Boshlang’ich sinf o’quv fanlarida innovatsion pedagogik texnologiyalarning qo’llanilishi
Boshlang’ich sinf o’quv fanlarida innovatsion pedagogik texnologiyalarning qo’llanilishi Reja: 1.Pedagogning innovasion faoliyatini shakllantirish 2.Pedagogning innovasion faoliyati
Innovasionlik pedagogik jarayonni ifodalab nafaqat unga didaktik qurilmasiga, balki pedagogning ijtimoiy, mohiyatli natijalari va ruhiy qiyofasiga ham taalluqlidir. Pedagogning innovasion faoliyatini samarali amalga oshirish bir qator shart-sharoitlarga bog’liq. Unga pedagogning tayinli muloqoti, qarama- qarshi fikrlarga nisbatan munosabati, turli holatlarda rasional vaziyatning tan olinishini uqtirishga tayyorligi kiradi. Buning natijasida pedagog o’z bilim va ilmiy faoliyatini ta’minlaydigan keng qamrovli mavzu (motiv) ga ega bo’ladi. Pedagog faoliyatida o’z-o’zini faollashtirish, o’z ijodkorligi, o’z-o’zini bilishi va yaratuvchiligi motivlari ahamiyat kasb etadi, bu esa pedagog shaxsining kreativligining faolligini shakllantirish imkonini beradi.[2.3] Yangilik kiritishning muhim sharti muloqotning yangi vaziyatini tug’dirishdan iborat. Muloqotning yangi vaziyati - bu pedagogning o’z mustaqil -lik mavqyeini, pedagogik fan, o’ziga bo’lgan yangi munosabatini yarata olish qobiliyatidir. Bunday vaziyatlarda o’qituvchi pedagogik tajribalarning boy shakllari orqali mukammallashtirib boradi. O’qituvchining fikrlash usullari, aqliy madaniyati o’zgarib, xissiy tuy - g’ulari rivojlanadi. Keyingi sharti - bu pedagogning madaniyat va muloqotga shayligi. Pedagog va talaba o’rtasidagi muloqot namunasining o’zgarishi in - novasion faoliyat shartidan biridir. Innovasion faoliyat quyidagi asosiy funksiyalar bilan izohlanadi: kasbiy faoliyatining ongli tahlili,
meyorlarga nisbatan tanqidiy yondashuv, kasbiy yangiliklarga nisbatan shaylik, o’z imkoniyatlarini ro’yobga chiqarish, o’z turmush tarzi va inti -lishlarini kasbiy faoliyatida mujassam qilish. Hozirgi jamiyat, madaniyat va ta’lim taraqqiyoti sharoitida pedagog innovasion faoliyatga bo’lgan zaruriyat quyidagilar bilan o’lchanadi: 1. Ijtimoiy-iqtisodiy yangilanish ta’lim tizimi, metodologiya va o’quv jarayoni texnologiyasini tubdan yangilashni talab qiladi, yangi yangilik - larni yaratish, o’zlashtirish va foydalanishlardan iborat bo’ladi; 2. Ta’lim mazmunini insonpavarlashtirish doimo o’qitishning yangi tanqidiy shakllarini, texnologiyalarini qidirishni taqozo qiladi; 3. Pedagogik yangilikni o’zlashtirish va uni tadbiq etishga nisbatan o’qituvchining harakteri va o’zgarishi. Pedagog innovasion faoliyatining tahlili yangilik kiritishning sama - radorligini belgilovchi muayyan shartlardan foydalanishni talab qiladi. Bunday meyorlarga - yangilik - maqbullik, yuqori natijalilik, ommaviy tajri -balarda innovasiyani ijodiy qo’llash imkoniyatlari kiradi. Pedagogning innovasion faoliyati - o’z ichiga yangilikni tahlil qi -lish va unga baho berish, kelgusidagi harakatlarning maqsadi va kon - sepsiyasini shakllantirish. Ushbu rejani amalga oshirish va tahlil qi -lish, samaradorlikka baho berishni qamrab oladi. Innovasion faoliyat tadqiqotlari pedagogning innovasion faoliyatga hozirligi meyorlarini belgilashga imkon berdi (V.A. Slastinin). Innovasion faoliyatga bo’lgan zaruriyatni anglash; Ijodiy faoliyatga talab
qilinishiga tayyorgarlik; Shaxsiy maqsadlarni innovasion faoliyat bilan moslashtirish; Innovasion faoliyatni ijro etish texnologiyasiga tayyorgarlik darajasi. Innovasion jarayonlari, ularning funksiyalari, rivojlanish qonuniyat - larining pedagogik asoslarini o’rganish o’quv jarayonini zamonaviy pedagogi -ka va psixologiya fanlari yutuqlari asosida, jahon standartlari darajasida tashkil etish imkonini beradi. Demak, o’qituvchi, yangi pedagogik texnologiyalar, nazariyalar, konsepsiya -lar muallifi, tadqiqotchi, foydalanuvchi va targ’ibotchi sifatida namoyon bo’ladi. Hozirgi madaniyat va ta’lim taraqqiyoti sharoitida o’qituvchi innovasion faoliyatiga bo’lgan talablar quyidagilar bilan aniqlanadi: ijtimoiy-iqtisodiy yangilanish ta’lim tizimi metodologiya va o’quv jarayonining texnologiyasini tubdan yangilanishni talab qiladi. Bu sharoitda o’qituvchi innovasion faoliyati pedagogik yangiliklarni yaratish, o’zlashtirish va foydalanishdan iborat bo’ladi; ta’lim mazmunini insonparvarlashtirish, o’qitishning yangi shakl -larini, texnologiyalarini qidirishni taqozo etadi. O’qituvchi innovasion faoliyatining tahlili yangilik kiritishning samarasini belgilovchi muayyan meyorlardan foydalanishni talab qiladi. Bunday meyorlarga yangilik, optimallik, yuqori natijalilik, ommaviy tajribalarda innovasion ijodiy qo’llash imkoniyatlari kiradi. Yangilik pedagogik yangilik meyori sifatida, o’zida taklif qilinadigan yangilik, yangilik darajasi mohiyatini aks ettiradi. Pedagogik olimlar yangilikni
qo’llash mashhurligi darajasi va sohasiga ko’ra farqlanadigan mutloq, chegaralangan mutloq, shartli, subyektiv darajalarini farqlaydilar. Maqbullik meyori o’qituvchi va talabaning natijaga erishishi uchun sarflangan kuch va vositalarni bildiradi. Natijalilik o’qituvchi vositasida - gi muayyan muhim ijobiy natijalarni bildiradi. Pedagogik yangilik esa o’z mohiyatiga ko’ra ommaviy tajribalar mulki bo’lib qolishi lozim. V.A. Slastinin o’tkazgan tadqiqotlar o’qituvchining innovasion fao - liyatiga ijobiy tayyorgarligini aniqlash imkoniyatlarini beradi: mo’ljallangan yangilikni yalpi va uning alohida bosqichlari muvaffa - qiyatini bashorat qilish; yangilikni boshqa innovasiyalar bilan qiyoslash, ulardan samaradorini tanlab olish, ularning eng ahamiyatli va aniqlik darajasini aniqlash; yangilikni tadbiq etishning muvaffaqiyatlilik darajasini tekshirish; yangilikni tadbiq etadigan tashkilotning innovasiya qobiliyatiga baho berish. Bunda o’qituvchining innovasion faoliyati o’z ichiga yangilikni tahlil qilish va unga baho berish, kelgusidagi harakatlarning maqsadi va konsep -siyasini shakllantirish, ushbu rejani amalga oshirish va tahlil qilish, sama -radorlikka baho berishni qamrab oladi, unda innovasion faoliyatining samarasi pedagog shaxsiyati bilan belgilanadi. [7] Pedagogning innovasion faoliyatiga bo’lgan qobiliyatlarining asosiy xislatlari: shaxsning ijodiy motivasiyani qo’llaganligi. Bu qiziquvchanlik, ijodiy qiziqish, ijodiy yutuqlar, peshqadamlikka va o’z kamolotiga intilish;