logo

Fonologiya va fonemalogiya. Fonologiya va morfonologiya

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

85 KB
Mavzu: Fonologiya va fonemalogiya. Fonologiya va morfonologiya.
Reja.
1. Fonetika, fonologiya va morfonologiya. 
2. Fonetikaning yo’nalishlari: umumiy, qiyosiy, tavsifiy, tarixiy,
eksperimental. Ular o’rtasidagi uzviy aloqa.  
3. A.Abduazizov va A.Nurmonovlarning o’zbek tili 
fonologiyasi haqidagi asarlari tahlili. Lisoniy   sath   sirasida   fonetika   eng   kichik   tashkil   etuvchi   va   boshqa   sathlar
birliklari   uchun   moddiy   asos   bo’luvchi   birlikni   beradigan   sath   sifatida   ajralib
turadi. 
Insonning   nytq   faoliyati   sezgi   a’zolari   asosida   his   qilinuvchi   nutq   birliklari–
tovush yoki tovushlar tizimi vositasida ro’yobga chiqadi. Nutq tovushi o’zida uch
jihatni   birlashtirgan   murakkab   nutqiy   birlik   sifatida   namoyon   bo’ladi.   Ular
quyidagila: 
a) talaffuz   a’zolari   bilan   boshqariladigan   markaziy   nerv   sistemasi
mahsuli (fiziologik jihat);
b) tabiatdagi   har   qanday   tovush   kabi   akustuk   tabiatga   ega   (fizik,
akustik jahat); 
c) kishilarning   axborot   uzatish,   kommunikatsiya   vositasi
(funksional, sotsial, lisoniy jihat).
Nutq   tovushining   haqiqiy   va   muhim   jihati–uning   funksional   aspekti.
Tilshunoslikda aytilgan uch jihatni yaxlitlikda o’rganish yoki ajratgan holda tadqiq
qilish   masalasida   bir   xillik   yo’q.   ba’zi   mutaxassislar   nutq   tovushining   fiziologik
tomoni biologiya, akustik jihati fizika faninig o’rganish predmeti bo’lib, tilshunos
uning   faqat   funksional   tomoninigina   tekshirishi   lozim   degan   fikrni   ilgari   sursa,
ayrimi   har   uchala   jihat   bir-birida   ajralmas,   ularni   yaxlitlikda   o’rganmoq   kerak
degan aqidaga tayanadi. Ana shu ikki qarash kurashi natijasida tilshunoslikda ikki–
fonetika   va   fonologiya   sohalari   ajraldi.   Natijada   fonetika   nutqiy   variant
(xususiylik)ni,   fonologiya   esa   lisoniy   invariant   (umumiylik)ni   tadqiq   qilish   bilan
shug’ullanadi. 
Fonetika (grekcha  phone –“tovush”, - tike  “fan’ so;zlaridan) inson nutqini ifoda
qilish uchun zarur bo’lgan tovushlar va ularning vositalari
  haqidagi   tilshunoslik   sohasidir.   Fonetika   deganda   eng   quyi   lisoniy   sath
ham,tilshunoslikning   shu   sathni   o’rganadigan   sohasi   ham   tushiniladi.
Fonetikatilshunoslikning   boshqa   sohalaridan   farqli   o’laroq,   nafaqat   o’rganis р
manbaining   funksional   tomonini,   balki   nutq   tovushini   hosil   qiluvchi   talaffuz
apparatini,   shuningdek,   ularning   akustik   xossasini   va   til   egalari   tomonidan   qabul
qilinish jihatlarini ham tekshiradi. Fonetikada   tilshunoslikning   boshqafan   sohalari ,
adabiyotshunoslik ,   fiziologiya ,   fizika ,   psixologiya   kabi   fanlarbilan   aloqasi   yanada
yaqqol   namoyon   bo ’ ladi .   Bu   fanlardan   farqli   o’laroq   ,   fonetika   tovushga   so’z,
qo’shimcha   va   gapga   moddiy   qiyofa   beruvchi   til   tizimi   unsure   sifatida   qaraydi.
Fonetika   nutqdagi   tovush   o’zgarishlari   va   almashinishini,   urg’u   va   uning   turini
ham   o’rganadi.   Fonetika   tilning   boshqa   bosqichlari   va   yaruslari   bo’lgan
morfologiya va sintaksis, leksika va stilistika bilan uzviy bog’liqdir. Chunki tildagi
barcha birliklar (so’z, so’z shakli, so’z birikmalari va frazalar) tovushlar yordamida
namoyon bo’ladi. 
2 Fonetika   nutqdagi   artikulyatsion-akustik   xususiyatlarni,   ularning   hosil
bo’lishida   nutq   organlarining   xizmati   va   fizik   tebranishlarni   o’rganishi   bo’yisha
biologiya, fiziologiya, fizika va akustika fanlari bilan bog’lanadi. 
Fonologiya   (grekcha   rhone –tovush,   logos –ta’limot)   termini   tilshunoslikda
XIX   asr   oxirida   nutq   tovushining   fiziologik-akustik   (fizik)   tomonidan   funksional
(lingvistik)   tomonini   farqlash   ehtiyoji   bilan   paydo   bo’ldi.   Fonologiya   til   tovush
qurilishining   struktur   va   funksional   qonuniyatini   o’rganuvchi   soha,
semiotic(ishoraviy)   tizim   sifatida   nutqni   akustik-artikulyatsion   aspektda
o’rganadigan   fonetikadan   farqlanadi.   Fonetikaning   birligi   bevosita   kuzatishda
berilga nutq tovushi bo’lganligi kabi, fonologiyaning birligi–so’zlovchilarning ana
shu bevosita kuzatishda berilgan nutq tovushi asosida yotgan tovush tipi haqidagi
ijtimoiy   tasavvuri.fonologiyaning   kelib   chiqishida   fonetika   katta   rol   o’ynaydi.
Yuqorida   aytib   o’tilganiday,   fonetika   qadim   zamonlardan   beri   mavjud   edi.
Fonologiya   esa   XIX   asrning   ikkinchi   yarmida   va   XX   asrning   boshiga   kelib
tilshunoslikning   fonetika   bobida   alohida   soha   sifatida   qarala   boshlandi.
Fonologiyaning   kelib   chiqishi   va   taraqqiyotida   mashhur   rus   va   polyak   olimi
I.A.Boduen de Kurtene (1845-1929), taniqli sovet tilshunosi L.V.Shcherba (1880-
1944),   N.F.Yakoblev,   P.K.Uslar,   N.S.Trubetskoy   (1890-1938),   R.Yakobson   va
boshqalar   katta   xizmat   qildilar.   Turkey   tillar   fonetika   va   fonologiyasini   chuqur
tadqiq   qilishda   V.V.Radlov   (1837-1918),   V.A.Vorodskiy   (1857-1941),
E.D.Polivanov   (1891-1938),   N.K.Dmitrov   (1898-1954),   S.Y.Malov   (1880-1957)
va boshqalarning tatqiqotlari katta ahamiyatga egadir. 
Fonetika   va   fonologiyagada   har   xil   qarashlar   mavjud.   Ba’zi   tilshunoslar
fonetika   tildagi   tovushlar,   bo’g’in   va   intonatsiyani   tekshirishini   hisobga   olib
fonologiyani fonetikaning abstract (mavhum) pog’onasi sifatida yoki fonetikaning
artikulyatsion,   akustik   eshitib   his   qilish   tomonlari   qatorida   fonologik   aspekt   deb
hisobladilar.   Bunda   fonologik   aspekt   tildagi   tovush,   bo’g’in,   urg’u   va
intonatsiyaning   ma’noni   farqlash   xususiyatlari   uning   sotsial   va   funksional
tomonlarini   o’rganishi   ko’rsatiladi.   Barcha   fanlarda   ikki   bosqich   tan   olinadi.   1.
Konkret   (ko’rinuvchi)   bosqich   va   2.   Mavhum   (abstrakt)   bosqich.   Tilning   ifoda
qilish planida konkret bosqichga fonetika va mavhum bosqichga fonologiya to’g’ri
keladi. Tilning mazmun planiga konkret bosqichda semantika (so’zlarning lug’atda
berilgan ma’nolari) va abstract bosqichda mavhum struktual semantika mos keladi.
Har bir bosqichning o’z til birligi bor. Fonetikaning birligi konkret talaffuzga ega
bo’lgan   tovushlar,   fonologiyaning   birligi   mavhum   tushuncha   fonemalardir.
Tilshunoslikda   fonetikadan   ajratib   olib   ularni   bir-biriga   qarasma-qarshi   qo’yish
struktual   oqimda   kelib   chiqadi.   Praga   funksional   strukturalizm   oqimining   taniqli
namoyondasi   N.S.Trubetskoy   (1939-yil)   fonetikani   odam   nutqining
(tovushlarning)   material   tomoni   ya’ni,   artikulyatsiyasi   va   akustikasi   haqidagi   fan
3 deb,   fonologiyani   esa   tildagi   tovushlarning   ma’nosini   farqlashga   xizmat   qiluvchi
alomatlarini va funksiyalarini o’rganuvchi fan deb ta’riflagan edi. Bu ta’rifda tilni
nutqqa   tovushlarning   material   tomonini   ularning   funksional   tomoniga   qarama-
qarshi   qo’yish   yorqin   ko’rinadi.   Biroq   dialektik   materialism   nuqtai   nazaridan
materiya   birlamchi,   ong   esa   ikkilamchii   ekanligini   hamdafalsafaning   umumiylik,
alohidalik   va   yakkalik   haqidagi   kategoriyasini   hisobga   olganda   fonetika   va
fonologiya   o’rtasida   uzviy   bog’liqlik   yorqin   namoyon   bo’ladi.   Tovushlarning
material   tomoni   (akustik,   artikulyatsion   va   eshitib   his   qilish   tomonlari)   ularning
funksional   tomonini   alohida   qarashni   taqozo   qilmaydi.   Balki   bu   bog’liqlik   ikki
nuqtai   nazardan;   fonetik   va   fonologik   jihatdan   o’rganishni   va   ular   bir-birini
to’ldirishini   izohlaydi.   Fonetika   konkret   materialga   ega   bo’lgan   elementlar   bilan
ish tutsa, fonologiya shu elementlarning tilda umumiy, alohida,va yagona funksiya
bajarishini takshiradi. Shu jihatdan fonologiyani qanchalik fonetikadan ajratib olib
alohida   fan   sifatida   qaralmasin   ularni   o’zaro   bog’liqligini   inkor   etib   bo’lmaydi.
Fonetikada   har   bir   nutq   tovushi   keng   ma’noda   (bo’g’in,   urg’u   va   intonatsiya)
o’zining artikulyatsion, akustik xarakteristikasiga ega. 
N.S.Trubetskoy   tilning   fonologiya   va   morfologiya   bosqichlari   o’rtasida
morfonologiya   bosqichi   o’rin   olishini   va   fonologik   vositalarning   morfonologik
jihatdan   ishlatilishini   tekshirishni   zarurligini   ko’rsatdi.   Morfonologiyaning   birligi
hisoblangan morfemalar fonemalar ma’lum tartibda birikuvi tuziladi. Bu fonemaga
so’z va morfemalarni hosil qiluvchi va farqlovchi eng kichik til birligi deb berilgan
ta’rifda   ham   o’z   ifodasini   topgan.   Keyingi   davr   tilshunosligida   (XXasrda)
morfemalarning   fonologik   struktyrasini   tekshiruvchi   soha   morfonologiya   (yoki,
“fonomorfologiya”,   “morfonologiya”)   termini   bilan   atala   boshlandi.   Uning
vujudga   kelishida   N.S.Trubetskoy   alohida   xizmat   ko’rsatdi.   N.S.Trubetskoy
fikricha morfonologiya: 1. so’z fonologiyasining bir qismi bo’lib, morfemalarning
fonologik   strukturasi   bilan   ish   ko’radi;   2.   grammatikaning   bi   bobi;   3.
morfonologoya,   morfologiya   va   fonologiyani   uzviy   bog’lovchi   bo’lib,
grammatikadan   o’ziga   munosib   o’rin   egallashi   kerak.   Keyinchalikn.S.Trubetskoy
morfonologiya   nazariyasining   vazifasi   uch   qismdan   iborat   deb   ko’rsatadi.   1.
Morfemalarning   fonologik   strukturasi   haqidagi   nazariya;   2.   Ba’zi   morfemalarda
uchraydigan   kombinator   o’zgarishlar   nazariyasi;   3.   Morfologik   funksiya
bajaruvchi   tovush   almashinuvi   nazariyasi.   Bu   vazifalarning   birinchisi
morfonologiyaning asosiy o’rganish obyektidir.ikkinchisi fonologiyaning vazifasi,
uchinchisi   esa   morfologiyaga   kiradi.   (unda   ichki   fleksiya,   infeksatsiya   kabi
xususiyatlar o’rganiladi) 
Keyingi yillarda morfonologiyaga morfologik elementni tashkil qilish, har xil
fonemalarning qo’llanish prinsipini tadqiq qiluvchi fan va ikki mustaqil bobdan a)
har   xil   tildagi   morfemalarning   tovush   tomoni   haqidagi   va   b)   alohida   struktual
4 birlik bo’lgan morfemalarning tovush tomoni haqidagi ta’limotdan tashkil topgan.
O’z birligiga ega bo’lmagan va bazizi  yo’q (nebazisnoy)  til  bosqichi  deb ta’riflar
berildi.   Har   ikki   ta’rif   ham   N.S.Trubetskoyning   tezisini   tasdiqlaydi.
A.A.Refarmatskiy   morfonologiyaga   ko’p   aniqliklar   kiritdi   va   fonologiya
o’rtasidagi   ko’prikka   o’xshash   bazisi   yo’q   alohida   bosqich   deb   ta’rifladi.   Shu
tufayli   morfonologiya   grammatikaga   ham,   fonologiyaga   ham   kirmaydi.   Lekin
ularning   birligi   bo’lgan   fonena   va   morfemadan   foydalanadi.     Ba’zi   tilshunoslar
tomonidan   takilf   qilingan   “morfonema”   termini   (G.Ulashin,   N.S.Trubetskoy   va
boshqalar)   o’z   kuchini   yo’qotadi.   Chunki   u   fonemalarning   morfemalardagi
almashuvi natijasida bir yo’la ikki fonemaga to’g’ri keladi. Morfonologiyaning o’z
birligi   yo’q   bo’lgani   uchun  morfemalardagi   fonetk  holat   bilan   bog’liq  bo’lmagan
fonologik   o’zgarishlarni   o’rganadi   va   bunda   urg’uning   morfemadagi   har   xil
ko’chishini   ham   o’z   ichiga   oladi.   Morfonoligiyaning   vazifzsi   cheklangan   bo’lib,
morfemalardagi   barcha   fonetik   o’zgarishlarni   o’z   ichiga   olmaydi,   balki   ma’noni
o’zgartirish,   farqlash   bilan   bog’liq   bo’lgan   bir   morfema   doirasidagi   hech   qanday
holat   (pozitsiya)   bilan   bog’liq   bo’lmagan   fonemalar   o’zgarishini   hisobga   oladi.
Masalan   o’zbek   tilidagi   morfemalarda   uchrovchi   kombinator   va   pozitsion
o’zgarishlar   morfonologiyada   tekshirilmaydi.   Ular   fonetika   va   fonologiyaga
ta’luqlidir.   Ba’zi   o’zak   va   affiks   morfemalar   o’rtasida   keluvchi   elementlar   ham
borki,   ular   hech   qanday   semantik   rol   o’ynamaydi.   Masalan,   “deyarli”   (de-y-arli)
“ishqiboz” (ishq-i-boz) so’zlari o’rtasida kelgan elementlar oddiy “so’zni ulovchi”
lik xarakteriga ega bo’lib, morfonologiyada vazifa bajarmaydi. O’zbek tilidagi bu
kun-bugun, sez-seskanmoq, past-pasaymoq, sust-susaymoq, ulug’-ulg’aymoq, son-
sanoq,   ong-angla,   tara-taroq,   o’qi-o’quv,   tashi-tashuv   kabi   so’zlardagi   o’zak
morfemalarda   bo’lgan   fonemalar   o’zgarishi   morfonologik   jihatdan   qaralishi
mumkin. Qorin-qorni, og’iziog’zi, o’g’il-o’g’li so’zlarida egalik qo’shimchasi yoki
affiksal   morfema   ichki   fleksiyaga   o’xshash   ko’rinadi,   lekin   keyingi   affiksal
morfemalardagi   (i)   fonemasi   “qorin”   o’zak   morfemasidagi   (i)   yedirib   yuborgan
ko’rinadi. Bu xususiyat  faqat  shu  o’rinda uchrashi  tufayli  uni  morfonologik holat
deb hisoblash mumkin. Umuman, morfonologik xususiyatlar hind-yevropa tillarida
turkiy   tillarga   qaraganda   ko’proq   uchraydi.   Turkiy   tillarda   morfonologik
xususiyatlar   bir   yo’la   o’zak   morfemadagi   fonemaning   o’zgarishi   va   urg’uning
affiksial   morfemaga   ko’chishi   bilan   berilgan   bo’lishi   mumkin:   sez-seskanmoq,
ong-angla, tara-taroq kabi. Bunda morfonologik o’zgarishning bir yo’la sigmental
va   suprasigmental   tabiati   ko’rinadi.     Turkiy   tillarning   morfema   va   bo’g’in
chegarasining   to’g’ri   kelish   hollari   ko’p   uchraydi.   Bu   ham   morfonologik
strukturaga   ta’sir   ko’rsatadi.   Lekin   bu   holat   singarmanizm   bor   bo’lgan   turkiy
tillarda  morfonologik va  prosodik jihatdan  ayniqsa  xarakterlidir.  Turkiy tillardagi
so’zlarning o’zak morfemalari qiyoslansa, ulardagi morfonologik o’zgarishni bilish
5 mumkin.   Morfonologik   xususiyatlarning   tillarning   tarixiy   rivojlanishida   ayniqsa
har   xil   holda   ko’rinadi.   Ular   so’z   o’zgartirish   va   so’z   yasash   bilan   bog’liq   holda
ba’zan   tilning   leksikologiya   va   morfologiyasida   ham   tekshiriladi.   Biroq
morfonologiyan   alohida   til   bosqichi   deb,   hisoblab   unga   tegishli   barcha
xususiyatlarni   o’rganish   tilning   ichki   strukturasidagi   ba’zi   payqalmay   qolgan
alomatlarni aniqlashda katta yordam beradi. 
Fonetika, avvalo, umumiy, xususiy va qiyosiy fonetikaga ajraladi.
Umumiy   fonetika.   Inson   talaffuz   apparatining   imkoniyatidan   kelib   chiqqan
holda   nutq   tovushi   hosil   qilishning   umumiy   shartlari   (masalan,   hosil   bo’lish
o’rniga ko’ra lab, til, bo’g’iz undoshlarining farqlanishi, hosil bo’lish usuligs ko’ra
portlovchi,   sirg’aluvchi,   prtlovchi-sirg’aluvchi   tovush   xossalarining   aniqlanishi
kabilar),   shuningdek,   tovushning   umumiy   akustik   xossalari   o’rganiladi.   Qisman
artikulyatsion, qisman akustuk belgiga tayangan holda nutq tovushuning universal,
shuningdek,   farqlovchi   belgilariga   tayanadigan   ichki   tasnifini   berish   bilan   ham
shug’ullanadi. Umumiy fonetika tovushning birikish qonuniyatlari, bir tovushning
ikkinchisiga   ta’siri   xususiyatini   (akkomodatsiya   va   assimilatsiyaning   turli
ko’rinishlari),   bo’g’inning   tabiati,   bo’g’inda   tovushning   birikish   qonuniyati,
bo’g’inga   bo’linish   shartlari,   so’zlarning   fonetik   tuzilishi,   qisman   urg’u   va
singarmanizm   masalalarini   ham   tekshiradi.   Umumiy   fonetika   intonatsiya   uchun
qo’llaniladigan   vosita   (tovush   balandligi,   kuchi   (intensivligi),   cho’ziqligi,   tezligi
(tempi), pauza, tembr kabi masalalarni ham tekshiradi. 
Xususiy   fonetikada   yuqorida   aytilgan   masalalar   muayyan   tillar   misolida
tekshiriladi.   Xususiy   fonetuka   tarixiy   va   muosir,   sinxron   va   diaxron,   tasviriy   va
eksperimental ko’rinishlarda ish yuritadi. 
Qiyosiy fonetika bir nechta qarindosh yoki qarindosh bo’lmagan tilning yohud
bir   qancha   dialekt   va   shevaning   unli   va   undosh   tovushlari,   ulardagi   fonetik
o’zgarish va boshqa hodisalarni qiyosiy aspektda tekshiradi. 
Qiyosiy fonetika umumiy va xususiy fonetika oralig’idagi vaziyatni egallaydi.
Ekspremental   fonetika–nutq   tovushlari   artikulyatsiyasidagi   havo   tebranishi,
tebranish miqdori sarflangan vaqt, oberton qanday yuzaga chiqishi kabilar ma’lum
texnik apparatlar vositasida aniqlanadi va shu asosda fonetik qonuniyatlar bo’g’in,
urg’u, intanatsion xususiyatlar aniqlanadi. 
Tavsifiy   fonetika–nutq   tovushlari,   ularning   xususiyati   va   xarakteri   mqayd
etiladi.   Fonetikaning   sillabika,   akustika,   intonatsiya,   tovush   o’zgarishi   va   uning
qonuniyatlari haqida ma’lumot beriladigan sohasi. 
Tarixiy   fonetika–nutq   tovushlari   taraqqiyoti   o’zgarishi   bilan   bog’langan
hodisalar,   qonuniyatlar   beriladi.   Tilga   xos   fonetik   jarayonlar   tarixiy   yodgorliklar
orqali yoritiladi.
6 Fonetikaning ushbu yo’nalishlari bir-birini to’ldirib boradi va tilshunoslikning
ushbu   fonetika   bo’limini   mukammal   o’rganishda   katta   ahamiyatga   ega
hisoblanadi.   Ular   o’rtasida   doimiy   uzviy   aloqa   mavjuddir.   Bundan   tashqari
fonetikani   yana   bir   nechta   xususiyatlariga   ko’ra   turlarga   ajratish   mumkin.
Masalan,O’zining o’rganish sohasi va vazifalariga ko’ra, fonetika ikki turli bo’ladi:
1) umumiy   fonetika–jahondagi   barcha   tillarga   xos   bo’lgan   talaffuz
xususiyatlarini o’rganadi; 
2) tasviriy   fonetika–biror   tilga   xos   bo’lgan   talaffuz   alomatlarini   o’rganadi.
Masalan, rus tili fonetikasi, o’zbek tili fonetikasi kabi.
Qo’yilgan maqsadga ko’ra fonetika ikki turli bo’ladi:
1) nazariy fonetika–u biror tilning talaffuz alomatlarini nazariy jihatdan tasnif
etadi; 
2) amaliy   yoki   normativ   fonetika   esa,   biror   tilning   talaffuziga   o’rgatish
maqsadida   tuziladi.   Masalan,   ingliz   tilining   analiy   fonetikasi   rus   yoki   o’zbek
o’rganuvchilari uchun sodda holda mashqlar yordamida izohlab beriladi. 
Agar   fonetika   tovushlarning   hosil   bo’lishi   va   ularning   xususiyatlarini
o’rgansa,   uni   segmental   fonetika   (“segment”   so’zi   nutq   bo’lagi   ma’nosini
anglatadi)   deyiladi.   Fonetika   nutq   tovushlaridan   katta   birliklarni,   ya’ni   bo’g’in,
so’z   va   frazalarni   o’rganish   bilan   ish   tutsa,   uni   suprasegmental   fonetika   yoki
prosodika   deb   ataladi.   Xullas   fonetikaning   bu   yo’nalishlarini   qanchalik   to’liqroq
o’zlashtirilsa, fonetika haqidagi bilimlar shunchalik mukammalroq bo’lishi aniqdir.
O’zbek   tili   fonetikasi   va   fonologiyasi   ustida   ko’plab   olimlar   izlanishlar   olib
obrganligini   yuqorida   aytib   o’tdik.   Shular   qatori   tilshunoslik   ushbu   bo’limlari
ustida   ko’plab   izlanishlar   olib   borgan   o’zbek   olimlaridan   A.A.Abduazizov   va
A.Nurmonovlarning qilgan ishlari haqida alohida to’xtalmaslikning iloji yo’qdir. 
1974-yilda   A.A.Abduazizov   tomonidan   ingliz   va   o’zbek   tillari   materiallari
asosida   “Fonologik   sistemalar   tipologiyasi”   mavzusidagi   doktorlik
dissertatsiyasining   dunyoga   kelishi   o’zbek   tili   fonologiyasining   shakllanishi   va
rivoji uchun katta ahamiyatga ega bo’ldi.
O’zbek tilshunosligida fonologik oppozitsiyalar haqida ilk ma’lumotla berildi
va   o’zbek   tili   fonemalarining   oppozitsiyalari   atroflicha   o’rganildi.   Dissertatsiya
materiallari   bu   muallifning   N.A.Baskakov,   A.Sodiqovlar   bilan   hamkorlikda
yozgan   “Umumiy   tilshunoslik”   kitobiga   kiritilgan.   Olim   fonologiya   va   fonologik
oppozitsiya   haqida   quyidagicha   fikrlarni   aytib   o’tadi.   “Nutq   tovushlari,   bog’in,
urg’u va intonatsiya jamiyat tilinig tushunarli va aniq bo’lishi uchun muhim xizmat
qiladi. Ular tildagi so’z, so’z shakllari, so’z birikmalari, fraza va gaplarni farqlash
funksiyasini  bajaradi. Shu tufayli bu aspektni  sotsial  yoki  funksional  deb atab, til
bosqichi   sifatida   fonologiya   termini   ishlatiladi.   Fonemaga   tegishli   barcha
artikulyatsion-akustik belgilar uning fonetik xarakteristikasi deyiladi. Masalan, /p/
7 –   fonemasining   fonetik   xarakteristikasi   uning   lab-lab,   portlovchi,   jarangsiz
belgilarini   o’z   ichiga   oladi.   Fonologiya   jihatidan   fonemalar   bir-biriga   qarama-
qarshi   qo’yiladi   (p-t,   s-sh,   x-k,   a-o,   u-I   kabi).   Bunday   fonemalarning   bir-biriga
qarama-qarshi   qo’yilishi   fonologik   oppozitsiya   deyiladi.   Fonologik   oppozitsiya
yordamida   fonemalarni   bir-biridan   farqlash   uchun  xizmat   qiluvchi   artikulyatsion-
akustik   belgila   fonologik   yoki   farqlash   alomatlari   deyiladi.   Masalan,   (p-t)
oppozitsiyasida   lab-til   oldi   artikulyatsiyasi   fonologik   jihatdan   ahamiyatlidir.   (p-t)
oppozitsiyasidagi unlilarning har ikki a’zosi ham portlovchi va jarangsiz ekanligini
fonologik  bo’lmagan  yoki   farqlamovchi  alomatlar   deb  yuritiladi.  Har  bir   fonema
fonologik   oppozitsiyaning   a’zosi   hisoblanadi.   Tildagi   barcha   fonemalar   o’zaro
oppozitsiyalarni   tashkil   etadi   va   bu   fonemalarning   bog’lanishi   va   aloqalari
yig’indisi   fonologik sistema   yoki   fonematik sistema   deb yuritiladi. Fonemalarning
o’zaro bog’lanish xarakteri, ya’ni ularning qanday ichki aloqada ekanligi  fonologik
yoki  fonematik struktura  deb ataladi. Har bir fonema  fonologik birlik  yoki  element
deyiladi.   Har   bir   til   o’zining   fonologik   sistemasiga   ega   bo’lib,   undagi   har   bih
fonemaning o’z o’rni  va funksiyasi  bor. Bir tildagi fonema ikkinchi tilda bo’lishi
mumkin emas. Ikki tildagi fonemalar o’z artikulyatsion-akustik xususiyatlari bilan
o’xshash   bo’lishi   faqat   tashqi   jihatdan   to’g’ri   kelish   hisoblanadi.   Ularning   ichki
bog’lanishlarini,   ya’ni   fonologik   oppozitsiyalar   sistemasini   o’rganish   orqali   juda
ko’p   farqlarni   aniqlash   mumkin   bo’ladi.   Ulardagi   ba’zi   o’xshashliklar   nytq
organlarining   barcha   odamlarda   bir   xil   tuzilganligi   bilan   izohlanadi.   Fonologik
oppozitsiyalar   doimiy   va   neytralizatsiyalashuvchi   bo’ladi.   Ba’zi   tillarda   jarangli
undoshlar   so’z   ozirida   jarangsizlashadi.   Masalan,   rus   tilida   лук   (luk),   град   (grat)
kabi,   o’zbek   tilida   kitob   (kitop),   qand   (qant)   kabi.   Bunday   xususiyat   fonologik
neytralizatsiya deyiladi. Bu holtda b/p, t/d undoshlari bir xil artikulyatsion-akustik
xususiyatga ega bo’lib, ularning fonologik belgilari o’xshash bo’lib qoladi. Bundan
tashqari   1984-yilda   A.A.Abduazizovning   “O’zbek   tili   fonologiyasi   va
morfonologiyasi”   nomli   asarining   “O’qituvchi”   nashriyoti   tomonidan   chop
etilganligi   ham   tilshunoslikning   ushbu   sohasida   qilingan   yangiliklarining   davomi
edi.   Xullas   olim   A.A.Abduazizov   fonologiya   va   fonologik   oppozitsiya   haqida
ko’plab fikrlar bildirgan bo’lib, bu tilshunoslik sohasi uchun qimmatli hisoblanadi. 
1980-yilda   esa   A.Nurmonovning   “O’zbek   tili   fonologiyasi   va
morfonologiyasi”     nomli   asarining   maydonga   kelishi   o’zbek   tili   fonologiyasi   va
morfonologiyasining ta’lim jarayoniga tatbiq etilishida katta voqea bo’ldi. 
Bu   asarlarda   o’zbek   tilshunosligi   tarixida   ilk   bor   morfonologiya   maqomi
belgilandi va uni o’rganish obyekti aniqlandi.
Shunday qilib hozirgi kunda o’zbek tilshunosligida fonetik sathni ikki asosda
o’rganish   an’anaga   aylandi:   1)   tavsifiy   asosda–fonetika;   2)   sistemaviy   asosda–
fonologiya.   Har   ikki   jihat   bir-biridan   oziqlanib,   tobora   rivojlanib   bormoqda.
8 Tilshunoslikning   ushbu   fonetika   va   fonologiya     bo’limlarini   chuqurroq   o’rganish
juda   muhimdir,   zero   tilshunoslikning   ushbu   bo’limlari   o’zbek   adabiy   tilini
o’rganishning   boshlang’ich   pog’onasi   hisoblanadi.   Fonetika   va   fonologiyani
mukammal   o’rganish   tilshunoslik   haqidagi   bilimlarimizning   mustahkam
bo’lishining kafilidir. 
9 Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.
1. R.Sayfullayeva, B.Mengliyev, G.Boqiyeva, M.Qurbonova, Z.Yunusova, 
M.Abuzalova “Hozirgi o’zbek adabiy tili” Toshkent 2009. 53-68-betlar.
2. Z.T.Xolmanova “Tilshunoslikka kirish” Toshkent 2007. 60-65-betlar.
3. I.Yo’ldoshev, O’.Sharipova “Tilshunoslik asoslari” Toshkent 2007. 43-49-
betlar.
4. M.Irisqulov “Tilshunoslikka kirish” Toshkent 1992. 22-42-bet.
5. A.Nurmonov “O’zbek tili fonologiyasi va morfonologiyasi” Toshkent 
1980. 
6. A.Abduazizov “O’zbek tilining fonologiyasi va morfonologiyasi” Toshkent
“O’qituvchi” 1984.  
7. Internet. Google, ZiyoNet.
10

Mavzu: Fonologiya va fonemalogiya. Fonologiya va morfonologiya. Reja. 1. Fonetika, fonologiya va morfonologiya. 2. Fonetikaning yo’nalishlari: umumiy, qiyosiy, tavsifiy, tarixiy, eksperimental. Ular o’rtasidagi uzviy aloqa. 3. A.Abduazizov va A.Nurmonovlarning o’zbek tili fonologiyasi haqidagi asarlari tahlili.

Lisoniy sath sirasida fonetika eng kichik tashkil etuvchi va boshqa sathlar birliklari uchun moddiy asos bo’luvchi birlikni beradigan sath sifatida ajralib turadi. Insonning nytq faoliyati sezgi a’zolari asosida his qilinuvchi nutq birliklari– tovush yoki tovushlar tizimi vositasida ro’yobga chiqadi. Nutq tovushi o’zida uch jihatni birlashtirgan murakkab nutqiy birlik sifatida namoyon bo’ladi. Ular quyidagila: a) talaffuz a’zolari bilan boshqariladigan markaziy nerv sistemasi mahsuli (fiziologik jihat); b) tabiatdagi har qanday tovush kabi akustuk tabiatga ega (fizik, akustik jahat); c) kishilarning axborot uzatish, kommunikatsiya vositasi (funksional, sotsial, lisoniy jihat). Nutq tovushining haqiqiy va muhim jihati–uning funksional aspekti. Tilshunoslikda aytilgan uch jihatni yaxlitlikda o’rganish yoki ajratgan holda tadqiq qilish masalasida bir xillik yo’q. ba’zi mutaxassislar nutq tovushining fiziologik tomoni biologiya, akustik jihati fizika faninig o’rganish predmeti bo’lib, tilshunos uning faqat funksional tomoninigina tekshirishi lozim degan fikrni ilgari sursa, ayrimi har uchala jihat bir-birida ajralmas, ularni yaxlitlikda o’rganmoq kerak degan aqidaga tayanadi. Ana shu ikki qarash kurashi natijasida tilshunoslikda ikki– fonetika va fonologiya sohalari ajraldi. Natijada fonetika nutqiy variant (xususiylik)ni, fonologiya esa lisoniy invariant (umumiylik)ni tadqiq qilish bilan shug’ullanadi. Fonetika (grekcha phone –“tovush”, - tike “fan’ so;zlaridan) inson nutqini ifoda qilish uchun zarur bo’lgan tovushlar va ularning vositalari haqidagi tilshunoslik sohasidir. Fonetika deganda eng quyi lisoniy sath ham,tilshunoslikning shu sathni o’rganadigan sohasi ham tushiniladi. Fonetikatilshunoslikning boshqa sohalaridan farqli o’laroq, nafaqat o’rganis р manbaining funksional tomonini, balki nutq tovushini hosil qiluvchi talaffuz apparatini, shuningdek, ularning akustik xossasini va til egalari tomonidan qabul qilinish jihatlarini ham tekshiradi. Fonetikada tilshunoslikning boshqafan sohalari , adabiyotshunoslik , fiziologiya , fizika , psixologiya kabi fanlarbilan aloqasi yanada yaqqol namoyon bo ’ ladi . Bu fanlardan farqli o’laroq , fonetika tovushga so’z, qo’shimcha va gapga moddiy qiyofa beruvchi til tizimi unsure sifatida qaraydi. Fonetika nutqdagi tovush o’zgarishlari va almashinishini, urg’u va uning turini ham o’rganadi. Fonetika tilning boshqa bosqichlari va yaruslari bo’lgan morfologiya va sintaksis, leksika va stilistika bilan uzviy bog’liqdir. Chunki tildagi barcha birliklar (so’z, so’z shakli, so’z birikmalari va frazalar) tovushlar yordamida namoyon bo’ladi. 2

Fonetika nutqdagi artikulyatsion-akustik xususiyatlarni, ularning hosil bo’lishida nutq organlarining xizmati va fizik tebranishlarni o’rganishi bo’yisha biologiya, fiziologiya, fizika va akustika fanlari bilan bog’lanadi. Fonologiya (grekcha rhone –tovush, logos –ta’limot) termini tilshunoslikda XIX asr oxirida nutq tovushining fiziologik-akustik (fizik) tomonidan funksional (lingvistik) tomonini farqlash ehtiyoji bilan paydo bo’ldi. Fonologiya til tovush qurilishining struktur va funksional qonuniyatini o’rganuvchi soha, semiotic(ishoraviy) tizim sifatida nutqni akustik-artikulyatsion aspektda o’rganadigan fonetikadan farqlanadi. Fonetikaning birligi bevosita kuzatishda berilga nutq tovushi bo’lganligi kabi, fonologiyaning birligi–so’zlovchilarning ana shu bevosita kuzatishda berilgan nutq tovushi asosida yotgan tovush tipi haqidagi ijtimoiy tasavvuri.fonologiyaning kelib chiqishida fonetika katta rol o’ynaydi. Yuqorida aytib o’tilganiday, fonetika qadim zamonlardan beri mavjud edi. Fonologiya esa XIX asrning ikkinchi yarmida va XX asrning boshiga kelib tilshunoslikning fonetika bobida alohida soha sifatida qarala boshlandi. Fonologiyaning kelib chiqishi va taraqqiyotida mashhur rus va polyak olimi I.A.Boduen de Kurtene (1845-1929), taniqli sovet tilshunosi L.V.Shcherba (1880- 1944), N.F.Yakoblev, P.K.Uslar, N.S.Trubetskoy (1890-1938), R.Yakobson va boshqalar katta xizmat qildilar. Turkey tillar fonetika va fonologiyasini chuqur tadqiq qilishda V.V.Radlov (1837-1918), V.A.Vorodskiy (1857-1941), E.D.Polivanov (1891-1938), N.K.Dmitrov (1898-1954), S.Y.Malov (1880-1957) va boshqalarning tatqiqotlari katta ahamiyatga egadir. Fonetika va fonologiyagada har xil qarashlar mavjud. Ba’zi tilshunoslar fonetika tildagi tovushlar, bo’g’in va intonatsiyani tekshirishini hisobga olib fonologiyani fonetikaning abstract (mavhum) pog’onasi sifatida yoki fonetikaning artikulyatsion, akustik eshitib his qilish tomonlari qatorida fonologik aspekt deb hisobladilar. Bunda fonologik aspekt tildagi tovush, bo’g’in, urg’u va intonatsiyaning ma’noni farqlash xususiyatlari uning sotsial va funksional tomonlarini o’rganishi ko’rsatiladi. Barcha fanlarda ikki bosqich tan olinadi. 1. Konkret (ko’rinuvchi) bosqich va 2. Mavhum (abstrakt) bosqich. Tilning ifoda qilish planida konkret bosqichga fonetika va mavhum bosqichga fonologiya to’g’ri keladi. Tilning mazmun planiga konkret bosqichda semantika (so’zlarning lug’atda berilgan ma’nolari) va abstract bosqichda mavhum struktual semantika mos keladi. Har bir bosqichning o’z til birligi bor. Fonetikaning birligi konkret talaffuzga ega bo’lgan tovushlar, fonologiyaning birligi mavhum tushuncha fonemalardir. Tilshunoslikda fonetikadan ajratib olib ularni bir-biriga qarasma-qarshi qo’yish struktual oqimda kelib chiqadi. Praga funksional strukturalizm oqimining taniqli namoyondasi N.S.Trubetskoy (1939-yil) fonetikani odam nutqining (tovushlarning) material tomoni ya’ni, artikulyatsiyasi va akustikasi haqidagi fan 3

deb, fonologiyani esa tildagi tovushlarning ma’nosini farqlashga xizmat qiluvchi alomatlarini va funksiyalarini o’rganuvchi fan deb ta’riflagan edi. Bu ta’rifda tilni nutqqa tovushlarning material tomonini ularning funksional tomoniga qarama- qarshi qo’yish yorqin ko’rinadi. Biroq dialektik materialism nuqtai nazaridan materiya birlamchi, ong esa ikkilamchii ekanligini hamdafalsafaning umumiylik, alohidalik va yakkalik haqidagi kategoriyasini hisobga olganda fonetika va fonologiya o’rtasida uzviy bog’liqlik yorqin namoyon bo’ladi. Tovushlarning material tomoni (akustik, artikulyatsion va eshitib his qilish tomonlari) ularning funksional tomonini alohida qarashni taqozo qilmaydi. Balki bu bog’liqlik ikki nuqtai nazardan; fonetik va fonologik jihatdan o’rganishni va ular bir-birini to’ldirishini izohlaydi. Fonetika konkret materialga ega bo’lgan elementlar bilan ish tutsa, fonologiya shu elementlarning tilda umumiy, alohida,va yagona funksiya bajarishini takshiradi. Shu jihatdan fonologiyani qanchalik fonetikadan ajratib olib alohida fan sifatida qaralmasin ularni o’zaro bog’liqligini inkor etib bo’lmaydi. Fonetikada har bir nutq tovushi keng ma’noda (bo’g’in, urg’u va intonatsiya) o’zining artikulyatsion, akustik xarakteristikasiga ega. N.S.Trubetskoy tilning fonologiya va morfologiya bosqichlari o’rtasida morfonologiya bosqichi o’rin olishini va fonologik vositalarning morfonologik jihatdan ishlatilishini tekshirishni zarurligini ko’rsatdi. Morfonologiyaning birligi hisoblangan morfemalar fonemalar ma’lum tartibda birikuvi tuziladi. Bu fonemaga so’z va morfemalarni hosil qiluvchi va farqlovchi eng kichik til birligi deb berilgan ta’rifda ham o’z ifodasini topgan. Keyingi davr tilshunosligida (XXasrda) morfemalarning fonologik struktyrasini tekshiruvchi soha morfonologiya (yoki, “fonomorfologiya”, “morfonologiya”) termini bilan atala boshlandi. Uning vujudga kelishida N.S.Trubetskoy alohida xizmat ko’rsatdi. N.S.Trubetskoy fikricha morfonologiya: 1. so’z fonologiyasining bir qismi bo’lib, morfemalarning fonologik strukturasi bilan ish ko’radi; 2. grammatikaning bi bobi; 3. morfonologoya, morfologiya va fonologiyani uzviy bog’lovchi bo’lib, grammatikadan o’ziga munosib o’rin egallashi kerak. Keyinchalikn.S.Trubetskoy morfonologiya nazariyasining vazifasi uch qismdan iborat deb ko’rsatadi. 1. Morfemalarning fonologik strukturasi haqidagi nazariya; 2. Ba’zi morfemalarda uchraydigan kombinator o’zgarishlar nazariyasi; 3. Morfologik funksiya bajaruvchi tovush almashinuvi nazariyasi. Bu vazifalarning birinchisi morfonologiyaning asosiy o’rganish obyektidir.ikkinchisi fonologiyaning vazifasi, uchinchisi esa morfologiyaga kiradi. (unda ichki fleksiya, infeksatsiya kabi xususiyatlar o’rganiladi) Keyingi yillarda morfonologiyaga morfologik elementni tashkil qilish, har xil fonemalarning qo’llanish prinsipini tadqiq qiluvchi fan va ikki mustaqil bobdan a) har xil tildagi morfemalarning tovush tomoni haqidagi va b) alohida struktual 4

birlik bo’lgan morfemalarning tovush tomoni haqidagi ta’limotdan tashkil topgan. O’z birligiga ega bo’lmagan va bazizi yo’q (nebazisnoy) til bosqichi deb ta’riflar berildi. Har ikki ta’rif ham N.S.Trubetskoyning tezisini tasdiqlaydi. A.A.Refarmatskiy morfonologiyaga ko’p aniqliklar kiritdi va fonologiya o’rtasidagi ko’prikka o’xshash bazisi yo’q alohida bosqich deb ta’rifladi. Shu tufayli morfonologiya grammatikaga ham, fonologiyaga ham kirmaydi. Lekin ularning birligi bo’lgan fonena va morfemadan foydalanadi. Ba’zi tilshunoslar tomonidan takilf qilingan “morfonema” termini (G.Ulashin, N.S.Trubetskoy va boshqalar) o’z kuchini yo’qotadi. Chunki u fonemalarning morfemalardagi almashuvi natijasida bir yo’la ikki fonemaga to’g’ri keladi. Morfonologiyaning o’z birligi yo’q bo’lgani uchun morfemalardagi fonetk holat bilan bog’liq bo’lmagan fonologik o’zgarishlarni o’rganadi va bunda urg’uning morfemadagi har xil ko’chishini ham o’z ichiga oladi. Morfonoligiyaning vazifzsi cheklangan bo’lib, morfemalardagi barcha fonetik o’zgarishlarni o’z ichiga olmaydi, balki ma’noni o’zgartirish, farqlash bilan bog’liq bo’lgan bir morfema doirasidagi hech qanday holat (pozitsiya) bilan bog’liq bo’lmagan fonemalar o’zgarishini hisobga oladi. Masalan o’zbek tilidagi morfemalarda uchrovchi kombinator va pozitsion o’zgarishlar morfonologiyada tekshirilmaydi. Ular fonetika va fonologiyaga ta’luqlidir. Ba’zi o’zak va affiks morfemalar o’rtasida keluvchi elementlar ham borki, ular hech qanday semantik rol o’ynamaydi. Masalan, “deyarli” (de-y-arli) “ishqiboz” (ishq-i-boz) so’zlari o’rtasida kelgan elementlar oddiy “so’zni ulovchi” lik xarakteriga ega bo’lib, morfonologiyada vazifa bajarmaydi. O’zbek tilidagi bu kun-bugun, sez-seskanmoq, past-pasaymoq, sust-susaymoq, ulug’-ulg’aymoq, son- sanoq, ong-angla, tara-taroq, o’qi-o’quv, tashi-tashuv kabi so’zlardagi o’zak morfemalarda bo’lgan fonemalar o’zgarishi morfonologik jihatdan qaralishi mumkin. Qorin-qorni, og’iziog’zi, o’g’il-o’g’li so’zlarida egalik qo’shimchasi yoki affiksal morfema ichki fleksiyaga o’xshash ko’rinadi, lekin keyingi affiksal morfemalardagi (i) fonemasi “qorin” o’zak morfemasidagi (i) yedirib yuborgan ko’rinadi. Bu xususiyat faqat shu o’rinda uchrashi tufayli uni morfonologik holat deb hisoblash mumkin. Umuman, morfonologik xususiyatlar hind-yevropa tillarida turkiy tillarga qaraganda ko’proq uchraydi. Turkiy tillarda morfonologik xususiyatlar bir yo’la o’zak morfemadagi fonemaning o’zgarishi va urg’uning affiksial morfemaga ko’chishi bilan berilgan bo’lishi mumkin: sez-seskanmoq, ong-angla, tara-taroq kabi. Bunda morfonologik o’zgarishning bir yo’la sigmental va suprasigmental tabiati ko’rinadi. Turkiy tillarning morfema va bo’g’in chegarasining to’g’ri kelish hollari ko’p uchraydi. Bu ham morfonologik strukturaga ta’sir ko’rsatadi. Lekin bu holat singarmanizm bor bo’lgan turkiy tillarda morfonologik va prosodik jihatdan ayniqsa xarakterlidir. Turkiy tillardagi so’zlarning o’zak morfemalari qiyoslansa, ulardagi morfonologik o’zgarishni bilish 5