BOLALAR TARBIYA JAMOASI - YAGONA PEDAGOGIK JARAYONNING ASOSIY SHAKLI
BOLALAR TARBIY A JAMOASI - Y A GONA PEDAGOGIK JARAY O NNING ASOSIY S H AKLI . R E J A : 1. Shaxsning jamoada qaror topishi. 2. Jamoa haqida tushuncha. 3. Bolalar jamoasining shakllanish bosqichlari.
Ijtimoiy munosabatlar ko’lamining kengayishi o’sib kelayotgan avlodni o’ta murakkab xususiyatga ega munosabatlar jarayoniga har tomonlama yetuk etib tayyorlash vazifasini qo’ymoqda. Psixologik, intellektual va fiziologik jihatdan yetuk inson hayotiy qarama-qarshilik, xususan, turli buzg’unchi g’oyalar ta’siriga tushib qolish, nosog’lom turmush kechirish va noqonuniy xatti-harakatlarni sodir etishdan o’zini saqlab qola oladi. Shuningdek, shaxsning aqliy salohiyatga egaligi jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlovchi asosiy omildir. O’zbekiston Respublikasida demokratik va huquqiy jamiyat barpo etilayotgan mavjud sharoitda yosh avlodning mustaqil va erkin fikrlay olishi ro’y berayotgan voqyea- hodisalarga shaxsiy munosabtini bildirishga imkon beradi. Ijtimoiy borliqda kechayotgan o’zgarishlarga nisbatan shaxsiy nuqtai nazarning shakllanishi shaxs faolligini ko’rsatuvchi muhim jihatlardan biridir. Qolaversa, mustaqil fikr egasi bo’lgan shaxs o’z imkoniyatlari, qobiliyatini erkin namoyon eta oladi. Shaxsning jamoada qaror topishi. Shaxs psixologik jihatdan taraqqiy etgan, shaxsiy xususiyatlari va xatti-harakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi muayyan jamiyat a’zosi bo’lib, uning shakllanishi ijtimoiy munosabatlar jarayonida kechadi. Mazkur jarayonda qatnashish asosida u jamiyat tomonidan tan olingan ma’naviy-axloqiy, shuningdek, huquqiy me’yorlar mohiyatini o’zlashtiradi. Jamiyatning a’zosi sifatida uning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyotini ta’minlovchi mehnat faoliyatini yo’lga qo’yadi. Shuningdek, shaxsiy ehtiyojlari, manfaatlarini qondirish yo’lida ham atrofdagilar bilan munosabatga kirishadi. Shaxs ijtimoiy muhitdan uzilgan holda mavjud bo’la olmaydi. Buning misoli sifatida R.Kipling tomonidan yaratilgan asardagi Mauglini keltirish mumkin. Garchi, inson bolasi bo’lsada, ijtimoiy munosabatlar jarayonida ishtirok etish ko’nikma va malakalari shakllanmaganligi bois odamlar hayotiga moslasha olmaydi. Bola yoshligidan o’yin, mehnat va o’qish faoliyatlarini tengdoshlari bilan birgalikda tashkil etish asosida ijtimoiy muhitga moslasha boradi. Ijtimoiy muhit bolaga borliqni anglash uchungina emas, balki o’zligini anglash uchun ham
imkoniyat yaratadi. Bolaning doimiy ravishda jamoa orasida bo’lishi, uning jamoa ta’sirida shakllanishi unda ijtimoiy faollikni yuzaga keltiradi. Sharq mutafakkirlari jamoaning shaxs kamolotini ta’minlashdagi o’rni va roliga alohida e’tibor berganlar. Xususan, Abu Ali ibn Sino ijtimoiy muhitning shaxsni shakllantirishdagi rolini yuqori baholaydi. Tashqi muhit va odamlar insonning borliq, unda kechayotgan o’zgarishlar, jarayonlar mohiyatini anglashgagina emas, balki uning xulqida yaxshi va yomon sifatlarning shakllanishiga ham sezilarli ta’sir etishi, shu bois bolalarni tarbiyalashda u mansub bo’lgan mikromuhit xususiyatini inobatga olishni ta’kidlaydi. Bolani yomon ta’sirlardan saqlash zarurligini uqtiradi. Shuningdek, alloma o’qitish samaradorligini ta’minlashda bolalarga jamoa asosida bilimlarni berishni maqsadga muvofiqligini ta’kidlaydi. Abu Nasr Forobiyning uqtirishicha, inson blshqalar bilan munosabatda bo’lish, ularning yordami va qo’llab-quvvatlashlarini his etish ehtiyojiga ega. Ana shu ehtiyojni qondirish yo’lidagi amaliy harakatlar insonni kamolotga yetaklaydi, deb hisoblaydi. Abu Rayhon Beruniy esa shaxsning rivojlanishida o’zaro yordam, hamkorlik, odamlarga nisbatan xayrihohlik uning ijtimoiy muhitdagi roli va o’rnini belgilab beradi. Jamoa haqida tushuncha. Jamoa (lotincha «kollektivus» so’zining tarjimasi bo’lib, yig’ilma, omma, birgalikdagi majlis, birlashma, guruh) bir necha a’zo (kishi)lardan iborat bo’lib, ijtimoiy ahamiyatga ega umumiy maqsad asosida tashkil topgan guruh demakdir. Zamonaviy talqinda «jamoa» tushunchasi ikki xil ma’noda ishlatiladi. Birinchidan, jamoa deganda bir necha kishilarning muayyan maqsad yo’lida birlashuvidan iborat tashkiliy guruhi tushuniladi (masalan ishlab chiqarish jamoasi, zavod jamoasi, o’quv yurti jamoasi, xo’jalik jamosi va hokazo). Ikkinchidan, jamoa deganda yuqori darajada uyushtirilgan guruh tushuniladi. Chunonchi, o’quvchilar jamoasi yuqori darajada uyushtirilgan birlashma hisoblanadi. Jamoada va jamoa yordamida tarbiyalash - tarbiya tizimida muhim ahamiyatga ega bo’lgan tamoyillardan biridir. Shaxsni shakllantirishda jamoaning
yetakchi rol o’ynashi to’g’risidagi fikrlar pedagogika fanining ilk rivojlanish davrlaridayoq bildirilgan. Jamoada uning a’zolari o’rtasidagi munosabatning alohida shakli yuzaga keladi, bu esa shaxsning jamoa bilan birgalikda rivojlanshini ta’minlaydi. Lekin har qanday guruhni ham jamoa deb hisoblab bo’lmaydi. Jamoa bir qator belgilarga egadirki, mazkur belgilar jamoani kishilarning yetarli darajada uyushgan har qanday guruhdan ajratib turadi. O’quvchilar jamoasi o’ziga xoslik kasb etuvchi muhim belgilarga egadir. Quyida jamoa va uning xususiyatlari (belgilari) borasida so’z yuritamiz. Jamoa ijtimoiy jamiyatning bir qismi hisoblanadi, unda ijtimoiy hayot va kishilik munosabatlarining barcha me’yorlari o’z ifodasini topadi. Zero, jamoa jamiyatdagi mavjud munosabatlar tizimida namoyon bo’lar ekan, jamoa va ijtimoiy jamiyat maqsadi, intilishida o’zaro birlik, uzviylik, aloqadorlik yuzaga keladi. Shu bois jamoa hayotining aniq (yagona) maqsadga qaratilganligi va ijtimoiy-g’oyaviy xususiyat kasb etishi uning yetakchi belgisi sanaladi. Har bir jamoa boshqa jamoalar bilan uzviy aloqadorlikda mavjud bo’ladi. Muayyan jamoaning har bir a’zosi jamiyat ijtimoiy faoliyatini tashkil etish jarayonida o’z jaomasi bilan birgalikda ishtirok etadi. Jamoa a’zolarini intilishlarini tushunish, jamoa oldiga qo’yilgan maqsad mohiyatini chuqur his etish hamda uning shaxsni shakllantirishdagi o’rni va rolini to’g’ri baholay olish jamoa a’zolarining umumiy va xususiy (shaxsiy) maqsad, qiziqishi, ehtiyoj va faoliyatlari o’rtasidagi birlikni namoyon etadi hamda jamoaning bo’linishga yo’l qo’ymaydi. Har bir jamoa o’z-o’zini boshqarish organiga ega va umumiy jamoaning uzviy qismi sanaladi. Shuningdek, u maqsadning birligi va tashkil qilish xususiyatlari orqali umummilliy jamoa bilan bog’lanadi. Ijtimoiy jamiyat ehtiyojini qondirishga yo’naltirilgan birgalikdagi faoliyat jamoaning navbatdagi muhim xususiyatidir. Jamoa faoliyatining ijtimoiy-g’oyaviy yo’nalishi ham jamoaning faoliyati mazmunida o’z aksini topishi muhim ahamiyatga egadir.
Jamoa xususiyatini aniqlashda kishilar guruhining yagona ijtimoiy tizimini o’rnata olishdagi usuli, ya’ni, jamoani tashkil qilish usuli ham muhim hisoblandi. Pedagogik jihatdan maqsadga muvofiq tashkil etilgan jamoa, xususan, uning a’zolari o’rtasida o’zaro ruhiy yaqinlik, ishchanlik, bir-biri uchun g’amxo’rlik, o’zaro yordam, jamoa manfaati uchun qayg’urish, mazkur yo’lda amaliy harakatlarni tashkil etish hamda javobgarlik hissi qaror topadi. Demak, jamoa o’zida quyidagi xususiyatlarni namoyon etadi: Birgalikdagi faoliyat umumjamiyat ishi uchun ma’suliyat hissini uyg’ota borib, jamoa a’zolarini bir-biriga yaqinlashtiradi, a’zolarda jamoaga mansublik hissini paydo bo’lishiga ko’maklashadi, jamoa bilan munosabatda bo’lish ehtiyojini oshiradi. Jamoa a’zolari orasida o’zaro hissiy birlik (bir-birini yoqtirish hissi) yuzaga keladi. Ushbu munosabat ko’pincha o’z-o’zidan paydo bo’ladi hamda ular o’qituvchiik ta’sir ko’rsatish uchun qo’l keladi. Jamoa a’zolari o’rtasidagi ruhiy birlik mazmuni ular orasida hosil bo’lgan ishchanlik faoliyatining xarakteriga bevosita bog’liqdir. Jamoaning rasmiy (ishchanlik) va norasmiy (hissiy) tuzilishini bir- biridan farqlash lozim. Jamoaning rasmiy tuzilishi deganda jamoa faoliyatining turli ko’rinishlarini amalga oshirish uchun zarur bo’ladigan tashkiliy jihatlari ko’zda tutiladi. Mazkur jihat bir tomondan jamoa a’zolari o’rtasida yuzaga kelgan ishchanlik munosabati mazmunini ifoda etsa, ikkinchi tomondan, rahbarlik vazifasini bajaruvchi shaxslar tomonidan jamoa a’zolarining xatti-harakatlari va Jamoa Birgalikdagi umumiy faoliyatning tashkil etilishi Majburiy, mas’uliyatli munosabat ning yo’lga qo’yilishi Saylangan umumiy rahbariy organga egalikIjtimoiy ahamiyatga ega yagona maqsadning mavjudligi Jamoaning o’ziga xos xususiyatlari