EROZIYALANGAN TUPROQLARNI XARITALASH
EROZIYALANGAN TUPROQLARNI XARITALASH Reja 1. Eroziyaga uchragan tuproqlarni xaritalash zaruriyati 2. Eroziyaga uchragan tuproqlarni xaritalash jarayoni
Tuproq eroziyasi jarayonini tekisliklar, tog‘li va baland tog‘li sharoitlarda o‘rganish va xaritalash katta ilmiy-amaliy ishtiyoq talab etadi. Respublika yer resurslaridan maqsadli foydalanishning muhim shartlaridan biri turli holatda (suv, irrigatsion, jarli, difelyatsiya) eroziyalangan tuproqlarni tarqalish qonuniyatlarini ko‘rsatish va tasvirlash bo‘lib, bu mavzuli xaritalarning qayta ishlangan asosiy prinsiplari eroziyalangan yerlarda hosildorlikni ko‘tarish yo‘llarini aniqlash hisoblanadi. Pomir va Tyan-Shon tog‘ tizmalarining juda baland hududlari abadiy muzliklar va qorliklar bilan qoplangan bo‘lib, ular bir-biridan nafaqat qiyaliklarini maydonlarining kengligi, balki tog‘ yonbag‘irlarida atmosfera yog‘in- sochinlarining yog‘ish xarakteri va miqdori bilan ham farqlanadi. Shu sababli tog‘lar oralig‘ida joylashgan ulkan qiyalik yonbag‘irlarida, cho‘qqilarida va chuqur vodiylarida rivojlangan dasht, yarim dasht va dasht-o‘rmon landshaftlar yerlarida turli xil eroziya va deflyasiya jarayonlariga chalingan tuproqlar uchraydi. Bu xildagi eroziya jarayonlarini kelib chiqishi tog‘li qattiq jinslarning miqdori, tog‘ yonbag‘irlarining shakli, o‘pirilib tushgan joylar, yalong‘och maydonlar, cho‘kkan yerlar, o‘simliklar qoplami bo‘lmagan toshli va shag‘alli maydonlarning tuzilishi bilan bevosita bog‘liq. (20,21,22, va 23 - rasmlar) Kosmik axborot (Andronikov 1974, 1979; Salishev va boshqalar. 1975; Tojiyev, Sadriddinov, Axmedov, 1983; va boshqalar) ulkan miqiyosdagi axborotliligi sabab ma’lum hududlarning bir vaqtning o‘zida qamrab olish hisobiga ko‘pgina tabiiy obyektlar va jarayonlar, shuningdek, tuproqlarda eroziyalanish ko‘rinishlari dinamikasini o‘rganish uchun qimmatli xaritalash materiali hisoblanadi. Kosmik foto ma’lumotlarni o‘rganish va ularni tahlili va an’anaviy tuproq eroziyasi xaritalari ma’lumotlari bilan solishtirish shuni ko‘rsatadiki, kosmik fototasvirlar yuksak darajadagi axborotlilikga ega. Xaritalangan tuproq eroziyasi obyektlari (konturlar, ayirmalar) ularda fototon, tekstura va tasvir tuzulmasining o‘zgarishi, birikishiga bog‘liq holda aniqlanadi. Bu tuproq qoplamini aks ettirish
bilan korrelyatsion yaqin aloqaning miqdori haqida guvohlik beradi (Tojiyev va boshqalar, 1982). Tog‘li hududlardagi eroziyali xaritalarni tuzishda foto tasvirlarni qo‘llash va shartli belgilash natijalarini an’anaviy tuproq eroziyasi ma’lumotlari bilan solishtirish natijasida suvli, irrigatsion, jarli eroziya va deflyasiya jarayonlariga chalingan tuproqlarni tasvirlashga obyektiv xolda tasvirlashga imkoniyat beradi. 20 - rasm. Tog‘li jigar tuproqlarda lalmili bug‘doyzorlar va yong‘oqzorlar
21- rasm. Baland tog‘li o‘tloqli va o‘tloqli-dashtli tuproqlar 22 – rasm. Oq-qora rangli kosmik tasvirlar natijalarini fragmentini shartli belgilash (masshtab 1:500000). 1. kam yuvilgan to‘q bo‘z tuproqlar; 2. o‘rtacha yuvilgan to‘q bo‘z tuproqlar; 3.
kuchli yuvilgan to‘q bo‘z tuproqlar; 4. o‘rtacha yuvilgan jigarrang karbonatli; 5. kuchli yuvilgan jigarrang karbonatli. 23-rasm. Eroziyaga chalingan to‘q tusli bo‘z tuproqlar 24-rasm. Baland cho‘qqilardagi to‘la rivojlanmagan birlamchi to‘proq fragmenti.