logo

Boshlang‘ich ta’limda tarbiya jarayonining mazmuni va mohiyati

Загружено в:

27.01.2024

Скачано:

0

Размер:

34.5810546875 KB
Mvzu:  Boshlang‘ich ta’limda tarbiya jarayonining mazmuni va mohiyati 
Reja
1.“Tarbiya” tushunchasining mohiyati.
2. Boshlang‘ich ta’limda tarbiya nazariyasining tarkibiy qismlari.
3. Boshlang‘ich ta’limda tarbiya jarayonining o‘ziga xos xususiyatlari. 
4.Tarbiya maqsadining jamiyat ijtimoiy ehtiyoji asosida belgilanishi.
5. Komil inson, malakali mutaxassisni tarbiyalash – bosh ijtimoiy maqsad. 
6.Tarbiya qonuniyatlari va tamoyillari. Tayanch   so'zlar:   Tarbiya,   tarbiyaning   maqsadi,   tarbiya   jarayoni,   shaxs
tarbiyasi, pedagogik qarashlar, xulq-odob qoidalari.
“Tarbiya”   tushunchasining   mohiyati. Tarbiya   –   muayyan,   aniq   maqsad
hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida  shaxsni  har tomonlama o’stirish, uning ongi,
xulq-atvori   va   dunyoqarashini   tarkib   toptirish   jarayoni.   Boshqacharoq   talqin
etilganda,   tarbiya   yosh   avlodni   muayyan   maqsad   yo’lida   har   tomonlama   voyaga
yetkazish, unda ijtimoiy ong va xulq atvorni tarkib toptirishga yo’naltirilgan faoliyat
jarayonidir.Tarbiya   xususida   taniqli   o’zbek   pedagogi   Abdulla   Avloniy   shunday
deydi: «Al-hosil, tarbiya bizlar uchun yo hayot, yo mamot, yo najot - yo xalokat, yo
saodat – yo falokat masalasidur» . Tarbiyaning maqsadi - har tomonlama barkamol
shaxsni   shakllantirish.   Tarbiya   mazmuni   deganda,   qo’yilgan   maqsad   va   vazifalar
bilan   bog’liqlikda   ta’lim   oluvchilarning   egallashi   lozim   bo’lgan   bilim,   malaka,
e’tiqod, shaxs sifati va xarakteri, xulq-atvor tizimi tushuniladi. Tarbiyaning umumiy
vazifalari: jamiyat a’zolarining maqsadga yo’naltirilgan rivojlanishi hamda ularning
qator ehtiyojlarini qondirish uchun shart-sharoit yaratish; jamiyat rivoji uchun zarur
bo’lgan   ijtimoiy   madaniyatga   mos   yetarlicha   hajmdagi   “inson   kapitali”ni
tayyorlash;   madaniyatlarni   uzatib   turish   orqali   ijtimoiy   hayotning   barqarorligini
ta’minlash; ma’lum jins yoshi va ijtimoiy-kasbiy guruhlarning qiziqishlarini hisobga
olgan holda ijtimoiy munosabatlar doirasida jamiyat a’zolarining harakatini tartibga
solish.   Tarbiya   jarayoni   -   bu   shaxsda   muayyan   ruhiy,   aqlim,   jismoniy,   axloqiy   va
ma'naviy   sifatlarni   shakllantirishga   qaratilgan   amaliy   pedagogik   jarayon.
Shuningdek   u   insonning   jamiyatda   qanday   o'rin   egallashi,   kim   bo'lishi,   insonning
insonligini ta'minlaydigan eng qadimiy va adabiy qadriyatlardir. Tarbiyasiz alohida
odam   ham,   kishilik   jamiyati   ham   mavjud   bo'la   olmaydi.   Chunki   odam   va
jamiyatning   mavjudligini   ta'minlovchi   qadriyatlar   tarbiya   tufayligina   bir   avloddan
boshqa   avlodga   ya'ni   kelajak  avlodga   o'tadi.   Tarbiya   haqida  buyuk   bobokalonimiz
Alisher   Navoiy   shunday   deb   yozadi:   ,,Qobiliyatli   odamni   tarbiya   qilmaslik
zulmkorlik   va   noqobil   odamga   tarbiya   hayfdir.   Tarbiyaning   ayab   unisini   nobud
qilma, tarbiyangni bunisiga zoye ketkazma Ya'ni tarbiyani kerakli joyda va kerakli
insonlarga berish haqida aytib o'tilgan. Ko'pchiligimiz o'ylaymizki, tarbiya faqatgina o'qituvchilar   tomonidan,   uyda   esa   ota   onalar   tomonidan   o'rgatiladigan   jarayon.
Lekin aslida tarbiya- muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy tajriba asosida shaxsni
har   tomonlama   o'stirish,   uning  ongi,  xulq-atvori   va   dunyoqarashini   tartib  topdirish
jarayoni.   Boshqacharoq   talqin   etilganda,   tarbiya   yosh   avlodni   muayyan   maqsad
yo'lida   har   tomonlama   voyaga   yetkazish,   unda   ijtimoiy   ong   va   xulq-atvorni   tartib
topdirishda   yo'naltirilgan   faoliyat   jarayonidir.   Bunda   nafaqat   otaonaning   va
o'qituvchilarning   balki   jamiyatning   o'rni   ham   beqiyosdir.   Tarbiyadan   ko'zlangan
asosiy   maqsad   har   tomonlama   ma'naviy   rivojlangan   aqliy   va   axloqiy   barkamol
shaxsni   shakllantirishdan   iborat.   Bugungi   kunda   mamlakatimizda   tarbiya
jarayonlarini   rivojlantirish   va   uning   samaradorligini   oshirish   uchun   ko'plab   chora
tadbirlar ishlab chiqilmoqda. Uni rivojlantirishda birinchi qadam ta'lim muassasalari
va   oliy   ta'lim   yurtlari   hisoblanadi.   Shu   sababli   umumiy   o'rta   ta'lim   muassasalari
o'quvchilarining   yosh   va   psixologik   xususiyatlarini   inobatga   olgan   holda   ularning
ongiga   umuminsoniy   qadriyatlar   va   yuksak   ma'naviyatni   yanada   chuqur   singdirish
va   ularni   vatanparvarlik   va   insonparvarlik   ruhida   tarbiyalash   maqsadida   Vazirlar
Mahkamasi   qaror   qildi   va   unda   umumiy   o'rta   ta'lim
muassasalarida   ,,Odobnoma",   ,,Vatan   tuyg'usi"   ,   ,,Milliy   istiqlol   g'oyasi   va
ma'naviyat   asoslari"   hamda   ,,Dunyo   dinlari   tarixi"   fanlarini   birlashtirgan   holda
yagona   ,,Tarbiya"   fani   1-9-sinflarda   2020/2021   o'quv   yilidan,   10-11-sinflarda   esa
2021/2022   o'quv   yilidan   boshlab   fanlarga   ajratilgan   umumiy   soatlar   doirasida
bosqichma-bosqich   amaliyotga   joriy   etilmoqda.   Tarbiya   ma'lum   bir   muddat   ichida
o'rganib va o'rgatib bo'linadigan jarayon emas. Shuning uchun bu jarayon bolalarni
maktabda   ketishi   bilanoq   boshlanadi   va   uni   tamomlagunicha   va   undan   keyin   ham
davom   etadi.   Shuningdek,   bu   jarayon-o'qituvchi   va   o'quvchilar   o'rtasida   tashkil
etuvchi   hamda   aniq   maqsadga   yo'naltirilgan   hamkorlik   jarayonidir.   Tarbiyaning
asosiy   vazifasini   tarbiyalanuvchining   ongi   shakllana   boradi,   his-tuyg'ulari
rivojlanadi,   ijtimoiy   hayot   uchun   zarur   bo'lgan   ijtimoiy   aloqalarni   tashkil   etishga
xizmat qiluvchi jarayon sifatida qaraladi. Har bir tushunchani ikki tomonlama ya'ni
keng   va   tor   ma'noda   tushunish   mumkin.   Uni   keng   ma'noda,   tarbiya   shaxsga
jamiyatning ta'sir  etishga, ijtimoiy hodisa sifatida qaraladi. Mazkur  holatda tarbiya ijtimoiylashtirish   bilan   uyg'unlashadi.   Tor   ma'nodagi   tarbiya   deganda,   pedagogik
jarayon   sharoitida   ta'lim   maqsadini   amalga   oshirish   uchun   pedagog   va
tarbiyalanuvchilar   maxsus   tashkil   etilgan   faoliyatoni   tushunish   mumkin.
Tarbiyaning   asosiy   maqsad   va   vazifalari   jamiyat   a'zolarining   maqsadga
yo'naltirilgan   rivojlanishi   hamda   ularning   qator   ehtiyojini   qondirish   uchun   shart-
sharoit   yaratish.   Shuningdek,   bobolarimiz   aytishganidek   ta'limni   tarbiyadan
tarbiyani   esa   ta'limdan   ajratib   bo'lmaydi,shuning   uchun   ular   uzviy   bog'liq.   Buyuk
faylasuf   va   mutaffakkir   Boshlang‘ich   ta’limda   tarbiya   jarayonining   o‘ziga   xos
xususiyatlari.   Hayyom   aytganidek:   ,,Ta'lim   faqat   so'z   va   o'rgatish   bilan   bo'ladi.
Tarbiya   esa   amaliy   ish   va   tashriba   bilan   bo'ladi".   Shu   sababli   yoshlarga   tarbiya
berishdan va biror nimani o'rgatishdan avval o'zimiz ham o'sha narsani qilib o'rnak
bo'la oladigan darajada bo'lishimiz kerak.
Tarbiya–muayyan,   aniq   maqsad   hamda   ijtimoiy-tarixiy   tajriba   asosida   shaxsni   har
tomonlama   o’stirish,   uning   ongi,   xulq-atvori   va   dunyoqarashini   tarkib   toptirish
jarayoni.   Boshqacharoq   talqin   etilganda,   tarbiya   yosh   avlodni   muayyan   maqsad
yo’lida  har  tomonlama  voyaga yetkazish,   unda ijtimoiy ong  va  xulq-atvorni  tarkib
toptirishga   yo’naltirilgan   faoliyat   jarayonidir.Turli   zamon   va   makonda   ijtimoiy
tarbiya mohiyati turlicha bo’lib, uning mazmuni ijtimoiy maqsadlardan kelib chiqib
asoslangan. Tarbiya g’oyasi turlicha ifodalangan bo’lsada, ammo yo’naltiruvchanlik
xususiyati hamda ob’ektiga ko’ra yakdillikni ifoda etadi.
Tarbiya   -   shaxsni   maqsadga   muvofiq   takomillashtirish   uchun   uyushtirilgan
pedagogik   jarayon   bo’lib,   tarbiyalanuvchining   shaxsiga   muntazam   va  tizimli   ta’sir
etish   imkonini   beradi.Tarbiya   jarayoni   o’qituvchi   va   o’quvchi   (tarbiyachi   va
tarbiyalanuvchi)lar   o’rtasida   tashkil   etiluvchi   hamda   aniq   maqsadga   yo’naltirilgan
hamkorlik jarayonidir.
Tarbiya   jarayonida   tarbiyalanuvchining   ongi   shakllana   boradi,   his-tuyg’ulari
rivojlanadi,   ijtimoiy   hayot   uchun   zarur   bo’lgan   ijtimoiy   aloqalarni   tashkil   etishga
xizmat qiladigan xulqiy odatlar hosil bo’ladi.
Tarbiya   jarayonida   bolalarning   hayoti   va   faoliyatini   pedagogik   jihatdan   to’g’ri
uyushtirish   g’oyat   muhimdir.   Faoliyat   jarayonida   bola   tashqaridan   kelayotgan tarbiyaviy   ta’sirlarga   nisbatan   ma’lum   munosabatda   bo’ladi.   Bu   munosabat
shaxsning   ichki   ehtiyoj   va   xohishlarini   ifodalaydi.   Psixolog   va   pedagoglarning
tadqiqotlari   shaxsga   tashqi   omillarning   (xoh   salbiy,   xoh   ijobiy)   ta’siri   bolaning
ularga munosabatiga bog’liqligini ko’rsatadi. Bola faoliyatini uyushtirishgina emas,
balki   tarbiyalanuvchining   bu   faoliyatga   nisbatan   turli   kechinmalarni   qanday
anglashi, baholashi, his qilishi, ulardan o’zi uchun nimalarni olayotganligini bilishi
zarur.   Zero,   tarbiya   ijtimoiy   munosabatlarning   murakkablashib   borishi   asosida
kechadi. Tarbiya jarayonida o’quvchining ongigina emas, balki his-tuyg’ularini ham
o’stirib   borish,   unda   jamiyatning   shaxsga   qo’yadigan   axloqiy   talablariga   muvofiq
keladigan   xulqiy   malaka   va   odatlarini   hosil   qilish   lozim.   Bunga   erishish   uchun
o’quvchining   ongi,   hissiyoti   va   irodasiga   ta’sir   etib   boriladi.   Agar   bularning
birortasi   e’tibordan   chetda   qolsa,   maqsadga   erishish   qiyinlashadi.   Tarbiya
jarayoniga o’qituvchi rahbarlik qiladi. U o’quvchilar faoliyatini belgilaydi, ularning
ijtimoiy jarayonda ishtirok etishlari uchun shart-sharoit yaratadi. Ijtimoiy jarayonda
faol   ishtirok etish  orqali  o’quvchilarning mustaqilligi,  ijodiy  tashabbuskorligi  ortib
boradi.   Faoliyat   o’quvchilar   jamoasi   manfaati   va   istagi   asosida   uyushtirilsa,   bu
jarayonda bolaning tengdoshlari va o’zini o’zi anglash jarayoni yuzaga keladi. Bola
o’z   xulqi,   xatti-harakati   uchun   jamoa   oldida   javobgarlikni   sezishga   erishgach,
ijrochi   emas,   balki   umumiy   ishning   faol   qatnashchisi   bo’lib   qoladi.Tarbiyani
samarali yo’lga qo’yish uchun uning harakatlantiruvchi kuchi, tarbiya jarayonining
manbaini yaxshi bilish va hisobga olish muhimdir. Bu tarbiya jarayonidagi ichki va
tashqi   qarama-qarshiliklardan   iborat.   Tarbiyada   o’quvchilarning   tarbiyalanganlik
darajasini   ham   hisobga   olish   kerak   bo’ladi.   Bu   jihat   unutilsa,   muayyan   qarama-
qarshiliklar   vujudga   keladi.   Faoliyat   jarayonida   hosil   bo’lgan   malaka   va   odatlar
axloq me’yorlariga rioya qilishni yengillashtiradi.Demak, tarbiyachi bola shaxsining
tez   rivojlanadigan   davri   –   o’quvchilik   yillarida   uning   ongiga   turli   faoliyat   (o’qish,
mehnat, ijtimoiy ishlar, o’yin, sport, badiiy xavaskorlik) yordami bilan maxsus ta’sir
etish   muhimdir.   Aks   holda   xulq   me’yorlari,   axloq   talablarini   yaxshi   tushunmay
qolishi   natijasida   shaxs   ijtimoiy   munosabatlarda   beqaror,   tasodifiy   ta’sirga beriluvchan bo’lib qolishi mumkin.Tarbiya yaxlit jarayonda amalga oshirilib, uning
tarkibiy qismlari ayni bir
vaqtda, faoliyatning biror turi asosida namoyon bo’ladi.
Shaxs   ijtimoiy   tarbiya   orqali   shakllanadi.Shaxsni   shakllantirish,   boshqarish,
nazorat xarakteriga ega bo’lib, bu borada belgilangan vazifalar tasodifiy harakatlar
orqali   emas,   balki   oldinda   belgilangan   va   puxta   o’ylangan   rejalar   asosida   hal   etib
boriladi.Tarbiya jarayonida uning maqsadi, shakl va metodlari, shaxsning o’zini-o’zi
tarbiyalash   va   qayta   tarbiyalash   jihatlari   muhim   o’rin   tutadi.   Tarbiya   mazmuni
ijtimoiy tuzum buyurtmasi asosida belgilanib, uning amalga oshishi  uchun ma’lum
shart-sharoitlarning   mavjudligi   talab   etiladi.   O’zbekiston   Respublikasida   ayni
vaqtda yosh avlodni tarbiyalab voyaga yetkazish jarayonida quyidagi vazifalarni hal
etish muhim ahamiyat kasb etmoqda:
a)   yoshlarni   ijtimoiy   hayotga   tayyorlash,   ularda   keng   dunyoqarashni   tarkib
toptirish,   o’z   shaxsiy   turmushiga   maqsadli   yondashuv,   reja   va   amal   birligi   hissini
uyg’otish;
b) o’quvchilarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar mohiyatidan ogoh etish, chuqur
bilim va tafakkurga ega yoshlarni tarbiyalash, ularning ongini boyitish;
v)   umuminsoniy   axloq   me’yorlari   (odamiylik,   kamtarlik,   o’zaro   yordam,
mehrmuhabbat,   muruvvat,   adolatni   yoqlash,   insonparvarlik,   axloqsizlikka   nisbatan
nafrat va hokazolar)ning mohiyatini anglash, o’quvchilarda muomala odobi, yuksak
madaniyatni
qaror toptirishga erishish;
g) o’quvchilarda huquqiy va axloqiy me’yorlarga hurmat ruhida yondashish hissi va
fuqarolik tuyg’usi, ijtimoiy burchga mas’ullikni qaror toptirish;
d)   tabiatni   muhofaza   qilish,   ekologik   muvozanatni   yuzaga   keltirish   borasidagi
mas’uliyatni tarkib toptirish;
j)   vatanparvarlik   va   baynalminallik   tuyg’usini   shakllantirish,   o’zga   millat   va
xalqlarni hurmat qilish, ularning huquq va burchlarini kamsitmaslik tuyg’usini qaror
toptirish; z) mustaqil davlat – O’zbekiston Respublikasining ichki va tashqi siyosatiga to’g’ri
va xolisona baho berishga o’rganish;
i)   insonni   oliy   qadriyat   sifatida   qadrlash,   uning   sha’ni,   or-nomusi,   qadr-qimmati,
huquq   va   burchlarini   hurmat   qilishga   o’rgatish   va   boshqalar.   O’zbekiston
Respublikasida   olib   borilayotgan   ijtimoiy   tarbiyaning   umumiy   vazifalari   ana
shulardan iborat.
Shu   bilan   birga   ijtimoiy   tarbiya   yo’nalishlari   –   axloqiy,   aqliy,   jismoniy,   ekologik,
iqtisodiy,   huquqiy   va   siyosiy   tarbiyaning   xususiy   maqsadidan   kelib   chiqqan   holda
bir qator vazifalar amalga oshiriladi. Chunonchi,
1)   axloqiy   tarbiyani   tashkil   etish   jarayonida   –   o’quvchilarni   ijtimoiy-axloqiy
me’yorlar   mazmunidan   xabardor   etish,   ularga   axloqiy   me’yorlarning   ijtimoiy
hayotdagi   ahamiyatini   tushuntirish,   ularda   ijtimoiy-axloqiy   me’yorlar   (talab   va
ta’qiqlar)ga   nisbatan   hurmat   hissini   qaror   toptirish   asosida   axloqiy   ong   va
madaniyatni shakllantirish;
2)   aqliy   tarbiyani   yo’lga   qo’yish   chog’ida   -   o’quvchilarni   ilm-fan,   texnika   va
texnologiya   borasida   qo’lga   kiritilayotgan   yutuqlar,   yangilik   va   kashfiyotlardan
boxabar   etish,   ularga   ijtimoiy   va  tabiiy   fanlar   asoslari   xususidagi   bilimlarni   berish
tarzida tafakkurni shakllantirish, dunyoqarashini rivojlantirish;
3)   jismoniy   tarbiyani   tashkil   etish   jarayonida   –   o’quvchilarni   o’z   sog’liqlarini
saqlash   va   mustahkamlash,   organizmni   chiniqtirish,   jismoniy   jihatdan   to’g’ri
rivojlanishi hamda uning ishchanlik qobiliyatini oshirish borasida g’amxo’rlik qilish
tuyg’usini   yuzaga   keltirish,   ularda   yangi   harakat   to’rlari   borasida   ko’nikma   va
malakalarni hosil qilish, ularni maxsus bilimlar bilan qurollantirish, o’quvchilarning
yoshi,   jinsiga   muvofiq   keladigan   (kuch,   tezkorlik,   chaqqonlik,   chidamlilik,   sabot,
mehnat,   chidam,   iroda   va   xarakterni   qaror   toptirish)   asosiy   harakat   sifatlarini
rivojlantirish,   ularda   shaxsiy   gigienani   saqlashga   nisbatan   ongli   munosabatlarni
tarbiyalash;
4) estetik tarbiyani olib borish jarayonida – o’quvchilarda estetik his-tuyg’u, estetik
didni   tarbiyalash,   ularning   ijodiy   qobiliyatlari,   estetik   ehtiyojlari   va   go’zallikni sevish,   go’zallikka   intilish   tuyg’ularini   rivojlantirish,   estetik   madaniyatni
shakllantirish;
5) ekologik tarbiyani olib borish chog’ida – o’quvchilarga ekologik bilimlar berish
asosida   shaxs,   jamiyat   va   tabiat   birligi   hamda   aloqadorligini   o’quvchilarga
tushuntirish,   ularda   ekotizimning   inson,   insoniyat,   jamiyat   taraqqiyotidagi   muhim
o’rni   va   mohiyati   borasidagi   tushunchalarni   qaror   toptirish,   tabiatga   nisbatan
ehtiyotkorona   va   mas’uliyat   bilan   munosabatda   bo’lish,   tabiatni   asrash   to’g’risida
g’amxo’rlik   qilish   kabi   tuyg’ularni   qaror   toptirish,   shuningdek,   ekologik
madaniyatni shakllantirish;
6)   iqtisodiy   tarbiyani   tashkil   etish   jarayonida   –   o’quvchilarga   iqtisodiy   bilimlarni
berish   asosida   mamlakat   iqtisodiy   barqarorligini   ta’minlash,   bozor   infrastrukturasi
qoidalariga   amal   qilish,   ichki   bozorni   to’ldirish,   kichik   va   o’rta   biznesni   yaratish
borasidagi   faoliyat   jarayonida   ishtirok   etish   ko’nikma   va   malakalarini   hosil   qilish,
inson mehnati bilan bunyod qilingan moddiy boyliklarni asrash, ularni ko’paytirish
borasida   qayg’urish   tuyg’ularini   qaror   toptirish,   iqtisodiy   madaniyatni
shakllantirish;
7)   huquqiy   tarbiyani   tashkil   etish   jarayonida   o’quvchilarga   davlat   konstitutsiyasi,
davlat   haqidagi   ta’limot,   fuqarolik,   oila,   mehnat,   xo’jalik,   ma’muriy   nafaqa,   sud
ishlarini   yuritish   va   boshqarish   huquqlarining   ma’nosini   tushuntirish,   ular   ongiga
ijtimoiy-huquqiy   me’yorlarning   shaxs   va   jamiyat   hayotidagi   ahamiyati   haqidagi
tushunchalarni singdirish, huquqiy munosabatlar mohiyati yuzasidan tasavvurga ega
bo’lishlarini ta’minlash, ularda huquqiy ong, shuningdek, huquqiy faoliyatni tashkil
etish   borasidagi   ko’nikma   va   malakalarni   hosil   qilish,   huquqiy   madaniyatni
shaklllantirish;
1.2.Tarbiya   jarayonining   o’ziga   xos   xususiyatlari.   Tarbiya   jarayonining   yana   bir
xususiyati   –   bu   uning   yaxlit   holda   tizimli   tashkil   etilishidir.   Yaxlitlik   shundan
iboratki,   tarbiya   jarayonining   maqsadi,   mazmuni   va   metodlarini   birligi   shaxsni
shakllantirish g’oyasini amalga oshirish uchun xizmat qiladi. Bizga ma’lumki,shaxs
ma’naviy-axloqiy   sifatlarni   navbatma-navbat   emas,   balki   yaxlit   tarzda   o’zlashtira boradi,   shu   bois   pedagogik   ta’sir   ham   yaxlitlik,   tizimlilik   xarakteriga   ega   bo’lishi
lozim.
Tarbiya   jarayonining   yaxlitlik,   tizimlilik   xususiyati   bir   qator   muhim
pedagogic talablarga amal qilish, o’qituvchi va o’quvchilar o’rtasidagi hamkorlikni
qaror toptirishni
talab etadi.
Tarbiyaning yana bir xususiyati shundan iboratki, bu jarayon ikki tomonlama aloqa
xususiyatiga ega bo’lib, unda bolaning o’zi ham faol ishtirok etadi.Ikki tomonlama
aloqa   ikki   yo’nalishda,   ya’ni,   o’qituvchining   o’quvchiga   ko’rsatadigan   ta’siri
(to’g’ri aloqa) hamda o’quvchining o’qituvchiga nisbatan munosabati (teskari aloqa)
tarzida tashkil etiladi.
Tarbiyaning   pedagogik   texnologiya   nazariyasi   g’oyasiga   muvofiq,   endilikda
o’quvchi   tarbiya   jarayonining   ob’ektigina   bo’lib   qolmasdan,   sub’ekti   sifatida   ham
faoliyat   ko’rsatadi.   Shuning   uchun   o’qituvchi   o’quvchining   ichki   imkoniyatlari,
unga   nisbatan   bo’layotgan   tashqi   ta’sirlar   va   axborot   manbalarini   inobatga   olishi
zarur.
Agarda   mazkur   talab   unutilsa,   shaxsni   tarbiyalash   qiyinlashadi   yoki   barcha
urinishlar   samarasiz   yakun   topadi.   Mana   shundan   tarbiya   jarayonining   yana   bir
xususiyati   –tarbiyada   qarama-qarshilikning   mavjudligi   kelib   chiqadi.   Ushbu
qarama-qarshiliklar   o’quvchilarga   o’z   tushunchalariga   muvofiq   paydo   bo’lgan
dastlabki   sifatlar   o’rtasida   yoki   o’quvchilarga   qo’yiladigan   talablar   bilan   ularni
bajarish   imkoniyatlari   o’rtasidagi   ziddiyatlarning   kelib   chiqishi   uchun   zamin
yaratadi.
Undan   tashqari   bu   qarama-qarshiliklar   ko’pincha   bolaning   ongi   bilan   xulqi
birbiriga   muvofiq   bo’lmasligidan,o’qituvchi   va   tarbiyachilarning   o’quvchilar   yosh,
psixologik,   fiziologik   xususiyatlari   (fe’l-atvori,   xarakteri,   qiziqishlari,   jismoniy,
ruhiy   hamda   fiziologik   jihatdan   sog’lomligi)ni   yaxshi   bilmasliklari   oqibatida   kelib
chiqadi.
Demak, tarbiya jarayoni o’zida quyidagi xususiyatlarni namoyon etadi:
 Ko’p qirrali jarayon Uzluksiz jarayon
Ikki tomonlama aloqa jarayoni
Qarama-qarshiliklardan iborat jarayon
Uzoq muddatli jarayon
Yaxlit tizimli jarayon
Tarbiya jarayoni
Tarbiya qonuniyatlari
Yuqorida   bayon   etilgan   fikr-mulohazalarga   tayangan   holda   mavzuga   quyidgicha
xulosa qilish mumkin:
1. Tarbiya muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida shaxsni har
tomonlama   o’stirish,   uning   ongi,   xulq-atvori   va   dunyoqarashini   tarkib   toptirish
jarayoni   bo’lib,   har   qanday   tuzum   va   zamonda   ijtimoiy   munosabatlar   mazmunini
aniqlash, ularni tashkil etish asosi bo’lib kelgan.
2.   Yosh   avlod   tarbiyasi   turli   makon   va   zamonda   muayyan   maqsad   asosida   tashkil
etiladi.   Ijtimoiy   tarbiyani   yo’lga   qo’yish   jarayonida   bir   qator   vazifalar   hal
etiladi.Tarbiyaning   maqsad   va   vazifalari   ijtimoiy   tuzum   mohiyati,   taraqqiyot
darajasi,   ijtimoiy   munosabatlar   mazmuni,   shuningdek,   jamiyat   fuqarolarining
dunyoqarashi, intilishlari, orzu-niyatlari asosida belgilanadi.
3.   Tarbiya   jarayonining   xususiyatlarini   chuqur   anglash   va   ularni   inobatga   olgan
holda   tarbiyani   tashkil   etish   oldinga   qo’yilgan   maqsadga   erishish,   shuningdek,   bu
boradagi vazifalarni ijobiy hal etish imkonini beradi.
Tarbiya qonuniyatlari va tamoyillari.  
Tarbiya qonuniyatlari. Ijtimoiy tarbiya maqsadi hamda vazifalarini amalga oshirish
uchun   tarbiya       jarayonining   o’ziga   xos   qonuniyatlarini   anglab   olish   muhim
ahamiyatga ega. Tarbiya jarayoni o’ziga xos xususiyatlarga ega. Uning eng muhim
xususiyati aniq maqsadga
yo’naltirilganligidir.   Tarbiya   jarayoni   ko’p   qirrali   jarayon   bo’lib,   unda   tarbiya
mohiyatini yoritishga xizmat qiluvchi ichki va tashqi (sub’ektiv va ob’ektiv)omillar
ko’zga tashlanadi. Tarbiya   jarayonining   yana   bir   xususiyati   uning   uzluksizligi   sanaladi.Ta’lim
muassasasida olib borilayotgan tarbiya jarayoni bu — o’qituvchi va o’quvchilarning
birgalikdagi uzluksiz, tizimli harakatlari jarayonidir.
O’quvchilarda   ijobiy   sifatlarni   qaror   toptirishda   yagona   maqsad   sari
yo’naltirilgan,
bir-birini   to’ldiruvchi,   boyitib   boruvchi,   takomillashtiruvchi   faoliyat   alohida
ahamiyat  kasb  etadi. Shu bois oila, ta’lim  muassasalari,  jamoatchilik hamkorligida
tashkil   etilayotgan   tarbiyaviy   tadbirlarning   uzluksiz   o’tkazilishiga   erishish
maqsadga   muvofiqdir.   O’quvchilarga   nisbatan   ta’lim   muassasasining   ta’sirini
susaytirmaslik   maqsadida   sinfdan,   maktabdan   tashqarida   va   ta’til   davrida   ham
tarbiyaviy   ishlarni   tashkil   etishga   alohida   e’tibor   beriladi.   Ana   shu   maqsadda   bir
qator tarbiyaviy ishlar olib boriladi.
Tarbiya   jarayonining   yaxlitlik,   tizimlilik   xususiyati   bir   qator   muhim   pedagogik
talablarga   amal   qilish,   o’qituvchi   va   o’quvchilar   o’rtasidagi   hamkorlikni   qaror
toptirishni talab etadi. Tarbiyaning yana bir xususiyati shundan iboratki, bu jarayon
ikki tomonlama aloqa xususiyatiga ega bo’lib, unda bolaning o’zi ham faol ishtirok
etadi.   Ikki   tomonlama   aloqa   ikki   yo’nalishda,   ya’ni,   o’qituvchining   o’quvchiga
ko’rsatadigan   ta’siri   (to’g’ri   aloqa)   hamda   o’quvchining   o’qituvchiga   nisbatan
munosabati   (teskari   aloqa)   tarzida   tashkil   etiladi.   Demak,   tarbiya   jarayoni   o’zida
quyidagi xususiyatlarni namoyon etadi:
Tarbiya qonuniyatlar
Yuqorida   bayon   etilgan   fikr-mulohazalarga   tayangan   holda   mavzuga
quyidagicha xulosa qilish mumkin: Tarbiya muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-
tarixiy   tajriba   asosida   shaxsni   har   tomonlama   o’stirish,uning   ongi,xulqatvori   va
dunyoqarashini   tarkib   toptirish   jarayoni   bo’lib,har   qanday   tuzum   va   zamonda
ijtimoiy   munosabatlar   mazmunini   aniqlash,ularni   tashkil   etish   asosi   bo’lib   kelgan.
Yosh   avlod   tarbiyasi   turli   makon   va   zamonda   muayyan   maqsad   asosida   tashkil
etiladi.   Ijtimoiy   tarbiyani   yo’lga   qo’yish   jarayonida   bir   qator   vazifalar   hal   etiladi.
Tarbiyaning   maqsad   va   vazifalari   ijtimoiy   tuzum   mohiyati,   taraqqiyot   darajasi,
ijtimoiy   munosabatlar   mazmuni,  shuningdek,   jamiyat   fuqarolarining  dunyoqarashi, intilishlari,   orzu-niyatlari   asosida   belgilanadi.   Tarbiya   jarayonining   xususiyatlarini
chuqur   anglash   va   ularni   inobatga   olgan   holda   tarbiyani   tashkil   etish   oldinga
qo’yilgan   maqsadga   erishish,   shuningdek,   bu   boradagi   vazifalarni   ijobiy   hal   etish
imkonini beradi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
Asosiy adabiyotlar:
1. B.X.Xodjayev.  Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyotir. Darslik T:. Sano-
standart. 2017-yil
2. Abdullaeva Sh. Umumiy pedagogika.O‘quv qo‘llanma.T:.O‘qituvchi 2021-yil
3.   Ismatova   Nargiza     va   boshalar.   Tarbiya   1,   2,   3,   4.   Darslik.     G‘afur   G‘ulom
nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi.: Toshkent – 2020
4. Sarsenbayeva R.M. Tarbiyaviy ishlar metodikasi. O‘quv qo‘llanma. - T.; 2019
5. Dexkanova M.U. Tarbiyaviy ishlar metodikasi.O‘quv qo‘llanma. - T.; 2019
Qo‘shimcha adabiyotlar:
6.   Мирзиёев   Ш . М .   Буюк   келажагимизни   мард   ва   олижаноб   халқимиз   билан
бирга   қурамиз . –  Т .: “ Ўзбекистон ”, 2017. – 488  б .
7.   Мирзиёев   Ш . М .   Миллий   тараққиёт   йўлимизни   қатъият   билан   давом
эттириб ,  янги   босқичга   кўтарамиз . 1- жилд . –  Т .: “ Ўзбекистон ”, 2017. – 592  б .
8.  Мирзиёев   Ш . М .  Халқимизнинг   розилиги   бизнинг   фаолиятимизга   берилган
энг   олий   баҳодир . 2- жилд .  Т .: “ Ўзбекистон ”, 2018. – 507  б .
9.   Мирзиёев   Ш . М .   Нияти   улуғ   халқнинг   иши   ҳам   улуғ ,   ҳаёти   ёруғ   ва
келажаги   фаровон   бўлади .  3-жилд.– Т.: “Ўзбекистон”, 2019. – 400 б.
10. Мирзиёев Ш.М. Миллий тикланишдан – миллий юксалиш сари. 
4-жилд.– Т.: “Ўзбекистон”, 2020. – 400 б.
11.   Ўзбекистон   Республикасининг   2020   йил   23   сентябрда   қабул   қилинган
“Таълим тўғрисида”ги ЎРҚ-637-сонли Қонуни.
12.Ўзбекистон Республикаси Президентининг 28 январь 2022 йилдаги “2022
— 2026 йилларга мўлжалланган янги Ўзбекистоннинг тараққиёт стратегияси
тўғрисида”ги 60-сонли Фармони.

Mvzu: Boshlang‘ich ta’limda tarbiya jarayonining mazmuni va mohiyati Reja 1.“Tarbiya” tushunchasining mohiyati. 2. Boshlang‘ich ta’limda tarbiya nazariyasining tarkibiy qismlari. 3. Boshlang‘ich ta’limda tarbiya jarayonining o‘ziga xos xususiyatlari. 4.Tarbiya maqsadining jamiyat ijtimoiy ehtiyoji asosida belgilanishi. 5. Komil inson, malakali mutaxassisni tarbiyalash – bosh ijtimoiy maqsad. 6.Tarbiya qonuniyatlari va tamoyillari.

Tayanch so'zlar: Tarbiya, tarbiyaning maqsadi, tarbiya jarayoni, shaxs tarbiyasi, pedagogik qarashlar, xulq-odob qoidalari. “Tarbiya” tushunchasining mohiyati. Tarbiya – muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida shaxsni har tomonlama o’stirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib toptirish jarayoni. Boshqacharoq talqin etilganda, tarbiya yosh avlodni muayyan maqsad yo’lida har tomonlama voyaga yetkazish, unda ijtimoiy ong va xulq atvorni tarkib toptirishga yo’naltirilgan faoliyat jarayonidir.Tarbiya xususida taniqli o’zbek pedagogi Abdulla Avloniy shunday deydi: «Al-hosil, tarbiya bizlar uchun yo hayot, yo mamot, yo najot - yo xalokat, yo saodat – yo falokat masalasidur» . Tarbiyaning maqsadi - har tomonlama barkamol shaxsni shakllantirish. Tarbiya mazmuni deganda, qo’yilgan maqsad va vazifalar bilan bog’liqlikda ta’lim oluvchilarning egallashi lozim bo’lgan bilim, malaka, e’tiqod, shaxs sifati va xarakteri, xulq-atvor tizimi tushuniladi. Tarbiyaning umumiy vazifalari: jamiyat a’zolarining maqsadga yo’naltirilgan rivojlanishi hamda ularning qator ehtiyojlarini qondirish uchun shart-sharoit yaratish; jamiyat rivoji uchun zarur bo’lgan ijtimoiy madaniyatga mos yetarlicha hajmdagi “inson kapitali”ni tayyorlash; madaniyatlarni uzatib turish orqali ijtimoiy hayotning barqarorligini ta’minlash; ma’lum jins yoshi va ijtimoiy-kasbiy guruhlarning qiziqishlarini hisobga olgan holda ijtimoiy munosabatlar doirasida jamiyat a’zolarining harakatini tartibga solish. Tarbiya jarayoni - bu shaxsda muayyan ruhiy, aqlim, jismoniy, axloqiy va ma'naviy sifatlarni shakllantirishga qaratilgan amaliy pedagogik jarayon. Shuningdek u insonning jamiyatda qanday o'rin egallashi, kim bo'lishi, insonning insonligini ta'minlaydigan eng qadimiy va adabiy qadriyatlardir. Tarbiyasiz alohida odam ham, kishilik jamiyati ham mavjud bo'la olmaydi. Chunki odam va jamiyatning mavjudligini ta'minlovchi qadriyatlar tarbiya tufayligina bir avloddan boshqa avlodga ya'ni kelajak avlodga o'tadi. Tarbiya haqida buyuk bobokalonimiz Alisher Navoiy shunday deb yozadi: ,,Qobiliyatli odamni tarbiya qilmaslik zulmkorlik va noqobil odamga tarbiya hayfdir. Tarbiyaning ayab unisini nobud qilma, tarbiyangni bunisiga zoye ketkazma Ya'ni tarbiyani kerakli joyda va kerakli insonlarga berish haqida aytib o'tilgan. Ko'pchiligimiz o'ylaymizki, tarbiya faqatgina

o'qituvchilar tomonidan, uyda esa ota onalar tomonidan o'rgatiladigan jarayon. Lekin aslida tarbiya- muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy tajriba asosida shaxsni har tomonlama o'stirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tartib topdirish jarayoni. Boshqacharoq talqin etilganda, tarbiya yosh avlodni muayyan maqsad yo'lida har tomonlama voyaga yetkazish, unda ijtimoiy ong va xulq-atvorni tartib topdirishda yo'naltirilgan faoliyat jarayonidir. Bunda nafaqat otaonaning va o'qituvchilarning balki jamiyatning o'rni ham beqiyosdir. Tarbiyadan ko'zlangan asosiy maqsad har tomonlama ma'naviy rivojlangan aqliy va axloqiy barkamol shaxsni shakllantirishdan iborat. Bugungi kunda mamlakatimizda tarbiya jarayonlarini rivojlantirish va uning samaradorligini oshirish uchun ko'plab chora tadbirlar ishlab chiqilmoqda. Uni rivojlantirishda birinchi qadam ta'lim muassasalari va oliy ta'lim yurtlari hisoblanadi. Shu sababli umumiy o'rta ta'lim muassasalari o'quvchilarining yosh va psixologik xususiyatlarini inobatga olgan holda ularning ongiga umuminsoniy qadriyatlar va yuksak ma'naviyatni yanada chuqur singdirish va ularni vatanparvarlik va insonparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qildi va unda umumiy o'rta ta'lim muassasalarida ,,Odobnoma", ,,Vatan tuyg'usi" , ,,Milliy istiqlol g'oyasi va ma'naviyat asoslari" hamda ,,Dunyo dinlari tarixi" fanlarini birlashtirgan holda yagona ,,Tarbiya" fani 1-9-sinflarda 2020/2021 o'quv yilidan, 10-11-sinflarda esa 2021/2022 o'quv yilidan boshlab fanlarga ajratilgan umumiy soatlar doirasida bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etilmoqda. Tarbiya ma'lum bir muddat ichida o'rganib va o'rgatib bo'linadigan jarayon emas. Shuning uchun bu jarayon bolalarni maktabda ketishi bilanoq boshlanadi va uni tamomlagunicha va undan keyin ham davom etadi. Shuningdek, bu jarayon-o'qituvchi va o'quvchilar o'rtasida tashkil etuvchi hamda aniq maqsadga yo'naltirilgan hamkorlik jarayonidir. Tarbiyaning asosiy vazifasini tarbiyalanuvchining ongi shakllana boradi, his-tuyg'ulari rivojlanadi, ijtimoiy hayot uchun zarur bo'lgan ijtimoiy aloqalarni tashkil etishga xizmat qiluvchi jarayon sifatida qaraladi. Har bir tushunchani ikki tomonlama ya'ni keng va tor ma'noda tushunish mumkin. Uni keng ma'noda, tarbiya shaxsga jamiyatning ta'sir etishga, ijtimoiy hodisa sifatida qaraladi. Mazkur holatda tarbiya

ijtimoiylashtirish bilan uyg'unlashadi. Tor ma'nodagi tarbiya deganda, pedagogik jarayon sharoitida ta'lim maqsadini amalga oshirish uchun pedagog va tarbiyalanuvchilar maxsus tashkil etilgan faoliyatoni tushunish mumkin. Tarbiyaning asosiy maqsad va vazifalari jamiyat a'zolarining maqsadga yo'naltirilgan rivojlanishi hamda ularning qator ehtiyojini qondirish uchun shart- sharoit yaratish. Shuningdek, bobolarimiz aytishganidek ta'limni tarbiyadan tarbiyani esa ta'limdan ajratib bo'lmaydi,shuning uchun ular uzviy bog'liq. Buyuk faylasuf va mutaffakkir Boshlang‘ich ta’limda tarbiya jarayonining o‘ziga xos xususiyatlari. Hayyom aytganidek: ,,Ta'lim faqat so'z va o'rgatish bilan bo'ladi. Tarbiya esa amaliy ish va tashriba bilan bo'ladi". Shu sababli yoshlarga tarbiya berishdan va biror nimani o'rgatishdan avval o'zimiz ham o'sha narsani qilib o'rnak bo'la oladigan darajada bo'lishimiz kerak. Tarbiya–muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida shaxsni har tomonlama o’stirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib toptirish jarayoni. Boshqacharoq talqin etilganda, tarbiya yosh avlodni muayyan maqsad yo’lida har tomonlama voyaga yetkazish, unda ijtimoiy ong va xulq-atvorni tarkib toptirishga yo’naltirilgan faoliyat jarayonidir.Turli zamon va makonda ijtimoiy tarbiya mohiyati turlicha bo’lib, uning mazmuni ijtimoiy maqsadlardan kelib chiqib asoslangan. Tarbiya g’oyasi turlicha ifodalangan bo’lsada, ammo yo’naltiruvchanlik xususiyati hamda ob’ektiga ko’ra yakdillikni ifoda etadi. Tarbiya - shaxsni maqsadga muvofiq takomillashtirish uchun uyushtirilgan pedagogik jarayon bo’lib, tarbiyalanuvchining shaxsiga muntazam va tizimli ta’sir etish imkonini beradi.Tarbiya jarayoni o’qituvchi va o’quvchi (tarbiyachi va tarbiyalanuvchi)lar o’rtasida tashkil etiluvchi hamda aniq maqsadga yo’naltirilgan hamkorlik jarayonidir. Tarbiya jarayonida tarbiyalanuvchining ongi shakllana boradi, his-tuyg’ulari rivojlanadi, ijtimoiy hayot uchun zarur bo’lgan ijtimoiy aloqalarni tashkil etishga xizmat qiladigan xulqiy odatlar hosil bo’ladi. Tarbiya jarayonida bolalarning hayoti va faoliyatini pedagogik jihatdan to’g’ri uyushtirish g’oyat muhimdir. Faoliyat jarayonida bola tashqaridan kelayotgan

tarbiyaviy ta’sirlarga nisbatan ma’lum munosabatda bo’ladi. Bu munosabat shaxsning ichki ehtiyoj va xohishlarini ifodalaydi. Psixolog va pedagoglarning tadqiqotlari shaxsga tashqi omillarning (xoh salbiy, xoh ijobiy) ta’siri bolaning ularga munosabatiga bog’liqligini ko’rsatadi. Bola faoliyatini uyushtirishgina emas, balki tarbiyalanuvchining bu faoliyatga nisbatan turli kechinmalarni qanday anglashi, baholashi, his qilishi, ulardan o’zi uchun nimalarni olayotganligini bilishi zarur. Zero, tarbiya ijtimoiy munosabatlarning murakkablashib borishi asosida kechadi. Tarbiya jarayonida o’quvchining ongigina emas, balki his-tuyg’ularini ham o’stirib borish, unda jamiyatning shaxsga qo’yadigan axloqiy talablariga muvofiq keladigan xulqiy malaka va odatlarini hosil qilish lozim. Bunga erishish uchun o’quvchining ongi, hissiyoti va irodasiga ta’sir etib boriladi. Agar bularning birortasi e’tibordan chetda qolsa, maqsadga erishish qiyinlashadi. Tarbiya jarayoniga o’qituvchi rahbarlik qiladi. U o’quvchilar faoliyatini belgilaydi, ularning ijtimoiy jarayonda ishtirok etishlari uchun shart-sharoit yaratadi. Ijtimoiy jarayonda faol ishtirok etish orqali o’quvchilarning mustaqilligi, ijodiy tashabbuskorligi ortib boradi. Faoliyat o’quvchilar jamoasi manfaati va istagi asosida uyushtirilsa, bu jarayonda bolaning tengdoshlari va o’zini o’zi anglash jarayoni yuzaga keladi. Bola o’z xulqi, xatti-harakati uchun jamoa oldida javobgarlikni sezishga erishgach, ijrochi emas, balki umumiy ishning faol qatnashchisi bo’lib qoladi.Tarbiyani samarali yo’lga qo’yish uchun uning harakatlantiruvchi kuchi, tarbiya jarayonining manbaini yaxshi bilish va hisobga olish muhimdir. Bu tarbiya jarayonidagi ichki va tashqi qarama-qarshiliklardan iborat. Tarbiyada o’quvchilarning tarbiyalanganlik darajasini ham hisobga olish kerak bo’ladi. Bu jihat unutilsa, muayyan qarama- qarshiliklar vujudga keladi. Faoliyat jarayonida hosil bo’lgan malaka va odatlar axloq me’yorlariga rioya qilishni yengillashtiradi.Demak, tarbiyachi bola shaxsining tez rivojlanadigan davri – o’quvchilik yillarida uning ongiga turli faoliyat (o’qish, mehnat, ijtimoiy ishlar, o’yin, sport, badiiy xavaskorlik) yordami bilan maxsus ta’sir etish muhimdir. Aks holda xulq me’yorlari, axloq talablarini yaxshi tushunmay qolishi natijasida shaxs ijtimoiy munosabatlarda beqaror, tasodifiy ta’sirga