logo

Ibn Xaldunning tarix falsafasi

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

31.9677734375 KB
          Ibn Xaldunning tarix falsafasi   
                                        Reja;
1)  Ibn Xoldunning falsafiy qarashlari
2) Ibn Xaldunning tarixnavislikka qushgan xissasi Sharq   tarix   falsafasini   jiddiy   ravishda   rivojlantirgan,   uni   o’zining   ilmiy
qarashlari   bilan   birmuncha   boyitgan,   tarixga   falsafiy   yondashish   usullarini   ishlab
chiqqan yirik olimlardan biri Abdurahmon Muhammad Ibn Xaldundir. 
Ibn   Xaldun   o’z   davrining   etuk   mutafakkiri,   faylasufi   va   tarixchisi   sifatida
o’zini   namoyon   etgan   va   «Valiuddin»   unvonini   olgan   etuk   shaxs   edi.   U   yirik
siyosiy arbob sifatida ham jamiyatni boshqarish, kishilik jamiyati ijtimoiymadaniy
taraqqiyotiga munosib hissa qo’shish borasida etarli tajribaga ega bo’lgan va ayni
paytda diniy hamda dunyoviy bilimlarni chuqur egallagan allomadir. 
Ibn   Xaldun   insoniyat   tarixi,   uning   shakllanyshi,   rivojlanish   omillari   va
bosqichlari,   inson   va   jamiyat,   inson   va   tabiat   o’rtasidagi   munosabatlarni   tadqiq
etish   borasida   o’zining   noyob   qobiliyatini   namoyon   etgan   va   bu   borada   qator
ilmiy-nazariy yutuqlarni qo’lga kiritgan olimdir. 
Ibn   Xaldun   falsafasi   tarix   va   sotsiologiya,   insonshunoslik,   falsafa   hamda
mantiq bilan qorishib ketgan. Shu bilan birga diniy tafakkurning dunyoviy tafakkur
bilan uyg’unlashgan shakli sifatvda dunyoga kelib, Sharqu G’arb tafakkur olamvda
o’ziga xos maktab yaratdi. Uning eng mashhur asarlaridan biri «Muqaddima» deb
ataladi   va   bu   asari   bilan   u   tarixni   anglash,   tarixni   tushunish,   insoniyat   tarixiy
tajribalarini diniy va dunyoviy tafakkur orqali talqin etishning o’ziga xos uslubini
yaratdi.  U   tarix   haqida  gapirar   ekan,   «Fanning   ikki   jihati   bor.  Birinchisi   qadimgi
mamlakatlar   va   davlatlar   haqida   hikoya   etuvchi   tashqi   tomoni   bo’lsa,   ikkinchisi
tadqiqotlarning   birining   tarixi   va   yangi   fikrlarni   kashf   etish   bo’lgan   ichki
tomonidir.   Tarix   Olam   asoslari   sababiyatini   aniq   izlaydigan   fan.   Bu   voqealar   va
ularning sabablari haqvdagi chuqur ilm», deydi. 
Ibn Xaldun ana shu tarzda tarixiy tadqiqotning umumiy va ichki jihatlariga
aloxida   e’tibor   beradi.   Ilmiy   tahlilning   tashqi   tomoniga   turli   mamlakatlar,
davlatlar, xalqlar, ularning boshidan kechirganlari, xullas, tarixiy voqeliklar kirsa,
ichki   tomoni   bevosita   ana   shu   voqeliklarni   tafakkur   elagidan   o’tkazib,   uning
atrofida   falsafiy   fikr   yuritib,   sotsiologik   tadqiqotlar   o’tkazib,   mantiqiy   xulosalar
chiqarishdir. Ana shu jihatdan ham u tarixning ildizini falsafada ko’radi. Munosib falsafiy fikrlar, umumlashmalar, xulosalar chiqarishga chaqiradi va natijada tarixni
falsafiy fanlar qatoriga qo’shadi. 
Ibn   Xaldun   o’z   davrining   nodir   tarixshunosi   sifatida   tarixnavislikdagi
mavjud   an’anaviy   usullardagi   kamchiliklar,   nuqsonlar,   jumladan,   o’tmishni
soxtalashtirish,   chalkashtirish,   voqeliklarni   o’z   manfaatlariga   moslashtirib   bayon
etish   kabi   illatlarni   keskin   qoralaydi.   Har   bir   millat   va   qavmning   kelib   chiqishi,
ularning   taraqqiy   topish   yo’llari,   tarixiy   rivojlanish   manbalarini   chuqur   o’rganish
millatning uygonishiga, o’z qadru qimmatini bilishiga va istiqbol rejalarini aniqroq
tuzishiga yordam berishini aloxida ta’kidlaydi. 
Tarixda  adolat  ustuvorligi,  tarix  haqiqati   hamisha  bosh   mezon  bo’lishi,  har
qanday   voqea   va   hodisa   taxlili   to’g’ridan-to’g’ri   munosabatni,   odillik   bilan
yondashishni   taqozo   etishini   muhim   fazilat   deb   biladi.   Tarix   haqida   asar   yozar
ekan,   u   o’zini   tarixshunoslikka   bo’lgan   munosabatini   va   yondashish   usulini
quyidagicha   bayon   etadi:   «Bu   kitobni   tuzish   va   boblarga   bo’lishda   men   hali
ma’lum   bo’lmagan   yo’ldan   bordim,   ajoyib   yangi   usul   yaratdim,   o’quvchi   bo’lib
o’tgan   voqealarning   sababini   o’rganishdan   foyda   olsin   uchun   tarixiy-ijtimoiy
voqealar va insoniyat jamiyati taraqqiyoti qonuniyatini sharhlab berdim», deydi. 
Ibn Xaldunning ana shu «yangi usul»i tarixdagi bayonchilik, oshiribtoshirib
yozishlar,   safsatabozlik,   xush   ko’rmagan   voqealarni   keskin   tanqid   qilish   kabi
illatlarga   nuqta   qo’ydi.   Tarixshunoslikning   fan   maqomini   egallashiga   doir   o’ziga
xos ilmiy-nazariy me’yorlarni yaratdi. Buni quyidagilarda ko’rishimiz mumkin: 
Birinchidan,   har   qanday   voqea   va   hodisalarning   sababini   o’rganish,   uning
mohiyatini   ochish  tarixiy  voqelik  mazmunini   bilib  olishga   zamin  yaratadi.  Uning
atrofida fikr yuritib, aqlni ishlatish, fikrlash, tafakkur qilish imkonini beradi. 
Ikkinchidan,   Ibn   Xaldun   har   qanday   tarixiy   voqelikka   ijtimoiy   tus   beradi,
ijtimoiy   mohiyat   qatlarini   ochish   orqali   o’sha   davr   mohiyatiga,   ijtimoiy-siyosiy
muhitga, turmush tarziga baho beradi. 
Uchinchidan, «kishilik jamiyati taraqqiyoti qonuniyatlarini sharxlab berish»
orqali   davlat   va  jamiyat   qurilishiga   tegishli   bo’lgan   fanlar   –   huquqshunoslik,   fal-
safa, sotsiologiya, siyosatshunoslik, mantiq singari fanlarning rivojlanishiga turtki berdi. Ana shu sharhlash orqali Ibn Xaldun aqliy takomil, fikriy rivojlanish yo’lini
ochdi.   Qachonki   o’quvchi   uning   kitoblarini   ko’zdan   kechirar   ekan,   tarixiy
voqeliklarni  o’rganish bilan birga voqealar atrofida fikrlaydigan, unga munosabat
bildiradigan, baholaydigan bo’lib qoladi. Bu esa ayni tarix falsafasining o’ziga xos
ko’rinishi edi. 
Ibn   Xaddun   tarixnavislikda   mavjud   bo’lgan   xilma-xil   rivoyatlardan,   turli
hikoyatlardan   va   afsonalardan   foydalanishga   chek   qo’yib,   real   hayot   va   real
jarayon   tahliliga   ko’proq   e’tibor   berish   tamoyilini   ilgari   surdi   va   shu   tarzda
tarixnavislikning butunlay yangi yo’nalishini rivojlantirishga muhim hissa qo’shdi.
Uning xulosalariga ko’ra tarix «...o’rganilish ob’ekti insoniyat jamiyati va odamlar
jamoasi   bo’lgan   mustaqil   fandir,   uning   faoliyat   maydoni   birin-ketin   almashib
keladigan voqealar sababi va vaziyatlar xususiyatlarini tushuntirishdir». 
Ana   shu   tarzda   Sharq   tarix   falsafasi   shakllana   bordi.   Demak,   tarixning
tadqiqot   ob’ekti   bevosita   kishilik   jamiyati   xisoblanadigan   bo’ddi.   Jamiyatdagi
mavjud   ijtimoiy-siyosiy   jarayonlar,   voqeliklar,   hukmron   siyosat   va   boshqaruv
usulining   tahlili   orqali   ma’lum   voqelik   asoslari   o’rganildi.   Tadqiqotning   bunday
shakli tarix fani predmetiga aylantirildi. Natijada Ibn Xaldunning tadqiqot usuli va
tarixnavislik   uslubi   ana   shu   tarzda   ijtimoiy   fanlar   taraqqiyotini   belgilaydigan
muhim hodisaga aylandi. 
Ibn   Xaldun   ilmiy   faoliyatining   va   tarix   falsafasining   axamiyati   shugina
emas.   U   inson   va   jamiyat,   odam   va   olam,   kishilik   jamiyati   tuzilishi,   vujudga
kelishi,   shakllanishi   va   tanazzullari   borasida   o’ziga   xos   fikr   yuritgan,   o’ziga   xos
talqin etgan va o’ziga xos falsafiy mushohada yuritgan yirik shaxsdir. Ibn Xaldun
yashagan   davr   hamda   o’sha   paytdagi   mavjud   musulmon   madaniyati   va   falsafasi
namoyandalari uning falsafasini rivojlantirishdi va davom ettirishdi. 
Yana   bir   narsani   alohida   ta’kidlash   kerakki,   bugun   tarix   falsafasi,
sotsiologiya,   ijtimoiy   falsafa   borasida   ilmiy   maktab   yaratgan   G’arb   olimlari   o’z
davriga   xos   tsivilizatsiya   nuqtai   nazaridan   yondashib,   Sharq   falsafasidan   unumli
foydalanishdi.   Jumladan,   Forobiy,   Beruniy,   Ar-Roziy,   Abulhasan   Movardiy,
Nizomulmuluk,   G’azzoliy,   Ibn   Bojja,   Ibn   Xaldun,   Ibn   Rushd   va   boshqalarning ilmiy merosini, falsafiy qarashlarini musulmon dunyosi  xalqlariga nisbatan ancha
chuqur   o’rganishdi.   Mahorat   bilan   o’zlashtirishdi   va   ularni   yangi   davr
tsivilizatsiyasi   nuqtai   nazaridan   tartibga   solishdi,   yaxlit   tizimini   ishlab   chiqib,
yangicha ilmiy-nazariy uslub bilan ifodalab berishdi. 
Ibn   Xaldunning   kishilik   jamiyati   qonuniyatlarini   tadqiqotishga   haratilgan
asarlari,   xususan   «Muqaddima»si   shundan   dalolat   beradiki,   uni   «Islom   fikriy
doiralarida,   istibdod   va   despotizm   tuzumining   jamiyatshunosi   deb   atashimiz
mumkin.   ...Darhaqiqat,   diqqat   qilsa,   fikr   biddirsa   arziydigan   yangi   tasavvur   va
talqinlarni taqdim etadi», deydi Sayyid Muhammad Xotamiy. 
Ibn   Xaldun   jahon   tarixini   o’rganar   ekan,   madaniyatlar,   tsivilizatsiyalarning
yuzaga   kelishi,   madaniyatlararo   integratsiya   va   jahon   hamjamiyatining   umumiy
taraqqiyoti   qonuniyatlarini   o’ziga   xos   tarzda   tadqiq   etadi.   Turli   madaniyatlarning
vujudga   kelishi,   ko’chmanchi   xalqlarni,   kichik   etnoslar   va   millatlarni   bir-biriga
qo’shib   yuborish   natijasida   kelib   chiqadigan   integratsiyalashuvning   salbiy
oqibatlarini   aniq   ko’rsatadi   va   har   qanday   kichik   madaniyatlar   «madaniy
integratsiya»   oqibatida   katta   xalqlarga   madaniy   tobelik   orqali   yo’q   bo’lib   ketishi
mumkinligi   kabi   og’riqli   g’oyalarni   ilgari   suradi.   Asrlar   o’tib   V.   Shmit,   O.
Mengen,   V.   Koppers,   A.   Toynbi   kabi   Yevropa   falsafasi   namoyandalari   ayni   ana
shu   g’oyani   ilgari   surdilar   va   Ibn   Xaldun   nazariyasi   tarixiy   haqiqat   ekanligini
ko’rsatdilar. 
Ibn Xaldun tarix falsafasining biz sharqliklar uchun yoqimli bo’lgan va ayni
paytda   katta   ruh,   rag’bat,   kelajakka   ishonch,   buyuk   istiqbolga   imon   keltirishga
da’vat etadigan yana bir g’oyasi borki, nazarimizda buni aloxida ta’kidlash zarur: u
bir joyda «dunyoda ikki millat hokim bo’lishga yaratilgandir: biri arablar, boshqasi
turklar»   desa,   boshqa   bir   joyda   «Temur   davri   bashariyat   tarixi   inkishofining   eng
yuksak   nuqtasidir.   Dunyo   yaratilganidan   beri   bunday   bir   davlat   qurilmagandir.
Bobil   va   Eron   hukmdorlari   va   Iskandar   bu   buyuk   turk   hukmdoriga   nisbatan
ko’laga bo’lib qoladi. Zero, davlat asabiya ruxi ustiga quriladi va uning ahamiyati
ham   shu   milliy   asabiyatning   qudrati   darajasida   bo’ladi.   Asabiya   xususida   esa dunyoda   hech   bir   millat   turklarga   teng   kelolmaydi»,   deydi.   To’g’on   va   Sharq
tarix falsafasi  
Sharqda   tarixni   o’rganishning   asosan   ikki   yo’nalishi   mavjud.   Bu   bevosita
tabiat,   tabiiy   hodisalar,   olamning   yaralishi   bilan   bog’liq   bo’lgan   yo’nalishlar,
ikkinchisi   esa   insonning   dunyoga   kelishi,   insoniyat   tarixi   bilan   bog’liq   bo’lgan
kishilik hayotining vujudga kelishi, insoniyat tarixiy-tadrijiy rivojining bosqichlari,
mohiyati,   mazmunini   qamrab   olgan   tarixiy-falsafiy,   ma’naviy-axloqiy   hamda
bularning barchasini o’ziga mujassam etgan mantiqiy taxlil va tadqiq tashkil etadi. 
Har   bir   tarixchi   o’z   davri   ijtimoiy   tuzumi,   uning   mazmuni   va   qadriyatlari
nuqtai   nazaridan   o’tmishga   yondashadi   va   ana   shu   qarashlar   hamda   ehtiyojlar
asosi-da   tarixiy   taraqqiyotga   baho   beradi.   Biroq   tarixiy   jarayonlarga,   ma’lum
voqea-hodisalarga   ichki   va   tashqi   ta’sir   –   jamiyat   ma’naviy,   ijtimoiy,   iqtisodiy
asoslari   va   tabiiy   hodisalar   mohiyati,   ular   ta’sirida   kelib   chiqqan   real   voqelik
o’zaro   bog’liqlikka   tadqiq   etilmog’i   lozim.   Chunki   uning   zamirida   tabiiy   va
ijtimoiy-tarixiy   taraqqiyotning   butun   mohiyati   har   ikki   yo’nalishda   namoyon
bo’ladi.   Shuning   uchun   ham   atoqli   tarixshunos   Ahmad   Zaki   Validiy   o’zining
«Tarixda  usul»  nomli   kitobida «o’z hayotimizni   tadqiq etar   ekanmiz,  ko’ramizki,
bizning   butun   borlig’imiz   asosan   ikki   narsaga   bog’liqdir.   Bir   tomondan
ehtiyojlarimizga   muvofiq   keluvchi   yoki   ularga   ters   keluvchi   tashqi   ahvol,   shart-
sharoitlar, boshqa tomondan esa shaxsiy xohish-istaklarimiz mavjud. Jamiyat ham
xuddi   shunday   mavjuddir.   Umumiy   shart-sharoit,   masalan,   zilzilalar,   osmondan
yog’iladigan   har   xil   ofatlar,   urushlar   va   vabolar,   iqlimning   o’zgarib   ketishi   kabi
tabiiy   hodisalar   bilan   birga   alohida   individual   guruhiy   istak   insoniyatning   ichki
ta’sir   quvvatlari   insonlar   borlig’ida   qatiy   ta’sir   ko’rsatuvchi   omillar   vazifasini
o’taydi», deb yozadi. 
Insoniyat   taraqqiyotida   va   kishilik   jamiyati   rivojlanishida   tashqi   ta’sir   –
tabiiy ofatlar, turli   yuqumli  kasalliklar,  urushlar  va  ommaviy qirg’inlar  qanchalik
kuchli   ta’sir   etsa,   ichki   mohiyati   bilan   ma’lum   bir   ijtimoiy   guruh,   siyosiy
manfaatlar   o’rtasidagi   ziddiyatlar   ham   katta   ahamiyat   kasb   etadi.   Bular   esa
bevosita tarixda insonning o’rni, roli, maqsad va intilishlari, orzu va umidlarining ifodasi   sifatida  o’zini   namoyon  etadi.  Ba’zi  holatlarda  ayrim   shaxslar  favqulodda
voqelik   mohiyatiga   ega   bo’ladilar.   Natijada   ular   daholar,   ulug’   sarkardalar,
payg’ambarlar   timsolida   mavjud   ijtimoiy   tuzumni   keskin   o’zgartirib   yuboradilar.
O’ziga   xos   ijtimoiy-iqtisodiy,   siyosiy-huquqiy,   ma’naviy-axloqiy   va   mafkuraviy
me’yorlarni o’rnatishadi. Ana shu tarzda «Tarix insoniyatning go’yoki bir tarjimai
holi va ruxiyati»ning ifodasi sifatida dunyoga keladi. 
Axmad   Zaki   Validiy   To’g’on   insoniyat   tarixini   o’rganish   va   tarix
falsafasining   nazariy-metodologik   jihatlarini   ishlab   chiqar   ekan,   quyidagi
tamoyillarni ilgari suradi: 
—tarixning teokratik va dualistik talqini; 
—tarixni materialistik tushunish; 
—tarixning pozitivistik talqini; 
—tarixni idealistik tushunish; 
—tarixni ekspressionistik talqini; 
—tarixning gumanistik talqini va hokazolar. 
  Shuni   alohida   ta’kidlash   kerakki,   Sharq   tarix   falsafasi
metodologiyasining   o’ziga   xos   jihatlari   mavjud.   Bu   bevosita   tarixiy   haqiqat,   real
voqelik bilan  birga  mavjud bo’lgan  afsonalar,  rivoyatlarning  uyg’unlashib  ketishi
kabi   holatlardan   o’tmishni   tarixiy,   falsafiy,   mantiqiy   tushunishning   ilk   va   noyob
tajribasi   sifatida   dunyoga   kelgan   qarashlardir.   Bu   davrda   tarix   juda   katta   shavqu
shuur,   quvvai   hofizani   talab   etadigan   yuksak   badiiy   tasvirlar,   obrazlar,
o’xshatishlar   bilan   ifoda   etilgan   jozibador   va   hayajonli   tarixiy-badiiy   uslubni
tashkil   etadi.   Ba’zi   bir   tarixiy   asarlarda   tarixiy   shaxslar,   payg’ambarlar,
sarkardalar,   sipohdorlar,   podshohlar   fe’l-atvori,   xarakter   belgilari,   jang   holatlari
tasvir-lari   yuksak   badiiy   mahorat   bilan   bayon   etiladi   (Masalan,   Firdavsiyning
«Shohnoma»,   Navoiyning   «Tarixi   anbiyo   va   hukamo»,   «Tarixi   mulki   Ajam»,
Boburning «Boburnoma»; 
Ulug’bekning   «To’rt   ulus   tarixi»   asarlari,   turli   sayohatnomalar   va
boshqalar).   Ayni   ana   shu   san’atning   o’zida   etnografiya,   antropologiya,
sotsiologiya, falsafa, mantiq, siyosatshunoslik va boshqa fanlar yo’nalishlariga xos bo’lgan   qarashlar   ham   uyg’un   holda   o’z   aksini   topganki,   bu   tarixni   o’rganishda,
voqealar   moxiyatini   anglashda   beqiyos   shavqu   zavq,   ajdodlar   hayotiga   katta
qiziqish va hayajon bilan qarash, ular turmush tarzi, dunyoqarashi va an’analariga
katga ehtiyoj sezishga olib kelgan. 
Ahmad   Zaki   Validiy   To’g’on   Sharq   tarix   falsafasining   dunyoga   kelishi,
uning   rivojlanish   omillari   va   tadrijiy   taraqqiyoti   xususida   fikr   yuritar   ekan,   ulug’
islomshunos mutafakkirlardan biri Ibn Miskavayxning ilmiy qarashlariga mufassal
to’xtaydi  va uning «Davlat  idorasi, davrning ruhiyati, millatlarning uyg’onishi  va
inqirozlarning  sabablari   kabi   masalalarni   ichki   bir   aloqadorlik   bilan   tushuntirgan,
o’rni   kelganda   ularni   oydinlashtirishga   jur’at   qilgan»   buyuk   muarrix   sifatida
baholaydi.   Demak,   Sharq   tarixshunosligi   va   tarix   falsafasida   davlat,   jamiyat,
boshqaruv   va   inson   tushunchalari   atrofidagi   mulohazalar,   mushohada   va   ilmiy
muhokamalar   ancha   ilgari   vujudga   kelgan   va   G’arb   tarixiy   tafakkurining
shakllanishida,   tarix   falsafasi   predmeti   hamda   metodologiyasining   yangi
tsivilizatsiyaviy davr talablari darajasiga ko’tarilishida muxim manba bo’lib xizmat
qilgan. 
Ahmad   Zaki   Validiy   To’g’on   islom   olami   tarixshunosligi   va   tarix   falsafasi
predmeti, uning metodologiyasi, o’rganish usullari va uslublari, tadqiqot ob’ekti va
sub’ekti   xususida   fikr   yuritar   ekan,   qator   Sharq  allomalari   ilmiy   merosini   chuqur
o’rganganini ko’rsatadi. 
Ahmad   Zaki   Validiy   To’g’onning   tarix   falsafasini   yaratishdagi   ilmiy
qadriyati   shundaki,   u   Turkiston   tarixiga   doir   turli   qarama-qarshi,   ziddiyatli
g’oyalarga   aniqlik   kiritdi.   Zotan,   Turkistonning   boy   madaniyati   va   ulkan
tsivilizatsiyaviy   taraqqiyotiga   turli   manfaatlar   orqali   qarash,   boshqacha   qilib
aytganda, uni talon-toroj qilish, har kim o’zining mulkiga aylantirish tendentsiyasi
hukumronlik   qilar   edi.  Jumladan,   kimlardir   yevropaparastlik,   g’arbparastlik,   yana
kimlardir   slavyanparastlik,   boshqa   birovlar   esa   eronparastlik   manfaatlari   nuqtai
nazaridan yondashib, qadimiy Turkiston madaniyatiga egalik qilish da’volari bilan
yashardilar.   Vaholanki,   Turkiston   azal-abaddan   yaxlit   makon   hisoblangan.
Turkiston   xalqlari   tarixi   insoniyat   tarixi   bilan   tengdosh,   jahon   tarixining   ibtidosi bilan   hamohang   ravishda   rivojlangan   va   umuman   insoniyat   hayotiga   madaniyat
olib kirgan buyuk tarix va mo’’jizaviy qadriyatdir. 
Turkiston   xalqi   o’z   hududi   doirasida   insonning   ilk   paydo   bo’lishi,
jamoachilikning   boshlanishi,   ma’lum   jamiyat   qiyofasiga   ega   bo’lgan   ijtimoiy
hayot tarzidan boshlab bugungi tsivilizatsiyaviy darajagacha bo’lgan noyob, o’ziga
xos, jozibador va ayni paytda nihoyatda iztirobli, ziddiyatli, keskin vayrongarliklar
va buyuk kashfiyotlar, sevinchu iztiroblarni o’zida mujassam etgan yaxlit tarihdir.
Ahmad   Zaki   Validiy   To’g’on   Turkiston   tarixiga   ana   shunday   yondashadi   va   uni
butun buyukligiyu fojialari bilan yaxlit holda tadqiq etadi. 
Ahmad Zaki Validiy To’g’on tarix fani taraqqiyotini tor doirada tushunmadi.
U   tarix   mantig’ini   izlashda   manbashunoslik,   tarixiy   tilshunoslik,   arxeologiya,
etnografiya,   poleontologiya,   epigrafiya,   numizmatika,   sotsiologiya,   falsafa   va
mantiq   fanlarining   umumiy   talablari   va   metodologik   asoslari   orqali   o’rgandi.
Tarixni anglash va tushunishda bu juda ulkan va o’ziga xos, ilmiynazariy jihatdan
progressiv hodisa edi. 
  Adabiyotlar: 
1. Каримов И. А. Тарихий хотирасиз келажак йўқ. – Т.: Шарқ, 1998. 
2. Жўраев   Н.   Тарих   фалсафасининг   назарий   асослари.   –   Т.:
Маънавият, 
2008.  
3. Жўраев Н. Ибн Халдуннинг тарих фалсафаси. Мулоқот журнали.
2006, 3-4-сонлар. 
4. Беруний. Танланган асарлар. – Т., Фан, 1968. 
5. Комилов   Н.,   Ёқубов   А.   Марказий   Осиё   халқлари   тафаккури
ривожида тасаввуфнинг ўрни. – Т., Академия, 2005. 
6. Убайдуллаев   Р.   Бекмуродов   М.,   “Асрлар   қаридан   келаётган
садо”.   АлМотуридий   таълимоти   ва   унинг   X-XII   асрларда   Мовароуннаҳр
маданиятида тутган ўрни. Маърузалар тўплами. – Т.: ЎзФА, 1999. 
7. Хайрулаев   М.   Шарқнинг   машҳур   мутафаккири.   Абу   Наср
Форобий.   “Фозил   одамлар   шаҳри”.   –   Т.:   А.   Қодирий   номидаги   халқ   мероси
нашриёти. 
1993. 
8. Қуръони   карим.   –   Т.:   Тошкент   Ислом   университети   нашриёти,
2001. 
9. Хотамий С.М. Ислом тафаккури тарихидан. – Т.: Минхож, 2003. 
10. Фалсафа.   Энциклопедик   луғат.   ЎзР   ФА,   И.Мўминов   номидаги
фалсафа ва ҳуқуқ ин-ти. – Т.:  “Ўзбекистон  миллий энциклопедияси” Давлат
илмий нашриёти, 2010. 
11. Жаҳон фалсафаси тарихидан лавҳалар. – Т.: Файласуфлар миллий
жамияти нашриёти, 2004. 
12. Фалсафа   қомусий   луғат.   –Т.:   Шарқ   нашриёти   матбаа   нашриёти,
2004.

Ibn Xaldunning tarix falsafasi Reja; 1) Ibn Xoldunning falsafiy qarashlari 2) Ibn Xaldunning tarixnavislikka qushgan xissasi

Sharq tarix falsafasini jiddiy ravishda rivojlantirgan, uni o’zining ilmiy qarashlari bilan birmuncha boyitgan, tarixga falsafiy yondashish usullarini ishlab chiqqan yirik olimlardan biri Abdurahmon Muhammad Ibn Xaldundir. Ibn Xaldun o’z davrining etuk mutafakkiri, faylasufi va tarixchisi sifatida o’zini namoyon etgan va «Valiuddin» unvonini olgan etuk shaxs edi. U yirik siyosiy arbob sifatida ham jamiyatni boshqarish, kishilik jamiyati ijtimoiymadaniy taraqqiyotiga munosib hissa qo’shish borasida etarli tajribaga ega bo’lgan va ayni paytda diniy hamda dunyoviy bilimlarni chuqur egallagan allomadir. Ibn Xaldun insoniyat tarixi, uning shakllanyshi, rivojlanish omillari va bosqichlari, inson va jamiyat, inson va tabiat o’rtasidagi munosabatlarni tadqiq etish borasida o’zining noyob qobiliyatini namoyon etgan va bu borada qator ilmiy-nazariy yutuqlarni qo’lga kiritgan olimdir. Ibn Xaldun falsafasi tarix va sotsiologiya, insonshunoslik, falsafa hamda mantiq bilan qorishib ketgan. Shu bilan birga diniy tafakkurning dunyoviy tafakkur bilan uyg’unlashgan shakli sifatvda dunyoga kelib, Sharqu G’arb tafakkur olamvda o’ziga xos maktab yaratdi. Uning eng mashhur asarlaridan biri «Muqaddima» deb ataladi va bu asari bilan u tarixni anglash, tarixni tushunish, insoniyat tarixiy tajribalarini diniy va dunyoviy tafakkur orqali talqin etishning o’ziga xos uslubini yaratdi. U tarix haqida gapirar ekan, «Fanning ikki jihati bor. Birinchisi qadimgi mamlakatlar va davlatlar haqida hikoya etuvchi tashqi tomoni bo’lsa, ikkinchisi tadqiqotlarning birining tarixi va yangi fikrlarni kashf etish bo’lgan ichki tomonidir. Tarix Olam asoslari sababiyatini aniq izlaydigan fan. Bu voqealar va ularning sabablari haqvdagi chuqur ilm», deydi. Ibn Xaldun ana shu tarzda tarixiy tadqiqotning umumiy va ichki jihatlariga aloxida e’tibor beradi. Ilmiy tahlilning tashqi tomoniga turli mamlakatlar, davlatlar, xalqlar, ularning boshidan kechirganlari, xullas, tarixiy voqeliklar kirsa, ichki tomoni bevosita ana shu voqeliklarni tafakkur elagidan o’tkazib, uning atrofida falsafiy fikr yuritib, sotsiologik tadqiqotlar o’tkazib, mantiqiy xulosalar chiqarishdir. Ana shu jihatdan ham u tarixning ildizini falsafada ko’radi. Munosib

falsafiy fikrlar, umumlashmalar, xulosalar chiqarishga chaqiradi va natijada tarixni falsafiy fanlar qatoriga qo’shadi. Ibn Xaldun o’z davrining nodir tarixshunosi sifatida tarixnavislikdagi mavjud an’anaviy usullardagi kamchiliklar, nuqsonlar, jumladan, o’tmishni soxtalashtirish, chalkashtirish, voqeliklarni o’z manfaatlariga moslashtirib bayon etish kabi illatlarni keskin qoralaydi. Har bir millat va qavmning kelib chiqishi, ularning taraqqiy topish yo’llari, tarixiy rivojlanish manbalarini chuqur o’rganish millatning uygonishiga, o’z qadru qimmatini bilishiga va istiqbol rejalarini aniqroq tuzishiga yordam berishini aloxida ta’kidlaydi. Tarixda adolat ustuvorligi, tarix haqiqati hamisha bosh mezon bo’lishi, har qanday voqea va hodisa taxlili to’g’ridan-to’g’ri munosabatni, odillik bilan yondashishni taqozo etishini muhim fazilat deb biladi. Tarix haqida asar yozar ekan, u o’zini tarixshunoslikka bo’lgan munosabatini va yondashish usulini quyidagicha bayon etadi: «Bu kitobni tuzish va boblarga bo’lishda men hali ma’lum bo’lmagan yo’ldan bordim, ajoyib yangi usul yaratdim, o’quvchi bo’lib o’tgan voqealarning sababini o’rganishdan foyda olsin uchun tarixiy-ijtimoiy voqealar va insoniyat jamiyati taraqqiyoti qonuniyatini sharhlab berdim», deydi. Ibn Xaldunning ana shu «yangi usul»i tarixdagi bayonchilik, oshiribtoshirib yozishlar, safsatabozlik, xush ko’rmagan voqealarni keskin tanqid qilish kabi illatlarga nuqta qo’ydi. Tarixshunoslikning fan maqomini egallashiga doir o’ziga xos ilmiy-nazariy me’yorlarni yaratdi. Buni quyidagilarda ko’rishimiz mumkin: Birinchidan, har qanday voqea va hodisalarning sababini o’rganish, uning mohiyatini ochish tarixiy voqelik mazmunini bilib olishga zamin yaratadi. Uning atrofida fikr yuritib, aqlni ishlatish, fikrlash, tafakkur qilish imkonini beradi. Ikkinchidan, Ibn Xaldun har qanday tarixiy voqelikka ijtimoiy tus beradi, ijtimoiy mohiyat qatlarini ochish orqali o’sha davr mohiyatiga, ijtimoiy-siyosiy muhitga, turmush tarziga baho beradi. Uchinchidan, «kishilik jamiyati taraqqiyoti qonuniyatlarini sharxlab berish» orqali davlat va jamiyat qurilishiga tegishli bo’lgan fanlar – huquqshunoslik, fal- safa, sotsiologiya, siyosatshunoslik, mantiq singari fanlarning rivojlanishiga turtki

berdi. Ana shu sharhlash orqali Ibn Xaldun aqliy takomil, fikriy rivojlanish yo’lini ochdi. Qachonki o’quvchi uning kitoblarini ko’zdan kechirar ekan, tarixiy voqeliklarni o’rganish bilan birga voqealar atrofida fikrlaydigan, unga munosabat bildiradigan, baholaydigan bo’lib qoladi. Bu esa ayni tarix falsafasining o’ziga xos ko’rinishi edi. Ibn Xaddun tarixnavislikda mavjud bo’lgan xilma-xil rivoyatlardan, turli hikoyatlardan va afsonalardan foydalanishga chek qo’yib, real hayot va real jarayon tahliliga ko’proq e’tibor berish tamoyilini ilgari surdi va shu tarzda tarixnavislikning butunlay yangi yo’nalishini rivojlantirishga muhim hissa qo’shdi. Uning xulosalariga ko’ra tarix «...o’rganilish ob’ekti insoniyat jamiyati va odamlar jamoasi bo’lgan mustaqil fandir, uning faoliyat maydoni birin-ketin almashib keladigan voqealar sababi va vaziyatlar xususiyatlarini tushuntirishdir». Ana shu tarzda Sharq tarix falsafasi shakllana bordi. Demak, tarixning tadqiqot ob’ekti bevosita kishilik jamiyati xisoblanadigan bo’ddi. Jamiyatdagi mavjud ijtimoiy-siyosiy jarayonlar, voqeliklar, hukmron siyosat va boshqaruv usulining tahlili orqali ma’lum voqelik asoslari o’rganildi. Tadqiqotning bunday shakli tarix fani predmetiga aylantirildi. Natijada Ibn Xaldunning tadqiqot usuli va tarixnavislik uslubi ana shu tarzda ijtimoiy fanlar taraqqiyotini belgilaydigan muhim hodisaga aylandi. Ibn Xaldun ilmiy faoliyatining va tarix falsafasining axamiyati shugina emas. U inson va jamiyat, odam va olam, kishilik jamiyati tuzilishi, vujudga kelishi, shakllanishi va tanazzullari borasida o’ziga xos fikr yuritgan, o’ziga xos talqin etgan va o’ziga xos falsafiy mushohada yuritgan yirik shaxsdir. Ibn Xaldun yashagan davr hamda o’sha paytdagi mavjud musulmon madaniyati va falsafasi namoyandalari uning falsafasini rivojlantirishdi va davom ettirishdi. Yana bir narsani alohida ta’kidlash kerakki, bugun tarix falsafasi, sotsiologiya, ijtimoiy falsafa borasida ilmiy maktab yaratgan G’arb olimlari o’z davriga xos tsivilizatsiya nuqtai nazaridan yondashib, Sharq falsafasidan unumli foydalanishdi. Jumladan, Forobiy, Beruniy, Ar-Roziy, Abulhasan Movardiy, Nizomulmuluk, G’azzoliy, Ibn Bojja, Ibn Xaldun, Ibn Rushd va boshqalarning

ilmiy merosini, falsafiy qarashlarini musulmon dunyosi xalqlariga nisbatan ancha chuqur o’rganishdi. Mahorat bilan o’zlashtirishdi va ularni yangi davr tsivilizatsiyasi nuqtai nazaridan tartibga solishdi, yaxlit tizimini ishlab chiqib, yangicha ilmiy-nazariy uslub bilan ifodalab berishdi. Ibn Xaldunning kishilik jamiyati qonuniyatlarini tadqiqotishga haratilgan asarlari, xususan «Muqaddima»si shundan dalolat beradiki, uni «Islom fikriy doiralarida, istibdod va despotizm tuzumining jamiyatshunosi deb atashimiz mumkin. ...Darhaqiqat, diqqat qilsa, fikr biddirsa arziydigan yangi tasavvur va talqinlarni taqdim etadi», deydi Sayyid Muhammad Xotamiy. Ibn Xaldun jahon tarixini o’rganar ekan, madaniyatlar, tsivilizatsiyalarning yuzaga kelishi, madaniyatlararo integratsiya va jahon hamjamiyatining umumiy taraqqiyoti qonuniyatlarini o’ziga xos tarzda tadqiq etadi. Turli madaniyatlarning vujudga kelishi, ko’chmanchi xalqlarni, kichik etnoslar va millatlarni bir-biriga qo’shib yuborish natijasida kelib chiqadigan integratsiyalashuvning salbiy oqibatlarini aniq ko’rsatadi va har qanday kichik madaniyatlar «madaniy integratsiya» oqibatida katta xalqlarga madaniy tobelik orqali yo’q bo’lib ketishi mumkinligi kabi og’riqli g’oyalarni ilgari suradi. Asrlar o’tib V. Shmit, O. Mengen, V. Koppers, A. Toynbi kabi Yevropa falsafasi namoyandalari ayni ana shu g’oyani ilgari surdilar va Ibn Xaldun nazariyasi tarixiy haqiqat ekanligini ko’rsatdilar. Ibn Xaldun tarix falsafasining biz sharqliklar uchun yoqimli bo’lgan va ayni paytda katta ruh, rag’bat, kelajakka ishonch, buyuk istiqbolga imon keltirishga da’vat etadigan yana bir g’oyasi borki, nazarimizda buni aloxida ta’kidlash zarur: u bir joyda «dunyoda ikki millat hokim bo’lishga yaratilgandir: biri arablar, boshqasi turklar» desa, boshqa bir joyda «Temur davri bashariyat tarixi inkishofining eng yuksak nuqtasidir. Dunyo yaratilganidan beri bunday bir davlat qurilmagandir. Bobil va Eron hukmdorlari va Iskandar bu buyuk turk hukmdoriga nisbatan ko’laga bo’lib qoladi. Zero, davlat asabiya ruxi ustiga quriladi va uning ahamiyati ham shu milliy asabiyatning qudrati darajasida bo’ladi. Asabiya xususida esa