logo

DALADA OLINGAN MA’LUMOTLARNI DASTLABKI ISHLASH, EKSPLIKASIYA TUZISH, DALA TUPROQ XARITASI-NI TUZISH, TUPROQ CHEGARALARINI BIR-BIRIGA MOSLASH

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

195.48828125 KB
DALADA OLINGAN MA’LUMOTLARNI DASTLABKI ISHLASH,
EKSPLIKASIYA TUZISH, DALA TUPROQ XARITASI-NI TUZISH,
TUPROQ CHEGARALARINI BIR-BIRIGA MOSLASH  
Reja:
1. Katta masshtabda tuproqni xaritalashda dala ishlari turi. 
2. Tuproq chegaralarini bir - biriga moslash. 
3. Dala tuproq xaritasini tuzish. 
4. Shartli belgilarni yozish  1.   Tuproqni   xaritalashdagi   V.V.   Dokuchayevning   geografik   usuli   va   uning
ahamiyati. Tekshirilayotgan joyni yayov yurib aylanib chiqish natijasida va tuproq
paydo qiluvchi sharoitlarni aniqlanadi, topografik asosga yoki aerofotosuratga mos
tushmayotgan   tafsilotlar   o’zgarishlar   kiritilib   ishchi   xarita   tushiriladi.   Ekin
maydonlaridagi   qishloq   xo’jalik   ekinlarining,   zovurlarning   xolati   va   oqova
suvlarning   mavjudligi   xaqida   ma’lumotlar   ishchi   xaritasiga   tushirilib   boriladi.
O’rganilayotgan joydagi tuproqning agronomik ko’rsatkichlari bo’yicha ma’lumot
to’planadi,   bunda   yerlarni   sug’orish   davri,   tarixi,   agronomik   va   meliorativ
tadbirlar, o’g’itlash, eroziyaga qarshi kurash choralari, qishloq xo’jaligi ekinlarini
3-5   yil   bo’yicha   hosili   xaqida   ma’lumotlar   to’planadi.   Dalada   tuproq   tekshiruv
ishlarini   olib   borish   tartibi.   Tekshirilayotgan   maydonni   o’ziga   xos   xususiyatga
asoslanib   yo’nalishini   belgilab   olinadi,   tuproq   chuqurlarining   turlari   va   ularni
vazifalari, tuproq turlariga qarab joylashish topografik asosga tushiriladi. 
2.   Tuproq   chuqurlari   kavlangan   joylar   masshtabda   o’lchab   joyga   bog’lab
keyinchalik   topishga   osonlashtirib   xaritaga   tushiriladi.   Asosiy   tekshiruv
chuqurlarini   kerakli   joylarga   tushiriladi   va   tuproq   ko’rinishlari,   chegaralari
ajratiladi;  ularni bog’lab va xaritaga tushiriladi;  qo’shni  yerdan foydalanilayotgan
xo’jalik   xaritalariga   chegarlarni   mos   tushirish   va   bog’lanib   quyilib   ketishini
ta’minlash.   Chegaralashda  to’g’ri   kelmas  ko’rsatkichni  me’yori,  har  bir   masshtab
turida   har   xilligi,   tabiiy   tarqalgan   tuproq   turlarini   tarqalishini   xaritalash
masshtabiga   qarab   eng   kichkina   tuproq   turini   belgilash   va   xaritaga   tushirish
asoslari.   Ko’p   xilli   tuproq   turlarini   xaritaga   tushirishdagi   xaritalashni   o’ziga
xosligi. Dala kundaligini tuzish; bog’lash, relyefni yozish, o’simliklar sharoiti ona 
jinsli qatlamlarini morfologik belgilari, dala sharoitida nomlangan tuproq nomi. 
Xaritalash   masshtabi   va   satx   qiyinligi   darajasiga,   kategoriyasiga   qarab
tuproq chuqurini sonini aniqlash. Tuproq chuqurligi turlari o’rtasida nisbat, ularni
topografik   asos   va   aerofotosuratlarni   ishlatilganidagi   o’zgarishi.   Dala   ishlari
davrida   genetik   qatlamlaridan   tuproq   namunasini   olish   shartlari.   Olingan   chuqur
tuproqdagi   namunalarni   sonini   shartli   6   ga   teng   deb   olib,   masshtabga   qarab
namunalar  sonini  analizga  topshiriladigan  namunalarni  nechtasini  qaysi  ximyaviy analizlar   sonini   belgilanadi.   Katta   masshtabdagi   tuproq   xaritalarni   tuzishda
tuproqni fizikaviy xususiyatlarini o’rganish, to’liq va kiskartirilgan dastur. Tuproq
fizik   xossalarini   o’rganishdagi   ish   hajmini   aniqlash.   Analitik   reja   tuzish,   analiz
turlarini   tuproq   turlariga   qarab   belgilash.   Ximiyaviy   analiz   natijalarini   tekshirish.
Dala   tuproq   xaritasini   bezash   (tuzish).   Yerdamchi   xujjatlardan   ximiyaviy   analiz
turlari   mavjudligi   ruyxatini   tuzish,   tuproq   morfologik   beligilarini   yozish,   olingan
namunalar, analitik reja, xo’jalik xaqida ma’lumot, dastlabki tuproqlardan samarali
foydalanish   xulosasi.   Dala   ishlarini   sifati   tekshiruvi   va   bu   xaqda   tuzilgan
ma’lumotnoma.   Dala   ishlari   davrini   tog’li   sharoitda   tog’   oldi   adirlarda,   past   -
tekisliklarda,   cho’l   zonalarida,   sho’rlangan   yerlardagi   qilinadigan   ishlarni   o’ziga
xos   xususiyatlari.   Tuproq   turlari   bo’yicha   ajratuvchi   chegaralar   va   ularni
topografik asoslarga tushirish asosan dala sharoitida belgilanadi. Ma’lumki, tuproq
murakkab   tuproq   hosil   qiluvchi   omillarning   kompleksida   shakllanadi.   Bu
omillarning   (tuproq   hosil   qiluvchi   tog’   jinslari,   iqlim,   o’simlik   va   xayvonot
dunyosi,   relyef,   yerning   yoshi,   inson   faoliyati)   har   -   xil   darajada   bo’lishi
munosabati bilan tuproqlarning xossalari va tarkibi turlicha shakllanishi mumkin. 
3. Tuproq hosil qiluvchi sharoitini o’zgarishini tuproq turini o’zgarishi bilan
bog’liqdir.   Shu   sababli   dala   sharoitida   olib   borilgan   tadkikot   ishlarida   yerning
relyefi,   o’simligi,   tuproq   hosil   qiluvchi   ona   jinsi,  tuproqlarning  madaniylashtirish
darajasiga   ko’ra   tuproqlarning   mexanikaviy   tarkibi,   strukturalik   xolati   va   boshqa
belgilarining   o’zgarish   qonuniyatlarini   aniqlash   va   boshqa   belgilarining  o’zgarish
qonuniyatlarini aniqlash va yozish lozimdir. 
Tuproq   chegaralarini   yirik   masshtabli   tuproq   syemka   ishlarida   tuproq
chegaralrini   aniqlashda   S.F.Negovelov   tomonidan   ixtiro   qilingan   Bur-   shup
yordamida   aniqlash   mumkin.   Tuproq   chegaralarini   yuza   qismining   tuproq
namunalarini   takkoslash   yo’li   bilan   ham   belgilash   mumkin   (bularga   yuqori
gorizontlarining   morfologik   belgilari   kiradi:   tusi,   mexanikaviy   tarkibi,   strukturasi
va x..k.). 
Topograf va tuproqshunos  tuproqni relyefini qaysi  qismda  joylashganligiga qarab
ham instrumental syemka o’tkazadi. Masalan, kashtan zonaning tuproq kompleksi.  1. To’q kashtan tuproqlar 
2. To’q tusli quyi qismi tuproqlar 
3. Sho’rtoblar 
4.   Sho’rtoblarning   foiz   miqdorini   aniqlash   uchun   kadamlab   o’lchash   usubi   yoki
saylangan maydonlar uslubi bilan aniqlash mumkin. 
Topografi k  shart li belgilar haqida t ushuncha . 
Kartalarda har xil ob’ektlarni (predmet, hodisa, jarayon va h.k.) va ularni
sifat   va   miqdor   ko‘rsatkichlarini   ifodalash   uchun   qo‘llaniladigan   grafik
simvollarga   kartografik   shartli   belgilar   deyiladi.   Bu   belgilar   mumkin   qadar
sodda,   ko‘p   joy   egallamaydigan   va   shu   bilan   birga   bir-birlaridan   aniq   ajralib
turadigan va oson chiziladigan hamda o‘qiladigan bo‘lishlari kerak.
Alohida   ob’ektlarni   kartografik   belgilari   ikkita   asosiy   funksiyani   bajaradi:
birinchidan   –   ob’ektlarni   turini   ko‘rsatadi   (quduq,   shosse,   botqoqlik   va   b.)   va
ularni ayrim miqdor va (yoki) sifat tavsiflarini (masalan, quduqdan ma’lum vaqtda
olinadigan   suv   miqdorini,   shosse   qatnov   qismining   eni   va   ustiga   yotqizilgan
materialning   turi,   botqoqning   yurib   o‘tishga   yaroqligi;   ikkinchidan   –   ob’ektni
fazoviy holatini aniqlaydi, ushbu ob’ektlarning planli o‘lchamlarini va shakllarini,
yoki   ularni   «fazosini»   modellashtiradi.   Ko‘pincha   belgilar   hodisani   vaqt
mobaynida o‘zgarishini (shaharlarni o‘sishi, daryolarni toshishini va h.k.), ko‘chib
yurishini   (ekspeditsiyalarni   marshrutini,   siklonlarning   traektoriyasini)   va   boshqa
jarayonlarni aks ettiradi.
Kartalarda   belgilarning   hammasi   jamuljam   bo‘lib   ancha   keng   funksiyalarni
bajaradilar.   Ular   ob’ektlarni   o‘zaro   uyg‘unligini   va   aloqadorligini   ko‘rsatadi,
hodisalarni   fazoviy   obrazlarini   shakllantiradilar,   ularni   joylanishidagi
qonuniyatlarni   va   xususiyatlarini   aniqlash   imkonini   beradilar.   Natijada   kartani
alohida   belgilarda   mujassamlashgan   informatsiyalar   yig‘indisidan   ortiq   bo‘lgan
yangi   bilimlar   beradi.   Bundan   tashqari   belgilarni   guruhlarga   ajratish   hodisalarni holati,   differensiatsiyasi,   o‘zaro   bir-biriga   ta’siri   va   vaqt   mobaynida   o‘zgarishini
fazoviy tavsiflash uchun keng imkoniyat ochadi.
Qadimgi kartalarda voqea va hodisalar perspektiv suratlar bilan ko‘rsatilgan.
Bunday suratli rasmlar alohida izohlarsiz ham tushunarli bo‘lgan  (3.1-rasm) . 
Dastlabki vaqtlarda alohida ob’ektlarni suratlari individual bo‘lgan. Masalan,
shaharlarni planida diqqatga sazovor binolarni arxitekturasini aks ettirishga harakat
qilganlar.   Keyinchalik   perspektiv   suratlar,   ayniqsa   mayda   masshtabli   kartalarda,
o‘zlarini   individualliligini   yo‘qota   boshlaganlar   va   ular   o‘xshash   ob’ektlar   uchun
umumiy   qilib   bajariladigan   bo‘ldilar.   Masalan,   alohida   guruh   manzilgohlar
(qishloqlar,   posyolkalar,   shaharlar,   qal’alar   va   sh.k.)   uchun   o‘zlarining   alohila
qabul   qilingan   perspektiv   belgilaridan   foydalaniladigan   bo‘lindi.   Mana   shu   fakt
individual   tavsiflardan   turdosh   tushunchalarga   o‘tish   kartografik   belgilarni
kiritilishini   anglatdi,  qaysiki   ularni   tushunmoqlik   uchun   izohlab  (sharhlab)   berish
zarurati tug‘ildi. Joyni  perspektiv  usulda tasvirlash ( Seleziya kartasini bir qismi, Martin Xelvig ,
1561y .).
Taxminan   XVIII   asrni   o‘rtalaridan   boshlab,   kartalar   masofalar   va
maydonlarni   aniq   o‘lchash   uchun   qo‘llanila   boshlagandan   keyin,   shuningdek
armiya   ehtiyojlari   uchun   aholi   punktlarini,   o‘rmonlarning   va   boshqa   shu   kabi
ob’ektlarning   ko‘rinishini   (konturini)   aniq   tasvirlash   zarurati   tug‘ilganidan
boshlab,   perspektiv   belgilar   o‘zlarini   o‘rnini   predmetlarni   aniq   planli   tasvirlariga
bo‘shatib beradigan bo‘ldilar.
Topografik   kartalarda   joy   tafsilotlari   maxsus   shartli   belgilar   bilan
quyidagi guruhlarga bo‘linib ko‘rsatiladi:
1. Relyef.
2. Gidrografiya.
3. O‘simlik va tuproq grunt qoplami.
4.   Aholi   yashaydigan   punktlar,   sanoat,   qishloq   xo‘jalik   korxonalari   va
sotsialiqtisodiy
obyektlar.
5. Chegaralar.
6. Oriyentir bo‘la oladigan ayrim obyektlar.
Topografik kartalarda joy relyefi   gorizontallar   bilan, qolgan barcha
tafsilotlar   shartli belgilar  bilan tasvirlanadi.
Topografik shartli belgilar xususiyatlari hamda vazifalariga qarab:
1. Masshtabli (konturli).
2. Masshtabsiz.
3. Tushuntiruvchi shartli belgilarga bo‘linadi. 1.   Masshtabli   yoki   konturli   shartli   belgilar   bilan   karta   masshtabida
konturini   ko‘rsatish   mumkin   bo‘lgan   tafsilotlar,   masalan,   o‘rmon,
botqoqlik,   poliz,   bog‘,   ko‘l   va   boshqalar   tasvirlanadi.   Masshtabli   shartli
belgilar   bilan   tasvirlangan   tafsilotlarning   uzunligi,   kengligi,   maydonini
aniqlash mumkin.   Konturli shartli   belgilar bilan tasvirlangan tafsilotlarni
bir-biridan farq qilish uchun, har bir kontur
ichiga shu tafsilotlarni shartli belgisi beriladi yoki konturlar turli rangga
bo‘yaladi.
Masalan,   tokzorga   tokning   shartli   belgisi   chizib   qo‘yiladi,   qamishzor
konturining
ichiga qamishning shartli belgisi chizib qo‘yiladi, o‘rmon yashil rangga,
ko‘l ko‘k
rangga   bo‘yaladi   va   hokazo.   Lekin   kontur   ichida   berilgan   shartli   belgi
shu   belgi   bilan   tasvirlangan   tafsilotning   o‘rnini   va   miqdorini
bildirmaydi.   Masalan,   bog‘   konturi   ichida   berilgan   doirachalar   shu
bog‘dagi daraxtlarning o‘rnini va ularning sonini   bildirmaydi.
2.   Karta   masshtabida   ko‘rsatib   bo‘lmaydigan   kichik   obyektlar,
masalan,   yakka   daraxt,   buloq,   quduq,   ko‘prik   va   boshqalar   masshtabsiz
shartli   belgilar   bilan   tasvirlanadi.   Bunday   tafsilotlar   karta   masshtabida
nuqta   bilan   ko‘rsatiladi,   nuqta   tafsilot   o‘rnini,   shartli   belgi   esa   uning
qanday   tafsilot   ekanligini   ifodalaydi.   Kartada   bunday   tafsilotlar
orasidagi   masofani   o‘lchashda   va   koordinatalarini   aniqlashda   tafsilot
o‘rni   sifatida   shu   nuqta   olinadi.   Yo‘llar,   soylar,   ya’ni   cho‘zilib   ketgan
uzun   chiziqlar   tarzidagi   tafsilotlar   ham   masshtabsiz   shartli   belgilar
bilan tasvirlanadi. Ularning   faqat   uzunligi   karta   masshtabida   ko‘rsatilib,   kengligi
masshtabsiz   beriladi.   Aholi   yashaydigan   punktlar,   bog‘lar,   tokzor
singari   yirik   tafsilotlar   kartaning   masshtabiga   qarab   masshtabli   yoki
masshtabsiz shartli belgilar bilan tasvirlash   mumkin.
3.   Konturli   va   masshtabsiz   shartli   belgilar   bilan   tasvirlangan
tafsilotlarni   qo‘shimcha   ravishda   xarakterlash   va   ularning   turini
ko‘rsatish uchun  tushuntiruvchi shartli belgilar  ishlatiladi.
O‘rmon   konturlari   ichida   beriladigan   -   o‘rmonning   turini
ko‘rsatuvchi shartli
belgi,   daryo   oqimini   ko‘rsatuvchi,   strelka   -   tushuntiruvchi   shartli
belgiga   misol   bo‘la   oladi.   Topografik   kartada   beriladigan   barcha
raqamlar,   harflar,   qisqartirilgan   va   to‘la   berilgan   yozuvlar   ham
tushuntiruvchi shartli belgilar bo‘lib hisoblanadi.
Tafsilotlar   katta   kichikligiga   qarab   topografik   kartalarda   har   xil
kattalikdagi
harf   (shrift)   ishlatiladi.   Masalan:   aholi   yashaydigan   punktlarning   nomi
aholisining
soni   va   ma’muriy   ahamiyatiga   qarab   turli   kattalikdagi   harflar   bilan
yoziladi.   Topografik kartalarda tasvirlangan tafsilotlarni bir-biridan farq
qilish   va   tez   tushinilishi   uchun   o‘zining   tabiiy   rangiga   mos   keladigan
rangga   bo‘yaladi.   Masalan,   o‘rmon,   bog‘,   tokzor   -   yashil   rangga,   ko‘l,
daryo, kanal,  hovuz, buloq - havo  rangga,   relyef va  uning elementlari,
jar, qum- jigarrangga bo‘yaladi. Adabiyotlar :
1. Niyozaliev, Otabekov va boshqalar  "Agrokimyodan amaliy
mashg’ulotlar" Toshkent "Mexnat" 1989 y.
2. A Mavlonov, I.CHumachenko, A Abdujalolov "Paxtachilikda
agroximya xizmati" Toshkent, "O’zbekiston" 1978 y.
3. Ф.А.   Юдин.    "Методика   агрохимических   исследований"
Москва. "Колос" 1980 г.
4. Составление  и   использавание  почвенних   карт.  Под  ред
к.с-х. н. А.Д. Кашанского. Москва. Агропромиздат 1987 г.
5. Ю.Федорин, АПонамарева  "Составление  агрохимических
картограмм" Казсельхозгиз, 1964 г. Алма-Ата.
6. Пособие    по    агрохимическому    обслуживанию    хозяств
Казакистана.   Под   обш   ред.   Ю.С   Папенко.   Алма-Ата "Кайнар", 
1977 г

DALADA OLINGAN MA’LUMOTLARNI DASTLABKI ISHLASH, EKSPLIKASIYA TUZISH, DALA TUPROQ XARITASI-NI TUZISH, TUPROQ CHEGARALARINI BIR-BIRIGA MOSLASH Reja: 1. Katta masshtabda tuproqni xaritalashda dala ishlari turi. 2. Tuproq chegaralarini bir - biriga moslash. 3. Dala tuproq xaritasini tuzish. 4. Shartli belgilarni yozish

1. Tuproqni xaritalashdagi V.V. Dokuchayevning geografik usuli va uning ahamiyati. Tekshirilayotgan joyni yayov yurib aylanib chiqish natijasida va tuproq paydo qiluvchi sharoitlarni aniqlanadi, topografik asosga yoki aerofotosuratga mos tushmayotgan tafsilotlar o’zgarishlar kiritilib ishchi xarita tushiriladi. Ekin maydonlaridagi qishloq xo’jalik ekinlarining, zovurlarning xolati va oqova suvlarning mavjudligi xaqida ma’lumotlar ishchi xaritasiga tushirilib boriladi. O’rganilayotgan joydagi tuproqning agronomik ko’rsatkichlari bo’yicha ma’lumot to’planadi, bunda yerlarni sug’orish davri, tarixi, agronomik va meliorativ tadbirlar, o’g’itlash, eroziyaga qarshi kurash choralari, qishloq xo’jaligi ekinlarini 3-5 yil bo’yicha hosili xaqida ma’lumotlar to’planadi. Dalada tuproq tekshiruv ishlarini olib borish tartibi. Tekshirilayotgan maydonni o’ziga xos xususiyatga asoslanib yo’nalishini belgilab olinadi, tuproq chuqurlarining turlari va ularni vazifalari, tuproq turlariga qarab joylashish topografik asosga tushiriladi. 2. Tuproq chuqurlari kavlangan joylar masshtabda o’lchab joyga bog’lab keyinchalik topishga osonlashtirib xaritaga tushiriladi. Asosiy tekshiruv chuqurlarini kerakli joylarga tushiriladi va tuproq ko’rinishlari, chegaralari ajratiladi; ularni bog’lab va xaritaga tushiriladi; qo’shni yerdan foydalanilayotgan xo’jalik xaritalariga chegarlarni mos tushirish va bog’lanib quyilib ketishini ta’minlash. Chegaralashda to’g’ri kelmas ko’rsatkichni me’yori, har bir masshtab turida har xilligi, tabiiy tarqalgan tuproq turlarini tarqalishini xaritalash masshtabiga qarab eng kichkina tuproq turini belgilash va xaritaga tushirish asoslari. Ko’p xilli tuproq turlarini xaritaga tushirishdagi xaritalashni o’ziga xosligi. Dala kundaligini tuzish; bog’lash, relyefni yozish, o’simliklar sharoiti ona jinsli qatlamlarini morfologik belgilari, dala sharoitida nomlangan tuproq nomi. Xaritalash masshtabi va satx qiyinligi darajasiga, kategoriyasiga qarab tuproq chuqurini sonini aniqlash. Tuproq chuqurligi turlari o’rtasida nisbat, ularni topografik asos va aerofotosuratlarni ishlatilganidagi o’zgarishi. Dala ishlari davrida genetik qatlamlaridan tuproq namunasini olish shartlari. Olingan chuqur tuproqdagi namunalarni sonini shartli 6 ga teng deb olib, masshtabga qarab namunalar sonini analizga topshiriladigan namunalarni nechtasini qaysi ximyaviy

analizlar sonini belgilanadi. Katta masshtabdagi tuproq xaritalarni tuzishda tuproqni fizikaviy xususiyatlarini o’rganish, to’liq va kiskartirilgan dastur. Tuproq fizik xossalarini o’rganishdagi ish hajmini aniqlash. Analitik reja tuzish, analiz turlarini tuproq turlariga qarab belgilash. Ximiyaviy analiz natijalarini tekshirish. Dala tuproq xaritasini bezash (tuzish). Yerdamchi xujjatlardan ximiyaviy analiz turlari mavjudligi ruyxatini tuzish, tuproq morfologik beligilarini yozish, olingan namunalar, analitik reja, xo’jalik xaqida ma’lumot, dastlabki tuproqlardan samarali foydalanish xulosasi. Dala ishlarini sifati tekshiruvi va bu xaqda tuzilgan ma’lumotnoma. Dala ishlari davrini tog’li sharoitda tog’ oldi adirlarda, past - tekisliklarda, cho’l zonalarida, sho’rlangan yerlardagi qilinadigan ishlarni o’ziga xos xususiyatlari. Tuproq turlari bo’yicha ajratuvchi chegaralar va ularni topografik asoslarga tushirish asosan dala sharoitida belgilanadi. Ma’lumki, tuproq murakkab tuproq hosil qiluvchi omillarning kompleksida shakllanadi. Bu omillarning (tuproq hosil qiluvchi tog’ jinslari, iqlim, o’simlik va xayvonot dunyosi, relyef, yerning yoshi, inson faoliyati) har - xil darajada bo’lishi munosabati bilan tuproqlarning xossalari va tarkibi turlicha shakllanishi mumkin. 3. Tuproq hosil qiluvchi sharoitini o’zgarishini tuproq turini o’zgarishi bilan bog’liqdir. Shu sababli dala sharoitida olib borilgan tadkikot ishlarida yerning relyefi, o’simligi, tuproq hosil qiluvchi ona jinsi, tuproqlarning madaniylashtirish darajasiga ko’ra tuproqlarning mexanikaviy tarkibi, strukturalik xolati va boshqa belgilarining o’zgarish qonuniyatlarini aniqlash va boshqa belgilarining o’zgarish qonuniyatlarini aniqlash va yozish lozimdir. Tuproq chegaralarini yirik masshtabli tuproq syemka ishlarida tuproq chegaralrini aniqlashda S.F.Negovelov tomonidan ixtiro qilingan Bur- shup yordamida aniqlash mumkin. Tuproq chegaralarini yuza qismining tuproq namunalarini takkoslash yo’li bilan ham belgilash mumkin (bularga yuqori gorizontlarining morfologik belgilari kiradi: tusi, mexanikaviy tarkibi, strukturasi va x..k.). Topograf va tuproqshunos tuproqni relyefini qaysi qismda joylashganligiga qarab ham instrumental syemka o’tkazadi. Masalan, kashtan zonaning tuproq kompleksi.

1. To’q kashtan tuproqlar 2. To’q tusli quyi qismi tuproqlar 3. Sho’rtoblar 4. Sho’rtoblarning foiz miqdorini aniqlash uchun kadamlab o’lchash usubi yoki saylangan maydonlar uslubi bilan aniqlash mumkin. Topografi k shart li belgilar haqida t ushuncha . Kartalarda har xil ob’ektlarni (predmet, hodisa, jarayon va h.k.) va ularni sifat va miqdor ko‘rsatkichlarini ifodalash uchun qo‘llaniladigan grafik simvollarga kartografik shartli belgilar deyiladi. Bu belgilar mumkin qadar sodda, ko‘p joy egallamaydigan va shu bilan birga bir-birlaridan aniq ajralib turadigan va oson chiziladigan hamda o‘qiladigan bo‘lishlari kerak. Alohida ob’ektlarni kartografik belgilari ikkita asosiy funksiyani bajaradi: birinchidan – ob’ektlarni turini ko‘rsatadi (quduq, shosse, botqoqlik va b.) va ularni ayrim miqdor va (yoki) sifat tavsiflarini (masalan, quduqdan ma’lum vaqtda olinadigan suv miqdorini, shosse qatnov qismining eni va ustiga yotqizilgan materialning turi, botqoqning yurib o‘tishga yaroqligi; ikkinchidan – ob’ektni fazoviy holatini aniqlaydi, ushbu ob’ektlarning planli o‘lchamlarini va shakllarini, yoki ularni «fazosini» modellashtiradi. Ko‘pincha belgilar hodisani vaqt mobaynida o‘zgarishini (shaharlarni o‘sishi, daryolarni toshishini va h.k.), ko‘chib yurishini (ekspeditsiyalarni marshrutini, siklonlarning traektoriyasini) va boshqa jarayonlarni aks ettiradi. Kartalarda belgilarning hammasi jamuljam bo‘lib ancha keng funksiyalarni bajaradilar. Ular ob’ektlarni o‘zaro uyg‘unligini va aloqadorligini ko‘rsatadi, hodisalarni fazoviy obrazlarini shakllantiradilar, ularni joylanishidagi qonuniyatlarni va xususiyatlarini aniqlash imkonini beradilar. Natijada kartani alohida belgilarda mujassamlashgan informatsiyalar yig‘indisidan ortiq bo‘lgan yangi bilimlar beradi. Bundan tashqari belgilarni guruhlarga ajratish hodisalarni

holati, differensiatsiyasi, o‘zaro bir-biriga ta’siri va vaqt mobaynida o‘zgarishini fazoviy tavsiflash uchun keng imkoniyat ochadi. Qadimgi kartalarda voqea va hodisalar perspektiv suratlar bilan ko‘rsatilgan. Bunday suratli rasmlar alohida izohlarsiz ham tushunarli bo‘lgan (3.1-rasm) . Dastlabki vaqtlarda alohida ob’ektlarni suratlari individual bo‘lgan. Masalan, shaharlarni planida diqqatga sazovor binolarni arxitekturasini aks ettirishga harakat qilganlar. Keyinchalik perspektiv suratlar, ayniqsa mayda masshtabli kartalarda, o‘zlarini individualliligini yo‘qota boshlaganlar va ular o‘xshash ob’ektlar uchun umumiy qilib bajariladigan bo‘ldilar. Masalan, alohida guruh manzilgohlar (qishloqlar, posyolkalar, shaharlar, qal’alar va sh.k.) uchun o‘zlarining alohila qabul qilingan perspektiv belgilaridan foydalaniladigan bo‘lindi. Mana shu fakt individual tavsiflardan turdosh tushunchalarga o‘tish kartografik belgilarni kiritilishini anglatdi, qaysiki ularni tushunmoqlik uchun izohlab (sharhlab) berish zarurati tug‘ildi.