logo

Falsafiy tafakkur taraqqiyotining bosqichlari

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

43.142578125 KB
MAVZU: Falsafiy tafakkur taraqqiyotining bosqichlari
REJA:
1.Qadimgi   Yunon-Rim   falsafiy   maktabi.Antik   falsafada   Demokrit,   Geraklit,
Aflotun va Arastu ta’limotlari. Ellinizm davri falsafasi
2.Xristianlik va Avriliy  A vgustin falsafiy ta’limotining vujudga kelishi
3.Ilk   o’rta   asrlar     falsafiy   tafakkur   rivojida   apologetika,   patiristika   va
sxolastika. Nominalizm va realizm.  1 -masala.  Qadimgi davr falsafasining yana bir silsilasi Yunoniston va Rimga
tegishlidir. Bu davrdagi falsafiy qarashlar antik davr falsafasi deb yuritiladi. Unda
Milet   falsafiy   maktabi,   Suqrot,   Pifagor,   Aflotun,   Arju   va   boshqalarning   falsafiy,
tabiiy-ilmiy, ijtimliy-axloqiy ta’limotlari o’rganiladi.
Qadimgi Yunonistonda dastlabki falsafiy ta’limotlareramizdan avvalgi VII-VI
asrlar   o’rtasida   Milet   shahrida   yuzaga   kelgan   va   rivojlangan.   Milet   maktabi
vakillari Fales, Anaksimandr, Anaksmenlardir. Uning asoschisi Fales (yer.av. 624-
547   yillar)   o’z   davrining   yetuk   siyosiy   arbobi,   jo’g’rofi,   faylasufi   bo’lgan.   Fales
ta’limotiga ko’ra, tabiatdagi turli-tuman jism  va hodisalar  dastlabki  ibtido-suvdan
paydo bo’lgan va yana suvga aylanadi hamda bu moddiy birlik doimo o’zgarishida
bo’ladi.   Anasimandr   (Falesning   shogirdi)   (yer.av.   610-546   yillar).   U   «Tabiat
haqida»   asarini   yozgan,   biroq   asar   bizgacha   yetib   kelmagan.   Fales   olamning
asossiga suvni qo’ygan bo’lsa, Anaksimandr dunyo cheksiz, gazsimon apeyrondan
iborat deydi.
Anaksimandrning fikricha, xamma narsa apeyrondan kelib chikadi va ma’lum
bir   vaktda   apeyronga   kaytadi.   Apeyronning   doimiy   xarakat   qilib   turishi,
Anaksimandrning   fikricha,   qarama-qarshiliklarning   kelib   chiqishi   tufayli   bo’ladi,
buning   natijasida   bir   xil   narsalar   paydo   bo’lib,   boshqalari   yo’qolib   turadi.
Dunyodagi   bu   narsalarning   mavjudligi   hech   qanday   xudolarning   ta’siriga   muhtoj
emas.   Anaksimandr   qadimgi   Yunoniston   fanida   odamning   paydo   bo’lishini
isbotlashga   uringan   olimlardan   biri   bo’lib   hisoblanadi.   Uning   fikricha   hayvonlar
dunyosi   qurib   qolgan   dengiz   ostida   paydo   bo’lib,   birinchi   hayvonlar   suvda
yashyaganlar   keyinchalik   qirg’oqqa   chiqqanlar,   odamlar   esa   baliqlardan   paydo
bo’lgan.
Milet   maktabining   keyingi   vakili   Anaksimen   (yer.oldin   585-525   yillar)
hisoblanadi.   Anaksimen   Anaksimandrning   shogirdi   bo’lib,   uning   mavhum
materiyasi   «apeyron»dan   yanyada   konkret   materiya   formasiga   –   havoga   qaytadi.
Anaksimenning fikricha, butun narsalar doimiy harakatdagi havodan paydo bo’lib
va   yanya   havogv   qaytib   turadi.   Siyraklashib,   suyuqlashib   ketgan   havo   olovga,
suyuqlashib   ketgan   havo   esa   yerga,   toshga   aylanadi.   Havo   Anaksimenning fikricha,   sovuqdan   suyuqlashib   va   issiqdan   quyuqlashib   turadi.   Uning   fikricha,
xudolarning   o’zlari   moddadan-havodan   kelib   chiqib,   kosmik   o’zgarishlar
xudolarning ta’siri bilan emas, balki moddaning doimiy o’zgarishi natijasida paydo
bo’ladi.   Qadimgi   Yunonistonning   efera  shahrida   (yer.av.  544-583  yillar)   Geraklit
degan   faylasuf   yashagan.   U   qadimgi   Yunonistondagi   stixiyali   dialektikaning
asoschisi bo’lib hisoblanadi. 
Geraklit miletchilar singari dunyoning boshlang’ich asosi deb konkret modda
–   olovni   oladi.   Geraklitning   fikricha,   dunyo   qonuniy   ravishda   alangalanib   va
so’nib turuvchi olovdir. «Hamma narsadan tarkib topgan dunyoni, - deydi Geraklit,
-   xudolardan   ham   hech   biri   yaratmagan,   dunyo   qonuniyat   bilan   so’nadi,   abadiy
tirik   olov   bo’lib   kelgan,   hozir   ham   shunday   va   bundan   keyin   ham   shunday
bo’lajak».
Geraklit ta’kidlaganidek: «Hamma narsa mavjuddir va ayni zamonda mavjud
emasdir,   chunki   hamma   narsa   oqib   turadi,   hamma   narsa   doimiy   bo’lish   va
yo’qolish jarayonidir».
Geraklit   o’zining   «hamma   narsa   oqib   turadi,   ammo   hamma   narsa   doimo
o’zgarib   turadi»   degan   dialektik   fikri   bilan   dunyoni   oqib   turadigan   daryo   bilan
taqqos   qiladi.   Geraklit:   «oqib   turgan   daryoga   ikki   marta   tushib   bo’lmaydi»,   -
deydi.   Daryo   oqib   turishi   tufayli,   har   bir   tushganimizda   unda   yangi   suvlar   oqib
turadi.   Geraklitning   fikricha,   tabiatning   doimiy   o’zgarib   turishining   sababi   –
narsalarning ichki qarama-qarshiliklaridir.
«Hamma   narsa   kurash   orqali   maydonga   keladi»-   deydi   Geraklit.   Uning
fikricha,   qarama-qarshiliklar   o’zaro   kurash   holatida   bo’lib   turganlari   holda,   bir-
birlariga o’tib turadilar. 
Geraklitning   fikricha,   doimiy   o’zgarish,   harakat   va   o’zaro   qarama-qarshi
tomonlarga   o’tish   –   jismlar   sifatining   nisbiyligi   bilan   bog’liq.   Masalan,   Dengiz
suvi inson ehtimoli uchun yaroqsiz bo’lsa baliqlar uchun ayni muddaodir. 
Geraklitning   fikricha   bilish   jarayoni   kishi   sezgi   organlari   orqali   olingan
tasavvurlardan boshlanib, tafakkur orqali takomillashadi. Pifagor   (yer.av.   580-500   yillar)   Yunonistonning   Samos   orolida   yashyab
o’tgan.   U   qadimgi   yunonistonda   diniy-mafkuraviy   falsafiy   maktab,   ya’ni
pifagorchilikka   asos   solgan.   Pifagor   o’zining   siyosiy   qarashlari   tufayli   podsho
Polikret   bilan   chiqisha   olmagan.   Va   Samosni   tark   etib,   janubiy   Italiyaga   ko’chib
ketgan,   o’sha   yerda   o’z   uyushmasini   tashkil   etgan.   Uningcha,   dunyoni   bilish
jarayoni,   avvalo,   raqamlarni   bilishdan   boshlanishi   kerak.   Pifagorchilarning
ta’limotiga   ko’ra,   olamning   asosida   modda   ham,     tabiat   ham   emas,   balki
ideallashgan   raqamlar   yotadi,   narsa   va   hodisalar   aynan   ana   shu   raqamlar
mahsulidir.   Pifagorchilar   birinchi   bo’lib   yunonistonda   tabiatdagi   narsa   va
hodisalarni   izohlashda   miqdor   kategoriyasini   ilgari   suradi.     Pifagor   zodagonlar
oilasiga mansub bo’lgani bois aristokratiyani himoya qilgan. U tartib to’g’risidagi
ta’minotni  yaratib, faqat  aristokratlar  o’rnatgan  tartib ijtimoiy hayotda muhim  rol
o’yonaydi, degan. Uning fikricha, demokratiya bu tartibotning buzilishidir.
Yeley   falsafiy   maktabi   namoyandasi   Ksenofakt   (yer.av.     VI-V   asr)   shoir   va
faylasuf   bulgan.   U   Kichik   Osiyoda   dunyoga   kelgan.   Ilim   olish   maqsadida
Yunonistonga,   janubiy   Italiyaga   sayohat   qilib,   umrining   so’nggi   yillarini   eley
shahrida o’tkazgan. Tarixchi Diogen Layertskiyning yozishicha, ksenofont «Tabiat
haqida» asarlarining muallifidir. Afsuski, ushbu asarning yarmigina omon qolgan,
xolos.   U   ko’p   xudolika   hamda   insonlarga   xos   sifatlarni   hayvonlarga,   o’simlik
dunyosiga   dahldor   deb   biluvchi     ta’limotga   qarshi   chiqib   ltfologiyani   rad   etishga
harakat qilgan. Uning falsafiy ta’limotiga ko’ra, tabiat- o’zgarmas va harakatsizdir,
«hamma   narsa   yerdan   unib   chiqadi   va   pirovardida   yana   yerga   qaytadi»,   «biz
hammamiz   yerdan   tug’ilganmiz   va   yerga   aylanamiz.   Ksenofont   qadimgi     yunon
faylasuflaridan   birinchi   bo’lib   bilishning   imkoniyati   va   chegarasi   haqida   fikr
yuritgan. Bu qadimgi yunon gnoseologiyasining rivojiga  turtki bo’ldi. 
Qadimgi   yunon   madaniyatida   sofistlar     falsafasi   katta   o’rin   tutadi.   Sofistlar
antropologiya   (inson   haqidagi   fan)   va   gnoselogiya   (bilish   to’g’risidagi   fan)
muamolari   bilan   щ ug’ullangan.   Sofistlar   yangi   kasblarning   mohir   ustalari,   yani
o’qituvchilar, diplomatlar, notiqlar, sud mahkamalarida ishlovchi mutaxassislardan iborat   bo’lib,   haqiqat,   osoyishtalik,   adolat   o’rnatishga   xizmat   qilgan.   Ularning
talimoti Suqrot falsafasiga ham ma’lum darajada ko’rsatgan.
Afinaning   buyuk   faylasufi   Suqrot   (yer.   av.   469-399   yillar)   avvalo   sofistlar
shogirdi bo’lib, keyinchalik ularning asosiy nuqtai nazarlarini qattiq tanqid qiladi. 
Odam   nima,   uning   ongi   nima?   Degan   savolga   javob   axtarish   Suqrot
faoliyatining asosida yotadi. «O’z-o’zingni angla!» Suqrotning  yeng sevgan shiori
edi.   U   ongning   nafaqat   subektiv,   balki   obektiv   mazmunga   ega   ekanligini
isbotlamoqchi bo’ldi, buni u aql deb atadi. Aql yesa faqat individual fikirlargagina
ega bo’lib qolmasdan,  yalpi umumiy, barcha uchun majburiy bilimni  ham taqozo
etadi.   Binobarin,   bahs   vositasi   ilk   birgalikda   haqiqatni   izlash   kerak,   deydi   u.
Adolat   nima   ezgulik   nima,   eng   yaxshi   davlat   qurulishi   nima,   degan   savollarga
javob berishga intiladi. 
Suqrot   tadqiqotlari   markazida   xuddi   sofistlar   singari   inson   hayoti,   uning
jamiyatdagi   o’rni   va   maqsadi   hamda   adolatli   ijtimoiy   tuzim   muammosi   turadi.
Falsafa   ezgulik   va   yovuzlikni   aglav   olishda   odamlarga   yordam   berishi   kerak   deb
xisoblaydi.   U   axloqsizlik   amalda   haqiqatni   bilmaslik   natijasidir,degan   xulosaga
kelgan.Suqrotning     shogirdi   Aflotin   (yer.av.428-347-yillar     jahon   falsaafaasi
tarixida o’chmass iz qoldirgan buyuk allomadir.
Aflotin falsafasi g’oya asosida g’oyalar to’g’risidagi ta’limot yotadi. Aflotun
narsalarining   dastlabki   asosini   g’oya   tashkil   qiladi,   sezgilar   orqali   qabul
qilinadigan narsalar esa, g’oyalar dunyosining soyasidir, deb ta’lim beradi. 
Aflotun   bir-biridan   ajralgan   ikki   dunyo   g’oyalari   va   narsalar   dunyosi   bor,
odamlar   ham   narsalar   dunyosida   ya щ aydilar,deb   ta’lim   beradi.   Aflotun
fikricha,g’oyalar,   doimiy,   o’zgarmaydi,   real   borliqqa   ega;   sezgiorganlarimizda
ifodalangan   narsalar   esa   paydo   bo’lib   yo’qolib   turi щ lari   tufayli   doimiy
o’zgaruvchan   emasdirlar.   Uning   fikricha,yeng   oliy   g’oya-bu   xudo   to’g’risidagi
g’oya. Aflotuning bu fikirlari idealizm bilan din o’rtasidagi bog’lanishning yaqqol
ifodasidir.   Uning   aytishicha,   sezgi   organlarimiz   orqali   olingan   g’oyalar   dunyosi
to’g’risidagi bilimgina haqiqiy bilim bo’la oladi. Aflotun o’zining bilish nazariyasi
asosiga   doimiy   g’oyalar   va   o’tkinchi   narsalar   dunyosini   qo’yishi   tufayli,   bilim- g’oyalar   orqali,   tasavvur   narsalar   orqali   bo’ladi,   deb   tushuntiradi.   Shuning
natijasida  Aflotun  sizgi  organlarimiz  orqali  olingan  tasavvurlarni  bilim   sohasidan
chiqarib   tashlab,   sezgi   organlarimiz   bilan   bog’liq     «bo’lmagan»   abstrakt
tafakkurgagina   haqiqiy   bilim   bera   oladi,   deb   hisoblaydi.   Aflotun   abstrakt
tafakkurni sezgilarga bog’liq bo’lmagan, g’oyalar dunyosida yashovchi ruhni kishi
tamonidan   «yeslash»   jarayoni   natijasida,   deb   tushuntiradi.   Aflotun   jamiyat   va
davlat   to’g’risidagi   ta’lumoti   uning   dunyoqarashida,   markazi   o’rinlardan   birini
tashkil   etadi.   U   faqat   antik   davr   falsafasi   –   antologiya   va   gnoseovogiyaning
klassigi bo’lib qolmay, mumtoz antik siyosiy nazariya va pedogikaning bilimdoni
ham   bo’lgan.   Aflotun   ijtimoiy-siyosiy   masalalarga   doir   «Davlat»,   «Qonunlar»,
«Siyosat»   va   «Kritiy»   nomli   asarlar   yozib   qoldirgan.   «Davlat»   asarida   jamiyat
haqida,   uning   ideal   siyosiy   tuzumi   to’g’risidagi   qarashlarini   markaziy   ta’limoti-
g’oyalar   nazariyasi   bilan   uzviy   bog’liq   holda   ilgari   surgan.   Uning   fikricha,
davlatning   to’rtta   shakli   mavjud:   teokratiya;   oligarxiya;   demokratiya;   tiraniya.
Aflotunning   ideal   davlat   to’g’risidagi   orzulari   negizida   adolat   g’oyasi   yotadi.
Aflotun   aytganidek,   jamiyat   barcha   a’zolarining   odil   jamiyatdagi   qonunlarga
bo’ysunishi ijtimoiy taraqqiyotning asosiy garovidir. 
Qadimgi   Yunoniston   olimlari   ichida   eng   ko’zga   ko’ringan   mutafakkirlardan
yana   biri   Arastu   (yer.   avv.384-322   y   )   edi.   Arastu   20   yil   Aflotun   akademiyasida
ta’lim olib, uch yil mobaynida Iskandar Zulqarnaynning ustozi bo’lib xizmat qildi.
Iskandar Zulqarnayn podsho bo’lib , Sharqqa yurish qilishi bilanoq Arastu Afinaga
qaytdi. Bu yerda u Aflotun akademiyasi bilan birgalikda o’zining «Likkey» nomli
falsafa maktabini tuzdi va shu davrda o’zining asosiy ilmiy asarlarini yozadi. 
Falsafani   borliqning   umimiy   xususiyatlari   to’g’risidagi   fan   hisoblab,   unga
«birinchi falsafa» deb nom beradi (keyinchalik «meta-fizika»deb yurgiziladi. 
Falsafaga   doir   «Metafizika»,   tabiiyot   bilimlariga   doir   «Fizika»   va   jamiyat
hayotiga doir «Davlat», «Siyosat» Arastuning asosiy asarlari hisoblanadi.
Arastu   zabardast   olim   bo’lib   mantiq,   psixologiya,falsafa,   ahloq,   notiqlik
san’ati, tabiiy fanlar bo’yicha o’lmas bebaho asarlar yozib qoldirgan. Uning barcha
asarlari   borliqni   o’rganishga   qaratilgan.   Mantiqqa   oid   asarlarning   barchasini “Organon”  (“ N urol”)  nomli   asariga  jamlagan.   Faylasuf   barcha   fanlarni  ikki   turga
nazariy   va   amaliy   fanlarga   bo’lgan.   Amaliy   fanlar   shogirdlarga   yo’l   yo’riq
ko’rsatishga ,biror bir   foydali ishni amalga   yo’naltirilgan. U nazariy fanlarni uch
qismga falsafa (metofizika) ,matematika va fizikaga ajratilgan.
Faylasuf  ta’limotiga ko’ra, amaldagi  narsa va  hodisalar    to’rtta sababga  ega.
Bular moddiy sabab, ya’ni modda (materiya) ,shakliy sabab yoki shakl, yaratuvchi
sabab, piravar sabab yoki maqsad sabablardir. Yaratuvchi sabab, Arastu talqinicha,
harakat   manbaidir.   Masalan,   ota   va   bolaning   ulg’ayishiga   sababchidir.   Arastu
piravar   sabab   (maqsad   sabab)   vositasida   insonga   hos     bo’lgan   maqsadlarni   tabiat
xodisalariga   ham   tatbiq   etmoqchi   bo’lgan.   Harakat   olam   singari   abadiydir.   Ayni
paytda,   olam   o’zining  abadiy   sababi,   ya’ni   harakatlantiruvchikuchiga   ega.  Arastu
Aflotunning   bilish   bu   g’oyaalar   dunyosidagi   o’lmas   ruxni   eslanishi   degan
qarashini   tanqid   qilib,   dunyoni   bilish   mumkinligini   e’tirof   etadi.   u   bilishning
manbaini tabiatni  o’zidan, obektiv borliqda kuradi. Bilish jarayonida u sezgilarga
katta   urin   beradi,   seyegilar   orqali   olingan   hissiyotlar   obektiv   mavjud   bo’lgan   va
hodisalarning obrazi, deb hisoblaydi.
Arastuning   jamiyat   va   davlat   to’g’risidagi   ta’limoti   “Davlat”   “Siyosat”   kabi
asarlarida   bayon   etilgan.   Uning   fikricha,   davlat   boshqaruvi   jamiyat   erkin   va
farovon hayoti uchun xizmat qilishi lozim.
Bu   davrning   eng   ko’zga   ko’ringan   mutafakkirlari   Levkipp   va   Demokritdir.
Levkipp   (yer.av.500-440   yillar)   qadimgi   Yunoniston   falsafasida   deyarli   birinchi
marta atomistik qarashlarni olg’a surdi. Uning ta’limoti bo’yicha dunyodagi butun
narsalar   juda   mayda   bo’linmaydigan   moddiy   narsalardan,   atomlardan   («atomas»
grek   tilida   «bo’linmaydigan»)   iborat.   Bundan   tashqari,   Levkipp   dunyodagi
narsalarning   paydo   bo’lishi,   yo’qolishini   ma’lum   zaruriyat   va   sababiyat   bilan
bog’laydi.
Qadimgi   Yunoniston   falsafasi   tarixida   yangi   yo’l   ochgan   buyuk   olim
Demokrit (yer.av.460-370) yillar. U Misr, Hindiston va Bobil kabi mamlakatlarga
sayohat   qilib,   bu   mamlakatlar   olimlarining   ta’limotlarini   o’rgandi.   Demokrit   o’z
davrining   butun   ilmiy   boyligini   o’zlashtirgan,   har   tmonlama   keng   bilimli faylasuflardan edi. Demokrat ham Levkipp singari dunyoning moddiyligini e’tirof
qiladi   va   uning   atomistik   ta’limotiga   tayanadi.   Demokrit   dunyoning   birinchi   va
dastlabki asosini atomlar va bo’shliq tashkil qiladi, deb ta’lim beradi.
Demokritning   fikricha,   atomlar   ko’zga   ko’rinmaydigan   mayda,   moddiy
bo’lakchalardani   iborat   bo’li,   tabiatdagi   butun   narsalar,   shu   jumladan,   odamlar
ham   shu   atomlardan   tarkib   topganlar.   Demokrit   harakatni   atomlarning   o’zlariga
xos   xususiyati   dem,   harakatning   realligini   e’tirof   qiladi   va   materiya   bilan
harakatning  ajralmas,   bir-biriga  bog’liq  ekanligini   ko’rsatadi.   Demokrit   olamning
cheksiz   dunyolardan   iborat   ekanligini   va   biz   yashab   turgan   yer   koinotdagi   bir
kichkina   sayyora,   deb   hisoblaydi.   Uning   fikricha,   olam   «buyuk   bo’shlik»   bo’lib,
cheksiz   fazoda   atomlarning   bir-biri   bilan   to’qnashishi   turli   dunyolarni   keltirib
chiqaradi.
Demokrit   tasodifiyatni   inkor   etgan.   U   «na   tabiatda,   na   jamiyatda   hech   bir
narsa tasodifan paydo bo’lmaydi», deb yozgan. Demokritning falsafiy qarashlarida
ahloqiy   ta’minot   muhim   o’rin   tutadi.   Uning   bu   boradagi   qarashlari   bilan   uzviy
bog’liqdir. Davlat manfaatlari qolgan barcha narsalardan ustun turmog’i lozim.
Me’yor,   deydi   faylasuf,   axloqning   tabiat   insonlarga   in’om   etgan   kuch   va
qobiliyatga  mos kelishidadir. Donolik uchta hosil keltiradi: yaxshi fikrlash; yaxshi
so’zlash;   yaxshi   harakat   qilish.   Uning   ta’limoti   bugungi   kunda   insonlarni   axloq-
odobga, diyonatga da’vat etadi.
Antik   davrning   faylasufi   epikur   ( yer . av .241-270   y .)   edi .   Epikur   afinada
o’zining   filosofik   maktabini   ochib,   Demokrit   tarafdori   edi,   uning   atomistik
ta’limotlarini olg’a suruvchi sifatida maydonga chiqda.
Yepikur   falsafaning   asosiy   vazifasi-kishilarga   baxtiyorlikka   erishish   yo’lini
ko’rsatishdan iborat, deb tushintiradi.   Uning   fikricha ,   kishi   baxtiyor   bo’lish   uchun
tabiat   va   uning   qoniniyatlarini   o’rganishi   lozim . Shunga asoslanib, u o’z falsafasini
uch qismga: fizikaga, kanonika yoki logika va etikaga bo’ladi.
Yepikur   o’zining   bilish   nazariyasida   sezgilarga   katta   ahamiyat   berib ,   ularni
bilishning   birdan - bir   manbai ,  deb   hisoblaydi Yepikur   ta’limotini   rimlik   Lukresiy   Kar  ( yev . av .99.55  yillar )   davom   ettirgan .
U   «Narsalarning   tabiati   to’g’risida»   nomli   asari   bilan   mashhur   bo’lgan.
Yashashdan   maqsad,   deb   yozgan   Lukresiy,   baxtli   hayotl   kechirishdan   iboratdir.
Jamiyat   ham,   huddi   tabiat   singari,   o’z   qonunlariga   ega   hamda   tabiat   qonunlariga
tayangan   holda  rivoj   topadi,   deydi   u.   Uning  falsafiy   qarashlari   o’z  davri   va  o’rta
asr falsafasiga ta’sir ko’rsatgan.
Uning   fikricha ,   modda   ( materiya )   –   abadiy ,   bir   holatdan   ikkinchi   holatga
o’tib ,   shaklini   o’zgartirib   yashash - uning   xossasi . Odamdagi barcha narsalar ikkiga
– oddiy va murakkab turga bo’linadi. Lukresiy Kar atom harakatining uchta turini
sanab   o’tgan.   Bular-narsalarning   og’irlikka   ega   bo’lgani   uchun   to’g’ri   chiziqli
harakati,   narsaningo’zicha   og’ish   harakati,     narsaga   turtki   bo’lgan   asosga
qaratilgan   harakat.   Lukresiy   nazariyasi   mohiyatan   sodda   bo’lsa-da,
tabiatshunoslikka ulkan ta’sir ko’rsatgan.
Yevropada   qadimgi   Yunon   va   Rimdan   o’rta   asrlar   falsafasigacha,   ya’ni
miloddan ilgari 1 asrdan XIV asrigacha, bir yarim ming yil  davomida bir qancha
oqimlar paydo bo’ldi va amal qildi. Bu davr falsafasida ikki xil jarayonni ko’rish
falsafasida ikki xil jarayonni ko’rish mumkin: 1. Xristianlikning shakllanib davlat
dini   va   mafkurasiga   aylanishi;   2.   O’rta   asrlarga   kelib   inkvizisiyaning   ustivor
yo’nalishga   aylanishi.   Gnostika,   apologetika,   partistika,   realizm,   nominalizm   va
boshqa oqimlar o’ta davr falsafasining qiyofasini belgilaydi. 
2-masala . Yevropada Qadimgi Yunon va Rimdan o’rta asrlar falsafasigacha,
ya’ni   miloddan   ilgarigi   I   asrdan   milodning   XIV   asrigacha,   bir   yarim   ming   yil
davomida bir qancha oqimlar paydo bo’ldi va amal qildi. Bu davr falsafasida ikki
xil   jarayonni   ko’rish   mumkin:   1.   Xristi-anlikning   shakllanib   davlatdini   va
mafkurasiga aylannshi. 2. O’rta asrlarga kelib inkvizisiyaning ustuvor yo’nalishga
aylanishi.   Gnos tika,   apologetika,   patristika,   realizm,   nominalizm   va   boshqa
oqimlar o’sha davr falsafasining qiyofasini belgilaydi.
Bu   davr   falsafasida   o’z   o’rniga   ega   bo’lgan   gnostisizm   eramizning   150
yillarida   o’zining   yuksak   ravnaqiga   erishadi.   Ular   shunday   falsafiy   ta’limot
yaratdilarki, ularning fikricha, Xudo ruh sifatida yovuzlikda mutlaqo sof, inson esa o’z   tabiatining   ruhiy   jihati   bilan   xudoga   moslashgan.   Bu   masalada   gnostisizm
faylasuflari xristianlikni yunon falsafasi bilan birlashtirishga harakat qildilar.
Dualizm — gnostisizmning asosiy yo’nalishi, bu oqim tarafdorlari moddiy va
ruhiy   dunyo   o’rtasida   mustahkam   chegara   mavjud,   deb   ta’kidlaydilar.   Ular
ta’limotida   materiya   hamma   vaqt   yovuzlik   timsolidir.   Bundan   ular   Xudo   hech
mahal moddiy dunyoni yaratishi mumkin emas, deb xisoblaydilar
Apologetlar   xristianlik   tarixida   I   va   III   asrlarda   vujudga   keldi.   Apologetika
so’zining   lug’aviy   ma’nosi   "himoya   qilish",   demaqsir.   Apologetlar   hukumatning
xristianlikka bo’lgan dushmanligini bartaraf qilishga, Rim davlatining xristianlikni
ta’kib qilishi hech qanday okdashga loyiq emasligini isbotlashga harakat qilganlar,
o’z asarlarida mushriklik (ko’p Xudolik) adabiyotlaridan olingan bahslashish (dia -
log) shaklidan yoki apologetikaning mumtoz shaklidan foydalanganlar.
Apologetlar asarlarida ikki an’ana  yaqqol sezilib  turadi. Ya’ni, inkor  qilish  va
tasdiklash. Ular eng avval mushriklar tomonidan xristianlikka   qo’yilgan   ayblar —
g’ayriodatiy   harakatlar,   dabda babozlik   kabilarni   inkor   qilganlar.   Xristianlikning
sofligini esa tasdiqlaganlar. Bu sohada Yustinning "Birinchi apologeya", "Ikkinchi
apologeya" asarlarini. Tulcan va_Anaksagor kabi fayla-suflar faoliyatini ta’kidlash
lozim.
“Patristika” suzi “ota” (“padre”) so’zidan kelib chiqqan. Bu nom bilan odatda
Yevropada   yepiskoplarni   ularga   hurmat   sifatida   ataganlar.   Sharqda   mashhur
bo’lgan   cherkov   otalaridan   biri   Ioan   Zlatoust   (347—407)   edi.   Uning   640   ta
da’vatlaridan   ko’pchiligi   avliyo   Pavel   nomalarinint   sharhi   edi.   Uning   asarlarida
Injilni amaliy qo’llash sof axloqiy masalalar bilan qorishib ketgan.
G’arbda   eng   yirik   cherkov   otalaridan   biri   "Pok"   degan   unvonga   sazovor
bo’lgan   Avreliy   Avgustin   (354—430)   hisoblanadi.   U   faylasuf   va   ilohiyotchi
bo’lgan. Uning o’sha davrdagi eng mash-hur asarlaridan biri "Sig’inish" 401 yilda
yozilgan. Bu asarda u o’zining xristianlikkacha bo’lgan hayotini yozadi. "Bibliya"
oyatlari   ramziy   —   timsoliy   bayon   kilinadi.   U   mushriklik   falsafasini   qora-laydi.
Uningcha,   bu   falsafa   insonni   xristian   dinichalik   hech   mahal   haqiqatga   olib
kelmaydi. Avgustin bahs shaklida boshqa (dialog) falsafiy asarlar yozgan.  “Sxolastika”   so’zchi   yunoncha   "shkola"dan   ("shola")   olingan  bo’lib,  "o’qish
joyi",   "maktab"   ma’nolarini   anglatadi.   Buyuk   Karl   saroyida   o’qituvchi-lik
qilganlarni   yoki   umuman   saroy   maktabidagi   o’qituvchilarni   sxo-lastlar   deb
ataganlar. Shuningdek, dinni o’rganishda falsafani tatbiq qilgan o’rta asr olimlarini
ham   sxolastlar   deb   ataganlar.   Sxolastikani   ma’lum   darajada   ilohiyotni   aqlga
moslashtirish,   dinni   tafakkur   yordamida   quvvatlashga   bo’lgan   intilish,   deb   ham
baholash   mumkin.   O’sha   davrda   ilohiyotni   muqaddas   kitoblar   aqidalari   asosida
emas, balki  falsafiy nuqtai nazardan tadqiq qilish toqozo qilinardi. Sxolastlarning
maqsadi e’tiqod aqlga muvofiqmi, de-gan savolta javob berish bo’lgan. 
Realizm .
Uning   yirik   vakillaridan   biri   kenterberiyalik   Anselm   (1038—   1109)dir.   U
Shimoliy   Italiyada   tug’ilgan,   1093   yilda   Kenterberiysk   shahrining   arxiyepiskopi
etib tayinlanadi. Anselm o’zining ikki asari bilan mashhur.
Birinchisi,   "Monopoliya"   —   Xudoning   borligini   sabab   va   oqibat
munosabatlari   tizimida   isbot   qilish.   Bu   isbot   —   kosmologik   isbotning   shakli
sifatida shunday talqin qilinadi: inson hayotda ko’p ne’matlardan foydalanadi. Bu
ne’matlar   esa   eng   oliy   ilohiy   ne’matlarning   aksidir.   Ular   orqali   hamma   narsalar
mavjuddir.   Uzluksiz   tanazzulni   tasavvur   qilib   bo’lmagani   sababli   hamma
narsaning, bir sababchisi bo’lishi kerakki, biz uni Xudo deb ataymiz.
Anselmning   ikkinchi   asari   "Prologion"   Xudo   borligining   deduktiv   isbotidir.
Uning   ta’kidlashicha,   har   bir   odam   uchun   oliy   va   komil   mohiyat   haqida   g’oya
mavjuddir. Bu g’oya esa obektiv mavjudlikka ega bo’lgan reallikka mos keladi.
Arastu   ta’limotining   ko’p   tomonlarini   qabul   qilgan   o’rta   asr   sxolastlari
mo’tadil   realistlar,   deb   atalganlar.   Ularning   yirik   vakillari   Per   Abelyar   va   Foma
Akvinskiylar bo’lgan.
Britaniyada   tutilgan   P.   Abelyar   (1079—   1142)   Per   Abelyar   juda
yoshligidanoq o’z bilimi bilan mashxur edi. Abelyar — mo’tadil realistdir. Uning
ta’kidlashicha,   reallik   yoki   universaliy   dastlab   Xudo   aklida   mavjuddir,   undan
keyin   narsalarnin   o’zida   mavjuddir   va   nihoyat,   odamlarning   ongida   mavjuddir,
abelyar   "Men   e’tiqod   qilish   uchun   bilaman",   degan   g’oyani   ilgari   surgan.   Uning fikricha, insonning o’limi Xudoni rozi qilish uchun emas, balki odamlarni Xudoga
bo’lgan   muhabbat   bilan   taajjubga   solish   va   odamlarga   axloqiy   ta’sir   ko’rsatish
maqsadida   sodir   bo’ladi.   Bu   bilan   odamlar   o’z   hayotini   xudoga   bo’ysundiradilar.
Bu qarash axlo-qiy ta’sir qilish nazariyasi deb ataladi.
Foma   Akvinskiy   (1224—1292)   mo’tadil   realizmning   yana   bir   yirik   vakili
hisoblanadi. 
Akvinskiy ta’limoticha, dunyo iyerarxik narvondan iboratdir. Uning eng quyi
qismida yer va 4 elementdan iborat bo’lgan hamma narsalar mavjuddir. Odam ruhi
xudo va moddiy dunyo o’rtasidagi joyni egallaydi. Dunyoviy jamiyat tepasida esa,
papa boshchiligidagi ilohiy davlat turadi. 
  G’arb   ma’naviy   sivilizasiyasi   o’zgarishlarga,   haqiqatning   tagiga   yetish
yo’lidagi   izlanishlarga   ochiq   bo’lgan.   Bu   izlanishlar   turli,   shu   jumladan   ateistik,
intellektual va amaliy yo’nalishlarda kechgan. 
Umuman   olganda   qadimgi   dunyo   falsafasi   keyingi   davrlardagi   falsafiy
tafakkur   va   madaniyatga,   kishilik   jamiyatining   rivojlanishiga   ulkan   ta’sir
ko’rsatgan. 
O’rta   asrlarda   G’arb   va   Sharqda   falsafa   rivojlanishining   umumiy   belgilari.
Birinchidan,   o’rta   asrlar   G’arb   va   Sharq   falsafasi   avvalo   feodal   jamiyat   falsafasi
bo’lib,   u   ilohiyot   va   dinning   hukmronligi   bilan   tavsiflanadi.   Feodal   tuzum
sharoitida   feodal   mulkdorlik   bilan   bir   qatorda   hunarmandlar   va   dehqonlarning
shaxsiy   mehnatiga   asoslangan   xususiy   xo’jaligi   mavjud   bo’lgan.   Feodal   ishchini
sotishi   va   sotib   olishi   mumkin   bo’lgan,   lekin   ishchini   o’ldirish   huquqi   unga
berilmagan. Ishlab chiqarish munosabatlarining bunday rivojlanishi ularni ijtimoiy-
psixologik   va   mafkuraviy   jihatdan   mustahkamlashni   talab   qilgan.   Feodal
madaniyatni mafkuraviy jihatdan ta’minlovchi integrasion asos din bo’lgan. 
Ikkinchidan, o’rta asrlarda din G’arbda ham, Sharqda ham feodal jamiyatning
hukmron   mafkurasi   hisoblangan.   Bu   davrda   cherkov   eng   yirik   kuch   bo’lgan.
Shuningdek,   u   siyosiy   jihatdan   ham   o’ta   markazlashgan   tashkilot   sanalgan.
Dindorlar   amalda   birdan-bir   o’qimishli   odamlar   bo’lgan.   Yurisprudensiya, tabiatshunoslik   va   falsafaning   mazmuni   cherkov   ta’limoti   bilan   muvofiq   holatga
keltirilgan. 
Muqaddas   kitob   aqidalari   falsafiy   mulohazalarning   tayanch   nuqtasiga
aylangan. Bu davrda bilim emas, balki e’tiqod, fan emas, balki din afzal ko’rilgan.
Teosentrizm,   ya’ni   Xudoga,   uning   mohiyatiga   dunyoning   birinchi   sababi   va
birinchi asosi sifatida yondashish o’rta asrlar falsafasiga xos xususiyatdir. Masalan,
o’rta asrlarda Xitoyda dao haqidagi ta’limot din ehtiyojlariga to’la moslashtirilgan:
dao tabiiy qonun sifatida emas, balki ilohiy qonun sifatida namoyon bo’lgan. 
Buddizm   falsafasi   asosiy   e’tiborni   borliqning   o’tkinchiligi   va   yo’qlikning
haqiqiyligi,   jonning   boqiyligi   va   abadiy   ma’naviy   dunyoni   anglab   yetish   yo’lida
o’zlikni   kamolotga   yetkazish   orqali   uning   o’z   shakl-shamoyilini   o’zgartirishi
muammolarini o’rganishga qaratgan. 
Konfusiychilik   feodal   tuzumni   oqlash   uchun   buddizm   va   daosizmning
idealistik   va   daosizm   g’yalarini   o’zlashtirgan:   odamlar   o’zlarining   «yomon»
niyatlarini   jilovlab,   taqdirga   bo’ysunishlari   lozim.   Hokimiyatga   bo’ysunish,   uni
ardoqlash   va   hurmat   qilishni   talab   etuvchi   «Osmon   qonuni»   haqidagi   ta’limot
konfusiychilikda eng muhim ta’limotga aylangan. 
G’arb   Yevropa   feodalizmi   sharoitida   ham   xristian   dini   hukmronlik
qilgan.   U   o’zining   odamlar   aqli   va   qalbini   nazorat   qilish   markazlashtirilgan
tizimini  ko’p sonli  tarqoq feodal  davlatlarga qarshi  qo’ygan. Bu nazoratni  avvalo
Rim   Papasi   boshchiligidagi   katolik   cherkovi   amalga   oshirgan.   Ayni   vaqtda
cherkov   qadimgi   dunyoning   «majusiycha»   falsafasiga,   ayniqsa   materialistik
ta’limotlarga   yot   ko’z   bilan   qaragan.   Ayni   shu   sababli   antik   davrning   falsafiy
merosini   o’zlashtirishga   nisbatan   xolisona   yondashilmagan,   bu   meros   qismlarga
bo’lib   o’zlashtirilgan,   asosan   diniy   aqidalarni   mustahkamlovchi   idealistik
g’oyalarni tarqatishga yo’l qo’yilgan. 
O’rta asrlar Yevropasida falsafiy tafakkurning rivojlanish xususiyatlari. G’arb
va   Sharq   falsafiy   tafakkuri   XVI   asrgacha   har   biri   o’z   yo’lida   rivojlangan:   arab
musulmon Sharqida va Ispaniyaning arablar istilo qilgan qismida falsafaga dinning
ta’siri   Yevropa   va   Sharqiy   Osiyodagidan   kamroq   bo’lgan.   Bu   davrda   arab musulmon  fani rivojlanishda Yevropa fanidan ancha ildamlab ketgan. Xitoyda ham
fan,   garchi   din   ta’siri   ancha   kuchli   bo’lsa-da,   Yevropadagidan   ilg’orroq   bo’lgan.
Ayrim   Sharq   faylasuflari   o’z   asarlarini   antik   davr   mutafakkiri   Demokritning
atomlar   haqidagi   ta’limoti,   Empedokl   elementlari,   Pifagor   matematikasi,   Platon
g’oyalari,   Aristotelning   falsa f iy   va   tabiiy-ilmiy   merosi,   ayniqsa   uning   mantiq
tizimi ta’sirida vujudga kelgan ilmiy-falsafiy an’ana ruhida yaratganlar. 
Yevropa   falsafasida   materializm   o’rta   asrlarda   Sharqdagidek   keng
tarqalmagan   va   madaniyatga   kuchli   ta’sir   ko’rsatmagan.   U   sxolastikada   realizm
bilan   bir   qatorda   paydo   bo’lgan   nominalistik   falsafa   ko’rinishida   rivojlangan   va
avval ayrim narsalar va hodisalar, so’ngra ularning in’ikoslari narsalarning nomlari
sifatida   talqin   qilinuvchi   umumiy   tushunchalarda   mavjud,   degan   g’oyadan   kelib
chiqqan.   Ammo   falsafani   ilohiyotga   qaram   qilishga   harakat   qilgan   din
mafkuraning hukmron shakli sanalgan. 
Ilk   o’rta   asrlarda   falsafiy   tafakkur   rivojlanishining   asosiy   shakllari
apologetika va patristika bo’lgan. Yevropada, Vizantiyada, Old Osiyo va Shimoliy
Afrikaning   ellinlashgan   markazlarida   xristianlikning   tarqalishi   boshqa   diniy   va
falsafiy   oqimlar   bilan   qattiq   kurash   jarayonida   yuz   bergan.   Bunda   xristianlikka
qarshi neoplatonizm falsafasidan keng foydalanilgan. Ayni shu davrda apologetika ,
ya’ni  xristianlikni asoslash va himoya qilish falsafasi sifatida vujudga kelgan. 
Apologetika ortidan «cherkov otalari»ning falsafiy ta’limoti  – patristika (lot.
pater   –   ota)   paydo   bo’lgan.   Patristikaning   eng   yorqin   vakili   Gippon   (Shimoliy
Afrika)dagi   yepiskop   Avliyo   Avgustin   (354-430)dir.   U   o’rta   asrlar   falsafasiga,
shuningdek falsafiy ijodning keyingi davrlardagi ko’pgina vakillariga kuchli ta’sir
ko’rsatgan. 
Avgustin   «haqiqiy   falsafa   va   haqiqiy   din»ni   bir   deb   hisoblagan.   Xristianlik
asoslarini   u   Platon   falsafasidan   topishga   harakat   qilgan.   Uning   fikricha,   Platon
g’oyalari   –   «bu   ijodkor   ijodga   kirishish   oldidan   yuritgan   mulohazalar» 1
dir.   Xudo
dunyoni   yo’qlikdan  yaratgan.   Inson   panoh   topishining   asosiy   yo’li   uning   xristian
cherkoviga mansubligidir. Xristian cherkovi «ilohiy shahar»ning Yerdagi vakilidir.
1 Avgustin   inson   faoliyatining   ikki   qarama-qarshi   turini   tahlil   qiladi:   birinchi   –
«dunyoviy   shahar»,   ya’ni   «Xudoga   nisbatan   nafrat   darajasiga   ko’tarilgan   o’z-
o’ziga   bo’lgan   muhabbatga»   asoslangan   davlatchilik;   ikkinchi   –   «o’z-o’ziga
nisbatan   nafrat   darajasiga   ko’tarilgan   Xudoga   bo’lgan   muhabbat»ga   asoslangan
«ilohiy   shahar».   Avgustinning   eng   mashhur   asarlari:   «Ilohiy   shahar»,   «Insoniy
shahar», «Tavba».
Avgustin   ikki   muhim   muammo:   shaxs   dinamikasi   va   kishilik   tarixi
dinamikasi muammolarini yechishga harakat qiladi. U «Tavba» asarida shaxsning
o’zligini,   uning   ruhiy   holatlarini   o’rganadi.   Avgustin   shaxsning   ichki   dunyosini
uning go’daklik yillaridan boshlab inson xristian sifatida shakllanadigan davrgacha
tavsiflaydi.   U   shaxsga   nisbatan   zo’rlik   ishlatishning   har   qanday   shakllarini
(maktabda   bolaga   zo’rlik   ishlatishdan   davlat   darajasida   zo’rlik   ishlatishgacha)
qoralaydi.   Avgustin   shaxs   erkinligi   muammosini   ilgari   suradi.   Oradan   bir   necha
asrlar o’tgach, ayni shu muammo ekzistensializm vakillarida Avgustin falsafasiga
nisbatan qiziqish uyg’onishiga sabab bo’ldi. Avgustin inson subyektiv tarzda erkin
harakat   qiladi,   lekin   uning   barcha   harakatlarini   u   orqali   Xudo   bajaradi,   deb
hisoblagan. Xudoning borlig’ini insonning o’zligidan, inson tafakkurining o’z-o’zi
uchun   ishonchliligidan   keltirib   chiqarish   mumkin.   Avgustin   shaxs   uchun
o’zlikning rolini ko’rsatib berdi. Zero «Men» - tashqi dunyodan ajralib chiqadigan
va hatto undan «berkinib» oladigan intim mavjudot. Avgustin inson o’z «Meni»ni
qanday kashf etadi, degan savolga javob topishga harakat qiladi. 
Tarix   falsafasini   ishlab   chiqish   ham,   garchi   atamaning   o’zini   Volter   taklif
qilgan bo’lsa-da, Avliyo Avgustindan boshlangan. Antik faylasuflarda «tarixiylik»
tushunchasi   mavjud   bo’lmagan:   yunonlar   dunyoni   estetik   jihatdan,   mukammal
koinot   sifatida   idrok   etganlar.   Avgustin   esa   o’tmish   –   hozirgi   davr   –   kelajakning
o’zaro aloqasini falsafiy jihatdan anglab yetishga harakat qilgan. Hozirgi davr – bir
lahza, zero u o’tmishga chekinadi va kelajak sari harakat qiladi. «Insoniy shahar»
(jamiyat) hayoti buni tasdiqlaydi. 
Avliyo   Avgustin   asarlari   sxolastik   falsafaning   yaratilishiga   asos   bo’lgan   va
uzoq   vaqt   mobaynida   antik   falsafani,   asosan   Platon,   Aristotel   hamda neoplatoniklar – Plotin, Porfiriy, Prokl, Yamvlix asarlarini o’rganish manbalaridan
biri   bo’lib   xizmat   qilgan.   Plotinning   universal   triadasi   –   «yagona   –   aql   –   jon»
sxolast-faylasuflar e’tiborini o’ziga tortgan. 
Sxolastika (yunon. schole – maktab) – maktab ta’limida hukmronlik qilgan va
ilohiyotga   to’la   bog’liq   bo’lgan   o’rta   asrlar   xristian   falsafasi.   XI   asrda   sxolastik
falsafa   doirasida   nominalizm   va   realizm   o’rtasida   kurash   avj   olgan.   Dastavval:
«Xudo bir, lekin siymolarda uchta: Xudo-ota, Xudo-o’g’il va Xudo-muqaddas ruh,
degan   fikrni   qanday   tushunish   kerak?»,   degan   sof   sxolastik   savol   o’rtaga
tashlangan. Ammo bu savol atrofida avj olgan bahs-munozara uning chegarasidan
chetga   chiqqan   va   tom   ma’noda   falsafiy   xususiyat   kasb   etgan:   amalda   yakka   va
umumiy   dialektikasining   muhokamasiga   aylangan.   Realistlar   «umuman   inson»,
«umuman   uy»   kabi   umumiy   tushunchalar   –   «universaliyalar»   mavjudligi
to’g’risida   so’z   yuritganlar.   Ular   ayrim   narsalarning   mohiyati   sanalgan
universaliyalar   narsalargacha   amalda   mavjud   bo’ladi   va   narsalarni   vujudga
keltiradi,   deb   hisoblaganlar.   Bu   ashaddiy   realizm   zamirida   Platonning   «g’oyalar
dunyosi» va «narsalar dunyosi» haqidagi ta’limoti yotadi. 
Nominalistlar «universaliyalar  narsalardan keyin vujudga kelgan nomlardir»,
degan fikrni ilgari surganlar. Ayrim narsalar, masalan, odamlar, uylargina realdir,
«umuman inson» yoki «umuman uy» esa faqat so’zlar yoki nomlar bo’lib, ularning
yordamida odamlar  ayrim predmetlarni  umumlashtiradilar. Mo’tadil nominalistlar
insoniy   tushunchalarda   ayrim   narsalardagi   o’xshash   jihatlarning   in’ikosi   sifatida
umumiylik mavjudligini taxmin qilganlar. 
Realizm   umumiylikka   narsadan   oldin   paydo   bo’luvchi   ideallik   sifatida
yondashgan,   ya’ni   amalda   umumiy   va   yakkaning   aloqasi   to’g’risidagi   idealistik
konsepsiyani   ishlab   chiqqan   bo’lsa,   nominalizm   bu   muammoni   materialistik   yo’l
bilan yechishning o’ziga xos timsoli bo’lgan.
Shunday   qilib,   realistlar   va   nominalistlar   o’rtasidagi   bahs   falsafiy   tus   olgan,
chunki   unda   umumiy   va   yakkaning   tabiati   muammolari,   ularning   dialektikasi
amalda muhokama qilingan.  Foma   Akvinskiy   (1225-1274)   katolik   teologiyani   yaratgan   va   sxolastikani
tizimga   solgan   mutafakkir   sifatida   e’tirof   etiladi.   Uning   eng   mashhur   asarlari:
«Teologiya   yig’indisi»,   «Falsafa   yig’indisi»,   «Majusiylarga   qarshi   yig’indi».
Ularda muallif asosan Aristotel asarlariga tayanadi. Foma Akvinskiy Aristotel ijodi
bilan   Sharqqa   salb   yurishi   chog’ida   tanishadi.   Uning   ontologiyasida   borliq   ham
ehtimol   tutilgan,   ham   amalda   mavjud   deb   qaraladi.   Borliq   -   ayrim   narsalarning
mavjudligi,   ya’ni   substansiyadir.   Foma   Akvinskiy   imkoniyat   va   voqyelik   kabi
kategoriyalar bilan bir qatorda materiya va shakl kategoriyalarini ilmiy muomalaga
kiritadi. Bunda materiya imkoniyat sifatida, shakl esa – voqyelik sifatida qaraladi. 
Foma Akvinskiy Aristotelning shakl va materiya haqidagi asosiy g’oyalaridan
foydalanib,   din   haqidagi   ta’limotni   ularga   to’la   bo’ysundiradi.   Materiya   shaklsiz
mavjud   bo’lmaydi,   shakl   esa   oliy   shaklga   yoki   «shakllarning   shakli»   -   Xudoga
bog’liqdir.   Xudo   esa   sof   ma’naviy   mavjudot.   Shaklning   materiya   bilan   birikuvi
moddiy dunyo uchungina zarur. Boz ustiga materiya (Aristoteldagi kabi) passivdir.
Unga shakl faol tus beradi. 
Foma Akvinskiy «ilohiy borliq», hamonki  u o’z-o’zidan ravshan narsa emas
ekan,   tafakkurimiz   anglashga   qodir   bo’lgan   narsalar   orqali   isbotlanishi   lozim.   U
Xudo   borligining   hozirgi   zamon   katolik   cherkovi   ham   foydalanuvchi   o’z   dalil-
isbotini taklif qiladi. 
Foma   Akvinskiyning   ijtimoiy-falsafiy   qarashlari   ham   diqqatga   sazovor.   U
shaxs - «oqilona tabiatdagi eng olijanob» hodisa, deb hisoblagan.  Uning fikricha,
shaxs aql-zakovat, sezgilar va iroda bilan tavsiflanadi. Aql-zakovat irodadan ustun
turadi.   Ammo   Xudoni   bilishni   Foma   Akvinskiy   Xudoga   bo’lgan   muhabbatdan
keyingi   o’ringa   qo’yadi,   ya’ni   sezgilar,   agar   ular   oddiy   narsalarga   emas,   balki
Xudoga qaratilgan bo’lsa, aqldan ustun bo’lishi mumkin. 
Foma   Akvinskiy   o’zining   «Podsholar   boshqaruvi   haqida»   asarida   insonga
avvalo ijtimoiy mavjudot sifatida, davlatga esa xalq farovonligi haqida g’amxo’rlik
qiluvchi tashkilot sifatida yondashadi. Hokimiyatning mohiyatini u axloq, xususan
yaxshilik va adolat bilan bog’laydi va hatto xalqning adolatsiz podsholarga qarshi
bosh ko’tarish huquqi to’g’risida so’z yuritadi.  Foma Akvinskiy ikki qonun: Xudo odamlar ongi va qalbiga joylagan «tabiiy
qonun»   va   cherkovning   davlat   va   fuqarolik   jamiyatidan   ustunligini   belgilovchi
«ilohiy   qonun»   haqidagi   muammoni   ham   muhokamaga   kiritadi.   Uning   fikricha,
dunyoviy   hayot   bo’lg’usi   ma’naviy   hayotga   tayyorgarlikdir.   Podshoning
hokimiyati   oliy   –   ma’naviy   hokimiyatga   bo’ysunishi   lozim.   Bu   hokimiyatni
osmonda   –   Iso   Masih,   Yerda   –   Rim   Papasi   boshqaradi.   Foma   Akvinskiy   siyosiy
hokimiyat   shakllarini   muhokama   qilar   ekan,   Aristotel   kabi   monarxiyani   afzal
ko’radi. 
Foma   Akvinskiy   falsafasi   XIV   asrdan   boshlab   dominikan   sxolastlar i ning
bayrog’iga   aylandi,   XVI   a srdan   e’tiboran   iyezuitlar   tomonidan   targ’ib   qilina
boshladi. Iyezuitlarning mafkurachilari Foma Akvinskiy falsafiy tizimini sharhladi
va takomillashtirdi. XIX  asr ning ikkinchi yarmidan boshlab uning ta’limoti hozirgi
zamon   falsafiy   tafakkurining   qudratli   oqimlaridan   biri   sanalgan   neotomizm
negiziga aylandi. 
O’rta   asrlarda   G’arb   va   Sharqda   falsafa   rivojlanishining   umumiy   belgilari.
Birinchidan,   o’rta   asrlar   G’arb   va   Sharq   falsafasi   avvalo   feodal   jamiyat   falsafasi
bo’lib,   u   ilohiyot   va   dinning   hukmronligi   bilan   tavsiflanadi.   Feodal   tuzum
sharoitida   feodal   mulkdorlik   bilan   bir   qatorda   hunarmandlar   va   dehqonlarning
shaxsiy mehnatiga asoslangan xususiy xo’jaligi mavjud bo’lgan. 
SAVOLLAR.
1) Qadimgi Yunonistonda dastlabki falsafiy ta’limotlareramizdan avvalgi.
A)V-VI asrlar  B)X-XI asrlar   C) VII-VI asrlar 
        2)   Anasimandr (Falesning shogirdi) u qaysi asarni yozgan.
             
             A)”Olam”       B)”Muhabbat”        C) “Tabiat”
        3)  Sxolastika so’zining manosi.
               
                A) Sxolastika (yunon. schole – maktab)
                 B)Sxolastika (ingliz. enterprise- korxona)               
              C)Sxolastika ( yunon. schole- xona)
        4)  G’arbda eng yirik cherkov otalaridan biri .
                A)  "Pok"                B)  "Pos"          C)”Pod”         
        5)  Foma Akvinskiy falsafasi qaysi  asrdan boshlab  dominikan sxolastlar i ning   
bayrog’iga aylandi.
                
                A)XI                      B) XIV                    C)XV
           
           6)  Yeley falsafiy maktabi namoyandasi Ksenofakt yer av nechanchi asrda 
shoir va faylasuf bulgan
                A)  (yer.av.  VI-V asr)           
                B) (yer.av.  VI-VIII asr)
                C) (yer.av.  VI-IV asr)
           7)  Kim «haqiqiy falsafa va haqiqiy din»ni bir deb hisoblagan.
 
                  A)Foma Akvinskiy 
                  
                 B) Avguston
                 C)Yeley
             8)  “Patristika”  so’zi qaysi  so’zidan kelib chiqqan.
A)   Ota (Pedro)     B) Ota (Peru)          C) Ota (Peru)
             9)  Qadimgi Yunonistonning efera shahrida (yer.av. 544-583 yillar) qaysi 
faylasuf yashagan.
                      A)Avguston              B)Yeley             C) Geraklet
               10)   Kim  Italiyada tug’ilgan, 1093 yilda Kenterberiysk shahrining 
arxiyepiskopi etib tayinlanadi.                   A) Anselm           B)Amir Temur         C)Geraklit

MAVZU: Falsafiy tafakkur taraqqiyotining bosqichlari REJA: 1.Qadimgi Yunon-Rim falsafiy maktabi.Antik falsafada Demokrit, Geraklit, Aflotun va Arastu ta’limotlari. Ellinizm davri falsafasi 2.Xristianlik va Avriliy A vgustin falsafiy ta’limotining vujudga kelishi 3.Ilk o’rta asrlar falsafiy tafakkur rivojida apologetika, patiristika va sxolastika. Nominalizm va realizm.

1 -masala. Qadimgi davr falsafasining yana bir silsilasi Yunoniston va Rimga tegishlidir. Bu davrdagi falsafiy qarashlar antik davr falsafasi deb yuritiladi. Unda Milet falsafiy maktabi, Suqrot, Pifagor, Aflotun, Arju va boshqalarning falsafiy, tabiiy-ilmiy, ijtimliy-axloqiy ta’limotlari o’rganiladi. Qadimgi Yunonistonda dastlabki falsafiy ta’limotlareramizdan avvalgi VII-VI asrlar o’rtasida Milet shahrida yuzaga kelgan va rivojlangan. Milet maktabi vakillari Fales, Anaksimandr, Anaksmenlardir. Uning asoschisi Fales (yer.av. 624- 547 yillar) o’z davrining yetuk siyosiy arbobi, jo’g’rofi, faylasufi bo’lgan. Fales ta’limotiga ko’ra, tabiatdagi turli-tuman jism va hodisalar dastlabki ibtido-suvdan paydo bo’lgan va yana suvga aylanadi hamda bu moddiy birlik doimo o’zgarishida bo’ladi. Anasimandr (Falesning shogirdi) (yer.av. 610-546 yillar). U «Tabiat haqida» asarini yozgan, biroq asar bizgacha yetib kelmagan. Fales olamning asossiga suvni qo’ygan bo’lsa, Anaksimandr dunyo cheksiz, gazsimon apeyrondan iborat deydi. Anaksimandrning fikricha, xamma narsa apeyrondan kelib chikadi va ma’lum bir vaktda apeyronga kaytadi. Apeyronning doimiy xarakat qilib turishi, Anaksimandrning fikricha, qarama-qarshiliklarning kelib chiqishi tufayli bo’ladi, buning natijasida bir xil narsalar paydo bo’lib, boshqalari yo’qolib turadi. Dunyodagi bu narsalarning mavjudligi hech qanday xudolarning ta’siriga muhtoj emas. Anaksimandr qadimgi Yunoniston fanida odamning paydo bo’lishini isbotlashga uringan olimlardan biri bo’lib hisoblanadi. Uning fikricha hayvonlar dunyosi qurib qolgan dengiz ostida paydo bo’lib, birinchi hayvonlar suvda yashyaganlar keyinchalik qirg’oqqa chiqqanlar, odamlar esa baliqlardan paydo bo’lgan. Milet maktabining keyingi vakili Anaksimen (yer.oldin 585-525 yillar) hisoblanadi. Anaksimen Anaksimandrning shogirdi bo’lib, uning mavhum materiyasi «apeyron»dan yanyada konkret materiya formasiga – havoga qaytadi. Anaksimenning fikricha, butun narsalar doimiy harakatdagi havodan paydo bo’lib va yanya havogv qaytib turadi. Siyraklashib, suyuqlashib ketgan havo olovga, suyuqlashib ketgan havo esa yerga, toshga aylanadi. Havo Anaksimenning

fikricha, sovuqdan suyuqlashib va issiqdan quyuqlashib turadi. Uning fikricha, xudolarning o’zlari moddadan-havodan kelib chiqib, kosmik o’zgarishlar xudolarning ta’siri bilan emas, balki moddaning doimiy o’zgarishi natijasida paydo bo’ladi. Qadimgi Yunonistonning efera shahrida (yer.av. 544-583 yillar) Geraklit degan faylasuf yashagan. U qadimgi Yunonistondagi stixiyali dialektikaning asoschisi bo’lib hisoblanadi. Geraklit miletchilar singari dunyoning boshlang’ich asosi deb konkret modda – olovni oladi. Geraklitning fikricha, dunyo qonuniy ravishda alangalanib va so’nib turuvchi olovdir. «Hamma narsadan tarkib topgan dunyoni, - deydi Geraklit, - xudolardan ham hech biri yaratmagan, dunyo qonuniyat bilan so’nadi, abadiy tirik olov bo’lib kelgan, hozir ham shunday va bundan keyin ham shunday bo’lajak». Geraklit ta’kidlaganidek: «Hamma narsa mavjuddir va ayni zamonda mavjud emasdir, chunki hamma narsa oqib turadi, hamma narsa doimiy bo’lish va yo’qolish jarayonidir». Geraklit o’zining «hamma narsa oqib turadi, ammo hamma narsa doimo o’zgarib turadi» degan dialektik fikri bilan dunyoni oqib turadigan daryo bilan taqqos qiladi. Geraklit: «oqib turgan daryoga ikki marta tushib bo’lmaydi», - deydi. Daryo oqib turishi tufayli, har bir tushganimizda unda yangi suvlar oqib turadi. Geraklitning fikricha, tabiatning doimiy o’zgarib turishining sababi – narsalarning ichki qarama-qarshiliklaridir. «Hamma narsa kurash orqali maydonga keladi»- deydi Geraklit. Uning fikricha, qarama-qarshiliklar o’zaro kurash holatida bo’lib turganlari holda, bir- birlariga o’tib turadilar. Geraklitning fikricha, doimiy o’zgarish, harakat va o’zaro qarama-qarshi tomonlarga o’tish – jismlar sifatining nisbiyligi bilan bog’liq. Masalan, Dengiz suvi inson ehtimoli uchun yaroqsiz bo’lsa baliqlar uchun ayni muddaodir. Geraklitning fikricha bilish jarayoni kishi sezgi organlari orqali olingan tasavvurlardan boshlanib, tafakkur orqali takomillashadi.

Pifagor (yer.av. 580-500 yillar) Yunonistonning Samos orolida yashyab o’tgan. U qadimgi yunonistonda diniy-mafkuraviy falsafiy maktab, ya’ni pifagorchilikka asos solgan. Pifagor o’zining siyosiy qarashlari tufayli podsho Polikret bilan chiqisha olmagan. Va Samosni tark etib, janubiy Italiyaga ko’chib ketgan, o’sha yerda o’z uyushmasini tashkil etgan. Uningcha, dunyoni bilish jarayoni, avvalo, raqamlarni bilishdan boshlanishi kerak. Pifagorchilarning ta’limotiga ko’ra, olamning asosida modda ham, tabiat ham emas, balki ideallashgan raqamlar yotadi, narsa va hodisalar aynan ana shu raqamlar mahsulidir. Pifagorchilar birinchi bo’lib yunonistonda tabiatdagi narsa va hodisalarni izohlashda miqdor kategoriyasini ilgari suradi. Pifagor zodagonlar oilasiga mansub bo’lgani bois aristokratiyani himoya qilgan. U tartib to’g’risidagi ta’minotni yaratib, faqat aristokratlar o’rnatgan tartib ijtimoiy hayotda muhim rol o’yonaydi, degan. Uning fikricha, demokratiya bu tartibotning buzilishidir. Yeley falsafiy maktabi namoyandasi Ksenofakt (yer.av. VI-V asr) shoir va faylasuf bulgan. U Kichik Osiyoda dunyoga kelgan. Ilim olish maqsadida Yunonistonga, janubiy Italiyaga sayohat qilib, umrining so’nggi yillarini eley shahrida o’tkazgan. Tarixchi Diogen Layertskiyning yozishicha, ksenofont «Tabiat haqida» asarlarining muallifidir. Afsuski, ushbu asarning yarmigina omon qolgan, xolos. U ko’p xudolika hamda insonlarga xos sifatlarni hayvonlarga, o’simlik dunyosiga dahldor deb biluvchi ta’limotga qarshi chiqib ltfologiyani rad etishga harakat qilgan. Uning falsafiy ta’limotiga ko’ra, tabiat- o’zgarmas va harakatsizdir, «hamma narsa yerdan unib chiqadi va pirovardida yana yerga qaytadi», «biz hammamiz yerdan tug’ilganmiz va yerga aylanamiz. Ksenofont qadimgi yunon faylasuflaridan birinchi bo’lib bilishning imkoniyati va chegarasi haqida fikr yuritgan. Bu qadimgi yunon gnoseologiyasining rivojiga turtki bo’ldi. Qadimgi yunon madaniyatida sofistlar falsafasi katta o’rin tutadi. Sofistlar antropologiya (inson haqidagi fan) va gnoselogiya (bilish to’g’risidagi fan) muamolari bilan щ ug’ullangan. Sofistlar yangi kasblarning mohir ustalari, yani o’qituvchilar, diplomatlar, notiqlar, sud mahkamalarida ishlovchi mutaxassislardan

iborat bo’lib, haqiqat, osoyishtalik, adolat o’rnatishga xizmat qilgan. Ularning talimoti Suqrot falsafasiga ham ma’lum darajada ko’rsatgan. Afinaning buyuk faylasufi Suqrot (yer. av. 469-399 yillar) avvalo sofistlar shogirdi bo’lib, keyinchalik ularning asosiy nuqtai nazarlarini qattiq tanqid qiladi. Odam nima, uning ongi nima? Degan savolga javob axtarish Suqrot faoliyatining asosida yotadi. «O’z-o’zingni angla!» Suqrotning yeng sevgan shiori edi. U ongning nafaqat subektiv, balki obektiv mazmunga ega ekanligini isbotlamoqchi bo’ldi, buni u aql deb atadi. Aql yesa faqat individual fikirlargagina ega bo’lib qolmasdan, yalpi umumiy, barcha uchun majburiy bilimni ham taqozo etadi. Binobarin, bahs vositasi ilk birgalikda haqiqatni izlash kerak, deydi u. Adolat nima ezgulik nima, eng yaxshi davlat qurulishi nima, degan savollarga javob berishga intiladi. Suqrot tadqiqotlari markazida xuddi sofistlar singari inson hayoti, uning jamiyatdagi o’rni va maqsadi hamda adolatli ijtimoiy tuzim muammosi turadi. Falsafa ezgulik va yovuzlikni aglav olishda odamlarga yordam berishi kerak deb xisoblaydi. U axloqsizlik amalda haqiqatni bilmaslik natijasidir,degan xulosaga kelgan.Suqrotning shogirdi Aflotin (yer.av.428-347-yillar jahon falsaafaasi tarixida o’chmass iz qoldirgan buyuk allomadir. Aflotin falsafasi g’oya asosida g’oyalar to’g’risidagi ta’limot yotadi. Aflotun narsalarining dastlabki asosini g’oya tashkil qiladi, sezgilar orqali qabul qilinadigan narsalar esa, g’oyalar dunyosining soyasidir, deb ta’lim beradi. Aflotun bir-biridan ajralgan ikki dunyo g’oyalari va narsalar dunyosi bor, odamlar ham narsalar dunyosida ya щ aydilar,deb ta’lim beradi. Aflotun fikricha,g’oyalar, doimiy, o’zgarmaydi, real borliqqa ega; sezgiorganlarimizda ifodalangan narsalar esa paydo bo’lib yo’qolib turi щ lari tufayli doimiy o’zgaruvchan emasdirlar. Uning fikricha,yeng oliy g’oya-bu xudo to’g’risidagi g’oya. Aflotuning bu fikirlari idealizm bilan din o’rtasidagi bog’lanishning yaqqol ifodasidir. Uning aytishicha, sezgi organlarimiz orqali olingan g’oyalar dunyosi to’g’risidagi bilimgina haqiqiy bilim bo’la oladi. Aflotun o’zining bilish nazariyasi asosiga doimiy g’oyalar va o’tkinchi narsalar dunyosini qo’yishi tufayli, bilim-