logo

DARYOLAR OQIMINING YIL DAVOMIDA TAQSIMLANISHI

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

103.0966796875 KB
DARYOLAR OQIMINING YIL DAVOMIDA TAQSIMLANISHI
Reja: 
1. Oqim normasini aniqlashda daryo oqimining o‘zgaruvchanligini hisobga 
olish
2. Daryo oqimining yil davomida taqsimlanishi Daryo   oqimi   yillararo   o‘zgarib   turadi,   ya’ni   daryoda   bir   yil   suv   ko‘p   bo‘lsa,
ikkinchi   yili   unga   nisbatan   kamroq   bo‘lishi   mumkin.   Bu   o‘zgarishlar   iqlimiy
omillarga   bog‘liq   bo‘lib,   aniq   bir   qonuniyatga   bo‘ysunmaydi,   lekin   oqimning
ma’lum   bir   o‘rtacha   miqdori   atrofida   tebranib   turadi.   Tebranish   amplitudasi   turli
daryolarda turlicha qiymat larga ega bo‘ladi.
Daryo   oqimini   bir   necha   yillar   (25 30   yil)   davomida   uzluksiz   kuzatish
natijasida   hosil   bo‘lgan   qatorni   taso difiy   miqdorlar   qatori   deb   qarash   mumkin.
Ma’lumki,   tasodifiy   miqdorlardan   hosil   bo‘lgan   qator   o‘zgaruvchan   variatsion
qator  deyiladi.
Kam   suvli   va   ko‘p   suvli   davrlarning   to‘la   sikli   uchun   aniqlangan   o‘rtacha
ko‘p yillik oqim miqdori  oqim nor masini  ifodalaydi.
O‘zgaruvchan   qatorning   asosiy   ko‘rsatkichlaridan   biri   o‘rtacha   arifmetik
miqdor yoki boshqacha aytganda norma (me’yor)dir. U quyidagi ifoda yordamida
hisoblanadi:У0=
∑i=1
n	
Уi	
n
 ,
ifodada  	
У0 oqim   me’yori,	∑i=1
n
Уi oqimning   yillik   miqdorlari   yig‘indisi,  	n kuzatish
yillari soni.
Oqim   normasini   aniqlashda   hisoblash   davrini   bel gilab   olish   muhimdir,
chunki daryo oqimi ham Quyosh faol ligi hamda iqlimning davriy siklli o‘zgarishiga
bog‘liq holda o‘zgarib turadi.
I.P.Drujinin,   G.P.Kalinin,   D.Ya.Ratkovich   kabi   olim lar   tadqiqotlarining
natijalari shuni ko‘rsatadiki, daryo oqimining davriy o‘zgarishi 2 3, 5 7, 10 12, 22 28
yillarda takrorlanib turadi.
Oqim normasini hisoblash uchun tanlab olingan qator bir yo‘la ko‘p suvli va
kam  suvli  davrlarni  qamrab olishi  zarur. Shu maqsadda  daryo oqimining yig‘indi
(integral) egri chizig‘i chizmasidan foydalaniladi (24 rasm, a). Integral egri chi ziqni
chizishda   daryo   oqimini   modul   koeffitsiyent lari   orqali   ifodalash   katta   qulaylik
yaratadi. Bu egri chi ziq daryo oqimining yillar bo‘yicha siklli o‘zgarishi davr larini yaqqol ko‘rsatib turadi.
Ma’lumki,   oqimning   modul   koeffitsiyenti   (Кi )   quyi dagi   ifoda   bilan
aniqlanadi:	
Кi=	
Уi	
У	урт
 ,
bu   yerda  	
Уi ma’lum   yildagi   oqim   miqdori,  	Уурт oqim   miqdo rining   butun   kuzatish
yillari bo‘yicha hisoblangan o‘rtacha qiymati. 2. Daryo oqimining yil davomida taqsimlanishi
Daryo   oqimining   yil   davomida   taqsimlanishini   o‘n   kun liklar   (dekada),   oylar,
fasllar,   mavsumlar   bo‘yicha   o‘rganish   mum kin.   Mazkur   muddatlar   bo‘yicha
oqimning taqsimlanishi daryoning to‘yinish manbalariga bog‘liq bo‘lib, shu daryo suv
rejimining   xususiyatlarini   o‘zida   aks   ettiradi.   Ma’lum   mud datlar   (dekada,   oy,   fasl)
bo‘yicha   oqimning   yil   ichida   taq simlanishini   yillik   oqimning   umumiy   miqdoriga
nisbatan hissalarda yoki foizlarda ifodalash mumkin.
Ma’lumki,   yilning   istalgan   muddati   uchun   daryo   hav zasining   suv
muvozanati tenglamasini quyidagi ko‘rinishda yozish mumkin:Уi=	Xi−	Zi±U	i
,
bu yerda: 	
Уi berilgan muddat ichidagi oqim miqdori; 	Xi shu muddat ichida havzaga
yoqqan   atmosfera   yog‘inlari   miqdori;  	
Zi bug‘lanish   miqdori;  	±Ui shu   muddat
ichida namlikning to‘planishi yoki sarflanishi.
Yuqoridagi tenglama elementlari orasidagi munosabat yil davomida o‘zgarib
turadi.   Bu   xulosa   O‘rta   Osiyo   daryolari   uchun   ham   o‘rinlidir,   chunki   ular
havzasida kuz va qish fasllarida namlik to‘planib, sarflanish asosan  bahor va yoz
oylarida kuzatiladi. Shu tufayli daryolar suv rejimini o‘rganishda ba’zan kalendar
yil o‘rniga gidrologik yildan foy dalaniladi. Gidrologik yil namlikning to‘planish va
sarflanish   siklini   to‘la   qamrab   oladi.   O‘rta   Osiyo   daryolari   uchun   gidrologik   yil
boshi sifatida 1 oktyabr qabul qilin gan (2.11.3 mavzuga qarang).
Havzaga   yog‘in   faqat   yomg‘ir   ko‘rinishida   yog‘sa,   daryo   oqimi   uning   yil
ichida   taqsimlanishini   takrorlaydi.   Lekin,   oqimning   asosiy   qismi   yilning   sovuq
davrlariga to‘g‘ri ke ladi, chunki bu vaqtda yer sirtida namlikning kattaligi tuproq-
gruntlarga bo‘ladigan shimilishni kamaytirsa, havo haroratining pastligi tufayli esa
bug‘la nish kamayadi. Bu holat o‘z navbatida oqim koeffitsiyentining yuqori bo‘li -
shi ni   ta’minlaydi.   Yilning   issiq   mavsumlarida   esa   yuqo ri da gi larning   aksi
kuzatiladi. Havzaga yog‘adigan yog‘inning ma’lum  qismi  qor  ko‘ri nishida yog‘sa, qor
qoplami   hosil   bo‘lib,   faqat   havo   harorati   iligandagina   oqim   hosil   bo‘ladi.   Agar
daryoning to‘yinishida boshqa manbalarning hissasi uncha katta bo‘lmasa, bunday
daryo larda   oqimning   70 90   foizi   bahorga   to‘g‘ri   keladi.   Qo zo g‘istondagi   Ishim
daryosining irmoqlarida xuddi shu holat kuzatiladi.
Qish   uzoq   davom   etadigan   shimoliy   hududlarda   esa   to‘linsuv   davri   yozga
to‘g‘ri kelib, oqimning asosiy qismi ham shu davrda oqib o‘tadi.
Baland   tog‘lardan   boshlanadigan   daryolarda,   shu   jum ladan   Amudaryo   va
Sirdaryoning yuqori qismidagi  irmoqlari  (Vaxsh, Panj, Katta Norin) da oqimning
yil ichida taqsimlanishi havo haroratining yillik o‘zgarishiga mos tushadi. Chunki,
bunday   daryolar   baland   tog‘lardagi   doimiy   qor   va   muzliklarning   erishidan   hosil
bo‘ladigan   suvlar   hisobiga   to‘yinadi.   Turli   balandlik   mintaqalaridagi   qor   va
muzliklarning turli vaqtlarda erishi to‘linsuv davrining cho‘zilishiga sabab bo‘ladi.
Shu   bilan   birga   ularda   to‘linsuv   davrida,   tekislik   daryolariga   nisbatan,   oqimning
bir ma-romda bo‘lishi kuzatiladi.
Daryoning   to‘yinishida   yer   osti   suvlari   hissasining   katta   bo‘lishi,   havzada
ko‘llarning   mavjudligi   ham   oqimning   yil   davomida   bir   maromda   taqsimlanishiga
ta’sir   etadi.   Bu   holat   Ladoga   ko‘lidan   boshlanadigan   Neva   daryosida,   Onega
ko‘lidan   boshlanadigan   Svir   daryosida,   Sarez   ko‘lidan   bosh lanadigan   Murg‘ob
(Pomirdagi)  daryosida yaqqol kuzatiladi. Oqimning yil  davomida taqsimlanishiga
ko‘lning   ta’siri   darajasi   uning   o‘lchamlariga,   shakliga,   suv   hajmiga,   ko‘ldan
suvning oqib chiqish sharoitiga va boshqalarga bog‘liqdir.
Oqimning yil davomida taqsimlanishini suv sarfini kuzatish ma’lumotlariga
ega   bo‘lgan   daryolarda   istalgan   mud dat   uchun   hisoblash   mumkin.   Quyida
oqimning yil da vomida oylar bo‘yicha taqsimlanishini hisoblash jadvali keltirilgan
(4 jadval).
4 jadval
Daryo oqimining yil davomida oylar bo‘yicha taqsimlanishini kuzatish 
(Qashqadaryo – Varganza qishlog‘i, 1988 yil) Oylar I II III IV V VI VI
I VII
I IX X XI XII YilQ	,м3/c
3,6
7 4,9
9 11,
5 25,
2 16,
5 7,
05 3,9
6 3,0
3 2,6
3 2,6
0 2,4
9 2,6
1 7,1
9	
Т,106c
2,5
8 2,4
2 2,5
8 2,5
9 2,6
8 2,
59 2,6
8 2,6
8 2,5
9 2,6
8 2,5
9 2,6
8 31,
54	
W	,10	6м3
9,8
3 12,
0 30,
8 65,
2 44,
2 18
,2 10,
6 8,1
2 6,8
1 6,9
7 6,4
5 6,9
9 226
,2	
W,
 4,3
4 5,3
0 13,
6 28,
8 19,
5 8,
04 4,6
8 3,5
8 3,0
1 3,0
8 2,8
5 3,0
9 100
Izoh:  Q -suv sarfi;   T -vaqt;  W -oqim hajmi Mazkur   jadval   ma’lumotlaridan   foydalanib,   daryo   oqi mining   yil   ichida
taqsimlanish chizmasi gidrograf chi ziladi  ADABIYOTLAR
1. Gandin   L.S.   Kogan   R.L.   Statisticheskiye   metodi   interpretatsii
meteorologicheskix dannix. -L.: GMI, 1976.
2. Gruza G.V., Reytenbax R.G. Statistika i analiz gidrometeorologicheskix
dannix. -L., GMI, 1982.
3. Gandin   L.S.,   Danovich   A.M.   i     dr.   Praktikum   po   chislennim   metodam
prognoza pogodi. -L.: GMI, 1978.      
4. Belov P.N Chislennie metodi prognoza pogodi. –L. GMI, 1975. 
5. Panovskiy   G.A.,   Brayer.   Statisticheskiye   metodi   v   meteorologii.   –L.
GMI, 1972. 
6. Grigorev   V.I.   Avtomatizirovannaya   obrabotka   gidrometeorologicheskoy
informatsii. –L. GMI, 1979.

DARYOLAR OQIMINING YIL DAVOMIDA TAQSIMLANISHI Reja: 1. Oqim normasini aniqlashda daryo oqimining o‘zgaruvchanligini hisobga olish 2. Daryo oqimining yil davomida taqsimlanishi

Daryo oqimi yillararo o‘zgarib turadi, ya’ni daryoda bir yil suv ko‘p bo‘lsa, ikkinchi yili unga nisbatan kamroq bo‘lishi mumkin. Bu o‘zgarishlar iqlimiy omillarga bog‘liq bo‘lib, aniq bir qonuniyatga bo‘ysunmaydi, lekin oqimning ma’lum bir o‘rtacha miqdori atrofida tebranib turadi. Tebranish amplitudasi turli daryolarda turlicha qiymat larga ega bo‘ladi. Daryo oqimini bir necha yillar (25 30 yil) davomida uzluksiz kuzatish natijasida hosil bo‘lgan qatorni taso difiy miqdorlar qatori deb qarash mumkin. Ma’lumki, tasodifiy miqdorlardan hosil bo‘lgan qator o‘zgaruvchan variatsion qator deyiladi. Kam suvli va ko‘p suvli davrlarning to‘la sikli uchun aniqlangan o‘rtacha ko‘p yillik oqim miqdori oqim nor masini ifodalaydi. O‘zgaruvchan qatorning asosiy ko‘rsatkichlaridan biri o‘rtacha arifmetik miqdor yoki boshqacha aytganda norma (me’yor)dir. U quyidagi ifoda yordamida hisoblanadi:У0= ∑i=1 n Уi n , ifodada У0 oqim me’yori, ∑i=1 n Уi oqimning yillik miqdorlari yig‘indisi, n kuzatish yillari soni. Oqim normasini aniqlashda hisoblash davrini bel gilab olish muhimdir, chunki daryo oqimi ham Quyosh faol ligi hamda iqlimning davriy siklli o‘zgarishiga bog‘liq holda o‘zgarib turadi. I.P.Drujinin, G.P.Kalinin, D.Ya.Ratkovich kabi olim lar tadqiqotlarining natijalari shuni ko‘rsatadiki, daryo oqimining davriy o‘zgarishi 2 3, 5 7, 10 12, 22 28 yillarda takrorlanib turadi. Oqim normasini hisoblash uchun tanlab olingan qator bir yo‘la ko‘p suvli va kam suvli davrlarni qamrab olishi zarur. Shu maqsadda daryo oqimining yig‘indi (integral) egri chizig‘i chizmasidan foydalaniladi (24 rasm, a). Integral egri chi ziqni chizishda daryo oqimini modul koeffitsiyent lari orqali ifodalash katta qulaylik yaratadi. Bu egri chi ziq daryo oqimining yillar bo‘yicha siklli o‘zgarishi davr larini

yaqqol ko‘rsatib turadi. Ma’lumki, oqimning modul koeffitsiyenti (Кi ) quyi dagi ifoda bilan aniqlanadi: Кi= Уi У урт , bu yerda Уi ma’lum yildagi oqim miqdori, Уурт oqim miqdo rining butun kuzatish yillari bo‘yicha hisoblangan o‘rtacha qiymati.

2. Daryo oqimining yil davomida taqsimlanishi Daryo oqimining yil davomida taqsimlanishini o‘n kun liklar (dekada), oylar, fasllar, mavsumlar bo‘yicha o‘rganish mum kin. Mazkur muddatlar bo‘yicha oqimning taqsimlanishi daryoning to‘yinish manbalariga bog‘liq bo‘lib, shu daryo suv rejimining xususiyatlarini o‘zida aks ettiradi. Ma’lum mud datlar (dekada, oy, fasl) bo‘yicha oqimning yil ichida taq simlanishini yillik oqimning umumiy miqdoriga nisbatan hissalarda yoki foizlarda ifodalash mumkin. Ma’lumki, yilning istalgan muddati uchun daryo hav zasining suv muvozanati tenglamasini quyidagi ko‘rinishda yozish mumkin:Уi= Xi− Zi±U i , bu yerda: Уi berilgan muddat ichidagi oqim miqdori; Xi shu muddat ichida havzaga yoqqan atmosfera yog‘inlari miqdori; Zi bug‘lanish miqdori; ±Ui shu muddat ichida namlikning to‘planishi yoki sarflanishi. Yuqoridagi tenglama elementlari orasidagi munosabat yil davomida o‘zgarib turadi. Bu xulosa O‘rta Osiyo daryolari uchun ham o‘rinlidir, chunki ular havzasida kuz va qish fasllarida namlik to‘planib, sarflanish asosan bahor va yoz oylarida kuzatiladi. Shu tufayli daryolar suv rejimini o‘rganishda ba’zan kalendar yil o‘rniga gidrologik yildan foy dalaniladi. Gidrologik yil namlikning to‘planish va sarflanish siklini to‘la qamrab oladi. O‘rta Osiyo daryolari uchun gidrologik yil boshi sifatida 1 oktyabr qabul qilin gan (2.11.3 mavzuga qarang). Havzaga yog‘in faqat yomg‘ir ko‘rinishida yog‘sa, daryo oqimi uning yil ichida taqsimlanishini takrorlaydi. Lekin, oqimning asosiy qismi yilning sovuq davrlariga to‘g‘ri ke ladi, chunki bu vaqtda yer sirtida namlikning kattaligi tuproq- gruntlarga bo‘ladigan shimilishni kamaytirsa, havo haroratining pastligi tufayli esa bug‘la nish kamayadi. Bu holat o‘z navbatida oqim koeffitsiyentining yuqori bo‘li - shi ni ta’minlaydi. Yilning issiq mavsumlarida esa yuqo ri da gi larning aksi kuzatiladi.

Havzaga yog‘adigan yog‘inning ma’lum qismi qor ko‘ri nishida yog‘sa, qor qoplami hosil bo‘lib, faqat havo harorati iligandagina oqim hosil bo‘ladi. Agar daryoning to‘yinishida boshqa manbalarning hissasi uncha katta bo‘lmasa, bunday daryo larda oqimning 70 90 foizi bahorga to‘g‘ri keladi. Qo zo g‘istondagi Ishim daryosining irmoqlarida xuddi shu holat kuzatiladi. Qish uzoq davom etadigan shimoliy hududlarda esa to‘linsuv davri yozga to‘g‘ri kelib, oqimning asosiy qismi ham shu davrda oqib o‘tadi. Baland tog‘lardan boshlanadigan daryolarda, shu jum ladan Amudaryo va Sirdaryoning yuqori qismidagi irmoqlari (Vaxsh, Panj, Katta Norin) da oqimning yil ichida taqsimlanishi havo haroratining yillik o‘zgarishiga mos tushadi. Chunki, bunday daryolar baland tog‘lardagi doimiy qor va muzliklarning erishidan hosil bo‘ladigan suvlar hisobiga to‘yinadi. Turli balandlik mintaqalaridagi qor va muzliklarning turli vaqtlarda erishi to‘linsuv davrining cho‘zilishiga sabab bo‘ladi. Shu bilan birga ularda to‘linsuv davrida, tekislik daryolariga nisbatan, oqimning bir ma-romda bo‘lishi kuzatiladi. Daryoning to‘yinishida yer osti suvlari hissasining katta bo‘lishi, havzada ko‘llarning mavjudligi ham oqimning yil davomida bir maromda taqsimlanishiga ta’sir etadi. Bu holat Ladoga ko‘lidan boshlanadigan Neva daryosida, Onega ko‘lidan boshlanadigan Svir daryosida, Sarez ko‘lidan bosh lanadigan Murg‘ob (Pomirdagi) daryosida yaqqol kuzatiladi. Oqimning yil davomida taqsimlanishiga ko‘lning ta’siri darajasi uning o‘lchamlariga, shakliga, suv hajmiga, ko‘ldan suvning oqib chiqish sharoitiga va boshqalarga bog‘liqdir. Oqimning yil davomida taqsimlanishini suv sarfini kuzatish ma’lumotlariga ega bo‘lgan daryolarda istalgan mud dat uchun hisoblash mumkin. Quyida oqimning yil da vomida oylar bo‘yicha taqsimlanishini hisoblash jadvali keltirilgan (4 jadval). 4 jadval Daryo oqimining yil davomida oylar bo‘yicha taqsimlanishini kuzatish (Qashqadaryo – Varganza qishlog‘i, 1988 yil)