Hozirgi oʻzbek adabiy tilida fonemalarning variantlashuvi va fonetik jarayonlar
Hozirgi o zbek adabiy tilida ʻ fonemalarning variantlashuvi va fonetik jarayonlar Reja: 1. Fonemalarning variantlashuvi. 2. Fonetik jarayonlar. 3. Singarmonizm, , assimiliyatsiya, dissimiliyatsiya, metateza, epintez…
Fonemalarning variantlashuvi. Fonema va tovush munosabati invariant-variant dialektikasini o‘zida aks ettiradi. Nutqiy variantlanishlarda fonemalar turli-tuman tovush sifatida yuzaga chiqadi va ularni shartli ravishda, masalan, (b1), (b2), (b3), (b4), (b5), (b6), ...(bn) tarzida belgilash mumkin. Nutqda voqelangan barcha (b) larni bitta [b] fonemasiga birlashtirishda ularning umumiy xossalari «yig‘iladi». Bunday umumiy xossalardan biri ularning fizik (akustik) va fiziologik (artikulyatsion) o‘xshashliklaridir. Turli talaffuz sharoitlarida bu umumiy belgilar o‘zgarishga uchrashi mumkin. Lekin bu o‘zgarish miqdor o‘zgarishlari darajasida bo‘lib, cifat o‘zgarishi bosqichiga yetmaydi. Bunday bo‘lganda edi, u boshqa fonemaning variantiga aylanib ketgan bo‘lur edi. Masalan, [a] fonemasi «quyi keng» va «lablanmagan» lik mohiyatiga ega. Shu boisdan u nutqiy voqelanganda, qanchalik o‘zgarishga uchramasin, baribir, tovush bu fonemaning varianti hisoblanishi uchun mazkur mohiyat chegarasidan chiqmasligi lozim. Qalam va katta so‘zlarida 4 ta (a) tovushi mavjud bo‘lib, bularning barchasi yuqorida aytilgan «quyi keng», «lablanmaganlik» umumiy belgisiga ega. Shu boisdan ular [a] fonemasining varianti hisoblanadi. Biroq (a) tovushlari yumshoq-qattiqligi va til oldi-til orqaligi bilan farqlanadi. Qalam so‘zidagi [a] tovushlari til orqa va qattiq unlilar bo‘lsa, katta so‘zidagi [a] lar til oldi va yumshoq unlilardir. Bu belgilar [a] fonemasi zotiy mohiyatida mavjud bo‘lmay, balki [a] tovushlarining talaffuzi jarayonida boshqa (q va k) tovushlar ta’sirida yuzaga kelgan hodisalardir. Boshqacha aytganda, (a) tovushlari mohiyatiga daxldor bo‘lmagan, o‘zga, begona mohiyat zarra-larining (a) fonemasi ko‘rinishiga yopishgan tajallilardir. Bu tajallilar bir qarashda (a) tovushi mohiyatiga daxldordek tuyuladi. Shu boisdan darslik va qo‘llanmalarda (a) fonemasining zotiy belgilaridan biri sifatida mazkur xossa ham ajratiladi. Bir fonema ham tor, ham keng yoki
ham jarangli, ham jarangsiz bo‘la olmaganligi kabi (a) fonemasi ham til oldi, ham til orqa tovushi sifatida voqelana olmaydi. Demak, zot va tajalli hamda umumiylik va xususiyatlik metodologiyasi bilan qurollangan tadqiqotchi tovushlardagi mohiyatga daxldor va daxldor bo‘lmagan jihatlarni boshqalardan ko‘ra tezroq va aniqroq ilg‘aydi. Fonemaning zotiy mohiyati doirasidan chiqqan tovush uning varianti sanalmaydi. Masalan, (b) fonemasi jarangli undosh fonemadir. Talafuzda u jarangli bo‘lsagina (b) fonemasining varianti sanaladi. Kitob so‘zi kitop tarzida talaffuz etilsa, voqelangan (p) tovushi (b) fonemasining nutqiy varianti hisoblanmaydi. Chunki jarangsizlashuv hodisasidagi miqdor o‘zgarishi me’yor chizig‘idan o‘tib, sifat o‘zgarishi darajasigacha yetgan va (p) fonemasi mohiyati chegarasiga kirgan. Xuddi shunday (a) fonemasi voqelanishida ham «torlik» belgisining kenglik chegarasiga yetishi bilan variant [i] fonemasi mohiyati chegarasiga kirib ketadi. Tovush (variant)larning bir fonemaga birlashishi uchun ularning barchasida o‘zgarishsiz saqlanadigan muhim bir xossa e’tiborga olinishi lozim. Bu bir guruhga kiruvchi barcha variantlarning ushbu guruhga kirmaydigan boshqa variantlarga bir xil qarama-qarshi turishi (bunday belgi, odatda, fonologik farqlovchi belgi ham deyiladi) va bir xil ma’no farqlashidir. Boshqacha aytganda, tovush (variant)lar bir fonemaga birlashishi uchun ular funktsional umumiylikka ham ega bo‘lishi lozim. Ma’no farqlash xossasi ana shunday funktsional umumiylikdir. Fonema ma’no farqlash xossasiga ega. Lekin tovushlarning barchasi ham har doim ma’no farqlayvermaydi. Bir fonemaning nutqiy variantlari o‘rnini ikkinchi fonemaning nutqiy varianti egallasa, so‘z o‘zgarib ketadi: bosh-bot, bosh- besh kabi. Lekin bir fonemaning bir varianti o‘rni uning ikkinchi bir varianti bilan almashtirilsa, ma’no farqlash amalga oshmaydi. O‘t (o‘simlik) so‘zidagi (o‘) unlisini birov til oldi, boshqasi esa shevaning fonetik xususiyatlaridan
kelib chiqqan holda til orqa tovushi sifatida talaffuz etadi. Lekin ular bir fonema variantlari bo‘lganligi sababli o‘zaro ma’no farqlash qobiliyatiga ega emas. Demak, fonema deganda uning fizik-fiziologik xossalari majmuidan iborat ma’lumotnigina tushunmaslik kerak. Masalan, fizik-fiziologik umumiylik bo‘lgan (b) balki barcha tillarda bo‘lishi mumkin. Fonema esa har bir tilda o‘ziga xosdir. Chunki fonema o‘zining ijtimoiy xossasini ma’lum bir tildagina bajaradi. Buni shu bilan izohlash mumkinki, mavhum (lisoniy) [b]ning qarama-qarshiliklar tizimi ma’no farqlash vazifa faqat ma’lum bir til uchungina xosdir. Boshqacha aytganda, tovushlarning ularni bir guruhga kirituvchi funktsional xususiyatlari (akustik-fiziologik xossalari bilan birgalikda) faqat bir til doirasidagina amal qiladi. Fonema funktsional qo‘llanishlardan tashqarida amal qiladigan, muayyan tovushlar guruhidan umumlashtiriladigan mavhum tovush tipi emas. Fonema shunday tovushlar umumlashmasiki, ular muayyan funktsiya bajaradi. Biroq fonemani «sof funktsiya» bilan ham chegaralab qo‘ymaslik lozim. Chunki u eshitish organiga ta’sir qiladigan va funktsiya bajaradigan birlikdir. Ammo u har ikkala xossasini ham varianti-tovushlar orqali namoyon qiladi. Fonema va uning varianti bo‘lgan nutqiy tovush qanday munosabatda bo‘lsa, yozma nutqda fonemaning grafik ifodasi va yozma tovush shunday munosabatda bo‘ladi. Fonemani talaffuz qilib va eshitib bo‘lmaganligi kabi, fonemaning grafik ifodasi ham ongda shartli ravishda o‘rinlashgan. Talaffuz qilgan birligimiz fonema emas, balki tovush bo‘lganligi kabi, b deb qog‘ozga yozganimiz ham grafema (fonema ifodasi) emas, balki harf (tovush ifodasi)dir. Ongimizdagi b grafemasi barcha b harflari uchun invariant ekan, birorta harf ham
grafemaning barcha xossalarini birdaniga va umuman namoyon qila olmaydi. Har qanday harf individual, variant xossalarini o‘zida mujassamlashtiradi. Har qanday harf grafema varianti bo‘lganligi kabi, bir vaqtning o‘zida fonema variantining ifodasidir. Har qanday tovush fonema varianti, har qanday harf esa grafema variantidir. Fonemani tiklash lison nutq ya’ni xususiylik-umumiylik tarzida, uning voqelanishi esa lison-nutq, umumiylik-xususiylik yo‘nalishida kechadi. Demak, boshqa sath birliklarida bo‘lgani kabi, fonemaning voqelanishi va uning tiklanishi bir-biriga qarama-qarshi turadi. Bu holat garfema va harf dialektikasida ham aks etadi. Fonetik jarayonlar. Aytilganidek, fonema nutqda voqelanar ekan, uning variantlari nutqiy sharoit (yonma-yon kelgan tovushlar yoki qo‘shimchalar ta’siriga uchrashi) tufayli turlicha namoyon bo‘ladi. Natijada tovushlar so‘z mohiyatida bo‘lmagan xossalarga ega bo‘ladi. Ayrim tovushlar yondosh tovushlarga moslashadi, ayrimlarida o‘zgarishlar kuchayib, boshqa tovushlarga almashib ketadi. Nutqda sodir bo‘ladigan o‘zgarishlar tovushlarning kombinator-pozitsion o‘zgarishlari deyiladi. Singarmonizm. Unli va undoshlarning o‘zgarishi farqlanadi. Unlilarning nutq jarayonida o‘zgarishi singarmonizm deyiladi. Singarmonizm unlilarning moslashishi, uyg‘unligi bo‘lib, u turkiy tillarga xosdir. Singarmonizmning ikki asosiy ko‘rinishi mavjud: a) til garmoniyasi; b) lab garmoniyasi. Til garmoniyasida unli tovushlar yumshoqlik yoki qattiqlik, til oldilik yoki til orqalik jihatdan bir-biriga moslashadi. Singarmonizmning til garmoniyasi qonuniyatiga ko‘ra so‘zning boshida til oldi unlisi kelsa, so‘z o‘rtasi va oxirida ham til oldi unlisi keladi. Boshqacha aytganda, so‘zning boshida undoshlarning artikulyatsion o‘rniga bog‘liq ravishda unli tovushda