logo

Cho’kindi jinslarning menirallarga kiruvchi galit va gipsning kimyoviy tarkibi va xossalari 8v

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

71 KB
Cho’kindi jinslarning menirallarga kiruvchi galit  va
gipsning kimyoviy tarkibi va xossalari
Reja
1. Cho`kindi tog` jinslarining hosil bo`lish jarayoni.
2. Cho`kindi tog` jinslarining turlari.
3. Cho`kindi tog` jinslariga mansub bo`lgan menerallar va konlar.
4. Cho`kindi tog` jinslarining insoniyat rivojlanishidagi o`rni. Tayanch   iboralar:   cho`kindi,   yotqiziq,   nurash,   relef,   kontenintal,   jins,   mineral,
hovza, orgonagen, dengiz, ko`l, muz, qatlam, mexanik, kimyoviy, organic,  gil, qum,
slyuda,   kvarts,   changsimon,   lyoss,   serg`ovak,   gips,   xemogen,   tuf,   chaqiq,   tsement,
temir, fosfat, ferrolit, qumtosh, kremniy, deatomit, aromatic.
Cho`kindi tog`  jinslari  yer yuzasining deyarli  xamma yerida tarqalgan. Cho`kindi
jinslarning   paydo   bo`lishi   va   o`zgarishi   turli   termodinamik,   fizik   va   kimyoviy
sharoitlar bilan bog`liq bo`lib, ma`lum qonuniyatga bo`ysinadi. Cho`kindi tog` jinslari
o`simlik va organizm qoldiqlaridan shuningdek o`zidan oldin paydo bo`lgan magmati
va metamorfik jinslarning yemirilishidan hosil bo`ladi. Hosil bo`lish sharoitiga qarab
cho`kindi jinslar dengiz, ko`l, daryo, shamol, muz va morena yotqiziqlariga bo`linadi.
Qurik   iqlimli   sharoitda   hosil   bo`lgan   jinslar   kontinental   yotkiziklar   deb   ataladi.
Ularning   hosil   bo`lishida   shamol,   oqar   suvlar   va   muz   suvlarining   roli   juda   kattadir.
Atmosfera yog`inlari ta`sirida nuragan jinslar shamol va oqar suvlar bilan birga oqib
borib, relyefning pastkam joylarida to`planadi va cho`kindilar hosil qiladi. Kontinental
cho`kindi   jinslar   hosil   bo`lishi   sharoitiga   qarab   elyuvial,   delyuvial,   prolyuvial,
alyuvial   va   eol   yotqiziqlariga   bo`linadi.   Suv   xavzalarida   suvda   erigan   mineral
moddalarning   cho`kishidan   kimyoviy,   xayvonot   va   o`simlik   qoldiqlarining
to`planishidan esa organogen cho`kindi jinslar hosil bo`ladi. 
Cho`kindi   tog`   jinslar   yer   po`stining   eng   ustki   qatlamlarini   tashkil   qilib,   butun
yerdagi   tog`   jinslarning   atiga   5%   ni   tashkil   etadi.   Shunga   qaramay   bu   jinslar   yer
yuzasining 75% maydonini ishg`ol qilib yotadi. 
    Cho`kindi   tog`   jinslarining   asosiy   belgilaridan   biri   ularning   qatlam-qatlam   bo`lib
asosan,   gorizontal   xolatda   yotishidir.   Ayrim   qatlamlar   bir-biridan   rangi,   tarkibi   va
xossalari   bilan   farq   qiladi.   Cho`kindi   jinslar   segovak   bo`ladi   va   ularning   tarkibida
toshqotgan organik qoldiqlarni uchratish mumkin. 
Cho`kindi   tog`   jinslari   paydo   bo`lish   sharoitlariga   qarab   bir-biridan   tubdan   farq
qilib, uchta asosiy guruxga bo`linadi: 
1.  Mexanik. 
2.  Kimyoviy.     
3.  Organik     Mexanik   cho`kindi   tog`   jinslari.   Mexanik   cho`kindi   tog`   jinslari   magmatik   va
metamorfik   jinslarning   nurashi   natijasida   o`z   joyida   to`planishi   yoki   suv,   muzlik,
shamol   ta`sirida   boshqa   joylarga   ko`chirilib   yotqizilishidan   hosil   bo`ladi.   Mexanik
cho`kindilar   tarkibidagi   qattiq   zarachalarning   katta-kichikligi   xamda   shakliga   ko`ra
yirik   (dag`al),   qum,   chang   va   gil   zarralarga   bo`linadi.   Ular   oxak,   kremniy   oksidi
(SiO2   ),   gil   singari   moddalar   bilan   birikkan   (tsementlangan)   xolatda   xam   uchraydi.
Dag`al bo`laklar esa qirrali va yassi shakllarga ega. 
Qumli   jinslar   yirik-maydaligi   2mm   dan   0,05mm   gacha   bo`gan   zarrachalardan
tashkil   topgan.   Tarkibiga   ko`ra   qum   asosan   kvarts,   slyuda,   dala   shpsti,   xlorit,
magnetit,   pirit,   kaltsit   va   boshqa   minerallarning   aralashmasidan   iborat.
Zarrachalarining   yirik-maydaligiga   ko`ra   qum,   yirik   (2-0,5mm);   urta   (0,5-0,25mm);
mayda (0,25-0,1mm) va changsimon (0,1-0,05mm) xillarga bo`linadi. 
Changsimon va gilli jinslar . Changsimon va gilli zarralar qumloq tuproq, kumloq
tuproq   va   gil   tuproq   jinslarining   asosiy   tarkibiy   qismini   tashkil   etadi.   Gilli   jinslar
tabiatda keng tarqalgan bo`lib, cho`kindi jinslarning 50% dan ortig`ini tashkil etadi. 
Lyoss   va   lyossimon   jinslar   tuzilishi   jixatidan   o`ziga   xos   fizik   va   mexanik,
kimyoviy mineral tarkibli xamda yer yuzasining ma`lum sharoitdagi  ulkalarida hosil
bo`lgan   cho`kindi   tog`   jinsidir.   “Lyoss”   so`zi   nemischa   yumshoq   uvalanadigan
ma`noni bildiradi. 
Lyoss   sergovak,   sariq   yoki   bo`z-sariq   rangda,   qatlamlanmagan,   qulda   siqilganda
tez uvalanadigan jins bo`lib, uning 70% 0,05 - 0,001mm li zarralardan tashkil topgan.
Lyosslar   quyidagi   xususiyatlariga   qarab   ajratiladi:   1.   Rangi   sarg`ish,   och   malla
sarg`ish. 2. Serg`ovak. G`ovaklarini oddiy ko`z bilan ko`rish mumkin, diametri 3mm
gacha.   G`ovaklik   jins   xajmining   45-50%   ni   tashkil   etadi   3.   Kaltsiy   va   magniy
karbonat tuzlari jins massasining 5% dan ko`prog`ini tashkil etadi. 4. Lyoss qatlamida
qum  va  shag`al   linzalari   bo`lmasligi  kerak.  5. Jinsni   tashkil  qiluvchi   zarrachalarning
50% dan ko`pi 0,05mm dan 0,001mm gacha bo`lishi, 0,001mm dan kichik zarrachalar
10%   gacha   bo`lishi   va   0,25mm   li   zarrachalarning   bo`lmasligi.   6.  Jarliklarda   vertikal
tarzda ajralish xususiyatiga ega. 7. Uzoq vaqt suv ta`sir etganda o`z massasi ta`sirida
cho`kishi. 8. uqori darajada suv o`tkazuvchanligi. 9. Quruq xolda qattiq, namlanganda tez   ivib   loy   xoliga   kelishi.   10.   Tarkibida   tez   eriydigan   tuzlarning   ko`p   miqdorda
bo`lishi.
Lyoss va lyossimon jinslar paydo bo`lish va olib borib yotqizilishi sharoitiga qarab
eol, prolyuvial, elyuvial, delyuvial, allyuvial va flyuvio-glyatsial turlarga ajratiladi. 
Tsementlangan   cho`kindi   jinslar .   Tabiatda   chaqiq   yumshoq   jinslar   faqat
qatlamlanib,   zichlashib   tarqalmasdan,   balki   yer   ostida   siljiyotgan   suvlar   eritib   olib
kelgan   oxak,   magniy,   temir,   kremniy   va   gil   moddalar   ta`sirida   tsementlanishi   xam
mumkin. Bu xolda moddalar yumshoq jinslar oralariga kirib cho`kishi, natijasida jins
zarrachalarini   bir-biriga   biriktirib   tsementlaydi.   Natijada   konglomerat   (shagaltosh),
brekchiya (qirrali tosh), qumtosh, alevrolit, argillit va boshqa jinslar hosil bo`ladi.
Konglomyerat   (shag`altosh)   -   silliqlangan   shag`al,   brekchiya   -   qirrali   (sheben)
jinslarining   temir,   fosfor,   oxak,   kremniy   yoki   gilli   moddalar   bilan   tsementlanib
birikishidan   hosil   bo`ladi.   Xajmiy   og`irligi   1500   -   2900   kgG`m3.   Mustaxkamligi   5
dan 160 MPa gacha.
Qumtoshlar   qumlarning   tsementlanishi   natijasida   paydo   bo`ladi.   Ayniqsa,
kremniy oksidi yordamida birikkan, tsyementlangan qumtoshlar mustaxkam va nurash
jarayoniga   chidamli   bo`ladi.   Xajmiy   ogirligi   1800   -   2500   kgG`m3,   mustaxkamligi
5...200 MPa.
Alyevrolitlar   qumoq   tuproqning   tsementlanishidan   hosil   bo`ladi.   Alevrolitlar
jichlashgan   jins   bo`lib,   suvda   ivimaydi   va   o`z   xossalariga   ko`ra   qumtoshlarga   yaqin
turadi.
Argillitlar   -   tsementlangan   gil   tuproq   bo`lib,   suvda   ivimaydi.   Tsementlanish   va
yangi   jins   hosil   bo`lish   jarayonida   birlamchi   gilli   moddalarning   bir   qismi   xlorit,
muskovit va boshqa minerallarga aylanadi.
Kimyoviy cho`kindi tog` jinslari.   Kimyoviy tog` jinslari eritmalardagi kimyoviy
moddalarning cho`kishidan hosil bo`ladi. Bunday jarayon dengiz va okean suvlarida,
qurib   borayotgan   suv   xavzalarida,   sho`r   suvli   buloqlarda   kuzatiladi.   Kimyoviy   tog`
jinslariga oxaktosh, dolomit, angidrit, gips osh tuzi kiradi.
Oshtuzi  - qatlamlar xolida sho`r kullar va dengiz kultiklaridagi yotkiziklar orasida
uchraydi.   Osh   tuzining   rangi   hosil   bo`lish   sharoitiga   va   tarkibidagi   aralashmalarga qarab,   oq,   sariq,   qizil,   havo   rang   bo`ladi.   Suvda   oson   eriydi.   Asosan   u   galit   (NaCl)
mineralidan tashkil topgan.
Gips   va   angidrit     bug`lanish   kuchli   bo`lgan   va   suvi   oqib   chiqib   ketmaydigan
dengiz qo`ltiqlarida tuzlarning cho`kishidan hosil bo`ladi. Gips mayda donli zich yoki
tolasimon   oq,   kulrang,   sariq   rangdagi   jinsdir.   Xajmiy   og`irligi   2200   kgG`m3.
mustaxkamligi 20MPa
Oxaktoshlar   juda   keng   tarqalgan   cho`kindi   tog`   jinsi   hisoblanadi.   Ularning
tarkibiga   kaltsit   qisman   dolomit   minerali   xam   kiradi.   Asosan   oxaktoshlar   kaltsiy
karbonatdan tarkib topsada kvarts, pirit, gil aralashmalari xam uchraydi. Shunga ko`ra
-   kulrang,   oq,   sariq   yoki   qo`ng`ir   tusli   xillari   uchraydi.   Tuzilishiga   ko`ra   loyqa
aralashsa loyqali, qum aralashsa ko`li, dolomit aralashsa dolomitli, kremniy aralashsa
kreniyli oxaktosh deb ataladi. Hosil bo`lishiga qarab organogen, xemogen, chaqiq va
aralashma oxaktoshlar bo`ladi.
Oroganogyen   oxaktoshlar   asosan   dengiz   mallyuskalarining   chig`anoqlari,
marjonlar,   mayda   dengiz   xayvonlari   xamda   o`simlik   qoldiqlaridan   paydo   bo`ladi.
Bunday jinslar tuzilishi serg`ovak va g`alvirak bo`lib, keng tarqalgan. Xajmiy og`irligi
1200 dan 3100 kgG`m3 gacha o`zgaradi.
Orgonagen   oxaktoshlar   turkumiga   bur   xam   kiradi.   Bur   yumshoq   gilli   jins   bo`lib,
panjalar bin ishqalanganda eziladi. Rangi oq, kulrang, sarg`ish yoki bo`zrang bo`ladi.
Xyemogyen   oxaktoshlar   dengiz   suvlaridagi   eritmalardan   kaltsit   mineralining
cho`kishidan hosil bo`ladi. Bularga asosan oxaktoshli tuf va oolitli oxaktoshlar kiradi. 
Oxaktoshli   tuflar   kaltsiy   karbonatga   boy   bo`lgan   yer   osti   suvlarining   yon
bag`irliklardan   yer   yuzasiga   oqib   chiqadigan   joylaridan   to`planadigan   serg`ovak
jinslardir. Quruq xoldagi mustaxkamligi 80MPa.
Oolitli oxaktoshlar   kaltsit minerali mayda zarachalarining kaltsiyli tsement  bilan
mustaxkamlanishidan tarkib topadi. Bunday oxaktoshlar dengiz tublarida hosil bo`lib,
qat-qat yotadi. Mustaxkamligi 16 -20 MPa.
haqiq   ohaktoshlar   turli   tarkibli   ohaktosh   bo`laklarining   kaltsiyli   tsement   bilan
mustahkamlanishidan hosil bo`lib, hosil bulishiga ko`ra ikkilamchi jins hisoblanadi. Aralash ohaktoshlar   dengiz va ko`l to`blarida keng tarkalgan bo`lib, organogen, 
hemeogen va chakik ohaktoshlardan hosil bo`ladi. bularga mergel misol bo`la oladi. 
Mergel tarkibi doimiy bo`lmagan ohak va gildan iborat jinsdir.
Tyemirli   jinslar   yoki   fyerrolitlar.   Tarkibida   temir   moddasi   ko`p   bo`lgan   bu
jinslar   loyqa-ko`ykalardan   hosil   bo`ladi.   bu   guruhga   turli   temir   rudalari,   jumladan,
temir   tufi,   botqoqlik   rudalari,   siderit   konkretsiyalari   kabi   cho`kindi   jinslar   kiradi.
Temir   tufi   limonit,   fosfor   marganets   tuzi   birikmasidan   iborat,   rangi   sari-qo`ngir,
teksturasi   asosan   govak   bo`lib,   dengiz   hamda   ko`llarga   temir   gidroksidlarining
cho`kishidan hosil bo`ladi. 
Fosfatli   jinslar   yoki   fosforitlar.   Bunday   jinslar   dengizlarning   sayoz   joylarida
biohimik   jarayonlar   natijasida   paydo   bo`ladi.   Ayniqsa,   qumtosh,   gil,   karbonatlar
ichida R2O5 ning miqdori 20 - 45% ga yetsa, ular fosforitlar deb ataladi.
Organik   (cho`kindi)   tog   jinslari.   Dengiz   va   okeanlar   tubida   hayvon,   o`simlik
hamda   halok   bo`lgan   organizmlar   qoldigining   to`planishidan   organogen   jinslar   hosil
bo`ladi. organogen jinslar sergovak bo`lib, suvda eriydi, tashki kuch ta`sirida siqiladi.
Bu guruhdagi jinslarga kremniyli jinslar - diatomit, trepel, opoqa va kaustobiolitlar -
tosh   ko`mir,   qo`ngir   ko`mir,   antrotsit,   ozokerit,   yonuvchi   slanetslar,   torf,   neft,   asfalt
va boshqalar kiradi. 
Diatomit  - bo`shroq tsementlangan diatom suv o`tlaridan tarkib topgan, sergovak,
oq,   och   ko`lrang   sargish   kremniyli   jins.   Har   doim   tarkibida   gil   loyqalari   uchraydi.
Kremniyning miqdori 80 -95 % ni tashkil etadi. 
Tryepyel   tashqi   ko`rinishidan   diatomitdan   uncha   farq   qilmaydigan,   oq,   och
kulrang   yoki   sarg`ish   tusli,   ko`lda   tez   uqalanadigan,   namni   o`ziga   tez   yo`tuvchi
kremniyli   jins.   Trepel   yengil,   tuproqsimon   jins   bo`lib,   gil   zarralari   bilan   aralashgan
opal mineralidan tarkib topgan. Hajmiy og`irligi 250 - 1000 kgG`m3 .
Opoka   trepelga nisbatan zich va qattiq, och hamda to`q bo`zrangli, g`ovakli jins.
Tarkibi  asosan,  opal   minerali   zarrachalaridaan  iborat  bo`lib, ba`zan  bunga  juda  ko`p
qum kremniyli organizm qoldiqlari aralashgan bo`ladi.
Ko`mir   tarkibidagi   uglerod   strukturasi   va   miqdoriga   ko`ra   ko`ngir   ko`mir,
toshko`mir va antratsitga bo`linadi.  Ko`ngir   ko`mir   tarkibida   69   %   karbon   bo`lib,   qolgan   qismi   vodorod,   kislorod,
azotdan iborat. U tarkibida o`simlik qoldiqlari saqlangan torfning tosh ko`mirga o`tish
bosqichida to`planadi. U qo`ngir-qora, qo`ngir-jigarrang bo`lib, yahshi maydalanadi.
Toshko`mir   tarkibida karbon 80%, kislorod 13%, vodorod 5%, azotning miqdori
juda   ham   kam.   Tuzilishi   zich,   qo`ngir   ko`mirga   nisbatan   qattiq,   sirti   moylangandek,
yaltiraydi, rangi qora, qoramtir kulrang. 
Antratsit   tarkibida   95   %   karbon   bo`lib,   qolgan   qismi   kislorod   va   vodoroddan
iborat.   Uning   tarkibida   azot   juda   oz   bo`ladi.   toshko`mirga   nisbatan   juda   ham   qattiq
bo`lib, tuzilishi zich va qat-qat,juda yaltiroqdir. Rangi qora bo`lib, ko`lga yo`qmaydi.
Nyeft -mutloq   himiyaviy   tarkibga   ega   bo`lmagan   murakkab,   o`ziga   hos   hidli
suyo`qlik.   Neft   parafin,   naftalin   va   aromatik   qatoriga   qiruvchi   suyo`q
uglevodorodlarning   aralashmasidan   iborat.   Bundan   tashqari   neft   tarkibida   ozroq
oltingugurt,   azot,   neft   kislotasi,   suv   noorganik   moddalar   aralshmasi   ham   bo`ladi.   u
sargish, yashil, qo`ngir rangli bo`lib, moyga uhshab yaltiraydi. Neft tabiatda tarqalgan
hamma geologik davr yotqiziqlari ichida uchraydi.
Asfalt  (tog simolasi) - qo`ngir-qora rangli bitumsimon jins. Himiyaviy tarkibi 80%
karbon,   10%   kisloraddan   iborat.   Zichligi   1   -   1,23   .   Rangi   qora   bo`lib,   smoladik
yaltiraydi, bitumning hidini beradi.
                       FOYDALANILGAN  ADABIYOTLAR
1. Islomov O.I., Shoraxmedov SH.SH. Umumiy geologiya  T.,
«Ukituvchi»  1971 yil.
2. Kuznetsov S.S. Geologiya ,UzSSR «Urta va oliy maktab», davlat
nashriyoti,T., 1960.
3.  «Geologiya lugati»UzSSR FA nashriyoti T.,1958.
4.  Ananyev V.P., Peredelskiy A.V. Injenernaya geologiya. Iz-vo
«Vo`sshaya   shkola», M-1980.
5. Kurs obhey geologii, M., «Nedra», 1976.
6.  V.I.Biryukov, S.N.Kulichixin, N.N. Trofimov
Poiski i razvedka mestorojdeniy polezno`x iskopayemo`x
M.,Nedra, 1979.
7. N..N.Maslov,M.F.Kotov. «Izdatelstvo literaturo` po
stroitelstvu» M.-1971.
8. Kuznetsov S. S.    Geologiya «Urta va oliy maktab», T., 1969.
9. Sodikov O. S. Geologiya lugati. «Fan»,  T., 1958.
10. Lange O.K. Osnovo` gidrogeologii. Izd-vo Moskovskogo
universiteta, M., 1958.
11.  www.ziyonet.uz

Cho’kindi jinslarning menirallarga kiruvchi galit va gipsning kimyoviy tarkibi va xossalari Reja 1. Cho`kindi tog` jinslarining hosil bo`lish jarayoni. 2. Cho`kindi tog` jinslarining turlari. 3. Cho`kindi tog` jinslariga mansub bo`lgan menerallar va konlar. 4. Cho`kindi tog` jinslarining insoniyat rivojlanishidagi o`rni.

Tayanch iboralar: cho`kindi, yotqiziq, nurash, relef, kontenintal, jins, mineral, hovza, orgonagen, dengiz, ko`l, muz, qatlam, mexanik, kimyoviy, organic, gil, qum, slyuda, kvarts, changsimon, lyoss, serg`ovak, gips, xemogen, tuf, chaqiq, tsement, temir, fosfat, ferrolit, qumtosh, kremniy, deatomit, aromatic. Cho`kindi tog` jinslari yer yuzasining deyarli xamma yerida tarqalgan. Cho`kindi jinslarning paydo bo`lishi va o`zgarishi turli termodinamik, fizik va kimyoviy sharoitlar bilan bog`liq bo`lib, ma`lum qonuniyatga bo`ysinadi. Cho`kindi tog` jinslari o`simlik va organizm qoldiqlaridan shuningdek o`zidan oldin paydo bo`lgan magmati va metamorfik jinslarning yemirilishidan hosil bo`ladi. Hosil bo`lish sharoitiga qarab cho`kindi jinslar dengiz, ko`l, daryo, shamol, muz va morena yotqiziqlariga bo`linadi. Qurik iqlimli sharoitda hosil bo`lgan jinslar kontinental yotkiziklar deb ataladi. Ularning hosil bo`lishida shamol, oqar suvlar va muz suvlarining roli juda kattadir. Atmosfera yog`inlari ta`sirida nuragan jinslar shamol va oqar suvlar bilan birga oqib borib, relyefning pastkam joylarida to`planadi va cho`kindilar hosil qiladi. Kontinental cho`kindi jinslar hosil bo`lishi sharoitiga qarab elyuvial, delyuvial, prolyuvial, alyuvial va eol yotqiziqlariga bo`linadi. Suv xavzalarida suvda erigan mineral moddalarning cho`kishidan kimyoviy, xayvonot va o`simlik qoldiqlarining to`planishidan esa organogen cho`kindi jinslar hosil bo`ladi. Cho`kindi tog` jinslar yer po`stining eng ustki qatlamlarini tashkil qilib, butun yerdagi tog` jinslarning atiga 5% ni tashkil etadi. Shunga qaramay bu jinslar yer yuzasining 75% maydonini ishg`ol qilib yotadi. Cho`kindi tog` jinslarining asosiy belgilaridan biri ularning qatlam-qatlam bo`lib asosan, gorizontal xolatda yotishidir. Ayrim qatlamlar bir-biridan rangi, tarkibi va xossalari bilan farq qiladi. Cho`kindi jinslar segovak bo`ladi va ularning tarkibida toshqotgan organik qoldiqlarni uchratish mumkin. Cho`kindi tog` jinslari paydo bo`lish sharoitlariga qarab bir-biridan tubdan farq qilib, uchta asosiy guruxga bo`linadi: 1. Mexanik. 2. Kimyoviy. 3. Organik

Mexanik cho`kindi tog` jinslari. Mexanik cho`kindi tog` jinslari magmatik va metamorfik jinslarning nurashi natijasida o`z joyida to`planishi yoki suv, muzlik, shamol ta`sirida boshqa joylarga ko`chirilib yotqizilishidan hosil bo`ladi. Mexanik cho`kindilar tarkibidagi qattiq zarachalarning katta-kichikligi xamda shakliga ko`ra yirik (dag`al), qum, chang va gil zarralarga bo`linadi. Ular oxak, kremniy oksidi (SiO2 ), gil singari moddalar bilan birikkan (tsementlangan) xolatda xam uchraydi. Dag`al bo`laklar esa qirrali va yassi shakllarga ega. Qumli jinslar yirik-maydaligi 2mm dan 0,05mm gacha bo`gan zarrachalardan tashkil topgan. Tarkibiga ko`ra qum asosan kvarts, slyuda, dala shpsti, xlorit, magnetit, pirit, kaltsit va boshqa minerallarning aralashmasidan iborat. Zarrachalarining yirik-maydaligiga ko`ra qum, yirik (2-0,5mm); urta (0,5-0,25mm); mayda (0,25-0,1mm) va changsimon (0,1-0,05mm) xillarga bo`linadi. Changsimon va gilli jinslar . Changsimon va gilli zarralar qumloq tuproq, kumloq tuproq va gil tuproq jinslarining asosiy tarkibiy qismini tashkil etadi. Gilli jinslar tabiatda keng tarqalgan bo`lib, cho`kindi jinslarning 50% dan ortig`ini tashkil etadi. Lyoss va lyossimon jinslar tuzilishi jixatidan o`ziga xos fizik va mexanik, kimyoviy mineral tarkibli xamda yer yuzasining ma`lum sharoitdagi ulkalarida hosil bo`lgan cho`kindi tog` jinsidir. “Lyoss” so`zi nemischa yumshoq uvalanadigan ma`noni bildiradi. Lyoss sergovak, sariq yoki bo`z-sariq rangda, qatlamlanmagan, qulda siqilganda tez uvalanadigan jins bo`lib, uning 70% 0,05 - 0,001mm li zarralardan tashkil topgan. Lyosslar quyidagi xususiyatlariga qarab ajratiladi: 1. Rangi sarg`ish, och malla sarg`ish. 2. Serg`ovak. G`ovaklarini oddiy ko`z bilan ko`rish mumkin, diametri 3mm gacha. G`ovaklik jins xajmining 45-50% ni tashkil etadi 3. Kaltsiy va magniy karbonat tuzlari jins massasining 5% dan ko`prog`ini tashkil etadi. 4. Lyoss qatlamida qum va shag`al linzalari bo`lmasligi kerak. 5. Jinsni tashkil qiluvchi zarrachalarning 50% dan ko`pi 0,05mm dan 0,001mm gacha bo`lishi, 0,001mm dan kichik zarrachalar 10% gacha bo`lishi va 0,25mm li zarrachalarning bo`lmasligi. 6. Jarliklarda vertikal tarzda ajralish xususiyatiga ega. 7. Uzoq vaqt suv ta`sir etganda o`z massasi ta`sirida cho`kishi. 8. uqori darajada suv o`tkazuvchanligi. 9. Quruq xolda qattiq, namlanganda

tez ivib loy xoliga kelishi. 10. Tarkibida tez eriydigan tuzlarning ko`p miqdorda bo`lishi. Lyoss va lyossimon jinslar paydo bo`lish va olib borib yotqizilishi sharoitiga qarab eol, prolyuvial, elyuvial, delyuvial, allyuvial va flyuvio-glyatsial turlarga ajratiladi. Tsementlangan cho`kindi jinslar . Tabiatda chaqiq yumshoq jinslar faqat qatlamlanib, zichlashib tarqalmasdan, balki yer ostida siljiyotgan suvlar eritib olib kelgan oxak, magniy, temir, kremniy va gil moddalar ta`sirida tsementlanishi xam mumkin. Bu xolda moddalar yumshoq jinslar oralariga kirib cho`kishi, natijasida jins zarrachalarini bir-biriga biriktirib tsementlaydi. Natijada konglomerat (shagaltosh), brekchiya (qirrali tosh), qumtosh, alevrolit, argillit va boshqa jinslar hosil bo`ladi. Konglomyerat (shag`altosh) - silliqlangan shag`al, brekchiya - qirrali (sheben) jinslarining temir, fosfor, oxak, kremniy yoki gilli moddalar bilan tsementlanib birikishidan hosil bo`ladi. Xajmiy og`irligi 1500 - 2900 kgG`m3. Mustaxkamligi 5 dan 160 MPa gacha. Qumtoshlar qumlarning tsementlanishi natijasida paydo bo`ladi. Ayniqsa, kremniy oksidi yordamida birikkan, tsyementlangan qumtoshlar mustaxkam va nurash jarayoniga chidamli bo`ladi. Xajmiy ogirligi 1800 - 2500 kgG`m3, mustaxkamligi 5...200 MPa. Alyevrolitlar qumoq tuproqning tsementlanishidan hosil bo`ladi. Alevrolitlar jichlashgan jins bo`lib, suvda ivimaydi va o`z xossalariga ko`ra qumtoshlarga yaqin turadi. Argillitlar - tsementlangan gil tuproq bo`lib, suvda ivimaydi. Tsementlanish va yangi jins hosil bo`lish jarayonida birlamchi gilli moddalarning bir qismi xlorit, muskovit va boshqa minerallarga aylanadi. Kimyoviy cho`kindi tog` jinslari. Kimyoviy tog` jinslari eritmalardagi kimyoviy moddalarning cho`kishidan hosil bo`ladi. Bunday jarayon dengiz va okean suvlarida, qurib borayotgan suv xavzalarida, sho`r suvli buloqlarda kuzatiladi. Kimyoviy tog` jinslariga oxaktosh, dolomit, angidrit, gips osh tuzi kiradi. Oshtuzi - qatlamlar xolida sho`r kullar va dengiz kultiklaridagi yotkiziklar orasida uchraydi. Osh tuzining rangi hosil bo`lish sharoitiga va tarkibidagi aralashmalarga

qarab, oq, sariq, qizil, havo rang bo`ladi. Suvda oson eriydi. Asosan u galit (NaCl) mineralidan tashkil topgan. Gips va angidrit bug`lanish kuchli bo`lgan va suvi oqib chiqib ketmaydigan dengiz qo`ltiqlarida tuzlarning cho`kishidan hosil bo`ladi. Gips mayda donli zich yoki tolasimon oq, kulrang, sariq rangdagi jinsdir. Xajmiy og`irligi 2200 kgG`m3. mustaxkamligi 20MPa Oxaktoshlar juda keng tarqalgan cho`kindi tog` jinsi hisoblanadi. Ularning tarkibiga kaltsit qisman dolomit minerali xam kiradi. Asosan oxaktoshlar kaltsiy karbonatdan tarkib topsada kvarts, pirit, gil aralashmalari xam uchraydi. Shunga ko`ra - kulrang, oq, sariq yoki qo`ng`ir tusli xillari uchraydi. Tuzilishiga ko`ra loyqa aralashsa loyqali, qum aralashsa ko`li, dolomit aralashsa dolomitli, kremniy aralashsa kreniyli oxaktosh deb ataladi. Hosil bo`lishiga qarab organogen, xemogen, chaqiq va aralashma oxaktoshlar bo`ladi. Oroganogyen oxaktoshlar asosan dengiz mallyuskalarining chig`anoqlari, marjonlar, mayda dengiz xayvonlari xamda o`simlik qoldiqlaridan paydo bo`ladi. Bunday jinslar tuzilishi serg`ovak va g`alvirak bo`lib, keng tarqalgan. Xajmiy og`irligi 1200 dan 3100 kgG`m3 gacha o`zgaradi. Orgonagen oxaktoshlar turkumiga bur xam kiradi. Bur yumshoq gilli jins bo`lib, panjalar bin ishqalanganda eziladi. Rangi oq, kulrang, sarg`ish yoki bo`zrang bo`ladi. Xyemogyen oxaktoshlar dengiz suvlaridagi eritmalardan kaltsit mineralining cho`kishidan hosil bo`ladi. Bularga asosan oxaktoshli tuf va oolitli oxaktoshlar kiradi. Oxaktoshli tuflar kaltsiy karbonatga boy bo`lgan yer osti suvlarining yon bag`irliklardan yer yuzasiga oqib chiqadigan joylaridan to`planadigan serg`ovak jinslardir. Quruq xoldagi mustaxkamligi 80MPa. Oolitli oxaktoshlar kaltsit minerali mayda zarachalarining kaltsiyli tsement bilan mustaxkamlanishidan tarkib topadi. Bunday oxaktoshlar dengiz tublarida hosil bo`lib, qat-qat yotadi. Mustaxkamligi 16 -20 MPa. haqiq ohaktoshlar turli tarkibli ohaktosh bo`laklarining kaltsiyli tsement bilan mustahkamlanishidan hosil bo`lib, hosil bulishiga ko`ra ikkilamchi jins hisoblanadi.