logo

KOMPYUTER LINGVISTIKASINING ASOSIY YO’NALISHLARI

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

21.533203125 KB
KOMPY UTER LIN GV ISTIKASIN IN G A SOSIY  Y O’NA LISHLA RI
Reja:
1.  Matematik lingvistika haqidagi g‘oyalarning paydo bo‘l ishi.
2. Matematik lingvistikaning foydalanish metodlari.
3. Kompyuter lingvistikasi.
4. Matematik va kompyuter lingvistikasining hozirgi holati.
  Fanda   matematik   lingvistika   haqidagi   g‘oyalarning   paydo
bo‘lganiga qariyb 70 yil bo‘ldi. XX asrning 50-yillarida til materialini
o‘rganishda   matematik   usullardan   foydalanishga   qiziqish
kuchaydi.   1951-yilda   matematik   lingvistika   bo‘yicha   dastlabki
tadqiqotlar AQSHda va sobiq Ittifoqda vujudga kelgan edi.
Matematik   lingvistika   hozirgi   vaqtda   nazariy   va   amaliy   fan
sifatida   to‘la   shakllanib   bormoqda.   Uning   nazariy   fan   ekanligi
nutqiy   jarayonni,   matnni   o‘rganishning   turli   xil   model
(gipoteza)larini   yaratishning   nazariy   asoslarini   ishlab   chiqishida
ko‘rinadi.   Uning   amaliy   xususiyati   esa   tarjima   mashinalarini
yaratish va uning ishlash jarayonini tashkil etishi bilan belgilanadi.
Buning   uchun   ML   fani   quyidagi   uch   usul   va   metodlardan   keng
foydalanadi:
a)   mantiqiy-matematik   usullar:   masalan,   inkor   amali,
konyunksiya, dizyunksiya amallari kabilar;
b) nazariy-informatsion usullar;
v) ehtimollik-statistik usullari.
Matematik   lingvistika   ning   ana   shunday   nazariy   va   amaliy
asoslarini   belgilashda   Daniya   olimi   L.Elmslev,   amerikalik   olimlar
N.Xomskiy,   K.Shenon   kabilarning   xizmati   kattadir.   Matematik
lingvistikaning amaliy muammolari XX asrning o‘rtalarida vujudga
keldi.   Bu   narsa   birinchi   navbatda   mashina   tarjimasi   (MT)   bilan
aloqadordir.   1954-yilda   AQSHda   IBM   –   701   rusumli   tarjima
qurilmasi yaratildi va bu qurilma 250 ta so‘zdan iborat 60 ga yaqin ruscha   gaplarni   ingliz   tiliga   tarjima   qilish   jarayonini   amalga
oshirdi.   Bu   ishga   P.Gavren,   L.Dostert,   P.Sheridanlar   ishtirok
etdilar.
1955-   yilga   kelib   sobiq   Ittifoqda   BESM   rusumli   mashina
qurilmasi   yordamida   inglizcha   gaplarni   rus   tiliga   tarjima   qilish
jarayoni   amalga   oshirildi   (I.K.Belskaya,   L.N.Korolev,
S.N.Razumovskiy   kabilar).   Shundan   keyin   jahonning   Angliya,
Fransiya,   Avstriya   kabi   ko‘pgina   mamlakatlarida   olimlar   mashina
tarjimasi   muammolari   bilan   maxsus   shug‘ullana   boshladilar.
Natijada   tilshunos   olimlar   ma’lum   bir   tilni   tipologik   jihatdan
tasniflash,   uning   materiallarini   analis   va   sintez   qilish,   mashina
tiliga   o‘tkazish   bilan   shug‘ullandilar   va   muayan   natijalarga
erishdilar.
Bunday muammolarni lingvistik tadqiqotlarni avtomatlashtirish
orqali   hal   etish   mumkin.   Bu   masalaga   doir   tilshunoslarning
maxsus   ilmiy   anjumanlari   o‘tkazilgan.   Masalan,   1962-yilda
Kembridj   shahrida   jahon   tilshunoslarining   1X-kongressi  o‘tkazildi.
Bu   anjumanda   struktural   tilshunoslik   (ST)   va   ML   muammolarini
muhokama qilishga alohida o‘rin ajratilgan edi.
1967-yilda   Buxarest   shahrida   jahon   tilshunoslarining   X-
kongressi   o‘tkazilib,   bunda   ham   ML   va   MT   muammolari   maxsus
muhokama   qilindi.   1960   yilda   Parij   shahrida   xalqaro   kongress
o‘tkazilib,   bunda   maxsus   algoritmik   til   –   ALGOL   joriy   etilgan   edi.
Bu   algoritmik   til   hozirgi   kunga   qadar   EHMga   matnlarni   kiritish, ularni dasturlash uchun xizmat qilib kelmoqda.
1996-yil   20-21-mayda   Samarqand   shahrida   sohibqiron   Amir
Temurning   660   yilligiga   bag‘ishlangan   “Injenerlik   tilshunosligi   va
til   o‘qitish   jarayonini   kompyuterlashtirish”   muammolariga   doir   2-
xalqaro   ilmiy   anjuman   o‘tkazildi.   Bu   anjumanni
akad.R.G.Puotrovskiy   “   Injenerlik   tilshunosligi   va   mustaqil
davlatlarda   informatsion   industriyaning   tiklanishi”   mavzuidagi
ma’ruzasi bilan boshlab berdi. Shuningdek, bu anjumanda “Turkiy
tillar   mashina   fondining   dolzarb   masalalari”,   “Injenerlik
tilshunosligi   va   lug‘atshunoslik”,   “Nutq   sistemasi   va   uning
unsurlarini   kompyuter   yordamida   andozalash”   singari   o‘ttizdan
qiziqarli   ma’ruzalar   tinglandi   hamda   muhokama   qilindi.   Bu
anjuman materiallari alohida to‘plam shaklida nashr etilgan.
XX  asrning   80-yillaridan   boshlab   til   o‘qitishni   avtomatlashtirish
va unga kompyuterni joriy etish muammolariga qiziqish kuchaydi.
1988-yilda   R.G.Piotrovskiyning   “Chet   tilini   o‘qitishda
kompyuterlashtirish masalalari” nomli asari nashr etilgan edi 1
. Bu
asar   “Kirish”   va   “Xulosa”dan   tashqari   besh   bobni   o‘z   ichiga   oladi.
Asar   boblarining   nomlanishi   quyidagicha:   1.   Tabiiy   til   va   uning
didaktik   modrli   (4-15-betlar),   1.   Inson   miyasi   va   kompyuter
“miyasi”   (15-24-betlar),   3.   Kompyuter   yordamida   lingvodidaktik
masalalarni   yechishning   tamoyillari   (24-44-betlar),   4.   Nutqiy   va   til
materialini   tanlash   hamda   tillarni   o‘qitishni   optimizatsiyalash   (44-
1
1
  Пиотровский Р.Г.  Компьютеризация преподавания языков (учебное пособие по спецкурсу). – Л.: 1988.
– C. 3-75.  58-betlar),   5.   Til   o‘rgatuvchi  lingvistik  avtomat   va   tillarni   o‘qitishni
optimizatsiyalash (58-73-betlar).
Tilshunoslikda   EHMning   qo‘llanilishi   avtomatik   tarjima
muammolari bilan shug‘ullanish, mashina yordamida matn tuzish,
uni qisqartirish, sintezlash jarayonini amalga oshirish uchun keng
imkoniyatlar   yaratdi.   Natijada   mashina   til   materiallarini
formallashtirish,   chastotali   lug‘atlar   tuzish,   turli   qisqartmalar   va
simvollardan   foydalanish,   MT   algoritmini   tuzish   bilan
shug‘ullanmoqda.
Keyingi   yillarda   mamlakatimizda   ML   va   KL   muammolariga   oid
ayrim ishlar yaratildi. Bu o‘rinda S.Muxamedov va R.G.Piotrovskiy 2
,
A.K.Po‘latov 3
, S.Muxamedova 4
, S.Rizayev 5
  kabi olimlarning ishlarini
alohida ta’kidlash lozim.
Tilni   algoritmik   jihatdan   tasvirlash   jarayoni   matnni   analiz   va
sintez   qilishni   taqozo   etadi.   Bu   esa   “mazmun   -   matn”   muammosi
faqat sof lingvistik muammo bo‘lib qolmay, balki matnni bir qator
logik-matematik   interpretatsiya   (sharhlash)   qilish   jarayonini   ham
taqozo   etuvchi   murakkab   muammo   ekanligini   ko‘rsatadi.   Bu
jarayonlarning   barchasi   matematik   mantiq   (logika)   elementlari
2
2
  Мухамедов   С.А.,   Пиотровский   Р.Г.   Инженерная   лингвистика   и   опыт   системно-статистического
исследования узбекских текстов. – Ташкент: Фан. 1986. – 164 с. 
3
3
  Пулатов А.К., Жураева Н.   Разработка формальной модели грамматики узбекского языка // Узбекский
математический   журнал,   2002,   №   1.   –   С.   47-54;   Пулатов   А.К.   Тексты   лекций   по   математической   и
компьютерной лингвистике (электронный вариант). – Ташкент: УзМУ. 2003. 
4
4
  Muhamedova   S.   O’zbek   kompyuter   lingvistikasi:   rivojlanish   tarixi,   buguni   va   kelajagi   //   Til   va   adabiyot
ta’limi.   –   Toshkent:   2004.   №   2.   –   B.   77-81;   Muhamedova   S.   Kompyuter   lingvistikasi   (metodik   qo’llanma).   –
Toshkent: ToshDPU nashri, 2007. – 74 b. 
5 5
  Rizayev   S.   Kibernetika   va   tilshunoslik.   –   Toshkent:   O’zbekiston.   1976;   Rizayev   S.   O’zbek   tilshunosligida
lingvostatistika muammolari. - Toshkent: Fan, 2006 va boshqalar. bilan aloqadordir. Adabiy ot lar:
1. П ў латов   А.К.,   Муҳамедова   С.   Компьютер   лингвистикаси
(ўқув қўлланма). - Тошкент, 2008
2. Пўлатов   А.   Компьютер   лингвистикаси.   -   Тошкент:
Академнашр, 2011.
3. Rahimov   A.   Kompyuter   lingvistikasi   asoslari .   –   Toshkent :
Akademnashr ,  2011 .
4. Марчук   Ю.Н.   Компьютерная   лингвистика.   –   М.:   АТС:
Восток и Запад, 2007.
5. Ikromova   H.Z.   Inson   -   kompyuter   -   kelajak.   –   Toshkent:
O‘zbekiston, 1991. –  B. 24-52.
6. Yo‘ldoshev   B.   Matematik   va   kompyuter   lingvistikasi   (uslubiy
qo‘llanma). – Samarqand: SamDU nashri. 2007. –  B . 17-19 .
7. Шемякин   Ю.И.   Начало   компьютерной   лингвистики.
Учебное пособие.  – М.: МГОУ. 1992.

KOMPY UTER LIN GV ISTIKASIN IN G A SOSIY Y O’NA LISHLA RI Reja: 1. Matematik lingvistika haqidagi g‘oyalarning paydo bo‘l ishi. 2. Matematik lingvistikaning foydalanish metodlari. 3. Kompyuter lingvistikasi. 4. Matematik va kompyuter lingvistikasining hozirgi holati.

Fanda matematik lingvistika haqidagi g‘oyalarning paydo bo‘lganiga qariyb 70 yil bo‘ldi. XX asrning 50-yillarida til materialini o‘rganishda matematik usullardan foydalanishga qiziqish kuchaydi. 1951-yilda matematik lingvistika bo‘yicha dastlabki tadqiqotlar AQSHda va sobiq Ittifoqda vujudga kelgan edi. Matematik lingvistika hozirgi vaqtda nazariy va amaliy fan sifatida to‘la shakllanib bormoqda. Uning nazariy fan ekanligi nutqiy jarayonni, matnni o‘rganishning turli xil model (gipoteza)larini yaratishning nazariy asoslarini ishlab chiqishida ko‘rinadi. Uning amaliy xususiyati esa tarjima mashinalarini yaratish va uning ishlash jarayonini tashkil etishi bilan belgilanadi. Buning uchun ML fani quyidagi uch usul va metodlardan keng foydalanadi: a) mantiqiy-matematik usullar: masalan, inkor amali, konyunksiya, dizyunksiya amallari kabilar; b) nazariy-informatsion usullar; v) ehtimollik-statistik usullari. Matematik lingvistika ning ana shunday nazariy va amaliy asoslarini belgilashda Daniya olimi L.Elmslev, amerikalik olimlar N.Xomskiy, K.Shenon kabilarning xizmati kattadir. Matematik lingvistikaning amaliy muammolari XX asrning o‘rtalarida vujudga keldi. Bu narsa birinchi navbatda mashina tarjimasi (MT) bilan aloqadordir. 1954-yilda AQSHda IBM – 701 rusumli tarjima qurilmasi yaratildi va bu qurilma 250 ta so‘zdan iborat 60 ga yaqin

ruscha gaplarni ingliz tiliga tarjima qilish jarayonini amalga oshirdi. Bu ishga P.Gavren, L.Dostert, P.Sheridanlar ishtirok etdilar. 1955- yilga kelib sobiq Ittifoqda BESM rusumli mashina qurilmasi yordamida inglizcha gaplarni rus tiliga tarjima qilish jarayoni amalga oshirildi (I.K.Belskaya, L.N.Korolev, S.N.Razumovskiy kabilar). Shundan keyin jahonning Angliya, Fransiya, Avstriya kabi ko‘pgina mamlakatlarida olimlar mashina tarjimasi muammolari bilan maxsus shug‘ullana boshladilar. Natijada tilshunos olimlar ma’lum bir tilni tipologik jihatdan tasniflash, uning materiallarini analis va sintez qilish, mashina tiliga o‘tkazish bilan shug‘ullandilar va muayan natijalarga erishdilar. Bunday muammolarni lingvistik tadqiqotlarni avtomatlashtirish orqali hal etish mumkin. Bu masalaga doir tilshunoslarning maxsus ilmiy anjumanlari o‘tkazilgan. Masalan, 1962-yilda Kembridj shahrida jahon tilshunoslarining 1X-kongressi o‘tkazildi. Bu anjumanda struktural tilshunoslik (ST) va ML muammolarini muhokama qilishga alohida o‘rin ajratilgan edi. 1967-yilda Buxarest shahrida jahon tilshunoslarining X- kongressi o‘tkazilib, bunda ham ML va MT muammolari maxsus muhokama qilindi. 1960 yilda Parij shahrida xalqaro kongress o‘tkazilib, bunda maxsus algoritmik til – ALGOL joriy etilgan edi. Bu algoritmik til hozirgi kunga qadar EHMga matnlarni kiritish,

ularni dasturlash uchun xizmat qilib kelmoqda. 1996-yil 20-21-mayda Samarqand shahrida sohibqiron Amir Temurning 660 yilligiga bag‘ishlangan “Injenerlik tilshunosligi va til o‘qitish jarayonini kompyuterlashtirish” muammolariga doir 2- xalqaro ilmiy anjuman o‘tkazildi. Bu anjumanni akad.R.G.Puotrovskiy “ Injenerlik tilshunosligi va mustaqil davlatlarda informatsion industriyaning tiklanishi” mavzuidagi ma’ruzasi bilan boshlab berdi. Shuningdek, bu anjumanda “Turkiy tillar mashina fondining dolzarb masalalari”, “Injenerlik tilshunosligi va lug‘atshunoslik”, “Nutq sistemasi va uning unsurlarini kompyuter yordamida andozalash” singari o‘ttizdan qiziqarli ma’ruzalar tinglandi hamda muhokama qilindi. Bu anjuman materiallari alohida to‘plam shaklida nashr etilgan. XX asrning 80-yillaridan boshlab til o‘qitishni avtomatlashtirish va unga kompyuterni joriy etish muammolariga qiziqish kuchaydi. 1988-yilda R.G.Piotrovskiyning “Chet tilini o‘qitishda kompyuterlashtirish masalalari” nomli asari nashr etilgan edi 1 . Bu asar “Kirish” va “Xulosa”dan tashqari besh bobni o‘z ichiga oladi. Asar boblarining nomlanishi quyidagicha: 1. Tabiiy til va uning didaktik modrli (4-15-betlar), 1. Inson miyasi va kompyuter “miyasi” (15-24-betlar), 3. Kompyuter yordamida lingvodidaktik masalalarni yechishning tamoyillari (24-44-betlar), 4. Nutqiy va til materialini tanlash hamda tillarni o‘qitishni optimizatsiyalash (44- 1 1 Пиотровский Р.Г. Компьютеризация преподавания языков (учебное пособие по спецкурсу). – Л.: 1988. – C. 3-75.

58-betlar), 5. Til o‘rgatuvchi lingvistik avtomat va tillarni o‘qitishni optimizatsiyalash (58-73-betlar). Tilshunoslikda EHMning qo‘llanilishi avtomatik tarjima muammolari bilan shug‘ullanish, mashina yordamida matn tuzish, uni qisqartirish, sintezlash jarayonini amalga oshirish uchun keng imkoniyatlar yaratdi. Natijada mashina til materiallarini formallashtirish, chastotali lug‘atlar tuzish, turli qisqartmalar va simvollardan foydalanish, MT algoritmini tuzish bilan shug‘ullanmoqda. Keyingi yillarda mamlakatimizda ML va KL muammolariga oid ayrim ishlar yaratildi. Bu o‘rinda S.Muxamedov va R.G.Piotrovskiy 2 , A.K.Po‘latov 3 , S.Muxamedova 4 , S.Rizayev 5 kabi olimlarning ishlarini alohida ta’kidlash lozim. Tilni algoritmik jihatdan tasvirlash jarayoni matnni analiz va sintez qilishni taqozo etadi. Bu esa “mazmun - matn” muammosi faqat sof lingvistik muammo bo‘lib qolmay, balki matnni bir qator logik-matematik interpretatsiya (sharhlash) qilish jarayonini ham taqozo etuvchi murakkab muammo ekanligini ko‘rsatadi. Bu jarayonlarning barchasi matematik mantiq (logika) elementlari 2 2 Мухамедов С.А., Пиотровский Р.Г. Инженерная лингвистика и опыт системно-статистического исследования узбекских текстов. – Ташкент: Фан. 1986. – 164 с. 3 3 Пулатов А.К., Жураева Н. Разработка формальной модели грамматики узбекского языка // Узбекский математический журнал, 2002, № 1. – С. 47-54; Пулатов А.К. Тексты лекций по математической и компьютерной лингвистике (электронный вариант). – Ташкент: УзМУ. 2003. 4 4 Muhamedova S. O’zbek kompyuter lingvistikasi: rivojlanish tarixi, buguni va kelajagi // Til va adabiyot ta’limi. – Toshkent: 2004. № 2. – B. 77-81; Muhamedova S. Kompyuter lingvistikasi (metodik qo’llanma). – Toshkent: ToshDPU nashri, 2007. – 74 b. 5 5 Rizayev S. Kibernetika va tilshunoslik. – Toshkent: O’zbekiston. 1976; Rizayev S. O’zbek tilshunosligida lingvostatistika muammolari. - Toshkent: Fan, 2006 va boshqalar.