Buxoro xonligi davriga oid tadqiqotlar
Buxoro xonligi davriga oid tadqiqotlar Reja 1. Shayboniylar va Ashtarxoniylar davriga oid manbalar 2. Buxoro xonligining chet el sayyohlari va elchilari asarlarida yoritilishi.
Mustaqillik yillarida O‘ zbekiston tarixi har tomonlama xolis va ilmiy yoritila boshlandi. Ayniqsa, o‘ zbek davlatchiligi tarixi va uning jahon sivilizatsiyasi taraqqiyoti jarayonlarida tutgan o‘ rnini yoritishga katta e’tibor berilmoqda. Shubhasiz, o‘ zbek davlatchiligi an’analarining shakllanishida va taraqqiy etishida muhim o‘ rin tutgan davrlardan biri o‘zbek xonliklari davri hisoblanadi. G‘arb Kaspiy dengizigacha, janubda Sharqiy Eron va Afg‘oniston, shimol va sharqda Rossiya imperiyasi hamda Sharqiy Turkiston, Xitoy bilan savdo va diplomatik aloqalar olib borishda qulay geopolitik afzalliklarga ega bo‘lgan xonliklar Markaziy Osiyo davlatlari orasida qulay geopolitik mavqega ega edi. XVI asr boshlariga kelib, temuriylardan so‘ng shakllangan Shayboniylar sulolasi Movarounnahr, Xuroson va va Xorazmda o‘z hukmronligini o‘rnatgan bo‘lsa, qisqa vaqtda u ikki qismga – Buxoro va Xiva xonliklariga, XVIII asrning boshlariga kelib esa uchinchi davlatga, ya’ni Qo‘qon xonligiga ajraladi. Shu tariqa avval yagona davlat bo‘lgan hududda uch xonlik – Buxoro (1510-1920 yy), Xiva (1911-1920 yy) va Qo‘qon (1709-1876 yy) yuzaga keladi. Xonliklarning o‘zaro va tashqi davlatlar bilan siyosiy, iqtisodiy va boshqa sohalardagi aloqalari turli davrlarda turlilik kasb etib, murkkablashib boradi. Ayniqsa, XIX asrning o‘rtalariga kelib, xonliklarga nisbatan tashqi xavf – Rossiya imperiyasining bosqinchilik xavfi kuchayib boradi. Bir tomondan xonliklarning ichki nizolar oqibatida siyosiy inqirozga yuz tutishi, ikkinchi tomondan Rossiya imperiyasining xonliklar hududlariga harbiy bosqinchilik yurishlarining kuchaytirilishi umumiy ahvolning yanada murakkablashuviga olib keldi. Bu holat nafaqat o‘z vaqtida jahon siyosatchilarining diqqatini, balki ko‘plab tarixchilarining diqqatini ham o‘ziga jalb etadi. Xonliklarning ichki hayoti va tashqi siyosatdagi o‘rni va faoliyati yuzasidan ko‘plab asarlar yaratiladi, tadqiqotlar amalga oshiriladi. Turli yillarda yaratilgan tarixiy asarlarda Buxoro, Xiva va Qo‘qon xonliklarining ana shu davrlardagi tarixini, jumladan siyosiy va iqtisodiy, ijtimoiy hayotini yoritib berishga katta e’tibor berilgan. Biroq bu vaqtgacha yaratilgan
asarlarda asosiy maqsad xonliklar tarixining u yoki bu sohasini yoritib berishga qaratilgan bo‘lsada, ularda masalaga yondashuvning har-xilligi e’tiborni tortadi. Bugungi kunda tarix faniga qo‘yilayotgan talablar o‘tmishni sinchiklab o‘rganish, ularni hal etishga bo‘lgan yondashuvlar va nuqtai-nazarlarni tahlil etib, ulardan bugungi kun uchun zarur xulosalarni chiqarishni talab etadi. Tarixni o‘rganishga bo‘lgan munosabatning turli siyosiy tuzumlar ta’sirida o‘zgarib turishi bugungi kun tadqiqotchilari oldiga uni xolisona tahlil qilish va ob’ektiv ilmiy xulosalar chiqarish kabi katta va mas’uliyatli vazifa qo‘yadi. Bunda eng avvalo ilmiy bilishning asosiy tamoyillari, umumjahon tarix fanining nazariy – konseptual asoslari, milliy istiqlol mafkurasi falsafasiga asoslanish muhim ahamiyat kasb etadi. Asarlar mualliflarining masalaga yondashuvlari va voqealarning yoritilish darajasi haqida hamda tarixshunoslik masalalari haqida so‘z yuritishga harakat qilingan. Bunda o‘zbek xonliklari tarixining tarixshunosligi amaldagi davrlashtirish xususiyatlarini hisobga olgan holda, har bir davrning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, davrlashtirishni yanada aniqlashtirish maqsadida ma’lum kichik davrlarga bo‘lib, tahlil etilgan. Bu o‘zbek xonliklari tarixining tarixshunoslik masalalariga yanada oydinlik kiritadi, degan umiddamiz. Tarix va tarixiy jarayonlar, siyosiy-tarixiy vaziyat ularning ro‘y berishidagi asosiy sabab va xususiyatlarini ilmiy jihatdan tadqiq etishda har tomonlama tahlil qilish tarixiy haqiqatning yuzaga chiqishida katta omil sanaladi. Bugungi kungacha tadqiqotchilar tomonidan o‘zbek xonliklari tarixini o‘rganishga ko‘plab marotaba murojaat qilingan va xonlik tarixining turli muammolari yuzasidan ilmiy tadqiqotlar olib borilgan bo‘lsada, bugungi kungacha xonliklar davri tarixining barcha masalalari to‘lig‘icha tadqiq qilib bo‘lingan deb bo‘lmaydi. Ayniqsa, turli davrlarda yaratilgan xonliklar tarixini aks ettiruvchi asarlarda mualliflarning masalaga turlicha yondashuvlari fikrlarning va xulosalarning ham turlicha bo‘lishiga olib kelgan. Ularni ilmiy jihatdan chuqur tahlil qilish va tarixiylik, ilmiylik va xolislikka asoslanilgan eng to‘g‘ri xulosalarni chiqarish bugungi kun tarixchi mutaxasislari oldida turgan muhim vazifalardan sanaladi.
O‘zbek xonliklari tarixi yuzasidan tadqiqot olib borgan va ularga bag‘ishlab turli asarlar yaratgan mualliflarning asarlaridagi ayrim xususiyatlar haqida qisqacha to‘xtalib o‘tilgan. Shu bilan birga o‘zbek xonliklari tarixiga oid asarlarning qisqacha bibliografiyasi berib o‘tilgan bo‘lib, undan turli davrlarda yaratilgan ilmiy adabiyotlar va asarlar, matbuotda e’lon qilingan qator ilmiy maqolalar, xonlik tarixi yuzasidan amalga oshirilgan ilmiy tadqiqot ishlari va dissertatsiyalarda o‘z aksini torgan. Shuningdek, mualliflar tomonidan o‘zbek xonliklari tarixi yuzasidan yozilgan asarlar va ularning xususiyatlaridan kelib chiqqan holda xonliklar tarixini davrlashtirish yuzasidan ba’zi fikr-mulohazalar berib o‘tilgan. Bu fikr-mulohazalar borasida soha mutaxassislari tomonidan ayrim e’tirozlar va bahs-munozarali fikrlar bildirilishi tabiiy. Bu esa albatta, xonlik tarixini o‘rganishda yanada mukammallikka erishishga zamin yaratish uchun xizmat qilishi shubhasiz. Xonliklar tarixini tarixshunoslik nuqtai-nazaridan davrlashtirishning quyidagicha an’anasi bugungi kunda asosiy hisoblanadi: Birinchi davr - XIX asrning 30-yillaridan – XX asrning boshlarigacha; Ikkinchi davr - Sovet davri tarixshunosligi (1917-1991 yy); Uchinchi davr - O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligini qo‘lga kiritganidan keyingi yillar (1991 yil 31 avgustdan bugungi kunlargacha)ni o‘z ichiga oladi. Tarixshunoslikning bu tarzdagi davrlashtirilishi natijasida aksariyat hollarda har bir davrga umumiy tarzda yondashilgan va ayni vaqtda tarixiy asarlar va tarixiy voqealarning tahlili amalga oshirilgan. Biroq tarixiy asarlar va ularda voqealarning yoritilishiga bo‘lgan munosabatning xususiyatlariga qarab bu davrlarning har birini alohida yana kichik davrlarga yoki guruhlarga ajratib chiqish maqsadga muvofiqdir. Bunda tarixiy tadqiqotlarning masalaga konseptual – metodologik yondashuv xususiyatlariga ko‘ra quyidagi davrlarga bo‘lib o‘rganishni tavsiya etish mumkin: XIX asrning 30-yillaridan – XX asrning boshlarigacha bo‘lgan birinchi davrni ikki qismga ajratish mumkin:
- Birinchi qismi XIX asrning 30-50 yillarigacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga olib, bu vaqtda Qo‘qon xonligi tarixi masalalariga bag‘ishlangan ishlarda asosan xonlikning ichki siyosati, ijtimoiy va iqtisodiy hayot masalalari yoritilgan ma’lumotlarni ko‘rish mumkin. Bu ma’lumotlar xonlik hayotini aks ettirish bilan birga keyinchalik uning chor Rossiyasi tomonidan bosib olnishida podsho armiyasi harbiylari uchun qo‘llanma-ma’lumotnoma vazifalarini ham bajargan. Bu ma’lumotlar va asarlar o‘zining ma’lum daraja ob’ektivligi bilan xususiyatlanadi. - Ikkinchi qismi XIX asrning 50-yillaridan - XX asr boshlarigacha bo‘lgan vaqtni o‘z ichiga oladi. Bu davrda yaratilgan asarlarda xonlikning chor Rossiyasi tomonidan bosib olinishi masalalariga keng o‘rin berilgan va ularning aksariyatida “buyuk davlatchilik” shovinizmi xususiyatlari yaqqol sezilib turadi. Shu bilan birga ayrim rus tarixchilari masalani ob’ektiv yoritish fikrlarini ham ilgari suradilar. Ushbu xususiyatlari bilan bu davrda yaratilgan asarlar Qo‘qon xonligi tarixi va uning chor Rossiyasi tomonidan bosib olinishi masalalarini o‘rganishda nihoyatda katta axamiyatga ega. II. Ikkinchi davrni Sovet davri (1917-1991 yy) tarixshunosligi tashkil etadi. Bu davrni tarix faniga va tarixiy tadqiqotlarga bo‘lgan yondashuv xususiyatlariga asoslangan holda uch qismga bo‘lish mumkin: Birinchi qismini Sovet hokimiyatining dastlabki yillaridan – XX asrning 50-yillari o‘rtalarigacha bo‘lgan davr bilan belgilash mumkin. Bu davrda yaratilgan ilmiy asarlar va tadqiqotlar masalaga qisman ob’ektiv yondashuvi bilan xususiyatlanadi. Sovet davri tarixshunosligining ikkinchi qismi XX asr 50-yillaridan – 80- yillarning o‘rtalarigacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Ikkinchi davrning uchinchi qismi XX asrning 80-yillari o‘rtalaridan 90- yillari boshigacha (“qayta qurish” davri) bo‘lgan vaqtni o‘z ichiga oladi. Bu davrda asosan o‘zbek olimlari tomonidan e’lon qilingan bir qator ilmiy ishlarda va maqolalarda chor Rossiyasi tomonidan O‘rta Osiyo xonliklarining bosib olinishi va mustamlakaga aylantirishi jarayonlarini manbalar va arxiv hujjatlari asosida haqqoniy va ob’ektiv yoritishga intilish muhim o‘rin egallaydi.