logo

Boshlang`ich sinflarda ona tili fanining DTS va dasturi. Eski va yangi tahrirdagi DTS tahlili (1 – 4-sinflar)

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

27.611328125 KB
Boshlang` ich sinfl arda ona t ili fanining DTS v a dast uri.  Eski va
yangi tahrirdagi DTS tahlili (1 – 4-sinflar) 
Reja:
1.   Boshlang’ich   sinflarda   ona   tili   fanining   DTS   talablari   va   o’quv
dasturi
2.   Ona tili dasturining tuzilishi va mazmuni. 
3. Ona tili o’qitishning lingvistik asoslari.
4. Eski va yangi tahrirdagi DTS tahlili. Boshlang’ich   sinfl arda   ona   t ili   fanining   DTS   t alablari   v a   o’quv
dast uri.
Umumiy   o‘rta   ta’limning   davlat   ta’lim   standarti   ( DTS )   davlat   ta’lim
standartining   maqsad   va   vazifalarini,   asosiy   prinsiplarini,   tarkibiy
qismlarini,   davlat   ta’lim   standartlarini   joriy   etish   hamda   davlat   ta’lim
standartlari talablariga rioya etilishini nazorat qilish tartibini belgilaydi.
Davlat   ta’lim   standartining   maqsadi   –   umumiy   o‘rta   ta’lim   tizimini
mamlakatda   amalga   oshirilayotgan   ijtimoiy-iqtisodiy   islohotlar,
rivojlangan   xorijiy   mamlakatlarning   ilg‘or   tajribalari   hamda   ilm-fan   va
zamonaviy   axborot   kommunikatsiya   texnologiyalariga   asoslangan
holda   tashkil   etish,   ma’naviy   barkamol   va   intellektual   rivojlangan
shaxsni tarbiyalashdan iborat. 
Umumiy o‘rta ta’limning o‘quv tayanch o‘quv rejaga muvofiq o‘quv
fanlarining   sinflar   va   mavzular   bo‘yicha   hajmi,   mazmuni,   o‘rganish
ketma-ketligi   va   shakllantiriladigan   kompetensiyalari   belgilangan
hujjat hisoblanadi.
Umumiy   o‘rta   ta’lim   muassasalarida   (1-9-sinf)   ona   tili   fanini
o‘qitishning asosiy maqsadi o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda to‘g‘ri va
ravon   bayon   qiladigan,   kitobxonlik   madaniyati   shakllangan,   mustaqil
va ijodiy fikrlay oladigan, o‘zgalar fikrini anglaydigan,  muloqot va nutq
madaniyati rivojlangan shaxsni kamol toptirishdan iborat.
Umumiy   o‘rta   ta’lim   muassasalarida   ona   tili   fanini   o‘qitishning
asosiy vazifasi:
1) o‘quvchi shaxsini fikrlashga, o‘zgalar fikrini anglashga, o‘z fikrini
og‘zaki   hamda   yozma   shaklda   savodli   bayon   qila   olishga   qaratilgan nut qiy   k ompet ensiy a   (tinglab   tushunish,   so‘zlash,   o‘qish,   yozish,   ya’ni
A1-   o’quvchi   berilgan   topshiriq,   sodda   matnlarni   tinglab   tushuna   olishi;
matnni tushunib o‘qiy olishi; og‘zaki nutqda so‘z va gaplar talaffuziga rioya
qila olishi; 65-70 so‘zdan iborat diktantni yoza olishi; xabar, tasvir asosida
5-6 gapdan iborat matn yarata olishi, xatboshi va husnixatga amal qilishi;
imlo  va  tinish   belgilarini  ishlatish   qoidalariga   amal  qila  olishi;  do‘sti,  ota-
onasi,   ustoziga   tabriknoma   yoki   xat   yoza   olishi.   A1+   sodda   matnning
asosiy   mazmunini   tushunishi   va   tushuntira   olishi;   matn   mazmunini
tushunib ifodali o‘qiy olishi; 70-75 so‘zdan iborat diktantni yoza olishi; 7-8
gapdan iborat xabar yoki rasm asosida matn tuza olishi) ni rivojlantirish;
2)   o‘quvchilarda   grammatikaga   oid   o‘zlashtiriladigan   bilimlarni
(fonetika,   leksikologiya,   so‘zning   tarkibi,   so‘z   yasalishi,   morfologiya,
sintaksis,   yozuv   va   imlo,   tinish   belgilari,   nutq   uslublari,   stilistikaga   oid
tushunchalarni) rivojlantirish; 
3)   ona   tilining   keng   imkoniyatlaridan   unumli   foydalangan   holda
to‘g‘ri   va   ravon   bayon   eta   olishni   rivojlantirishga   qaratilgan   lingvistik
kompetensiya   (fonetika,   grafika,   orfoepiya,   orfografiya,   leksika,
grammatika va uslubiyatga oid, ya’ni A1 - ona tilidagi nutq tovushlarini
farqlay   olishi,   bo‘g‘in   ko‘chirish   qoidalariga   amal   qila   olishi;   mavzuga
oid   yangi   so‘zlarni   og‘zaki   va   yozma   nutqda   qo‘llay   olishi;   yozma
nutqda   tinish   belgilarini   to‘g‘ri   qo‘llay   olishii.   A1+so‘zlarning   tovush
tarkibini   orfoepik   jihatdan   to‘g‘ri   shakllantira   olishii;   gapning   ifoda
maqsadiga   ko‘ra   turlarini  farqlay   olishi   va   yozma   nutqda   o‘rinli  qo‘llay
olishi)larni shakllantirishdan iborat. Boshlang‘ich   ta’limning   ona   tili   fani   o‘quv   dasturi   o‘quvchilarda
kompetensiyalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan davlat ta’lim standarti
talablaridan   kelib   chiqib   tuzilgan.   Ushbu   o‘quv   dasturida   1-4-sinf
o‘quvchilarida   tayanch   hamda   fanga   oid   (nutqiy   va   lingvistik)
kompetensiyalarning elementlarini shakllantirish ko‘zda tutilgan.
Boshlang‘ich   ta’limda   ona   tili   o’qitish   –   o‘quvchilarning
savodxonligini ta’minlash, ularni og‘zaki va yozma nutqida adabiy nutq
me’yorlariga   rioya   qilishga   o‘rgatishdan   iborat.   Mazkur   ona   tili   o‘quv
dasturi quyidagi bo‘limlarni o‘z ichiga oladi:
1. Savod o‘rgatish va nutq o‘stirish.
2. Fonetika, grammatika, imlo va nutq o‘stirish.
Savodga o‘rgatish davri 2-sentabrdan to dekabr oyining oxirigacha
bo‘lgan   muddatni,   ya’ni   ikki   o‘quv   choragini   qamrab   oladi.   Savodga
o‘rgatish   jarayoni   tayyorgarlik   va   alifbe   davridan   tashkil   topadi.
Tayyorgarlik va alifbe davrida ta’lim savodga o‘rgatishning tahlil-tarkib
(analitik-sintetik)   tovush   usulida   amalga   oshiriladi.   Savodga
o‘rgatishning   tahlil-tarkib   usuliga   ko‘ra   matndan   gap,   gapdan   so‘z,
so‘zdan   bo‘g‘in   va   tovush,   yoki   aksincha,   tovush   >   bo‘g‘in   >   so‘z   >   gap
>matn   uzviy   aloqada   butundan   bo‘lakka,   bo‘lakdan   butunga   qarab
tahlil-tarkib   qilinadi.   Bu   esa   o‘quvchilar   tafakkur   faoliyatini   onglilik,
tushunarlilik,   mantiqiylik,   didaktik   mezonlar   asosida   rivojlantirish
imkoniyatini vujudga keltiradi.
Boshlang‘ich   ta’limning   ilk   savodga   o‘rgatish   davridanoq,
o‘quvchilar   nutqini   yangi   so‘zlar   hisobiga   boyitishga   alohida   e’tibor
qaratiladi. "Alifbe"   darsligida   berilgan:   yangi   so‘zlar,   matn,   kichik   hikoya   va
she’rlardan   foydalanib,   o‘quvchilarni   so‘z   ma’nosi   bilan   atroflicha
tanishtirishda, she’riy va nasriy matnlarni yodlatish, qayta hikoyalashga
e’tibor   beriladi.   Sinfdan   tashqari   o‘qish   darslari   o‘quvchilarni   bolalar
adabiyoti   namunalari   bilan   tanishtirib   borishga,   ularni   mustaqil
o‘qishga, o‘qituvchi va ota-onalar yordamida badiiy o‘qishga qiziqtirish,
nutqini boyitish va rivojlantirishga yordam beradi.
Ona   tili   erkin   fikrlay   olish,   o‘zgalar   fikrini   anglash,   o‘z   fikrlarini
og‘zaki   va   yozma   ravishda   bayon   qila   olish,   kishilar   bilan   erkin
muloqotda   bo‘la   olish   ko‘nikma   va   malakalarini   rivojlantirishga   xizmat
qiladi.
Ona t ili dast urining t uzilishi v a mazmuni.
Ona tili (1-4-sinf) dasturining mazmuni quyidagilarni o‘z ichiga 
oladi:
I. Nutq va gap.
II.   Ona tilining fonetik tizimi : 
1)   nutq   tovushlari   va   harflar,   unli   tovushlar   va   harflar,   undosh
tovushlar   va   harflar,   jarangli   va   jarangsiz   undoshlar,   alifbo,   bosh   va
kichik harflar, tutuq belgisi (fonetik tahlil);
2)   bo‘g‘in   va   bo‘g‘in   tuzilishi,   so‘zlarni   bo‘g‘inlab   ko‘chirish.   So‘z   va
so‘z ma’nolari (lug‘aviy tahlil: bir ma’noli so‘zlar, qarama-qarshi ma’noli
so‘zlar, ko‘p ma’noli so‘zlar); 
III.   So‘z   tarkibi :   asos   va   qo‘shimcha   (turlovchi,   tuslovchi   va
yasovchi), asoslarda tovush o‘zgarishi, asos va qo‘shimchalar imlosi; IV.   So‘z   ma’nosi :   so‘zlarning   ma’nosiga   ko‘ra   guruhlash:   shaxs-
narsalar   nomini   bildiruvchi   so‘zlar,   shaxs-narsalarning   harakatini,
belgisini,   sanog‘ini   va   tartibini   bildiruvchi   so‘zlar,   shaxs-narsaga
ishorani ifodalovchi so‘zlar (shaxsga nisbatan kishilik olmoshi).
V.  Gap ,  gapning fikr bildirishi :  
1)   gapning   maqsadga   ko‘ra   turlari   (darak,   so‘roq,   buyruq   va   his-
hayajonni bildiruvchi gaplar);
2)   gapda   tinish   belgilarining   ishlatilishi   (nuqta,   so‘roq,   undov   va
h.k.), yozma nutqda ishlatiladigan muhim (ayrim) belgilar: vergul, qavs,
ikki nuqta, ko‘p nuqta;
3)   gapning   gap   bo‘laklariga   ko‘ra   tuzilishi:   gapning   asosiy
mazmunini   bildiruvchi   bo‘laklar   (ega   va   kesim),   gapning   asosiy
mazmunini   to‘ldiruvchi   bo‘laklar   (ikkinchi   darajali   bo‘laklar   –   ularning
turi va nomlaridan mustasno);
4)   gapda   so‘zlarning   o‘zaro   bog‘lanishi,   so‘z   birikmasi,   gapning
uyushiq bo‘laklari, ularning o‘zaro bog‘lanishi (ohang, bog‘lovchi so‘zlar
yordamida);
5) Undalma uning shaxsga qarab bilishi, undalmali gaplarda tinish
belgisining ifodalanishi. 
VI.   Gap   va   matn,   matnning   tuzilishi:   mavzu,   voqea   tafsiloti,   asosiy
fikr   bayoni,   xulosa   chiqarish,   reja   tuzish,   sarlavha,   xat   boshi,   dialog,
monolog nutq, bayon, kichik hikoya;
VII. Husnixatga o‘rgatish . 
Husnixatga   o‘rgatishning   vazifasi   harf,   so‘z,   gap   va   matnni   to‘g‘ri
va   chiroyli   yozishni   takomillashtirishdir.   Yozuvni   o‘rganish   jarayonida o‘quvchi   tovushning   shakli   bo‘lgan   harfni,   so‘z   va   gapni   kitobdan   va
doskadan   to‘g‘ri,   husnixat   qoidalariga   rioya   qilib   ko‘chirib   yozish,
yozganlarini   tekshira   olish   va   yo‘l   qo‘ygan   grafik   kamchilik   hamda
xatolarini   o‘qituvchi   rahbarligida   o‘zi   tuzata   olishi   kerak.   Bu   davrda
eshitib   yozish   ko‘nikmalari   ham   rivojlantirib   boriladi.   1-sinfda   o‘quv
yilining   2-yarmidan   boshlab   husnixat   malakalari   takomillashtirib
boriladi.   Shuningdek,   2-4-sinflarda   esa   har   bir   ona   tili   darsining   5-8
daqiqasi “Husnixat daqiqasi”ga ajratiladi.
Xullas,   Boshlang‘ich   sinf   (1-4-   sinflar)   o‘quv   dasturi
kompetensiyalarni   shakllantirishga   yo‘naltirilgan   o‘quv   dasturiga
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida tayanch va fanga oid belgilab berilgan
(nutqiy   va   lingvistik)   kompetensiyalarning   shakllantirilishi
moslashtirilgan.   Bunda   yillik   o‘quv   soatlari   A1   bosqichda   608   soat
bo‘lsa,   A1+bosqichida   esa   680   soatni   tashkil   etadi.   Jumladan,   nutq
o‘stirish va husnixat darslari uchun har bir sinflar kesimida 68 soatdan
ajratilgan. 
Oliy ta’lim muasasalarining Boshlang’ich ta’lim yo’nalishi talabalari
“Ona   tili   fanini   o’qitish   metodikasi”   moduli   bo’yicha   yetarlicha   ta’lim
olishini   ta’minlash   maqsadida   o’quv   qo’llanmalar   ham   yetarli   va   DTS
talablari darajasida bo’lishi lozim. Boshlang‘ich sinf (1-4- sinflar) ona tili
fani   o‘quv   dasturi   kompetensiyalarini   shakllantirish   uchun   biz
tayyorlayotgan o’qituvchi-pedagoglarimizning o’zida mazkur fanga oid
belgilab   berilgan   (nutqiy   va   lingvistik)   kompetensiyalarning   to’liq
shakllantirilishi chora-tadbirlarini ko’rib chiqish lozim. 
Ona t ili o’qit ishning mazmuni  v a v azifalari.  Boshlang’ich sinflarda ona tili fanini o‘qitishning asosiy maqsadi o ‘z
fikrini   og‘zaki   va   yozma   tarzda   to‘g‘ri   va   ravon   bayon   qiladigan,
kitobxonlik madaniyati shakllangan, mustaqil va ijodiy fikrlay oladigan,
o‘zgalar   fikrini   anglaydigan,     muloqot   va   nutq   madaniyati   rivojlangan
shaxsni kamol toptirishdan iborat.
Ona tili fanini o’qitishning asosiy vazifalari :
  -   o‘quvchilarning   savodxonligini   ta’minlash,   ularni   og‘zaki   va
yozma nutqida adabiy nutq me’yorlariga rioya qilishga o‘rgatish;
- o’quvchilar ona tili darsida olgan nazariy bilimlarini amaliy 
topshiriq va mashqlar ustida ishlashga tadbiq qila olishga o’rgatish:
- o’quvchilarda nutqiy kompetensiya elementlarini shakllantirish 
va ularni mustahkamlash;
- o’quvchilarda lingvistik kompetensiya elementlarini 
shakllantirish va ularni mustahkamlash;
 -  o’quvchilarda ona tili o’qitishda zamonaviy o’qitish 
texnalogiyalaridan, texnik vositalaridan va ko’rgazmali didaktik 
materiallardan foydalanish ko’nikma va malakalarini shakllantirish;
-o’qivchilarni   mustaqil   ravishda   nazariy   va   amaliy   bilimlarni
egallashga o’rgatishdan iborat.
Ona t ili o’qit ishning lingv ist ik  asoslari.
  Ona   tili   o'qitish   metodikasi   hozirgi   o'zbek   adabiy   tilining   ma’lum
qismini   nazariy   egallashni   nazarda   tutadi,   shuning   uchun   ham   tilning
fonetika   va   fonologiya,   leksikologiya   va   frazeologiya,   so‘z   yasalishi   va
etimologiya,   grammatika   —   morfologiya   va   sintaksis,   stilistika, shuningdek,   orfoepiya,   grafika,   orfografiya   kabi   bo’limlari   ona   tili
metodikasining muhim asosi sifatida alohida ahamiyatga ega. 
Boshlang’ich   sinf   o'quvchilariga   ona   tilini   o‘rgatishning   lingvistik
asoslari   maktablarda   o'quv   fani   sifatida   tilni   o'rganish   tizimi   tilning
barcha   tomonlarini,   ya’ni   fonetikasi,   leksikasi,   so'z   yasalishi   va
grammatikasi   (morfologiya   va   sintaksis)ning   o'zaro   ichki
bog'lanishlariga   asoslanadi.   Tilning   barcha   tomonlari   o'zaro
bog'lanishining   ko'p   qirraliligi   va   murakkabligi,   ularning   dialektik
birligi , avvalo, uning aloqa vosit asidagi vazifasida namoyon bo'ladi.   Aloqa
vositaligi  tilning   muhim  xususiyati,   asosidir.   Bu   vazifani  tilning  har   bir
qismi boshqa qismlar bilan o‘zaro bog'lanishda bajaradi. 
Har   bir   so‘zga   xos   bo'lgan   tovush   shakli   kishilarga   aloqa   uchun
imkoniyat yaratadi. Ammo so'zning tovush qurilishi, shakli mazmunsiz,
aqlga   to'g'ri   kelmaganidek,   o'zicha   yashamaydi.   Istalgan   tovushlar
yig'indisi   emas,   balki   ma’lum   ma’no   bildiradigan   tovushlar
yig'indisigina aloqa maqsadiga xizmat qilishi mumkin. Ma’lumki, ma’no
bildiradigan   tovushlar   yig'indisi   so'zdir.   Tilning   lug'at   boyligi,   leksikasi
fikr   ifodalash   uchun   xizmat   qiladigan   o'ziga   xos   qurilish   materialidir.
Tilning   lug'ati   qanchalik   boy   bo'lsa   ham   grammatikasiz   u   o'lik
hisoblanadi.   Tilning   lug'at   boyligi   o'z-o'zicha   aloqa   vazifasini
bajarmaydi.   Aloqa   maqsadida   xizmat   qilish   uchun   lug'at   boyligidagi
so'zlar   bir-biri  bilan   grammatik  jihatdan   o'zaro   bog'lanib,   gap   tuziladi.
Mana shu tuzilgan gap orqali fikr ifodalanadi. 
Tilning har bir tomonining xususiyati undagi til birliklarining o'ziga
xosligida   namoyon   bo'ladi.   Fonetika   uchun   bunday   til   birligi   nutq tovushlari, fonemalar; leksikologiya uchun ma’nosi va qo'llanishi nuqtai
nazardan   so'z;   grammatika   uchun   so'z   shakllari,   shuningdek,   so'z
birikmasi   va   gap;   so'z   yasalishi   uchun   morfema,   tuzilishi   va   yasalishi
jihatdan   so'z   hisoblanadi.   So'z,   so'z   birikmasi   va   gap   grammatik
tomondan   ko'pgina   xususiyatlarga   ega.   So'zning   o'z   morfemik
qurilishi,   o'zining   so'z   yasalish   turi,   biror   grammatik   kategoriyasi
(shaxs,   son,   egalik,   kelishik   va   boshq.),   ma’lum   sintaktik   vazifasi   bor.
So'z   birikmasi   ham   so'z   kabi   so'z   o'zgarishi   (ko'proq   ergash   so'z
o'zgaradi)   shakllariga   ega.   Gap   o'z   qurilishiga   ko'ra   so'zdan   sifat
jihatdan   farqlanadi:   so'z   o'zi   alohida   kelganda   mustaqil   ma’no
anglatmaydigan morfemalardan tuziladi, gapni tashkil etuvchi qismlar
esa   gapdan   tashqarida   ham   mustaqil   leksik   m   a’no   bildiradi,   gap
tarkibida   esa   uning     ma’nosi   yana   oydinlashadi.   Gap   va   so'z   birikmasi
„qurilish   materiali"  sifatida   xilma-xil   tuzilgan   so'zdan   foydalanadi.   Gap
uchun   qator   sintaktik   xususiyatlar,   shuningdek,   tugallangan   ohang
ham xarakterlidir. 
Shunday   qilib,   tilning   har   bir   jihatining   o'ziga   xos   xususiyatini
ko'rib   chiqishning   o'zi   ularning   o'zaro   munosabatini,   bir-biriga
o'tishining   murakkabligini   ta’kidlaydi.   Tilshunoslik   fani   bo'limlari
o'rtasidagi   munosabatlar   ham   shunga   o'xshash   murakkabdir.
Fonetika,   leksikologiya   bilan   ham,   grammatika   bilan   ham   bog‘lanadi.
Tovushlar, fonemalar, bo‘g‘inlar tilda alohida emas, balki ma’lum leksik
ma’no bildiradigan so‘z tarkibida yashaydi. Fonetikaning sintaksis bilan
bog'lanishi,   xususan,   har   bir   gapda   m   a’lum   ohangda   bo‘lishida
ko‘rinadi.   Grammatik   va   semantik   jihatdan   bog'langan   so‘zlar majmuasi   ma’lum   ohangga   ega   bolsagina   gap   hisoblanadi.   Bunda
gapning   mazmuni   so‘zlovchining   gapda   ifodalangan   ohangiga   bog'liq
bo'ladi.   Shunday   qilib,   ohang   gapda   so‘z   tartibi,   yordamchi   so'zlardan
foydalanish,   so'z   o'zgartishlar   bilan   birga   gap   tuzish   usullaridan   biri
sifatida  xizmat  qiladi.  Leksikologiya  so'z yasalishi  bilan  jips bog'lanadi:
birinchidan,   tilning   lug'at   tarkibi,   asosan,   tilda   mavjud   bo'lgan
so'zlardan   yangi   so'zlar   yasalishi   hisobiga   to'ldirilib,   boyib   boradi;
ikkinchidan,   yasalgan   so'zlam   ing   leksik   m   a’nosi   yasama   negizning
moddiy   ma’nosiga   asoslanadi.   Morfologiya   leksikologiya   va   so'z
yasalishi   bilan   jips   bog'langan.   Morfologiya,   asosan,   so'zning
grammatik   xususiyatlarini   o'rganadi.   So'zning   grammatik   ma’nosi
doimo leksik ma’nosi bilan birga namoyon bo'ladi, har bir so'z, bir tom
ondan, shu so'zga tegishli bo'lgan m a’lum o'ziga xos leksik-grammatik
guruhning belgilarini bildiradi, ikkinchi tom ondan, u so'zning o'z leksik
ma’nosi   bo'ladi.   So'zdagi   mana   shu   umumiy   birlik   morfologiyada,
leksikadan   ajralmagan   holda,   leksika   zaminida   o'rganiladi.   So'z   uchun
muqarrar   morfemik   tarkibi   xarakterli   bo'lib,   bunga   so'zning   leksik
ma’nosi   va   qator   grammatik   belgilari   bog'liq   bo'ladi.   Yangi   so'z   qaysi
usul   bilan   vasalmasin,     doim   grammatik   shakllanadi   va   o'zining   leksik
ma’nosiga   ega   bo'ladi.   Har   bir   so'z   turkumida   so'z   yasalishining
xarakterli xususiyatlari mavjud. So'zning morfemik tarkibi va yangi so'z
yasalish   usullari   tilshunoslik   fanining   so'z   yasalishi   bo'limida,
grammatika   va   leksikologiyadan   ajratilmagan   holda   o'rganiladi.
Morfologiya   va   sintaksis   har   tomonlama   o'zaro   bog'lanadi.
Morfologiyada, asosan, so'zlarning grammatik ma’nosi va uni ifodalash shakllari   o'rganiladi;   sintaksisda   so'zlarni   o'zaro   bog'lanib   so'z
birikmasi va gap hosil qilish usullari, shuningdek, gap turlari, ulam ing
mazmuni va ishlatilishi o'rganiladi.
  So'z   morfologiyada   ham,   sintaksisda   ham   o'rganiladi,   ammo
o'rganish   ob’yekti   har   xil   bo'ladi.   Sintaksisning   o'rganish   ob’yekti
gapdir; unda so'z gap yoki so'z birikmasida boshqa so'zlar bilan ma’no
va   grammatik   jihatdan   bog'langan   holda   o'rganiladi.   Morfologiyada
so'z   gapdan   tashqarida   ham   o‘rganilishi   mumkin;   so‘zga   muayyan
leksik-grammatik   guruhga   kiradigan   so'zlar   bilan   o‘zaro   munosabati
nuqtai   nazaridan   qaraladi.   Morfologiya   va   sintaksisda   so‘zga   bunday
har   xil   yondashish   ularning   bir-biriga   bog'liqligini   inkor   etmaydi,
aksincha,   ular   so'z   va   gapning   o'zida   yashaydi.   So'zlar   so'z   o'zgarish
tizimiga   ega   bo'lgani   tufayli   gaplar   aloqa   vazifasini   bajaradi.   Shakl
yasalishi   va   so'z   yasalishi   morfologiyada   o'rganiladi,   ammo   gapda
tatbiq   etiladi,   so'zlarning   o'zaro   bog'lanish   qoidalarini   o'rganish   esa
sintaksis   sohasiga   taalluqlidir.   So'z   birikmasi   tarkibidagi   so'zlarning
o'zaro   bog'lanish   usulini   aniqlashda   shu   so'z   birikmasiga   kirgan   so'z
turkumining   morfologik   xususiyatlari   hisobga   olinadi.   Bular
morfologiya va sintaksisda bir-biri bilan bog'liq holda o'rganiladigan til
hodisalarining   ayrimlaridir.   Bu   aniq   misollar   morfologiya   va   sintaksis
bir-birini   taqozo   qilsa   ham,   grammatikaning   mustaqil   bo'limi   ekanini
ta’kidlash uchun yetarli. 
Keltirilgan   fikrlar   boshlang'ich   sinf   o'quvchilariga   predmetlararo
ichki   bog'lanishni   hisobga   olgan   holda   ona   tili   o’qitish   metodikasini
belgilaydi:  1. Tilning barcha (leksik, fonetik, so'z yasash, grammatik) tomonlari
o'zaro   bog'liqligini   va   ularning   har   biri   o'ziga   xos   xususiyatlarga   ega
ekanini   hisobga   olib,   o'quvchilar   tilni   ongli   o'zlashtirishlari   uchun
tilning   har   bir   tomoni   xususiyatlarini   va   ular   o'rtasidagi   bog'lanishni
o'zlashtirishlari   zarur.   1-4-sinflarda   ona   tilini   o'rganish   tizimi   fonetika,
leksikologiya,   so'z   yasalishi   va   grammatikaning   o'zaro   bog'lanishi
mohiyatini   hisobga   olgan   holda   tuziladi.   Bu   dastur   materiallarini
o'rganish tartibini belgilashda ham, ta’lim mazmunini (dastur bo'limlari
o'rtasidagi uzviy bog'lanishni) aniqlashda ham hisobga olinadi. 
2.   Tilning   barcha   jihatlarining   bir-biriga   ta’siri   uning   aloqa   quroli
vazifasida   namoyon   bo'ladi.   Tilning   asosiy   birligi   sifatida   aloqa
maqsadida   so'zni   to'g'ri   talaffuz   qilish   yoki   yozish,   shu   tilda
so'zlashuvchi   barcha   kishilarga   bir   xilda   tushunarli   bo'lishi,   gapda
grammatik jih atdan to'g'ri tuzilishi kerak. Shularni hisobga olib, kichik
yoshdagi   o'quvchilar   tilning   talaffuzi,   grafik,   leksik,   so'z   yasalishi   va
grammatik   tomonlarining   o'zaro   bog'lanishi   mohiyatini   tushunishlari
uchun   dastur   materialini   o'rganishda   tilning   aloqa   vazifasi   yetakchi
ekani   nazarda   tutiladi,   ya’ni   kishilar   bilan   aloqa   jarayonida   tilning
barcha   tomonlari   birgalikda   foydalanilishi   hisobga   olinadi.   Shu
maqsadda   tilning   fonetik   tomonini   o'rganishda   so‘zning   ma’no   va
talaffuz   jihatdan   birlik   hosil   qilishini,   tovushning   so‘z   ma’nosini
farqlashdagi   o'rnini   tushuntirishga   katta   ahamiyat   qaratiladi.   ,,So‘z“
mavzusi o'tilayotganda o'quvchilar tomonidan so'zning talaffuzi, leksik
ma’nosi,   morfologik   tarkibi,   grammatik   belgilari,   yasalishi,   nutqda
ishlatilishi   va   yozilishini   yaxlit   tushunishga   asosiy   diqqat   qaratiladi. Bunda   o'qituvchi   so'zning   nom   bo'lib   xizmat   qilishini   ham,   morfemik
tarkibi   va   leksik   m   a’nosining   bir-biriga   ta’sirini   ham   o'quvchilaming
tushunib olishlariga erishishi lozim. ,,Gap“ mavzusini o'rganish vaqtida
esa   ishning   asosiy   yo'nalishi   nutqda   gapning   til   birligi   sifatidagi
vazifasini   tushuntirish   va   o'quvchilarda   og'zaki   va   yozma   nutqlarida
gapdan oson foydalanish ko'nikmasini shakllantirish hisoblanadi. 
Maktabda   tilning   barcha   tomonlarini   bir-biri   bilan   bog'liq   holda
o'rganish   ona   tilini   o'rgatishning   yetakchi   metodik   tamoyili
hisoblanadi.   Buni   amalga   oshirish   til   o'suvchan,   bir-biriga   o'zaro   ta’sir
etadigan   tomonlari   mavjud   bo'lgan   murakkab   hodisa   ekanini
tushuntirishda doimiy asos hisoblanadi.
Esk i v a y angi t ahrirdagi DTS t ahlili.
Boshlang'ich   ta'lim   bosqichida   yangi   tahrirdagi   DTSlari   asosida
o'quvchilarni   ona   tili   ta'limi   sohasi   bo'yicha   tayyorgarlik   darajasiga
qo'yilgan talablar standart me'zon orqali aks ettiriladi:
1.    O'qish texnikasi.
2.    O'zgalar fikrini va matn mazmunini anglash.
3.    Fikrni yozma shaklda bayon etish malakasi.
  O'quvchilar   shu   parametrlar   asosida   bilim,   ko'nikma   va
malakalarga   ega   bo'lishi   kerak.   Ana   shu   maqsadlardan   kelib   chiqqan
holda   1-4-   sinf   ona   tili   fanini   o'qitishning   oldiga   bir   qator   vazifalar
qo'yiladi:
1.    O'quvchilarni erkin fikrlashga o'rgatish;
2.        O'z fikrini o'zbek  tilining  qonun-qoidalariga   muvofiq  ravishda
og'zaki va yozma ifodalay olish; 3.         Bir   ma'noni   turli   shakllarda   bera   olish   ko'nikmalarini
shakllantirish, so'zlardan o'rinli foydalanish;
4.         Dunyoni   bilishda   ona   tilining   ahamiyatini   singdirish   kabi
vazifalar shular jumlasidandir.
Shuningdek   boshlang'ich   sinf   ona   tili   ta'limi   o'quvchilarga   nutq
faoliyatining asosiy turlarini o'stirish bilan bir qatorda, quyidagi muhim
masalalarni ham hal etishni ko'zda tutadi:
  Bolalarda ahloqiy va estetik tasavvurlarni shakllantirish;
  Bolalarga atrof- muhit, kishilar, tabiat va jamiyat haqida 
tushuncha berish;
  Nafosat hissini tarbiyalash;
  Mantiqiy tafakkur yuritishga o'rgatish;
  O'quv mashg'ulotlariga, bilim manbai bo'lgan kitobga qiziqish 
uyg'otish.
Ona   tili   o'qitishning   mazmuni   va   metodlari   o'quvchilarga   dastur
talab   qilgan   hajmda   puxta   bilim   berish,   ko'nikma   va   malaka   hosil
qilishga ko'maklashish lozim.
Mazkur   maqsad   va   vazifalarni   to'laqonli   bajarish   uchun   o'qituvchi
faqat   dars   bilan   chegaralanib   qolmasligi   kerak.   Darsdan   tashqari
paytlarda ham muntazam ish olib borishi yaxshi natija beradi. 
Tilni   o'rganishga   doir   kechalar,   to'garaklar,   maktab   ixtiyoridagi
soatlar   hisobidan   qo'shimcha   darslar,   sinfdagi   iqtidorli   o'quvchilar
bilan ishlash kabilardan foydalanish kerak.
O'quvchilarga   til   ta'limini   singdirishda   ularning   yosh   va   bilim
darajalarini   ham  hisobga   olish   zarur.   Chunki  2-sinf  o'quvchisiga   4-sinf hajmdagi   bilimni   berilsa   o'quvchi   buni   hazm   qila   olmaydi,   o'zlashtira
olmaydi   ham.   Aksincha   4-sinf   o'quvchisiga   1-2-sinfdagi   bilimlar   berish
bilan   cheklanib   qolinsa   bu   ham   o'quvchi   uchun   zerikarli   bo'ladi.
Natijada   o'quvchilarda   tilni   o'rganishga   bo'lgan   havas,   qiziqish
rivojlanish o'rniga susayadi.
Boshlang'ich   sinf  o'quvchisi  DTS  larida   berilgan   me'yoriy  majburiy
ta'lablarni bilishlari kerak. Adabiyotlar ro`yxati.
1. Uzviylashtirilgan   Davlat   ta’lim   standarti.     –   T.:   Yangiyo`l   poligraf   service,
2017. – 14-79 b.
2. Uzviylashtirilgan o`quv dasturi.  – T.: Yangiyo`l poligraf service, 2017. – 14-
79 b.
3. Qosimova K., Matjonov S., G`ulomova X., Yo`ldosheva Sh., Sariyev Sh. Ona
tili o`qitish metodikasi. –T.: Noshir, 2009. – 163 b.
4. Matchanov S., G`ulomova X., Yo`ldasheva Sh., A. Nisanbaeva. Ana     tilin
oqыtu әdіstemesі. –T.: TDPU, 2013. –  277 b.
5. Raxmatullaeva   L.I.   Metodika   prepodavaniya   rodnogo   yazыka   rodnogo
yazыka.  – T.: Uchebnoe  posobie. Moliya Iktisod, 2007.
6. Husanboeva.Q,  Shodiyev.F,  Hazratqulov.M.  Boshlang`ich  sinflarda adabiyot
o`qitish metodikasi. SamDU.2019.332 b.

Boshlang` ich sinfl arda ona t ili fanining DTS v a dast uri. Eski va yangi tahrirdagi DTS tahlili (1 – 4-sinflar) Reja: 1. Boshlang’ich sinflarda ona tili fanining DTS talablari va o’quv dasturi 2. Ona tili dasturining tuzilishi va mazmuni. 3. Ona tili o’qitishning lingvistik asoslari. 4. Eski va yangi tahrirdagi DTS tahlili.

Boshlang’ich sinfl arda ona t ili fanining DTS t alablari v a o’quv dast uri. Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti ( DTS ) davlat ta’lim standartining maqsad va vazifalarini, asosiy prinsiplarini, tarkibiy qismlarini, davlat ta’lim standartlarini joriy etish hamda davlat ta’lim standartlari talablariga rioya etilishini nazorat qilish tartibini belgilaydi. Davlat ta’lim standartining maqsadi – umumiy o‘rta ta’lim tizimini mamlakatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ilg‘or tajribalari hamda ilm-fan va zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan holda tashkil etish, ma’naviy barkamol va intellektual rivojlangan shaxsni tarbiyalashdan iborat. Umumiy o‘rta ta’limning o‘quv tayanch o‘quv rejaga muvofiq o‘quv fanlarining sinflar va mavzular bo‘yicha hajmi, mazmuni, o‘rganish ketma-ketligi va shakllantiriladigan kompetensiyalari belgilangan hujjat hisoblanadi. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida (1-9-sinf) ona tili fanini o‘qitishning asosiy maqsadi o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda to‘g‘ri va ravon bayon qiladigan, kitobxonlik madaniyati shakllangan, mustaqil va ijodiy fikrlay oladigan, o‘zgalar fikrini anglaydigan, muloqot va nutq madaniyati rivojlangan shaxsni kamol toptirishdan iborat. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ona tili fanini o‘qitishning asosiy vazifasi: 1) o‘quvchi shaxsini fikrlashga, o‘zgalar fikrini anglashga, o‘z fikrini og‘zaki hamda yozma shaklda savodli bayon qila olishga qaratilgan

nut qiy k ompet ensiy a (tinglab tushunish, so‘zlash, o‘qish, yozish, ya’ni A1- o’quvchi berilgan topshiriq, sodda matnlarni tinglab tushuna olishi; matnni tushunib o‘qiy olishi; og‘zaki nutqda so‘z va gaplar talaffuziga rioya qila olishi; 65-70 so‘zdan iborat diktantni yoza olishi; xabar, tasvir asosida 5-6 gapdan iborat matn yarata olishi, xatboshi va husnixatga amal qilishi; imlo va tinish belgilarini ishlatish qoidalariga amal qila olishi; do‘sti, ota- onasi, ustoziga tabriknoma yoki xat yoza olishi. A1+ sodda matnning asosiy mazmunini tushunishi va tushuntira olishi; matn mazmunini tushunib ifodali o‘qiy olishi; 70-75 so‘zdan iborat diktantni yoza olishi; 7-8 gapdan iborat xabar yoki rasm asosida matn tuza olishi) ni rivojlantirish; 2) o‘quvchilarda grammatikaga oid o‘zlashtiriladigan bilimlarni (fonetika, leksikologiya, so‘zning tarkibi, so‘z yasalishi, morfologiya, sintaksis, yozuv va imlo, tinish belgilari, nutq uslublari, stilistikaga oid tushunchalarni) rivojlantirish; 3) ona tilining keng imkoniyatlaridan unumli foydalangan holda to‘g‘ri va ravon bayon eta olishni rivojlantirishga qaratilgan lingvistik kompetensiya (fonetika, grafika, orfoepiya, orfografiya, leksika, grammatika va uslubiyatga oid, ya’ni A1 - ona tilidagi nutq tovushlarini farqlay olishi, bo‘g‘in ko‘chirish qoidalariga amal qila olishi; mavzuga oid yangi so‘zlarni og‘zaki va yozma nutqda qo‘llay olishi; yozma nutqda tinish belgilarini to‘g‘ri qo‘llay olishii. A1+so‘zlarning tovush tarkibini orfoepik jihatdan to‘g‘ri shakllantira olishii; gapning ifoda maqsadiga ko‘ra turlarini farqlay olishi va yozma nutqda o‘rinli qo‘llay olishi)larni shakllantirishdan iborat.

Boshlang‘ich ta’limning ona tili fani o‘quv dasturi o‘quvchilarda kompetensiyalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan davlat ta’lim standarti talablaridan kelib chiqib tuzilgan. Ushbu o‘quv dasturida 1-4-sinf o‘quvchilarida tayanch hamda fanga oid (nutqiy va lingvistik) kompetensiyalarning elementlarini shakllantirish ko‘zda tutilgan. Boshlang‘ich ta’limda ona tili o’qitish – o‘quvchilarning savodxonligini ta’minlash, ularni og‘zaki va yozma nutqida adabiy nutq me’yorlariga rioya qilishga o‘rgatishdan iborat. Mazkur ona tili o‘quv dasturi quyidagi bo‘limlarni o‘z ichiga oladi: 1. Savod o‘rgatish va nutq o‘stirish. 2. Fonetika, grammatika, imlo va nutq o‘stirish. Savodga o‘rgatish davri 2-sentabrdan to dekabr oyining oxirigacha bo‘lgan muddatni, ya’ni ikki o‘quv choragini qamrab oladi. Savodga o‘rgatish jarayoni tayyorgarlik va alifbe davridan tashkil topadi. Tayyorgarlik va alifbe davrida ta’lim savodga o‘rgatishning tahlil-tarkib (analitik-sintetik) tovush usulida amalga oshiriladi. Savodga o‘rgatishning tahlil-tarkib usuliga ko‘ra matndan gap, gapdan so‘z, so‘zdan bo‘g‘in va tovush, yoki aksincha, tovush > bo‘g‘in > so‘z > gap >matn uzviy aloqada butundan bo‘lakka, bo‘lakdan butunga qarab tahlil-tarkib qilinadi. Bu esa o‘quvchilar tafakkur faoliyatini onglilik, tushunarlilik, mantiqiylik, didaktik mezonlar asosida rivojlantirish imkoniyatini vujudga keltiradi. Boshlang‘ich ta’limning ilk savodga o‘rgatish davridanoq, o‘quvchilar nutqini yangi so‘zlar hisobiga boyitishga alohida e’tibor qaratiladi.

"Alifbe" darsligida berilgan: yangi so‘zlar, matn, kichik hikoya va she’rlardan foydalanib, o‘quvchilarni so‘z ma’nosi bilan atroflicha tanishtirishda, she’riy va nasriy matnlarni yodlatish, qayta hikoyalashga e’tibor beriladi. Sinfdan tashqari o‘qish darslari o‘quvchilarni bolalar adabiyoti namunalari bilan tanishtirib borishga, ularni mustaqil o‘qishga, o‘qituvchi va ota-onalar yordamida badiiy o‘qishga qiziqtirish, nutqini boyitish va rivojlantirishga yordam beradi. Ona tili erkin fikrlay olish, o‘zgalar fikrini anglash, o‘z fikrlarini og‘zaki va yozma ravishda bayon qila olish, kishilar bilan erkin muloqotda bo‘la olish ko‘nikma va malakalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Ona t ili dast urining t uzilishi v a mazmuni. Ona tili (1-4-sinf) dasturining mazmuni quyidagilarni o‘z ichiga oladi: I. Nutq va gap. II. Ona tilining fonetik tizimi : 1) nutq tovushlari va harflar, unli tovushlar va harflar, undosh tovushlar va harflar, jarangli va jarangsiz undoshlar, alifbo, bosh va kichik harflar, tutuq belgisi (fonetik tahlil); 2) bo‘g‘in va bo‘g‘in tuzilishi, so‘zlarni bo‘g‘inlab ko‘chirish. So‘z va so‘z ma’nolari (lug‘aviy tahlil: bir ma’noli so‘zlar, qarama-qarshi ma’noli so‘zlar, ko‘p ma’noli so‘zlar); III. So‘z tarkibi : asos va qo‘shimcha (turlovchi, tuslovchi va yasovchi), asoslarda tovush o‘zgarishi, asos va qo‘shimchalar imlosi;