logo

BOSHOQLI, DON-DUKKAKLI eKINLAR VA BEDA ZARARKUNANDALARI VA ULARGA QARSHI KURASH

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

23.5107421875 KB
BOSHOQLI, DON-DUKKAKLI eKINLAR VA BEDA
ZARARKUNANDALARI VA ULARGA QARSHI KURASH
Reja:
1 . Boshoqli don, sholi, makkajo’xori ekinlari zararli organizmlari.
2 . Bug’doy, sholi, makkajo’xori ekinlari zararkunanda va kasalliklari,   hamda
kurash choralari.
3 . Bug’doy,   sholi,   makkajo’xori   ekinlari   ekilgan   dalalarda   begona   o’tlarga
qo’llaniladigan gerbitsidlar.
4 . Bug’doy,   sholi,   makkajo’xori   ekinlari   zararli   organizmlariga
uyg’unlashgan kurashni qo’llash.
5.Beda   ekinlarida   uchrovchi   asosiy   zararkunanda   va   kasalliklarga   qarshi
kurash tizimi. O’zbekiston   Respublikasi   qishloq   xo’jaligi   oldiga   aholini   don   bilan
to’la ta’minlash vazifasi qo’yilgan.
Respublika   mustaqillikka   erishganidan   keyin   respublikaning   g’alla
mustaqilligiga   erishish,   don   mahsulotlariga   bo’lgan   talab-ehtiyojini
respublikaning o’zida yetishtirilgan hosil hisobiga qondirish muhim strategik
vazifaga   aylandi.   Keyingi   yillarda   g’allachilikni   ustivor   sur’atlarda
rivojlantirish   bo’yicha   katta   amaliy   ishlar   bajarildi,   g’allachilik,   paxtachilik
qatorida birinchi darajali tarmoqqa aylandi. 2010 yil 6,130 mln. tonna g’alla
tayyorlandi.   1996   yilda   g’alla   maydonlari   1700   ming   gektarni   (uning   1200
ming ga sug’oriladigan yerlarda) tashkil etdi.
Respublikaning   g’allaga   bo’lgan   ehtiyojini   to’la   ta’minlashda   (bir
yilda   (6   mln.   tonna,   jon   boshiga   ilmiy   asoslangan   yillik   me’yori   300   kg)
hosildorlikni   oshirish,   dexqonchilik   madaniyatini   yuksaltirish,   urug’chilikni
yaxshilash,   navli   urug’lik   ekish,   hosilni   zararkunanda   va   kasalliklardan
saqlab qolish muhim ahamiyatga ega.
G’alla   ekinlari   hosilini   sug’oriladigan   maydonlarda   har   gektarda   30-
35 tsentnerga yetkazishni ta’minlash zarur.
Rivojlangan   mamlakatlar   tajribasi   shuni   ko’rsatdiki   o’rtacha
gektaridan   50-70   tsentner   va   undan   ko’proq   don   yig’ib   olishni   ta’minlash
uchun   zamonaviy   intensiv   texnologiyani   qo’llash   muhim   ahamiyat   kasb
etadi.
Bu texnologiyani asosiy talablari quyidagilardan iborat:
  -   ixtisoslashtirilgan   almashlab   ekishni   iloji   boricha   ko’proq   asosiy   ekinlar
bilan ta’minlash;
 - o’g’itga talabchan yuqori hosilli intensiv tipdagi navlarni ekish;
  - tarkibida elementlar balansi saqlangan holda yuqori miqdorda o’g’itlarni
g’alla maydonlariga kiritish;
 - dehqonchilikda tuprok himoyasi tizimini qo’llash;   -   yuksak   dehqonchilik   madaniyati,   agrotexnika   talablarini   sifatli   va   o’z
vaqtida bajarish, jumladan, ekishda yuqori sifatlt urug’lardan foydalanish.
YUqorida   keltirilgan   usullardan   dastlabki   to’rttasini   qo’llash   odatda
fitosanitariya vaziyatini yomonlashtiradi, ekinlarga kasallik, zararkunanda va
begona  o’tlarning  ta’sirini  kuchaytiradi.   Natijada   ular  hosilni  kamaytiruvchi
asosiy omilga aylanadilar. Hisoblarga qaraganda jahonda zararli organizmlar
faoliyatidan   qishloq   xo’jalik   ekinlarining   30   %   dan   ortiq   hosili   yo’qotiladi.
SHuning   uchun   ham   intensiv   texnologiya   qo’llanishining   oltinchi   muhim
sharti,   o’simliklar   himoyasida   kimyoviy   himoya   vositalaridin   keng
foydalanish,   jumladan,   fungitsidlar,   insektitsidlar   va   gerbitsidlarni   samarali
qo’llashni ta’minlashdir.
O’simliklarni zararkunanda va kasalliklarga chidamliligida navlarning
ishlab   chiqarishdagi   yangi   kelajagi   bor   navlarni   ekish   maqsadga   muvofiq
bo’ladi.
Ayniqsa   kompleks   va   guruhli   chidamlilikka   ega   bo’lgan   navlarni
himoyalash zarur.
Boshoqli   don,   sholi,   don   dukkakli   ekinlarni   zararli   organizmlardan
uyg’unlashgan himoya qilish.
O’zbekiston   hududida   g’alla   va   don-dukkakli   ekinlar
zararkunandalari,   kasalliklari   va   begona   o’tlari   to’g’risida   ma’lumotlarga
quyidagilar kiradi:
Zararli   xasva,   qalqondorlar,   qisqichbaqa,   bug’doy   tripsi,   puch   gul
tripsi,   g’allagullilar   bitlari,   qarsildoq   qo’ng’izlar,   may   qizil   oyoq   qo’ng’izi,
shilimshiq qurt, sholi suv filchasi, gessen pashshasi, suv bo’yi chivini, shved
pashshasi kabilar g’alla ekinlariga katta zarar yetkazadi.
Makkajo’xorini   esa   qarsildoq   qo’ng’iz,     makkajo’xori   kapalagi,
ko’sak   qurti,   don-dukkakli   ekinlarni   qo’ng’izlari,   no’xat   qo’ng’izi,   dumli ko’k   kapalak,   bir   rangli   tunlam,   o’rgimchakkana,   chigirtkalar,   simqurtlar,
ko’k qurtlari kabilar zararlashi mumkin.
Don   va   don   dukkakli   ekinzorlarda   qorakuya,   ildiz   va   poya   chirishi,
kulrang   chirish,   gelmintosporioz,   fuzarioz,   prikulyarioz,   peronsporoz,   oq
chirish,   zang   va   antraknoz   kasalliklari   uchrab   zararlaydi.   G’alla   ekinlaridan
yuqori   hosil   olish   uchun   yalpi   rivojlangan   yillari   hosildorlikni   keskin
pasaytiruvchi zararkunanda va kasalliklarga alohida e’tibor berish kerak.
O’zbekistonning   sug’oriladigan   yerlarida   bug’doy   sezilarli   darajada
shikastlanishiga   qo’yidagilar   sabab   bo’ladi:   oddiy   g’alla   bitlari,
shilimshiqqurt,   xasva,   un   shudring,   gelmintosporioz,   qo’ng’ir   va   sariq   zang
kasalligi, changli va qattiq qorakuya kasalliklari.
Nihollik bachkilanish bosqichida bug’doyga oddiy g’alla bitlari zarar
yetkazadi. Ular kuzgi nihollarga barg asosida, yaproq shapalog’i (plastinkasi)
ning   orqa   tomoniga,   ba’zan   barg   shapalog’ining   oxiriga   kuzdayok   to’p-to’p
(2-4 donadan) tuxum qo’yadi. Agar bahorgi namgarchilik cho’zilsa, shudring
tushish,   maydalab   yomg’ir   yog’ish,   tuman   kuzatilsa,   boshoqlilar   bitining
yalpi   ko’payishi   naychalash   bosqichi   (aprelning   oxiri   mayning   boshi)   ga
to’g’ri keladi. Bit shirasini so’rib, barg shapalog’ini rangsizlantiradi, yaproq
sarg’ayadi,   qurib   qoladi,   o’simlik   fiziologiyasi   buziladi.   Kuchli   zararlangan
o’simlik   boshoqlamaydi,   agar   boshoqlar   chiqarib   qolganida   ham   boshog’i
qurishga moyil yoki puch bo’ladi.
Tuplanish   bosqichida   g’alla   ekinlarini   shuningdek,   O’zbekiston
sharoitida   tuproqda   yetuk   to’dasi   (qo’ng’izi)   qishlovchi   shilimshiqqurt
zararlaydi   hamda   g’allazorlarda   aprelda   (harorat   16-20°S   bo’lganda)   paydo
bo’ladi.   Zararkunanda   cho’zinchoq,   uzun   teshik   hosil   qilgan   holda   yosh
boshoqlilarning   bargi   bilan   oziqlanadi.   Bu   davrda   urg’ochilarida   tuxum
mahsuloti   (7-15   mayda)   yetiladi.   Qo’ng’izlar   bargga   qatoriga   3-7   donadan
tuxum   qo’yadi.   Urg’ochi   qo’ng’izlar   serpupgg   bo’lib,   120-200   dona   tuxum qoldiradi. 12-15 kun o’tgach lichinkalar paydo bo’ladi, bargning butun yashil
qismini qirtishlagan  holda  u bilan  oziqlanadi  (12-14 kun). Zararlangan barg
biroz   quriydi,   hammasi   o’simliklarning   o’sishi   2-2,5   hafta   kechikadi,
hosildorlik   21-25,   don   massasi   esa   11,3-14,4   foizga   pasayadi.   Zararlangan
o’simliklardan   hosil   yig’ishtirib   olinganda   non   pishirish   nuqtai   nazaridan
sifati yomonlashadi. YAlpisiga zararlanganda 27,6  %  gacha hosil yo’qotiladi.
SHilimshiqqurt  xuddi  g’alla  ekinlari  biti  singari  bahor  eng  seryog’in
kelgan yillarda yalpisiga zararlaydi.
Bachkilash-boshoqlash   bosqichida   g’alla   ekinlarini   tugagan   ang’iz
osti, tuproqning yuqori qatlamida imago (etuk) bosqichida qishlovchi zararli
xasva shikastlaydi. Qandala bahorda 16-20°S li haroratda uyg’onadi va yosh
poyalar   to’qimalarining   shirasi   bilan   oziqlanadi,   xartumchasi   bilan   o’simlik
o’rtasi   yoki   asosini   teshadi.   Bu   markaziy   yaproqning   nobud   bo’lishi   va
zararlangan   poyaning   qurib   qolishiga   olib   keladi.   Zararlangan   o’simlik   ikki
tomoni   ochiq   qiltiqli   oq,   puch   boshoq   beradi.   Boshoqlarning   hamma   hosili
yo’qotiladi. Bundan tashqari ulg’aygan qandalalar va katta yoshli lichinkalar
don   mavjudligi   va   sut   pishiqligi   davrida   uning   o’zi   bilan   oziqlanadi.   Xasva
oziqlanishi oqibatida donda epidermis mustahkamligi buziladi va unda to’liq
to’lishmagan don shakllanadi. Un shudring, gelmintosproiz, qo’ng’ir va sariq
zang   kasalliklari   boshoqli   ekinlarning   xuddi   shu   bosqichida   paydo   bo’lib,
yuqorida   qayd   etib   o’tilgan   zararkunandalar   balan   bir   vaqtda   zarar
yetkazadilar.
Kasalliklarning   rivojlanishi   uchun   maydalab     yoqqan     yomg’ir,
harorat o’rtacha 10-18°S bo’lganda yuqori havo namligi hisoblanadi.
YUqorida qayd etib o’tilgan zararkunandalar va kasalliklar oqibatida
juda ko’p hosil yo’qotiladi.
Zararkunanda   va   kasalliklarni   kamaytirishda   o’z   vaqtida   o’tkazilishi
zarur   bo’lgan   agrotexnik   tadbirlar   muhim   ahamiyat   kasb   etadi.   Ang’izni bahorda   haydab,   keyinchalik   kuzda   chuqur   shudgorlash   qishlovchi   shiralar,
qandalalar,   shilimshiq   qurtlar,   zang   va   un   shudring   zamburug’larining
sporalarini   yo’qotadi.   Mineral   o’g’itlar   majmuini   solish   barcha   kasallik   va
zararkunandalarning   zararlash   darajasini   ikki   hissa   kamaytiradi.   Kuzgi   va
bahorgi   bug’doy   ekish   muddatlariga   amal   qilish   hosil   saqlanib   qolishiga
yordam beradi.
Kasallik   va   zararkunandalarga     qarshi   kimyoviy   kurashda   g’allani
o’suv davrida qo’yidagi pestitsidlarni: 25 % li e.k. Detsis 0,25 l/ga yoki 50  %
li   e.k.   karbofos   (0,5-1,2   l/ga)   yoxud   30%   li   k.e.   benzofosfat   (0,5-1,2   l/ga)
yoki   bo’lmasa   25   %   li   k.e.   sumitsidin   (0,2   l/ga),     25   %   li   n.k.   bayletondan
(1,5 kg/ga) yoki 25 % li tiltdan (0,5 l/ga) qo’shib qo’llash mumkin.
Mazkur tadbirlarii o’tkazish butun vegetatsiya davri davomida hosilni
saqlashga yordam beradi.
Uyg’unlashgan   kurash   chorasini   rejadagi   ishlarni   o’z   vaqtida   olib
borish hosildorlikni saqlab qolishga asosiy negiz hisoblanadi.
Bedaning   ko’p   zararlanishi   beda   barg   filchasi   yoki   fitonomus   –
Phytonomus   variablis   Abst.   turi   respublikamizning   hamma   joyida   keng   va
ko’p tarqalgan bo’lib, har yili eng qimmatli birinchi o’rim bedani juda qattiq
zararlaydi.   Bedaning   har   bir   poyasida,   o’rta   hisobda   faqat   bitta   lichinka
bo’lganda   gektariga   o’t   hosili   17,2   tsentner,   quruq   beda   hisobida   4,56
tsentner kamayadi. Bu zararkunanda bedapoyada ko’plab ko’payganida 65 %
ga yaqin hosil yuqoladi. Fitonomus qattiq zararlagan beda xashagida odatda
3,6   %   o’rtacha   2   %   oziqa   birligi   qoladi,   yoki   boshqacha   qilib   aytganda   45
tsentnerga yaqin pichan, agar beda fitonomus bilan qattiq zararlansa atigi 16
tsentner pichan olinadi. SHu bilan birga 745 kg o’rniga atigi 157 kg yaqin va
163 kg o’rniga 32 kg moy bo’ladi. Fitonomus o’z axlati bilan bedani ko’plab
ifloslantiradi hamda zaharlaydi. Bundan   tashqari   uning   urug’ini   ham   qattiq   zararlaydi.   Markaziy
Osiyo,   Rossiya,   Zakavkaziya,   Afrika,   Ameraka,   Osiyo   mintaqalarida   keng
tarqalgan.
Fitonomus   dalada   ko’p   tarqalib   ketsa   beda   mutlaqo   o’smay   qoladi.
Fitonomus haroratga juda sezgir bo’ladi, qish kunlari uyquga ketadi. 12°S da
uyg’onib   oziqlanishni   boshlab,   tuxum   quyishga   o’tadi.   erta   ko’klamda
fitonomus   tuxum   qo’yishini   boshlaganidan   keyin   7-8   sm   chuqurlikda   kirib,
ikki   tomonlama   yoki   2-3   yillik   bedapoya   bo’lsa   diska   bilan   yoki   boronalab
chiqilsa   ma’qul   bo’ladi.   Sifatli   borana   va   diskalangan   maydonlarda   19   %
chidamlilik oshadi. Foydali hasharotlar ko’p tushganda diskalash shart emas.
Fizik tadbir erta ko’klamda beda shoxchalari 7-8 sm bo’lganida o’rib
tozalash   kerak.   Bedani   3   yildan   ortiq   o’stirmaslik   kerak.   Urug’lpk   beda
bo’lsa unga ertaroq fitonomus tushishi bilan o’rib olish yaxshi samara beradi.
Keyin tezlik bilan kimyoviy kurash chorasini qo’llash tavsiya etiladi.
Zolon 30 % n.kuk. urug’lik bedaga uzunburunlar, qandalalar, tripslar
va hokazolarga 1,6-3,3 kg/ga 2 marta sepish mumkin. Kvark 10 % em.k. 4,8-
9,9   l/ga   2   marta.   Fenkill   20   %   em.k.   0,4-0,5   l/ga   purkaladi,   keyin   suv
quyiladi. Hasharot tushgan bedani tagidan olib o’rish kerak. Foydalanilgan adabiyotlar
1. Kimsanboyev   X.X.,   Yo’ldoshev   A.   va   boshqalar   -   O’simliklarni
kimyoviy himoya qilish. Darslik - T.: “O’qituvchi”, 1997.-280 b.
2. Xo’jaev   SH.T.,   Xolmurodov   E.A.   -   “Entomologiya,   o’simliklarni
zararkunandalardan   uyg’unlashgan   himoya   qilish,   qishlok   xo’jalik
ekinlarini   himoya   qilish   va   agrotoksikologiya   asoslari”.   Darslik   -
Toshkent, “Fan” nashriyoti, 2009.-396 b.
3. Xasanov   B.O.   va   boshqalar   “G’o’zani   zararkunanda   kasallik   va
begona   o’tlardan   himoya   qilish”.   Darslik-   “Universitet”   nashriyoti,
Toshkent. 2002.-379 b.
4. O’ zbekiston   Respublikasi   q ishlo q   x o’ ja l igida   ishlatish   uchun
ruxsat   etilgan   pestitsidlar   va   agroximikatlar   r o’ yxati.   “ O ’ simliklar
himoyasi   va   karantini ” jurnali ilovasi. Toshkent, 2013.-335 b.
5. YAxontov   V.V.   -   O’rta   Osiyoda   qishloq   ekinlarining   va
mahsulotlarining   zararkunandalarini   va   ularga   qarshi   kurash.   Darslik-
T., 1962. -186 b.
6. Vasilev V.II., Livshits I.Z.- Vrediteli plodov ы x kultur 2-e izd. 
Uchebnik.-M.: «Kolos», 1984,-190 b.
7. Kimsanboyev X.X. va bosh q alar. -   G’o’ zaning zararkunandalariga
q arshi uy g’ unlashgan kurash choralari. Ma’ruza matni. T., 1994.-196 b.
8. K i msa n boyev   X.X.,   Boltaev   B.S.,   Sulaymonov   B.A.   -   Bo g’
za rarkuna n dalar g a   q arshi   uy g’ unla shg an   kurash   choralari.   O’q uv
qo’ llanma  T oshkent. 1998,- 168 b.

BOSHOQLI, DON-DUKKAKLI eKINLAR VA BEDA ZARARKUNANDALARI VA ULARGA QARSHI KURASH Reja: 1 . Boshoqli don, sholi, makkajo’xori ekinlari zararli organizmlari. 2 . Bug’doy, sholi, makkajo’xori ekinlari zararkunanda va kasalliklari, hamda kurash choralari. 3 . Bug’doy, sholi, makkajo’xori ekinlari ekilgan dalalarda begona o’tlarga qo’llaniladigan gerbitsidlar. 4 . Bug’doy, sholi, makkajo’xori ekinlari zararli organizmlariga uyg’unlashgan kurashni qo’llash. 5.Beda ekinlarida uchrovchi asosiy zararkunanda va kasalliklarga qarshi kurash tizimi.

O’zbekiston Respublikasi qishloq xo’jaligi oldiga aholini don bilan to’la ta’minlash vazifasi qo’yilgan. Respublika mustaqillikka erishganidan keyin respublikaning g’alla mustaqilligiga erishish, don mahsulotlariga bo’lgan talab-ehtiyojini respublikaning o’zida yetishtirilgan hosil hisobiga qondirish muhim strategik vazifaga aylandi. Keyingi yillarda g’allachilikni ustivor sur’atlarda rivojlantirish bo’yicha katta amaliy ishlar bajarildi, g’allachilik, paxtachilik qatorida birinchi darajali tarmoqqa aylandi. 2010 yil 6,130 mln. tonna g’alla tayyorlandi. 1996 yilda g’alla maydonlari 1700 ming gektarni (uning 1200 ming ga sug’oriladigan yerlarda) tashkil etdi. Respublikaning g’allaga bo’lgan ehtiyojini to’la ta’minlashda (bir yilda (6 mln. tonna, jon boshiga ilmiy asoslangan yillik me’yori 300 kg) hosildorlikni oshirish, dexqonchilik madaniyatini yuksaltirish, urug’chilikni yaxshilash, navli urug’lik ekish, hosilni zararkunanda va kasalliklardan saqlab qolish muhim ahamiyatga ega. G’alla ekinlari hosilini sug’oriladigan maydonlarda har gektarda 30- 35 tsentnerga yetkazishni ta’minlash zarur. Rivojlangan mamlakatlar tajribasi shuni ko’rsatdiki o’rtacha gektaridan 50-70 tsentner va undan ko’proq don yig’ib olishni ta’minlash uchun zamonaviy intensiv texnologiyani qo’llash muhim ahamiyat kasb etadi. Bu texnologiyani asosiy talablari quyidagilardan iborat: - ixtisoslashtirilgan almashlab ekishni iloji boricha ko’proq asosiy ekinlar bilan ta’minlash; - o’g’itga talabchan yuqori hosilli intensiv tipdagi navlarni ekish; - tarkibida elementlar balansi saqlangan holda yuqori miqdorda o’g’itlarni g’alla maydonlariga kiritish; - dehqonchilikda tuprok himoyasi tizimini qo’llash;

- yuksak dehqonchilik madaniyati, agrotexnika talablarini sifatli va o’z vaqtida bajarish, jumladan, ekishda yuqori sifatlt urug’lardan foydalanish. YUqorida keltirilgan usullardan dastlabki to’rttasini qo’llash odatda fitosanitariya vaziyatini yomonlashtiradi, ekinlarga kasallik, zararkunanda va begona o’tlarning ta’sirini kuchaytiradi. Natijada ular hosilni kamaytiruvchi asosiy omilga aylanadilar. Hisoblarga qaraganda jahonda zararli organizmlar faoliyatidan qishloq xo’jalik ekinlarining 30 % dan ortiq hosili yo’qotiladi. SHuning uchun ham intensiv texnologiya qo’llanishining oltinchi muhim sharti, o’simliklar himoyasida kimyoviy himoya vositalaridin keng foydalanish, jumladan, fungitsidlar, insektitsidlar va gerbitsidlarni samarali qo’llashni ta’minlashdir. O’simliklarni zararkunanda va kasalliklarga chidamliligida navlarning ishlab chiqarishdagi yangi kelajagi bor navlarni ekish maqsadga muvofiq bo’ladi. Ayniqsa kompleks va guruhli chidamlilikka ega bo’lgan navlarni himoyalash zarur. Boshoqli don, sholi, don dukkakli ekinlarni zararli organizmlardan uyg’unlashgan himoya qilish. O’zbekiston hududida g’alla va don-dukkakli ekinlar zararkunandalari, kasalliklari va begona o’tlari to’g’risida ma’lumotlarga quyidagilar kiradi: Zararli xasva, qalqondorlar, qisqichbaqa, bug’doy tripsi, puch gul tripsi, g’allagullilar bitlari, qarsildoq qo’ng’izlar, may qizil oyoq qo’ng’izi, shilimshiq qurt, sholi suv filchasi, gessen pashshasi, suv bo’yi chivini, shved pashshasi kabilar g’alla ekinlariga katta zarar yetkazadi. Makkajo’xorini esa qarsildoq qo’ng’iz, makkajo’xori kapalagi, ko’sak qurti, don-dukkakli ekinlarni qo’ng’izlari, no’xat qo’ng’izi, dumli

ko’k kapalak, bir rangli tunlam, o’rgimchakkana, chigirtkalar, simqurtlar, ko’k qurtlari kabilar zararlashi mumkin. Don va don dukkakli ekinzorlarda qorakuya, ildiz va poya chirishi, kulrang chirish, gelmintosporioz, fuzarioz, prikulyarioz, peronsporoz, oq chirish, zang va antraknoz kasalliklari uchrab zararlaydi. G’alla ekinlaridan yuqori hosil olish uchun yalpi rivojlangan yillari hosildorlikni keskin pasaytiruvchi zararkunanda va kasalliklarga alohida e’tibor berish kerak. O’zbekistonning sug’oriladigan yerlarida bug’doy sezilarli darajada shikastlanishiga qo’yidagilar sabab bo’ladi: oddiy g’alla bitlari, shilimshiqqurt, xasva, un shudring, gelmintosporioz, qo’ng’ir va sariq zang kasalligi, changli va qattiq qorakuya kasalliklari. Nihollik bachkilanish bosqichida bug’doyga oddiy g’alla bitlari zarar yetkazadi. Ular kuzgi nihollarga barg asosida, yaproq shapalog’i (plastinkasi) ning orqa tomoniga, ba’zan barg shapalog’ining oxiriga kuzdayok to’p-to’p (2-4 donadan) tuxum qo’yadi. Agar bahorgi namgarchilik cho’zilsa, shudring tushish, maydalab yomg’ir yog’ish, tuman kuzatilsa, boshoqlilar bitining yalpi ko’payishi naychalash bosqichi (aprelning oxiri mayning boshi) ga to’g’ri keladi. Bit shirasini so’rib, barg shapalog’ini rangsizlantiradi, yaproq sarg’ayadi, qurib qoladi, o’simlik fiziologiyasi buziladi. Kuchli zararlangan o’simlik boshoqlamaydi, agar boshoqlar chiqarib qolganida ham boshog’i qurishga moyil yoki puch bo’ladi. Tuplanish bosqichida g’alla ekinlarini shuningdek, O’zbekiston sharoitida tuproqda yetuk to’dasi (qo’ng’izi) qishlovchi shilimshiqqurt zararlaydi hamda g’allazorlarda aprelda (harorat 16-20°S bo’lganda) paydo bo’ladi. Zararkunanda cho’zinchoq, uzun teshik hosil qilgan holda yosh boshoqlilarning bargi bilan oziqlanadi. Bu davrda urg’ochilarida tuxum mahsuloti (7-15 mayda) yetiladi. Qo’ng’izlar bargga qatoriga 3-7 donadan tuxum qo’yadi. Urg’ochi qo’ng’izlar serpupgg bo’lib, 120-200 dona tuxum

qoldiradi. 12-15 kun o’tgach lichinkalar paydo bo’ladi, bargning butun yashil qismini qirtishlagan holda u bilan oziqlanadi (12-14 kun). Zararlangan barg biroz quriydi, hammasi o’simliklarning o’sishi 2-2,5 hafta kechikadi, hosildorlik 21-25, don massasi esa 11,3-14,4 foizga pasayadi. Zararlangan o’simliklardan hosil yig’ishtirib olinganda non pishirish nuqtai nazaridan sifati yomonlashadi. YAlpisiga zararlanganda 27,6 % gacha hosil yo’qotiladi. SHilimshiqqurt xuddi g’alla ekinlari biti singari bahor eng seryog’in kelgan yillarda yalpisiga zararlaydi. Bachkilash-boshoqlash bosqichida g’alla ekinlarini tugagan ang’iz osti, tuproqning yuqori qatlamida imago (etuk) bosqichida qishlovchi zararli xasva shikastlaydi. Qandala bahorda 16-20°S li haroratda uyg’onadi va yosh poyalar to’qimalarining shirasi bilan oziqlanadi, xartumchasi bilan o’simlik o’rtasi yoki asosini teshadi. Bu markaziy yaproqning nobud bo’lishi va zararlangan poyaning qurib qolishiga olib keladi. Zararlangan o’simlik ikki tomoni ochiq qiltiqli oq, puch boshoq beradi. Boshoqlarning hamma hosili yo’qotiladi. Bundan tashqari ulg’aygan qandalalar va katta yoshli lichinkalar don mavjudligi va sut pishiqligi davrida uning o’zi bilan oziqlanadi. Xasva oziqlanishi oqibatida donda epidermis mustahkamligi buziladi va unda to’liq to’lishmagan don shakllanadi. Un shudring, gelmintosproiz, qo’ng’ir va sariq zang kasalliklari boshoqli ekinlarning xuddi shu bosqichida paydo bo’lib, yuqorida qayd etib o’tilgan zararkunandalar balan bir vaqtda zarar yetkazadilar. Kasalliklarning rivojlanishi uchun maydalab yoqqan yomg’ir, harorat o’rtacha 10-18°S bo’lganda yuqori havo namligi hisoblanadi. YUqorida qayd etib o’tilgan zararkunandalar va kasalliklar oqibatida juda ko’p hosil yo’qotiladi. Zararkunanda va kasalliklarni kamaytirishda o’z vaqtida o’tkazilishi zarur bo’lgan agrotexnik tadbirlar muhim ahamiyat kasb etadi. Ang’izni