logo

Islom svilizatsiyasining asosiy xarakterli belgilariva o’ziga xos xususiyatlari.

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

30.205078125 KB
Mavzu:Islom   svilizatsiyasining   asosiy   xarakterli   belgilariva   o’ziga   xos
xususiyatlari.
                                                        REJA:
1.Islom svilizatsiyasining vujudga kelish omillari.
2.Markaziy Osiyoda Islom svilizatsiyasining rivoji.
3.Xulosa ISLOM SIVILIZATSIYASINING VUJUDGA KELISH OMILLARI
Islom   sivilizatsiyasi   islomni   qabul   qilgan   xalqlar   madaniyatining
natijasidir.   Islom   yetib   borgan   mintaqalardagi   madaniyat   va   sivilizatsiyalar
islom   hazorasi   bilan   qo‘shilishi   natijasida   paydo   bo‘lgan.   Olimlar   islom
hazorasining   ikki   turini   ajratadilar.   Birinchisi,   asl   islom   hazorasi   bo‘lib,   u
o‘zida   Yaratgan   tomonidan   berilgan   ulkan   diniy   ta’limotni   jamlaydi.   Uni
“yaratilish”   va   “paydo   bo‘lish”   deb   ham   atashadi.   Dastlab   islomning   asl
hazorasi   mavjud   bo‘lgan   ediki,   dunyo   uni   keyinchalik   asta-sekin   taniy
boshlagan.   Ikkinchisi,   musulmonlar   tomonidan   yaratilgan   islom   hazorasi
bo‘lib,   ular   bilim   va   tajriba   natijasida   ulkan   hamda   go‘zal   sivilizatsiyani
yaratdilar. Bu ikki tur birlashib, yagona islom hazorasini tashkil etadi. Esdan
chiqarmaslik   lozimki,   islom   sivilizatsiyasi   keng   ma’noda   uni   bunyod   etish,
qurish,   rivojlantirish,   dunyoga   yoyishda   ishtirok   etgan   barcha   musulmon
xalqlarining teng merosi sanaladi. Aslo uni ma’lum bir millatning “mahsuli”
deb   bo‘lmaydi.   Islom   hazorasi   shu   tarzda   asrlar   osha   yaratildi,   rivojlandi,
boshqa   sivilizatsiyalarga   o‘z   ta’sirini   o‘tkazdi.“Sivilizatsiya”   so‘ziga   ilmiy
soha   vakillari   tomonidan   turlicha   ta’riflar   berilgan.   Biroq   ular   ichida
kengqamrovli   va   umumiy   xususiyatga   ega   bo‘lgan   quyidagi   ta’rifni   alohida
aytish mumkin: “sivilizatsiya bu – taraqqiyot va e’tiqodiy asoslar, insonning
ilmiy tafakkuri, ilm-fan, adabiyot, odob-axloq kabi turli sohalardagi faoliyati
hamda   bularning   natijasida   paydo   bo‘ladigan   hayot   yo‘li,   tafakkur
mahsulidir”.   Ushbu   ta’rifning   xususiyati   shundaki,   bu   yerda   sivilizatsiyani
insoniyat   faoliyati   bilan   bir   qatorda   tabiiy   in’om   etiladigan   hayot
qonuniyatlari,   diniy   asoslar   ham   natijasi   sifatida   baholangan.Islom
sivilizatsiyasining   arabcha   nomlanishi   “al-hazora   al-islamiya”   bo‘lib,   bu
yerdagi   al-hazora   so‘zi   ko‘chmanchi,   badaviy   tarzida   yashamaydigan,   balki
o‘troqlashgan   holda   madaniy   hayot  kechiradigan   ma’nolarini   anglatadi.  Shu
o‘rinda   ta’kidlash   kerakki,   ushbu   so‘zga   dastlabki   ta’rif   bergan   olimlar   uni hayot uchun zarur narsalardan ortiqcha bo‘ladigan har qanday narsalarni al-
hazora deb hisoblaganlar. Unga birinchilardan ta’rif bergan olimlar qatorida
XIV   asrda   yashagan   buyuk   musulmon   faylasufi   va   tarixchisi   Ibn   Xaldun
shunday   degan:   “sivilizatsiya   bu   –   farovonlik   sirlarini   yaxshi   bilish,   taom,
kiyim, yotoq, bino va yashash uchun barcha vositalarni qo‘llay olishdir”. Ibn
Xaldun   sivilizatsiyani   yashash   uchun   zarur   narsalarga   ziyoda   bo‘ladigan
odatiy   holatlar   deya   baholab,   bu   ziyodalik   farovonlik   va   sivizilatsiyaga
intilayotgan xalqlarda turlicha, ya’ni kimdir ko‘proq va yana kimdir kamroq
erishishi   mumkin   deb   bilgan.   Shu   ma’noda   Ibn   Xaldun   G‘arb
mutafakkirlaridan,   jumladan   britaniyalik   tarixchi   Arnold   Toyinbiydan   oldin
tsivizilatsiyaga   ta’rif   bergan   deyishga   etarlicha   asoslar   mavjud2.Yana   bir
musulmon   olimi   Ibn   al-Azraq   garchi   tsivilizatsiyani   ijobiy   hodisa   sifatida
baholamasa-da,   biroq   u   ham   dastlabkilar   qatorida   uni   izohlagan   olimlardan
sanaladi:   “sivizilatsiya   eng   mukammal   madaniyat   bo‘lib,   u   gohida   fasodga
olib borishi mumkin. Shuningdek u yaxshilikdan uzoq yomonlik bo‘lib, kim
undan   salomat   bo‘lsa,   yaxshilikka   yaqin   bo‘libdi”   .Sivilizatsiya   mohiyatan
keng   tushuncha   bo‘lgani   uchun   ham,   unga   ko‘plab   ta’riflar   berilgan.
“sivilizatsiya   so‘zi   lotincha   “grajdanlik”,   “davlatchilik”   so‘zidan   kelib
chiqqan.   G‘arb   tadqiqotlari   qarashlarida   ushbu   so‘z   XVI   asr
ma’rifatparvarlarining   urushlarsiz   hamda   ruhoniylar   ta’siridan   ozod   jamiyat
uchun   kurashishlari   jarayonida   fanga   kirib   kelgani   hamda   u   jamiyat
taraqqiyotining darajasini belgilovchi tushunchaligi ta’kidlanadi. Shuningdek
sivilizatsiya   jamiyat   taraqqiyotidagi   uchta   katta   davr,   ya’ni   yovvoyilik,
vahshiylik   va   tsivilizatsiyani   bosib   o‘tgan   hamda   yozuv   va   davlatning   kelib
chiqishi   bilan   boshlangani,   dastlabki   sivizilizatsiya   bundan   chamasi   6   ming
yillar   muqaddam   Misrda   boshlangani   aytiladi.   U   bilan   turli   xil   dinlar,
gumanistik va ahloqiy qadriyatlar keng tarqalgan. MARKAZIY OSIYODA ISLOM SIVILIZATSIYASINING RIVOJI
Islom   sivilizatsiyasi   o‘rta   asrlarda   o‘zining   yetuk   darajasiga   etdi.   G‘arb
dunyosining   ayrim   vakillari   bu   paytni   “zulmat”   davri,   deya   hisoblab   turgan
bir   vaqtda   ajdodlarimiz   nurli   davrni   boshidan   o‘tkazganlar.   Vaholanki,
amerikalik olim Jorj Sarton o‘zining “Introduction to the History of Science”
(“Fan   tarixiga   kirish”)   nomli   kitobida   ilmiy   bosqichlarni   yarim   asrlardan
iborat 50 yillik bir necha davrlarga bo‘lib chiqqan. Xususan, 750 yildan 1100
yilgacha – 350 yil mobaynida yashagan olimlarning nomlarini sanab o‘tgan.
Diqqat   bilan   kuzatgan   o‘quvchi   ushbu   olimlar   musulmon   olami   vakillari
ekaniga amin bo‘ladi. Bunday olimlar qatorida kimyo, matematika, tibbiyot,
geografiya,   falakiyot,   tabiiy   ilmlarda   ulkan   faoliyat   olib   borgan   Jobir   ibn
Hayyon, Muhammad Xorazmiy, Abu Bakr Roziy, Mas’udiy, Abul Vafo, Abu
Rayhon   Beruniy,   Umar   Xayyom   singari   arab,   turk,   afg‘on,   fors   musulmon
olimlari keltiriladi.Kitobning davomida 1100 yildan boshlab keyingi 250 yil
mobaynida   Ibn   Rushd,   Tusiy,   Ibn   Nafis   kabi   musulmon   olimlari   bilan   bir
qatorda   evropalik   olimlarning   faoliyatlari   kuzatiladi.   Shu   paytdan   boshlab,
g‘arb   dunyosi   islom   olamidagi   ilmlarni   o‘rganib,   tarjima   qilishni
boshlaganlarki,   ayni   jarayon   bugungi   kungacha   ham   davom   etib   kelmoqda.
Bu tarixiy haqiqatni juda ko‘plab olimlar e’tirof etmoqdalar. Buni o‘tgan asr
davomida   insoniyat   hayoti   rivojiga   samarali   hissa   qo‘shgan   2000   talik
kishilar   ro‘yxatiga   kiritilib,   Kembridj   universiteti   jamoasi   nomzodi,
Germaniyada   yashovchi,   arab-musulmon   olimi   Doktor   Muhammad   Mansur
ham   ta’kidlaydi.   Agar   tsivilizatsiya   umumiy   mohiyatiga   ko‘ra,   insonning
moddiy   va   ma’naviy   sohalardagi   hayotiy   ehtiyojlarini   qondirar   ekan,   islom
tsivilizatsiyasi barcha davrlarda bunday ehtiyojlarni qondira olgan. Chunki, u
musulmon   ummatining   asrlar   osha   hayotni   yanada   yaxshilash,   insonni
baxtiyor   qilish   yo‘lidagi   umumiy   harakati   natijasidir.   Ushbu   ma’noda   u
barcha asrlarda barcha savollariga javob bera olgan va shak-shubhasiz dunyo tsivilizatsiyasi   sifatida   yashab   kelgan.   Shu   bilan   birga   u   aslo   nizo   va   urush
madaniyati bo‘lmagan. Ushbu jihatdan qaraganda, islom hazorasi zamonaviy
Evropa   tsivilizatsiyasiga   tibbiyot,   farmatsevtika,   kimyo,   matematika,   fizika,
astronomiya   singari   bilimlari   bilan   tamal   toshini   qo‘ygan   deyish   mumkin.
Natijada   G‘arb   uyg‘onish   davri   tezlashdi   va   fanning   turli   yangi   sohalari
paydo   bo‘ldi,   ko‘plab   ilmiy   yutuqlarga   erishildi.   Bunday   ta’sir   hozirgacha
davom   etib   kelayotgani   ham   inkor   etib   bo‘lmas   ayni   haqiqatdir.O‘rta
asrlarning   mashhur   musulmon   olimi   Ibn   Xaldun   o‘zining   “Muqaddima”
kitobida   Markaziy   Osiyo   va   xususan,   Movarounnahr   haqida   gapirib,   ushbu
hududning   islomgacha   ham   yuksak   madaniyatga   egaligini,   bu   din   kirib
kelgach   esa,   u   yanada   rivojlangani,   ulkan   ma’rifiy   tamaddunga   aylangani,
islom madaniyati yuqori cho‘qqiga chiqqanini tilga oladi.Ushbu qadim zamin
asrlar davomida “ilmu ma’rifat o‘chog‘i” bo‘lgani, “Islom dinining quvvati”
bo‘lgan   Buxoro,   “Yer   yuzining   sayqali”   deya   e’tirof   etilgan   Samarqand,
“Islom gumbazi” deb ulug‘langan Kesh kabi shaharlari, Xorazmiy, Termiziy,
Shoshiy,   Farg‘oniy,   Marg‘iloniy   singari   yuzlab   allomalari   bilan   dunyoga
mashhur   bo‘lib   kelganini   eslamaslikning   iloji   yo‘q.Fan,   ta’lim,   madaniyat
masalalari bo‘yicha Islom tashkiloti – ISESCO bosh  direktori Abdulaziz at-
Tuvayjiriy   ham   2017   yilning   avgust   oyida   O‘zbekistonga   tashrifi   asnosida
mamlakatimizning islom tsivilizatsiyasi rivojidagi roliga alohida urg‘u berib,
islom dini Arabistonda vujudga kelgan bo‘lsa ham, biroq uning rivoji boshqa
diyorlarda,   jumladan,   Movarounnahrda   kechganini   alohida   ta’kidlab   o‘tdi
hamda yurtimizdan etishib chiqqan Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Mahmud
Zamaxshariy   kabi   allomalarning   xizmatlariga   to‘xtaldi.Bu   borada
gapirganda,   ayniqsa   yurtimizda   xalqaro   YUNESKO   tashkiloti   tomonidan
e’tirof etilib, madaniy meros ro‘yxatiga kiritilgan qo‘lyozma asarlar soni 100
mingdan   ziyodni   tashkil   etishi,   bebaho   durdonalarning   katta   bir   qismi
O‘zbekiston   Respublikasi   Fanlar   akademiyasi   Sharqshunoslik   institutining qo‘lyozmalar   fondida,   shuningdek   O‘zbekiston   musulmonlari   idorasi
kutubxonasi,   Toshkent   islom   universiteti   Manbalar   xazinasida   saqlanishini
alohida   ta’kidlash   kerak.   Yana   bir   muhim   jihat   shundaki,   barcha
musulmonlarning   eng   muqaddas   kitobi   –   Qur’oni   karimning   eng   qadimiy
qo‘lyozma   nusxasi   sanalgan   Usmoni   Mushafi   Toshkentda
saqlanadi.Hammamizga   ma’lumki,   dunyoda   Istanbul,   Iskandariya,   London,
Parij,   Moskva   singari   eng   sara   qo‘lyozma   fondlari   mavjud.   Biroq   bular
orasida   Toshkent   fondi   ulardan   hech   bir   jihati   bilan   ham   qolishmaydi.
Toshkentdagi   Abu   Rayhon   Beruniy   nomidagi   Sharqshunoslik   institutini
jahon ilm-fani tarixida o‘chmas iz qoldirgan Muhammad Xorazmiy, Ahmad
Farg‘oniy,   Abu   Nasr   Forobiy,   Abu   Rayhon   Beruniy,   Abu   Ali   Ibn   Sino,
Mahmud   Zamahshariy,   Mirzo   Ulug‘bek,   Ali   Qushchi   singari   yuzlab   ulug‘
ajdodlarimizning   matematika,   astronomiya,   fizika,   kimyo,   geodeziya,
farmakologiya, tibbiyot kabi aniq fanlar bilan birga, tarix, geografiya, falsafa,
madaniyat   va   san’at,   arxitektura   sohalarida   yaratgan   asarlari   boyitib   turadi.
Hech   shubhasiz   aytish   mumkinki,   bunday   buyuk   zotlarning   ilmiy   g‘oya   va
kashfiyotlari   jahon   ilm-fani   va   tsivilizatsiyasi   rivojida   o‘zining   ulkan   izini
qoldirgan.Bundan tashqari, bu  erda musulmon  olamida  e’tirof  etilgan Imom
Buxoriy,   Imom   Termiziy,   Abu   Mansur   Moturudiy,   Abu   Muin   Nasafiy,
Qaffol   Shoshiy,   Burhoniddin   Marg‘inoniy,   Mahmud   Zamaxshariy,
Bahouddin   Naqshband   kabi   allomalarning   noyob   qo‘lyozmalari   ham
saqlanmoqdaki,   ular   hadis,   tafsir,   aqida,   islom   huquqshunosligining   usulul
fiqh,   furuul   fiqh,   fatvo,   ilmul   xilofiyot   kabi   sohalari,   tasavvuf,   islom   tarixi,
arab tilshunosligi va lug‘atshunosligi, nahv, sarf, balog‘at, fasohat kabi islom
ilmlaridagi   benazir   kitoblari   bilan   yurtimiz   ilmu   fanini   dunyoga   keng
tanitganlar.Mustaqil   O‘zbekistonda   300   dan   ortiq   ilmiy   tadqiqot
muassasalari,   ilmiy   ishlab   chiqarish   korxonalari,   innovatsiya   markazlari
faoliyat   olib   bormoqda.   Hozirda   “Jaholatga   qarshi   –   ma’rifat”   shiori   ostida Islom   sivilizatsiyasi   markazi   barpo   etilmoqda.   Imom   Buxoriy   va   Imom
Termiziy nomlaridagi xalqaro ilmiy tadqiqot markazlari respublikada sohaga
oid ilmiy faoliyatni yanada rivojlanishiga munosib hissa qo‘shadi. Toshkent
islom   universiteti   tarkibida   ISESCOning   maxsus   kafedrasi   faoliyat   olib
bormoqda. Bundan tashqari, 9 o‘rta maxsus va 2 ta oliy islom bilim yurtlari
diniy   sohadagi   mutaxassislar   ehtiyojini   qondirishga   xizmat   qiladi.   Umuman
olganda, bugungi kunda asrlar mobaynida islom hazorasi rivojiga katta ta’sir
etgan   ulkan   ma’naviy   merosni   o‘rganish   va   uni   yanada   boyitish   bo‘yicha
qator   ishlar   amalga   oshirilmoqda.   Islom   sivilizatsiyasining   bugungi   holati
musulmon   dunyosi   egallashi   lozim   bo‘lgan   mavqega   etib   bormagani
ko‘pchilikka ma’lum. Shu bilan birga unga nisbatan “tanazzul davri” deyish
ham   to‘g‘ri   bo‘lmaydi.   Chunki   bunday   baho   insof   qilinmay,   asl   ahvolni
to‘g‘ri yoritmaslik sanaladi. Islom sivilizatsiyasining tanazzuli, tushishi yoki
so‘nishi   haqidagi   nazariyalar   ko‘plab   dalil   va   qarashlar   bilan   xato   ekanligi
isbotlangan.   Jumladan,   Tarixchi   Arnold   Toyinbi   “sivilizatsiyalar   inqirozi”   (
تاراضحلا رايهنا ىنعم ) tushunchasiga batafsil sharh bergan dastlabki shaxslardan
biri hisoblanadi. Uning “A Study of History” (“ خيراتلا ةسارد رصتخم ” ) asarining
misrlik  mutafakkir  Fuod  Muhammad  Shibl  tomonidan  tarjima  qilinib,  nashr
ettirilgan   kitobida   shunday   deyiladi:   “Inqiroz   bu   –   rivojlanishdan   butunlay
to‘xtash degani emas. Chunki tarix jamiyat hayoti rivojiga biror bir chegara
borligiga   guvoh   bo‘lmagan.   Rivojlanishdan   to‘xtash   tirik   mavjudotda   tabiiy
hol,   biroq   kishilik   jamiyatida   bunday   emas”.   Shu   sababli   jamiyat   tarixida
o‘sish,   rivojlanish   bosqichlari   muntazam   o‘zgarib   turaveradi.   Toyinbi   ham
“inqiroz”   so‘zini   ushbu   ma’noda   qo‘llagan.   Tarixda   paydo   bo‘lgan
sivilizatsiyalar   ham   oldingi   biror   bir   sivilizatsiyaning   o‘rnida   yoki   uning
tanazzuli   natijasida   vujudga   kelgan”   .Musulmon   olamidagi   ko‘plab
jabhalardagi   zaiflik,   ilmu   fanning   etarli   darajada   rivojlanmagani,
taraqqiyotning   etarli   emasligi,   ayrim   mamlakatlardagi   ijtimoiy   va   iqtisodiy holatlar   vaqtinchalik   hamda   uzoq   davom   etmaydigan   jarayondir.   Bularning
davomidan   boshqa   bosqichlar   ham   keladi.   Chunki   bu   jarayon   borliq
qonuniyatlari   va   sivilizatsiyalar   tabiatiga   xosdir.   Albatta,   insoniyat   tarixida
ketma-ket keluvchi sivilizatsiyalar borasida bunday chuqur mulohaza yuritish
bilan   islom   hazorasining   bugungi   kundagi   ta’siri,   natijalari   va   uning
davomiyligi   borasida   hech   ikkilanmay   fikr   aytish   mumkin.Ayni   damda
dunyoda   kechayotgan   ayrim   hodisalar,   joriy   o‘zgarishlar   hamda   yuzaki
voqealarga qarab zamonaviy islom tsivilizatsiyasiga to‘liqligicha baho berib
bo‘lmaydi. Sivilizatsiyalar cheklangan vaqtdagi tarixiy voqealar bilan bog‘liq
emas.   Ta’kidlash   kerakki,   islom   sivilizatsiyasi   hozirda   ham   yashovchan
bo‘lib,   uni   ko‘p   o‘rinlarda   kuzatish   mumkin.   Global   o‘zgarishlar   oldida
turgan   bugungi   musulmon   dunyosi   azaliy   qadriyatlarini   rivojlanish,
taraqqiyot,   ilmu   fan,   zamonaviy   yutuqlar   bilan   uyg‘un   holda   tiklashga
intilmoqda.   So‘nggi   yillarda   ilm-fan,   madaniyat   taraqqiyoti   yo‘lida   qator
anjumanlar,   hamkorliklar   kabilarning   amalga   oshirilishi   fikrimizni
tasdiqlaydi. Shuni ham aytish kerakki, ijobiy tashabbuslarga sabab bo‘luvchi
omillardan   biri   hayot   bilan   jo‘shib   turgan   madaniy   ongda   ham   qator   ijobiy
siljishlar   mavjud.   Bu   esa,   musulmon   dunyosi   kelajagini   belgilashda   hal
qiluvchi   omil   bo‘lishi   mumkin.Bir   so‘z   bilan   aytganda,   islom
sivizilatsiyaning   ildizlari   salomat,   unga   hech   qanday   zarar   etmagan.
Musulmonlar esa, bugungilik kunida bu ildizni keng tomir orttirishi va qayta
tiriltirishiga   mas’uldirlar.   Hayotimizda   kechayotgan   ulkan   o‘zgarishlarga
intilishlarni   ko‘rib   aytish   mumkinki,   islom   sivilizatsiyasi   uchinchi   ming
yillikda o‘zining “uyg‘onish” davrini qaytadan boshlaydi Islom   svilizatsiyasining   asosiy   xarakterli   belgilariva   o’ziga   xos
xususiyatlari.XULOSA
        Xulosa   qilib   shuni   aytish   mumkinki,   islom   sivilizatsiyasi   asrlar   osha
o‘zining   yangilanib   turuvchi,   o‘zgarishlar   bilan   hamohang   bo‘ladigan,
rivojlanishlarga   moslashadigan,   insoniyat   sivilizatsiyalariga   zid
bo‘lmaydiganligini isbotlab berdi. Islom sivilizatsiyasi bunyodkorlari bo‘lgan
musulmonlar   taraqqiyot   va   uning   mazmun-mohiyatini   o‘zlashtirdilar,   uning
asoslarini   yaratdilar,   hayotlarida   amaliy   jihatlarini   shakllantirdilar.   Islom
sivilizatsiyaning ortga qaytish bosqichida esa, musulmonlar islom asoslari va
islom   sivilizatsiyasining   bosh   maqsadi   bo‘lgan   rivojlanish   g‘oyasidan
chekindilar.   Natijada   ular   zaiflashdi   va   taraqqiyotdan   qolib   ketdilar.   Lekin
islom sivilizatsiyasining asoslari salomat, zamonlarning o‘tishi uni o‘zgartirib
yubormadi.   Shu   tarzda   musulmonlarning   faoliyatlari   ularning
sivilizatsiyasida aks etmoqda. Ularning o‘zlari islom tsivilizatsiyasining ham
quruvchilari   va   ham   saqlovchilaridirlar.   Shunday   ekan,   musulmonlarning
taraqqiyotdan ortda qolishi islom sivilizatsiyasining qismatiga aylandi.Bugun
islom   olami   insoniyat   tamaddunini   rivojlantirishga   yaqin   turibdi   va   qo‘ldan
boy   berilgan   barcha   sohani   egallashga   harakat   qilmoqda.   Chunki
bashariyatga   ma’rifatning   turli   sohalarini   taqdim   qilgan   va   taraqqiyotni   ato
etgan islom sivilizatsiyasi yana rivojlantirish salohiyatiga ega. U go‘yo qalin
bulutlar   orasidan   chaqnab   chiqadigan   zarrin   nurlardek   olamni   yoritishi
mumkin. Aniqki, islom tsivilizatsiyasi ertaning tsivilizatsiyasi. Islom dunyosi
bugungi  holida qolib ketmaydilar,  bu uzoq davom  etmaydi  ham.  Chunki bu
holat   tabiiy   jarayon   va   insoniyatning   hayot   yo‘liga   to‘g‘ri   kelmaydi.
Musulmonlar   o‘z   tsivilizatsiyalarini   yangidan   barpo   qilishlari   uchun   o‘zaro
jipslashishlari va bir-birlariga yordam berishlari lozim. Shundagina ularning
tsivilizatsiyalari   barcha   insoniyatga   yana   namuna   bo‘la   oladi.   Aslida   ham islom   sivilizatsiyasining   rivojlanishi   musulmonlarning   buguni   va   kelajagi
uchun ulkan mas’uliyatdir.

Mavzu:Islom svilizatsiyasining asosiy xarakterli belgilariva o’ziga xos xususiyatlari. REJA: 1.Islom svilizatsiyasining vujudga kelish omillari. 2.Markaziy Osiyoda Islom svilizatsiyasining rivoji. 3.Xulosa

ISLOM SIVILIZATSIYASINING VUJUDGA KELISH OMILLARI Islom sivilizatsiyasi islomni qabul qilgan xalqlar madaniyatining natijasidir. Islom yetib borgan mintaqalardagi madaniyat va sivilizatsiyalar islom hazorasi bilan qo‘shilishi natijasida paydo bo‘lgan. Olimlar islom hazorasining ikki turini ajratadilar. Birinchisi, asl islom hazorasi bo‘lib, u o‘zida Yaratgan tomonidan berilgan ulkan diniy ta’limotni jamlaydi. Uni “yaratilish” va “paydo bo‘lish” deb ham atashadi. Dastlab islomning asl hazorasi mavjud bo‘lgan ediki, dunyo uni keyinchalik asta-sekin taniy boshlagan. Ikkinchisi, musulmonlar tomonidan yaratilgan islom hazorasi bo‘lib, ular bilim va tajriba natijasida ulkan hamda go‘zal sivilizatsiyani yaratdilar. Bu ikki tur birlashib, yagona islom hazorasini tashkil etadi. Esdan chiqarmaslik lozimki, islom sivilizatsiyasi keng ma’noda uni bunyod etish, qurish, rivojlantirish, dunyoga yoyishda ishtirok etgan barcha musulmon xalqlarining teng merosi sanaladi. Aslo uni ma’lum bir millatning “mahsuli” deb bo‘lmaydi. Islom hazorasi shu tarzda asrlar osha yaratildi, rivojlandi, boshqa sivilizatsiyalarga o‘z ta’sirini o‘tkazdi.“Sivilizatsiya” so‘ziga ilmiy soha vakillari tomonidan turlicha ta’riflar berilgan. Biroq ular ichida kengqamrovli va umumiy xususiyatga ega bo‘lgan quyidagi ta’rifni alohida aytish mumkin: “sivilizatsiya bu – taraqqiyot va e’tiqodiy asoslar, insonning ilmiy tafakkuri, ilm-fan, adabiyot, odob-axloq kabi turli sohalardagi faoliyati hamda bularning natijasida paydo bo‘ladigan hayot yo‘li, tafakkur mahsulidir”. Ushbu ta’rifning xususiyati shundaki, bu yerda sivilizatsiyani insoniyat faoliyati bilan bir qatorda tabiiy in’om etiladigan hayot qonuniyatlari, diniy asoslar ham natijasi sifatida baholangan.Islom sivilizatsiyasining arabcha nomlanishi “al-hazora al-islamiya” bo‘lib, bu yerdagi al-hazora so‘zi ko‘chmanchi, badaviy tarzida yashamaydigan, balki o‘troqlashgan holda madaniy hayot kechiradigan ma’nolarini anglatadi. Shu o‘rinda ta’kidlash kerakki, ushbu so‘zga dastlabki ta’rif bergan olimlar uni

hayot uchun zarur narsalardan ortiqcha bo‘ladigan har qanday narsalarni al- hazora deb hisoblaganlar. Unga birinchilardan ta’rif bergan olimlar qatorida XIV asrda yashagan buyuk musulmon faylasufi va tarixchisi Ibn Xaldun shunday degan: “sivilizatsiya bu – farovonlik sirlarini yaxshi bilish, taom, kiyim, yotoq, bino va yashash uchun barcha vositalarni qo‘llay olishdir”. Ibn Xaldun sivilizatsiyani yashash uchun zarur narsalarga ziyoda bo‘ladigan odatiy holatlar deya baholab, bu ziyodalik farovonlik va sivizilatsiyaga intilayotgan xalqlarda turlicha, ya’ni kimdir ko‘proq va yana kimdir kamroq erishishi mumkin deb bilgan. Shu ma’noda Ibn Xaldun G‘arb mutafakkirlaridan, jumladan britaniyalik tarixchi Arnold Toyinbiydan oldin tsivizilatsiyaga ta’rif bergan deyishga etarlicha asoslar mavjud2.Yana bir musulmon olimi Ibn al-Azraq garchi tsivilizatsiyani ijobiy hodisa sifatida baholamasa-da, biroq u ham dastlabkilar qatorida uni izohlagan olimlardan sanaladi: “sivizilatsiya eng mukammal madaniyat bo‘lib, u gohida fasodga olib borishi mumkin. Shuningdek u yaxshilikdan uzoq yomonlik bo‘lib, kim undan salomat bo‘lsa, yaxshilikka yaqin bo‘libdi” .Sivilizatsiya mohiyatan keng tushuncha bo‘lgani uchun ham, unga ko‘plab ta’riflar berilgan. “sivilizatsiya so‘zi lotincha “grajdanlik”, “davlatchilik” so‘zidan kelib chiqqan. G‘arb tadqiqotlari qarashlarida ushbu so‘z XVI asr ma’rifatparvarlarining urushlarsiz hamda ruhoniylar ta’siridan ozod jamiyat uchun kurashishlari jarayonida fanga kirib kelgani hamda u jamiyat taraqqiyotining darajasini belgilovchi tushunchaligi ta’kidlanadi. Shuningdek sivilizatsiya jamiyat taraqqiyotidagi uchta katta davr, ya’ni yovvoyilik, vahshiylik va tsivilizatsiyani bosib o‘tgan hamda yozuv va davlatning kelib chiqishi bilan boshlangani, dastlabki sivizilizatsiya bundan chamasi 6 ming yillar muqaddam Misrda boshlangani aytiladi. U bilan turli xil dinlar, gumanistik va ahloqiy qadriyatlar keng tarqalgan.

MARKAZIY OSIYODA ISLOM SIVILIZATSIYASINING RIVOJI Islom sivilizatsiyasi o‘rta asrlarda o‘zining yetuk darajasiga etdi. G‘arb dunyosining ayrim vakillari bu paytni “zulmat” davri, deya hisoblab turgan bir vaqtda ajdodlarimiz nurli davrni boshidan o‘tkazganlar. Vaholanki, amerikalik olim Jorj Sarton o‘zining “Introduction to the History of Science” (“Fan tarixiga kirish”) nomli kitobida ilmiy bosqichlarni yarim asrlardan iborat 50 yillik bir necha davrlarga bo‘lib chiqqan. Xususan, 750 yildan 1100 yilgacha – 350 yil mobaynida yashagan olimlarning nomlarini sanab o‘tgan. Diqqat bilan kuzatgan o‘quvchi ushbu olimlar musulmon olami vakillari ekaniga amin bo‘ladi. Bunday olimlar qatorida kimyo, matematika, tibbiyot, geografiya, falakiyot, tabiiy ilmlarda ulkan faoliyat olib borgan Jobir ibn Hayyon, Muhammad Xorazmiy, Abu Bakr Roziy, Mas’udiy, Abul Vafo, Abu Rayhon Beruniy, Umar Xayyom singari arab, turk, afg‘on, fors musulmon olimlari keltiriladi.Kitobning davomida 1100 yildan boshlab keyingi 250 yil mobaynida Ibn Rushd, Tusiy, Ibn Nafis kabi musulmon olimlari bilan bir qatorda evropalik olimlarning faoliyatlari kuzatiladi. Shu paytdan boshlab, g‘arb dunyosi islom olamidagi ilmlarni o‘rganib, tarjima qilishni boshlaganlarki, ayni jarayon bugungi kungacha ham davom etib kelmoqda. Bu tarixiy haqiqatni juda ko‘plab olimlar e’tirof etmoqdalar. Buni o‘tgan asr davomida insoniyat hayoti rivojiga samarali hissa qo‘shgan 2000 talik kishilar ro‘yxatiga kiritilib, Kembridj universiteti jamoasi nomzodi, Germaniyada yashovchi, arab-musulmon olimi Doktor Muhammad Mansur ham ta’kidlaydi. Agar tsivilizatsiya umumiy mohiyatiga ko‘ra, insonning moddiy va ma’naviy sohalardagi hayotiy ehtiyojlarini qondirar ekan, islom tsivilizatsiyasi barcha davrlarda bunday ehtiyojlarni qondira olgan. Chunki, u musulmon ummatining asrlar osha hayotni yanada yaxshilash, insonni baxtiyor qilish yo‘lidagi umumiy harakati natijasidir. Ushbu ma’noda u barcha asrlarda barcha savollariga javob bera olgan va shak-shubhasiz dunyo

tsivilizatsiyasi sifatida yashab kelgan. Shu bilan birga u aslo nizo va urush madaniyati bo‘lmagan. Ushbu jihatdan qaraganda, islom hazorasi zamonaviy Evropa tsivilizatsiyasiga tibbiyot, farmatsevtika, kimyo, matematika, fizika, astronomiya singari bilimlari bilan tamal toshini qo‘ygan deyish mumkin. Natijada G‘arb uyg‘onish davri tezlashdi va fanning turli yangi sohalari paydo bo‘ldi, ko‘plab ilmiy yutuqlarga erishildi. Bunday ta’sir hozirgacha davom etib kelayotgani ham inkor etib bo‘lmas ayni haqiqatdir.O‘rta asrlarning mashhur musulmon olimi Ibn Xaldun o‘zining “Muqaddima” kitobida Markaziy Osiyo va xususan, Movarounnahr haqida gapirib, ushbu hududning islomgacha ham yuksak madaniyatga egaligini, bu din kirib kelgach esa, u yanada rivojlangani, ulkan ma’rifiy tamaddunga aylangani, islom madaniyati yuqori cho‘qqiga chiqqanini tilga oladi.Ushbu qadim zamin asrlar davomida “ilmu ma’rifat o‘chog‘i” bo‘lgani, “Islom dinining quvvati” bo‘lgan Buxoro, “Yer yuzining sayqali” deya e’tirof etilgan Samarqand, “Islom gumbazi” deb ulug‘langan Kesh kabi shaharlari, Xorazmiy, Termiziy, Shoshiy, Farg‘oniy, Marg‘iloniy singari yuzlab allomalari bilan dunyoga mashhur bo‘lib kelganini eslamaslikning iloji yo‘q.Fan, ta’lim, madaniyat masalalari bo‘yicha Islom tashkiloti – ISESCO bosh direktori Abdulaziz at- Tuvayjiriy ham 2017 yilning avgust oyida O‘zbekistonga tashrifi asnosida mamlakatimizning islom tsivilizatsiyasi rivojidagi roliga alohida urg‘u berib, islom dini Arabistonda vujudga kelgan bo‘lsa ham, biroq uning rivoji boshqa diyorlarda, jumladan, Movarounnahrda kechganini alohida ta’kidlab o‘tdi hamda yurtimizdan etishib chiqqan Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Mahmud Zamaxshariy kabi allomalarning xizmatlariga to‘xtaldi.Bu borada gapirganda, ayniqsa yurtimizda xalqaro YUNESKO tashkiloti tomonidan e’tirof etilib, madaniy meros ro‘yxatiga kiritilgan qo‘lyozma asarlar soni 100 mingdan ziyodni tashkil etishi, bebaho durdonalarning katta bir qismi O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutining