HAMAXO’R ZARARKUNANDALAR VA ULARGA QARSHI KURASH
HAMAXO’R ZARARKUNANDALAR VA ULARGA QARSHI KURASH Reja: 1.Hamaxo’r zararkunandalar tur tarkibi, zarari, tarqalishi, hayot kechirishi 2. Hamaxo’r zararkunandalar va ularga qarshi kurash choralari o’rganish
Markaziy Osiyoda Asrididae oilasiga, Orthoptera turkumiga kiruvchi marokash chigirtkasi (Dosiostaurus marossanus Thnb), otbosar chigirtkasi (D.sraussi Lng.), sholi chigirtkasi (Oxya fussvoittata Marsh), qir chigirtkasi (Sflliptamus turanisus Tarb), voha chigirtkasi (S. italisusL.), turkman chigirtkasi (Ramburiyella tursomana F.W) va to’qay chigirtkasi (Losusta migratoria L) ekinlarga katta zarar yetkazadi. Bulardan tashqari, ba’zi yillari ayrim mintaqalarda konofimalar (jumladan, Sonophyma jasobsoni Uv. Df S. sokolowi Zub), katta saksovul chigirtkasi (Derisorys Albidula Serv.) va qora targ’il chigirtka (Osdaleus desorus Germ.) ekinlarga jiddiy zarar yetkazadi. 1929 yili Markaziy Osiyo respublikalariga erondan uchib kelgan shistotserka chigirtkalari (Schistosersa gregaria Forsk) turli ekinlarga katta zarar yetkazdi. Markaziy Osiyoda qishlamaydigan bu zararkunandaning bizga uchib kelishi juda kam uchraydigan hodisa bo’lib, keyingi yuz yil mobaynida faqat 1901, 1902 va 1929 yillardagina ro’y berdi. Zararkunanda chigirtkalar galalashib va yakka-yakka bo’lib yashaydigan guruhlarga bo’linadi. Galalashib yashaydigan chigirtkalar g’uj bo’lib turadi. Bunday chigirtkalarning g’ujlangan lichinkalari gala deb, ayrim lichinkalari esa chigirtkalar deb ataladi. Voyaga yetgan chigirtkalar gala-gala bo’lib uchadi. CHigirtka galalari quyoshli iliq kunlarda doimo harakatlanib turadi, ammo sovuq va bulutli kunlarda bir joyda tura beradi. Lichinkalar kechasi o’simliklarda tunaydi va ertalab, yer beti birmuncha qizigandan keyin, harakatlana boshlaydi. CHigirtka to’dalari kun issiq vaqtlarda ham harakat qilmaydi, bu paytda chigirtkalar o’simliklarning soyasiga yashirinadi va harorat pasayishi bilan harakatga kiradi. SHu tariqa, chigirtka to’dalari ba’zan har sutkada ikki marta-kechasi va kunduzi dam oladi.
Lichinka yoki yosh chigirtkalar qanot chiqargandan keyin, gala bo’lib avvalo yaqin masofalarga, keyinchalik esa uzoq joylarga uchadi. Bir qancha vaqt o’tgandan so’ng ular voyaga yetib juftlashadi va tuxum qo’yadi. YAkka-yakka yashaydigan chigirtkalar gala bo’lib to’planmay, bir joyda hayot kechirib, qulay sharoit tug’ilishi bilan juda ko’plab urchiydi. Bu chigirtkalarning lichinkalari ham, voyaga yetganlari ham muayyan tartibda ko’chib yurmaydi. Galalashib, shuningdek yakka-yakka yashaydigan chigirtkalar bir necha donadan to yuzgacha va ba’zan undan ham ko’proq tuxum qo’yadi. Ular tuxum qo’yishdan oldin tuxum qo’ygichlari va qorinchasining uchi bilan yerni kavlab chuqurcha yasaydi, tuxumlarni o’sha chuqurchalarga qo’yadi. CHigirtkalarning ko’pchiligi chuqurchaga qo’ygan tuxumlarining ustini jinsiy sistemasidagi qo’shimcha bezlardan ajratiladigan va havoda tez qurib qoladigan ko’piksimon modda bilan suvab qo’yadi. Bu tuxumlar atrofiga tuproq yopishib, ko’zacha (kubishka) hosil qiladi. Tuxumlarning ustida ko’piksimon modda (probochka) bo’lmaganida ham tuproq tuxumning tashqi devoriga yopishib, ko’zachalar hosil bo’ladi. Har qaysi turga qarashli chigirtkalarning ko’zachalari o’ziga xos shaklda va har xil kattalikda bo’ladi. CHigirtkalarning har qaysi turi tuxumlarini o’ziga xos keladigan joylarga qo’yadi. Marokash chigirtkasi Dosiostaurus marossanus Thnb Zarari. Marokash chigirtkasi har xil dala o’simliklarini zararlaydi; arpa, bug’doy, oq jo’xori, tariq, makkajo’xori, tamaki, beda, g’o’za va poliz ekinlariga ayniqsa katta zarar yetkazadi. Bu chigirtka o’zi uchun qulay kelgan yillari keng ko’lamda urchiydi.
Tarqalishi. Marokash chigirtkasi Markaziy Osiyoda, Kavkaz va Kavkaz ortida, Qrimda, hamma yaqin sharq mamlakatlarida, Bolqon yarim orolida, janubiy yevropa mamlakatlari va SHimoliy Afrikada uchraydi. Bu chigirtka Markaziy Osiyoda quruq cho’llarda, tog’ yonidagi tashlandiq yerlarda uchraydi, shu sababli u cho’l chigirtkasi deb ham ataladi. Ta’rifi. Urg’ochi chigirtkaning uzunligi 2,5–4,2 sm , erkaginiki 2–3,5 sm keladi. Marokash chigirtkasi jigar rangda bo’ladi. Och qo’ng’ir tusdagi ko’kragining old qismida X harfiga o’xshash oq naqshi bor, bu chigirtka boshqa chigirtkalardan ana shu naqshi bilan farq qiladi. Ko’krak oldi yon tomonlarida bittadan qora dog’ bor, bu dog’larning orqa tomoniga oq dog’lar tutashib turadi. Qanotustligi va qanotlari qorinchasidan uzunroq bo’ladi. Qanotustligi qora dog’chalar bilan qoplangan och qo’ng’ir tusda. Orqa qanotlari tiniq. Lichinkalari besh yoshni kechiradi. Ular dastlab qoramtir bo’lib, rivojlangan sari oqara boradi va eng oxirida och qo’ng’ir tusga kiradi, shu bilan birga ko’kragining old tomonidagi X harfiga o’xshash naqsh ancha ravshan ko’rinib turadi, birinchi yoshdagi lichinkalarida esa bu naqsh deyarli ko’rinmaydi. Lichinkalarga qarshi kurashda ularning yoshini bilib olish juda katta ahamiyatga ega. Lichinkalarning yoshi qo’yidagi belgilarga qarab aniqlanadi. 1–yoshdagi lichinkaning uzunligi 5–8 mm keladi, mo’ylovchalari 13 bo’g’imli bo’ladi, qanot boshlang’ichlari bo’lmaydi, jinsiy belgilari deyarli bilinmaydi, urg’ochisi erkagidan qorinchasining 8–9 va 9-sternitlari o’rtasida botib turgan joylar bo’lishi va oldingi yelkasining ketingi cheti salgina botib turishi bilangina farq qiladi. 2–yoshdagi lichinkaning uzunligi 5,5–11 mm keladi, mo’ylovchalari 15–17 bo’g’imli bo’ladi, orqasining ketingi burchaklari uchlanib, orqa tomonga qayrilib turadi, qanotlar ana shu burchaklardan chiqadi. Urg’ochi
lichinkalarning tuxum qo’ygich boshlang’ichlari uchlanib turgan ikki juft plastinkaga o’xshaydi; oldingi yelkasining oxirgi chetida o’yiqchasi bo’lmaydi. 3–yoshdagi lichinkaning uzunligi 8–14 mm keladi, mo’ylovchalari 20 bo’g’imli bo’ladi, qanot boshlang’ichlari aniq ko’rinadi, qanotustligining boshlang’ichlari esa kattaroq bo’ladi; urg’ochisining tuxum qo’ygich boshlang’ichlari yaqqol ko’rinib turadi. 4–yoshdagi lichinkaning uzunligi 13–21 mm , lekin erkagi (13-19 mm ) urg’ochisidan (15-21 mm ) kichikroq bo’ladi; mo’ylovchalari 21 – 22 bo’g’imli; qanotlarining uch burchakli boshlang’ichlari qanotustligining cho’zinchoq boshlang’ichlari esa kattaroq bo’ladi va qanotustliklarini qoplab turadi; qanot boshlang’ichlari bundan oldingi yoshlardagi lichinkalarniki singari pastga qarab turmay, yuqoriga qarab rivojlanadi. 5–yoshdagi erkak lichinkalarning uzunligi 17–24 mm , urg’ochilariniki 19 – 28 mm bo’ladi; mo’ylovchalari 23 – 24 bo’g’imli; qanot boshlang’ichlari qorinchasining uchdan bir qismini yoki yarimini qoplab turadi. SHu tariqa marokash chigirtkasi lichinkalarining yoshini mo’lovlaridagi bo’g’imlar soniga qarab aniqlash to’g’ri bo’ladi. Hayot kechirishi. Marokash chigirtkasining lichinkalari tog’larda, odatda aprelning birinchi yarmida yoki bahor sovuq kelgan yillarda aprel o’rtasida va hatto oxirida ancha birdamlik bilan tuxumdan chiqadi. Lichinkalar qo’riq yerlarda 3 – 6 kunda chiqib bo’ladi, tuman doirasida esa bu yarim oygacha cho’ziladi. Marokash chigirtkasining tuxumdan chiqish vaqti yaqinlashib qolganligi quyidagicha aniqlanadi: ko’zacha ichidagi tuxum olinib uning uchi bormoq bilan qisiladi, shunda tuxumdan suyuq modda chiqsa, bu lichinkalarning chiqishiga hali ancha vaqt borligini, tuxumdagi