Hududiy dialekt va sotsial dialekt
Hududiy dialekt va sotsial dialekt Reja: 1.Nutqning mаntiqiv xoslanishi. 2. Dialekt 3. Hududiy dialekt 4. Sotsiolekt (argo, jargon, sleng)
Til va jamiyat o`rtasidagi uzviy bog`liqlik muammolarini o`rganish borasida sotsiolingvistik tahlillar uzoq yillardan buyon o`tkazib kelinayotgan bo`lsa-da, faqatgina XX asrning 20-yillaridan Yevropa va rus tilshunoslari tomonidan bu muammoga qiziqish jiddiy tus ola boshladi. Ayniqsa sotsiumning nutqini ijtimoiy lingvistika nuqtai nazaridan tasnif qilish, shahar va qishloq aholisi nutqining farqli parametrlari, hunarmandlar, ishchilar, jinoiy guruhlar nutqining o`ziga xos xususiyatlari bo`yicha qator ishlar yuzaga kela boshladi. Yirik sotsiolingvistlar jamiyat va til o`rtasidagi mutanosiblik, so`zlovchi va til orasidagi bog`liqliik muammolari ustida jiddiy izlanishlar olib bordilar. Ular tilning ichki struktural qonuniyatlaridan tashqari, so`zlovchining ana shu tildan qay tarzda foydalanishiga, tilning hududiy xoslanishi bilan birga sotsial jihatdan ham farqlanishga ega ekanligini e`tirof eta boshladilar. Dialekt . T arixan dialektlar kishilarning bir-biridan uzoqda bo lishi, bir- birlari bilan muloqot qilishga halaqit qiladigan turli masofalarda joylashishi natijasida shakllangan. Tabiiyki, bir-biridan uzoqda, shuningdek, iqlimi har xil bo lgan hududlarda yashaydigan kishilarning turli ehtiyojlari va tevarak-atrofdagi endemik (turfa) hodisalar nomlashni talab qiladi. Norasmiy nutq modeli hisoblangan dialektlar hududiy va ijtimoiy turlarga bo linadi. Hududiy dialektlar ma lum hududning o ziga xos hududiy belgilari, binobarin, o ziga xos lug at , grammatik yoki fonetik xususiyatlariga ega bo lgan so zlashuv tilidir. Chunonchi, mashhur tilshunos olim V.M.Jirmunskiy jamiyatdagi mavjud tilning hududiy dialektlarga bo`linishidan tashqari o`z navbatida, sotsial dialektlarga ham bo linishini ta`kidlab, shunday yozadi: Har qanday tilda hududiy dialektologiya mavjud ekan, unda sotsial dialektologiya ham bo`lishi kerak (B опросы социальной лингвистики . Л . 1969. стр . 23). Ba`zi bir olimlar mahalliy dehqonlar nutqini “shartli til” deb ataydilar. U tilning mavjud shaklidan (shu qatorda adabiy tilning kitobiy shakli ham) tortib to tilning ma`lum ijtimoiy
xoslanishiga ega bo`lgan konspirativ argo (shartli til) va mexanik shifrofkaga ega yosh bolalar tiligacha o`z ichiga oladi. Umumlashtirib aytganda, tilning barcha ijtimoiy asos bilan chegaralangan xosila ko`rinishglarini sotsial dialekt tarkibiga kiritish mumkin. Ijtimoiy dialektga sotsiolekt deyiladi ( bu haqda quyiroqda batafsil to xlamiz). Angliyada ijtimoiy dialekt muhim bo lib, u hududiy dialektdan ustuvorligi bilan ajralib turadi. AQShda esa aksincha, hududiy dialekt ijtimoiy dialektga nisbatan salmoqli o ringa ega. Agar hududiy dialektlar bir turda so`zlashuvchi xalqning geografik jihatdan ajralib qolishidan yuzaga kelsa, sotsial dialektlar bir tilda so`zlashuvchilarniung jamiyatdagi ijtimoiy tabaqa va soha, mutaxassislik, yosh, jins jihatdan ajralib qolishdan paydo bo`ladi. Boduen de Kurtene ta`kidlaganidek, so`zlashuvchining geografik va sotsial jihatdan farqlanishi tilning gorizontal va vertikal bo`linishini hosil qiladi. (Бодуэн дэ Куртене И.А. Языкознание. Избранные труды по общему языкознанию. Б. II .М. 1963. с. 91). Boshqacha aytganda , hududiy jihatdan har xillik tilning gorizontal bo ` linishini ijtimoiy jihatdan har xillik esa tilning vertikal bo ` linishini ko ` rsatadi . Shunday ekan , sotsial dialektni belgilashda so ` zlashuvchi sotsiumning muayyan ijtimoiy yoki kasbiy guruh tarkibiga kirishi , bir korporatsiya a ` zolari sifatida birlashishi , ijtimoiy tabaqasi , yoshi , jinsi , estetik , ma ` daniy ko ` rinishi e ` tiborga olinishi lozim . Ayrim olimlar sotsial dialektning ma ` lum jamoa yoki ijtimoiy guruh a ` zolari tomonidan foydalanuvchi tilning variantlari sifatida baholaydilar . Bu miuammoga sotsiolingvist V.D.Bondaletov asosli dalillar bilan aniqlik kiritadi. U sotsial dialekt kategoriyasiga kiruvchi tilning barcha ko`rinishlari aniq ijtimoiy asoslangan chegaraga egaligi va muloqot vositasi sifatida alohida ijtimoiy tabaqa, kasb-hunar va yosh jihatdan birlashuvchi jamoalar tomonidan amalga oshishini ta`kidlab quyidagi guruhlarga ajratadi.
Kasbning xususiy tili. (Aniqrog`i, kasbning leksik tizimi, masalan, ovchilar, kulollar, duradgorlar, kunchi-kosiblar, cho`ponlar, savdogarlar, shuningdek, boshqa hunar va mashg`ulotlar). Guruhlar yoki korparativ (ma`lum doiraga ega) guruhlar tili (Masalan, talabalar, sportchilar, soldatlar kabi yoshga oid jamoalardagi jargonlar). Hunarmandlar, savdogarlar va shunga yaqin ijtimoiy guruhlarning shakliy tillari (Argo). Ijtimoiy hayotdan tamoman uzilgan, sinfsizlashgan tuban kishilar jargoni (Argo). Tilshunoslikda muayyan ijtimoiy guruh kishilari foydalanadigan tilga dialekt deb ta`rif beriladi, zero, har qanday ijtimoiy soha (kasb) sotsial xoslanishga ega ekan, ana shu ijtimoiy soha kishilarining nutqi ham, albatta, sotsial xoslanishga ega bo`ladi. Muammoga ana shu nuqtai nazar bilan qaraganda ma`lum ijtimoiy soha kishilari foydalanadigan tilni to`laqonli ravishda sotsial dialekt deb atash mumkin. O`zbeklar tabiatan mehmondo`st, ochiqko`ngil bo`lganliklari uchun bo`lsa kerak, ko`pincha notanish kishilarga ham qarindosh urug` nomlarini aytib murojaat etadilar, ya`ni, tog`a , amaki , bobo , xola kabilar. Umuman, murojaat etiketning eng muhim ko`rinishlaridan biri bo`lib, u turli dialektlarda o`ziga xos ko`rinishlarga egadir. Buni bilmaslik esa kommunikantlar o`rtasida turli tushunmovchiliklar va noroziliklarga sabab bo`lishi mumkin. Tilshunos olim E.Begmatovning Nomlar va odamlar kitobida ta`kidlanishicha, qadimdan turkiy xalqlarga kishining ismiga hurmat bilan munosabatda bo`lish mazkur shaxsning o`ziga nisbatan hurmat va ehtirom belgisi sifatida qabul qilingan. Bunday hurmat izhor etishning asosiy yo`li esa kishi ismini aytib chaqirmaslikdir. Shunga ko`ra turkiy xalqlarning ko`pchiligida yoshlar o`zidan kattalarning, xotin esa erning, shuningdek, er xotinning ismini atashi mumkin emasligi xususidagi rasm-rusumlar shakillangan. Bunday intizomga ayniqsa ayollar odob
yuzasidan qattiq rioya qilganlar. O`tmishda shakllangan va hozir ham qaysidir regionlarda amalda bo`lgan bunday rasm-rusumlarni bilmaslik yoki amal qilmaslik esa yuqoridagi singari noqulayliklarga sabab bo ladi. Nutqda murojaat shakllarining bir ko`rinishi - sen va siz so`zlarining qo`llanishida ham hududiy farqlanishlar kuzatiladi va buni tilshunos bobokalonimiz M.Koshg`ariy ham o`z vaqtida qayd etib o`tgan edi. Sen turklar bu so`zni kichiklarga, xizmatchilarga hamda so`zlovchidan daraja, martaba, yoshda quyi bo`lgan kishilarga nisbatan aytadilar. O`zlaridan yuqori hurmatli kishilarga siz deydilar, o`g`izlarda aksincha qo`llaydilar, ya`ni kattalarga san , kichiklarga siz deb qo`llaydilar (DLT.I.326-bet). Nutq, muloqot muomala odamlar orasida sodir bo`ladi, ularning tili, she`vasi, urf-odat, rasm-rusumlari bilan bog`liq bo`ladi. Shuning uchun nutqda muomala xulqida har bir mintaqaning o`z shevasi, etnografik xususiyatlari o`z aksini topadi. Men tirjayib, cho`nqaydim. Shunda rais meni chaqirib qoshini chimirdi. Men garangsib turib salom berdim. - Berman ke, ulim, berman ke! - dedi otam. Bunday vaqtda borishim kerak. Enam ham yelkamga qoqdi. Otam yoniga o`tqazib: - Sher ulim! - dedi. uxladingmi?... Endi go`shtdan yeysiz-u kirib uxlaysiz. Xavotir olma bolam! Mard odamning sadag asi ketsang arziydi. (Shukur Xolmirzaev) - Opajon, Oh beying - Yo`q, dedi ayasi. - Dado-o-o-ov Indamay yotaverdim. Yelkamga turtdi. - Dadajo-o-o-on, oh ! (O`. Hoshimov)