logo

Ko‘l tushunchasi va ko‘llar geografiyasi,shimoliy amerikadagi ko‘llarni yozuvsiz kartaga tushirish

Загружено в:

20.11.2024

Скачано:

0

Размер:

115 KB
Mavzu:Ko‘l tushunchasi va ko‘llar
geografiyasi,shimoliy amerikadagi ko‘llarni
yozuvsiz kartaga tushirish
Reja :
1  Ko ’ llarning   gnezisi   buyicha   tasnifi
2  O ’ rta   Osiyo   ko ’ llari   gnezisi  
3 Ko’llarning suv muvozanati 
4 Ko’llar suv muvozanatining zonal xususiyatlar 1   Ko’llarning   genezisi   boyicha   tasniflash.   Ko’llarning   paydo   bo’lishi
(genezisi)   Yerning   ichki   (endogen)   va   tashqi   (ekzogen)   kuchlari   hamda   joyning
geografik   o’rni,   iqlim   sharoiti,   geologik   tuzilishi,   relefi   va   boshqa   omillar   bilan
bog’liqdir.   Quyida   ko’llarning   kelib   chiqishi   ustida   qiskacha   to’xtalib,   so’ng
ularning   genezisi   boyicha   ko’lshunos   olimlar   tomonidan   tavsiya   etilgan   tasniflari
ma‘lum   tizimga   keltirilgan   holda   yoritiladi.   Shu   bilan   birga   O’rta   Osiyo
ko’llarining genezisi xaqidagi ayrim ma‘lumotlar alohida qayd etiladi.
Ko’llarning paydo bo’lish sabablari ko’pchilik hollarda ancha aniq buladi va
bunday   ko’llar   asosan   halokatli,   masalan,   vulqonlar   otilishi,   zilzilalar,   muzliklar
faoliyatining   jadallashishi   va   boshqa   xodisalar   bilan   bog’lik   bo’ladi.   Ko’llarning
hosil bulish sabablari ma‘lum darajada ularning morfologiyasi va morfometriyasini
(shakl   va   o’lchamlarini),   suvining   kimiyoviy   tarkibini,   florasini   (o’simligi),
faunasini   (hayvonot   olamini)   va   boshqalarni   ham   aniqlaydi.   Shu   tufayli   ko’llar
kosalarining   paydo   bo’lishi   (genezisi)   boyicha   guruhlaga   ajratish   ya‘ni   tasniflash
ko’llarda   kechadigan   muhim   bosqich   hisoblanadi.   Chunki   bunday   tasniflash
ko’llarda   kechadigan   suv   muvozanati   o’zgarishlari,   dinamik   issiqlik   biologik   va
boshqa jarayonlarni o’rganish va miqdoriy baholash imkoniyatlarini oshiradi.
Ko’llarning   kelib   chiqish   boyicha   tasnifi   dastlab   1937   yilda   M.A.Pervuxin
tomonildan  taklif  etilgan.  Keyinchalik  (1960  yil)   ushbu  tasnifni  B.B.Bogolovskiy
ancha   takomillashtirgan   va   shu   tufayli   uni   alohida   tasnif   sifatida   qayd   etish
mumkin.   Ko’llar   kosalarining   genezisi   buyicha   AQShlik   gidrolog     olim
J.Ye.Xatchinson   tomonidan   1957   yilda   taklif   etilgan   tasnif   yuqoridagilardan
mukammalligi bilan ajralib turadi.
Bu   tasniflar   akademik   (o’ta   ilmiy)   yusinda   va   shu   bilan   birga   alohida
xududlardagi ko’llar uchun yaratilgan bo’lsada, lekin ularning ayrimlaridan boshqa
xududlardagi   xuddi   shunga   o’xshash   ko’llar   misolida   ham   foydalanish   mumkin.
Ikkinchidan, bu tasniflar ma‘lum bir ko’l uchun olingan tadbiq etishdan saqlaydi.
M.A.Pervuxin   tasnifi.   Bu   tasnif   boyicha   ko’llar   kosalari   yerning   ichki
(endogen)   va   tashqi   (ekzogen)   kuchlari   ta‘sirida   vujudga   keladi,   deyiladi.   Ichki
kuchlar   ta‘sirida   paydo   bo’lgan   ko’llar   kosalari   tektonik   va   vulqon   ko’llari
guruxlariga   bo’linadi.   Tashqi   kuchlar   ta‘sirida   vujudga   kelgan   ko’llar   kosalari
gidrogen,   glyatsiogen   (muzlik),   zol   (shamol),   orgonogen   va   antropogen   kelib
chiqishli bo’ladi va mos ravishda shunday turlarga bulinadi.
Gidrogen   ko’llar   kosalari   daryo,   yer   osti   suvlari   va   dengiz   suvlari   ta‘sirida
vujudga   keladi   va   ular   qayir,   karst,   termokarst,   suffozion   ko’llar   deb   ataluvchi
kichik turlarga bo’linadi.
Glyatsiogen   ko’llar   kosalari   muzliklar   faoliyati   ta‘sirida   paydo   buladi.   Bu
turda   o’z   navbatida   morena   va   karst   ko’llari   bir-biridan   farq   qiladi   va   shu
nomlardagi kichik turlarga bulinadi.
Zol ko’llar botiqlari shamol ta‘sirida paydo buladi.
Orgonogen   ko’llar   ikkilamchi   hisoblanib,   botqoqlik   va   torfli   xududlarda
hosil buladi.
Antropogen   ko’llar-suv   omborlari,   selxonalar,   irrigatsiya   ko’llari,   tog’-kon
kareri ko’llari kosalarining paydo bulishi inson xujalik faoliyati bilan bog’lik. B.B. Bogoslovskiy tasnifi.   Ma‘lum holatlar hisobga olinib, yuqorida bayon
etilgan,   ya‘ni   M.A.Pervuxin   tasnifi   1960   yilda   B.B.   Bogoslovskiy   tomonidan
takomillashtirilgan.  Natijada  ko’llar   kosalari  paydo  bulishi   boyicha  quyida  tavsifi
keltirilgan 8 ta guruhga ajratilgan.
Muzlik   ko’llari.   Bu   guruhga   mansub   bo’lgan   ko’llar   kosalarining   hosil
bo’lishi  qadimgi va xozirgi muzliklarning faoliyati bilan bog’lik. Ular ikki kichik
guruhga bulinadi:
a)   erozion   ko’llar   kosalarining   hosil   bulishiga   muzliklarning   erozion
faoliyati sababchi buladi. Masalan, Kareliya yarim oroli, Skandinaviya yarim oroli,
Alp, Kavkaz tog’laridagi ko’llarning ko’pchiligi shu kichik guruhga kiradi;
b)   akkumlyativ   ko’llar   kosalari   muzlik   morenalari   tufayli   vujudga   keladi.
Ular   qadimgi   muz   bosish   davrlari   kuzatilgan   xududlarda,   tog’larda   ko’plab
uchraydi.
Suv   eroziyasi   va   akkumlyatsiyasi   ko’llarining   kelib   chiqishi   daryo   va
dengizlar suvlari faoliyati bilan bog’lik bulib, quyidagi kichik guruhlarga bulinadi:
a) qoldik ko’llar – daryolar vodiylarida uchraydi, tulinsuv davrida daryodan
suv oladi, ba‘zan daryo suvidan tuyinmasligi ham mumkin;
b) plyos ko’llar –daryo vodiysining, o’zanning kengaygan va shu bilan birga
botiq joylarida uchraydi;
v) delta ko’llari – yirik daryolarining quyilish qismi-deltalarida uchraydi;
g) lagun va limon ko’llar –dengiz qirgoqlarida uchraydi, kichik qultiklarning
turli   jarayonlar   ta‘sirida,   dengizdan   ajralib   qolishi   natijasida   hosil   buladi,   suv
kutarilishi, tulqinlar paytida dengiz bilan tutashadi;
d)   fiorid   ko’llar   –   dengizdan   oqiziklar   tuplanishi   natijasida   hosil   bo’lgan
uyum-tusiqlar bilan ajralib turadi.
Upirilma   ko’llar.   Bunday   ko’llarning   kosalari   qanday   jarayonlar   natijasida
hosil bulishiga qarab quyidagi kichik guruhlarga ajratiladi;
a)   karst   ko’llari   –   ohaktosh,   dolomit,   gips   kabi   oson   eriydigan   jinslar
tarqalgan xududlarda uchraydi;
b) cho’kma (suffozion) ko’llar kosaldari yer osti suvlari ta‘sirida hosil buladi
va   yangi   o’zlashtirilgan   yerlarda,   o’rmon-cho’l   va   cho’l   zonalarida   ko’plab
uchraydi;
v) termokarst ko’lar –doimiy muzloq yerlarda uchraydi.
Vulqon ko’llari- o’chgan vulqonlarning kraterlarida hosil buladi, qadimgi va
xozirgi   vulqon   jarayonlari   kuzatiladigan   joylar   (Kamchatka,   Yaponiya,   Italiya)da
ko’plab uchraydi.
Qulama   koi’llar   –   tog’   kuchkilari   natijasida   hosil   buladi   (Sarez   ko’li,
Iskandarko’l,Qurbonko’l va boshqalar).
Zol   ko’llar   –shamolning   yer   sirtidagi   mayda   zarrachalarni   uchirishi
natijasida   ularning   o’rnida   hosil   bo’lgan   botiqlarda   paydo
buladi.Qozogiston,Markaziy Osiyoda va umuman cho’lli xududlarda uchraydi.
J.Ye.   Xatchinson   tasnifi.Ko’llarning   genezisi   (kelib   chiqishi)   boyicha   eng
tula tasnifi 1957 yilda AQShlik gidrolog olim Xatchinson tomonidan yaratilgan.Bu
tasnifda barcha ko’llar kosalarining genezisi buyicha 11 ta guruhga, ularda esa o’z
navbatida  76 ta tasnifning qiskacha bayoni keltiriladi. Tektonik   kelib   chikishli   ko’llar   kosasi   tektonik   kuchlar   ta‘sirida   hosil
bo’lgan botiqlarda joylashadi va 9 turga bulinadi;
Vulqon   kelib   chikishli   ko’llar   vulqonlar   krateri   kalderasi   va   lava   oqimi
tusigdan hosil bo’lgan ko’llar ko’rinishidagi 9 tur va 6 kichik turlarga bulinadi;
Qulama   ko’llar   tog’   jinslarining   turli   jarayonlar   (zil-zila,   surilish,   ko’chki)
ta‘sirida qulab tushib, daryo vodiysini tusib  quyishi natijasida hosil buladi. Ba‘zan
esa   ularning   hosil   bulishiga   kuchli   sel   oqimi   yotqiziqlari,   tog’   yonbag’irlaridan
nurab   tushgan   tosh   uyumlari   ham   sabab   bulishi   mumkin.   Shu   xolatlarni   hisiobga
olib, ushbu guruh ko’llari kosalari 3 tur va 3 kichik tur ko’rinishida uchraydi.
Muzliklar faoliyati natijasida hosil bulgan ko’llar quyidagi 4 kichik guruhga
bulinadi:
a) muzlikka bevosita tutash ko’llar;
b) muzlik tanasidagi ko’llar;
v)  morena tusiqlaridan hosil bo’lgan ko’llar;
g) muzliklar faoliyati bilan bog’lik holda paydo bo’lgan botiqlik ko’llari. Bu
kichik guruhlar esa o’z navbatida 19 tur va 20 kichik turga ajratiladi.
Karst  ko’llari  tog’   jinslari   tarkibidagi  moddalarning  erib,  chuqishidan  hosil
bo’lgan botiqlarda paydo buladi. Shu jarayondar  bilan bog’lik holda ular 5 tur va 2
kichik turga bulinadi.
Qayir   ko’llari   tug’onli   ko’llar,   qayirdagi   qutarma   (damba)   tufayli   hosil
bo’lgan   ko’llar   va   qoldik   ko’llar   deb   ataluvchi   3   kichik   guruhga,   ular   esa   o’z
navbatida 11 turga bulinadi.
Zol- kullar qum uyumlari bilan tusilgan ko’llar, shamol eroziyasi natijasida
hosil bo’lgan ko’llar kabi 4 turga bo’linadi.
Qirg’ok buyi ko’llari – dengizlar va yirik ko’llar qirgoklari buyida tulqinlar
yuvib tushirgan tog’ jinslari uyumi tusigidan hosil buladi va 5 turga bulinadi.
Organik   kelib   chikishli   ko’llar   o’simliklar   tusig’i   tufayli   hosil   bo’lgan
ko’llar, marjon ko’llar, ikkilamchi ko’llar kurinishidagi 3 turga ajratiladi.
Atropogen ko’llar – insonning xujalik faoliyati natijasida paydo buladi va 3
turga bulinadi.
Meteorit ko’llar – yer sirtiga meteoritlarning tushishi natijasida hosil bo’lgan
botiqlarda paydo buladi va ular 2 turga ajratiladi.
Yuqorida   qayd   etilganlardan   ma‘lum   buladiki,   ko’pchilik   ko’llarning   hosil
bulishi   tektonik   xarakatlar   yoki   muzliklar   faoliyati   bilan   bog’lik   ekan.   Jumladan,
Yer   sirti   quruqlik   qismining   30%   idagi   landshaft   zonalarining   hosil   bulishi
muzliklarning faoliyati bilan bog’lik va bu yerlar ko’llar sonining beqiyos darajada
ko’pligi   bilan   ajralib   turadi.   Masalan,   D.Mark   va   M.   Gudchayld   ma‘lumotlari
buyicha Kanada qalqonida 1:50000 masshtabli kartadan aniqlangan ko’llar zichligi
0,4-0,6 km 2
/km 2
 bulib, soni 2000000 dan ortiq.
        2  O’rta Osiyo ko’llari genezisi xaqida. O’rta Osiyo ko’llari genezisi masalalari
ko’plab   tadqiqotchilar   e‘tiborini   tortgan.   Mazkur   muammoni   o’rganish   dastlab
N.L.Korjenevskiy, N.G.Malitskiy, L.A.Molchanov va boshkalarning tadqiqotlarida
yoritila boshlagan bo’lsa, keyinchalik V.N.Reyzvix, A.M.Nikitin, A.V.Shvitnikov
tomonidan   davom   ettirilgan.   Natijada   20   asrning   80-   yillarida   yaratilgan   ushbu tasnif M.A.Pervuxin (1937 yil), D.Xatchinson (1957 yil) tasniflaridan O’rta Osiyo
ko’llari genezisining o’ziga xos xususiyatlarini e‘tiborga olganligi bilan farq qiladi.
Ma‘lumki, 20 asrning 2 yarmida o’lkadagi suv zaxiralarini xududlar boyicha
qayta   taqsimlash,   yangi   yerlarni   o’zlashtirish,   tog’-kon   sanoati   va   boshqa   qator
omillar   ta‘siri   natijasida   ko’plab   sun‘iy-antropogen   ko’llar   hosil   bo’la   boshladi.
Ko’llar   genezisini   xozirgi   kun   nuktai-   nazaridan   yoritishda   bu   holatni   e‘tiborga
olish   muhimdir.   Mualliflar   tomonidan   taklif   etilayotgan   tasnifning
yuqoridagilardan farqi ham shundadir, aniqrog’i ushbu tasnif boyicha O’rta Osiyo
ko’llari dastlab ikki katta guruhga – tabiiy va antropogen ko’llarga bulinadi.
Tabiiy   ko’llar   kosalarining   kelib   chikishi   boyicha   yerning   ichki   (endogen)
va   tashqi   (ekzogen)   kuchlar   bilan   bog’liq   bo’lsa,   antropogen   ko’llarning   hosil
bo’lishi insonning xujalik faoliyati ta‘siri natijasidir.
Tabiiy ko’llar kosalari, yuqorida qayd etilganidek, tabiiy, ya‘ni endogen va
ekzogen kuchlar   ta‘sirida hosil buladi. Ularning suvga tulish jarayoni  ham tabiiy
yusinda kechadi. A.M.Nikitin o’lkamiz tabiiy ko’llarini joylashish o’rniga bog’lik
holda ikki kichik guruhga – tekislik va tog’ ko’llariga ajaratadi. O’z navbatida bu
kichik guruhlarning har biri bir nechta turlarga ajratiladi. Mazkur turlarni ajratishda
muallif     O’rta   Osiyoning   tekislik   va   tog’lik   o’lkalari   uchun   xos   bo’lgan   tabiiy
jarayonlarni   hisobga   oladi.   Jumladan,   har   ikki   kichik   guruh   uchun   ham   tektonik,
ham   gidrogen   jarayonlar   tufayli   vujudga   kelgan   ko’llarga   xos   bo’lsa,   deflyatsion
ko’llar   faqat   tekislik   o’lkalariga,   glyatsiogen   va   gravitatsion   jarayonlar   tufayli
vujudga kelgan ko’llar esa tog’li o’lkalar uchun xosdir.
Tekisliklardagi   tektonik   ko’llar   kosalari,   asosan,   Yer   sirtining   platformali
bukilishi   natijasida   hosil   buladi.   Ularga   Orol,   Sariqamish   va   Arnasoy   ko’llari
kosalari   misol   buladi.   Maxsus   adabiyotlarda   qayd   etilishicha   ularning   kosalari
Turon epipaleozoy platformasining tektonik bukilishi natijasida hosil bo’lgan.
Tog’li   o’lkalardagi   tektonik   ko’llarni   kelib   chikishi   boyicha   A.M.Nikitin
quyidagi uch kichik turga ajratadi:
- tog’lar oralig’i botiqlaridagi ko’llar;
- tog’ botig’idagi ko’llar;
- qulama ko’llar
Tog’lar   oraligi   botiqlaridagi   va   tog’   botig’idagi   ko’llar   kosalarining   hosil
bulishining asosiy sabablari tektonik jarayonlar bilan bog’liqdir.
O’lkamizdagi   tog’lar   oralig’i   botig’iga   mansub   ko’llar   suv   xajmi   va
chuqurligining   kattaligi   bilan   ajralib   turadi   va   uning   yorqin   misoli   Issiqko’ldir.
Unga nisbatan bir necha marta kichik bulgan Qorakul, Sonkul, Chatirkul, tektonik
ko’llar. Ushbu guruhga kiruvchi ko’llar kosalari Yer qobigidagi tektonik xarakatlar
natijasida vujudga keladi. Ular chuqurligining kattaligi, qirg’oqlarining tikligi bilan
ajralib   turadi.   Bu   guruhga   Baykal,   Tanganika,   Shimoliy   Amerikadagi   buyuk
ko’llar   (Eri,   Ontario,   Guron,   Michigan),   Kaspiy,   Onega,   Issiqkul,   Sevan   va
boshqalarni   misol   qilib   keltirish   mumkin.   Rangko’l,   Sho’rkul   va   boshqalar
ikkinchi   kichik   guruhga,   ya‘ni   tog’   botig’i   ko’llariga   mansubdir.   Har   ikki   kichik
guruhdagi   ko’llarning   ko’pchiligi   berk   havzani   tashkil   etib,   ularda   sarflanish
asosan bug’lanish ko’rinishida kechadi. Tyanshan,   Pomir-Oloy   tog’larining   ko’pgina   tizmalarida   tektonik
ko’llarning   qulama   turi   ko’prok   tarqalgan.   Bunday   turga   mansub   ko’llarga
Yashilko’l,   Sarichelak,   Iskandarko’l,   Qurbonko’l   va   boshqalarni   misol   qilib
keltirish mumkin. Pomirdagi Sarez ko’li bunday ko’llarning eng yoshi va shu bilan
birga eng yirigi hisoblanadi.
Ma‘lumki, Sarez ko’li 1911 yildagi kuchli zilzila tufayli qulab tushgan tog’
qismining Murg’ob daryosi o’zanini tusib quyishi natijasida hosil bo’lgan. Bunday
ko’llarda suv almashinuvi qulash natijasida hosil bo’lgan tug’ondan suvning sizib
utishi   ko’rinishida   ruy   beradi.   Sizib   o’tish   shu   darajada   kattaki,   ko’llarga   kelib
quyiladigan     toshqin   suvlari   ham   bir   necha   kunda   tug’ondan   quyi   qismga   sizib
utadi.   Lekin,   ayrim   hollarda   suvning   tug’on   ustidan   oqib   utishi   natijasida   salbiy
xodisalar ham kuzatiladi.
Tekisliklardagi   ko’llarning   katta   qismi   gidrogen   ko’llarga   mansub   bulib,
ularning kelib chiqishi asosan suv eroziyasi  va akkumulyatsiyasi  jarayonlari bilan
bog’liqdir.   Bu   turdagi   ko’llar   o’z   navbatida   daryolar   deltalaridagi   ko’llar,   qoldiq
ko’llar, plyos ko’llar (mavsumiy daryolar o’zanidagi ko’llar) va lagun ko’llar kabi
kichik turlarga bulinadi.
Daryolar deltalaridagi ko’llar Amudaryo, Sirdaryo va boshqa nisbatan yirik
daryolar  deltalarida ko’plab uchraydi. Ularning kelib chiqishi  daryolar deltalarida
kechgan   qadimiy   va   hozirgi   o’zan   jarayonlari   bilan   bog’likdir.   Bu   kichik   turga
Sudoche, Qorrateren ko’llari misol buladi.
Qoldik   ko’llar   turi   esa   Amudaryo,   Sirdaryo,   Chuy,   Talas   daryolari
qayirlarida uchraydi.
Plyos   ko’llar   qadimiy   daryo   vodiylarida   -     Zarafshon,   Qashkadaryo,   Chuy,
Talas, Atrek daryolarining quyi oqimlarida uchraydi.
Lagun   ko’llarining   kelib   chiqishi   tekisliklardagi   yirik   ko’llar   sathining
o’zgarishi bilan bog’liqdir.
Tog’li xududlardvagi gidrogen ko’llar kosalari termokarst, karst va suffoziya
jarayonlari   natijalari   tufayli   vujudga   kelgan   chukmalar   o’rnida   hosil   buladi.
Shuning   uchun   ham   ko’pgina   olimlar   tog’lardagi   gidrosen   ko’llar   turini   umumiy
nom bilan cho’kma ko’llar deb ataydilar. Bu tur ko’llar kosalari qanday jarayonlar
natijasida   hosil   bulishiga   bog’lik   holda   termokarst   ko’llari,   karst   ko’llari   va
suffoziya ko’llari deb ataluvchi kichik turlarga bulinadi.
Termokarst ko’llar baland tog’lardagi (Ichki va Markaziy Tyanshan, Sharqiy
Pomir)   doimiy   muzloq   xududlarda   uchraydi   va   ko’l   kosasi   erish   natijasida   hosil
buladi.   Ularning   o’ziga   xos   tomoni   shundan   iboratki,   ko’pincha     yilning   issiq
davrlarida paydo buladi, ya‘ni mavsumiy xarakterga ega.
Karst ko’llari kosalari yura va bo’r davri tuzli yotqiziqlarining suv ta‘sirida
chuqishi   natijasida   hosil   buladi.   Bunday   ko’llar   Kuhitang,   Sheroboddaryo,
Yovonsuv daryolari xavzalarida va Kopettog’ tog’oldi xududida ko’plab uchraydi.
Suffoziya ko’llari kosalari yer osti suvlari ta‘siri natijasida hosil buladi. Ular
ko’prok tog’oldi xududlarida tarkalgan va mavsumiy xarakterga ega.
Deflyatsiya ko’llari tekisliklardagi  cho’l va yarim  cho’l  xududlarda shamol
ta‘sirida vujudga kelgan botiqlar o’rnida hosil buladi. Ular mahalliy oqim xisobiga tuyinadi   va   shu   tufayli   yil   davomida   qisqa   muddat   ichida   kuzatiladi.   Natijada
ularning suv xajmi va suv yuzasi maydongi juda kichik buladi.
Glyatsiogen   ko’llar   kosalari   kelib   chiqishi   buyicha   xozirgi   va   qadimgi
muzliklar   faoliyati   bilan   bog’lik.   Glyatsiogen   ko’llar   ulkamizdagi   tog’li
xududlarning   eng   baland   mintaqalarini   egallagan.   Glyatsiogen   ko’llarning   eng
ko’p soni va eng katta yig’indi suv yuzasi maydoni 4000-4500 m oraliq balandlik
zonalariga   tug’ri   kelaldi.   Glyatsiogen   ko’llar   turi   o’z   navbatida   muzlik   ko’llari,
kara   ko’llari,   zand   ko’llari   va   morena   ko’llari   deb   nomlanuvchi   kichik   turlarga
bulinadi.
Muzlik   ko’llari   yirik   muzlik   sirtidagi   botiqlarda   hosil   buladi   va   yilning
sovuq   davrlarida   yo’q   bulib   ketadi.   Masalan,   Shimoliy   Engilchak   muzligidagi
Mertsbaxer ko’li shu kichik turga misol buladi.
Kara   ko’llari   muzliklarning   chekinishi   natijasida   ularning   o’rnida   hosil
bo’lgan botiqlarda paydo buladi.
Zand   ko’llari   muzliklar   ostidan   sizib   chiqayotgan   suv   oqimining   turli
yotqiziqlar   tusib   qolishi   natijasida   hosil   buladi   va   asosan   yilning   issiq
mavsumlarida   paydo   buladi.   Oygaing   (Piskom   daryosining   irmogi)   Zarafshon
daryolari havzalaridagi muzliklarda kuzatilgan.
Morena ko’llari o’lkamizning tog’li xududida ko’plab uchraydi.
Ularning tug’onlari morenalar yotqiziqlaridan hosil buladi. Shu kichik turga
Oxangaron   havzasidagi   Aroshan   ko’li,   Zarafshon   havzasidagi   Ko’likalon,
Chimtarga va Chapdara kabi ko’llar misol buladi.
Gravitatsion   ko’llar   tog’oldi   va   yassi   tog’li   xududlarda   daryo   vodiysining
surilish,   kuchki-qulash   maxsulotlari,   oqiziqlar   konusi   yoki   qor   kuchkilari   tushib
qolishi   natijasida   hosil   buladi.   Bu   turdagi   ko’llar   ularni   yuzaga   keltiruvchi
jarayonlarga   bog’lik   holda   kuchki-qulash   ko’llari   va   qor   kuchkilari   ko’llari   deb
ataluvchi kichik turlarga bulinadi. Birinchi kichik turdagi ko’llar yonbag’irlarining
ko’chishi,   surilishi   yoki   irmoqlarning   loyqa   oqiziqlari   konusi   bilan   bosh   daryo
o’zanining   tusilib   qolishi   natijasida   paydo   buladi.   Rel’ef   va   iqlim   sharoitiga
bog’lik   holda   ular   qisqa   va   uzoq   umr   kurishi   mumkin.   Masalan,   Shohimardon
daryosi   havzasidagi   Ko’kkul   shu   kichik   turga   mansubdir.   Ikkinchi   kichik   turdagi
ko’llarning paydo bulishi ko’pchilik hollarda yomon salbiy oqibatlarga olib keladi.
Antropogen   ko’llarning   hosil   bulishi   insonning   xujalik   faoliyati   bilan
bog’liqdir.   Irrigatsiya,   gidroenergetika,   baliqchilikni   rivojlantirish   maqsadlarida
qurilgan   suv   omborlari,   ekin   maydonlarini   sug’orishda   ortiqcha   suvlarning   yer
sirtidagi   tabiiy   hamda   ochiq   karerlar   va   shaxtalar   o’rnidagi   botiqlarda   to’planishi
natijasida hosil bo’lgan ko’llar shu guruhga mansubdir.
Antropogen ko’llar guruhini quyidagi kichik guruhlarga ajratish o’rinlidir:
- suv omborlari;
- irrigatsiya-tashlama k o’ llari;
- tog ’ -kon karerlari k o’ llari.
Suv   omborlari   daryo   va   soylar   suvidan   tula   va   samarali   foydalanish
maqsadida   kuriladi .   Bu   xaqdagi   ma ‘ lumotlar   ushbu   ma’ruzalar   matnining   « Suv
omborlari »  bulimida   batafsil yoritilgan . Irrigatsiya - tashlama   ko ’ llari .   20   asrning   60   yillarida   Quyi   Amudaryo
zonasida   yangi   yerlarni   o’ zlashtirish   natijasida   Sariqamish   ko ’ li ,   Dengizko ’ l ,
Porsonko ’ l ,   Q oraqir   ko ’ llari   70   yillarning   o’ rtalariga   kelib   Q arshi   cho ’ llarini
o’ zlashtirish   natijasida   esa   Sultontog ’  ko ’ li   paydo   buldi .
Shu   turga   mansub   bo ’ lgan   Arnasoy   ko ’ llar   tizimi   1969   yilda   Sirdaryoning
tulinsuv   davridagi   oqimining   katta   q ismini   (20   km 3
  ga   yaqin )   shu   joydagi   tabiiy
botiqqa   oqizilishi   natijasida   vujudga   keldi .  Oxirgi     yillarda   Arnasoydagi   suv   xajmi
20  km 3
  atrofida   bulib , h ar   yili   unga   Sirdaryo   suvining   bir  q ismi   va  2  km 3
   xajmdagi
kollektor   –   zovurlar   suvlari   kelib   q ushilmoqda .   Natijada   suv   yuzasi   maydoni
yildan -    yilga   orta   borib ,   xozirgi   kunda   3000   km 3
  ga   yetdi ,   undagi   suv   xajmi   h am
shunga   mos   ravishda   ortdi .
Tog ’- kon   kareri   ko ’ llarining   h osil   bulishi   ikki   xil   kurinishida   kechadi .
Ularning   birinchisi ,   ochiq   karerlar   va   shaxtalar   o’ rnida   h osil   bulgan   botiqlarning
suvga   tulishi   tufayli   paydo   buladi .  Bunday   ko ’ llar   Olmaliq - Oxangaron ,  Muruntov ,
Uchquduq   tog ’-  kon   sanoati   rayonlarida   uchraydi   va   ko ’ pchilik  h ollarda   mavsumiy
xarakterga   ega .   Ikkinchi   ko ’ rinishdagi   ko ’ llar   esa   tog ’- kon   sanoatida   ishlatilgan
suvlarning   ( aksariyat   h ollarda   ular   uta   zaharli   buladi )   maxsus   q urilgan   h avzalarda
tuplash   natijasida   h osil   buladi .   Bunday   ko ’ llarni   yirik   tog ’- kon   sanoati   joylashgan
xududlar   ( Angren ,   Oxangaron ,   Olmaliq ,   Navoiy ,   Zarafshon ,   Uchquduq )   da
uchratamiz .  Ular   kat ‘ iy   nazorat   va   kuzatuv   ostida   bulishi   lozim .  Aks   holda   bunday
ko ’ llar   o ’ zlari   joylashgan   xududning   xayvonot   olamiga ,  o ’ simliklar   dunyosiga ,  yer
osti   va   yer   usti   suvlari   sifatiga ,  tuproq   qoplami   holatiga   salbiy   ta ‘ sir   etadi .
3   Ko ’ llar   suv   muvozanatiga   ta ‘ sir   etuvchi   omillar   va   suv   muvozanati
tenglamalari .   Ko ’ llardagi   suv   xajmi   doim   bir   xil   mikqorga   ega   bulmaydi .   U   turli
yullar - ko ’ ldagi   suv   yuzasidan   bug ’ lanish ,   ko ’ l   kosasi   tubiga   shimilish   kabi
kurinishlarda   kamayib   tursa ,  bu   kamayishni   ko ’ lga   qushiladigan   suvlar  -   daryolar ,
atmosfera   yog ’ inlari   tuldirib   turadi .   Ana   shu   sarflanuvchi   va     tuldiruvchi
elementlarni   hisobga   olish   bilan   ko ’ llarning   suv   muvozanati   tenglamalari   tuziladi .
Demak ,   mazkur   tenglamalarda   katnashuvchi   elementlarni   ikki   guruhga   –
tuyintiruvchi   va sarflanuvchi   elementlar   guruhlariga   ajratish   mumkin .
Tuyintiruvchi   elementlar   guruhiga   quyidagilar   kiradi :
- ko ’ l   yuzasiga   tushadigan   atmosfera   yog ’ inlari  ( qor ,  yomg ’ ir ,  dul )- X ;
- ko’lga daryolar keltirib quyadigan suvlar- U
q ;
- ko’lga qushiladigan yer osti suvlari (sizot suvlar)-U
er ;
- ko’l yuzasida suv bug’larining kondensatsiyalanishi-K
sarflanuvchi elementlar guruhi esa quyidagi tashkil etuvchilardan iborat:
- ko’ldagi suv yuzasidan buladigan bug’lanish-Z;
- ko’ldan oqib chiqib ketadigan suvlar (daryolar)-U
ch ;
- ko’l kosasi tubiga shimiladigan suvlar –U
sh ;
- ko’ldan xujalik maqsadlarida foydalanish uchun olinadigan suvlar-g.
Ko’llarning   suv   muvozanati   yuqorida   sanab   utilgan   omillarning   miqdoriy
o’zgarishlariga   bog’likdir.   Ko’llarni   tuyintiruvchi   va   ulardan     buladigan
sarflanishni   belgilaydigan   omillarni   bilgan   holda   ma‘lum   vaqt   (oy,   yil,   ko’p   yil)
uchun suv muvozanati tenglamasini quyidagicha yozish mumkin: X+U
q +U
er +K=Z+U
sh +U
sh +g     ∆ W,
tenglamadagi   ∆W   –   o’rganilayotgan   vaqt   (oy,   yil)   davomida   ko’ldagi   suv
xajmiinng   me‘yoriga   nisbatan   o’zgarishini   ifodalaydi.   Tenglamadagi   barcha
ifodalarni xajm birligi (m 3
, km 3
) da ifodalangan ma‘qul.
Yuqorida keltirilgan suv muvozanati tenglamasi oqar ko’llar uchun tug’ridir.
Oqmas   (berk)   ko’llar   uchun   esa   suv   muvozanati   tenglamasi   quyidagi   kurinishda
buladi:
X+U
q +U
er +K=Z+U
sh +g     ∆ W,
Tenglamadagi   elementlarning   hammasi   ham   bir   xil   ahamiyatga   ega   emas.
Masalan, birinchi guruhdagi elementlar orasida asosiylari daryodan oqib keladigan
suvlar   va   ko’l   yuzasiga   tushadigan   yoginlardir.   Ko’lga   ko’shiladigan   yer   osti
suvlari   va   kondensatsiya   hisobiga   tuyinish   ko’ldagi   suv   xajmiga   nisbatan   juda
kichik   miqdorni   tashkil   qiladi.   Ayrim   xududlardagina   yer   osti   suvlari   umumiy
tuyintiruvchi   qismning   20-30%   ini   tashkil   qilishi   mumkin.   Masalan,
A.V.Shnitnikov   hisobiga   ko’ra   Kulundinskoe   ko’lini   tuyintiruvchi   qismi   suvi
xajmining 25-30% ini yer osti suvlari tashkil qilar ekan.
Oqar   ko’llarda   sarflanish,   asosan,   ko’ldagi   oqib   chiqadigan   daryolar   suvi
hamda   ko’l   yuzasidan   buladigan   bug’lanishdan   iboratdir.   Oqmas   ko’llarda   esa
sarflanish   fakat   buganish   hisobiga   buladi.   Xar   ikki   holda   ham   ko’l   kosasi   tubiga
shimiladigan   suv   miqdori   juda   ozdir.   Ikkinchi   tomondan   ma‘lum   gidrologik   yil
(yoki   ko’p   yil)   uchun   ko’lga   qushiladigan   yer   osti   suvlari     miqdorini   ko’l   kosasi
tubiga   shimiladigan   suv   miqdoriga   teng,   ya‘ni   U   yerning   U
sh   deb   qabul   qilish
mumkin. Ko’ldan xujalik maqsadlarida foydalanish uchu olinadigan suv miqdori-g
ko’ldagi   suv   xajmiga   nisbatan     juda   oz   bulgani   uchun   suv   muvozanati
tenglamalarini tuzishda ba‘zan u e‘tiborga olinmaydi.
Yuqorida   bayon   etilganlarni   hisobga   olib,   suv   muvozanati   tenglamalarini
ixchamlashtirib, oqar kullar uchun
X+U
q =Z+U
ch +g    
∆  W,
Berk ko’llar uchun esa
X+U
q =Z      ∆ W,
suv   miqdori   bilan   undan   sarflanayotgan   suv   miqdori   o’zaro   teng   bo’lsa,
∆W=0 bulib, yuqoridagi ifodani X+U
q =Z ko’rinishida yozish mumkin.
Agarda   suv   muvozanati   tenglamasi   tuzilayotgan   vaqt   davomida   ko’lga   suv
qushilayotgan holda, oqar ko’llar uchun
X + U
q = Z + U
ch ,
Oqmas   ko ’ llar   uchun   esa
X + U
q = Z
Ko ’ rinishlarida   yoziladi .
Oxirgi   ifodalar   suv   muvozanati   o ’ rganilayotgan   vaqt   davomida   ko ’ ldagi   suv
xajmi   binobarin   ko ’ ldagi   suv   sathi   o ’ zgarmaydigan   holatlar   uchun   o ’ rinlidir .
4   Ko ’ llar   suv   muvozanatining   zonal   xususiyatlari .   Ko ’ llar   suv   muvozanati
tenglamasida   ishtirok   etuvchi   elementlarning   qiymatlari   turli   iqlim   mintaqalarida
turlichadir .   Ular   ko ’ lning   va   ko ’ l   suv   tuplaydigan   havzaning   o ’ lchamlariga   hamda ularning   o ’ zaro   nisbatiga   bog ’ liq   holda   ham   bir - birlaridan   miqdor   jixatidan   farq
qiladi .
Ortiqcha   namlikka   ega   bulgan   zonalardagi   ko ’ llar   uchun   yillik   yog ’ in
miqdorining   bug ’ lanishga   nisbatan   katta   ekanligi   ( X
0 > Z
0 )   xos   bo ’ lsa ,   nam
yetishmaydigan   zonlarda   esa   buning   aksi   kuzatiladi ,  ya ‘ ni   yillik   bug ’ lanish   birinchi
zonada   oqar   ko ’ llar   ko ’ p   uchraydi .
Jadvalda   O ’ rta   Osiyodagi   ayrim   ko ’ llar   suv   muvozanati   tenglamasida
ishtirok   etuvchi   elementlarning   sonli   qiymatlari   keltirilgan .
1-jadval
O’rta Osiyodagi ayrim ko’llarning suv muvozanati, mln.m 3
 (A.M.Nikitin
ma‘lumoti boyicha )
Ko’llar Hisob davri Tuyintiruvchilar Sarflanish Xajm
o’zgari
-shi
Dary
olar Yog’i
n Yig’in
di Dar
yola
r Bug’
la-
nish Yig’
indi
Sarichelak  Ko’p yillik 60,4 3,9 64,3 60,4 3,9 64,3 0
Arnasoy  1978-1982 6390 390 2780 2400 2400 325
Yashilko’l Ko’p yillik 825 5,7 830,7 785 29,2 814,2 -16,5
Sarez  1943-1980 1446 11 1487 143
8 67 1505 -18
Iskandar-ko’l 1940-1980 599 1,0 600 595 2,6 598,6 0,4
Sariqamish  1976-1980 4280 200 4480 2950 2950 1460
Qorakul  Ko’p yillik 224 41 265 265 265 0
Jadvalda   keltirilgan Arnasoy, Sariqamish ko’llari daryolar suvlari bilan bir
qatorda   kollektor-zovur   suvlari,   ekin   maydonlaridan   hosil   buladigan   ortiqcha
oqava   suvlar   hisobiga   ham   tuyinadi.   Shuning   uchun   ham   bu   ko’llarda   xajm
o’zgarishi   musbat   ishorali,   ya‘ni   hisob   davrida   ulardagi   suv   miqdori   ortgan.   Suv
muvozanatining   ana   shunday   xususiyatlari   O’rta   Osiyo   xududida   60-yillardan
paydo bula boshlagan ko’pgina irrigatsion- tashlama ko’llar uchun  xosdir. 
Kullarda   suv   almashinuvini   va   ularni   suv   muvozanatiga   ko’ra   tasniflash.
Kullar   –   suv   almashinuvi   nisbatan   juda   sekin   boradigan   tabiiy   suv   havzalaridir.
Suv   almashinish   sharoitiga   qarab   ko’llarni   ikki   guruhga   –   oqar   ko’llar   va   oqmas
yoki berk  ko’llarga ajratish mumkin.
Oqar ko’llar shunday buladiki, unga bir daryo kelib quyilsa, ikkinchi daryo
undan  oqib   chiqadi.   Ular   nam   iqlimli   xududlarda,   jumladan   Shimoliy  Amerikada
(Buyuk   ko’llar),   Yevroosiyo   materigining   shimoli-g’arbiy   xududlarida   juda   ko’p
uchraydi. Oqar ko’llar tog’li xududlarda ham keng tarqalgan. Masalan, Pomirdagi
Sarez, Zarafshon havzasidagi Iskandarko’lni va Baykal ko’lini shu guruhga kiritish
mumkin.
Oqmas yoki berk ko’llar, asosan cho’l xududlarda joylashgan. Ulardagi suv
bug’lanish hamda ko’l kosasi tubiga shimilishga sarf buladi. Misol sifatida Kaspiy Orol, Issikkul singari juda ko’plab ko’llarni kursatish mumkin. Xaqiqatdan ham bu
ko’llarga   daryolardan   oqib   keladigan   suv   faqat   ko’l   yuzasidan   buladigan
bug’lanish   va   ko’l   kosasi   tubiga   shimilishga   sarf   buladi.Har   ikki   guruhdagi
ko’llarda ham ulardagi suv ma‘lum jadallikda almashinib turadi.

Mavzu:Ko‘l tushunchasi va ko‘llar geografiyasi,shimoliy amerikadagi ko‘llarni yozuvsiz kartaga tushirish Reja : 1 Ko ’ llarning gnezisi buyicha tasnifi 2 O ’ rta Osiyo ko ’ llari gnezisi 3 Ko’llarning suv muvozanati 4 Ko’llar suv muvozanatining zonal xususiyatlar

1 Ko’llarning genezisi boyicha tasniflash. Ko’llarning paydo bo’lishi (genezisi) Yerning ichki (endogen) va tashqi (ekzogen) kuchlari hamda joyning geografik o’rni, iqlim sharoiti, geologik tuzilishi, relefi va boshqa omillar bilan bog’liqdir. Quyida ko’llarning kelib chiqishi ustida qiskacha to’xtalib, so’ng ularning genezisi boyicha ko’lshunos olimlar tomonidan tavsiya etilgan tasniflari ma‘lum tizimga keltirilgan holda yoritiladi. Shu bilan birga O’rta Osiyo ko’llarining genezisi xaqidagi ayrim ma‘lumotlar alohida qayd etiladi. Ko’llarning paydo bo’lish sabablari ko’pchilik hollarda ancha aniq buladi va bunday ko’llar asosan halokatli, masalan, vulqonlar otilishi, zilzilalar, muzliklar faoliyatining jadallashishi va boshqa xodisalar bilan bog’lik bo’ladi. Ko’llarning hosil bulish sabablari ma‘lum darajada ularning morfologiyasi va morfometriyasini (shakl va o’lchamlarini), suvining kimiyoviy tarkibini, florasini (o’simligi), faunasini (hayvonot olamini) va boshqalarni ham aniqlaydi. Shu tufayli ko’llar kosalarining paydo bo’lishi (genezisi) boyicha guruhlaga ajratish ya‘ni tasniflash ko’llarda kechadigan muhim bosqich hisoblanadi. Chunki bunday tasniflash ko’llarda kechadigan suv muvozanati o’zgarishlari, dinamik issiqlik biologik va boshqa jarayonlarni o’rganish va miqdoriy baholash imkoniyatlarini oshiradi. Ko’llarning kelib chiqish boyicha tasnifi dastlab 1937 yilda M.A.Pervuxin tomonildan taklif etilgan. Keyinchalik (1960 yil) ushbu tasnifni B.B.Bogolovskiy ancha takomillashtirgan va shu tufayli uni alohida tasnif sifatida qayd etish mumkin. Ko’llar kosalarining genezisi buyicha AQShlik gidrolog olim J.Ye.Xatchinson tomonidan 1957 yilda taklif etilgan tasnif yuqoridagilardan mukammalligi bilan ajralib turadi. Bu tasniflar akademik (o’ta ilmiy) yusinda va shu bilan birga alohida xududlardagi ko’llar uchun yaratilgan bo’lsada, lekin ularning ayrimlaridan boshqa xududlardagi xuddi shunga o’xshash ko’llar misolida ham foydalanish mumkin. Ikkinchidan, bu tasniflar ma‘lum bir ko’l uchun olingan tadbiq etishdan saqlaydi. M.A.Pervuxin tasnifi. Bu tasnif boyicha ko’llar kosalari yerning ichki (endogen) va tashqi (ekzogen) kuchlari ta‘sirida vujudga keladi, deyiladi. Ichki kuchlar ta‘sirida paydo bo’lgan ko’llar kosalari tektonik va vulqon ko’llari guruxlariga bo’linadi. Tashqi kuchlar ta‘sirida vujudga kelgan ko’llar kosalari gidrogen, glyatsiogen (muzlik), zol (shamol), orgonogen va antropogen kelib chiqishli bo’ladi va mos ravishda shunday turlarga bulinadi. Gidrogen ko’llar kosalari daryo, yer osti suvlari va dengiz suvlari ta‘sirida vujudga keladi va ular qayir, karst, termokarst, suffozion ko’llar deb ataluvchi kichik turlarga bo’linadi. Glyatsiogen ko’llar kosalari muzliklar faoliyati ta‘sirida paydo buladi. Bu turda o’z navbatida morena va karst ko’llari bir-biridan farq qiladi va shu nomlardagi kichik turlarga bulinadi. Zol ko’llar botiqlari shamol ta‘sirida paydo buladi. Orgonogen ko’llar ikkilamchi hisoblanib, botqoqlik va torfli xududlarda hosil buladi. Antropogen ko’llar-suv omborlari, selxonalar, irrigatsiya ko’llari, tog’-kon kareri ko’llari kosalarining paydo bulishi inson xujalik faoliyati bilan bog’lik.

B.B. Bogoslovskiy tasnifi. Ma‘lum holatlar hisobga olinib, yuqorida bayon etilgan, ya‘ni M.A.Pervuxin tasnifi 1960 yilda B.B. Bogoslovskiy tomonidan takomillashtirilgan. Natijada ko’llar kosalari paydo bulishi boyicha quyida tavsifi keltirilgan 8 ta guruhga ajratilgan. Muzlik ko’llari. Bu guruhga mansub bo’lgan ko’llar kosalarining hosil bo’lishi qadimgi va xozirgi muzliklarning faoliyati bilan bog’lik. Ular ikki kichik guruhga bulinadi: a) erozion ko’llar kosalarining hosil bulishiga muzliklarning erozion faoliyati sababchi buladi. Masalan, Kareliya yarim oroli, Skandinaviya yarim oroli, Alp, Kavkaz tog’laridagi ko’llarning ko’pchiligi shu kichik guruhga kiradi; b) akkumlyativ ko’llar kosalari muzlik morenalari tufayli vujudga keladi. Ular qadimgi muz bosish davrlari kuzatilgan xududlarda, tog’larda ko’plab uchraydi. Suv eroziyasi va akkumlyatsiyasi ko’llarining kelib chiqishi daryo va dengizlar suvlari faoliyati bilan bog’lik bulib, quyidagi kichik guruhlarga bulinadi: a) qoldik ko’llar – daryolar vodiylarida uchraydi, tulinsuv davrida daryodan suv oladi, ba‘zan daryo suvidan tuyinmasligi ham mumkin; b) plyos ko’llar –daryo vodiysining, o’zanning kengaygan va shu bilan birga botiq joylarida uchraydi; v) delta ko’llari – yirik daryolarining quyilish qismi-deltalarida uchraydi; g) lagun va limon ko’llar –dengiz qirgoqlarida uchraydi, kichik qultiklarning turli jarayonlar ta‘sirida, dengizdan ajralib qolishi natijasida hosil buladi, suv kutarilishi, tulqinlar paytida dengiz bilan tutashadi; d) fiorid ko’llar – dengizdan oqiziklar tuplanishi natijasida hosil bo’lgan uyum-tusiqlar bilan ajralib turadi. Upirilma ko’llar. Bunday ko’llarning kosalari qanday jarayonlar natijasida hosil bulishiga qarab quyidagi kichik guruhlarga ajratiladi; a) karst ko’llari – ohaktosh, dolomit, gips kabi oson eriydigan jinslar tarqalgan xududlarda uchraydi; b) cho’kma (suffozion) ko’llar kosaldari yer osti suvlari ta‘sirida hosil buladi va yangi o’zlashtirilgan yerlarda, o’rmon-cho’l va cho’l zonalarida ko’plab uchraydi; v) termokarst ko’lar –doimiy muzloq yerlarda uchraydi. Vulqon ko’llari- o’chgan vulqonlarning kraterlarida hosil buladi, qadimgi va xozirgi vulqon jarayonlari kuzatiladigan joylar (Kamchatka, Yaponiya, Italiya)da ko’plab uchraydi. Qulama koi’llar – tog’ kuchkilari natijasida hosil buladi (Sarez ko’li, Iskandarko’l,Qurbonko’l va boshqalar). Zol ko’llar –shamolning yer sirtidagi mayda zarrachalarni uchirishi natijasida ularning o’rnida hosil bo’lgan botiqlarda paydo buladi.Qozogiston,Markaziy Osiyoda va umuman cho’lli xududlarda uchraydi. J.Ye. Xatchinson tasnifi.Ko’llarning genezisi (kelib chiqishi) boyicha eng tula tasnifi 1957 yilda AQShlik gidrolog olim Xatchinson tomonidan yaratilgan.Bu tasnifda barcha ko’llar kosalarining genezisi buyicha 11 ta guruhga, ularda esa o’z navbatida 76 ta tasnifning qiskacha bayoni keltiriladi.

Tektonik kelib chikishli ko’llar kosasi tektonik kuchlar ta‘sirida hosil bo’lgan botiqlarda joylashadi va 9 turga bulinadi; Vulqon kelib chikishli ko’llar vulqonlar krateri kalderasi va lava oqimi tusigdan hosil bo’lgan ko’llar ko’rinishidagi 9 tur va 6 kichik turlarga bulinadi; Qulama ko’llar tog’ jinslarining turli jarayonlar (zil-zila, surilish, ko’chki) ta‘sirida qulab tushib, daryo vodiysini tusib quyishi natijasida hosil buladi. Ba‘zan esa ularning hosil bulishiga kuchli sel oqimi yotqiziqlari, tog’ yonbag’irlaridan nurab tushgan tosh uyumlari ham sabab bulishi mumkin. Shu xolatlarni hisiobga olib, ushbu guruh ko’llari kosalari 3 tur va 3 kichik tur ko’rinishida uchraydi. Muzliklar faoliyati natijasida hosil bulgan ko’llar quyidagi 4 kichik guruhga bulinadi: a) muzlikka bevosita tutash ko’llar; b) muzlik tanasidagi ko’llar; v) morena tusiqlaridan hosil bo’lgan ko’llar; g) muzliklar faoliyati bilan bog’lik holda paydo bo’lgan botiqlik ko’llari. Bu kichik guruhlar esa o’z navbatida 19 tur va 20 kichik turga ajratiladi. Karst ko’llari tog’ jinslari tarkibidagi moddalarning erib, chuqishidan hosil bo’lgan botiqlarda paydo buladi. Shu jarayondar bilan bog’lik holda ular 5 tur va 2 kichik turga bulinadi. Qayir ko’llari tug’onli ko’llar, qayirdagi qutarma (damba) tufayli hosil bo’lgan ko’llar va qoldik ko’llar deb ataluvchi 3 kichik guruhga, ular esa o’z navbatida 11 turga bulinadi. Zol- kullar qum uyumlari bilan tusilgan ko’llar, shamol eroziyasi natijasida hosil bo’lgan ko’llar kabi 4 turga bo’linadi. Qirg’ok buyi ko’llari – dengizlar va yirik ko’llar qirgoklari buyida tulqinlar yuvib tushirgan tog’ jinslari uyumi tusigidan hosil buladi va 5 turga bulinadi. Organik kelib chikishli ko’llar o’simliklar tusig’i tufayli hosil bo’lgan ko’llar, marjon ko’llar, ikkilamchi ko’llar kurinishidagi 3 turga ajratiladi. Atropogen ko’llar – insonning xujalik faoliyati natijasida paydo buladi va 3 turga bulinadi. Meteorit ko’llar – yer sirtiga meteoritlarning tushishi natijasida hosil bo’lgan botiqlarda paydo buladi va ular 2 turga ajratiladi. Yuqorida qayd etilganlardan ma‘lum buladiki, ko’pchilik ko’llarning hosil bulishi tektonik xarakatlar yoki muzliklar faoliyati bilan bog’lik ekan. Jumladan, Yer sirti quruqlik qismining 30% idagi landshaft zonalarining hosil bulishi muzliklarning faoliyati bilan bog’lik va bu yerlar ko’llar sonining beqiyos darajada ko’pligi bilan ajralib turadi. Masalan, D.Mark va M. Gudchayld ma‘lumotlari buyicha Kanada qalqonida 1:50000 masshtabli kartadan aniqlangan ko’llar zichligi 0,4-0,6 km 2 /km 2 bulib, soni 2000000 dan ortiq. 2 O’rta Osiyo ko’llari genezisi xaqida. O’rta Osiyo ko’llari genezisi masalalari ko’plab tadqiqotchilar e‘tiborini tortgan. Mazkur muammoni o’rganish dastlab N.L.Korjenevskiy, N.G.Malitskiy, L.A.Molchanov va boshkalarning tadqiqotlarida yoritila boshlagan bo’lsa, keyinchalik V.N.Reyzvix, A.M.Nikitin, A.V.Shvitnikov tomonidan davom ettirilgan. Natijada 20 asrning 80- yillarida yaratilgan ushbu

tasnif M.A.Pervuxin (1937 yil), D.Xatchinson (1957 yil) tasniflaridan O’rta Osiyo ko’llari genezisining o’ziga xos xususiyatlarini e‘tiborga olganligi bilan farq qiladi. Ma‘lumki, 20 asrning 2 yarmida o’lkadagi suv zaxiralarini xududlar boyicha qayta taqsimlash, yangi yerlarni o’zlashtirish, tog’-kon sanoati va boshqa qator omillar ta‘siri natijasida ko’plab sun‘iy-antropogen ko’llar hosil bo’la boshladi. Ko’llar genezisini xozirgi kun nuktai- nazaridan yoritishda bu holatni e‘tiborga olish muhimdir. Mualliflar tomonidan taklif etilayotgan tasnifning yuqoridagilardan farqi ham shundadir, aniqrog’i ushbu tasnif boyicha O’rta Osiyo ko’llari dastlab ikki katta guruhga – tabiiy va antropogen ko’llarga bulinadi. Tabiiy ko’llar kosalarining kelib chikishi boyicha yerning ichki (endogen) va tashqi (ekzogen) kuchlar bilan bog’liq bo’lsa, antropogen ko’llarning hosil bo’lishi insonning xujalik faoliyati ta‘siri natijasidir. Tabiiy ko’llar kosalari, yuqorida qayd etilganidek, tabiiy, ya‘ni endogen va ekzogen kuchlar ta‘sirida hosil buladi. Ularning suvga tulish jarayoni ham tabiiy yusinda kechadi. A.M.Nikitin o’lkamiz tabiiy ko’llarini joylashish o’rniga bog’lik holda ikki kichik guruhga – tekislik va tog’ ko’llariga ajaratadi. O’z navbatida bu kichik guruhlarning har biri bir nechta turlarga ajratiladi. Mazkur turlarni ajratishda muallif O’rta Osiyoning tekislik va tog’lik o’lkalari uchun xos bo’lgan tabiiy jarayonlarni hisobga oladi. Jumladan, har ikki kichik guruh uchun ham tektonik, ham gidrogen jarayonlar tufayli vujudga kelgan ko’llarga xos bo’lsa, deflyatsion ko’llar faqat tekislik o’lkalariga, glyatsiogen va gravitatsion jarayonlar tufayli vujudga kelgan ko’llar esa tog’li o’lkalar uchun xosdir. Tekisliklardagi tektonik ko’llar kosalari, asosan, Yer sirtining platformali bukilishi natijasida hosil buladi. Ularga Orol, Sariqamish va Arnasoy ko’llari kosalari misol buladi. Maxsus adabiyotlarda qayd etilishicha ularning kosalari Turon epipaleozoy platformasining tektonik bukilishi natijasida hosil bo’lgan. Tog’li o’lkalardagi tektonik ko’llarni kelib chikishi boyicha A.M.Nikitin quyidagi uch kichik turga ajratadi: - tog’lar oralig’i botiqlaridagi ko’llar; - tog’ botig’idagi ko’llar; - qulama ko’llar Tog’lar oraligi botiqlaridagi va tog’ botig’idagi ko’llar kosalarining hosil bulishining asosiy sabablari tektonik jarayonlar bilan bog’liqdir. O’lkamizdagi tog’lar oralig’i botig’iga mansub ko’llar suv xajmi va chuqurligining kattaligi bilan ajralib turadi va uning yorqin misoli Issiqko’ldir. Unga nisbatan bir necha marta kichik bulgan Qorakul, Sonkul, Chatirkul, tektonik ko’llar. Ushbu guruhga kiruvchi ko’llar kosalari Yer qobigidagi tektonik xarakatlar natijasida vujudga keladi. Ular chuqurligining kattaligi, qirg’oqlarining tikligi bilan ajralib turadi. Bu guruhga Baykal, Tanganika, Shimoliy Amerikadagi buyuk ko’llar (Eri, Ontario, Guron, Michigan), Kaspiy, Onega, Issiqkul, Sevan va boshqalarni misol qilib keltirish mumkin. Rangko’l, Sho’rkul va boshqalar ikkinchi kichik guruhga, ya‘ni tog’ botig’i ko’llariga mansubdir. Har ikki kichik guruhdagi ko’llarning ko’pchiligi berk havzani tashkil etib, ularda sarflanish asosan bug’lanish ko’rinishida kechadi.