logo

Faning maqsadi va vazifalari. Tirik organizmlarning tasnifi

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

76.6025390625 KB
Faning maqsadi va vazifalari. Tirik organizmlarning tasnifi
Reja:
1. Kirish. Faning maqsadi va vazifalari. 
2. Sistematika tarixi
3. Tirik organizmlarning tasnifi «Hayvonlarning zamonaviy tasnifi va filogeniyasi» fani hayvonot olamining
zamonaviy   tasnifi,   hayvonlar   sistematikasi,   asosiy   sistematik   kategoriyalar,
hayvonlarni   sistema   solish   aspektlari,   filogenetik   sistematika,   molekulyar
zoologiya   va   uning   zamonaviy   tadqiqotlardagi   o‘rni,   hayvonlarning   asosiy
sistematik guruhlari va ularning o‘zaro qarindoshlik munosabatlar haqidagi fandir. 
Biologik   sistematikadagi   8   ta   asosiy   taksonomik   kategoriya   (toifa)   lar
ierarxiyasi. Bunda oralik kategoriyalar ko‘rsatilmagan
Biologik sistematika-tirik organizmlarni klassifikatsiyalash tamoyillari va bu
tamoyillardan   organik   olam   sistemasini   tuzishda   faydalanish   bilan
shug‘ullanadigan fandir. Klassifikatsiya deganda barcha tirik mavjudotlar va qirilib
ketgan organizmlarni tavsiflash va ma’lum sistemaga joylashtirish tushiniladi. 
Sistematik tadqiqotlarning yakuniy natijasi  tabiiy sistema ning yaratilishidir.
Tuziladigan   tabiiy   sistema,   bir   tomondan   tabiiy   jarayonlarni   aks   ettiradi,   ikkinsi
tomondan, ilmiy tadqiqotlarning faqatgina bir bosqichidir. Tabiatdagi jarayonlarni
tushunib borish cheksiz  davom etar ekan, to‘liq tabiiy sistemaga ega bo‘lish ham
mumkin emas.
«Aniqlangan guruhlarni  chuqur o‘rganish, ularning   o‘zaro munosabatlarini
to‘laroq   aniqlash   o‘z   novbatida   boshqacha   talqinlarni,   aniqrog‘i,   qismlarning
o‘zgacha   tartibini   taqazo   etadi.   Vaholanki,   tabiiy   sistemaga   doimo   o‘zgartirishlar
kiritilib   turadi,   chunki   harakatlar   o‘z   zamonasining   ilmiy   dunyoqarashlari
holatidan kelib chiqqan holda bajariladi».   –Karl Ber.
Sistematikaning asosiy maqsadi:
1. taksonlarni nomlash (shu jumladan, tavsiflash);
2. diagnostika (taksonning sistemadagi joyini aniqlash);
3. Ekstrapolyatsiya, ya’ni u yoki bu taksonga mansub ob’ek (organizm) larning
xususiyatlarini   oldindan   aytish.   Masalan,   tana   bargsimon   yoki   tasmasimon
tuzilishiga   qarab   bir   hayvonni   yassi   chuvalchanglarga   kiritsak,   tasavvur
qilamizki,   uning   ayirish   sistemasi   protonevridial   tipda,   tana   bo‘shlig‘i
mavjud emas.
Sistematikada doimo nazarda tutiladi: -bizni o‘rab turgan organizmlar xilma-xilligi ma’lum ichki tuzilmalarga ega
-bu tuzilma ierarxik tuzilishga ega, ya’ni har bir takson boshqa takson tarkibiga
kiradi va o‘zi tarkibiga kichikroq taksonlarni birlashtiradi. 
-bu sistemani oxirigacha o‘rganish mumkin va demak, organik olam sistemasini
to‘liq tuzish imkoni bor.
Aytilgan   faraziy   fikrlar   har   qanday   taksonomik   tadqiqotlarning   asosida
turadi va sistematika  akseomalari  deyiladi. 
Tirik   organizmlarning   zamonaviy   klassifikatsiyasi   ierarxik   qoida   asosida
tuzilgan.   Ierarxiyaning   turli   darajalari   o‘zining   nomiga   ega:   olam,   tip   yoki
bo‘lim,   sinf,   turkum   yoki   tartib,   oila,   avlod   va   tur.   Tur   o‘z   novbatida   alohida
individlardan tashkil topadi. 
Har   bir   organizm   bu   kategoriyalarning   hammasiga   mansub   bo‘ladi.
Murakkab   sistemalarda   oraliq   kategoriyalar   ham   ishlatiladi.   Masalan,   katta-   ,
kichik-, kenja- va h.o.
1990 yilda Karl Vyoze katta olam yoki domen tushunchasini ham kiritdi va
barcha   biologik   taksonlarni   3   ta   domenga:   1)   eukariotlar;   2)   bakteriyalar;   3)
arxeylarga ajratdi.
Sistematika   tarixi.   Hayotning   turli   shakllarini   klassifikatsiyalash   ishlari   antik
davrda   Geptador,   Aristotel   va   Teofrast   ishlaridan   boshlangan.   Ularning
ishlarida   tirik   organizmlarning   ancha   mukammal   tasnifi   beriladi.   Ular
o‘simliklarni daraxtlar va o‘tlarga, hayvonlarni issiqqonlilar va sovuqqonlilarga
ajratishadi. 
16-17   asrlarda     tirik   organizmlarni   o‘rganishda   va   alohida   guruhlarning
klassifikatsiyasini   tuzishda   K.Gesner,   I.Fabritsiy,   U.Garvey,   M.Malpigi,
Ya.Svammerdam va R.Guklarning xizmati katta bo‘ldi.
Ingliz   tabiatshunosi   Djon   Rey   o‘simlik   va   hayvonlarga   bag‘ishlangan
muhim   ishlarini   chop   ettirdi.   Uning   o‘simliklar   klassifikatsiyasiga
bag‘ishlangan   « Historia   Plantarum »   kitobi   zamonaviy   sistematika   tomon
qo‘yilgan muhim qadam bo‘ldi. J.Rey dixotomik ajralishni inkor etdi va turlar va tiplarni klassifikatsiyalashda  o‘rganish jarayonida aniqlangan o‘xshashlik va
farqlariga e’tibor qaratish zarurligini takidladi.
18-asrning   boshlarida   biologik   tabiiy   sohasida   ko‘pgina   ishlar   amalga
oshirildi. Lekin bu klassifikatsiya ancha orqaga qola boshladi.   Bu muammoni
hal etishda Shved tabiatshunosi  K.Linney ning ishlari  hal  qiluvchi  ahamiyatga
ega bo‘ldi. K.Linney  o‘zining «tabiat sistemasi» kitobida tabiatni 3 ta olamga:
mineral   (anorganik),   o‘simliklar   va   hayvonlarga   ajratdi.   Shuningdek,   u
o‘simliklarning sun’iy sistemasini yaratdi.
Linney sistematikada  4 ta kategoriyadan foydalandi:  sinf, turkum, avlod va
tur.   U   tomonidan   fanga   kiritilgan   qo‘shaloq   nomlash   hozirgacha   muvaffaqitli
ishlatilmoqda   (Linneygacha   turlar   nomi   juda   ko‘p   so‘zlardan   iborat   bo‘lgan).
Keyinchalik bunday nomlash «binar nomenklatura» deb atala boshlandi. 
18-asrning   oxirida   Antuan   Jyussyo   tomonidan   «oila»   tushunchasi,   19-
asrning boshida J.Kyuve tomonidan hayvonlar uchun «tip» tushunchasi kiritildi.
Keyinchalik o‘simliklar uchun uning analogi «bo‘lim» tushunchasi kiritildi. 
Ch.Darvin   tabiiy   sistemani   tirik   tabiatning   tarixiy   rivojlanishi   natijasi
sifatida   qarash   kerak,   deb   ta’kidlagan.   «Kelib   chiqishning   umumiyligi…..bu
organizmlar   o‘rtasidagi   bog‘lanishlardir   va   buni   bizga   bizning
klassifikatsiyamiz   ochib   beradi»-Ch.Darvin.     Ch.Darvinning   bu   gaplari
sistematikada yangi davrni –filogenetik sistematikani boshlab berdi. 
Darvin   fikricha,   kuzatiladigan   taksonomik   struktura,   jumladan,   taksonlar
ierarxiyasi, ularning bir-biridan kelib chiqishi bilan bog‘liq. 
Shu   asosda   evolyusion   sistematika   shakllandiki,   asosiy   e’tibor
organizmlarning   kelib   chiqishiga   qaratildi.   Bunda   morfologik   usullar   bilan
birga   embriologik   va   paleontologik   usullardan   ham   foydalanila   boshlandi.   Bu
borada   Ch.Darvinning   davomchisi,   nemis   biologi   E.Gekkel   tomonidan   yangi
qadam  tashlandi.    E.Gekkel  «geneologik  (qarindoshlik)  daraxti» tushunchasini
kiritdi.   E.Gekkelning   geneologik   daraxti   tirik   organizmlarning   o‘sha   davrdagi
ma’lum barcha yirik guruxlari va ayrim noaniq (gipotetik) guruhlarni o‘z ichiga
oladi.   Taksonlarni bunday   qulay tarzda ifodalash evolyusionistlar uchun juda qulay   bo‘ldi   va   hozirgacha   Darvin-Gekkelning   filogenetik   sistematikasi
biologiya   fanida   hukumronlik   qilmoqda.   Bu   sistemaning   birinchi   g‘alabasi
shundan   iborat   bo‘ldiki,   maktab   va   universitetlarda   botanika   va   zoologiya
kurslarini   o‘qitish   tartibi   o‘zgardi:   oldin   o‘qitish   sutemizuvchilardan
boshlangan   bo‘lsa,   keyin   o‘qitish   bakteriyalar   va   bir   hujayralilardan
boshlanadigan bo‘ldi. 
Gekkel daraxtining har bir shoxi asosida qandaydir bir organizm turishini va
u   shu   shox   novdalarida   turgan   barcha   organizmlar   uchun   ajdod   bo‘lishi
kerakligini   xoxlardi.   Lekin   bunday   organizmlar   topilganda   ham,   ular   ajdod
emas,   balki   evolyusiyaning   «yon   shoxlari»   sifatida   tan   olindi.   Masalan,
tupayyalar, arxeopteriks,  lansetnik va trixoplaks bilan shunday  holat  kuzatildi.
E.Gekkel daraxtning asosida turgan organizmni topishni juda orzu qilgan edi va
shunday   organizmni   topildi   deb   xabar   ham   qilgan.   Bu   organizm   shilimshiq
bo‘lakchasiga   o‘xshardi   va   batidiy   nomini   oldi,   lekin   keyinchalik   u   dengiz
hayvonlarining   degradatsiya   mahsuloti   ekanligi   aniqlandi.   Bunday   organizm
haligacha topilgani yo‘q. 
Taksonlarning nomlanishi
20-asrning   boshlarida   sistematikada   7   ta   asosiy   taksonimik   kategoriyalar
shakllandi.:
 olam — regnum
 tip   — phylum (o‘simliklarda  bo‘lim   — divisio)
 sinf   — classis
 turkum  (u rasteniy  tartib )   — ordo
 oila — familia
 avlod   — genus
 tur — species
Har   qanday   o‘simlik   yoki   hayvon   ketma-ket   tarzda   shu   taksonlarning   har
biriga   mansub   bo‘lishi   kerak.   Bu   taksonlar   orasida   oralik   kategoriyalar   ham
mavjud. Masalan,  katta tip yoki kenja tip , va h.o. Bunday kategoriyalar majburiy
emas   va   kerakli   vaqtlarda   ishlatiladi,   va   tashlab   ketirishi   ham   mumkin.   Bundan tashqari   yana   qo‘shimcha   kategoriyalar   ham   ishlatiladi.   Masalan,   hayvonlarda
kichik olam va katta tip orasida   bo‘lim ( division ),   triba ( tribus ) –kichik oila bilan
avlod o‘rtasida.  Bunday kategoriyalar  ko‘pincha qaysidir  alohida taksonlar  uchun
ishlatiladi, masalan, hasharotlar uchun. 
Biologik tizimida sakkizta asosiy taksonomik ranglar ketma-ketligi mavjud:
Klassifikatsiya sistemasining evolyusiyasi
Gekkel 
(1894)
3 ta olam Uitteker 
(1969)
5 ta olam Vyoze (1977)
 6 ta olam Vyoze (1990)
 3 ta domen Kovale-Smit (1998) 2 ta 
domen va 7 ta olam
Hayvonlar Hayvonlar Hayvonlar Eukariotlar Eukariot-
lar Hayvonlar
Zamburug‘lar Zamburug‘lar Zamburug‘lar
O‘simliklar O‘simliklar O‘simliklar O‘simliklar
Protistlar Protistlar Xromistlar
Sodda 
organizmlar
Protistlar Monerlar Arxeylar Arxeylar Prokariot-
lar Arxeylar
Bakteriyalar Bakteriyalar Bakteriyalar
Organik olamning zamonaviy sistemasi (O.Mavlonov,2018):

Faning maqsadi va vazifalari. Tirik organizmlarning tasnifi Reja: 1. Kirish. Faning maqsadi va vazifalari. 2. Sistematika tarixi 3. Tirik organizmlarning tasnifi

«Hayvonlarning zamonaviy tasnifi va filogeniyasi» fani hayvonot olamining zamonaviy tasnifi, hayvonlar sistematikasi, asosiy sistematik kategoriyalar, hayvonlarni sistema solish aspektlari, filogenetik sistematika, molekulyar zoologiya va uning zamonaviy tadqiqotlardagi o‘rni, hayvonlarning asosiy sistematik guruhlari va ularning o‘zaro qarindoshlik munosabatlar haqidagi fandir. Biologik sistematikadagi 8 ta asosiy taksonomik kategoriya (toifa) lar ierarxiyasi. Bunda oralik kategoriyalar ko‘rsatilmagan Biologik sistematika-tirik organizmlarni klassifikatsiyalash tamoyillari va bu tamoyillardan organik olam sistemasini tuzishda faydalanish bilan shug‘ullanadigan fandir. Klassifikatsiya deganda barcha tirik mavjudotlar va qirilib ketgan organizmlarni tavsiflash va ma’lum sistemaga joylashtirish tushiniladi. Sistematik tadqiqotlarning yakuniy natijasi tabiiy sistema ning yaratilishidir. Tuziladigan tabiiy sistema, bir tomondan tabiiy jarayonlarni aks ettiradi, ikkinsi tomondan, ilmiy tadqiqotlarning faqatgina bir bosqichidir. Tabiatdagi jarayonlarni tushunib borish cheksiz davom etar ekan, to‘liq tabiiy sistemaga ega bo‘lish ham mumkin emas. «Aniqlangan guruhlarni chuqur o‘rganish, ularning o‘zaro munosabatlarini to‘laroq aniqlash o‘z novbatida boshqacha talqinlarni, aniqrog‘i, qismlarning o‘zgacha tartibini taqazo etadi. Vaholanki, tabiiy sistemaga doimo o‘zgartirishlar kiritilib turadi, chunki harakatlar o‘z zamonasining ilmiy dunyoqarashlari holatidan kelib chiqqan holda bajariladi». –Karl Ber. Sistematikaning asosiy maqsadi: 1. taksonlarni nomlash (shu jumladan, tavsiflash); 2. diagnostika (taksonning sistemadagi joyini aniqlash); 3. Ekstrapolyatsiya, ya’ni u yoki bu taksonga mansub ob’ek (organizm) larning xususiyatlarini oldindan aytish. Masalan, tana bargsimon yoki tasmasimon tuzilishiga qarab bir hayvonni yassi chuvalchanglarga kiritsak, tasavvur qilamizki, uning ayirish sistemasi protonevridial tipda, tana bo‘shlig‘i mavjud emas. Sistematikada doimo nazarda tutiladi:

-bizni o‘rab turgan organizmlar xilma-xilligi ma’lum ichki tuzilmalarga ega -bu tuzilma ierarxik tuzilishga ega, ya’ni har bir takson boshqa takson tarkibiga kiradi va o‘zi tarkibiga kichikroq taksonlarni birlashtiradi. -bu sistemani oxirigacha o‘rganish mumkin va demak, organik olam sistemasini to‘liq tuzish imkoni bor. Aytilgan faraziy fikrlar har qanday taksonomik tadqiqotlarning asosida turadi va sistematika akseomalari deyiladi. Tirik organizmlarning zamonaviy klassifikatsiyasi ierarxik qoida asosida tuzilgan. Ierarxiyaning turli darajalari o‘zining nomiga ega: olam, tip yoki bo‘lim, sinf, turkum yoki tartib, oila, avlod va tur. Tur o‘z novbatida alohida individlardan tashkil topadi. Har bir organizm bu kategoriyalarning hammasiga mansub bo‘ladi. Murakkab sistemalarda oraliq kategoriyalar ham ishlatiladi. Masalan, katta- , kichik-, kenja- va h.o. 1990 yilda Karl Vyoze katta olam yoki domen tushunchasini ham kiritdi va barcha biologik taksonlarni 3 ta domenga: 1) eukariotlar; 2) bakteriyalar; 3) arxeylarga ajratdi. Sistematika tarixi. Hayotning turli shakllarini klassifikatsiyalash ishlari antik davrda Geptador, Aristotel va Teofrast ishlaridan boshlangan. Ularning ishlarida tirik organizmlarning ancha mukammal tasnifi beriladi. Ular o‘simliklarni daraxtlar va o‘tlarga, hayvonlarni issiqqonlilar va sovuqqonlilarga ajratishadi. 16-17 asrlarda tirik organizmlarni o‘rganishda va alohida guruhlarning klassifikatsiyasini tuzishda K.Gesner, I.Fabritsiy, U.Garvey, M.Malpigi, Ya.Svammerdam va R.Guklarning xizmati katta bo‘ldi. Ingliz tabiatshunosi Djon Rey o‘simlik va hayvonlarga bag‘ishlangan muhim ishlarini chop ettirdi. Uning o‘simliklar klassifikatsiyasiga bag‘ishlangan « Historia Plantarum » kitobi zamonaviy sistematika tomon qo‘yilgan muhim qadam bo‘ldi. J.Rey dixotomik ajralishni inkor etdi va turlar

va tiplarni klassifikatsiyalashda o‘rganish jarayonida aniqlangan o‘xshashlik va farqlariga e’tibor qaratish zarurligini takidladi. 18-asrning boshlarida biologik tabiiy sohasida ko‘pgina ishlar amalga oshirildi. Lekin bu klassifikatsiya ancha orqaga qola boshladi. Bu muammoni hal etishda Shved tabiatshunosi K.Linney ning ishlari hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ldi. K.Linney o‘zining «tabiat sistemasi» kitobida tabiatni 3 ta olamga: mineral (anorganik), o‘simliklar va hayvonlarga ajratdi. Shuningdek, u o‘simliklarning sun’iy sistemasini yaratdi. Linney sistematikada 4 ta kategoriyadan foydalandi: sinf, turkum, avlod va tur. U tomonidan fanga kiritilgan qo‘shaloq nomlash hozirgacha muvaffaqitli ishlatilmoqda (Linneygacha turlar nomi juda ko‘p so‘zlardan iborat bo‘lgan). Keyinchalik bunday nomlash «binar nomenklatura» deb atala boshlandi. 18-asrning oxirida Antuan Jyussyo tomonidan «oila» tushunchasi, 19- asrning boshida J.Kyuve tomonidan hayvonlar uchun «tip» tushunchasi kiritildi. Keyinchalik o‘simliklar uchun uning analogi «bo‘lim» tushunchasi kiritildi. Ch.Darvin tabiiy sistemani tirik tabiatning tarixiy rivojlanishi natijasi sifatida qarash kerak, deb ta’kidlagan. «Kelib chiqishning umumiyligi…..bu organizmlar o‘rtasidagi bog‘lanishlardir va buni bizga bizning klassifikatsiyamiz ochib beradi»-Ch.Darvin. Ch.Darvinning bu gaplari sistematikada yangi davrni –filogenetik sistematikani boshlab berdi. Darvin fikricha, kuzatiladigan taksonomik struktura, jumladan, taksonlar ierarxiyasi, ularning bir-biridan kelib chiqishi bilan bog‘liq. Shu asosda evolyusion sistematika shakllandiki, asosiy e’tibor organizmlarning kelib chiqishiga qaratildi. Bunda morfologik usullar bilan birga embriologik va paleontologik usullardan ham foydalanila boshlandi. Bu borada Ch.Darvinning davomchisi, nemis biologi E.Gekkel tomonidan yangi qadam tashlandi. E.Gekkel «geneologik (qarindoshlik) daraxti» tushunchasini kiritdi. E.Gekkelning geneologik daraxti tirik organizmlarning o‘sha davrdagi ma’lum barcha yirik guruxlari va ayrim noaniq (gipotetik) guruhlarni o‘z ichiga oladi. Taksonlarni bunday qulay tarzda ifodalash evolyusionistlar uchun juda

qulay bo‘ldi va hozirgacha Darvin-Gekkelning filogenetik sistematikasi biologiya fanida hukumronlik qilmoqda. Bu sistemaning birinchi g‘alabasi shundan iborat bo‘ldiki, maktab va universitetlarda botanika va zoologiya kurslarini o‘qitish tartibi o‘zgardi: oldin o‘qitish sutemizuvchilardan boshlangan bo‘lsa, keyin o‘qitish bakteriyalar va bir hujayralilardan boshlanadigan bo‘ldi. Gekkel daraxtining har bir shoxi asosida qandaydir bir organizm turishini va u shu shox novdalarida turgan barcha organizmlar uchun ajdod bo‘lishi kerakligini xoxlardi. Lekin bunday organizmlar topilganda ham, ular ajdod emas, balki evolyusiyaning «yon shoxlari» sifatida tan olindi. Masalan, tupayyalar, arxeopteriks, lansetnik va trixoplaks bilan shunday holat kuzatildi. E.Gekkel daraxtning asosida turgan organizmni topishni juda orzu qilgan edi va shunday organizmni topildi deb xabar ham qilgan. Bu organizm shilimshiq bo‘lakchasiga o‘xshardi va batidiy nomini oldi, lekin keyinchalik u dengiz hayvonlarining degradatsiya mahsuloti ekanligi aniqlandi. Bunday organizm haligacha topilgani yo‘q. Taksonlarning nomlanishi 20-asrning boshlarida sistematikada 7 ta asosiy taksonimik kategoriyalar shakllandi.:  olam — regnum  tip — phylum (o‘simliklarda bo‘lim — divisio)  sinf — classis  turkum (u rasteniy tartib ) — ordo  oila — familia  avlod — genus  tur — species Har qanday o‘simlik yoki hayvon ketma-ket tarzda shu taksonlarning har biriga mansub bo‘lishi kerak. Bu taksonlar orasida oralik kategoriyalar ham mavjud. Masalan, katta tip yoki kenja tip , va h.o. Bunday kategoriyalar majburiy emas va kerakli vaqtlarda ishlatiladi, va tashlab ketirishi ham mumkin. Bundan