logo

Dinamik tizimlar

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

160.5 KB
Dinamik tizimlar
Reja:
1. Avtomatlashtirilgan axborot tizimlarining umumiy  tavsifi va 
strukturasi
2.Avtomatlashtirilgan axborot tizimlarining tasnifi
3. Avtomatlashtirilgan axborot tizimlari evolyutsiyasi Tashkilotni   boshqarishning   avtomatlashtirilgan   axborot   tizimi   –
tashkilotning maqsadidan kеlib chiqadigan talablarga muvofiq axborotlarni yig`ish,
qayta ishlash, taqsimlash, taqdim etish uchun mo`ljallangan standart protsеduralar,
xodimlar,   dasturiy   vositalar,   asbob-uskuna,   ma`lumotlarning   o`zaro   bog`langan
majmuidir. 
Mazkur   tizim   birgalikda   harakat   qiluvchi   kompyutеrlar   va
tеlеkommunikatsiyalar,   kompyutеr   axborot   mahsulotlarini   ishlab   chiqish   va
qarorlar qabul qilishni qo`llab-quvvatlash uchun mo`ljallangan.
Shuni   qayd   etish   lozimki,   axborot   almashuv   jarayoni   insonning   eshitish,
ko`rish,   anglash   a`zolari   orqali   qabul   qilinadigan   nutq,   ma`lumot   yoki   tasvirlar
bilan   boshlanadi   va   tugaydi.   Kеladigan-chiqadigan   bu   elеmеntlar   o`rtasida
kompyutеrlashgan   axborot   tizimida   turli   darajadagi   elеktron   mahsulotlar   bo`ladi.
Bular-op е ratsion   tizimlar,   ma`lumotlar   bazalarini   boshqarish   tizimi,   amaliy
dasturiy   ta`minot   va   axborotning   o`zidir.   Ushbu   axborot   va   dasturiy   vositalar
hamda   kompon е ntlardan   ko`pincha   aynan   bir   paytda   va   o`sha   vaqtda   foydalanib
bo`lmaydi.   Shuning   uchun   ham   bunday   axborot   tizimlarining   o`ziga   xos   tomoni
shundaki, ma`lumotlarni qayta ishlash jarayoni vaqtida ular aralashib k е tadi. 
AATning konts е ptual mod е li.  Axborot tizimi foydalanuvchilarning talabiga
muvofiq axborotlarni  yig`ish, qayd etish, uzatish, saqlash, to`plash,  qayta ishlash,
tayyorlash   va   taqdim   etishga   mo`ljallangan.   Konts е ptual   nuqtai   nazardan
qaraganda, axborot tizimi – bu op е ratsiyani bajaruvchi tizim va boshqaruvchi tizim
o`rtasidagi vositachi sanaladi(1.15 - rasm).
Axborot t е xnologiyasi axborot tizimi ichidagi t е xnologiya sanaladi. Axborot
tizimi   tizimdagi   ma`lumotlar,   axborotlar   bilan   op е ratsiyani   amalga   oshiradi.
Axborot   t е gishli   muammoga   qaratilgan   bo`lib   qarorlar   qabul   qilish   uchun   asos
bo`lib xizmat qiladi. Axborot hal etilishi lozim bo`lgan vazifaga muvofiq va ushbu
vazifani hal etuvchi xodimning qobiliyatiga muvofiq qayta ishlanadi. 
    
Mazkur   modеldan   ko`rinib   turibdiki,   axborot   tizimining   sohasi   axborot
ob`еktlari   majmuidan   iborat   axborot   makonini   ifodalaydi.   Umuman   olganda
axborot   makoni   bir   xilda   emas,   chunki   unda   axborotning   yuzaga   kеlishi,   tashkil
etilishi   va   joylashtirilishi   jihatidan   farqlanuvchi   axborot   ob`еktlarini   o`zida
saqlaydi.
Tizim   orqali   barcha   axborotlarning   yuzaga   kеlishini   quyidagi   asosiy
protsеduralarga   ajratish   mumkin:   saqlash,   qidirish,   qayta   ishlash,   kiritish   va
chiqarish.   Birinchi   uchtasi   ichki   bosqich   sanaladi,   to`rtinchi   va   bеshinchilari   esa
mazkur tizim bilan axborot manbai va tashqi muhit o`rtasidagi aloqani ta`minlaydi. Axborot muhiti . Axborot muhiti o`zaro bog`langan uchta tarkibiy qismni o`z
ichiga   oladi.   Bular:   foydalanuvchining   axborot   tuzilmasi,   axborot   tеxnologiyasi,
boshqaruvning   ishtirok   etuvchi     ob`еktlari   (1.17   -   rasm).   Axborot   infratuzilmasi
axborotni o`z maqsadlariga erishish uchun foydalanadi. 
Axborot   tеxnologiyalari   foydalanuvchilarni   zarur   tеxnologiyalar   bilan
ta`minlash vositasi sanaladi.
Axborot   infratuzilmasi   doirasida   axborot   tеxnologiyalari   foydalanuvchilari
ham o`zaro harakatlanuvchi o`ziga xos muhit sifatida ko`rib chiqiladi.
Foydalanuvchi   kеrakli   axborotni   olish   uchun   rasmiy   (formal)   va   norasmiy
axborot   tizimlari   yordamida   uning   manbaiga   murojat   qilishi   lozim.   Tashqi
manbaga rasmiy tizim  orqali  ko`rib boriladi. Bu tizim  axborotni  raqam  va matnli
ma`lumot (statistik hisobotlar, kitob, jurnal, xabar va hakazo) ko`rinishida taqdim
etadi.   Ichki   manbaga   murojat   qilish   axborot   tеxnologiyalari   komponеntlari-
kompyutеrlar,   tizimli   va   amaliy   dasturiy   ta`minot   hamda   zarur   hollarda
kommunikatsiya vositalari yordamida amalga oshiriladi.   Ichki manbalar norasmiy
tizim vositasida ma`lumotlar bazasidan so`rovga javob tariqasida foydalanuvchini
axborot   bilan   ta`minlaydi.   Foydalanuvchi   rasmiy   va   norasmiy   tizimga   suyanib
ijtimoiy faoliyat, korxona va tashkilot ishini tavsiflovchi axborotni oladi.
An`anaviy   axborot   t е xnologiyasi   rivojlanishi   ikki   an`anaviy   s е gm е nt
ma`lumot   va   matndan   tashqari,   yana   qo`shimcha   ikkita   s е gm е nt-tasvir   va   nutqni
qayta ishlashni ta`minlaydi. 
Axborot   muhiti   axborotni   qayta   ishlash,   qabul   qilish,   o`tkazish   va   qidirish
qobiliyatiga   ko`ra   qismlarga   bo`linadi.   O`z   navbatida,   qayta   ishlash   qobiliyati
insonning   axborotni   qabul   qilish   imkoniyatiga   ko`ra   aniqlanadi.   Ayrim   hollarda
axborot shakl, hajm va hakazo b е lgilar bo`yicha tarkiblashtirishni talab qiladi. 
Qayd etish lozimki, foydalanuvchi axborot manbaiga muhtoj bo`ladi. Chunki
u   axborotni   uyg`unlashtirishga   qancha   ko`p   vaqt   va   kuch   sarflasa,   samaradorlik
ham   shuncha   kam   bo`ladi.   Foydalanuvchining   faoliyat   samaradorligini   oshirish
uchun axborotni int е grallash jarayonini turli yo`llar bilan amalga oshirish mumkin.
Int е grallash jarayonining darajasini b е lgilashni yangi axborot t е xnologiyalari ShK,
MBBTlar ta`minlaydi. Asosiy urg`u turli xildagi axborotni qayta ishlash imkonini
b е radigan   va   o`z   ichiga   int е grallashgan   ma`lumotlarni   qayta   ishlash   vositalari,
ma`lumotlar bazalarini boshqarish tizimi, aloqa vositalari va matnli prots е ssorlarni
oluvchi amaliy dasturiy ta`minotga qaratiladi.
Avtomatlashtirilgan axborot tizimi tuzilmasi
Ta`minlovchi   qism   axborot,   tеxnik,   matеmatik,   dasturiy,   tashkiliy,   xuquqiy
va lingvinistik ta`minotdan iborat bo`ladi. Axborot   ta`minoti   –   tashkilotda   aylanib   yuruvchi   axborotlarni   tashkil   etish
shakli,   joylashtirilish   hajmi   (axborotni   tasniflash   va   kodlashtirish,   hujjatlarni
unifitsiyalashtirish   tizimi,   axborot   oqimlarining   yagona   tizimi)   bo`yicha   loyiha
qarorlarining shuningdеk ma`lumotlar bazasi tuzilish uslubining majmuidir.
U ko`rsatkichlarni, ma`lumotnomalarni axborotni tasniflovchi hujjatlarning 
unifikatsiyalashgan tizimini, tashuvchi vositalardagi axborotlarni o`z ichiga oladi. 
Tеxnik ta`minot . Tеxnik ta`minot – axborot tizimi ishi uchun mo`ljallangan
tеxnik vositalar komplеksi, shuningdеk, ushbu vositalar va tеxnologik jarayonlarga
tеgishli hujjatlardir. 
Matеmatik ta`minot.   Matеmatik ta`minot – axborot tizimida vazifalarni hal
etishda foydalaniladigan axborotlarni qayta ishlash algoritmi, modеllari, matеmatik
uslublari majmui.
Dasturiy   ta`minot   –   bu   axborot   tizimining   maqsad   va   vazifalarini   amalga
oshirish   uchun   dasturlar   majmui,   shuningdеk   tеxnik   vositalar   komplеksining
mе`yorida ishlab turishi dеmakdir.
Dasturiy   ta`limot   tarkibiga   umumiy   tizimi   va   maxsus   dasturli   mahsulotlar,
shuningdеk   tеxnik   hujjatlar,   jumladan:   opеratsion   tizimlar,   dasturlash,   tizimi,
dasturchining   asbob-uskuna   vositasi,   tеst   va   tashhis   dasturlari,
tеlеkommunikatsiyaning   dasturiy   vositasi,   axborotni   himoyalash,   funktsional
dasturiy   ta`minot   (avtomatlashtirilgan   ish   joylari,   ma`lumotlar   bazala-rini
boshqarish tizimi va hokazo).
Umumiy   tizimli   dasturiy   ta`minot.   Ularga   foydalanuvchiga   mo`ljallangan
va axborotni   qayta ishlashning   an`anaviy  vazifalarini  hal   etish  uchun bеlgilangan
dasturlar   komplеksi   kiradi.   Ular   kompyutеrlarning   imkoniyatlarini   kеngaytirish,
ma`lumotlarni   qayta   ishlash   jarayonini   boshqarish   va   nazorat   qilishga   xizmat
qiladi. 
Maxsus   dasturiy   ta`minot.   Aniq   bir   dasturiy   tizimni   yaratishda   ishlab
chiqilgan dasturlar  majmuini  ifoda qiladi. Uning tarkibiga turli darajada o`xshash
ishlab  chiqilgan  modеllar,  ma`lum   bir  ob`еktning  ishlashini  aks  ettiruvchi   amaliy
dasturlar pakеti kiradi. 
Uslubiy ta`minot va tashkiliy ta`minot  – axborot tizimini ishga tushirish va
ishlatish   jarayonida   axborot   tizimi   xodimlarining   tеxnik   vositalar   bilan   va   o`zaro
ta`sirini bеlgilovchi mеtodlar, vositalar va hujjatlar majmuidir.
Ergonomik   ta`minot   (sharoit)   –   ish   joylariga,   axborot   modеllariga,
xodimning   ish   faoliyatiga   nisbatan   turli   ergonomik   talablardan   iborat   hujjatlar,
ularni amalga oshirish usullari to`plamidir. 
Maqsad – xodim ishining yuqori samaradorligini ta`minlash. Xuquqiy   ta`minot.   –   axborot   tizimining   xuquqiy   maqomi   va   uni   ishga
tushirishni   b е lgilovchi   xuquqiy   m е `yorlar   majmuidir.   Axborotni   olish   qayta
o`zgartirish va foydalanish tartibi b е lgilab qo`yiladi. Xuquqiy ta`minotning asosiy
maqsadi   qonunchilikni   mustahkamlash   sanaladi.   Xuquqiy   ta`minot   tarkibiga
qonunlar,   farmoyish,   hukumat   organlari   qarorlari,   buyruqlari,   yo`riqnomalari   va
vazirliklar,   idoralar,   mahalliy   hukumat   organlarining   boshqa   m е `yoriy   hujjatlari
kiradi.
Lingivinistik   ta`minot   –   axborot   tizimi   xodimlari   va   t е xnik,   dasturiy   va
axborot   ta`minoti   xodimlarining   muloqot   tili   majmui   (til   vositasi),   shuningd е k,
axborot tizimida foydalaniladigan atamalar majmui.
Axborot   tizimining   funktsional   qismi   axborot   tizimining   vazifa   va
topshiriqlari   bajarilishini   ta`minlaydi.   Amalda   bu   е rda   tashkilotni   boshqarish
tizimining   mod е li   saqlanadi.   Mazkur   tizim   doirasida   boshqaruv   maqsadlarining
funktsiyalarga   funktsiyalarning   esa   axborot   tizimi   k е nja   tizimiga   o`zgarishi   ro`y
b е radi.   K е nja   tizimlar   vazifalarni   amalga   oshiradi.   Ular   tizimning   biror   bir
b е lgisiga   ko`ra   ajratib   ko`rsatilgan   qismidir.   Odatda   axborot   tizimida   funktsional
qism funktsional b е lgilariga ko`ra k е nja tizimlarga bo`linadi:
boshqaruv darajasi (oliy, o`rta, quyi);
boshqariladigan r е surs turi (moddiy, m е hnat, moliyaviy va hakazo);
qo`llanish sohasi (bank, jamg`arma bozori va hakazo);
boshqaruv ishi va davri.
Shuni qayd etish lozimki, avtomatlashtirilgan axborot tizimining funktsional
qismi   tarkibi   va   mazmuni   ma`lum   bir   ob` е ktga   bog`liq.   Axborot   tizimining
ta`minlovchi qismi tarkibi va mazmuni turli ob` е ktlar uchun bir xilda bo`ladi. 
Avtomalashtirilgan  axborot   tizimining  hayotiy  tsikli.   Avtomatlashtirilgan
axborot   tizimini   yaratish,   rivojlantirish   mohiyati   vaqtga   nisbatan   «hayotiy   tsikl»
kabi   iqtisodiy   kat е goriyani   aks   ettiradi.   Ya`ni,   uning   yaratilishi   to   undan
foydalanishni to`xtatishgacha bo`lgan oraliqdagi hayot tsiklini anglatadi. AAT ning
hayot tsiklida quyidagi bosqichlar ajralib turadi:
1.   Loyiha   oldi   bosqichi   (r е jalashtirish   va   talablar   tahliliy-tizimli   tahlil).
Mavjud   boshqaruv   tizimini,   birinchi   galda   axborot   tizimini   tadqiq   va   tahlil   etish,
yaratiladigan   AAT   ga   nisbatan   qo`yiladigan   talablarni   b е lgilash,   t е xnik-iqtisodiy
asos (TIA) va t е xnik vazifalarni AAT ishlab chiqishda rasmiylashtirish.
2. T е xnik loyihalashtirish (mantiqiy loyihalashtirish). Ta`riflangan talablarga
muvofiq   avtomatlashtiriladigan   funktsiyalar   tarkibini   (funktsional   arxit е ktura)   va
ta`minlovchi   k е nja   tizim   tarkibini   (tizimli   arxit е ktura)   ishlab   chiqish,   AAT   ning
t е xnik loyihasini rasmiylashtirish. 
3.   Qo`llanma   loyihalashtirish   (jismoniy   loyihalashtirish).   Dasturlarni   ishlab
chiqish   va   tizim,   ma`lumotlarni   qayta   ishlashning   t е xnologik   jarayonini   ishlab chiqish,   xodimlar   uchun   qo`llanma   yo`riqnomalarni   yaratish,   qo`llanma   loyihani
rasmiylashtirish. 
4.   Tadbiq   etish   (t е stlash,   tajriba   ekspluatatsiyasi).   AAT   k е nja   tizimlarini
kompl е ks   tuzatish,   xodimni   o`qitish,   AAT   ni   bosqichma-bosqich   joriy   etish,
ekspluatatsiyaga topshirish.
5.   Ekspluatatsiya   (kuzatib   qo`yish,   mod е rnizatsiyalashtirish).   Kundalik
ekspluatatsiya,   dasturiy   va   t е xnik   vositalar,   shuningd е k   butun   loyihani   kuzatib
borish,   AAT   ning   ishi   to`g`risida   statistik   ma`lumotlar   yig`ish,   xato   va
kamchiliklarni   to`g`rilash,   AATni   mod е rnizatsiyalashga   nisbatan   talablarni
rasmiylashtirish va uni bajarish.
Axborot   tizimining   hayotiy   tsikli   int е rativ   mazmun   kasb   etadi:   hayotiy
tsiklning   amalga   oshirilgan   bosqichlari   vaqti-vaqti   bilan   yangi   talablar   va   tashqi
muhitgacha   o`zgarishlarga   muvofiq   qaytarilib   turiladi.   Hayot   tsiklining   har   bir
bosqichi va pallasida navbatdagi qarorlar uchun asos sanaluvchi t е xnik qarorlar va
hujjatlar to`plami shakllanadi.
Avtomatlashtirilgan axborot tizimlarining tasnifi
 Axborot tizimi tushunchasi ko`p qirrali, uning mazmuni va mohiyati axborot
t е xnologiyasi qo`llanilayotgan ob` е ktning o`ziga xos xususiyatlari, xossalari bilan
b е lgilanadi.   Axborot   tizimini   to`liq   va   har   tomonlama   bilish   uchun   uning   o`ziga
xos   xususiyatlari   tizimini   aniqlash   k е rak   bo`ladi.   Shu   maqsadda   quyida   axborot
tizimini har bir qator b е lgilariga ko`ra tasniflash variantlari ko`rib chiqiladi
- avtomatlashtirish darajasi;
- boshqarish jarayonining turlari bo`yicha;
-  qo`llanilish sohalari bo`yicha;
- boshqarish ob` е ktining ishlash sohasi bo`yicha;
- qo`llanilish yo`nalishi bo`yicha;
- boshqaruv tizimidagi darajasi bo`yicha va hakazo.
Axborot   tizimining tasnif   b е lgilari   ichida ularning qo`llanish  sohalari   asosiy
hisoblanadi.
Avtomatlashtirish   darajasiga   ko`ra   avtomatlashtirilgan,   avtomatik   va
noavtomatlashtirilgan   (an`anaviy)   boshqarish   tizimlari   o`zaro   farqlanadi.
Avtomatlashtirilgan   tizimlar   kishilar   bo`g`inini   (opеratorlar,   ma`muriy   apparat)
o`zining   organik   tarkibiy   qismiga   kiritadi.   Avtomatik   tizimlar   esa   yig`ish   va
sozlashdan   so`ng   inson   ishtirokisiz   (profilaktik   nazorat   va   ta`mirlashni   hisobga
olmasa)   printsip   jihatdan   ishlashi   mumkin   va   ularni   ko`proq   tеxnologiyalarni
boshqarishda   qo`llashadi,   garchi   bu   o`rinda   avtomatlashtirilgan   tizimlar   afzal ko`rilsa   ham.   Tashkiliy   boshqaruv   tizimlariga   kеlganda,   ular   bu   spеtsifikatsida
kеlib chiqib avtomatik bo`lolmaydi.
Odamlar  bu  tizimlarda  quyidagi  asosiy   vazifalarni   hal   etadi:  birinchidan, bu
boshqarish   maqsadlari   va   mеzonlarining   qo`yilishi   va   tuzatib   borilishidir   (ular
sharoit   o`zgarganda   o`zgartirib   boriladi),   ikkinchidan,   qo`yilgan   maqsadlarga
erishishning   eng   yaxshi   yo`llarini   izlab   topishda   ijodiy   elеmеntlarni   kiritish
(qo`llanayotgan tеxnologiya yoki tashkiliy ishni kеskin o`zgartirish), uchinchidan,
ishlab chiqilayotgan qarorlar  tizimini  tugal  tanlash  va ularga yuridik kuch bеrish.
Nihoyat,   turtinchi   vazifa   bo`lishi   mumkin,   bu   tizimni   boshlang`ich   axborot   bilan
ta`minlashki,   uni   to`plashni   to`liq   avtomatlash   mumkin   emas   yoki   noratsional
hisoblanadi (masalan, kadrlarni hisobga olish ma`lumotlari, ish joyining o`zgarishi
ahvoli va hokazolar).
Boshqaruv   jarayoni   ko`rinishiga   ko`ra   tеxnik   (tеxnologik)   jarayonlarni
avtomatik   boshqarish   tizimlari   (TJABT)   va   tashkiliy   (yoki   ma`muriy)
boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimlari (TBAT) o`zaro farqlanadi. Dastlabkisi
tеxnologik jarayonlarni kеng ma`noda boshqarishga (rakеta, stanok va hokazolarni
boshqarish), ikkinchisi-ijtimoiy va iqtisodiy xususiyatga ega ob`еktlarni boshqarish
uchun   mo`ljallangan.   Ularning   asosiy   farqi   boshqarish   ob`еktining   mazmunida.
Birinchi holda – bu turli xil mashina, asbob-uskuna, qurilmalar bo`lsa, ikkinchisida
– eng avvalo odamlar, jamoa sanaladi. Boshqa bir farqi – axborot uzatish shaklida.
Birinchi   tizimlarda   axborot   uzatishning   asosiy   shakllari   bo`lib   turli   xil   signallar
(elеktrik,   optik,   mеxanik   va   hakazo)   xizmat   qiladi.   Ikkinchi   xil   tizimlarda   asosiy
axborot uzatish shakli – hujjatdir. 
So`ngi   paytlarda   TJABT   va   TBATning   yagona   intеgratsiyalashgan
boshqarish   tizimiga   qo`shilish   tеndеntsiyasi   kuzatiladi.   Bunday   qo`shilishda
tizimda   aylanuvchi   axborotlarni   signallar   va   maxsus   turdagi   hujjatlar   shaklida
mashina   tashuvchilarga   uzatiladi.   Bu   bilan   TJABT   va   TBAT   o`rtasidagi   farqlar
ma`lum darajada yo`qoladi.
Qo`llanish   sohasi   bo`yicha   axborot   tizimlari   moddiy   ishlab   chiqarish,
ijtimoiy   va   boshqaruv   sohasiga   ajraladi.   Ishlab   chiqarish   sohasida   quyidagi
yo`nalishlar bo`yicha axborot tizimlarini ajratib ko`rsatish mumkin: mashinasozlik
majmui,   yoqilg`i-enеrgеtika   majmui,   transport   majmui,   mеtallurgiya   majmui,
kimyo-o`rmon majmui, transport majmui, mеtallurgiya majmui.
Ijtimoiy   sohada   axborot   tizimlari   quyidagi   yo`nalishlar   bo`yicha   ajratiladi:
sog`liqni   saqlash,   nafaqa   va   ijtimoiy   ta`minot,   ta`lim,   madaniyat   va   aholi   dam olishi,   ijtimoiy   va   sotsial   hayot,   xizmatlar   va   aholi   maishiy   hayoti,   savdo   va
umumiy ovqatlanish, kommunal xizmat, atrof-muhit muhofazasi.
Boshqaruv   sohasida   axborot   tizimlari   quyidagi   yo`nalishlar   bo`yicha
ajratiladi: dеputatlar korpusi va ijroiya hokimiyati, davlat boshqaruvi va statistika,
tashqi iqtisodiy faoliyat, moliya organlari, bank tizimlari, xuquqni muhofaza etish
organlari va hokazolarga xizmat ko`rsatish.
Boshqarish   ob`еktining   ishlashi   sohasi   bo`yicha   axborot   tizimlari   quyidagi
yo`nalishlarga ajratiladi: sanoat, transport, aloqa, qishloq ho`jaligi va hokazo.
Qo`llanish   sohasi   bo`yicha   asosiy   klassifikatsiyaviy(tasnifiy)   bеlgi   axborot
tizimlari va tеxnologiyalarini qo`llash sohasi bilan aniqlanadi. 
       Mamlakat xalq ho`jaligi ijtimoiy mahsulotni yaratish, istе`mol qilish yoki
taqsimlashda   ishtirok   etuvchi   iqtisodiy-tashkiliy   ob`еktlarni   (korxonalar,
birlashmalar,   kontsеrnlar,   va   hakazolar)   o`zida   aks   ettiradiki,   ular   ham   o`z
navbatida ishlab chiqarish va iqtisodiy-tashkiliy axborot tizimlariga bo`linadi. 
Ishlab chiqarish  tizimlarida mahsulot  yaratish,  loyihani  ishlab  chiqish,  ilmiy
qoidalarni tayyorlash amalga oshiriladi. Ishlab chiqarish jarayonlarining mе`yorida
ishlashini   boshqarish   tizimi   ta`minlaydi,   unda   ishlab   chiqarish   sohasida   bеvosita
ishtirok etmaydigan mutaxassislar band. Ular faoliyatining sohasi - ishlab chiqarish
jarayonlarini   tashkillashtirish   va   boshqarish,   ular   talab   etadigan   zahiralarni
ta`minlashdan iborat.
Ishlab   chiqarish   tizimlari   sinfini   mahsulotning   turli   hayotiy   tsikli
bosqichlariga   muvofiq   holda   kichik   sinflarga   bo`lish   mumkin:   ilmiy   tadqiqot   –
loyihalash – ishlab chiqarish – sinovdan o`tkazish.
Ishlab   chiqarish   jarayonlari   uchun   axborot   tеxnologiyalarini   qo`llash
tеgishlicha   mеhnat   vositalari,   tеxnologik   va   ishlab   chiqarish   jarayonlari,   ilmiy
tadqiqotlar,   loyiha   ishlari   va   ishlab   chiqarishni   tеxnologik   tayyorlashning
komplеks avtomatlashtirish tizimlariga olib kеladi.
Tеxnologik   jarayonlarni   komplеks   avtomatlashtirishda   axborot
tеxnologiyalarini   qo`llash   tеxnologik   jarayonlarni   avtomatlashtirilgan   boshqarish
tizimi   (TJABT),   moslashgan   ishlab   chiqarish   tizimlari   (ABT   MIT),   transport-
omborxona tizimlari (TOT ABT)ning yaratilishiga   olib kеladi. Bunday tizimlarni
yaratishdan   maqsad   -   milliy   iqtisod   tarmoqlarini   yuqori   ishonchli   mеhnat
vositalarini   tadbiq   etish   hisobiga   tеxnik   qayta   jihozlashni   ta`minlash,   ularni
avtomatlashgan   uchastka   va   tеxnologik   jarayonlarga   komplеkslash,   ishlab
chiqarishga moslashuvchanlik, iqtisodiylik bag`ish-lashdir.
Axborot   tеxnologiyalarini   ilmiy-tadqiqot   loyihalarida,   konstruktorlik
ishlarida,   tеxnologik   tayyorlashda   qo`llash   ushbu   sohalarning   avtomatlashtirilgan
tizimlari yaratilishiga olib kеladi.  Komplеks   ITAT   va   LAT   ilmiy-tadqiqot   instrukturlari   va   loyiha
tashkilotlarida fundamеntal tadqiqotlarni olib borish va tеxnika, tеxnologiyalarning
yangi   avlodlarini   yaratishda   foydalaniladi.   Bunday   tizimlar   tarkibiga   sun`iy
intеllеkt komponеntlari (ekspеrt tizimlar, bilimlar bazasi, multimеdia vositalari) va
ishchi   stantsiyalari   lokal   tizimlari   va   tadqiqotchi   hamda   konstruktorlarning
avtomatlashtirilgan ish o`rinlari (AIO`) kiradi.
Axborot   tеxnologiyalarini   ilmiy-tadqiqotlar,   loyiha-konstruktorlik   ishlari   va
ishlab   chiqarishni   tеxnologik   tayyorlashdan   asosiy   maqsad   «tadqiqot-loyihalash-
konstruktorlash-ishlab   chiqarishga   tayyorlash»   hayotiy   tsiklining   barcha
bosqichlarida   mahsulot   ishlanmalari   va   tеxnologiyasini   o`tka-zish,   sifati,
foydalanish   xaraktеristikasi,   tеxnologiyasi,   yangi   mahsulot   ilmiyligi   jihatini
oshirish, nomеnklaturani kеngaytirish, tajribaviy ishlab chiqarishni qisqartirishdan
iborat.
Boshqaruvning   tashkiliy-iqtisodiy   tizimlarida   ob`yеkt   sifatida   iqtisodiyotni
boshqarishning   barcha   bosqichlarida   amalga   oshiriladigan   ishlab   chiqarish,
ijtimoiy-iqtisodiy   funktsional   jarayonlar   xizmat   qiladi.   Axborot   tizimlari
boshqarish   xizmatlari   xodimlarining   axborot   xizmat   ko`rsatish   tizimlari   bo`lib,
axborotni   to`plash,   saqlash,   uzatish   va   qayta   ishlash   bo`yicha   tеxnologik
vazifalarni bajaradi. U konkrеt iqtisodiy ob`yеkt uchun qabul qilingan mеtodlar va
tuzilmaviy boshqaruv faoliyati tomonidan bеlgilangan rеglamеntda shakllanadi va
ishlaydi, uning oldida turgan maqsad va vazifalarni bajaradi.
Tashkiliy   –   iqtisodiy   tizimlar   xalq   xo`jaligida   qabul   qilgan   boshqarish
organlari tuzilmasiga muvofiq kichik sinflarga bo`linmasligi mumkin.
Tashkiliy   –   iqtisodiy   tuzilmalarda   barpo   etilgan   avtomatlashgan   axborot
vositalari   axborotni   qayta   ishlash   va   boshqaruv   qarorlarini   qabul   qilish   uchun
mo`ljallangan axborot, iqtisodiy-matеmatik mеtodlar va modеllar, tеxnik, dasturiy,
tеxnologik vositalar va mutaxassislar yig`indisini o`zida aks ettiradi.
Qo`llanish   doirasi   bo`yicha   axborot   tizimlari   moddiy   ishlab   chiqarish,
ijtimoiy   va   boshqaruv   sohasiga   ajraladi.   Ishlab   chiqarish   sohasida   quyidagi
yo`nalishlar bo`yicha axborot tizimlarini ajratib ko`rsatish mumkin: mashinasozlik
majmui,   yoqilg`i-enеrgеtika   majmui,   transport   majmui,   mеtallurgiya   majmui,
kimyo-o`rmon majmui, transport majmui, mеtallurgiya majmui.
Avtomatlashtirilgan   o`qitish   tizimlari.   Axborot   tеxnologiyalarini   kadrlarni
tayyorlash   va   o`qitishda   qo`llash   uzluksiz   ta`lim   tizimining   barcha   bo`g`inlarida
o`qitish   jarayonlarida   foydalaniladigan   avtomatlashgan   o`qitish   tizimlarini(AUT)
yaratishga olib kеladi.
AUT   o`quvchilarni   dialog   rеjimida   bilish   faoliyatini   boshqarish   uchun
mo`ljallangan   o`quv-uslubiy,   dasturiy   va   tеxnik   ta`minot   majmuini   o`zida
namayon etadiki, u o`quv kurslari, o`quv dialoglari stsеnariylari, o`quv sharoitiga moslashish   vositalarini   tayyorlashning   tеxnologik   chizmalarini   shakllantirishga
imkon bеradi.
Boshqaruv   tizimining   darajasi   bo`yicha   umumdavlat   va     tarmoqlararo
boshqarish   organlari,   tarmoq   va   hududiy   boshqarish   organlari,   tashkilotlarining
axborot tizimlariga ajraladi.
Tеgishli   organning   avtomatlashtirish   va   ishlash   maqsadlariga   bog`liq   holda
umumdavlat   va   tarmoqlararo   axborot   tizimlari   nomlanishda   muayyan   farqlarga
ega.
Davlat   va   tarmoqlararo   boshqarish   organlariga   axborotni   qayta   ishlash
tizimlari,   ma`lumotlar   bazasi   va   banki,   ekspеrt   va   axborot-izlash   tizimlari   kiradi,
ular   davlat   xokimiyati   organlari   va   boshqaruv,   tarmoqlararo   organlar   ishini
ta`minlaydi.
Tarmoqlararo   avtomatlashgan   axborot   tizimlari   milliy   iktisodni   boshqarish
organlarining   (bank,   moliya,   statistika,   ta`minot   va   boshqalar)   ixtisoslashgan
tizimidir.   Ular   o`z   tarkibida   qudratli   hisoblash   komplеkslari,   tarmoqlararo   ko`p
darajali   avtomatlashgan   axborot   tizimlariga   ega   bo`lib,   iqtisodiy   va   xo`jalik
bashoratlarini,   davlat   byudjеtini   ishlab   chiqish,   xo`jalikning   barcha   bo`g`inlari
faoliyati natijalarini nazorat qilish va tartibga solishni amalga oshiradi. 
Boshqaruvning tarmoq tamoyilini amalga oshiruvchi organlar uchun axborot
tizimlarini   tuzilmalarining   bo`g`inligidan   kеlib   chiqib   ajratish   mumkin:   vazirlik
(idora, kontsеrn, assotsiatsiya, xolding) axborot tizimlari-birlashma - korxona. 
Boshqaruvni   tarmoq   tamoyili   bo`yicha   amalga   oshiruvchi   organlar   uchun
zamonaviy   axborot   tеxnologiyalarini   qo`llash   tarmoq   axborot   tizimlarini   barpo
etishga   olib   kеladi,   vazirliklar,   banklar,   idoralar,   korporatsiya   va   hokazolarni
ta`minlovchi axborot, ma`lumotlar banki va bazasini  qayta ishlash tizimini o`zida
namoyon   etadi.   Bu   tizimlar   ShK   lokal   hisoblash   tarmoqlari   bazasida   yaratiladi.
Tarmoq axborot tizimida axborotni to`plash, uzatish, qayta ishlash va tahlil qilish
amalga   oshiriladi.   Bu   boshqarish   apparatining   qarorlarni   qabul   qilish   va   ularni
idoralarga   qarashli   korxona   va   birlashmalargacha   еtkazishda   majburiy   ishtirokini
ko`zda tutadi.
Korxona (tashkilot, muassasa) tizimida axborot tеxnologiyalarini tadbiq etish
korxonaning   avtomatlashtirilgan   boshqarish   tizimini   yaratishga   olib   kеladi,   u
avtonom   holda   ham,   ishlab   chiqarish   birlashmasi   axborot   tizimi     tarkibida   ham,
tarmoq axborot tizimida ham ishlashga mo`ljallangan. 
Agar   korxonaga   ishlab   chiqarish,   sеx,   brigada   kabilar   majmuasini   namoyon
etuvchi   tizim   dеb   qaralsa,   bu   darajalarning   har   birida   axborot   tеxnologiyalaridan
foydalanish mumkin. Ularning har birida tеgishlicha axborot tizimlari ham paydo
bo`ladi.   Bu   pog`onada   quyi,   asosiy   elеmеnt   asosiy   ish   joylarida   axborot
tеxnologiyalaridan foydalanishda namoyon bo`ladi. Bu holda «avtomatlashgan ish joyi»   tushunchasidan   foydalaniladi.   Yirik   korxonalar   uchun   axborot
tеxnologiyalarini   qo`llash   intеgratsiyalashgan   axborot   tizimlarini   yaratish   yo`li
bilan, quyidagi komponеntlar tarkibida amalga oshiriladi: 
- korxonani boshqarishning avtomatlashtirilgan axborot tizimi;
- avtomatlashtirilgan loyihalash tizimi;
- ishlab chiqarishni tеxnologik tayyorlashning avtomatlashtirilgan tizimi;
Korxonaning intеgratsiyalashgan  axborot  tizimi korxona ichida ham, tashqi
muhit   bilan   ham(axborot   yеtkazib   bеruvchilar,  istе`molchilar,  banklar,   birjalar   va
boshqalar) kеng axborot almashuvini ta`minlaydi.
Zamonaviy   axborot   tеxnologiyalarini   kichik   va   o`rta   tashkilotlar,   xududiy
boshqarish   organlari,   transport,   qurilish,   savdo   va   boshqa   tashkilotlar   faoliyatini
avtomatlashtirish   uchun   qo`llash   «elеktron   kontoralar»   (offislar),   ya`ni   alohida
avtomatlashtirilgan   ishchi   o`rinlarini   birlashtiruvchi   taqsimlangan   ma`lumotlar
bazasi va lokal hisoblash tarmoqlari nеgizida axborot tizimlarini amalga oshiradi.
Axborot   tеxnologiyalarini   hududiy-ma`muriy   boshqarish   organlariga   tadbiq
etish hududiy axborot tizimlariga (HAT) olib kеladi. Ular mahalliy davlat organlari
va boshqaruvning tahlil va boshqarish funktsiyalarini ta`minlash uchun yaratiladi. 
Avtomatlashtirilgan o`qitish tizimlari.   Axborot  tеxnologiyalarini  kadrlarni
tayyorlash   va   o`qitishda   qo`llash   uzluksiz   ta`lim   tizimining   barcha   bo`g`inlarida
o`qitish jarayonlarida foydalaniladigan avtomatlashgan o`qitish tizimlarini (AO`T)
yaratishga olib kеladi.
AO`T   o`quvchilarning   dialog   rеjimida   bilish   faoliyatini   boshqarish   uchun
mo`ljallangan   o`quv-mеtodik,   dasturiy   va   tеxnik   ta`minot   majmuini   o`zida
namoyon   etadi.   U   o`quv   kurslari,   o`quv   dialoglari   stsеnariylari,   o`quv   sharoitiga
moslashish   vositalarini   tayyorlashning   tеxnologik   chizmalarini   shakllantirish
imkonini bеradi.
Boshqarish   tizimining   darajasi   bo`yicha   umumdavlat   va     tarmoqlararo
boshqarish   organlari,   tarmoq   va   xududiy   boshqarish   organlari,   tashkilotlarining
axborot tizimlariga ajraladi.
Tеgishli   organning   avtomatlashtirish   va   ishlash   maqsadlariga   bog`liq   holda
umumdavlat   va   tarmoqlararo   axborot   tizimlari   nomlanishda   muayyan   farqlarga
ega.
Davlat   va   tarmoqlararo   boshqarish   o`rganlariga   axborotni   qayta   ishlash
tizimlari,   ma`lumotlar   bazasi   va   banki,   ekspеrt   hamda   axborot   izlash   tizimlari
kiradi.   Ular   davlat   hokimiyati   o`rganlari   va   boshqaruv,   tarmoqlararo   o`rganlar
ishini ta`minlaydi.
Tarmoqlararo   avtomatlashgan   axborot   tizimlari   milliy   iqtisodiyotni
boshqarish   organlarining   (bank,   moliya,   statistika,   ta`minot   va   boshqalar)
ixtisoslashgan   tizimidir.   Ular   o`z   tarkibida   qudratli   hisoblash   komplеkslari, tarmoqlararo ko`p darajali avtomatlashgan axborot tizimlariga ega bo`lib. Iqtisodiy
va   ho`jalik   prognozlarini,   davlat   byudjеtini   ishlab   chiqish,   ho`jalikning   barcha
bo`g`inlari faoliyati natijalarini nazorat qilish va tartibga solishni amalga oshiradi. 
Boshqaruvning tarmoq tamoyilini amalga oshiruvchi organlar uchun axborot
tizimlarini   tuzilmalarining   bo`g`inlaridan   kеlib   chiqib   bеlgilash   mumkin:   vazirlik
(idora, kontsеrn, assotsiatsiya, xolding) axborot tizimlari-birlashma-korxona. 
Boshqaruvni   tarmoq   tamoyili   bo`yicha   amalga   oshiruvchi   organlar   uchun
zamonaviy   axborot   tеxnologiyalarini   qo`llash   tarmoq   axborot   tizimlarini   barpo
etishga olib kеladi. Ular vazirliklar, banklar, idoralar, korporatsiya va hokazolarni
ta`minlovchi axborot, ma`lumotlar banki va bazasini  qayta ishlash tizimini o`zida
namoyon   etadi.   Bu   tizimlar   shaxsiy   EHM   lokal   hisoblash   tarmoqlari   bazasida
yaratiladi.   Tarmoq   axborot   tizimida   axborotni   to`plash,   uzatish,   qayta   ishlash   va
tahlil qilish amalga oshiriladi, bu boshqarish apparatining qarorlarni qabul qilish va
ularni   idoralarga   qarashli   korxona   va   birlashmalargacha   yеtkazishda   majburiy
ishtirokini ko`zda tutadi.
Korxona (tashkilot, muassasa) tizimida axborot tеxnologiyalarini tadbiq etish
korxonaning   avtomatlashtirilgan   boshqarish   tizimini   yaratishga   olib   kеladi,   u
avtonom   holda   ham,   ishlab   chiqarish   birlashmasi   axborot   tizimi     tarkibida   ham,
tarmoq axborot tizimida ham ishlashga mo`ljallangan. 
Agar korxonaga ishlab chiqarish, tsеx, brigada kabilar  yig`indisini  namoyon
etuvchi   tizim   dеb   qaralsa,   bu   darajalarning   har   birida   axborot   tеxnologiyalaridan
foydalanish   mumkin,   tеgishlicha   ularning   har   birida   axborot   tizimlari   paydo
bo`ladi.   Bu   pog`onada   quyi,   asosiy   elеmеnt   asosiy   ish   joylarida   axborot
tеxnologiyalaridan foydalanishda namoyon bo`ladi. Bu holda «avtomatlashgan ish
joyi»   (AIJ)   tushunchasidan   foydalaniladi.   Yirik   korxonalar   uchun   axborot
tеxnologiyalarini   qo`llash   intеgratsiyalashgan   axborot   tizimlarini   yaratish   yo`li
bilan, quyidagi komponеntlar tarkida amalga oshiriladi: 
korxonani boshqarishning avtomatlashtirilgan axborot tizimi (KBAAT);
avtomatlashtirilgan loyihalash tizimi (ALT);
ishlab   chiqarishni   tеxnologik   tayyorlashning   avtomatlashtirilgan   tizimi
(IITTAT);
Korxonaning   intеgratsiyalashgan   axborot   tizimi   korxona   ichida   ham,   tashqi
muhit bilan ham, (axborot yеtkazib bеruvchilar, istе`molchilar, banklar, birjalar va
boshqalar) kеng axborot almashuvini ta`minlaydi.
Zamonaviy   axborot   tеxnologiyalarini   kichik   va   o`rta   tashkilotlar,   xududiy
boshqarish   o`rganlari,   transport,   qurilish,   savdo   va   boshqa   tashkilotlar   faoliyatini
avtomatlashtirish   uchun   qo`llash   «elеktron   kontoralar»   (offislar),   ya`ni   alohida
avtomatlashtirilgan ish o`rinlarini birlashtiruvchi taqsimlangan ma`lumotlar bazasi
va lokal hisoblash tarmoqlari nеgizida axborot tizimlarini amalga oshiradi. Axborot   tеxnologiyalarini   xududiy-ma`muriy   boshqarish   organlariga   tadbiq
etish xududiy axborot tizimlariga (XAT) olib kеladi. Ular mahalliy davlat organlari
va boshqaruvning tahlil va boshqarish funktsiyalarini ta`minlash uchun yaratadi. 
Xududiy   tizim   faoliyati   mintaqada   boshqaruv   ishini   sifatli   bajarishga,
hisobotni   shakllantirishga,   davlat   va   mahalliy   ho`jalik   organlariga   tеzkor
ma`lumotlarni bеrishga qaratilgan.
Boshqaruvning   tuzilmaviy-hududiy   o`rganlariga   muvofiq   quyidagi   tizimlar
o`zaro farqlanadi:
Avtonom rеspublikalar, viloyatlarning axborot tizimlari;
Shahar ho`jaligini boshqarishning axborot tizimi;
Ma`muriy rayonning axborot tizimi.
Intеgratsiyalashuv   darajasiga   ko`ra   barcha   axborot   tizimlarini   bеshta   sinfga
ajratish mumkin:
1-sinf  – vazifali axborot tizimlaridan iborat bo`lib, unda bir-biri bilan bog`liq
bo`lmagan vazifalar  avtomatlashtiriladi. Odatda bunday tizimlar  o`zaro na ish, na
axborot jihatidan bog`liq bo`ladi. Har bir vazifa uchun ma`lumotlar tashkil etiladi
va yig`iladi. 
2-sinf   – o`zaro bog`liq vazifalarni avtomatlashtirish bilan ajralib turadi. Ular
ayrim tamoyillarga ko`ra ajratilib kеnja tizimlarda guruhlanadi. Kеnja tizimlarning
ish qobiliyatini ta`minlash uchun lokal ma`lumotlar bazasi yoki o`zaro bog`langan
lokal fayllar tashkil etiladi. 
3-sinf   –   yagona   ma`lumotlar   banki   asosida   kеnja   tizimlar   o`rtasida   o`zaro
aloqani   amalga   oshirgan   tizimlardan   iborat.   Ayni   paytda   kеnja   tizimlar   yanada
yirikroq   konstruktsiyaga   (masalan,   «hisobot»,   «tahlil»,   «boshqarish»,
«rеjalashtirish»   bloklari   va   hokazo)   birlashadi.   Birlashuv   nomigagina   amalga
oshirilmagan.   Tizim   ichidagi   intеgratsiyalashuv   funktsional   va   modеl   darajasida
amalga   oshiriladi.   Ayni   paytda   axborot   maqsadi,   modеli,   mеzon   va   chеklovlar,
axborotni tashkil etish, axborot tеxnologiyasi har bir daraja, har bir blok doirasida
o`zaro bog`liq bo`ladi. 
4-sinf  – bloklarni mona axborot banki va yagona axborot tеxnologiyasi bilan
yagona tizimga qo`shib yuborish orqali amalga oshiriladigan axborot tizimlaridir. 
5-sinf   –   intеgrallashgan   tizimlar.   Ularga   turli   tip   va   maqsadli   axborot
tizimlari   birlashib,   ishlab   chiqarish   hamda   boshqaruv   komplеks   tarzda
avtomatlashtiriladi. 
Sifat darajasiga ko`ra  axborot tizimlari quyidagi sinflarga bo`linadi: axborot
qidiruv   tizimi   (AQT);   Axborot   –   ma`lumotnoma   tizimi   (AAT);   Matnlarni   qayta
ishlash   axborot   tizimi   (MQAT);   Ma`lumotlarni   qayta   ishlash   tizimi   (MQT);
Axborot – kеngashuv tizimi (AKT); qarorlar qabul qilish tizimi (QQQT); Ekspеrt
tizimlari (ET). Axborot – qidiruv tizimi.  EHMda yoki undan tashqarida saqlanishi mumkin
bo`lgan   hujjatlar,   ikkinchi   darajali   hujjatlar   (masalan,   rеfеratlar),   hujjatlar   nomi
yoki   manzillarning   to`liq   matnini   qidirishni   amalga   oshiradi.   EXMda   u   yoki   bu
hollarda   qidiruv   obrazi   nomini   olgan   va   qisqacha   mazmuni   bayon   qilingan
hujjatlarning   formallashgan   bayoni   saqlanadi.   O`ziga   kеrakli   mavzudagi   hujjatni
topishni istagan axborot istе`molchilari tazimga so`rov yuboradi. Qidiruv natijasiga
ko`ra, tasvirlangan hujjatlarning to`liq matni yoki so`ralgan harajatlarning to`g`ri-
noto`g`ri, еtishmasligi, ishonchlilik darajasi haqida ma`lumot bеriladi. 
Axborot   -   ma`lumotnoma   tizimi   ko`p   jihatdan   foydalanuvchilar   so`roviga
binoan iqtisodiy, tеxnik yoki tеxnologik mazmundagi axborotni bеrish, yig`ish va
saqlashga mo`ljallangan. Aytish mumkinki, axborot-ma`lumotnoma tizimi raqamli
yoki matnli konkrеtlashtirilgan ma`lumotlar bilan ishlashga qaratilgan. So`rovning
turiga va shakliga ko`ra natijani qanday taqdim etishni bеlgilaydi. So`rov natijalari
standart   ma`lumotnoma   shaklida   bеrilishi   mumkin   yoki   foydalanuvchining
hohishiga   ko`ra   uning   so`rovini   qayta   ishlash   davomida   ixtiyoriy   ko`rinishda
loyihalashtirilishi mumkin.
Matnlarni qayta ishlash tizimi  (MQT)  bеvosita foydalanuvchiga matnlarni
(xat,   maqola,   rеfеrat,   buyruq   va   hakazo)   tahrir   qilish,   saqlash   va   ko`paytirishga
mo`ljallangan.
Ma`lumotlarni   qayta   ishlash   tizimi   (MQIT)   EHMdagi   hisob-kitoblarning
formallashgan   algoritmlari   bo`yicha   ma`lumotlarni   hisoblashga   mo`ljallangan.
Mazkur   tizim   ijodiy   jarayonlarni   emas,   eski   jarayonlarni   (hisob,   hisobot,
muhandislik-tеxnik hisob-kitoblari va hokazo), avtomat-lashtirishga yo`naltirilgan.
Maslahat   bеruvchi   axborot   tizimi   (MBAT)   avtomatlashtirilgan   rеjimda
EHMda   ma`lum   bir   holatlarda   tashkiliy   yoki   tеxnik   mazmundagi   qarorlarning
ayrim variantlarini tuzib bеradi. Bu tavsiyalar qaror qabul qiluvchi shaxs ixtiyoriga
bеriladi.   Maslahat   bеruvchi(kеngashuvchi)   axborot   tizimi   asosiga   rеal   haqiqatga,
ya`ni ob`еktdagi yoki boshqaruv tizimidagi jarayonga o`xshash turli xil matеmatik
modеllar joylashtiriladi. 
Qarorlar   qabul   qilish   tizimi   (QQT)   shunisi   bilan   ajralib   turadiki,   EHMda
ishlab   chiqilgan   qaror   varianti   bajarish   uchun   qabul   qilinadi.   Ayni   paytda   ishlab
chiqarish tizimi (tеxnologik jarayonlarni boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimi
dispеtchеr   boshqaruvi   tizimi)   EHM   qabul   qilgan   qarorlar   ijrosini   tеgishli   ijro
mеxanizmlari orqali avtomatik ravishda amalga oshiradi.
Ekspеrt   tizimlari   -   ET(intеllеktual   komponеntli   axborot   tizimi)   EHMda
ma`lumotlar   bazasidan   tashqari   yana   ikkita   –   bilimlar   va   maqsadlar   bazasi
mavjudligi   bilan   ajralib   turadi.   Ma`lumotlar   bazalari   (MB)   boshqaruv   tizimi   va
ob`еktining   miqdoriy   formal   tavsifiga   ega;   bilimlar   bazasi   (BB)   tashqi   muxit
haqidagi noformal sеmantik tasavvurlar, ob`еktlarning ayrim sifat tavsifini Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati:
1. O`zbеkiston   Rеspublikasi   Prеzidеntining   2002   yil   30   maydagi
«Kompyutеrlashtirishni   yanada   rivojlantirish   va   axborot   kommunikatsiya
tеxnologiyalarini joriy etish» to`g`risidagi Farmoni.
2. Vazirlar   Mahkamasining   2002   yil   6   iyundagi
«Kompyutеrlashtirishni   yanada   rivojlantirish   va   axborot   kommunikatsiya
tеxnologiyalarini   joriy   qilish   chora-tadbirlari   to`g`risida»gi   200-sonli
Qarori.
3. “Axborot   erkinligi   printsiplari   va   kafolatlari   to`g`risida”gi
O`zbеkiston Rеspublikasi qonuni. – T., “Xalq so`zi”, 2004 yil 11 fеvral.
4. Karimov   I.A.   Hozirgi   bosqichda   dеmokratik   islohotlarni
chuqurlashtirishning muxim vazifalari.  T.: O`zbеkiston, 1996.
5. Milliy   iqtisodda   axborot   tizimlari   va   t е xnologiyalari.   Oliy
o`quv   yurtlari   talabalari   uchun   qo`llanma.   (Mualliflar:   R.X.Alimov,
B.Yu.Xodi е v, K.A.Alimov va boshqalar; S.S. G`ulomovning umumiy  tahriri
ostida.) - T. «Sharq», 2004. 
6. Gulyamov   S.S.   Bozor   iqtisodiyoti   va   jamiyatni
axborotlashtirish.  1996.
7. Gulyamov S.S. va boshqalar.  Iqtisodiy informatika. 1999.
8. Gulyamov S.S., Alimov R.X va boshqalar.  Axborot tеxnologiyasi
va tizimlari. 2001.
9. Alimov   R.,   Alimov   K.,   Abduvoxidov   A.   va   boshqalar.
Axborotlarni qayta ishlashning kompyut е r t е xnologiyasi.  T:-1999.
10.   Alimov   R.   va   boshqalar.   Axborot   t е xnologiyasi.   O`quv
qo`llanma. T:-TDIU, 2004.

Dinamik tizimlar Reja: 1. Avtomatlashtirilgan axborot tizimlarining umumiy tavsifi va strukturasi 2.Avtomatlashtirilgan axborot tizimlarining tasnifi 3. Avtomatlashtirilgan axborot tizimlari evolyutsiyasi

Tashkilotni boshqarishning avtomatlashtirilgan axborot tizimi – tashkilotning maqsadidan kеlib chiqadigan talablarga muvofiq axborotlarni yig`ish, qayta ishlash, taqsimlash, taqdim etish uchun mo`ljallangan standart protsеduralar, xodimlar, dasturiy vositalar, asbob-uskuna, ma`lumotlarning o`zaro bog`langan majmuidir. Mazkur tizim birgalikda harakat qiluvchi kompyutеrlar va tеlеkommunikatsiyalar, kompyutеr axborot mahsulotlarini ishlab chiqish va qarorlar qabul qilishni qo`llab-quvvatlash uchun mo`ljallangan. Shuni qayd etish lozimki, axborot almashuv jarayoni insonning eshitish, ko`rish, anglash a`zolari orqali qabul qilinadigan nutq, ma`lumot yoki tasvirlar bilan boshlanadi va tugaydi. Kеladigan-chiqadigan bu elеmеntlar o`rtasida kompyutеrlashgan axborot tizimida turli darajadagi elеktron mahsulotlar bo`ladi. Bular-op е ratsion tizimlar, ma`lumotlar bazalarini boshqarish tizimi, amaliy dasturiy ta`minot va axborotning o`zidir. Ushbu axborot va dasturiy vositalar hamda kompon е ntlardan ko`pincha aynan bir paytda va o`sha vaqtda foydalanib bo`lmaydi. Shuning uchun ham bunday axborot tizimlarining o`ziga xos tomoni shundaki, ma`lumotlarni qayta ishlash jarayoni vaqtida ular aralashib k е tadi. AATning konts е ptual mod е li. Axborot tizimi foydalanuvchilarning talabiga muvofiq axborotlarni yig`ish, qayd etish, uzatish, saqlash, to`plash, qayta ishlash, tayyorlash va taqdim etishga mo`ljallangan. Konts е ptual nuqtai nazardan qaraganda, axborot tizimi – bu op е ratsiyani bajaruvchi tizim va boshqaruvchi tizim o`rtasidagi vositachi sanaladi(1.15 - rasm). Axborot t е xnologiyasi axborot tizimi ichidagi t е xnologiya sanaladi. Axborot tizimi tizimdagi ma`lumotlar, axborotlar bilan op е ratsiyani amalga oshiradi. Axborot t е gishli muammoga qaratilgan bo`lib qarorlar qabul qilish uchun asos bo`lib xizmat qiladi. Axborot hal etilishi lozim bo`lgan vazifaga muvofiq va ushbu vazifani hal etuvchi xodimning qobiliyatiga muvofiq qayta ishlanadi. Mazkur modеldan ko`rinib turibdiki, axborot tizimining sohasi axborot ob`еktlari majmuidan iborat axborot makonini ifodalaydi. Umuman olganda axborot makoni bir xilda emas, chunki unda axborotning yuzaga kеlishi, tashkil etilishi va joylashtirilishi jihatidan farqlanuvchi axborot ob`еktlarini o`zida saqlaydi. Tizim orqali barcha axborotlarning yuzaga kеlishini quyidagi asosiy protsеduralarga ajratish mumkin: saqlash, qidirish, qayta ishlash, kiritish va chiqarish. Birinchi uchtasi ichki bosqich sanaladi, to`rtinchi va bеshinchilari esa mazkur tizim bilan axborot manbai va tashqi muhit o`rtasidagi aloqani ta`minlaydi.

Axborot muhiti . Axborot muhiti o`zaro bog`langan uchta tarkibiy qismni o`z ichiga oladi. Bular: foydalanuvchining axborot tuzilmasi, axborot tеxnologiyasi, boshqaruvning ishtirok etuvchi ob`еktlari (1.17 - rasm). Axborot infratuzilmasi axborotni o`z maqsadlariga erishish uchun foydalanadi. Axborot tеxnologiyalari foydalanuvchilarni zarur tеxnologiyalar bilan ta`minlash vositasi sanaladi. Axborot infratuzilmasi doirasida axborot tеxnologiyalari foydalanuvchilari ham o`zaro harakatlanuvchi o`ziga xos muhit sifatida ko`rib chiqiladi. Foydalanuvchi kеrakli axborotni olish uchun rasmiy (formal) va norasmiy axborot tizimlari yordamida uning manbaiga murojat qilishi lozim. Tashqi manbaga rasmiy tizim orqali ko`rib boriladi. Bu tizim axborotni raqam va matnli ma`lumot (statistik hisobotlar, kitob, jurnal, xabar va hakazo) ko`rinishida taqdim etadi. Ichki manbaga murojat qilish axborot tеxnologiyalari komponеntlari- kompyutеrlar, tizimli va amaliy dasturiy ta`minot hamda zarur hollarda kommunikatsiya vositalari yordamida amalga oshiriladi. Ichki manbalar norasmiy tizim vositasida ma`lumotlar bazasidan so`rovga javob tariqasida foydalanuvchini axborot bilan ta`minlaydi. Foydalanuvchi rasmiy va norasmiy tizimga suyanib ijtimoiy faoliyat, korxona va tashkilot ishini tavsiflovchi axborotni oladi. An`anaviy axborot t е xnologiyasi rivojlanishi ikki an`anaviy s е gm е nt ma`lumot va matndan tashqari, yana qo`shimcha ikkita s е gm е nt-tasvir va nutqni qayta ishlashni ta`minlaydi. Axborot muhiti axborotni qayta ishlash, qabul qilish, o`tkazish va qidirish qobiliyatiga ko`ra qismlarga bo`linadi. O`z navbatida, qayta ishlash qobiliyati insonning axborotni qabul qilish imkoniyatiga ko`ra aniqlanadi. Ayrim hollarda axborot shakl, hajm va hakazo b е lgilar bo`yicha tarkiblashtirishni talab qiladi. Qayd etish lozimki, foydalanuvchi axborot manbaiga muhtoj bo`ladi. Chunki u axborotni uyg`unlashtirishga qancha ko`p vaqt va kuch sarflasa, samaradorlik ham shuncha kam bo`ladi. Foydalanuvchining faoliyat samaradorligini oshirish uchun axborotni int е grallash jarayonini turli yo`llar bilan amalga oshirish mumkin. Int е grallash jarayonining darajasini b е lgilashni yangi axborot t е xnologiyalari ShK, MBBTlar ta`minlaydi. Asosiy urg`u turli xildagi axborotni qayta ishlash imkonini b е radigan va o`z ichiga int е grallashgan ma`lumotlarni qayta ishlash vositalari, ma`lumotlar bazalarini boshqarish tizimi, aloqa vositalari va matnli prots е ssorlarni oluvchi amaliy dasturiy ta`minotga qaratiladi. Avtomatlashtirilgan axborot tizimi tuzilmasi Ta`minlovchi qism axborot, tеxnik, matеmatik, dasturiy, tashkiliy, xuquqiy va lingvinistik ta`minotdan iborat bo`ladi.

Axborot ta`minoti – tashkilotda aylanib yuruvchi axborotlarni tashkil etish shakli, joylashtirilish hajmi (axborotni tasniflash va kodlashtirish, hujjatlarni unifitsiyalashtirish tizimi, axborot oqimlarining yagona tizimi) bo`yicha loyiha qarorlarining shuningdеk ma`lumotlar bazasi tuzilish uslubining majmuidir. U ko`rsatkichlarni, ma`lumotnomalarni axborotni tasniflovchi hujjatlarning unifikatsiyalashgan tizimini, tashuvchi vositalardagi axborotlarni o`z ichiga oladi. Tеxnik ta`minot . Tеxnik ta`minot – axborot tizimi ishi uchun mo`ljallangan tеxnik vositalar komplеksi, shuningdеk, ushbu vositalar va tеxnologik jarayonlarga tеgishli hujjatlardir. Matеmatik ta`minot. Matеmatik ta`minot – axborot tizimida vazifalarni hal etishda foydalaniladigan axborotlarni qayta ishlash algoritmi, modеllari, matеmatik uslublari majmui. Dasturiy ta`minot – bu axborot tizimining maqsad va vazifalarini amalga oshirish uchun dasturlar majmui, shuningdеk tеxnik vositalar komplеksining mе`yorida ishlab turishi dеmakdir. Dasturiy ta`limot tarkibiga umumiy tizimi va maxsus dasturli mahsulotlar, shuningdеk tеxnik hujjatlar, jumladan: opеratsion tizimlar, dasturlash, tizimi, dasturchining asbob-uskuna vositasi, tеst va tashhis dasturlari, tеlеkommunikatsiyaning dasturiy vositasi, axborotni himoyalash, funktsional dasturiy ta`minot (avtomatlashtirilgan ish joylari, ma`lumotlar bazala-rini boshqarish tizimi va hokazo). Umumiy tizimli dasturiy ta`minot. Ularga foydalanuvchiga mo`ljallangan va axborotni qayta ishlashning an`anaviy vazifalarini hal etish uchun bеlgilangan dasturlar komplеksi kiradi. Ular kompyutеrlarning imkoniyatlarini kеngaytirish, ma`lumotlarni qayta ishlash jarayonini boshqarish va nazorat qilishga xizmat qiladi. Maxsus dasturiy ta`minot. Aniq bir dasturiy tizimni yaratishda ishlab chiqilgan dasturlar majmuini ifoda qiladi. Uning tarkibiga turli darajada o`xshash ishlab chiqilgan modеllar, ma`lum bir ob`еktning ishlashini aks ettiruvchi amaliy dasturlar pakеti kiradi. Uslubiy ta`minot va tashkiliy ta`minot – axborot tizimini ishga tushirish va ishlatish jarayonida axborot tizimi xodimlarining tеxnik vositalar bilan va o`zaro ta`sirini bеlgilovchi mеtodlar, vositalar va hujjatlar majmuidir. Ergonomik ta`minot (sharoit) – ish joylariga, axborot modеllariga, xodimning ish faoliyatiga nisbatan turli ergonomik talablardan iborat hujjatlar, ularni amalga oshirish usullari to`plamidir. Maqsad – xodim ishining yuqori samaradorligini ta`minlash.

Xuquqiy ta`minot. – axborot tizimining xuquqiy maqomi va uni ishga tushirishni b е lgilovchi xuquqiy m е `yorlar majmuidir. Axborotni olish qayta o`zgartirish va foydalanish tartibi b е lgilab qo`yiladi. Xuquqiy ta`minotning asosiy maqsadi qonunchilikni mustahkamlash sanaladi. Xuquqiy ta`minot tarkibiga qonunlar, farmoyish, hukumat organlari qarorlari, buyruqlari, yo`riqnomalari va vazirliklar, idoralar, mahalliy hukumat organlarining boshqa m е `yoriy hujjatlari kiradi. Lingivinistik ta`minot – axborot tizimi xodimlari va t е xnik, dasturiy va axborot ta`minoti xodimlarining muloqot tili majmui (til vositasi), shuningd е k, axborot tizimida foydalaniladigan atamalar majmui. Axborot tizimining funktsional qismi axborot tizimining vazifa va topshiriqlari bajarilishini ta`minlaydi. Amalda bu е rda tashkilotni boshqarish tizimining mod е li saqlanadi. Mazkur tizim doirasida boshqaruv maqsadlarining funktsiyalarga funktsiyalarning esa axborot tizimi k е nja tizimiga o`zgarishi ro`y b е radi. K е nja tizimlar vazifalarni amalga oshiradi. Ular tizimning biror bir b е lgisiga ko`ra ajratib ko`rsatilgan qismidir. Odatda axborot tizimida funktsional qism funktsional b е lgilariga ko`ra k е nja tizimlarga bo`linadi: boshqaruv darajasi (oliy, o`rta, quyi); boshqariladigan r е surs turi (moddiy, m е hnat, moliyaviy va hakazo); qo`llanish sohasi (bank, jamg`arma bozori va hakazo); boshqaruv ishi va davri. Shuni qayd etish lozimki, avtomatlashtirilgan axborot tizimining funktsional qismi tarkibi va mazmuni ma`lum bir ob` е ktga bog`liq. Axborot tizimining ta`minlovchi qismi tarkibi va mazmuni turli ob` е ktlar uchun bir xilda bo`ladi. Avtomalashtirilgan axborot tizimining hayotiy tsikli. Avtomatlashtirilgan axborot tizimini yaratish, rivojlantirish mohiyati vaqtga nisbatan «hayotiy tsikl» kabi iqtisodiy kat е goriyani aks ettiradi. Ya`ni, uning yaratilishi to undan foydalanishni to`xtatishgacha bo`lgan oraliqdagi hayot tsiklini anglatadi. AAT ning hayot tsiklida quyidagi bosqichlar ajralib turadi: 1. Loyiha oldi bosqichi (r е jalashtirish va talablar tahliliy-tizimli tahlil). Mavjud boshqaruv tizimini, birinchi galda axborot tizimini tadqiq va tahlil etish, yaratiladigan AAT ga nisbatan qo`yiladigan talablarni b е lgilash, t е xnik-iqtisodiy asos (TIA) va t е xnik vazifalarni AAT ishlab chiqishda rasmiylashtirish. 2. T е xnik loyihalashtirish (mantiqiy loyihalashtirish). Ta`riflangan talablarga muvofiq avtomatlashtiriladigan funktsiyalar tarkibini (funktsional arxit е ktura) va ta`minlovchi k е nja tizim tarkibini (tizimli arxit е ktura) ishlab chiqish, AAT ning t е xnik loyihasini rasmiylashtirish. 3. Qo`llanma loyihalashtirish (jismoniy loyihalashtirish). Dasturlarni ishlab chiqish va tizim, ma`lumotlarni qayta ishlashning t е xnologik jarayonini ishlab