Buyuk ipak yo`li
Reja 1. Kirish 2. Assosiy qism 3. Insoniyat tarixida savdo yo`llarining ahamiyati. 4. O`lkamiz hududidan o`tgan qadimgi savdo yo`llari 5. Buyuk ipak yo`li temuriylar davrida 6. Xulosa 7. Foydalanilgan adabiyotlar
Buyuk ipak yo`li tug`risida fikr yuritar ekanmiz, bu qadimiy yo`lning necha asrlar davomida ne-ne mamlakatlar va xalqlarni bir-biriga bog`lash, aloqalarini mustah-kamlashdagi mislsiz xizmatini aloxida ta`kidlab o`tish joiz bo`ladi. Ilk bor Xitoy hududidan boshlanib g`arbga tomon minglarcha kilometr masofaga cho`zilgan ( 12 ming km.), Sharq bilan g`arbni tutashtirgan. Bu noyob savdo yo`li ulug` ajdodlarimiz sa`y-harakatlari samarasi o`laroq umumbashariyat tarixiy taraqqiyotida yorqin iz qoldirgan. Ayniqsa, bu yo`lning Vatanimiz sarhadlaridan o`tganligi uning tarixiy taqdirida, iqtisodiy-madaniy yuksalishida hamda boshqa xorijiy ellar bilan izchil hamkorlik va xamjihatlikda katta ijobiy rol o`ynagan. Buyuk ipak yo`li tushunchsini birinchi bo`lib fanga taniqli nemis olimi Fon Rixgofen olib kirgan. U XIX asrning 70-yillarida yozgan «Xitoy» nomli klassik asarida bu terminni chuqur ilmiy asoslab berdi. Ma`lumki, Xitoyning Sian shahrida boshlangan Ipak yo`li Lanjou orqali Dunxuanga (Sharqiy Turkiston) kelib, bu yerdan u ikkiga ajraladi. Ipak yo`lining janubiy tarmog`i Taklamakon sahrosi (Mo`g`iliston) orqali Xo`tanga, undan Yerkentga kelib, undan Balxga tomon o`tadi. Balxda yo`l yana uch tarmoqqa ajraladi. G`arbiy tarmog`i Marvga, janubiy tarmog`i Hindistonga, shimoli tarmog`i Termiz orqali Darbent, Nautak va Samarqandga tomon yo`naladi. Ipak yo`lining shimoliy-g`arbiy tarmog`i esa Dunxuandan Bami, Turfon orqali Tarim vohasi- Qashg`arga boradi. U yerdan Tioshqo`rgon orqali O`zgan, O`sh, Quva, Axsikent, Pop, Asht orqali Xo`jand, Zomin, Jizzaxga, so`ngra Samarqandga borib tutashadi. Samarqanddan esa bu yo`l yana davom etib Dabusiya, Malik cho`li orqali Buxoro, Romitonga, undan Varaxsha orqali Farobga borib, Amul shahriga o`tadi. Amulda esa bu yo`l Marvdan Urganch sari yo`nalgan yo`lga qo`shiladi. Marv shahri O`rta asrlar davomida Buyuk ipak yo`li chorrahalari kesishgan eng muhim hayotiy nuqta bo`lgan. Eng muhimi shundaki, Buyuk ipak yo`lining G`arbdan keladigan savdo karvonlari aytaylik, Italiya, Ispaniya va boshqa O`rta yer dengizi mamlakatlarining savdogarlari ham o`z mollarini Tir, Damashq, Anatoliya, Bog`dod orqali Parfiya davlati hududlari bo`ylab yana O`rta Osiyoning yirik savdo markazi Marvga olib
kelar, shu yerdan sharq tomon yo`llarini davom ettirardilar. Shu ma`noda Marvning turli dinlar ildiz otgan, turli madaniyatlar tutashgan joy bo`lganligi alohida ahamiyatga molikdir. Buyuk ipak yo`li Sharqu G`arbni bog`lovchi, turli mamlakatlarning savdo- sotiq, tijorat aloqalarining eng asosiy vositasi bo`lgandan, bu yo`nalishda joylashgan davlatlar undan o`z manfaatlari yo`lida foydalanishga yohud bu borada o`z mavqeini mustahkamlashga intilganlar. Shu bois turli tarixiy bosqichlarda turli davlatlar bunga intilib, Buyuk ipak yo`li ustidan o`z nazoratlarini o`rnatganlar. Masalan, mil.av. VI-IV asrlarda Eron ahmoniylari, mil.av. IV asrda esa makedoniyalik Iskandar, mil.av. II-I asrlarda Rim Parfiya davlatlari o`rtasida bu borada qattiq raqobat ketdi. Yohud arab xalifaligi vujudga kelgunga qadar bu yo`lning Eron va Sug`diyona hududlaridan o`tgan qismida Eron va Sug`d savdogarlari yetakchilik rolini o`ynaganlar. Arab halifaligi kuchayib, ko`plab hududlarni qo`lga kiritgach, bu yo`l arab savdogarlari tasarrufiga o`tadi. Chingiziylar davrida Buyuk ipak yo`lining tasarrufida butunlay ularning qo`l ostida bo`lgan. Buyuk sohibqiron Amir Temur davriga kelib uning qudratli saltanati vujudga kelgach, Buyuk ipak yo`li sarhadlari yangidan kengayib, katta miqyoslar kasb etib, yanada rivoj topadi. Vatanimiz sarhadlari ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy yuksalishining Buyuk ipak yo`li bilan bevosita bog`liqlik jihatlari juda qadim zamonlarga borib taqaladi. Yunon-Rim olimlari Gerodot, Ktesiy, Arrian ma`lumotlariga, Eron mixxat yozuvlariga asoslanib fikr yuritadigan bo`lsak, mil.av. IV asrda O`rta Osiyo hududlarida sug`orma dehqonchilik madaniyati, hunarmandchilik, chorvachilik, tog`-kon ishlari ancha rivoj topgan.O`rta Osiyo la`li Xorazmning qimmatbaho feruza ma`dani, Sug`d oltini ko`plab miqdorda qazib olinib, ishlov berilib, xorijiy ellarga ham chiqarilgan. Jumladan, O`rta Osiyo la`liga (lazuriti) Eron, Hindiston, Misr, Mesopatamiya va Xitoy singari mamlakatlarda qiziqish va talab g`oyatda katta bo`lgan. Mil.av. II asr boshlarida Davan va Qang` davlatlariga tashrif buyurgan Xitoy elchisi va sayyohi Chjan Szyan safaridan so`ng Xitoy bilan O`rta Osiyo davlatlari o`rtasidagi diplomatik va sado-sotiq aloqalari yangi bosqichga
ko`tariladi. Elchining bu yurtda ko`rgan-kechirganlari. Ayniqsa, uzumchilik, vino- tayyorlash, rangli shishalar ishlab chiqarish, zargarlik, zotdor, uchqur otlar Xitoy hukmdorlarini qiziqtirgan. Bu esa ikki o`rtadagi aloqalarga keng yo`l ochgan. Xitoy O`rta Osiyoning zotdor otlari, rangli shishalari, zargarlik mollari, la`liga xaridor bo`lsa, ayni chog`da Xitoydan ko`proq ipak va ipak mollari, chinni buyumlar, choy mahsulotlar keltirila boshlagan. Shuningdek, Yaponiyadan gurunch, Hindistondan ip gazlama, ziravor va dorivor mahsulotlar, mushk anbar va shu kabi narsalar keltirilgan. Ayni chog`da o`zbek diyoridan bu mamlakatlarga qishloq xo`jalik mahsulotlari, mevalar, chorva mollari, otlar, gilamlar, zargarlik mahsulotlari, nafis junli matolar chiqarilgan. O`rta Osiyo hukmdorlari buyuk ipak yo`lida savdo karvon la ri ning tinchligi, xavfsizligi va ularning bexatar, muntazam qatnovini ta`minlash borasida ham doimiy chora-talbirlar ko`rib borganlar. Shu maqsadda kerakli nuqtalarda, aholi siyrak bo`lgan joylarda karvonsaroylar, yemakxo na lar, barpo qilingan, suv oladigan quduqlar qazilgan, chor atrofi shinam bino shakliga keltirilib qurilgan rabotu-sardobalar tiklangan. Hozirda ham Qizilqum, Mirzacho`l. Malik cho`li sarhadlarida o`tmish arxitekturasining noyob namunalari sanalgan shunday me`moriy obidalar xarobalari ko`plab uchraydi. Ayniqsa, Somoniylar, Qoraxoniylar va G`aznaviylar sulolalari hukm surgan, Movarounnahr hududlari jiddiy iqtisodiy va madaniy yuksalish jarayonini boshdan kechirgan davrlarda xalqaro karvon savdosi yurtimiz ijtimoiy taraqqiyotida muhim rol o`ynagan. O`sha davrda Mag`ribu Mashriqqa ma`lum va mashhur Buxoro, Samarqand, Marv, Shosh, Balx, Isfijob, Termiz singari shaharlarda o`nlab xashamatli karvonsaroylar. Sado bozorlari barpo etilib, ularda tijorat ishlari avjida bo`lgan, turli mamlakat tujjorlari ularda tunu-kun turfa rang mollarini sotganlar yohud mol ayirbosh qilganlar. Buyuk ipak yo`lining shuhrati ayniqsa, XIV asrning ikkinchi yarmi va XV asrda, ya`ni Amir Temur qudratli markazlashgan davlat barpo etish barobarida uning barcha hududlarida tinchlik va osoyishtalik o`rnatdi. Uning o`zi tuzuklarida: «Dunyoning yarmini oldim, salatnatimning u chetida bu chetiga biror bolakay boshida bir lagan tillo ko`tarib o`tadigan bo`lsa, bir donasiga ham zarar
yetmaydigan tartib-intizom o`rnatdim», deb aytgan so`zlari bejiz emasdir. Katta salohiyat egasi bo`lgan Sohibqiron mamlakatning yuksak rivojida xalqaro savdoning nechog`lik ulkan ahamiyat kasb etishini bilganligidan. Bu sohani butun choralar bilan o`stirishga alohida etibor bergan. Bunda yurt tinchligi, ulus farovonligi masalalari xar doim uning diqqat markazida turgan. Shu bois ulug` Amir savdo yo`llarini qo`riqlash, odamlar, musofirlar, turli yurt savdogarlari manfaatlarini bosqinchilar, qaroqchilar tajovuzidan muhofaza qilishni muhim davlat ahamiyatiga molik vazifalardan deb hisoblagan. Tuzuklarda: «...yana buyurdimki, yo`l ustiga kuzatuvchilar, zobitlar tayinlasin lar ki, yo`llarni qo`riqlab, o`tkinchilar, savdogarlar, musofirlarni kuzatib, mol-mulki va boshqa narsalarni manzildan-manzilga yetkazib qo`ysinlar. Yo`l ustida birortasining narsasi yo`qolsa, o`zi o`ldirilsa yoki boshqa kor-hol yuz bersa, bular uchun javob berish ularning zimmasida bo`lsin.» deb bejiz ta`kidlab o`tmagan. Amir Temur tashabbusi bilan mamlakatning har bir yirik shaharlarida savdo karvonlarining kirishi va chiqishini nazorat qiluvchi davlat nazorat xizmati va maxsus bojxonalar tashkil etilgan. Savdo karvonlaridan mollarning hajmi. Miqdoriga qarab boj to`lovlari undirilgan. Bu davrda poytaxt Samarqand dunyo savdogarlarining yirik markaziga aylandi.Uning keng ko`chalari bo`ylab maxsus qurilgan muhtasham karvonsaroylar, savdo bozorlari, rastalarda tunu-kun savdo ishlari to`xtamagan. Turli mamlakatlardan kelgan savdogarlar o`z mollarini xaridorlarga sotganlar yohud o`zlariga kerakli mollarni xarid qilganlar. Samarqand qog`ozining mashhurligi yetti iqlimga ma`lum bo`lgan. Movarounnahr va Xuroson shaharlari Buyuk ipak yo`lining eng qaynoq yo`liga aylangan. Bu yerga Hindistondan juda ko`plab tijorat karvonlari kelib turardi. Xitoy bu hududlarga ipak gazlamalari, chinni kosalar, billur qadahlar, qimmatbaho toshlar yuborardi. Shimoldan noyob po`stinlar, mo`ynalar keltirilardi. Ushbu turli iqlimlarning mollari Samarqand va boshqa O`rta Osiyo shaharlarida toy-toy boylanib, Osiyoning yirik shaharlariga va Yevropaga jo`natilardi. Savdogarlar bir yo`l bilan Genza ko`liga borardi. Ikkinchi yo`l Hirot, Kazvin, Tabriz, Trabzon