Ikkinchi jahon urushi yillarida o‘zbek xalqining front ortidagi jasorati
Mavzu:Ikkinchi jahon urushi yillarida o ‘ zbek xalqining front ortidagi jasorati Reja: 1.Urushning boshlanishi 2.Umumiy harbiy safarbarlik 3.O'zbekistonliklarning frontdagi jasorati
Insoniyat juda ko ‘ plab urushlarni boshidan kechirgan bo ‘ lib , bular ichida eng dahshatlisi , 50 mlndan ortiq kishining yostig ‘ ini quritgan , XX asr foj e asi bo ‘ lmish ikkinchi jahon urushidir . Olti yil (1939 yil sentabr -1945 yil sentabr ) davom etgan bu urush yer sharining 80% aholisi joylashgan hududni o ‘ z ichiga olgan 61 ta mamlakatni qamrab oldi . Ikkinchi jahon urushini Angliya , Fransiya va SSSR kabi yirik davlatlar o ‘ rtasidagi ixtiloflar , xususan , paydo bo ‘ lgan dastlabki damlaridanoq tashqi siyosat strategiyasi “ jahon proletar inqilobi ” mafkurasiga tayanib , butunjahon kommunistik imperiyasini tuzishga qaratilgan sovet davlati hamda Germaniya va Yaponiya kabi agressiv kuchlarning dunyoga hukmron bo ‘ lish uchun intilishlari keltirib chiqardi . Urushning asosiy aybdorlari jahonga hukmronlik qilish da ’ vosi bilan maydonga chiqqan Adolf Gitler va Iosif Stalin yurgizgan agressiv siyosat bo ‘ ldi . Fransiya va Angliya siyosiy yetakchilarining javobgarligi shundan iborat bo ‘ ldiki , ular bolshevizm xavfiga qarshi turuvchi kuchni tashkil qilish g ‘ oyasi bilan Germaniyada gitlerchilar partiyasining mustahkamlashuviga yordam beribgina qolmasdan , Avstriyaning Germaniya tarkibiga qo ‘ shib olinishiga (1938 y mart ) va Myunxen bitishuviga (1938 y sentyabr ) yo ‘ l ochib berdilar . Bu esa, Ikkinchi jahon urushining boshlanishi uchun asos bo‘lib xizmat qildi. 30-yillar oxirlarida xalqaro keskinlikning va ikkinchi jahon urushining boshlanishida Stalin boshliq sovet rahbarlari kapitalistlarni o‘zaro urushtirib, ularning kuchi kamayishi bilan qizil armiya kuchlarining qaqshatqich zarbasini berishga intilishlari va aynan shu maqsadda 1939-yil 23-avgustda Germaniya bilan 10 yil muddatga
o‘zaro hujum qilmaslik to‘g‘risidagi shartnomasi ularning javobgarliklarini tashkil qiladi. Sovet-german bitimining maxfiy qo‘shimcha bayonnomasiga ko‘ra, Germaniya bilan SSSR ta’sir doiralarini bo‘lib olishgan edi. Ularning manfaatdor hududlari chegarasi Polshadan o‘tgan bo‘lib, G‘arbiy Ukraina va G‘arbiy Belorusiya hududlari hamda Boltiqbo‘yi mamlakatlari SSSR ta’sir doirasidagi hudud ekanligi Germaniya tomonidan tan olingan edi. Eng so‘nggi tarixiy tadqiqotlar ”avgust bitimi” mamlakat xavfsizligini mustahkamlab, sovet-german urushining boshlanishini orqaga surgan emas, balki, ikkinchi jahon urushini va unga SSSR ning tortilishini tezlashtirgan hujjat bo‘lganligini ko‘rsatadi. Chunki Germaniya davlatining ham, Sovet davlatining ham strategik maqsadlarini aks ettirgan bu shartnomaga muvofiq Germaniya bilan SSSR Polshaga bir vaqtda qo‘shin kiritishlari lozim bo‘lgan. Shunga ko‘ra 1939-yil 1- sentabrda fashistlar Germaniyasi Polshaga bostirib kirdi. 3-sentabrda esa Angliya va Fransiya Germaniyaga urush e’lon qildilar hamda ikkinchi jahon urushi boshlandi. Natijada Germaniya ikki frontda urush holatida bo‘lib qoldi. Gitler jahon jamoatchiligi ko‘z o‘ngida halokatli urush yong‘inining asosiy aybdori bo‘lib namoyon bo‘ldi. Stalin esa aynan shuni kutgan edi. U sovet qo‘shinlarini 17 sentabrdagina Polsha hududlariga kirita boshladi va Sharqiy Yevropaning «haloskori» sifatida G‘arbiy Belorussiya yerlarini bosib olib, keyinroq rasmiy ravishda SSSR ga qo‘shib oldi. 1939-yil oxiri – 1940-yil boshlarida bo‘lgan sovet-fin urushi natijasida Finlandiya Leningrad va Murmansk oralig‘idagi o‘z yerlarini SSSRga berishga majbur bo‘ldi. 1940 yil iyunda Estoniya,
Latviya va Litva davlatlarini bosib olib, avgust oyida o‘z tarkibiga kiritdi. O‘z hududlarini bunday kengaytirish siyosati Germaniya va SSSRni 1939-1940 yillarda yanada yaqinlashtirdi. G‘arbiy Yevropada fashistlar Germaniyasi Polsha, Norvegiya, Fransiya, Belgiya, Gollandiya, Daniya, Lyuksemburg kabi davlatlar poytaxtlarini bosib olganda, sovetlar hukumati nemis qo‘mondonligini tabriklab borgan. Kapitalistlar o‘zaro urush natijasida zaiflashishini kutayotgan Stalin boshliq sovetlar hukumati bir zarba bilan Yevropani sovetlashtirishga tayyorlanar, buni zimdan his qilgan Gitler hukumati Stalindan xavfsirar, ularning har biri “hujum qilmaslik haqidagi bitim”ini o‘zi uchun qulay bo‘lgan paytda bekor qilishni oqilona ish deb o‘ylardilar. Aynan shu narsa ikkita “do‘st” davlat o‘rtasidagi muqarrar urushni tezlashtirdi. 1941-yil 22-iyul yakshanba kuni tongotarida avgust shartnomasini buzib, fashistlar Germaniyasi SSSR ga hujum boshladi. Germaniya bilan uning ittifoqchilari-Italiya, Fillandiya, Vengriya, Ruminiya, Bolgariya ham Sovet Ittifoqiga qarshi urushga kirdilar. Bu urushga majburan tortilgan Sovet Ittifoqi xalqlari mustamlaka asoratida bo‘lgan barcha respublikalar shu jumladan, O‘zbekiston xalqlari uchun og‘ir sinovlar vaqti va ularning nemis fashist bosqinchilariga qarshi fidokorona kurashi boshlandi. Urushning dastlabki kunlaridanoq, butun mamlakatda bo‘lganidek, O‘zbekistonda ham partiya tashkilotlari tomonidan mitinglar va yig‘ilishlar tashkil qilindi. 1941-yil 22-iyundayoq Toshkent to‘qimachilik kombinatining ishchilari ana shu daqiqadan boshlab o‘zlarini Vatan himoyasiga safarbar qilingan deb
hisoblashlarini bildirdilar. 23-24 iyunda Samarqand, Buxoro, Andijon, Namangan, Farg‘ona, Nukus va boshqa shaharlardagi yig‘ilishlarda Vatan himoyasi uchun har qanday vazifani bajarishga shay ekanliklarini bildirgan o‘zbekistonliklar harbiy komissarliklarga frontga ko‘ngilli sifatida jo‘natishlarini so‘rab arizalar bera boshladilar. Arxiv hujjatlarining dalolat berishicha, urushning dastlabki kunlarida respublikaning shahar va tuman harbiy komissarliklariga 14 mingdan ortiq ariza tushgan. Bu o‘zbekistonliklarning o‘z vatanparvarlik burchlarini, har bir urush insoniyat boshiga kelgan ofat ekanligini yuksak darajada anglab, urush olovini yoquvchilarga qattiq nafrat bilan qarashliklarini ko‘rsatadi. Chunki boshlangan urush yuqori hokimiyat rahbarlari orasida sarosimalikni keltirib chiqargan bo‘lib, faqat 29 iyundagina Xalq Komissarlari Kengashi nomidan joylarga ko‘rsatmalar jo‘natib, unda urush ahvolni keskin o‘zgartirib yuborganligi, Vatan jiddiy xavf ostida qolganligi, barcha ishlarni harbiy izga solish uchun tez va qat’iy ravishda qayta qurishni amalga oshirish zarurligi ko‘rsatilib, “hamma narsa front uchun, hamma narsa g‘alaba uchun!” chaqirig‘i talab darajasiga ko‘tarilgan edi. 1941-yil 30-iyunda I.V.Stalin boshchiligida Davlat Mudofaa Qo‘mitasi tashkil etilib, davlat, harbiy va partiyaviy hokimiyat uning qo‘liga o‘tdi. Stalin hukumat nomidan 3 iyulda radio orqali xalqqa murojaat qilib, haqiqiy ahvolni bayon qildi. Qurolli kuchlarga strategik rahbarlikni amalga oshirish uchun Oliy Bosh Qo‘mondon Qarorgohi tashkil etilib, 8 avgustda Stalin Oliy Bosh Qo‘mondon lavozimini qabul qildi. Barcha muhim harbiy-siyosiy qarorlarni qabul qilish haqiqatdan uning