AVSTRALIYA VA OKEANIYA XALQLARI
AVSTRALIYA VA OKEANIYA XALQLARI Reja: 1. Avstraliya va Tasmaniya xalqlari 2. Okeaniya xalqlarining tarixiy - etnologik tavsifi
1. Avstraliya va Tasmaniya xalqlari Avstraliya (lotincha australis- janubiy) – janubiy yarim sharda joylashgan materik hisoblanadi. Avstraliya shimoldan janubga York burni bilan janubiy-g‘arbiy burun janubiy kengliklar oralig‘ida 3200 kmga, g‘arbdan sharqqa 4100 kmga, Stip-Poyit burni va Bayron burunlari oralig‘ida cho‘zilgan. Maydoni – 7682 kv.km. (Tasmaniya, Kenguru, Melvill orollari bilan birga 7707.5 kv.km ga yaqin.). 2014 yil 18 yanvardagi ma’lumotlarga ko‘ra, qit’ada aholisi 23 mln 468 874 kishidan iborat bo‘lib, ularning asosiy qismi sharqiy qirg‘oq bo‘ylaridagi shaharlarda yashaydi. Avstraliyaning davlat ramzida kenguri va tuyaqush tasviri aks etgan. Aynan mazkur hayvonlarni gerbda aks ettirilishining ikki sababi bor. Birinchidan, bu jonzotlar Avsraliya faunasida keng tarqalgan jonzotlar bo‘lsa, ikkinchidan, na tuyaqush va na kenguri orqaga qarab yurmaydi. Bu esa mazkur mamlakatni doimo olg‘a yurishini ramziy aks ettiradi. Avstraliya materiklar ichida eng kichigi bo‘lib, Janubiy tropik chizig‘i materikning deyarli o‘rtasidan kesib o‘tadi. Materikni g‘arb, shimol va janubdan Hind okeani, sharqda Tinch okeani dengizlari o‘rab turadi. Qirg‘oqlari unchalik egri –bugri emas, shimolda Kartentariya, janubda Katta Avstraliya qo‘ltig‘lari mavjud. Katta yarim orollari- Arnemlend va Keyp- York. Tasmaniya orolinini Avstraliyadan kengligi 224 km li bo‘g‘ozi ajratib turadi. Avstraliyaning shimolida yirik orollardan Yangi Gvineya joylashgan. Avstraliyaning sharqiy sohili bo‘ylab behisob marjon orollaridan tashkil topgan Katta to‘siq rifi 2300 km masofaga cho‘zilib yotadi. XVII asrgacha bu hududdagi aborigenlar ibtidoiy jamoa tuzumi sharoitida yashashgan. Avstraliya haqidagi dastlabki noaniq ma’lumotlar yevropaliklarga portugal dengizchilari orqali XVI asrda yetib kelgan. Ammo Avstraliyaning shimoliy qismlarini ba’zi bir indonez qabilalari qadimdan bilishgan bo‘lsa
kerak. Avstraliyani 1606 yilda gollandiyalik Yanszon kashf qilgan va Yangi Gollandiya deb atagan. Bir necha oydan so‘ng ispaniyalik L.Torres Avstraliyaning Keyp-York yarim oroli shimolidagi bo‘g‘ozdan suzib o‘tgan. Bu bo‘g‘oz keyinchalik uning nomiga qo‘yilgan. Yava oroliga qatnab turgan golland dengizchilari 1640 yilda materikning g‘arbiy, qisman shimoliy va janubiy sohillarini kashf qilganlar. 1642 yilda A.Tasman Avstraliyadan janubroqda suzib, Tasmaniya orolini topdi va materikni Antraktidadan uzoqda joylashganligini isbotlagan. J.Kun 1770 yilda Avstraliyaning sharqiy sohillarini kashf etdi va uni Yangi Janubiy Uels deb atadi.1788 yildan Angliya hududi deb e’lon qilingan. M.Flinders va N.Boden tadqiqotlari bilan Avstraliya janubiy sohillarining kashf etilishi nihoyasiga yetgan. M.Flinders materikni Avstraliya (“Janubiy yer”) deb atagan va XIX asrdan shu nom bilan atala boshlaydi. Avstraliyaning ichki qismi yevropaliklarning chorva mollari uchun yaylov va cho‘l qidirish maqsadlarida o‘rganilgan. Ko‘plab geografik tadqiqotlar natijasida butun Avstraliyaning tabiat boyliklari asosan o‘rganilishi qit’a xo‘jaligini tez o‘zlashtirilishiga olib keldi. Avstraliya bugungi kunda dunyo bo‘yicha eng rivojlangan mamlakatlardan biri bo‘lib, jahon mamlakatlari orasida iqtisodiyotiga ko‘ra 13-o‘rinni, aholi soniga ko‘ra yalpi ishlab chiqarish bo‘yicha 6-o‘rinni egallagan. Mazkur mamlakat insoniyat imkoniyatlari rivojlanishi indeksi bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘rinda bo‘lib, aholi salomatligi, erkin iqtisodiyot, fuqoralar erkinligi va siyosiy huquqlarni himoya qilish bo‘yicha ham dunyo reytingida eng oldingi o‘rinda turuvchi mamlakatlardan biri sanaladi. Avstraliya qator xalqar tashkilotlar va bloklarga ham a’zo davlat hisoblanadi. Chunonchi, Avstraliya BMT, G20, JST(Jahon savdo tashkiloti), Milatlar hamkorligi, Tinch okeani orollari Forumi kabi xalqaro tashkilotlarga a’zo hisoblanadi. Avstraliya dunyodagi aholisi zich joylashgan davlatlar orasida
50-o‘rinda turadi. Aholining 80 foizga yaqini materikning sharqiy va janubiy- sharqiy sohillaridagi shaharlarda yashaydi. Yashil qit’aning hozirgi aholisini asosiy qismi Britaniya orolidan ko‘chib kelganlarning avlodlari- inglizlar, islandlar, irlandlar bo‘lib, ular avstraliyaliklar millatini tashkil etadi. Tub aholi va duragaylar Avstraliya aholisining 1,5 %ini tashkil etadi: armanlar, nemislar, greklar, gollandlar va boshqalar yashaydi. Bir necha yuz o‘zbeklar istiqomat qiladi. Rasmiy tili- ingliz tili. Aholisining o‘rtacha zichligi – 1 kv.km ga salkam 2 kishi. Avstraliya aborigenlarning ancha qismi mustamlakachilar tomonidan qirib tashlangan. 2006 yilda o‘tkazilgan aholini ro‘yxatga olish jarayonida 517200 kishi, ya’ni umumiy aholini 2,5 % ni mahalliy aborigenlar tashkil tashkil qilishi aniqlangan[(XVIII asr oxirida 250-300 ming bo‘lsa, 1992 yilda 170 mingga yaqin edi.). Qisman rezirvatsiyalar deb e’lon qilingan cho‘l zonalarida yashaydi. Avstraliyaliklar katta ekvatorial (negroid-avstraloid) irqqa mansub. Bu irqdagilar qora tanli, keng burunli, yuz qismi turtib chiqqan, to‘lqinsimon sochli, badani va yuzi sertuk. Ular 500 dan ortiq qabilaga bo‘lingan. Har bir qabila o‘z tilida so‘zlashgan. Avstriyaliklar ovchilik, temirchilik, baliqchilik bilan shug‘ullanishgan. Avstriyaliklarning ilk ajdodlari Janubi-sharqiy Osiyodan (asosan Indoneziyadan) taxminan 40 ming yillar ilgari kelib joylashishgan. Ba’zan Avstraliyaning barcha aholisini avstriyaliklar deb atashadi. Avstraliyaning asosiy aholisi, asosan, Buyuk Britaniyadan ko‘chib kelganlarning avlodlari, ingliz –avstraliyaliklar bo‘lib, ingliz tilining avstraliya shevasida so‘zlashadi. Xristian dinining kotolik, presviterian mazhablariga e’tiqod qilishadi. Avstraliya tillari –Avstraliya tub aholisining tillari. Papua tili, miriam va tasman tillari bundan mustasno, to‘la o‘rganilmagan. Tillarning umumiy soni (dialektlar o‘rtasidagi farqning kattaligidan) 200dan 600 gacha deb hisoblanadi. Avstraliya tillari hududiy belgiga ko‘ra, quyidagicha tasnif
qilinadi: Shimoliy Kimberlin tillari (varora, kakoyimidir va boshqalar); Janubiy-sharqiy avstraliya tillari (buandiq, kulin, kurlam va boshqalar); G‘arbiy Avstraliya tillari (yungar, loritya va boshqalar); markaziy Avstraliya tillari (parikola, diyeri, aranta va boshqalar) hamda Kviklend va Yangi Uels tillari. Ularning lug‘at tarkibi boy, ko‘p ma’noli so‘zlar ko‘p. Mahalliy ahaoli orasida ko‘pgina tillar barham topgan yoki yo‘qolib bormoqda. Hozirda 70 ming kishigina mahalliy tillarni biladi. VI 2. Okeaniya xalqlarining tarixiy-etnik tavsifi Okeaniya – Tinch okeanining markaziy va g‘arbiy qismlaridagi orollar to‘dasi iborat bo‘lib, uning tarkibiga 10 mingga yaqin aosan mayda orollar kiradi. Okeaniya Avstraliya bilan bir qit’a hisoblanadi. Orollarning umumiy maydoni 1.26 mln kv.km. Shuning 80 foizi Yangi Gvineya va Yangi Zelandiya orollariga to‘g‘ri keladi. Aholisi 35162670 kishini tashkil qiladi(2011 yil) Okeaniyaning tarixiy madaniy rayonlarga bo‘linishi uning geografik bo‘linishga mos bo‘lib, asosan 3 ta yirik viloyatga: janubi-g‘arbiy qismdagi «qora orollar» deb nom olgan Melaneziya (Yangi Gviniya, Bismark arxepelagi, Solomonov orollari, Santa-Krus, Yangi Gibridlar, Yangi Kaledoniya, Luayota, Fidji va boshqa mayda orollar), Osiyo sohillariga yaqin mayda orollardan iborat Mikroneziya (Marians orollari, Karolinsk, Marshall Gilbert orollari va ikkita ajratilgan — Oshen vaNauru orollari) va Polineziya (tarjimasi «ko‘p sonli orollar») uning sharqiy va shimoli-g‘arbidagi bepoyon Tinch okeanida tarqoq joylashgan (Tonga, Saza, Taita, Markiz, Gavay, Tuamotu, Tubuai, Gambye, Xorn, Uollis, Tushu, Tokelau, Feniks, Layn, Kuka orollari, Pitkern, Pasxi kabi alohida orollar va boshq.) bo‘linadi. Antropologik va lingvistik jihatdan ham polineziyaliklar Janubiy Osiyoga borib taqaladi. Ular til va madaniy qiyofasi bilan umumiy xarakterga