GIDRAVLIK MASHINALAR. NASOSLAR GIDROELEVATOR. GIDRAVLIK UZATMALAR
GIDRAVLIK MASHINALAR. NASOSLAR GIDROELEVATOR. GIDRAVLIK UZATMALAR MAVZU REJASI: 1. Gidravlik mashinalarning vazifasiga ko’ra bo’linishi. 2. Nasoslarning guruhlash. Gidroelevator . 3. Nasoslarning asosiy parametrlari: sarfi, bosimi, quvvati, FIK, Gidravlik, mexanik va hajmiy yo’qotishlar. 4. Gidravlik uzatmalarning turlari, tuzilishi va ishlash printsipi 5. Gidrouzatmalarni hisoblash printsiplari. Gidrouzatmalarni qo’llanish sohalari
Gidravlik mashinalar. Suyuqlik energiyasi va mexanik energiyani bir turdan ikkinchi turga aylantiruvchi qo’rilmalar gidromashinalar deb ataladi. Gidromashinalar vazifasiga ko’ra qo’yidagilarga bo’linadi; 1) gidrostatik mashinalar suyuqlikning muvozanat holatidan foydalanib, mexanik kuchni suyuqlikning potensial energiyasiga aylantirish usuli bilan kuchaytirib yoki susaytirib beradi. Bularga gidropress, gidroakkumulyator, gidromultiplikatorlar kiradi; 2) nasoslar mexanik energiyani suyuqlik energiyasiga aylantirib beradi; 3) gidrodvigatellar suyuqlik energiyasini mexanik energiyaga aylantirib beradi; 4) gidroyuritgich mexanik energiyani suyuqlik vositasida bir xarakatlanuvchi qismdan ikkinchi harakatlanuvchi qismga uzatishga xizmat qiladi. Gidroyuritichlarni umumlashtirib, gidrostatik mashinalar deb ham yuritish mumkin. Quyida biz nasoslar haqida to’xtalib o’tamiz. Nasoslar va gidrodvigatellar. Nasoslar va gidrodvigatellar gidromashinalarning shunday turlariga kiradiki, ularda suyuqlik energiya qabul qilib oluvchi yoki energiya bilan ta‘minlovchi ish jismi vazifasini bajaradi. Bunda gidromashinaning ish qobiliyati u orqali o’tgan suyuqlik energiyasini o’zgarish mikdoriga bog’liq. Shuning uchun shlab chiqarish talabiga qarab gidromashinalarni suyuqlik bilan ko’proq yoki kamroq miqdorda energiya almashadigan qilib quriladi va ular o’zining tuzilishi, turli parametrlarining katta- kichikligi va parametrlarpni qanday chegarada o’zgartirish mumkinligiga karab ishlab chiqarishning tegishli sohalarida foydalaniladi. Nasoslar suyuqliklarga energiya beruvchi mashinalar turiga kiradi va odatda, suv, neft, benzin, kerosin, turli moylar va boshqa suyukliklarni chuqurlikdan tortish, yuqoriga ko’tarish, bir yerdan ikkinchi yerga uzatish, ular yordamida boshqa jismlarni ko’chirish, tashish uchun ishlatiladi. Bunda suyuqliklar nasos
orqali o’tganida ularning energiyasi ortadi. Bu energiya yordamida suyuqlik ustida aytilgan ishlarni bajarish mumkin bo’ladi. Nasoslar suyuqlikka bergan energiyasiga yoki o’zidan qancha suyuqlik o’tkaza olishiga qarab turli gruppalarga bo’linadi va bajargan vazifasini qaysi usulda amalga oshirishiga qarab turlicha nomlanadi. Nasoslarning ba‘zi turlaridan suyuqlik yoki gazni boshqa joyga ko’chirish yo’li bilan siyraklanish hosil qilish uchun foydalaniladi. Bunday nasoslarda suyuqlikka energiya berish kabi asosiy vazifadan ko’ra vakuum hosil qilish xossasi muhim bo’lib, ular vakuum nasoslar deyiladi. Ventilyatorlarning ishlash printsiplari markazdan qochma nasoslarga o’xshagan bo’lib, ular havoni harakatga keltirish, turli narsalarni havo yordamida tashish (pnevmotransport), ifloslangan havoni toza havo bilan almashtirish, qizdirilgan havoni issiqlik zarur bo’lgan yerga uzatish (quritish ishlari) va boshqa vazifalarni bajaradi. Bunda ventilyator havoning energiyasini ko’p oshirmasa ham, o’zidan juda ko’p mikdorda havo o’tkaza oladi. Sanoatda va qishloq xo’jaligida ularning ana shu xususiyatidan foydalaniladi. Nasoslar teskari ish bajaruvchi, ya‘ni suyuqlikdan energiyani olibuni harakat ko’rinishida boshqa mexanizmlarga uzatuvchi mashinalar gidrodvigatellar deyiladi. Gidrodvigatellardan suyuqlik o’tganda uning energiyasi kamayadi. Bu kamaygan energiya hisobiga gidrodvigagelning ish qismi harakatga kelib, bu harakat boshqa mexanizmga beriladi va biror ish bajaradi yoki elektr energiyasi hosil qilishda foydalaniladi. Bir xil turga kirgan nasoslar va gidrodvigatellarning harakatlanuvchi qismlari asosan turlicha bo’lib, ba‘zi hollarda bir xil bo’lishi mumkin. Bunda bitta qurilmaning o’zi, qoyilgan talabga qarab, nasos yoki gidrodvigatel sifatida ishlashi mumkin. Bunda albatta nasos yoki gidrodvigatel teskari vazifa bajarganida uning foydali ishi kamayadi. Suvning energiyasini elektr energiyasiga aylantirishda ishlatiladigan gidrodvigatellar turbinalar deb atalib, ular ayrim mustaqil gruppaga ajraladi. Bu mashinalar juda katta miqdordagi energiyani qabul qilib va uni harakatga aylantirib generatorga berishi bilan farq qiladi. Hozirgi zamon
turbinalari ichida o’zida juda ko’p miqdorda suv o’tkazishga mo’ljallangan turlari mavjud bo’lib, ularning quvvati 700 мVt dan ortadi. Gidrotexnika, energetika tog’ sanoati va boshqa sohalarida nasoslar va gidrodvigatellar juda ko’p qo’llaniladi. Ulardap nasos stantsiyalari va elekgrostantsiyalar tashkil qilinadi. Bu stantsiyalarda bir necha nasos yoki gidrodvigatellar birga ishlatiladi. Nasoslarni guruhlash. Nasoslarni guruhlash turlicha bo’lib, ularni tuzilishi, turli parametrlari, suyuqlikka energiya berish usuli va boshqalarga qarab guruhlash usullari mavjud. Eig ko’p tarqalgan usul ishlash printsipiga qarab guruhlashdir. Bunda nasoslar asosan ikki katta guruxga bo’linib ular kurakli va hajmiy nasoslar deyiladi. Bu nasoslar deyarlik barcha nasoslarni o’z ichiga oladi, lekin bir qancha boshqacha printsipda ishlaydigan nasoslar bu ikki guruhga kirmay qoladi. Bularga oqimchali nasoslar (uchinchi klass sifatida ajratish mumkin) va boshqa ko’rsatkichlar (montejyu, erliftlar va boshqalar) kiradi. Kurakli nasoslar markazdan qochma, o’qiy, propellerli, uyurmali nasoslarga bo’linadi. Tuzilishi va ishlash printsipi bir xil bo’lgani uchun veptilyatorlarni ham kurakli nasoslar guruhiga kiritish mumkin. Ventilyatorlarning ham markazdan qochma, o’qiy, propellerli turlari mavjud. Kurakli nasoslarni bitta valda bir yoki bir necha ish g’ildiragi o’rnatilishiga karab, bir pog’onali va ko’p pog’onali nasoslarga ajratish mumkin. Markazdan qochma nasoslar so’rish usuliga qarab bir tomonlama so’ruvchi va ikki tomonlama so’ruvchi nasoslarga bo’linadi. Hajmiy nasoslar ikki katta guruhga bo’linib, ular porshenli va rotorli nasoslar deyiladi. Bular yana bir qancha kichik guruhchalarga bo’linadi (ular to’g’risida tegishli bo’limda to’xtalib o’tamiz). Oqimchali nasoslar esa ejektor, injektor va gidroelevatorlarni o’z ichiga oladi. Nasoslarni bunday guruhlashga ishlab chiqarishda eng ko’p tarqalgan ikki tur (markazdan qochma va porshenli) nasoslar atrofida barcha nasoslarni guruhlashga intilish asos bo’lgan bo’lsa kerak. Injektor (lot. injicio-tashlayman) enjektor (fran ejecteur, ejector-otmoq). Gaz va suyuqliklarni idishlarga
haydaydigan oqimli nasos ba’zan injektorlar, idishdan so’rib oladigan ejektorlar, ba’zi bir gidroaralashmalarni haydaydigan gidroelevatorlar deb ataladi (1-rasm). Nasoslarni suyuqlikka bergan bosimining katta-kichikligiga qarab, past bosimli (20 m suv ust. gacha), o’rtacha bosimli (20—60 m suv ust. ga teng), yuqori bosimli (60 m suv ust. yuqori) nasoslarga ajratish mumkin. Ularni bergan sarfiga qarab past, o’rta va yuqori sarfli nasoslarga guruhlash mumkin. Energiyaning nasosga qanday berilishiga qarab guruhlashga intilish ham bo’lgan. Bu aytilgan oxirgi uch tur guruhlashning har biriga ham barcha mavjud nasoslarni kiritish mumkin bo’lgani bilan bu uch usul juda katta kamchilikka ega. Chunki bu usullarda bir guruhga porshenli, markazdan qochma, rotorli, propellerli va ishlash printsipi tamoman bir-biridan farqlanuvchi boshqa nasoslar kirishi mumkin. Suyuqlikka berilgan energiya turiga qarab guruhlash ancha qulay bo’lsa kerak. Nasosdan o’tayottan suyuqlikka berilgan energiya uch xil bo’lishi mumkin: holat energiyasi z, bosim energiyasi ( p γ) , kinetik energiya ( υ2 2q) Faqat holat energiyasi beruvchi mashinalar suv ko’targichlir deyiladi. Agar ko’tarilayotgan suyuqlik faqat suv bo’lmay, neft, turli moylar va boshqa xil suyuqliklar bo’lishi mumkinligini hisobga olsak, bu mashinalarni suyuqlik ko’targichlar deyish kerak bo’ladi. Bu guruhga suv ko’tarish uchun ishlatilgan barcha qadimgi qurilmalar: charxpalak, chig’ir, arximed vinti va boshqalar kiradi. Zamonaviy qurilmalardan bu guruhga kiradiganlari qatoriga kam debitli (kam sarfli) quduqlardan neft chiqaruvchi tortish qurilmalari, chuqur quduqlardan gaz va havo yordamida suyuqlik (suv, neft) ko’taruvchi ko’targichlar kiradi.