Eneolit va bronza davri moddiy madanyati 42v
Mavzu: Eneolit va bronza davri moddiy madanyati .
Reja: I.Kirish. II.Asosiy qism. 1. Eneolit va bronza davri haqida umumiy ma’lumot. 2. Eneolit davri arxeologiyasining o’rganilishi . 3. Bronza davri arxeologiyasining o’rganilishi . III.Xulosa IV.Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
KIRISH Bizga ma’lumki tariximiz juda boy va qiziqarli davrlarni o’z ichiga olgan. Bu tarixni biz arxeologik topilmalarsiz tasavvur eta olmaymiz va xalqimizning turmush tarzi qadimda qay yo’sinda bo’lganligini bevosita biz arxeologik manba va topilmalar orqali o’rganamiz. O’zbekiston o’z mustaqilligini qo’lga kiritishi munosabati bilan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy sohalarda tubdan o’zgarishlar yuz berdi. Xalqimizning o’z yurti, tili, madaniyati, qadriyatlari tarixini bilishga, o’zligini anglashga qiziqishi ortib bormoqda. Odamzod borki, avlod- ajdodi kimligini, nasl-nasabini, o’zi tug’ilib voyaga yetgan qishloq, shahar, xullaski, Vatanining tarixini bilishni istaydi” 1 . Shu tufayli tarix fanining nazariy va ilmiy-metodologik asoslari, maqsad va vazifalari tubdan yangilandi. O’zbek xalqini birlashtiruvchi, jamiyatni axloqiy va mafkuraviy jipslashtiruvchi kuch - milliy g’oyani mustaxkamlash yulida tarixiy jarayonlarni to’g’ri, obyektiv va tarixiylik nuqtai-nazaridan xolisona yoritib berish tarix fani oldida turgan muxim vazifalardan biri bo’lib qoldi. Mustaqillik tufayli o’tmish tarixga, uning ob’yektlariga, ularning tarixiy talqinidan kelib chiqadigan natijalarga qarab tahlil etish usullari qo’llanila boshlandi. Natijada Zarafshon vohasining suv havzalariga yaqin mintaqalarda tarkib topgan yodgorliklar asosida o’troq dehqonchilik xo’jaligi yotganligi, ular “kechagi” qishloqlar bo’lgan bo’lsa, “bugun”, sekin-asta yirik ilk shaharlar markaziga aylanganligi haqida fikr-mulohazalar qilina boshlandi. Tarixiy ildizlari 1 Каримов И.А. Тарихий хотирасиз келажак йук. -Т.: "Шарк", 1998, З-б.
Qadimgi Sharq sivilizatsiyasiga borib taqaluvchi ilk urbanistik jarayonlar miloddan avvalgi II-ming yillikning oxiri va I-ming yillikning boshlaridan yana jonlana boshlaydi. Ana shu jonlanishning guvohi sifatida Zarafshon vohasining o’rta qismida Ko’ktepa, Afrosiyob kabi ilk shaharlar qad ko’taradi. "Mustaqillikka erishganimizdan keyin xalqimizning o’z tarixi, tili, madaniyati, qadriyatlari tarixini bilishga, o’zligini anglashga qiziqishi ortib bormoqda, bu tabiiy hol. Odamzot borki, avlod-ajdodi kimligini, nasl-nasabini, o’zi tug’ilib voyaga yetgan qishloq, shahar, xullaski, Vatanining tarixini bilishni istaydi", - deb yozgan edi birinchi prezident I.A.Karimov. Shuningdek, yurtboshimiz bu borada tarixchi olimlarimiz oldiga sharafli va dolzarb vaziflar qo’yib "Davlatimiz, mamlakatimizning haqqoniy ilmiy tarixini yaratish keng jamoatchiligimiz uchun g’oyat muhim va dolzarb masalaga aylanish lozim", - deb ta’kidlagan edi 2 . Shunday qilib, Zarafshon vohasining bronza davri qabilalarining madaniyati haqida juda katta arxeologik materiallar to’plangan. Har bir davr arxeologik komplekslari baholi qudrat sistemalashtirilgan aniqliklar kiritildi. Shu bilan birga ularning ba’zilarini o’rganish metodikasi, davriy sanalarini aniqlash, tarixiylik nuqtai nazaridan ob’yektiv tahlil etish va boshqa qator masalalar o’z ilmiy yechimini topa olmay ochiq qolgan yoki hozirga qadar ilmiy bahslidir. Ayniqsa, tarixiy taraqqiyotni tadrijiy ketma-ketlikda holisona tahlil etish, iqtisodiy va siyosiy inqirozlarning kelib chiqish sabablari, ilk shahar madaniyatining yanada jonlanish tarixiy ildizlari ochilmay qolgan. Eng muhimi, yuqorida ta’kidlaganimizdek, bu boy tarixiy va madaniy meros talqini va ilmiy tahlili ularning mualliflari tomonidan yaqingacha marksistik metodologiya asosida tadqiq qilinib kelingan edi. Shu boisdan ushbu tadqiqotning asosiy maqsadi mavzu bo’yicha to’plangan juda boy arxeologik materiallarni tarixiy ketma-ketlikda ob’yektiv tahlil etib, vohada ibtidoiy urug’chilik jamoalari tarixini rivojlanish jarayonlarini kuzatish va ularni umumlashtirishdan iborat. 2 Каримов И.А. Биз келажагимизни ўз қўлимиз билан қурамиз. Асарлар, 7-жилд, -Т: «Ўзбекистон», 1999,
Eneolit - ( lot . “eneus” - mis, yun . “litos”-tosh) – mis-tosh davri mil. avv.V ming yillik boshlari - III ming yillikning boshlari bilan sanalanadi. Ayrim mamlakatlarda bu davr xalkolit (xalko-mis) deb ataladi. Eneolit davrning katta yutug‘i kishilarning dastlabki metall-mis bilan tanishib, tosh qurollari bilan birgalikda mis qurollaridan ham foydalana boshlanishidir. Mis qurollari tosh qurollariga nisbatan ancha takomillashgan, ish unumdorligi 8 baravar g a oshgan. Markaziy Osiyoning o‘ziga xos tabiiy-geografik sharoitlariga ega bo‘lgan keng Markaziy Osiyoning o‘ziga xos tabiiy-geografik sharoitlariga ega bo‘lgan keng hududlarida har xil xo‘jalik shakllarini tashkil qilgan qabilalarning madaniyati tarqagan bo‘lib, ular ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy taraqqiyotining turli bosqichlarida bo‘lgan. Mintaqaning janubiy hududlarida neolit davri ilk o‘troq dehqonchilik ishlab chiqarish xo‘jaligi negzida sug‘orma dehqonchilikning taraqqiyoti natijasida Qadimgi SHarq sivilizatsiyasiga xos taraqqiyot yo‘lidan borgan. SHimoliy hududlarda yashovchi aholi hayotida ixtisoslashgan o‘zlashtiruvchi xo‘jalik shakli asosida kun kechirish tarzini saqlab qolgan.