logo

Bayronning hayoti va ijodi.

Загружено в:

16.11.2024

Скачано:

0

Размер:

1335 KB
Mavzu:Bayronning hayoti va ijodi.
Reja :
1. Bayron tarjimai holi haqida maolumot.
2. Bayron dostonlari.
3. Bayron dramalari.
4. Bayron she'riyati. Jorj   Gordon   Noel   Bayron   1788   yil   22   yanvarda   Londonda   tug‘ildi.   Uning
otasi   angliya   aristokratiyasining   kambag‘allashib   qolgan   tabaqasiga,   onasi   esa
shotlandiyalik boy dvoryan oilasiga mansub edi. Jorj Bayron tug‘ilgan paytda ota-
onalari   ajrashib   ketadilar.  Otasi   1791   yilda  Fransiyaga   ketib,   u  yerda  vafot   etadi.
Bayronning   bolaligi   Shotlandiyada   -   onasi   yonida   o‘tadi.   Jorj   tug‘ma   oqsoq   edi.
Ammo bu uning mohir  suzuvchi,  boksyor, chavandoz  bo‘lishiga  halaqit  bermadi.
Bo‘lg‘usi   shoir   dunyoqarashining   shakllanishida   Shotlanliya   tabiatiga   bo‘lgan
chuqur muhabbat alohida ahamiyatga ega bo‘ldi. 
Bayron   o‘n   yoshga   to‘lganda   unga   lordlik   unvoni   meros   sifatida   qoldi.   Bayron
jahon   tarixining,   Angliya   hayotining   shiddatli   davrida   yashadi,   ijod   qildi.   U
fransuz   burjua   revolyusiyasi   va   xalq   xarakatining   guvohi   bo‘ldi.   Bu
revolyusiyaning   maqsadi   sanoat   to‘ntarishiga,   Angliya   sotsial   hayotini
o‘zgartirishga qaratilgan edi. 
Bayron bolaligidan siyosat  bilan qiziqdi. U maktabda o‘qib yurgan  paytlaridanoq
notiqlik sanoati bilan tanishdi. Shu bilan birga 1807 yilda o‘qigan kitoblari ichida
birinchi   o‘rinni   tarixiy   asarlar   tashkil   etar   edi.   Bayron   Volpter,   Russo,   Lokk,
Gibbon asarlarini ham sevib o‘qidi. 
1807 yilning yozida birinchi sheoriy to‘plami «Hordiq soatlari» nashr etildi.
Bayron 1809-1811 yillarda chet el sayohatiga chiqadi. Bu sayohat yosh shoirning
hayot   voqyeligini   keng   atroflicha   tushinishida   katta   yordam   beradi.   U   sayohati
davomida   Napalion   intervensiyasiga   qarshi   qaqshatqich   zarba   bergan   ispan
partizanlari   harakatining   guvohi   bo‘ldi.   U   Gretsiyadagi   milliy   ozodlik
qo‘zg‘alonining   guvohi   bo‘ldi.   U   hatto   Villington   qumondonligidagi   Britaniya
armiyasida   Napaleon   qo‘shinlariga   qarshi   kurashda   qatnashdi.   Shu   bilan   birga
Malptada   –   O‘rta   dengiz   harbiy   bazasidagi   harakatlarini   ko‘rib,   Buyuk   Britaniya
reaksion   hukumatining   tashqi   siyosatini   qoraladi.   Bayron   bu   davrda   turk,   yangi grek,   alpban   va  italpyan   tillarini   hamda   xalq  og‘zaki   ijodini   o‘rgandi.  1816   yilda
arman tilini o‘rganishga kirishdi. 
Bayron sayyohatlarining mevasi sifatida 1812 yilda «Chaylpd Gorolpd» dostonsini
yaratdi.   Bu   asar   Bayron   shuhratini   Angliya   va   uning   tashqarisiga   yoydi.   Bu
asarning ilk qo‘shiqlarida Bayron sheoriyatining demokratik tendensiyalari ko‘zga
tashlanadi.
Bayron   o‘z   ona   yurtiga   qaytganida   Angliyada   ishchilarning   stixiyali   norozilik
to‘lqinlari   ko‘tarilgan,   ozodlik   harakatlari   kuchaygan   edi.   Ammo   reaksiya   bu
harakatni  ayovsizlik  bilan  bostirdi. 1799-1800 yillarda ishchilar  harakatiga  qarshi
qonunlar   qabul   qilinishi   natijasida   bu   harakat   25   yil   davomida   yashirin   holga
o‘tishga mujbur bo‘ldi.
Bayron   Lordlar   palatalarida   bir   necha   marotaba   nutq   so‘zladi.   U   o‘z   nutqlarida
luddachilik harakati deb nom olgan ishchilar harakatini yoqladi. 
Bayronning   1814-1815   yillar   davomida   «Yahudiy   oxanglari»   sheoriy   to‘plami
nashr   etildi.   Maolumki   Bayron   bolaligidan   «Injil»   ni   yaxshi   bilgan.   Bu   sheor
turkumida shoir Injil obrazlariga murojaat qiladi.
Bayronning   parlamentdagi   dadil   chiqishlari   hamda   siyosiy   qarashlari   uchun
reaksion-romantizm   vakillari   o‘ch   olish   rejasini   tuzib   qo‘ygan   edi.   Ayniqsa,
Bayronning   o‘z   xotini   bilan   bo‘lib   o‘tgan   mojarolarini   reaksion   guruhlar   o‘z
maqsadlari   yo‘lida   foydalanmoqchi   bo‘ladilar.   Bayronga   qarshi   har   qanday
kuchlarni   ishga   soladilar.   Matbuotda   Bayron   shaoniga   mos   kelmaydigan   turli
bo‘xton   axbortlar   tarqatildi.   Ammo   bunday   hurujlar   Bayron   matonatini   buka
olmadi. U o‘z vatanini tashlab ketishga majbur bo‘ladi. 1816 yil 26 aprelda Bayron
bir umrga vatanini Angliyani tashlab ketdi.
Bayron   1816   yil   yozida   Shvetsariyada   bo‘lishi,   uning   ruhiy   tushkinlik   davriga
to‘g‘ri keldi. Bu ruhiy tushkunlik bir tomondan Vatandan ajralish bo‘lsa, ikkinchi
tomondan   oilaviy   bo‘lib   o‘tgan   ko‘ngilsizliklar   edi.   U   bu   davr   haqida   «Mening
qalbim   qayg‘uga   tutqin  bo‘lsa   ham,  ammo  qayg‘uning  quli  emas»   deydi.  Bayron romantizmidagi   qarama-qarshiliklar   bevosita   shoirning   Vatandan   judolik,   xalq
ozodlik   harakatidan   ajralib   qolishi,   shaxsiy   hayotidagi   fojialar   bilan   bevosita
bog‘liqdir. Bayron «Manfred» /1817/ dostonida isyonkor shaxs obrazini aks ettirishni maqsad
qilib   qo‘yadi.   Manfred   obrazi   orqali   yaqqalanib   qolgan   shaxs   istiroblari   va
fojeasini   aks   ettiradi.   Manfred   jamiyat   aqidalaridan   yuqori   turuvchi,   o‘ziga   xos
qarashlarga   ega   bo‘lgan   mag‘rur   shaxs.   U   jamiyatning   qonunlariga,   hayot
qonunlariga qarshi shaxs. Mutelik unga yot narsa. 
Bayronning   «Shilpon   tutqini»   /1816/   dostoni   ham   yolg‘iz   isyonkor   shaxs
qiyofasini aks ettirishga baishlangan edi. Bu doston Bayronning Shilpon qaloasiga
borganidagi   taassurotlari   asosida   yozilgan   edi.   Shilpon   qaloasi   Jeneva   ko‘lida
joylashgan   bo‘lib,   bu   yerda   1530-1535   yilllarda   respublikachi,   Shvetsariyaning
mustaqilligi   uchun   tolmas   kurashchi   Fransua   Boniver   qamoqda   saqlangan.   U
gersog Savatskiy buyrug‘i bilan qamoqqa olingan edi. 
Bayron   1816   yilning   kuzida   Italiyaga   keldi.   Bu   yerda   Bayron   ijodi   gullab
yashnadi.   Bu   davrda   Italiyada   karabanariylar   rahbarligidagi   xalq   ozodlik
harakatida   avstriya   bosqinchilariga   qarshi   avj   olgan   edi.   U   ko‘p   o‘tmay   Italiya
revolyusion   harakatining   ishtirokchisiga   aylandi.   Boloniya,   Rim,   Venetsiya
politsiyasi   uni   va   uning   do‘stlarini   doimo   nazorat   ostida   saqladi.   Bayronning
tarixiy   tragediyasi   «Marks   Falpero»   Neapalda   yozildi.   Bu   yerda   1820   yilning
revolyusiya g‘alabaga kilgan edi. 
1821 yilda yozilgan «Kain» dramasida ham shoir «Injil» mavzusiga murojaat qildi.
Drama mifologik obrazlarni aks etgan bo‘lsa-da: unda oddiy inson, uning hayotiy
kechinmalari, huquqlari haqida fikr yuritiladi. 
Bayron   «Don   Juan»   sheoriy   romani   ustida   bir   necha   yil   davomida,   Italiyada
yashayotgan   1819-1824   yillar   davomida   ishladi.   Bayron   ijodining   yuksak
cho‘qqisi   bo‘lgan   «Don   Juan»   romani   yevropa   ijtimoiy   hayotining   satirik
ensklopediyasi bo‘lib xizmat qildi. Asar yakunlanmagan.
Bayron 1924 yilda Italiyada vafot etdi Bayronning   ijodiy   faoliyati   isyonkorlik   ruhi   bilan   to‘ladir.   Utabiatning   extirosli
kuychisi emas, inson shaxsiy kechinmalarini katta sheoriy qudrat bilan ocha olgan
ijodkordir. 
Bayronning   isyonkor,   o‘z   mohiti   bilan   to‘lg‘in   ijtioiy-siyosiy   sheoriyati   ingliz
jamiyatining   reaksion   doiralariga   qarshi   qaratilgan   edi.   Butun   reaksion   matbuot
Bayronga qarshi ig‘volar yog‘dirdi. 
O‘liklar sharpasi bo‘ronlar oshib,
Qulog‘imga huddi nidoday kelar.
Qahramonlar ruhi yurar adashib,
Ona yurt ko‘ksiga shamolday yelar.
Bayron   Angliyada   inqilobiy   ko‘tarilishini   orziqib   kutdi,   u   agar   inqilob   bo‘lsa,
kurashda   shaxsan   ishtirok   etish   uchun   vataniyaga   qaytajagini   ko‘p   marta   aytgan
edi. 
U umrini  oxirigacha sobit  kurashchi  sifatida ijod qildi. Uni  doimo ozodlik uchun
kurash maydonlari o‘ziga tortdi. 1823 yilning iyunida Bayron «Gerkules» kemasini
o‘z   mablag‘i   hisobiga   qurollantirdi.   U   Gretsiya   milliy-ozodlik   kurashining
ilhomchilaridan biriga aylandi. Grek qo‘zg‘alonchilarini  bilashtirishda fidokorona
ishlar olib bordi. Zamondoshlari uning harbiy qo‘mondon sifatidagi yuksak iqtidori
haqida ham so‘zlaydilar.
Bayronning   eng   yaxshi   asarlari   bugun   ham   katta   kuchga   egadir.   V.Belinskiy
taobiri bilan aytganda, XIX asr Promiteynning ijodiyoti ozodlik va haqiqat jarchisi
sifatida butun insoniyat uchun qadrlidir.
Bayron   muhabbat   mavzusiga   bag‘ishlangan   sheorlarida   ham   davrning   muhim
siyosiy, ijtimoiy – falsafiy fikrlari o‘z aksini topadi:
Yo‘qol, ey, jimjimador adabiy inja so‘zlar,
Tarqal yolg‘onu yashiq, g‘iybatlarning to‘dasi.
Nurin sochib maftunkor nafisu shahlo ko‘zlar,
Sarxush etadi meni sevgining ilk bo‘sasi. Hayol tasavvurga asir qofiyabozlar,
yetar chuchmal tuyg‘ular va ohanglar chashmasi.
Sovuq sonetlaringiz – bachkana ehtiroslar,
Sizga tanishmas jonbaxsh sevgining ilk bo‘sasi.
«Sevgining   ilk   bo‘sasi»   sheoridan   olingan   ushbu   parchada   lirik   qahramon
jamiyatning   illatlarini   tanqid   ostiga   oladi.   Bachkana   extiroslardan   holi   bo‘lgan
porloq   tuyg‘ular   jarchisiga   aylanadi.   Yoki   «Bosh   suyakdan   qilingan   kosadagi
yozuv»   sheoridagi   ushbu   satrlar   inson   umrining   o‘tkinchiligi   haqidagi   falsafiy
fikrlarni ifodalashga intiladi:
Qo‘rqma: men oddiy suyakman, xolos,
So‘ngan qalbimni eslab, qilma xumori.
Endi bu kosadan chiqolmas paqqos 
U tirik boshlarning shum kirdikori.
Men senday yashadim, sevdim va ichdim,
Endi-chi, jonsizman, to‘ldirib may quy!
Mastlik jinniliging ranjitmas, kechdim,
Qurtlar chaynagandan shu menga maoqul.
Xullas,   Bayron   sheoriyati   mavzu   jihatdan   g‘oyat   rang-barang.   Unda   mavjud
tartiblarga qarshi isyonkorlik ruhi kuchli bo‘lib, davrning shiddatkor voqyeligining
o‘zida mujassamlashtiradi. Adabiyotlar:
1. Q.Azizov, O.Qayumov. Chet el adabiyoti tarixi.
2. A.Anikst. Istoriya angliyskoy lit-rq, M., 1956
3. M.yelizarova i dr. Istoriya zarubejnoy lit-rq XIX veka, M., 1972.
4. Dhyakonova N.Ya. Liricheskaya poeziya Bayrona.  M., 1975.
5. Jirmunskiy V.M. Bayron i Pushkin, M., 1978.
6. Vinogradov A. «Bayron». M., 1985.
7. Bayron. Saylanma, sheorlar, dostonlar, T., 1974

Mavzu:Bayronning hayoti va ijodi. Reja : 1. Bayron tarjimai holi haqida maolumot. 2. Bayron dostonlari. 3. Bayron dramalari. 4. Bayron she'riyati.

Jorj Gordon Noel Bayron 1788 yil 22 yanvarda Londonda tug‘ildi. Uning otasi angliya aristokratiyasining kambag‘allashib qolgan tabaqasiga, onasi esa shotlandiyalik boy dvoryan oilasiga mansub edi. Jorj Bayron tug‘ilgan paytda ota- onalari ajrashib ketadilar. Otasi 1791 yilda Fransiyaga ketib, u yerda vafot etadi. Bayronning bolaligi Shotlandiyada - onasi yonida o‘tadi. Jorj tug‘ma oqsoq edi. Ammo bu uning mohir suzuvchi, boksyor, chavandoz bo‘lishiga halaqit bermadi. Bo‘lg‘usi shoir dunyoqarashining shakllanishida Shotlanliya tabiatiga bo‘lgan chuqur muhabbat alohida ahamiyatga ega bo‘ldi. Bayron o‘n yoshga to‘lganda unga lordlik unvoni meros sifatida qoldi. Bayron jahon tarixining, Angliya hayotining shiddatli davrida yashadi, ijod qildi. U fransuz burjua revolyusiyasi va xalq xarakatining guvohi bo‘ldi. Bu revolyusiyaning maqsadi sanoat to‘ntarishiga, Angliya sotsial hayotini o‘zgartirishga qaratilgan edi. Bayron bolaligidan siyosat bilan qiziqdi. U maktabda o‘qib yurgan paytlaridanoq notiqlik sanoati bilan tanishdi. Shu bilan birga 1807 yilda o‘qigan kitoblari ichida birinchi o‘rinni tarixiy asarlar tashkil etar edi. Bayron Volpter, Russo, Lokk, Gibbon asarlarini ham sevib o‘qidi. 1807 yilning yozida birinchi sheoriy to‘plami «Hordiq soatlari» nashr etildi. Bayron 1809-1811 yillarda chet el sayohatiga chiqadi. Bu sayohat yosh shoirning hayot voqyeligini keng atroflicha tushinishida katta yordam beradi. U sayohati davomida Napalion intervensiyasiga qarshi qaqshatqich zarba bergan ispan partizanlari harakatining guvohi bo‘ldi. U Gretsiyadagi milliy ozodlik qo‘zg‘alonining guvohi bo‘ldi. U hatto Villington qumondonligidagi Britaniya armiyasida Napaleon qo‘shinlariga qarshi kurashda qatnashdi. Shu bilan birga Malptada – O‘rta dengiz harbiy bazasidagi harakatlarini ko‘rib, Buyuk Britaniya reaksion hukumatining tashqi siyosatini qoraladi. Bayron bu davrda turk, yangi

grek, alpban va italpyan tillarini hamda xalq og‘zaki ijodini o‘rgandi. 1816 yilda arman tilini o‘rganishga kirishdi. Bayron sayyohatlarining mevasi sifatida 1812 yilda «Chaylpd Gorolpd» dostonsini yaratdi. Bu asar Bayron shuhratini Angliya va uning tashqarisiga yoydi. Bu asarning ilk qo‘shiqlarida Bayron sheoriyatining demokratik tendensiyalari ko‘zga tashlanadi. Bayron o‘z ona yurtiga qaytganida Angliyada ishchilarning stixiyali norozilik to‘lqinlari ko‘tarilgan, ozodlik harakatlari kuchaygan edi. Ammo reaksiya bu harakatni ayovsizlik bilan bostirdi. 1799-1800 yillarda ishchilar harakatiga qarshi qonunlar qabul qilinishi natijasida bu harakat 25 yil davomida yashirin holga o‘tishga mujbur bo‘ldi. Bayron Lordlar palatalarida bir necha marotaba nutq so‘zladi. U o‘z nutqlarida luddachilik harakati deb nom olgan ishchilar harakatini yoqladi. Bayronning 1814-1815 yillar davomida «Yahudiy oxanglari» sheoriy to‘plami nashr etildi. Maolumki Bayron bolaligidan «Injil» ni yaxshi bilgan. Bu sheor turkumida shoir Injil obrazlariga murojaat qiladi. Bayronning parlamentdagi dadil chiqishlari hamda siyosiy qarashlari uchun reaksion-romantizm vakillari o‘ch olish rejasini tuzib qo‘ygan edi. Ayniqsa, Bayronning o‘z xotini bilan bo‘lib o‘tgan mojarolarini reaksion guruhlar o‘z maqsadlari yo‘lida foydalanmoqchi bo‘ladilar. Bayronga qarshi har qanday kuchlarni ishga soladilar. Matbuotda Bayron shaoniga mos kelmaydigan turli bo‘xton axbortlar tarqatildi. Ammo bunday hurujlar Bayron matonatini buka olmadi. U o‘z vatanini tashlab ketishga majbur bo‘ladi. 1816 yil 26 aprelda Bayron bir umrga vatanini Angliyani tashlab ketdi. Bayron 1816 yil yozida Shvetsariyada bo‘lishi, uning ruhiy tushkinlik davriga to‘g‘ri keldi. Bu ruhiy tushkunlik bir tomondan Vatandan ajralish bo‘lsa, ikkinchi tomondan oilaviy bo‘lib o‘tgan ko‘ngilsizliklar edi. U bu davr haqida «Mening qalbim qayg‘uga tutqin bo‘lsa ham, ammo qayg‘uning quli emas» deydi. Bayron

romantizmidagi qarama-qarshiliklar bevosita shoirning Vatandan judolik, xalq ozodlik harakatidan ajralib qolishi, shaxsiy hayotidagi fojialar bilan bevosita bog‘liqdir.

Bayron «Manfred» /1817/ dostonida isyonkor shaxs obrazini aks ettirishni maqsad qilib qo‘yadi. Manfred obrazi orqali yaqqalanib qolgan shaxs istiroblari va fojeasini aks ettiradi. Manfred jamiyat aqidalaridan yuqori turuvchi, o‘ziga xos qarashlarga ega bo‘lgan mag‘rur shaxs. U jamiyatning qonunlariga, hayot qonunlariga qarshi shaxs. Mutelik unga yot narsa. Bayronning «Shilpon tutqini» /1816/ dostoni ham yolg‘iz isyonkor shaxs qiyofasini aks ettirishga baishlangan edi. Bu doston Bayronning Shilpon qaloasiga borganidagi taassurotlari asosida yozilgan edi. Shilpon qaloasi Jeneva ko‘lida joylashgan bo‘lib, bu yerda 1530-1535 yilllarda respublikachi, Shvetsariyaning mustaqilligi uchun tolmas kurashchi Fransua Boniver qamoqda saqlangan. U gersog Savatskiy buyrug‘i bilan qamoqqa olingan edi. Bayron 1816 yilning kuzida Italiyaga keldi. Bu yerda Bayron ijodi gullab yashnadi. Bu davrda Italiyada karabanariylar rahbarligidagi xalq ozodlik harakatida avstriya bosqinchilariga qarshi avj olgan edi. U ko‘p o‘tmay Italiya revolyusion harakatining ishtirokchisiga aylandi. Boloniya, Rim, Venetsiya politsiyasi uni va uning do‘stlarini doimo nazorat ostida saqladi. Bayronning tarixiy tragediyasi «Marks Falpero» Neapalda yozildi. Bu yerda 1820 yilning revolyusiya g‘alabaga kilgan edi. 1821 yilda yozilgan «Kain» dramasida ham shoir «Injil» mavzusiga murojaat qildi. Drama mifologik obrazlarni aks etgan bo‘lsa-da: unda oddiy inson, uning hayotiy kechinmalari, huquqlari haqida fikr yuritiladi. Bayron «Don Juan» sheoriy romani ustida bir necha yil davomida, Italiyada yashayotgan 1819-1824 yillar davomida ishladi. Bayron ijodining yuksak cho‘qqisi bo‘lgan «Don Juan» romani yevropa ijtimoiy hayotining satirik ensklopediyasi bo‘lib xizmat qildi. Asar yakunlanmagan. Bayron 1924 yilda Italiyada vafot etdi