunon fanining kuchsiz tomoni bo’lsa, shu bilan birga uning kuchli. ijobiy tomoni ham bo’lib, bu fikrlar va qarashlarning mustaqil va o’ktamligida edi. Eramizdan avvalgi VI asrlarga kelib quldorlik shahar-davlatlarining shakllanishi asosan tugallanadi. Bu davrda Qadimgi yunon sivilizasiyasi Kichik Osiyoga, O’rtayer dengizi qirg’oqlaridan Rona daryosi quyi oqimlarigacha, Sisiliya va kora dengiz qirg’oqlarining bir qismiga tarqalgan edi. Bu davrda Kichik Osiyodagi – Milet, Apenin yarim orolidagi Komi va Neapol, Sisiliya orolidagi Naksos va Sirakuza, Rona daryosi quyi oqimidagi – Messaliya, Kora dengiz sohillarida Olviya, keyinchalik Xersones, Pantikapey, Fanagoriya, Feodosiya kabi bir qator polislar ( yunon manzilgohlari) vujudga keladi. Eramizdan avvalgi VI asr Qadimgi Yunon fanining tug’ilish davri bo’lib hisoblanadi va uning rivojlanishini birinchi ioniy bosqichini tashkil etadi. Kichik Osiyoning g’arbiy sohilidagi Ioniya viloyati va undagi Milet shahri ilm-fan taraqqiyotining markaziga aylangan edi. Ioniya olimlari Misr va Bobil olimlarining ilmiy bilimlaridan xabardor bo’lib, o’sha bilimlarni yanada rivojlantirganlar. Qadimgi Yunon falsafasining eng dastlabki bosqichlaridanoq, ikki asosiy qarama-qarshi pozisiyalar kurashi, ya’ni – idealistlar va materialistlar oqimi vujudga keladi. Birinchi ioniy faylasuf manbalarda Fales (taxminan er.av. 625-547 yillar) hisoblanadi. U Milet maktabining asoschisi bo’lib, qaysikim bu maktab antik davr falsafasining ilk kurtagi bo’lib hisoblanadi. Fales tug’ilgan Milet shahri o’sha
davrda yirik savdo va hunarmandchilik markazi edi. Falesning hayot va qarashlari to’g’risida kam ma’lumot saqlangan. Bu ma’lumotlarni Aflotun va Arastu asarlaridan topish mumkin. Fales fikri bo’yicha suv-butun borlikning asosidir, ya’ni yer, havo va barcha jonivorlar suvdan paydo bo’lgan. Falesning faylasuf, matematik, astronom, injener, siyosiy arbob, va hatto savdogar bo’lganligi manbalarda eslatiladi. Fales quyosh tutilishining sabablarini kashf etgan, piramidalarga va unga o’xshash baland binolarning soyalariga qarab, balandligini aniqlagan deb hisoblanadi. Falesning ko’plab shogirdlari va o’quvchilari bo’lgan. Shulardan biri Anaksimandr (er.av. 610-546 y.) hisoblanadi. Anaksimandr butun borliqning asosi Fales aytganidek, suv emas, balki konkret shaklga ega bo’lmagan materiyadir deb hisoblaydi va bu materiyani u «apeyron» deb atadi. Qadimgi yunon faylasuflaridan biri Geraklit Effesskiy (er.av.530-470 y.) qadimgi Yunon dealektikasining tashkil etuvchisi bo’lib, u Milet maktabining materialistik qarashlarini rivojlantiradi. Geraklit olamning asosi olov deb hisoblaydi. (Yemu prinadlejat slova: «Na ogon obmanivayetsya vse, i ogon-na vse, kak na zoloto-tovar ы -i na tovar ы -zoloto»). Geraklit birinchilardan bo’lib bilimlarning nisbiyligiga e’tibor bergan. U aytganidek: «Daryoda har doim yangi- yangi suvlar oqadi. O’sha bitta daryodagi suvga xech qachon ikki marta kirish mumkin emas». Qadimgi Yunon fanida alohida o’rinni egallagan yana bir olim bu Pifagordir. (er.av. 582-500 y.) Pifagor va uning shogirdlari matematika, geometriya, astronomiya va fizika sohasida juda ko’p ishlarni amalga oshirganlar. Matematikadagi irrasional tushunchasi, Pifagor teoremasi o’sha davrlardan hozirgacha qo’llaniladi. Pifagor yerning shar shaklida ekanligi va uning o’z o’qi atrofida aylanishini aytgan. Pifagor va uning shogirdlari Pifagor idealistik maktabiga asos solganlar. Qadimgi Yunon fannining ikkinchi – Afina bosqichi shahar-davlatchalarning gullab yashnagan davri bilan bog’liq bo’lib, u er.av. V-IV asrlarga to’g’ri keladi. Bu davr shahar-davlatchalar orasida Afinaning qudratga erishuvi bilan Aleksandr