EYMERIOZ
Mavzu: EYMERIOZ Reja: 1. Tovuq eymeriozining qo’zg’atuvchilari? 2. Eymerioz qo’zg’atuvchilarining xususiyatlari? 3. Eymeriozning kelib chiqish sabablari? 4. Eymeriozni oldini olish va davolash tadbirlari
Eymeriozlar – parrandalarning protozooz kasalligi hisoblanadi. Protozoa hayvonot olamining Apicomplexa tipiga, Sporosoa sinfi, Coccidia turkumi, Eimeridae oilasiga mansub bo’lgan bir hujayrali sodda organizmlar tomonidan qo’zg’atiladi. Eymerioz – tovuqlarning, ayniqsa 10-80 kunlik jo’jalarning o’tkir va surunkali oqimda kechuvchi, bir necha turdagi eymeriyalarni ingichka va yo’g’on bo’lim ichaklarining epitelial xujayralarida parazitlik qilishi oqibatida qo’zg’atiladi va ishtahasizlanish, chanqash, ich o’tishi, anemiyaning rivojlanishi natijasida ko’plab jo’jalarni nobud bo’lishi bilan xarakterlanadi. Kasallik respublikaning parrandalar yerda va almashinmaydigan to’shamalar sharoitida asraladigan tovuqchilik xo’jaliklaridagi 1-3 oylik jo’jalar orasida eymeriozning tarqalish darajasi 57,4 – 79,1% ni tashkil etishi qayd qilingan. Kasallik qo’zg’atuvchisining tuzilishi. Tovuq ichaklarida koksidiyalarning 10 dan ortiq turi qayd etilgan bo’lib, shulardan 5 tur koksidiyalar tez-tez uchrab turadi. Eimeria tenella - oosistlari ovalsimon, rangsiz yoki yashil tusda bo’lib, mikropilasi yo’q, qutblaridan birida donachasi (granulasi) bo’ladi. Kattaligi 14,2- 31,2 x 9,5-24,8 mkm. Sporogoniya 24-48 soat davom etadi. Tovuqlarning ko’richaklarida parazitlik qiladi. Eimeria acervulina - oosist tuxumsimon yoki ovalsimon. Ko’proq toraygan qismida mikropilasi bilinar – bilinmas sezilib turadi. Pardasi silliq bo’lib, qutbiy donachasi (granulasi) mavjud. Kattaligi 17,7-20,2 x 13,7-16,3 mkm. Sporulyasiyasi 1 kecha – kunduz davom etadi. O’n ikki barmoqli ichakda parazitlik qiladi. Eimeria maxima - oosistlari ovalsimon, pardasi dag’al (g’adir-budir). Toraygan qutbida mikropilasi va donachasi (granulasi) mavjud. Kattaligi 24,4-42,5 x 16,5-29,3 mkm. Sporulyasiya 48 soat davom etadi. Ingichka ichaklarda parazitlik qiladi. Eimeria mitis - oosistlari yumaloq, rangsiz, qutbiy donachasi bo’ladi. Ingichka bo’lim ichaklarining oldingi qismi yarmida parazitlik qiladi.
Eimeria praecox - oosistlari ovalsimon, rangsiz, donachasi yonbosh qismida yoki sporalar orasida joylashadi. Kattaligi 16,6-27,7 x 14,8-19,4 mkm. Sporulyasiyasi 24-36 soat davom etadi. Ingichka bo’lim ichaklarining birinchi uchdan bir qismida parazitlik qiladi. Eimeria necatrix - oosistlari ovalsimon yoki yumaloq, qutbiy granulasi bo’ladi. Kattaligi 13-22,7 x 11,3-18,3 mkm. Sporulyasiyasi 48 soat davom etadi. Ingichka bo’lim ichaklarining o’rta qismida parazitlik qiladi. Eymeriyalarning rivojlanishi - eymeriyalar murakkab rivojlanish jarayoniga ega bo’lib, ko’pchilik xususiyatlari jihatdan o’zaro o’xshashdir. Eimeria – avlodi vakillarining rivojlanishi asosan 3 bosqichda kechadi: merogoniya, gametogoniya va sporogoniya. Merogoniya – jinssiz ko’payish. Parazitlar yetuk oosist organizmga tushadi. Ichak bo’shlig’ida oosist pardalaridan ozod bo’lgan sporozoitlar ichakning epitelial hujayralariga kirib oladi va hajmi kattalashib yumaloq shakldagi merontlarni hosil qiladi. So’ngra merontlarning yadrolari ko’plab bo’linish yo’li bilan bo’linib, yangi o’zaklar va ular atrofida protoplazma hosil bo’ladi. Yangidan hosil bo’lgan bu parazitlar esa merazoitlar deb nomlanadi. Merazoitlar kirib olgan epitelial hujayralarning ko’pchiligi nobud bo’ladi, parazitlar esa ulardan chiqib boshqa butun xujayraga kiradi va u yerda yuqoridagidek rivojlanish bosqichini bir necha marta takrorlagach keyingisi bilan almashadi. Gametogoniya – jinsiy ko’payish bosqichi hisoblanib, bunda merozoitlar o’rniga erkak va urg’ochi jinsiy hujayralari (gametalar) hosil bo’ladi va o’zaro qo’shiladi. Buning uchun dastlab tarkibida oz miqdordagi sitoplazmasi bo’lgan mitti parazitlar mikrogametalar va tarkibida ko’p miqdorda sitoplazma saqlovchi yirik parazitlar makrogametalar hosil bo’ladi. Mikrogametosidlarning yadrolari ko’plab bo’linib hosil bo’lgan yadrochalar atrofida sitoplazma paydo bo’lishi natijasida harakatchan mitti o’roqsimon shakldagi qo’sh xivchinli erkaklik jinsiy hujayralar – mikrogametalar hosil bo’ladi. Jinsiy hujayralar o’zaro ajrimlashgandan keyin mikrogametalar makrogametalarning ichiga kiradi, ya’ni parazitlarning qo’shilishi jarayoni sodir
bo’lib, zigota hosil bo’ladi. Qisqa vaqt ichida zigota atrofida parda hosil bo’lgan oosista paydo bo’ladi. Mazkur oosistalar epitelial hujayralaridan ajralib ichak bo’shlig’iga, u yerdan esa tezak bilan tashqi muhitga tushadi. Sporogoniya – spor va sporozoitlar hosil bo’lib, tashqi muhitda kechadi. Tashqi muhitga tushgan oosistlar qulay sharoitda o’z rivojlanishini davom ettiradi. Eymeriyalarning xususiyligi – bu avlodga mansub eymeriyalar bir biriga juda o’xshash bo’lishsada, biroq ular evolyusiya taraqqiyoti jarayonida moslashgan birgina hayvon turida parazitlik qilishadi. Eymeriyalarning qat’iy xususiyligi nafaqat xo’jayinga nisbatan balki, organizmning uchrash joyiga, organ va to’qimalarida parazitlik qilish xususiyati ham aynan o’ziga xos bo’ladi. Eymeriyalarning turlarini va rivojlanishini o’rganish, jo’jalarni eksperimental zararlab tajriba o’tkazish maqsadidagi tadqiqotlarimizda eymeriyalarning yuqoridagi biologik xususiyati yana bir marta tasdiqlandi. Oosistlarini ajratib olishda VNIVIP, M.V.Krыlov metodikasi bo’yicha stakanchalarda jo’jalarning axlati olindi, ustiga kaliy bixromat tuzining 2 % li suvdagi eritmasidan ozroq qo’yildi va yaxshilab aralashtirildi. Keyin 1:20 nisbatda 2 % li kaliy bixromat tuzining eritmasi solindi. Doka yoki simli to’r suzgichdan o’tkazildi va suyuq aralashma sentrafuga probirkalariga quyilib, 2500 aylana tezlikda 5 minut davomida sentrafuga qilindi. Probirkalardagi suyuqlikning ustki qismi boshqa idishga to’kilib, cho’kmasi qoldirilib, cho’kmaga osh tuzining to’yingan eritmasidan solindi va keyin yaxshilab aralashtirildi. Sentrafugada 10 minut davomida 1500 aylana tezlikda qayta sentrafuga qilinadi. Probirkalar ustki qismi to’kib tashlanib, tagidagi cho’kma qismi boshqa idishga yig’ib olinib ustiga toza suv (1:10) nisbatda qo’yilib, 1-2 kun saqlanadi. Tindirilgan idishning ustki qismini, cho’kma loyqalatilmasdan so’rg’ich nay orqali so’rib olindi. Cho’kmaga kaliy bixromat tuzining 2 % li suvdagi eritmasi solinib, termostatga qo’yildi. Oosistlar termostatda +25 0 +27 0 S da saqlandi va sporulyasiya bo’lish jarayonini tezlashtirish uchun kompressorda havo haydalib turildi. Oosistadagi sporulyasiya jarayoni har kuni kuzatilib borildi va termostatda qulay sharoitda o’z rivojlanishini
davom ettirdi. Uning tarkibidagi tuzilmalari zichlashib, shar shakliga kirib markazga to’planishdi. Undan keyin 2 - 3 - kunlari ushbu sharchalar har biri 4 tadan bo’laklarga, sporoblastlarga bo’linib, 4 ta sporaga aylandi. Xususiy zich parda bilan o’ralgan sporosistalar har biri 2 tadan uzunchoq, o’roqsimon shakldagi sporazoitlarni hosil qildi. Termostatda qulay sharoitda oosistalar 3 sutka davomida rivojlanib, sporulyasiya jarayonini o’z nihoyasiga yetkazdi. Epizootologiyasi. Tovuq eymeriozi yer sharinig barcha mintaqalarida keng tarqalgan. Kasallik manbai kasal va kasallanib sog’aygan jo’jalar (1sutkada 9-670 mln. oosistlar ajratadi) bo’lsa, tovuqlar esa eymeriyalarning tashuvchisi vazifasini o’taydi. Jo’jalarning zararlanishi koksidiyalarning oosistlari bilan ifloslangan oxur, ozuqa, suv, to’shama va tuproq orqali sodir bo’ladi. Shuningdek, eymeriyalarning oosistlar jo’jaxonalarga – qarovchilarning poyafzallari, kurak, supurgi va boshqa asbob – aslahalar bilan keltirilishi mumkin. Kemiruvchilar, qushlar, hashoratlar va boshqa jonivorlar esa koksidiya oosistlarining mexanik tashuvchilari bo’lib xizmat qiladi. Jo’jalar esa ko’proq suv va oziqadan alimentar zararlanadilar. Jo’jalar tig’iz asralishi, jo’jaxonalarda namlik yuqoriligi, oziqa sifatining pastligi va jo’jalarni o’stirish uslubining buzilishi, parrandalar “zararlanishiga ko’maklashuvchi” omillar qatoriga kiradi. Kasallikning mavsumiylik xususiyati bahor va kuz fasllariga to’g’ri kelsada, yirik parrandachilik fermalarida (ayniqsa polda asraladiganlari orasida) yilning barcha fasllarida eymerioz xuruj qilishi mumkin. Klinik belgilari. Kasallik o’tkir va surunkali oqimlarda kechadi. O’tkir oqim yosh jo’jalar orasida kechib, bir necha kundan 2-3 xaftagacha davom etadi. Kasal jo’jalar oriqlaydi, ishtahasi pasayib yo’qolib boradi. Patlari xo’rpayib, kloaka atrofi ifloslanadi va suyuq tezagi yopishib qoladi. Tezagida qon aralash suyuqlik qayd etiladi. Ko’rinarli shilliq pardalari va toji qonsizlanib oqaradi. Qondagi eritrositlar miqdori 40-70 foizgacha kamayadi. Chanqoqligi seziladi, jig’ildoni suyuqlikka