DARYO OQIMI ME’YORI VA UNI HISOBLASH
DARYO OQIMI ME’YORI VA UNI HISOBLASH Reja: 1. O`rtacha ko‘p yillik oqim (oqim me’yori) va uni hisoblash usullari 2. Oqimning qisqa va uzun qatorlari uchun oqim meyorini hisoblash
Daryolarning oqim meyorini to‘g‘ri aniqlashga gidrologik hisoblashlarda alohida e’tibor beriladi. Bu mavzuda daryoning o‘rtacha ko‘p yillik oqimini gidrometrik ma’lumotlar yetarlicha bo‘lganda va ma’lumotlar kam, ya’ni qisqa qator bo‘lgan holllarda hisoblash usullari yoritilgan Oqim xarakteristikalarini hisoblashda daryo va daryo havzasining quyidagi gidrologik va tabiiy-geografik elementlari qo‘llaniladi: 1. Daryoning suv yig‘ish maydoni; 2. Daryoning uzunligi; 3. Daryoning nishabligi; 4. Daryo havzasining o‘rtacha balandligi; 5. Havzaning o‘rmon, ko‘l, botqoqliklar va muzliklar bilan qoplanganlik darajasi. Oqimning o‘rtacha ko‘p yillik miqdori sifatida o‘z ichiga taxminan baravar ko‘p suvli va kam suvli yillarni kiritgan qator uchun hisoblab chiqilgan o‘rtacha arifmetik qiymat qabul qilinadi. Matematiklar izohi bo‘yicha oqim me’yori deb cheksizlikka intiluvchi “n” qator uchun olingan o‘rtacha ko‘p yillik oqim qiymatiga aytilib, quyidagicha ifodalanadi:Q0= ΣQ i N , N → ∞ . Lekin gidrologiyada kuzatilgan qator “n” cheklanuvchi qiymat, shuning uchun oqimning o‘rtacha ko‘p yillik miqdori ( ) q formulasi bilan ifodalanadi. Bu yerda -alohida yillar uchun oqim qiymati, n- kuzatilgan yillar soni. Oqimning o‘rtacha ko‘p yillik qiymatini oqim me’yori deb qabul qilish uchun maxsus qatorning o‘rtacha kvadratik xatoligini hisoblash kerak: Q 0= Q − ± ,
bu yerda, -oqim meyori; -ko‘p yillik davr uchun oqimning o‘rtacha qiymati; -qatorning o‘rtacha kvadratik xatoligi. Bu xatolik quyidagi formula yordamida aniqlanadi: = 100 ∗Cv √n . Bu formuladan ko‘rinib turibdiki, qatorning o‘rtacha kvadratli xatoligi yillik oqimning o‘zgaruvchanlik koeffitsiyentiga (C v ) to‘g‘ri va kuzatilgan yillar soniga (n) teskari proportsionaldir. Gidrologik hisoblarda ning qiymati 5-10 % dan oshmasligi kerak. Agar 5-10 % bo‘lsa, unda o‘rtacha ko‘p yillik oqim miqdori oqim meyori deb qabul qilinadi. Yillik oqimning o‘zgaruvchanlik koeffitsiyenti S v ning qiymati qancha katta bo‘lsa, oqim meyorini hisoblash uchun kuzatilgan yillar soni shuncha uzun qator bo‘lishi kerak. Quyidagi jadvalda o‘zgaruvchanlik koeffitsiyentiga qarab kuzatilgan yillar sonining o‘zgarishini ko‘ramiz. C v g‘ 4% 10 % 20 % 0,15 14 5 2 0,50 156 25 6 Oqim meyorini hisoblash usullari. Oqim meyorini hisoblash amaliyotda quyidagi uch holat uchun olib boriladi: 1. Gidrometrik kuzatish yillari qatori yetarlicha uzun bo‘lganda; 2. Gidrometrik kuzatish yillari qatori qisqa bo‘lganda; 3. Gidrometrik kuzatishlar umuman olib borilmaganda. Birnchi holat uchun oqim meyori quyidagicha hisoblanadi. Kuzatish yillari yetarlicha uzun qator uchun oqimning o‘rtacha arifmetik qiymati va o‘rtacha kvadratli xatoliklari hisoblanadi: q ; va , %.
Agar, 5-10 % bo‘lsa, kuzatish yillari yetarlicha uzun qator deb olinib, oqimning o‘rtacha arifmetik qiymatini oqim meyori deb qabul qilamiz. Agar > 5-10 % bo‘lsa, olingan qator yetarli emas, ya’ni qisqa qator deb qabul qilinib va shu davr uchun hisoblangan oqimning o‘rtacha arifmetik qiymati oqim meyori deb qabul qilinmaydi va oqim meyori boshqa usullar yordamida hisoblanadi. Kuzatish yillari qisqa qator bo‘lganda oqim meyorini hisoblash usullari Bu holatda oqim meyorini hisoblash uchun quyidagi usullar ishlatiladi: a) analogiya (o‘xshashlik) usuli; b) Kritskiy-Menkel regressiya tenglamasi yordamida v) ta’minlanish egri chizig‘i yordamida. Analogiya usuli-bu usulni ishlatishda hisoblash kerak bo‘lgan daryo uchun “analog” daryo yoki stvor tanlanadi. “Analog” qilib kuzatish yillari yetarlicha uzun qator bo‘lgan daryo yoki shu daryoga tegishli boshqa stvor olinishi mumkin. “Analog” tanlashda quyidagi shartlarga e’tibor berish kerak. 1. Tabiiy-geografik sharoitning mosligi; 2. Iqlim sharoitining o‘xshashligi; 3. Oqim hosil bo‘lish sharoiti, jumladan, tuproq tuzilishi, o‘rmon, ko‘l va botqoqlik, haydalgan yerlar bilan qoplanganlik darajasining yaqinligi; 4.Daryolarning suv yig‘ish maydonlarining (Qs) farqi 10 martadan oshmasligi; 5. Havzalarning o‘rtacha balandliklarining farqi 300-500 metrdan oshmasligi; 6. Tabiiy oqim rejimiga keskin ta’sir qiluvchi omillar (suv omborlari, kanallar, kollektorlar) ning bo‘lmasligidir. “Analog” daryo yoki stvor tanlab olganimizdan keyin ikkala, ya’ni hisoblash stvori (Q h ) va analog (Q a ) orasidagi bog‘lanish grafigi chiziladi va Q h =f(Q a ) bog‘lanishning zichligi aniqlanadi. Buning uchun ikkala stvorning parallel kuzatish davri uchun korrelyatsiya koeffitsiyenti ( r ) hisoblanadi. Agar korrelyatsiya (bog‘lanish) koeffitsiyenti r 0,7 bo‘lsa, bog‘lanish qoniqarli deb hisoblanadi va analog sifatida tanlangan daryo yoki stvor mos deb topiladi. Korrelyatsiya koeffitsiyentining chegaralangan xatoligi
Ye r = 0,67 ifoda yordamida aniqlanadi. chegaralangan xatolik 4*Ye r ko‘paytma bilan ifodalanadi va r 4 * Ye r munosabat saqlanishi kerak. So‘ngra Q xq f (Q a ) bog‘lanishning to‘g‘ri chiziqli regressiya tenglamasini hisoblaymiz: ( h - ih ) = R , bu yerda h -hisoblash stvori bo‘yicha kuzatilgan yillar uchun olingan suv sarfining o‘rtacha qiymati, m 3 s ; ih -hisoblash stvori bo‘yicha konkret yillar suv sarfi, m 3 s; -analog bo‘yicha oqim meyori; -analog bo‘yicha alohida yillar suv sarfg‘i; - regressiya koeffitsiyenti . Hisoblash natijasida hosil bo‘lgan tenglamadan foydalanib, hisoblash stvori bo‘yicha kuzatish olib borilgan alohida yillar suv sarfini ( ih ) o‘rganilgan analog daryoning suv sarfi yordamida hisoblab, qisqa qatorni tiklaymiz, ya’ni uzun qatorga keltiramiz. So‘ngra, hisoblash stvori bo‘yicha tiklangan suv sarflari qatorining o‘rtacha qiymati ( ) va xatolik ( ) aniqlanadi. Agar 5-10 % saqlansa, unda aniqlangan o‘rtacha arifmetik oqim qiymati oqim meyori deb qabul qilinadi. Agar 5-10 % bo‘lsa, hisoblash stvori uchun boshqa analog izlanadi. Kritskiy-Menkelü regressiya tenglamasi yordamida oqim meyorini aniqlash quyidagi ifoda bo‘yicha olib boriladi: N Na ( ), bu yerda: -hisoblash stvori bo‘yicha oqim meyori, m 3 s, -hisoblash stvori bo‘yicha kuzatilgan qisqa qator suv sarflarining o‘rtacha arifmetik qiymati, m 3 s; r-hisoblash va analog stvorlari bo‘yicha parallel kuzatish yillari suv sarflari orasidagi bog‘lanishni belgilovchi korrelyatsiya koeffitsiyenti;