logo

Dasturlash asoslari” fanini pedagogik va axborot texnologiyalari yordamida o’qitish metodikasi

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

1290 KB
Mavzu:  “Dasturlash asoslari” fanini pedagogik va
axborot texnologiyalari yordamida o’qitish metodikasi 
 
 
 
 
 
 
 
 
                                            
1
  Mundarija 
Kirish………………………………………………………………………….3 
I bob. Dasturlash asoslari fanini tashkil etishda pedagogik va axborot 
texnologiyalaridan foydalanish………...………………………………………...5 
1.1. Ta'lim jarayoni uchun elektron darslik yaratishning nazariy 
asoslari……………………………………………………………..……..…..5 
1.2. Dasturlash asoslari bo'yicha multimediyali o'rgatuvchi tizimni o'quv 
jarayoniga joriy etish…………………………………………………………8 
1.3. O'quv jarayoniga axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan 
Foydalanishni tadbiq etish …………………………………………….12 
II bob.   Dasturlash   asoslari   fanidan   “Dasturlash   asoslari.   Dasturlash   tillari   va
ularning klassifikatsiyasi” mavzusini o’qitish metodikasini ishlab chiqish.. 15 
2.1. Camtasia Studio dasturi haqida tushuncha……………………..…..15 
2.2. Mavzuning texnologik xaritasi……………………………………..19 
2.3. Dasturlash   asoslari   fanidan   ―Dasturlash   asoslari.   Dasturlash   tillari   va   ularning
klassifikatsiyasi  mavzusi ma'ruza mashg'ulotlarini o‘qitish ‖
metodikasi…………………………………………………………..…..20 
Xulosa………………………………………………………………………..29 
Adabiyotlar………………………………………………………………….30 
                                                     
2
                                                                Kirish. 
Informatika   atamasi   lotincha   information   suzidan   kelib   chikkan   bo`lib,   u   uzbekchada
tanishtirish,   tushuntirish,   bayon   etish   degan   ma`nolarni   anglatadi.   O'z   navbatida   xabar-
axborot   (informatsiyani)ni   tasvirlash   shakli   bo`lib,   u   nutk,   matn,   tasvir,   grafik,   jadval,
videotasvir, tovush va x.k. kurinishlarda ifodalaniladi.  
Umuman olganda, axborot – bu odamlar orasidagi , odamalar bilan EXMlar orasidagi,
jonli   va   jonsiz   tabiat   orasidagi   ma`lumot   almashinuvi   bo`lib,   keng   ma`noda   ilmiy
tushunchadir.   Informatika   bu   insoniyat   ffaoliyatining   bir   soxasi   bo`lib,   u   axborotni   xosil
kilish, saklash va kompgyuter yordamida kayta ishlash degan ma`noni bildiradi.  
Informatika   suzi   dastlab   XIX   asrning   60-yillarida   Frantsiyada   vujudga   keldi.   U
informatsiya   va   avtomatika   suzlarini   birlashtirishdan   iborat   bo`lib,   ma`lumotlarni
avtomatik   tarzda   kayta   ishlash   degan   ma`noni   ifodalaydi.   Ingliz   tilida   gapiruvchi
mamlakaatlarda   bu   fan   ―Computer   science     deb   ataladi.   Mustakil   fan   sifatgida‖
informatika   40-yillar   oxirida   texnika,   biologiya   ijtgimoiy   va   boshka   soxalarda
boshkarishning umumiy printsiplari haqidagi fan – kibernetika fani asosida shakllandi.  
Informatikaning   asosiy   vazifasi   –axborotning   kayta   ishlashning   yangi   usullari   va
vositalarini yaratish xamda ularni amaliyo1tda kullashdan iboratdir.   Informatika kuyidagi
masalalarni echadi: 
- ixtiyoriy axborot jarayonlarini tekshirish; 
- axborot  jarayonlarini tekshirish natijasida olingan bazani  kayta ishlash uchun eng
yangi texnika va texnologiyalarni yaratish. 
- Jamiyatning barcha jabxalarida kompgyuter texnikasi  va texnologiyasidan unumli
foydalanishning   ilmiy   va   muxandislikmuammolarini   echishning   yaratish   xamda   ularni
tatbik etish. 
Shartli ravishda informatika uchta uzaro boglik kismga bo`lish mumkin: 
- apparatli texnika vositasi; 
- dastur muxiti; 
- algoritmlar muxiti. 
3
  Informatika   keng   ma`noda   fan,   texnika   va   ishlab   chikarish,   ya`ni   inson   faoliyatining
barcha   soxalarida   axborotni   kompgyuter   va   telekommunikatsiyalar   yordamida   kayta
ishlash, uzatish bilan boglik bo`lgan yagona soxadir.  
Uz navbatida insonning ixtiyoriy faoliyat dolirasi, shu bbilan fanning xar bir tarmogi ,
uxox   ijtimoiy.   Tabiiy   bo`lsin,   undagi   axborot   uzining   maxsus   tomonlari   bilan
tavsiflaniladi.   Masalan,   iktisodiyot,   yuridik,   filologiya   va   jurnalistika   axborotlari   haqida
gapiradjigan bo`lsak, bu shu soxa mutaxassislarining xizmat burchlavrining muvaffakiyatli
bajarishlari uchun zarur bo`lgan, doimo yangilanib turuvchi bilim va ma`lumotlar tuplami
bo`lib xisoblaniladi.  
Axborot   –   bu   anik   va   amalda   kullaniluvchi   ma`lumotdir.   Ma`lumotlar   esa   xabarlar,
kuzatishlar,   natijalarni   uz   ichiga   oladi.   Biror   zaruriyat   buyicha   imkoniyat   tugilganda
masalan narsa tugrisidagi bilimni oshirish paytida u axborotga aylanadi.  
Axborotning   amalda   kullanilishining   zarur   sharti   uning   uz   vaktidaligi   va   adekvatligi.
Adekvatlik   –   bu   olingan   axborot   asosida   kurilgan   obrazning   haqikiy   ob`ektga   kanchalik
mosligini beradi va u uch xil formada ifodalaniladi: 
- Sintaktik   adekvatlik:   bu   axborotning   uzatash   tezligi,   anikligi,   kodlashtirish
sistemasi, tashki ta`sirlarning mavjudligi va shu kabilardan iborat. 
- Semantik   adekvatligi:   uzatiladigan   axborotning   ma`naviy   tarkibi,   ob`ekt
obraziga va real kurinishiga mos kelishligi xisobiga olinadi; 
- Pragmatik   adekvatligi:   olingan   axborotning   asosiy   axborot   bilan   mos
kelishligini bildiradi.   
I-BOB. DASTURLASH ASOSLARI FANINI TASHKIL ETISHDA PEDAGOGIK
VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH 
 
1.1. Ta'lim jarayoni  uchun elektron darsliklar yaratishning nazariy asoslari
Respublikada elektron o‘quv adabiyotlaridan foydalanishga mo‘ljallangan axborot
texnologiyalari   vositalarini   rivojlantirish,   shuningdek,   masofadan   turib   o‘qitishni
tashkil   etish   bo‘yicha   salmoqli   ishlar   olib   borilmoqda.   Elektron   adabiyotlar
yaratishning ilmiy-uslubiy tomonlari ko‘pgina olimlar tomonidan tadqiq etilmoqda.
4
  2006   yildan   e'tiboran,   elektron   o‘quv   adabiyotlaridan   foydalanishning   uchinchi
bosqichi   boshlanganiga   qaramay     ta'lim   muassasalari   uchun   elektron   darslikni
yaratish   va   ularni   o‘quv-tarbiya   jarayonida   qo‘llash   bo‘yicha   ishlar   ancha   sust
ketmoqda.   Bu   esa,   elektron   darslik   yaratish   uslubiyoti,   uning   tuzilishi,   o‘z   ichiga
oladigan komponentlariniig aniq bir tizimga solinmaganligi bilan bog‘liq. Elektron
o‘quv   adabiyotlarining   uchinchi   ya'ni   o‘quv   jarayonida   keng   foydalanish
bosqichiga o‘tishda, o‘quv adabiyotlarining yangi avlodini ishlab chiqish va ta'lim
muassasalarini   ta'minlashni   jadallashtirish   hozirgi   kunning   dolzarb
vazifalaridandir.   Bu   borada   fanlardan   elektron   darslikni   yaratish   muhim   masala
hisoblanadi.   Shu   o‘rinda,   darslik   atamasiga   ta'rif   berib   o‘tsak   maqsadga   muvofiq
bo‘lar   edi.   Darslik   -   Davlat   ta'lim   standarti,   o‘quv   dasturi,   uslubiyati   va   didaktik
talablari   asosida   belgilangan,   milliy   istiqol   qoyasi   singdirilgai,   muayyan   o‘quv
fanining   mavzulari   to‘liq   yoritilgan,   tegishli   fan   asoslarini   mukammal
o‘zlashtirilishiga   qaratilgan   hamda   turdosh   ta'lim   yo‘nalishdarida   foydalanish
imkoniyatlari   hisobga   olingan   nashr   ekanligini   ta'kidlaymiz.   Elektron   darslik   esa,
kompyuter   texnologiyasiga   asoslangin   o‘quv   uslubini   qo‘llashga,   mustaqil   ta'lim
olishga hamda fanga oid o‘quv materiallar, ilmiy ma'lumotlarning har tomonlama
samarador   o‘zlashtirilishiga   mo‘ljallangan   bo‘lib,   quyidgi   shakllarda   ifodalanadi:
o‘quv va ilmiy materiallar faqat verbal (matn) shaklida;     o‘quv materiallari verbal
(matn)   va   ikki     o‘lchamli   grafik   shaklida;     multimedia   (multimedia   —turli   xil
aborot)   qo‘llanmalar,   yani   ma'lumot   uch   o‘lchamli   grafik   ko‘rinishida,   ovozli,
video,   animatsiya   va   qisman   verbal   (matn)   shaklida;   taktil   (his   qilinuvchi,
seziladigan)   xususiyatli,   o‘quvchi   (talaba,   tinglovchi)ni   «ekran   olamida»
stereonusxasi   tasvirlangan   qaqiqiy   olamga   kirishi   va   undagi   ob'ektlarga   nisbatan
qarakatlanish   tasavvurini   yaratadigan   shaklda   .   Yangi   asr   ta'limini   rivojlanish
tendentsiyasi - axborot texnologiyalarini o‘quv-tarbiya jarayoniga keng qo‘llash va
tarqatishdan iborat. Bu yo‘nalishda asosiy vazifalaridan biri turli predmet sohasini
o‘z   ichiga   olgan   bilimlar   omborini   yaratish   bilan   belgilanadi.   Yangi   axborot
texnologiyalarining   ta'lim   tizimiga   tatbiq   etilishi   an'anaviy   o‘qitish   jarayonidan
5
  o‘quvchining   o‘zi   ta'lim   jarayonining   borishini   aniqlaydigan   yangi   jarayonga
o‘tishini   ta'minlaydi.   Elektron   darsliklardan   foydalangan   holda   tashkil   etilgan
o‘qitish   texnologiyasi   kelajakda   ta'lim   tizimida   keskin   o‘zgarish   qilishga   qodir.
Ko‘pchilik iqtidorli o‘quvchilar o‘zlarining qobiliyati va qiziqishiga mos ravishda
mustaqil   bilim   olish   imkoniyatiga   ega   bo‘ladilar.   Ta'limning   bunday   tizimida
maktab   va   oliy   ta'lim     o‘qituvchilari   bilimlarini   o‘quvchilarga   yetkazishda
anchagina   qiyinchiliklarni   yengishga   to‘qri   keladi.   Hozirgi   kunda   ta'lim
muassasalarining   hammasida   ham   kompyuterli   ta'lim   yetarlicha   yo‘lga
qo‘yilmagan.   Elektron   darslikni   yaratish   borasida   anchagina   ishlar   qilinayotgan
bo‘lsa-da, hali  darsliklarga  oddiy kutubxonaning  kitoblariga ega bo‘lishdek  ochiq
tizim mavjud emas. Ta'lim tizimining rivojlanishi bilan bunday kamchiliklar asta-
sekin   yo‘qolib   boradi.   Elektron   darsliklarni   yaratish   juda   murakkab   jarayondir.
Ta'lim   texnologiyasi   qo‘llaniladigan   o‘quv   jarayoni   markazida   o‘quvchi,
texnologiya   qo‘llanish   mazmunida   o‘quvchilarning   mustaqil   ta'lim   olish
qobiliyatini   rivojlantirish   hamda   o‘quv   faoliyati   asosida   o‘qituvchi     bilan
o‘quvchining hamkorligi yotadi. 
Elektron   darslik   abstrakt   mavjudotlar   uchun   emas,   balki   shaxs   bilan
ishlashga   mo‘ljallangan.   O‘quvchi   o‘zining   qobiliyati,   fanga   qiziqishi   va   uning
tayyorgarlik   darajasiga   qarab   ta'lim   usulini   tanlashi   kerak.   Elektron   darslik
o‘quvchining     bilim     olishini   vaqt   bo‘yicha   chegaralamaydi.   Shuning   uchun   ham
o‘quv materialini o‘zlashtirish vaqti  o‘quvchining  hoxishiga ko‘ra qisqarishi yoki
uzayishi   mumkin.   Elektron   darslik   o‘quvchilarga   axborotni   o‘qish,     ma'ruzalarni
eshitish, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlariga mo‘ljallangan vazifalarii bajarish,
o‘z   bilimlarini   tekshirish   va,   zarur   hollarda,   ularni   to‘ldirish,   o‘z-o‘zini   nazorat
qilish   kabi   bilim   shakllarini   tavsiya   etishi   mumkin.   Elektron   darslik   o‘z     ichiga
trenajyorlar, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari uchun vazifalar, testlarni olishi
va   bir   vaqtda   o‘zida   bilim   berish   va   o‘quvchilarning   o‘zlashtirish   darajalarini
aniqlash   dasturiy   ta'minotiga   ega   bo‘lishi   kerak.   Boshqacha   qilib   aytganda,   u
kursning asosiy axborotli qismini bayon etuvchi taqdimot qilishni tashkil etuvchi,
6
  olingan   bilimlarni   mustahkamlashga   mo‘ljallangan   mashqlar,   o‘quvchilarning
bilimlarini  oqilona  baholash  imkoniyatini  beradigan  testlar   kabi  uchta  komponent
bo‘lishini   talab   etadi.   Kompyuterga   mo‘ljallangan   darslik:   bir   zumda   teskari
aloqani  ta'minlashi;  zarur  axborotni  tezlikda topishga yordam  berishi;  gipermatnli
tushuntirishlarga   ko‘p   marta   murojaat   qilishda   vaqtni   tejashi;   ekranga   matnni
to‘g‘ridan-to‘g‘ri   chiqaribgina   qolmay,   balki   multimedia   texnologiyasi   orqali
ovozli   tahlil   qilishi   va   modellashtirishi;   aniq   bir   bo‘lim   bo‘yicha   o‘quvchilarning
o‘zlashtirish darajalariga mos ravishda bilimni baholay olish imkoniyatini yaratish;
zarur   o‘quv   axborotlarini   yangilash   imkoniyatining   mavjudligi   bilan   an'anaviy
darsliklardan tubdan farq qiladi. 
Elektron darslik, shuningdek, o‘quv materiallarini ilmiy va ko‘rgazmali qilib
tasvirlash;   tahliliy-sintetik   imkoniyati;   axborotni   to‘la,     tizimli   va   mantiqiy
ketmaketlikda tasvirlash, o‘quv materialini bir tizimda berish va faollashtirish kabi
muammoli;   o‘quv   materialini   o‘zlashtirilishining   mustahkamligi;   ta'limni
differentsiallashgan   va   individuallashtirilganligi;   moslanuvchanligi   va   emotsional
ta'sirchanligi   kabi   psihologo-   pedagogik;   to‘la   didaktik   ta'lim   davriyliligi,
ta'limning   interfaolligi,   teskari   aloqa,   o‘z-o‘zini   boshqarish   vazifalarini   amalga
oshirish   kabi   boshqarish,   shuningdek,   auditoriya   va   auditoriyadan   tashqaridagi
mustaqil   faoliyat   jarayonida   darslik   bilan   ishlash   imkoniyati;   ishlashda   qulaylik;
katta   xajmdagi   axborotni   saqlashning   osonligi   va   o‘quv   adabiyoti   bilan   ishlash
uchun   zarur   maxsus   texnik   jixozlarning   (masalan,   kompyuterlarning)   mavjudligi
kabi   tashkiliy-   texnologiik   imkoniyatlar   bo‘lishini   taqozo   etadi.     Nashr   etilgan
o‘quv materiallarining yuqorida sanalgan didaktik imkoniyatlari an'anaviy darslik,
dasturlashtirilgan darslik,  elektron darslik va o‘quv qo‘llanmalar tajribada qiuoslab
ko‘ilganda,   eng   ko‘zga   ko‘ringan   belgilarni   oxirgi   tur   (multimediali)   o‘quv
qo‘llanmalarida   mavjud   ekanligi   tasdiqlangan.   Xulosa   qilib   aytganda,   ta'lim
muassasalarining   o‘quv-tarbiya   jarayonida   foydalanish   uchun   mo‘ljallangan
elektron   darsliklar   quyidagi   xususiyatlarga   ega   bo‘lmog‘i   lozim:   predmetdagi
axborotlarning   yaxshi   tuzilishga   egaligi;   o‘quv   predmetining   tuzilishidagi
7
  elementlariga   gipermatnli,   namoyishli,   audio-   va   videoizoxdarga   asosiy
mavzularning mos kelishi;  matn va namoyish qilish bilan bir qatorda, darslikning
asosiy   bo‘limlari   bo‘yicha   o‘qituvchilarning   o‘quv   materiallarining   video-yoki
audioyozuvli bayonlarini berilishi; rasm, model va sxemalarni tezlikda tushuntirish
tizimiga   ega   bo‘lishi   va   bunda   gipergrafikadan   foydalanilishi;   ko‘p   oynalik
interfeysning     qo‘llanilishi;   matn   qismlarida   zarur   manbalarga   murojaat   etishga
mo‘ljallangan   gipermatn   tizimining   mavjudligi;   matn   bilan   tushuntirish   kiyin
bo‘lgan predmetning boblari kushimcha videoaxborot va animatsiyali kliplar bilan
ta'minlanishi;   audioaxborotlar   musika   bilan   olib   borilishi;   o‘quvchilar   sinf   va
sinfdan   tashqarida   bajarishi   kerak   bo‘lgan   vazifa   va   mashqlarning,   shuningdek,
ularning   javoblarining   berilishi;   asosiy   tushuncha   va   modullarning   izoxli
lug‘atining mavjudligi bilan an'anaviy darsliklardan farq qilishi kerak. 
1.2. Dasturlash asoslari bo’yicha multimediali o’rgatuvchi tizimni o’quv 
jarayoniga joriy etish 
Dasturlash   asoslarini  o‘rgatish   oliy  ta‘lim  tizimidagi    bakalavriat  yo‘nalishi
bo‘yicha talabalarni tayyorlashning eng muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Bundan
asosiy maqsad, olingan bilimlar bazasida talabalarda keyingi kurslarni o‘zlashtirish
uchun   fundament   hosil   qilishdan   iborat.   Masalan,   axborot   tizimlari,   axborot
tizimlarini   loyihalash,   informatika   va   dasturlash   usullari   bo‘yicha   yuqori   darajali
bilimlarni   olishga   imkoniyatlar   paydo   bo‘ladi.   Ushbu   maqolada   yuqorida
keltirilgan   dastur   natijasini   testlovchi   avtomatlashtirilgan   tizim   va   undan
foydalanuvchilarni dasturlash bo‘yicha o‘rgatuvchi multimediali o‘quv kurslaridan
tashkil   topgan   o‘rgatuvchi     izimni   ishlab   chiqish,   uni   amaliyotga   joriy   qilish
tajribalari haqida fikr yuritamiz.  
Bunday tizimlarni joriy qilish natijasida quyidagilarga erishiladi: 
- dasturlash   asoslari   bo‘yicha   tarmoq   texnologiyalari   asosida   (on-line
rejimida) bilim olish; 
- talabaga qulay bo‘lgan vaqt va joyda bilim olish; 
8
  - olingan   bilimlarni   shu   vaqtning   o‘zida   amaliyotda   sinovdan   o‘tkazish   va
baholash; 
- bilim   olish   jarayonida   tu ғ ilgan   muammolar   bo‘yicha   ta‘lim   beruvchi   bilan
tarmoq orqali muloqotga kirishish va maslahatlar olish; 
- zamonaviy vositalarni qo‘llash orqali o‘qitish samaradorligini oshirish; 
- kommunikatsiya   vositalari   yordamida   elektron   o‘quv   qo‘llanmalarni
tezkorlik bilan yetkazib berish va olish; 
- ta‘lim beruvchi va ta‘lim oluvchi o‘rtasidagi doimiy muloqotni tashkil etish
va h.k. 
Shu   bilan   birgalikda,   dunyo   miqyosida   sinovdan   o‘tkazilayotgan   va
respublikamizda   amaliyotga   joriy   etish   uchun   tayyorlanayotgan   masofaviy   ta‘lim
tizimini   qo‘llash   uchun   ilmiy   va   amaliy   tadqiqotlarni   o‘tkazish   imkoniyatlari
tu ғ iladi.     Dasturlash     asoslarini     o‘rganuvchilar     uchun   multimediali   o‘quv
tizimlarini   yaratish,   respublikamizda   rivojlanib   kelayotgan   mediata‘lim   tizimini
joriy   etishga   asos   bo‘ladi   va   talab   darajasida   tizimni   qo‘llash   uchun   ma‘lumotlar
bazasi   shakllanib   boradi.   Asosiy   maqsad   esa,   sinovdan   o‘tkazish   jarayonidayoq
dasturlash bo‘yicha bilim oluvchilarga zamonaviy bilimlarni (qo‘shimcha ravishda)
yetkazib berish imkoniyatlari tu ғ iladi. 
Ishlab     chiqilgan     dasturlash     asoslarini     o‘rgatuvchi     tizim     Web-
platformaga   asoslangan   bo‘lib,   tizimdan   foydalanuvchilar   on-layn   rejimida
―Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar  ilmiy elektron jurnali. № 5,  yul, 2012‖
yil   2   Internet   tarmo ғ i   orqali   foydalanish   imkoniyati   yaratilgan.     Internet   orqali
taklif etilayotgan bu tizimdan foydalanuvchilarni bir necha  turga ajratish  mumkin:
- umumiy ma‘lumotlar, elektron kitoblar, videodarslarni ko‘chirib 
oluvchi – erkin foydalanuvchilar; 
- tizim   orqali   e‘lon   qilingan   dasturlash   bo‘yicha   musobaqada   ishtirok
etuvchilar – dasturchilar va hokazo; 
- tizimda taklif etilgan bilimlarni o‘rganuvchi – talabalar; 
- tizimni yangi axborotlar bilan boyitib boruvchi – ta‘lim beruvchilar. 
9
  Keyingi uch turdagi foydalanuvchilar tizimda ro‘yxatdan o‘tishi talab etiladi, ya‘ni
faqat ro‘yxatdan o‘tgan ta‘lim oluvchilar tizim orqali taklif etilayotgan nazariy va
amaliy   virtual   darslar   bilan   tanishishi,   olingan   bilimlarni   test-nazorat   va   dastur
natijasini testlovchi tizimlarda  sinovdan o‘tkazishi mumkin bo‘ladi. 
Har  bir  dars  nazariy  materiallar,  amaliy  mash ғ ulotlar  uchun multimediali
mash ғ ulotlar   va   bilimlarni   nazorat   qilish   uchun   test-nazorat   tizimlaridan   tashkil
topgan.   Dastur   natijasini   testlovchi   tizimga   kirish   faqat   nazariy   va   amaliy
mash ғ ulotlardan   keyin   taklif   etilgan   test   topshiriqlaridan   (75   %dan)   yuqori   natija
ko‘rsatgan   dasturchilar   uchun   mo‘ljallangan.   Har   bir   dars   mash ғ uloti   uchun
olingan bilimlarni sinovdan o‘tkazish uchun test topshiriqlari ajratilgan va berilgan
bilimlarga   mos   dasturlash   bo‘yicha   masalalar   taklif   etiladi.   Shu   bilan   birgalikda
nazorat tizimida past ko‘rsatkich (75 % dan kam)ga ega bo‘lgan ta‘lim oluvchilar
uchun   qayta   o‘zlashtirishga   mo‘ljallangan   yordamchi   bilimlar   taklif   etiladi.
YOrdamchi bilimlar ikki qismdan iborat bo‘lib, birinchi qismi qo‘shimcha nazariy
materiallarning multimediali  shakllaridan, ikkinchi  qismi  esa  dasturlash    bo‘yicha
algoritmlash,     dastur     matnini     tanlangan     tilda   shakllantirish   kabi   amallarni
o‘rgatuvchi virtual modellardan tashkil topgan. 
Yordamchi  bilim  sifatida  taklif  etiladigan  virtual  modellar quyidagilarni
o‘zida qamrab oladi: 
- dasturlash bo‘yicha aniq bir masalaning algoritmi; 
- ishlab   chiqilgan   algoritmning   dasturlash   tilidagi   ko‘rinishi;   -   algoritmning
bajarilish   qadamlarining   dastur   matnidagi   qadamlarga   mosligini
ta‘minlovchi   animatsiyalar   (ovozli   izohlar   bilan);   -   foydalanuvchi   bilan
interfaol   muloqot   tashkil   etilgan   amaliy   ishlar   (aniq   masalalarni   dasturlash
bo‘yicha topshiriqlar). 
Dasturlash   bo‘yicha   o‘rgatuvchi   tizimni   joriy   qilish   natijasida   quyidagi
maqsadlarni ham amalga oshirish mumkin: 
10
  1) dasturlashga oid fanlar bo‘yicha bakalavr va magistrlarning
o‘zlashtirish samaradorligi sifatini monitoring qilish; 2) 
talabalarni dasturlash bo‘yicha olimpiadalarga tayyorlash; 
3) talabalar o‘rtasida dasturlash bo‘yicha olimpiadalarni o‘tkazish;
4)     talabalarning     dasturlash     bo‘yicha     amaliy     ko‘nikmalarini
shakllantirish. 
Ishlab chiqilgan tizim ikkita rejimda ishlay oladi: 
1) Ta‘lim muassasasi lokal tarmo ғ ida fanlarni o‘qitishda amaliy va laboratoriya
mash ғ ulotlari jarayonida foydalanish rejimi. 
2) Internet   tarmo ғ ida   on-layn   rejimida   bilimlarni   mustaqil   tekshirish   uchun
qo‘llaniladigan rejim. 
Dastur   natijasini   testlovchi   avtomatlashtirilgan   tizimning   ishlash   prinsiplari
quyidagicha:   har   bir   tizimga   kirish   ruxsatnomasiga   ega   bo‘lgan   foydalanuvchi
(talaba,   o‘qituvchi   yoki   administrator)   uchun   maxsus   interfeys   mavjud.
Foydalanuvchilarning   tizim   bilan   ishlashini   faqat   ma‘lumotlar   bazasidagi   mavjud
parametrlar orqali cheklashi mumkin.  
Foydalanuvchi   interfeysi   ma‘lumotlar   bazasi   bilan   bo ғ liq   holda
foydalanuvchining hisob yozuvlari, masalalar arxivi, yechimlarni tekshirish uchun
testlar   to‘plami   va   boshqa   tizimli   ma‘lumotlar   bilan   ishlaydi.   Masalalar
yechimlarini tekshiruvchi ChEKKER alohida tizim administratori tomonidan ishga
tushiriladi,   bu   ChEKKER   yechimni   qabul   qilib   tekshiruv   amallarini   bajaradi.
Dastur natijasini testlovchi tizimning asosini chekker qism-tizimi tashkil etadi.   Bu
qism-tizim quyidagilardan tashkil topgan: 
1) aynan tanlangan masala yechimini kompilyatorga uzatish moduli; 
2) kompilyatsiya   qilingan   yechimni   ma‘lumotlar   bazasiga   joylashtiruvchi
modul; 
3) kompilyatsiya   qilingan   yangi   yechimlar   potogini   navbatga   qo‘yish;   4)
ma‘lumotlar   bazasidagi   testlar   bazasi   bilan   yechim   (kompilyatsiya   qilingan)ni
taqqoslash va natijani foydalanuvchiga uzatish moduli. 
11
  Umuman olganda, dasturlash bo‘yicha multimediali o‘rgatuvchi tizim
klient-server  texnologiyasi  asosida  (taqsimlanuvchi  rejimda)  ishlab
chiqilgan.   
1.3.   O’quv jarayoniga  axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan 
foydalanishni tadbiq etish 
O‘zbekiston   Respublikasi   ―Kadrlar   tayyorlash   milliy   dasturi   da   ta‘lim‖
muassasalarining   resurs,   kadrlar   va   axborot   bazalarini   yanada   mustaxkamlash,
o‘quv   tarbiya   jarayonini   yangi   o‘quv   uslubiy   majmualar,   il ғ or   pedagogik
texnologiyalar bilan ta‘minlash, ta‘lim jarayonini axborotlashtirish, uzluksiz ta‘lim
tizimini   jaxon   axborot   tarmo ғ iga   ulanadigan   kompyuter   axborot   tarmo ғ i   bilan
to‘liq qamrab olish kabi vazifalar belgilab qo‘yilgan. Shuningdek, dasturda kadrlar
tayyorlash   tizimi   va   mazmunini   mamlakatning   ijtimoiy   va   iqtisodiy   taraqqiyoti
istiqbollaridan,   jamiyat   extiyojlaridan,   fan,   madaniyat,   texnika   va
texnologiyalarning   zamonaviy   yutuqlaridan   kelib   chiqqan   xolda   qayta   qurish
nazarda tutiladi deb ta‘kidlangan. 
Axborot texnologiyalari jaxonda jadal sur‘atlar bilan rivojlanib takomillashib
borayotgan sohadir. Bu sohaning rivoji uchun bizni buyuk ajdodlarimizning ilmiy
kashfiyotlari asos bo‘lib   xizmat qilmoqda. Bu xaqida prezidentimiz I.A. Karimov
o‘zining ―YUksak ma‘naviyat – yengilmas kuch  asarida quyidagi fikrlarni keltiri	
‖
bo‘ladi:   …   shu   nuqtai   nazardan   qaraganda   zaminimizda   yashab   o‘tgan   buyuk	
‖
allomalarimiz, mutafakkir bobolarimizning ibratli xayoti va ilmiy faoliyati, bemisl
ilmiy-ijodiyot   kashfiyotlari   bugun   ham   jaxon   abgor   ommasini   xayratga
solayotganini   ғ urur   bilan   ta‘kidlash   lozim .   Ta‘lim   isloxotlari   amalga	
‖
oshirilayotgan   xozirgi   davrda   har   bir   fanni   o‘qitish   mazmunini   qayta   tahlildan
o‘tkazish   va   buni   tubdan   islox   qilish   nuqtai   nazardan   yondashuv   zarur   bo‘ladi.
O‘qitish   tizimida   ―Axborot   texnologiyalari   va   ulardan   foydalanish   ning   asosiy	
‖
maqsadi   –   o‘quvchi   va   talabalarga   axborotlarni   qayta   ishlash   texnologiyalari   va
ulardan foydalanish jarayonlari xaqida puxta va ongli ravishda o‘zlashtirish uchun
12
  bilim   asoslarini   berishni   ta‘minlashdan,   ularga   o‘quv   va   ish   faoliyatlarida
kompyuterlardan   oqilona   foydalanish   ko‘nikma   va   malakalarini   berishdan,   shular
asosida yangi axborot texnologiyalarining mamlakatimiz taraqqiyotiga qo‘shadigan
xissasi   to‘ ғ risida   tasavvur   xosil   qilishdan   iborat.   Ta‘lim   tizimida   axborot,
innovatsion   va   pedagogik   texnologiyalarni   o‘rganishga   ajratilgan   soatlarni
talabalarga   shunday   yetkazish   kerakki,   ular   bu   kurslardan   so‘ng   bemalol   axborot
kommnikatsiya   texnologiyalari   hamda   pedagogik   texnologiyalardan   ishlab
chiqarish jarayonida foydalana oladigan bo‘lishlari lozim. 
Talabalarga beriladigan bilim, ko‘nikma va malalkalar bazasida iloji boricha
nazariy   qismi,   ya‘ni   ―Axborot   kommunikatsiya   texnologiyalari   va   ularning
turlari.   Zamonaviy   axborot   kommunikatsiya   texnologiyalari   imkoniyatlari.
Microsoft   Office   dasturlaridan   foydalanish   hamda   innovatsion   axborot
texnologiyalari   hamda   yangi   pedagogik   texnologiyalardan   foydalanishlarni   ham
nazarda tutadi. Mash ғ ulot (dars) o‘tish uchun zarur o‘quv materiallarni tayyorlash
va   qayta   ishlash   va   ―Ta‘lim   jarayoni   sifatini   aniqlovchi   dasturlar.   Talabalar‖
bilimini baxolash va nazorat (test) dasturiy ta‘minot turlari va ulardan foydalanish
metodikasi   mutaxassislar   tomonidan   ma‘ruza-   suxbat   tarzida   o‘tiladi.   Tayanch	
‖
manbalar   bazasida   o‘tiladigan   axborot   kommunikatsiya   texnologiyalari   to‘li ғ icha
amaliy     mash ғ ulot     tariqasida     o‘tilib     asosan:     fanda     axborot     kommunikatsiya
texnologiyalaridan   foydalanish,   ―MS   Word     dasturida   elektron   dars	
‖
ishlanmalarini   yaratish,     ―MS   Excel   dasturi   yordamida   statistik   ma‘lumot   va	
‖
materiallarni   qayta   ishlash,   ―MS   Power   Point     dasturi   yordamida   dars	
‖
(mash ғ ulot)  taqdimotlarini   yaratish   texnologiyalarini,  ―Paint     dasturi   yordamida	
‖
har xil chizma va shakllarni ishlab chiqish talabalarga to‘liq o‘rgatiladi. 
Bu yerda asosiy maqsad talabalarga yuqorida nomlari keltirilgan dasturlarni
to‘liq   o‘zlashtirgan   xolda   ishlab   chiqarishda   bu   dastur   materialllari   va
ma‘lumotlaridan foydalanishlaridan iborat. Bu asosiy maqsad sifatida kun tartibida
doimiy   turadi.   Qachonki,   talabalar   kompyuter   texnikasidan,   axborot
kommunikatsiya   texnologiyalaridan   foydalanishni   mukammal   o‘rganib,   olgan
13
  bilimlarini   mustaxkamlashda,   ulardan   tegishli   xulosalar   chiqarishda,   kompyuter
grafikalaridan   foydalanishda,   axborot   kommunikatsiya   materiallaridan   o‘quv
jarayonida   foydalanish   tizimlarini   o‘rganib   olmagunlaricha.   O‘zimizga   ma‘lumki
xozirgi   zamonda   axborot   kommunikatsion   texnologiyalarisiz,   yangi   pedagogik,
innovatsion   texnologiyalarsiz   amalga   oshirib   bo‘lmaydi.   Oliy   ta‘lim
professoro‘qituvchilariga   pedagogik   texnologiyalardan   foydalanish   interfaol
usullarda   darsa   (mash ғ ulot)   o‘tishni   o‘rgatishdan   asosiy   maqsad,   pedagoglar   bu
usullarni   o‘rganish   davomida   pedagogik   texnologiyalar   bo‘yicha   barcha
o‘zlashtirgan   innovatsion   texnologiyalarni   (interfaol   usullarni)   mutaxassislik
bo‘yicha   o‘tiladigan   fan   mavzulariga   tadbiq   qilgan   xolda   dars   (mash ғ ulot)   olib
borishga   o‘rgatishdan   iborat.   Bu   o‘rinda   Far ғ ona  politexnika   instituti.  Geodeziya,
kartografiya   va   kadastr   yo‘nalishi   talabalariga   ta‘lim-tarbiya   berishda   kafedra
professor-o‘qituvchilari internet ma‘lumotlaridan, 
GPS   qurilmasi   materiallaridan.   elektron   taxiometr   yordamida   amallar
bajarish   bo‘yicha   texnologik   materiallardan   keng   ko‘lamda   foydalanmoqdalar.
Kafedra   professor-o‘qituvchilarning   sa‘yi   harakatlari   natijasida   talabalarda
mutaxassislikka   nisbatan   qiziqish   rivojlanib   bormoqda.Ta‘lim   jarayoniga
pedagogik,   innovatsion   va   axborot   texnologiyalarini   kirib   kelishi   o‘z   navbatida
ularda   ma‘lumotlar   olish,   berish,   jo‘natish   tizimlarini   mukammal   o‘rganib
olishlariga  olib   keldi   va   bu  xolat   shu   kunlarda  ham   davom   etmoqda.   YUqoridagi
kabi   bu   masala   ham   fan   o‘qituvchilari   va   uquvchi-talabalar   pedagogik
texnologiyalarni   to‘liq   o‘zlashtirib   olmagunlarigacha   kun   tartibidan   yechilmaydi.
Chunki, axborot, innovatsion, kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish uni
amaliyotda qo‘llashni o‘rganish shu kunning dolzarb masalalaridandir. 
 
 
 
 
 
14
   
 
II   BOB.   DASTURLASH   ASOSLARI   FANIDAN   “DASTURLASH
ASOSLARI. DASTURLASH TILLARI VA ULARNING 
KLASSIFIKATSIYASI” MAVZUSINI O’QITISH METODIKASI. 
 
2.1. Camtasia Studio dasturi haqida tushuncha 
Camtasia   Studio   dasturi   o‗zining   interfeysi,   juda   ko‗plab   formatlari,   video
fayllarga turli  xil  belgilar  va izohlar  qo‗yilishi, darslarga menyular  hosil  qilinishi
bilan ajralib turadi, shuningdek, bu dastur yordamida audio fayl? larni ham yaratish
mumkin.   Dars   yozish   davo?   mida   ekranning   kerakli   joyini   alohida   ajratib
ko‗rsatish imkoni ham mavjud. Ana shu afzalliklari tufayli videodarslar yozuvchi
dastur sifatida Camtasia Studio tanlandi. Camtasia Studio dasturi to‗rtta yordamchi
qismlardan   iborat:   Camtasia   MenuMaker,   Camtasia   Player,   Camtasia   Theater   va
Camtasia   Recorder.   Dasturning   asosiy   qismi,   shubhasiz,   Camtasia   Recorder
hisoblanadi. Barcha darslar aynan shu dastur yordamida yaratildi. Camtasia Studio
dasturi   oynasining   pastki   qismida   timeline   deb   nomlanuvchi   ishchi   stoli   mavjud
bo‗lib, u orqali  audio va video  fayllar  ustida turli  xil  amallarni  bajarish  mumkin.
Bular   jumlasiga   fayllarni   bir-biriga   bog‗lash,   keraksiz   qismlarni   qirqib   tashlash
kabilar kiradi. Asosiy oynaning markazida dastur ishlashi mumkin bo‗lgan fayllar
ro‗yxatini   ko‗rsatuvchi   « Корзина   клипов »     (Clip   Bin)   qismi   joylashgan.   Shu
fayllarni   o‗ng     tarafdagi   videopleyerda   ko‗rish   mumkin.   Bu     kichkinagina
Camtasia   Player   dasturi   faqatgina   bitta   vazifani   bajaradi   —   AVI   fayllarini
namoyish etadi. 
 
Ishning borishi 
        Dastlab qiladigan ishimiz Camtasia Studio dasturini ishga tushiramiz.  Quida
uning ish stoli  ko'rsatilgan. 
15
  Camtasia Studio ishchi paneli bilan tanishishni boshlaymiz.  
Bu ikki bo'lim  ekranda bo'ladigan jarayonlarni rasmga 
tushirib , ovozini yozib ularni birlashtirib vidio fayl 
yaratish uchun ishlatiladi. Ikkinchisi aynan 
powerpointda bo'ladigan voqealarni yozib oladi. 
Add panelidagi  import media  bo'limi yozib olingan vidio 
faylni import qilish vazifasini bajaradi.  Title clips   
bo'limida vidio faylning kirish qismiga har xil yozuvlarni 
chiqarish vazifasini bajaradi.  Voice norration   bo'limi 
orqali yozilgan vidio faylimizni biron joyida ovozini defekti bo'ladigan bo'lsa biz 
osha joyini oçhirib hamda o'chirmasdan ustidan to'g'rilab yozishimiz mumkin.  
Record camera orqali biz web kameradan foydalanishimiz mumkin. Edit 
panelidagi audio enhancements bolimida tovush 
tebranishlarini to'g'irlaydi ya'ni undagi shovqinlarni 
kamaytiradi. Zoom-n-pan bo'limi orqali kerakli joyini 
yaqinlashtirib va o'z xoliga qaytarishimiz mumkin. 
Callouts bo'limi orqali vidio fayl da qo'shimcha oyna 
hosil 
16
  qilishimiz mumkin. Transitions  bo'limida  har xil perexodlarni berishimiz 
mumkin. Captions bo'limida  vidio faylning tagiga o'zimizga kerakli bo'lgan 
yozuvlarni chiqarishimiz mumkin. Flash quiz and survery bo'limi orqali biz vidio 
faylimizga  har xil savollarni, testlarni joylashtirishimiz mumkin. 
  Produce panelining Produce  vidio as  bo'limida biz 
yozib olgan vidio faylimizni qanday qilib va qanday 
formatda saqlashimizni tanlaymiz. Create CD  menu vidio
fayllarni 
CD disklarga, Create web menu esa web saxifalarga  menu 
shaklida yozish uchun mo'ljallangan.  
O'quv multimediyali ilovalar yaratish 
        Buning uchun  biz yuqoridagi record panelidan foydalanishimiz mumkin yoki 
bo'lmasa dastur ishga tushgan paytida quidagi oyna chiqadi. Shu oyna orqali ham 
vidio ilovalarni yozishni boshlashimiz mumkin. 
             Record the screen bosadigan bo'lsak quidagi oyna chiqadi oyna chiqadi. Bu
oyna   orqali     biz   ekranning   qancha   yoki   qanday   qismini   vidioga   olishimiz
mumkinligini tanlashimiz mumkin. Undan tashqari camera tugmasini bosish orqali
biz   veb   kamerani   ishga   tushirib   undan   foydalanishimiz   mumkin.   Audio   tugmasi
esa ovoz bilan yozish yoki yozmaslikni tanlash imkoniyatini beradi. Rec tugmasini
bosishimiz bilan tasvirga olish jarayoni boshlanadi.  Bu jarayonni  to'xtatish uchun
f10 tugmasini bosish yetarli.  
17
  F10 tugmasi bosilgandan so'ng quidagi oyna chiqadi.   Bu oyna orqali vidio faylni
oçhirish, saqlash , o'zgartirish kabi vazifalarni bajarishimiz mumkin. 
Bunday saqlashda biz vidio faylni ikki xil formatda saqlashimiz mumkin: *.camres
va *.avi. 
 
 
 
18
  2.2. Ma'ruzaning texnologik xaritasi 
Faoliyat 
bosqichlari  Faoliyat mazmuni 
Pedagog  Talaba 
I. Kirish (15
minut)  1.1.   O`quv   predmeti   nomi   bilan   tanishtiriladi,
predmet   xaqida   dastlabki   ma'lumotlar   beriladi.
Mavzu   nomi   bilan   tanishtiradi.   O`tilayotgan
mavzu kirish  ma'ruza tarzida tashkil etilishi  e'lon
qiladi. 
1. 2.Semestr   davomida   ―Dasturlash   asoslari‖
kursi   bo`yicha   o`tiladigan   mavzular,   ularga
ajratilgan   soatlar   va   talabalarni   shu   predmetni
o`zlashtirishdagi   reyting   tizimi   (joriy,   oraliq,
yakuniy nazorat ballari) bilan tanishtiriladi.  
1.3.   Bugungi     mavzu     nomi,   rejasi   bilan
tanishtiriladi va unga izox beriladi.  Eshitadilar.  
 
 
 
Yozib oladilar. 
 
 Eshitadilar, 
yozib oladilar. 
 
Eshitadilar.   
II.  Asosiy 
bosqich (55
minut)  2.1.   ―Dasturlash   asoslari     fanini   predmeti,	
‖
maqsadi   va   vazifalari   xaqida   umumiy   tushuncha
beriladi.     Birinchi   rejani   «insert»   texnikasi   orqali
taxlil   qilish   topshiriladi   va   ma'ruza   matni
tarqatiladi,   «insert»   texnikasidan   foydalanish
tushuntiriladi.   Talabalar   bajargan   ishlari   taxlil
qilinadi.   
2.1.   Dasturlash asoslari  fanining asosiy 
tarmoqlari xaqidagi ma'lumotlar bilan 
talabalarni tanishtiriladi.   Eshitadilar, 
taxlil qiladilar. 
 
Matnni   ko`rib
chiqadilar va 
berilgan
belgilarni   qo`yib
chiqadilar.
Yozib oladilar. 
 
III. 
Yakunlovchi
bosqich  (10
minut)  3. 1.Mavzuni uchta rejasi asosida xulosa qilib, 
eng muhim ma'lumotlarga talabalar diqqatini jalb 
qiladi.  
3.2. Muhokamada faol qatnashgan talabalarni 
rag`batlantiradi. 
3.3.Savollar  berish  orqali  bilimlar 
mustahkamlanadi.   
3.4.Mustaqil   ishlashlari   uchun   vazifa   beriladi:
mavzuning   qolgan   ikkita   rejasini   mustaqil
o`rganish.  Tinglashadi, 
savollar 
berishadi. 
Savol   –   javobda
qatnashadilar.
Yozib oladilar. 
 
 
 
 
 
19
  2.3.   Dasturlash   asoslari.   Dasturlash   tillari   va   ularning   klassifikatsiyasi
mavzusi ma'ruza mashg'ulotlarni o'qitish metodikasi 
 
Ma’ruza rejasi. 
1. Dasturlash tili. 
2. Dasturlash   tillarining   turlari:   mashina   tili,   mnemonik   (belgili)   til   va
yuqori darajali dasturlash tili.  
3. Dasturlash tillarining asosiy elementlari. 
Algoritmlarni   dastur   ko’rinishida   yozilishi   va   bu   ko’rinishdagi     boshqa
yozuvlar bilan qanday farq qiladi? 
Algoritmlarni so‘zlar orqali yoki blok-sxema ko‘rinishida tasvirlash buyruqlar
yozilishida bir qancha ixtiyoriy tarzda amalga oshiriladi. 
Amaliyotda   esa   algoritm   ijrochisi   kompyuter   hisoblanadi.   Shuning   uchun
kompyuter uchun to‘zilgan algoritm u «tushunadigan» tilda tasvirlanishi kerak. 
Ijrochi   (kompyuter)   berilgan   buyruqlarni   aniq   va   to‘ ғ ri   bajarishi   uchun   unga
beriladigan   buyruqlar   yozilishi   aniq   va   ijrochi   tomonidan   bir   xil   tushunilishi
lozim. 
Shu   sababli   kompyuter   tushunadigan   til   dasturlash   tili ,   bu   tilda   yozilgan
algoritm esa  kompyuter dasturi  deyiladi.  Dasturlash tillarining yaratilish tarixi
Dasturlash tillari asosan 2-jahon urushidan keyin yaratila boshlandi. Ammo
uning tarixi ancha olis yillarga borib takaladi. 
Arxeologik qazilmalarda topilgan sopol taxtachada bundan 3800 yil oldin 
(eramizdan   1800-yillar)   Vavilonda   foiz   (%)   bilan   bo ғ liq   murakkab   amallar
algoritmi   keltirilgan.   Unda   aniq   masala   ishlangan   bo‘lib,   agar   bugdoy   yilda   20%
dan   oshib   borsa,   uning   miqdori   ikki   marta   o‘sish   uchun   necha   yil   va   oy   kerak
bo‘lishi algoritmi yozilgan. 
XIX  asr  franso‘z kashfiyotchisi  Jozef  Mari  Jakkard 1804 yilda yupqa mato
ishlab   chiqish   jarayonida   stanoklar   uchun   perfokartani   eslatuvchi   tasma   ishlatgan
va shu bilan perfokartaga asos solgan edi. 
20
  1836 yildan ingliz Charlz Bebbidj hozirgi kompyuterlarning bevosita avlodi
bo‘lmish   analitik   mashina   ishlab   chiqishga   kirishdi   va   bu   masalani   nazariy   hal
qildi. Bu mashinaning asosiy xususiyati uning dastur asosida ishlashi va hisobkitob
natijalarini «eslab» qolishida edi. 
1843   yilda   ingliz   matematigi   Ogasta   Ada   Bayron   (Lavleys)   –   shoir   lord
Bayronning   qizi   –   analitik   mashina   buyruqlar   asosida   ishlashi   kerakligini
ta‘kidladi.   U   berilgan   shartlar   bajarilmaguncha   qadamlar   ketma-ketligini
ta‘minlovchi   buyruqlarni   yozdi.   (Bu   hozirgi   kunda   takrorlash   (sikl)   operatori
deyiladi). Bu bilan u dasturlash va uning tiliga asos soldi. 
Mazkur va boshqa kashfiyotlar, kompyuter bevosita yaratilgach, unga zarur
bo‘lgan til yaratish talabini qo‘ydi. 
Dunyo odamlari urtasidagi munosabatda yagona til bo‘lmaganidek, xilmaxil
kompyuterlarning   yaratilishi   va   ularning   turli   sohalarda   qo‘llanilishi,   yagona
dasturlash tilini yaratish mumkin emasligini ko‘rsatdi. 
 
                                    
Perfokarta                                                            Alan Tyuring 
 
1955-1959   gg.   Rossiyalik   olimlar   A.A.   Lyapunov ,   S.S.   Kamo’nin ,   E.Z.
Lyubimskiy ,   A.P. yershov ,   L.N. Korolev ,   V.M. Kurochkin ,   M.R. Shura-Bura
va   boshqalar   «dasturlovchi   dasturlar» ,   ya‘ni   translyatorga   o‘xshash   dastur
yaratdilar.   V.V.   Marto’nyuk   esa   dasturlarni   yaratish   va   otladka   qilishni
tezlashtirish maqsadida  belgili kodlar sistemasini yaratdi.   
1955-1959   gg.   dasturlash   nazariyasi   ( A.A.  Lyapunov ,   YU.I.   YAnov ,   A.A.
Markov ,   L.A.   Kalujin )   va   sonli   metodlarga   ( V.M.   Glushkov ,   A.A.   Samarskiy ,
A.N. Tixonov ) asos solindi. Fikrlash mexanizmi sxemasini va genetika jarayonlari
21
  modellashtirish,   kasalliklar   diagnostikasining   algoritmlari   ishlab   chiqildi   ( A.A.
Lyapunov ,  B.V. Gnedenko ,  N.M. Amosov ,  A.G. Ivaxnenko ,  V.A. Kovalevskiy  i
dr.).  
1957 g.   Djon Bekus  Fortran  tilining asoschisi.  
1959   g.   O‘zoq   yillar   mobaynida   dasturlashtirish   sohasida   o‘ziga   xos
standartga aylangan  Algol  tili yaratildi. 
1965   g.   Djon   Kemeni   va   Tomas   Kurslar   (Dortmund   kolledji,   AQSh)
tomonidan  Beysik  dasturlash tili yaratildi. 
1970 g.   Shveysar   olimi   Niklaus   Virt   Paskal   dasturlash   tilini   ixtiro
qiladi.  
1971 g.  Franso‘z olimi  Alan Kolmari  mantiqiy dasturlash tili  Prolog
(PROgramming in LOGic)ni yaratdi. 
1972 g.   Bell   Laboratories   xodimi   Dennis   Ritchi   Si   dasturlash   tilini
yaratadi.  
                                                              
                                  Altair                                        Bill Geyts i Pol Allen 
 
1975   g.   YOsh   dasturchi   Pol   Allen   i   Garvard   universiteti   talabasi   Bill
Geytslar  Altair kompyuteri uchun Beysik tilini ixtiro qildilar. Keyinchalik esa ular
jahonda   dasturlar   ishlab   chiqarish   bo‘yicha   eng   yirik   Maykrosoft   ( Microsoft )
firmasini to‘zadilar.  
1979   g.   SoftWare   Arts   firmasi   VisiCalc   (Visible   Calculator)   personal
kompyuterlar uchun dasturlar paketini yaratdi. 
 
22
  Dasturlash tillari yaratilishi bo’yicha uch guruhga bo’lish mumkin: 
 
 
Dasturlash tili darajalari 
 
Bugungi kunda yuzlab dasturlash tillaridan foydalaniladi. Har bir dasturlash
tili   ma‘lum   bir   soha   yoki   yo‘nalishga   oid   masalalarni   xal   qilish   uchun
mo‘ljallangan. 
Bizga   ma‘lumki,   har   qanday   algoritm   –   ko‘rsatmalar   ketma-ketligi,   va   bu
ko‘rsatmalar   bajarilgandan   so‘ng   ma‘lum   bir   natijaga   erishiladi.   Dasturlash   tili
darajasi buyruq va ko’rsatmalarning maydalashganlik darajasi (detalizatsiya
darajasi) bilan belgilanadi - qanchalik (detalizatsiya) kamroq va soddaroq 
bo’lsa, shunchalik tilning darajasi yuqoriroq bo’ladi.  
Quyi   darajadagi   dasturlash   tillari   kompyuter   qurilmalari   bilan   bevosita
bo ғ liq bo‘lib, buyruqlar ularning kodlari yordamida yoziladi. Bu kabi buyruqlardan
tashqil topgan dasturlar katta hajmli bo‘lib, ularni tahrirlash ancha mushkul ish edi.
Dastlabki kompyuterlar (Eniak, MESM va boshqalar) ana shu tilda ishlar edi. 
O’rta darajadagi dasturlash tillari  buyruqlarida faqat raqamlar emas, balki
ba‘zi   inson   nutqiga   yaqin   so‘zlar   ishlatila   boshlandi   va   ular   ko‘pincha   assembler
tillari deb ham yuritiladi. 
Mazkur   tilning   ijobiy   xususiyati   shundaki,   ular   yordamida   to‘zilgan   dastur
boshqa tillarda to‘zilganidan 10-15 marta tezroq ishlaydi. Unda boshqa darajadagi
tillarda   bo‘lmagan   amallar   mavjud.   Bunday   tillarga   AVTOKOD-BEMSh,
MADLEN  va boshqalar kiradi.  
23
  Dasturlash tillari  
Quyi 
darajadagi   O‘rta 
darajadagi   Yuqori 
darajadagi   Assembler   tillarida   buyruqlar   qisqartirilgan   so‘zlar   yoki   so‘zlar   majmuidan
iborat bo‘lib, gohida ularni  mnemokodlar  deb ham atashadi. 
Yuqori   darajadagi   dasturlash   tillari   ancha   rivojlangan   to‘zilishga   ega
bo‘lib, unda ishlatiladigan xizmatchi so‘zlar inson nutqiga juda yaqinlashtirilgan. 
Mazkur   tilda   foydalanuvchi   amallarni   ketma-ket   yozib   boraveradi,
kompyuter esa uni kerakli ko‘rinishga o‘tkazib oladi. 
Bu darajadagi tillar kompyuter texnik ta‘minotining rivojlanishi bilan bo ғ liq
va o‘z tarixiga ega. 
Dastlabki   bu   darajadagi   til   Plankalkyul   deb   nomlanib,   u   1946   yilda   nemis
olimi  Konrad So’ze  tomonidan yaratildi. 
Yaratilish yili  Til nomi 
1946  Plankalkyul 
1949  Qisqacha kod 
1950  ―Edsak  assembler tili ‖
1950  AO 
1953  Avtokod 
1955  ―Tez kodlash  	
‖
1956  F-2, Flou-metik 
1957  IPL-1, Mat-metik 
1958  Fortran 
1959  Algol 58, APT, LISP, Kobol 
1960  Algol 60 
1964  PLG‘1, Beysik 
1965  Algol W 
1967  Logo 
1968  Algol 68 
1969  APL 
1970  Paskal 
24
  1971  Fort 
1972  Prolog, Si 
1979  Ada 
1980  Smoltok 
1981  Modula-2 
 
 
Dasturlash tillari darajalarini quyidagi kriteriyalar bo‘yicha ajratish mumkin: 
• mashina tili;      
• assembleplar;      
• yuqori darajadagi dasturlash tillari;      
 
Mashina tili va assemblerlar – quyi darajadagi  dasturlash tillari hisoblanadilar. 
Bu tillar yordamida dastur to‘zilganda ma‘lumotlarni qayta ishlash ularni tahrirlash
ancha mushkulroq kechadi. 
YUqori darajadagi dasturlash tillari quyidagi turlarga bo‘linadilar:  
• Algoritmik  (Basic, Pascal, C va b.);  
• mantiqiy  (Prolog, Lisp va b.);  
• Ob’ektga yo’naltirilgan  (Object Pascal, CQQ, Java va b.);  
 
Translyator, kompilyator va interpretator 
 
Translyator   (ingl.   Translator   —  tarjimon)   –  biron-bir  yuqori   dasturlash   tilida
to‘zilgan dasturni mashina tiliga o‘tkazuvchi dastur-tarjimon. 
Translyatorlar   kompilyator   va   interpretator   ko‘rinishida   bo‘lishi   mumkin.
Kompilyator va interpretatorlar dasturni bajarishda tubdan farq qiladi. 
Kompilyator  (ingl.  compiler  — yi ғ uvchi) dasturni  to’laligicha  o‘qiydi va uni
tarjima qiladi (mashina tiliga o‘giradi). Masalan: 
25
  Turbo   Basic   va   Turbo   Pascal   7.0   dasturlash   tillari   –     kompilyator
hisoblanadi. 
Interpretator   (ingl.   interpreter   —   izohlovchi,   o ғ zaki   tarjimon)   dasturni
tarjima qiladi va  satrma-satr  bajaradi.  
Masalan: 
Quick Basic   dasturlash tillari –    interpretator   hisoblanadi. 
Dastur  kompilyatsiya qilingandan so‘ng dasturlash tilida yozilgan dastur  va
kompilyatorga ehtiyoj qolmaydi. Masalan,  info.bas  fayli kompilyatsiya qilingandan
so‘ng   info.exe   fayliga   o‘zgaradi   va   bu   fayl   kompilyatorsiz   ham   ishlashi   mumkin.
Agar   info.bas   faylini interpretator qayta ishlaganda har gal dastur ishini bajarilishi
uchun   interpretator   ishga   tushishi   shart.   Shu   sababli   kompilyator   va
interpretatorlarning  ishlash prinsipi bo‘yicha birmuncha farq qiladi. 
Kompililyatsiya   qilingan   dasturlar   tezroq   ishlaydi,   lyokin   interpretatsiya
qilinayotgan dasturlarga o‘zgartirish kiritish osonroq.  
Har   bir   dasturlash   tili   qaysi   maqsadda   yaratilganligiga   qarab   kompilyatsiya
yoki interpretatsiyaga  mo‘ljallangan bo‘lishi  mumkin. Masalan,   Paskal   dasturlash
tili   o‘ta   murakkab   masalalar   dasturini   to‘zishga   mo‘ljallangan   bo‘lib,   bunday
masalalarni   yechish   uchun   esa   dastur   bajarilishi   tezligi   yuqori   bo‘lishi   talab
qilinadi.  
Beysik   dasturlash   tili   esa   dasturlashni   o‘rganuvchi   va   bu   sohaga   ilk   qadam
bosayotganlar   uchun   mo‘ljallangan   bo‘lib,   bu   tilda   dasturni   bajarish   satrma-satr
amalga oshirilganligi sababli boshlovchilar uchun juda katta qulayliklar yaratadi.  
Ba‘zida   bitta   dasturlash   tili   uchun   ham   kompilyator ,   ham   interpretator
mavjud.   Bunday   holda   dasturni   yaratish   va   sozlashda   interpretatordan
foydalaniladi, so‘ng esa dastur ishini tezlashtirish uchun esa bu fayl kompilyatsiya
qilinadi. 
Ta'lim jarayonida qo'llanilgan metodlar «Ins е rt» m е todidan
foydalanilganda quyidagilarga e'tibor b е ring: 
1.Ma'ruza matni xoshiyasida quyidagi b е lgilarni qoldirib o`qing: 
V- o`zimdagi bilimlarga mos k е ladi. 
26
  -  bilimlarimga qarama - qarshi k е ladi. 
+ m е n uchun yangi ma'lumot. 
? tushunarsiz # aniqlik talab qiladi # qo`shimcha ma'lumot. 
 
2.Olingan ma'lumotlarni quyidagicha tablitsa ko`rinishida tartibga tushuring.
 
Mavzu savollari.  V  - 
+  ? 
1         
2         
3         
4         
   
« Tеzkor-so’rov» savollari. 
1.  
 
Masalani yechish uslubini ishlab chiqish, sonli usullarni 
tanlash.  
2.   Masalani yechish algoritmini ishlab chiqish.  
3.   Ma'lumotlarni tayyorlash va tarkibini aniqlash (tanlash).  
4.  
 
  Dasturlash deganda nimani tushunasiz.  
 
O’z-o’zini tekshirish uchun savollar 
1. Masala ―qachon to‘g‘ri qo‘yilgan  deb xisoblanadi? ‖
2. Algoritm deb nimaga aytiladi? 
3. Algoritm xossalarini aytib bering.  
4. Algoritm xossalariga misollar keltiring  
5. Algoritmlar   turi   va   xususiyatlari   xaqida   axborot   bering   (blok-tuzim,
bloklar, algoritm turlari).  
6. Algoritmni   tavsiflash   usullari   (blok-tuzim,   algoritm,   ketma-ket
tavsiflash, algoritm natijasi).  
7. Chiziqli, tarmoqlanuvchi va takrorlanuvchi algoritmlarga ta'rif bering.
8. Algoritm turlariga misollar keltiring. 
9. Masalalarni kompyuterda yechish bosqichlari xaqida axborot bering .  
27
  10. ―Algoritm  deb nimaga aytiladi? ‖
11. Masalaning qo‘yilishi va maqsadning aniqlanishi.  
12. Masalani matematik ifodalash.  
Xulosa 
Xulosa   qilib   aytadigan   bo‘lsam   yosh   avlodning   kompyuter   savodxonligi
darajasi ilmiy-texnika taraqqiyotini rivojlantirishga katta ta'sir etadi. Shunga ko`ra
oliy   ta'lim   tizimi   kurslarida   kompyuterlardan   foydalanish   masalasi   dolzarb   bo`lib
qolmoqda. 
Xozirgi kunda ishlab chiqarishning turli texnologiyalaridagi muammolarni hal
qilishda   zamonaviy   hisoblash   texnikasi   vositalarini   keng   qo`llash   xar   bir
mutaxassisdan,   xox   u   texnolog   bo`lsin   xox   iqtisodchi   bo`lsin   albatta   zamonaviy
kompyuterlardan,   hamda   axborot   texnologiyalaridan   kerakli   darajada   foydalanish
mahorati va tegishli ma'lumotga ega bo`lishni talab qiladi.  
«Algoritm   asoslari   va   algoritmik   tillar»   fani   orqali   ishlab   chiqarishning   turli
sohalariga   taaluqli   bo`lgan   masalalarni   echish   algoritmlarini   va   dasturini   tuzish
yo`llari hamda usullarini bilib olinadi. 
Informatikada masala yechish tushunchasi  deganda axborotlarni qayta ishlab,
natijani oldindan belgilangan ma'lum bir ko‘rinishga olib kelish tushuniladi.  
Kompyuterdan   foydalanib   masalani   yechish   -   yaratilgan   algoritmga
asoslangan   xolda   dastlabki   ma'lumotlar   ustida   avtomatik   tarzda   amallar   bajarilib
izlangan natija (natijalar) ko‘rinishiga keltirish demakdir.  
 
 
 
 
   
 
 
28
  Adabiyotlar 
1. O`.T.Haitmatov   va   b.Informatika   va   axborot   texnologiyalari.   O‘quv
qo‘llanma. T. TKTI. 2005 y.  
2. O`.T.Haitmatov   va  b.   Informatika   va   axborot   texnologiyalari   fanidan
laboratoriya ishlarini bajarish ushun uslubiy qo‘llanma.  T. TKTI. 2005 y.  
3. Holmatov   T.X.,Toyloqov   N.I.   Amaliy   matematika,dasturlash   va
kompyuterning dasturiy ta‘minoti.  T.Mexnat, 2000 . 
4. Kadirova   N.R.   Polatov   A.M.   Programmirovanie   na   yasike   Paskal
T.2004  
5. Aripov M., Xaydarov A. Informatika asoslari T. ―O`qituvchi  2002 . ‖
6. Alyaev Yu.A. i dr. Praktikum po algoritmizatsii i programmirovaniyu
na yazik Paskal: Ucheb.posob. – M.: FIS, 2004. – 528s. 
7. Bartenev   O.V.   Predpriyatie:   programmirovanie   dlya   vsex   bazovie
ob'ekti i rascheti na odnoy diskete. – M.: Dialog – MIFI, 2003. – 464 s. 
8. Faronov   V.V.   Turbo   Paskal   7.0.   Uchebnoe   posobie.   M.:   Nolidj.,
2002g. 
9. Stavrovskiy A.B. Turbo Paskal 7.0.  Kiev: BHV., 2000g. 
10. Gurova L.I. Osnovi programmirovaniya.  M., Fis, 1990. 
11. Dokukina   T.K.   Programmirovanie   i   algoritmicheskie   yaziki.
Uchebnik.M., Mashinostroenie, 1988. 
12. Chernov   B.I.   Programmirovanie   na   algoritmicheskix   yazikax.   M.,
Prosveshenie, 1991. 
13. Donald Alkol. Yazik Paskal v illyustratsiyax.  M., Mir, 1991. 
14. Faronov   V.V.   Turbo   Paskal   (v   3x   knigax).   M.:   MVTU-FESTO
DIDAKTIK., 2000. 
15. Fedorov   A.   Osobennosti   programmirovaniya   na   Borland   Pascal.
Kiev:Dialektika, 1999. 
16. Vasyukova   N.D.,   Tyulyaeva   V.V.   Praktikum   po   osnovam
programmirovaniya yazik Paskal. M.: Visshaya shkola., 1996. 
29
  30

Mavzu: “Dasturlash asoslari” fanini pedagogik va axborot texnologiyalari yordamida o’qitish metodikasi 1

Mundarija Kirish………………………………………………………………………….3 I bob. Dasturlash asoslari fanini tashkil etishda pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanish………...………………………………………...5 1.1. Ta'lim jarayoni uchun elektron darslik yaratishning nazariy asoslari……………………………………………………………..……..…..5 1.2. Dasturlash asoslari bo'yicha multimediyali o'rgatuvchi tizimni o'quv jarayoniga joriy etish…………………………………………………………8 1.3. O'quv jarayoniga axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan Foydalanishni tadbiq etish …………………………………………….12 II bob. Dasturlash asoslari fanidan “Dasturlash asoslari. Dasturlash tillari va ularning klassifikatsiyasi” mavzusini o’qitish metodikasini ishlab chiqish.. 15 2.1. Camtasia Studio dasturi haqida tushuncha……………………..…..15 2.2. Mavzuning texnologik xaritasi……………………………………..19 2.3. Dasturlash asoslari fanidan ―Dasturlash asoslari. Dasturlash tillari va ularning klassifikatsiyasi mavzusi ma'ruza mashg'ulotlarini o‘qitish ‖ metodikasi…………………………………………………………..…..20 Xulosa………………………………………………………………………..29 Adabiyotlar………………………………………………………………….30 2

Kirish. Informatika atamasi lotincha information suzidan kelib chikkan bo`lib, u uzbekchada tanishtirish, tushuntirish, bayon etish degan ma`nolarni anglatadi. O'z navbatida xabar- axborot (informatsiyani)ni tasvirlash shakli bo`lib, u nutk, matn, tasvir, grafik, jadval, videotasvir, tovush va x.k. kurinishlarda ifodalaniladi. Umuman olganda, axborot – bu odamlar orasidagi , odamalar bilan EXMlar orasidagi, jonli va jonsiz tabiat orasidagi ma`lumot almashinuvi bo`lib, keng ma`noda ilmiy tushunchadir. Informatika bu insoniyat ffaoliyatining bir soxasi bo`lib, u axborotni xosil kilish, saklash va kompgyuter yordamida kayta ishlash degan ma`noni bildiradi. Informatika suzi dastlab XIX asrning 60-yillarida Frantsiyada vujudga keldi. U informatsiya va avtomatika suzlarini birlashtirishdan iborat bo`lib, ma`lumotlarni avtomatik tarzda kayta ishlash degan ma`noni ifodalaydi. Ingliz tilida gapiruvchi mamlakaatlarda bu fan ―Computer science deb ataladi. Mustakil fan sifatgida‖ informatika 40-yillar oxirida texnika, biologiya ijtgimoiy va boshka soxalarda boshkarishning umumiy printsiplari haqidagi fan – kibernetika fani asosida shakllandi. Informatikaning asosiy vazifasi –axborotning kayta ishlashning yangi usullari va vositalarini yaratish xamda ularni amaliyo1tda kullashdan iboratdir. Informatika kuyidagi masalalarni echadi: - ixtiyoriy axborot jarayonlarini tekshirish; - axborot jarayonlarini tekshirish natijasida olingan bazani kayta ishlash uchun eng yangi texnika va texnologiyalarni yaratish. - Jamiyatning barcha jabxalarida kompgyuter texnikasi va texnologiyasidan unumli foydalanishning ilmiy va muxandislikmuammolarini echishning yaratish xamda ularni tatbik etish. Shartli ravishda informatika uchta uzaro boglik kismga bo`lish mumkin: - apparatli texnika vositasi; - dastur muxiti; - algoritmlar muxiti. 3

Informatika keng ma`noda fan, texnika va ishlab chikarish, ya`ni inson faoliyatining barcha soxalarida axborotni kompgyuter va telekommunikatsiyalar yordamida kayta ishlash, uzatish bilan boglik bo`lgan yagona soxadir. Uz navbatida insonning ixtiyoriy faoliyat dolirasi, shu bbilan fanning xar bir tarmogi , uxox ijtimoiy. Tabiiy bo`lsin, undagi axborot uzining maxsus tomonlari bilan tavsiflaniladi. Masalan, iktisodiyot, yuridik, filologiya va jurnalistika axborotlari haqida gapiradjigan bo`lsak, bu shu soxa mutaxassislarining xizmat burchlavrining muvaffakiyatli bajarishlari uchun zarur bo`lgan, doimo yangilanib turuvchi bilim va ma`lumotlar tuplami bo`lib xisoblaniladi. Axborot – bu anik va amalda kullaniluvchi ma`lumotdir. Ma`lumotlar esa xabarlar, kuzatishlar, natijalarni uz ichiga oladi. Biror zaruriyat buyicha imkoniyat tugilganda masalan narsa tugrisidagi bilimni oshirish paytida u axborotga aylanadi. Axborotning amalda kullanilishining zarur sharti uning uz vaktidaligi va adekvatligi. Adekvatlik – bu olingan axborot asosida kurilgan obrazning haqikiy ob`ektga kanchalik mosligini beradi va u uch xil formada ifodalaniladi: - Sintaktik adekvatlik: bu axborotning uzatash tezligi, anikligi, kodlashtirish sistemasi, tashki ta`sirlarning mavjudligi va shu kabilardan iborat. - Semantik adekvatligi: uzatiladigan axborotning ma`naviy tarkibi, ob`ekt obraziga va real kurinishiga mos kelishligi xisobiga olinadi; - Pragmatik adekvatligi: olingan axborotning asosiy axborot bilan mos kelishligini bildiradi. I-BOB. DASTURLASH ASOSLARI FANINI TASHKIL ETISHDA PEDAGOGIK VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH 1.1. Ta'lim jarayoni uchun elektron darsliklar yaratishning nazariy asoslari Respublikada elektron o‘quv adabiyotlaridan foydalanishga mo‘ljallangan axborot texnologiyalari vositalarini rivojlantirish, shuningdek, masofadan turib o‘qitishni tashkil etish bo‘yicha salmoqli ishlar olib borilmoqda. Elektron adabiyotlar yaratishning ilmiy-uslubiy tomonlari ko‘pgina olimlar tomonidan tadqiq etilmoqda. 4

2006 yildan e'tiboran, elektron o‘quv adabiyotlaridan foydalanishning uchinchi bosqichi boshlanganiga qaramay ta'lim muassasalari uchun elektron darslikni yaratish va ularni o‘quv-tarbiya jarayonida qo‘llash bo‘yicha ishlar ancha sust ketmoqda. Bu esa, elektron darslik yaratish uslubiyoti, uning tuzilishi, o‘z ichiga oladigan komponentlariniig aniq bir tizimga solinmaganligi bilan bog‘liq. Elektron o‘quv adabiyotlarining uchinchi ya'ni o‘quv jarayonida keng foydalanish bosqichiga o‘tishda, o‘quv adabiyotlarining yangi avlodini ishlab chiqish va ta'lim muassasalarini ta'minlashni jadallashtirish hozirgi kunning dolzarb vazifalaridandir. Bu borada fanlardan elektron darslikni yaratish muhim masala hisoblanadi. Shu o‘rinda, darslik atamasiga ta'rif berib o‘tsak maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Darslik - Davlat ta'lim standarti, o‘quv dasturi, uslubiyati va didaktik talablari asosida belgilangan, milliy istiqol qoyasi singdirilgai, muayyan o‘quv fanining mavzulari to‘liq yoritilgan, tegishli fan asoslarini mukammal o‘zlashtirilishiga qaratilgan hamda turdosh ta'lim yo‘nalishdarida foydalanish imkoniyatlari hisobga olingan nashr ekanligini ta'kidlaymiz. Elektron darslik esa, kompyuter texnologiyasiga asoslangin o‘quv uslubini qo‘llashga, mustaqil ta'lim olishga hamda fanga oid o‘quv materiallar, ilmiy ma'lumotlarning har tomonlama samarador o‘zlashtirilishiga mo‘ljallangan bo‘lib, quyidgi shakllarda ifodalanadi: o‘quv va ilmiy materiallar faqat verbal (matn) shaklida; o‘quv materiallari verbal (matn) va ikki o‘lchamli grafik shaklida; multimedia (multimedia —turli xil aborot) qo‘llanmalar, yani ma'lumot uch o‘lchamli grafik ko‘rinishida, ovozli, video, animatsiya va qisman verbal (matn) shaklida; taktil (his qilinuvchi, seziladigan) xususiyatli, o‘quvchi (talaba, tinglovchi)ni «ekran olamida» stereonusxasi tasvirlangan qaqiqiy olamga kirishi va undagi ob'ektlarga nisbatan qarakatlanish tasavvurini yaratadigan shaklda . Yangi asr ta'limini rivojlanish tendentsiyasi - axborot texnologiyalarini o‘quv-tarbiya jarayoniga keng qo‘llash va tarqatishdan iborat. Bu yo‘nalishda asosiy vazifalaridan biri turli predmet sohasini o‘z ichiga olgan bilimlar omborini yaratish bilan belgilanadi. Yangi axborot texnologiyalarining ta'lim tizimiga tatbiq etilishi an'anaviy o‘qitish jarayonidan 5