DARYO OQIMINING HOSIL BO‘LISH XUSUSIYATLARI
DARYO OQIMINING HOSIL BO‘LISH XUSUSIYATLARI Reja: 1. Iqlimiy omillarning oqim hosil bo‘lishiga ta’siri. 2. Daryo havzasi relefining oqim hosil bo‘lishiga ta’siri. 3. Tuproq qoplamining oqim hosil bo‘lishiga ta’siri 4. O‘simlik qoplamining oqim hosil bo‘lishiga ta’siri. 5. Inson xo‘jalik faoliyatining daryo oqimiga ta’siri.
Daryo oqimi yomg‘ir suvlari hamda tog‘lardagi qor va muzlikning erishi hisobiga hosil bo‘ladi. Har ikki holda ham hosil bo‘lgan suvning bir qismi bug‘lanadi, faqat qolgan qismigina oqimning hosil bo‘lishida ishtirok etadi. ¨mg‘irning yog‘ishi yoki qor va muzliklarning erishi jadalligi, yer ostiga shimilishi hamda bug‘lanishning birgalikdagi jadalligidan katta bo‘lgandagina oqim hosil bo‘ladi. Daryo oqimining hosil bo‘lishi juda murakkab jarayon bo‘lib, uning hosil bo‘lishiga quyidagi tabiiy-georafik omillar ta’sir etadi: havzaning iqlim sharoiti; havzaning relefi; havzaning tuproq sharoiti; havzaning o‘simlik qoplami; havzaning geologik tuzulishi; havzada ko‘llar, botqoqliklar va muzliklarning mavjudligi. Sanab o‘tilgan omillar, faqat oqimning hosil bo‘lishi va uning umumiy miqdoriga ta’sir ko‘rsatibgina qolmaydi. Bu omillar daryo oqimining yil ichida va shuninngdek hududlar bo‘ylab taqsimlanishiga ham ta’sir qiladi. U yoki bu omilning daryo oqimiga bo‘lgan ta’sirini alohida ajratib ko‘rsatish va uni tekshirish juda qiyin vazifadir. Chunki bu omillarning hammasi birgalikda harakat qiladi, ko‘pchilik hollarda esa bir-birlari bilan bog‘langandir. Iqlimiy omillarning oqim hosil bo‘lishiga ta’siri. Ma’lumki, iqlimiy omillar deganda atmosfera yog‘inlari, havoning harorati, havo namligi, shamol kabilar tushuniladi. Shu omillardan qaysi birining oqimga hal etuvchi va bevosta ta’sir etishini bilish uchun daryo havzasining suv muvozanati tenglamasiga murojat etaylik. Ma’lumki, u quyidagi ko‘rinishga ega: X 0 =U 0 +Z 0 yoki U 0 =X 0 -Z 0 bu yerda: X 0 -havzaga yog‘adigan o‘rtacha ko‘p yillik yog‘in miqdori, Z 0 -havzada bo‘ladigan bug‘lanishning o‘rtacha ko‘p yillik miqdori, U 0 -daryo oqimining o‘rtacha ko‘p yillik miqdori.
Shu tenglamalardan ko‘rinib turibdiki, iqlimning daryo oqimiga ta’sir etuvchi asosiy elementlari atmosfera yog‘inlari va bug‘lanishdir. Bir xil tabiiy sharoitda daryo havzasiga qancha ko‘p yog‘in yog‘sa, oqim shuncha ko‘p miqdorda hosil bo‘ladi. Ular orasidagi bog‘liqlikni analitik ko‘rinishda quyidagicha ifodalash mumkin: U 0 = f(X 0 ). Biroq bu bog‘liqlik hamma vaqt ham bo‘lavermaydi. Chunki oqim miqdoriga faqat yog‘inning oz va ko‘p bo‘lishi ta’sir ko‘rsatibgina qolmasdan, balki uning yil ichida taqsimlanishi harakteri ham muhim o‘rin tutadi. Masalan, yog‘inning ko‘p qismi yilning sovuq davrilarida yog‘sa, u vaqtda uning ancha qismi oqim sifatida daryoga kelib qo‘shiladi, ya’ni daryo oqimi bilan yog‘in o‘rtasida yetarli darajada bog‘liqlik bo‘ladi. Agar yog‘inning asosiy qismi yilning issiq fasllarida yog‘sa, u vaqtda yog‘inning katta qismi bug‘lanishga va yer ostiga shimilishga sarf bo‘ladi. ¨g‘inning qolgan qismigina oqimni hosil bo‘lishida qatnashadi. Yuqorida aytib o‘tilganidek, daryo oqimiga bevosita ta’sir ko‘rsatuvchi ikkinchi iqlimiy omil-bu bug‘lanishdir . Bu yerda shu narsani hisobga olish zarurki, bug‘lanish havo haroratiga bog‘liq bo‘lish bilan birga u ma’lum darajada yog‘in miqdoriga ham bog‘liq bo‘ladi. Yuqorida aytilganlardan shunday hulosa chiqadiki, daryo oqimining asosiy iqlimiy omillaridan bo‘lgan yog‘in va bug‘lanishni alohida tekshirib bo‘lmas ekan. Huddi shu kabi oqim hosil bo‘lishida qolgan iqlimiy omillar (havo namligi, shamol va boshqalar) ham bir-biriga bog‘liq holda doimiy ta’sir etib turadi. Daryo havzasi relefining oqim hosil bo‘lishiga ta’siri. Daryo oqimining hosil bo‘lishiga havza relefi bevosita va bilvosita ta’sir etishi mumkin. Relefning oqimga bevosita ta’siri havzaning nishabligi orqali ifodalanadi. Agar havzaning nishabligi katta bo‘lsa, oqim jadal suratda hosil bo‘lib, uning daryo o‘zaniga oqib kelish vaqti qisqaradi. Shu bilan birga yer ostiga shimilish va bug‘lanishga ham kam miqdorda miqdorda suv sarflanadi. Havzaning, yonbag‘irlarining nishabligi nisbatan kichik bo‘lganda esa yuqorida bayon qilinganlarning aksi kuzatiladi.
Havza relefining oqim hosil bo‘lishiga bilvosita ta’siri juda kattadir. Bu ta’sir suv muvozanatining asosiy elementlari bo‘lgan yog‘in-sochin, bug‘lanish. yer ostiga shimilish va havzada to‘planadigan suv miqdori orqali seziladi. Suv muvozanati elementlariga va ular orqali daryo oqimiga balandlik mintaqalari juda katta ta’sir ko‘rsatadi. Ortiqcha va yetarli darajadagi namlikka ega bo‘lgan tekislik hududlarida balandlikning uncha katta bo‘lmagan o‘zgarishi ham yog‘in miqdoriga va daryo oqimiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, Valday tepaliklarida (dengiz sathidan 200-300 m) yillik yog‘in miqdori 700mm ga yetsa, u bilan yonma-yon joylashgan xududlarda 550mm yog‘in yog‘adi. Tog‘li hududlarda daryo havzasining suv muvozanati elementlari balandlik bo‘yicha keskin o‘zgaradi. Yillik yog‘in miqdori (tog‘ tizimining o‘rniga bog‘liq holda) ma’lum balandlikkacha ortib boradi, shundan so‘ng balandlik ortib borishi bilan yog‘in miqdori kamaya boradi. Masalan, Iliorti Olatovining shimoliy yon bag‘irlarida yog‘in miqdori 2250m balandlikkacha ortsa, Jung‘or Olatovida bu balandlik 3200-3400m ni tashkil etadi. ¨g‘in miqdoriga yonbag‘irlarning nam havo oqimi yo‘nalishiga nisbatan joylashishi katta ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, Hisor tog‘ tizmasining janubi-g‘arbiy yon bag‘irlariga yiliga 1500-2000mm yog‘in yog‘sa, Pomir tog‘ining ichki hududlarida yillik yog‘in miqdori atigi 400-600 mm ni tashkil etadi. Balandlikning ortishi yog‘in turiga ham ta’sir etadi, balandlikka mos ravishda yog‘inning umumiy miqdoriga nisbatan qorning hissasi ortib boradi. Bu esa o‘z navbatida oqim koeffitsiyentining o‘sishiga olib keladi. Umuman tog‘li o‘lkalarning gidrologik sharoitida relefning ahamiyati nihoyatda kattadir. Relef gidrologik xodisalarga, shu jumladan oqim hosil bo‘lish jarayoniga ko‘pincha bevosita emas, balki tabiiy-geografik, ayniqsa, iqlimiy omillar orqali ta’sir etadi. Tuproq qoplamining oqim hosil bo‘lishiga ta’siri Har qanday daryo havzasi yuzasining ma’lum qismi tuproq bilan qoplangan bo‘ladi. Tuproq qoplamining oqim hosil bo‘lishiga ta’siri uning suv shimilish va shimilgan suvni o‘zida ushlab tura olish imkoniyati bilan harakterlanadi. Tuproq
qoplamining shu xususiyatiga bog‘liq holda yer osti va yuza oqimlar miqdori ham turlicha bo‘ladi. Tuproq qoplamining suv shimish qobiliyati, uning tabiiy-mexanik va tabiiy- kimyoviy xususiyatlariga bog‘liqdir. Tuproq zarrachalarining o‘lchamlari qancha katta bo‘lsa, u shuncha ko‘p miqdordagi suvni shimadi. Masalan, qumli tuproq, loy tuproqqa nisbatan 5-10 marta ko‘p suvni shimadi. Natijada birinchi turdagi tuproqlar ko‘p tarqalgan havzalarda daryo oqimining asosiy qismini yer osti suvlari tashkil etadi. Tuproq qoplamining oqimning hosil bo‘lishiga ta’siri haqida gap ketganda havzadagi haydalgan yerlar maydonlariga ham e’tibor berish kerak. Ayrim kuzatishlar va ilmiy tadqiqot ishlari natijalarining ko‘rsatishicha haydalgan yerlarda haydalmagan maydonga nisbatan oqim 40-80% miqdorda kam hosil bo‘ladi. O‘simlik qoplamining oqim hosil bo‘lishiga ta’siri. Daryo havzasidagi o‘simlik qoplamining oqim hosil bo‘lishiga ta’siri quyidagi ko‘rinishlarda o‘z ifodasini topadi: 1) o‘simlik qoplami atmosfera yog‘inlarining bir qismini o‘zida ushlab qoladi va bu bilan yog‘inning yanada ko‘proq qismining bug‘lanishiga imkon beradi.; 2) o‘simlik qoplami ildizlari yordamida doimiy ravishda tuproqdan ma’lum miqdordagi namlikni olib, o‘z tanasi orqali bug‘latib turadi (transpiratsiya); 3) o‘simlik qoplami o‘z tanasi bilan tuproq yuzasini to‘sadi, uni isib ketishiga yo‘l qo‘ymaydi va natijada bug‘lanish miqdorini kamaytiradi; 4) o‘simlik qoplami yer yuzasi g‘adir-budirligini orttiradi, bu esa yuzada suvning oqish tezligini kamaytirib, ko‘p miqdordagi suvning yer ostiga shimilishiga imkon beradi; 5) o‘simlik qoplami, ayniqsa o‘rmonlar yer sirtidagi qorning erishini sekinlashtiradi va bu bilan yer ostiga shimilishni kuchaytiradi; 6) o‘simlik qoplami tuproqning tabiiy hususiyatlarini keskin o‘zgartirib yuboradi;