Korxonalarda buxgalteriya hisobini tashkil etish


Korxonalarda b uxgalt eriy a hisobi ni t ashk il et ish. Reja . 1. Korxonalarda buxgalteriya hisobini tashkil etish tamoyillari. 2. Korxonalarda buxgalteriya hisobini me’yoriy tartibga solish va hisob siyosati. 3. Buxgalt eriy a hisobidagi islohot lar.
1. Korxonalarda buxgalteriya hisobini tashkil etish tamoyillari. Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalarda buxgalteriya hisobini shunday tashkil etish kerakki, u tejamli bo‘lib, kam mablag‘ sarflangan holda ichki va tashqi foydalanuvchilarni ko‘proq axborotlar bilan ta’minlasin. Bozor munosabatlariga o‘tish va davlat mulkini xususiylashtirish xo‘jalik yuritishning mazmuni, tuzilishi hamda psixologiyasida jiddiy o‘zgarishlarga olib keladi. Bu o‘z navbatida, buxgalteriya hisobida tub o‘zgarishlarni talab qiladi. Buxgalteriya hisobi xalqaro biznes tili sifatida davlat qonunlarining bajarilishini kafolatlashi, tadbirkorlikni rivojlantirishiga, mulkni saqlash va ko‘payishiga xizmat qilishi, manfaatdor (investorlar, aksiyadorlar, banklar, fondlar, mol yuboruvchilar, mol oluvchilar, rasmiy organlar va h.k.) lar tomonidan muhim iqtisodiy qarorlarni qabul qilishda (kapitalini investitsiya qilish, bozorga chiqish, xodimlarni yollash, soliq siyosati, moliyalash manbalarini qidirib topish, hisoblashishlar va h.k.) zarur bo‘ladigan to‘liq va ishonarli axborotlarni o‘z vaqtida yetkazib berish kerak. Buxgalteriya hisobini Korxonalarda hozirgi zamon talabi darajasida tashkil etish quyidagi kompleks tadbirlar bilan ta’minlanadi: 1.Buxgalteriya hisobini qonuniy tartibga solish va uning me’yoriy bazasiii shakllantirish bilan; 2.Uslubiy ta’minot (yo‘riknomalar, uslubiy ko‘rsatmalar, sharhlar) bilan; 3. Kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash bilan; 4.X alqaro professional tashkilotlar bilan hamkorlik qilish yo‘li orqali; 5.Hisobni boshqarish tizimini qaytadan tashkil etish yo‘li bilan. «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi Qonunda buxgalteriya hisobini tashkil etish va yuritishning quyidagi asosiy tamoyillari keltirilgan: ♦ buxgalteriya hisobini ikkiyoqlamali yozuv usulida yuritish; ♦ buxgalteriya hisobining uzluksizligi; ♦ aktiv va passiv operatsiyalarini pulda baholash;
♦ axborotlarning ishonchliligi; ♦ hisoblash; ♦ ehtiyotkorlik; ♦ shakldan iqtisodiy mazmunning ustuvorligi; ♦ Korxonalarfaoliyatining davomiylik tamoyili; ♦ hisobot ko‘rsatkichlarini tahhoslab bo‘lishligi; ♦ moliyaviy hisobotning xolisligi (betarafligi); ♦ o‘rinlilik (joyidaligi); ♦ hisobot davri daromadi va xarajatlarining muvofiqligi; ♦ aktiv va majburiyatlarni haqiqiy baholash. Qonun korxonalarning ichki buxgalteriya hisobi oldiga quyidagi asosiy talablarni qo‘yadi: Korxonalar rahbar lari ning q onunchilikka itoat qilishi; moliyaviy hisobotd a keltirilgan axborotlarga tashqi foydalanuvchilar tomonidan ishonch hosil q ilish maqsadida auditor tomonidan tasdiq l angandan so‘ng hisobot yilidan keyingi yilning 1 mayigacha chop etish. Buxgalteriya hisobi yuritishning tamoyillaridan biri maxfiylik (oshkor qilmaslik) bo‘lib hisoblanadi . Bunda buxgalteriya hisobi reg i strlari mazmuni bilan tanishish ma’muriyat roziligi yoki qonunchilikda nazarda t u tilgan hollarda ruxsat etiladi. Buxgalteriya hisobi registrlari bilan tanishishga ruxsat etilgan shaxslar maxfiylikni saqlashi kerak. Korxonalarda buxgalteriya hisobi va hisobotini Korxonalar rahbari tashkil etadi va u quyidagi huquqlarga ega: ♦ bosh buxgalter rahbarligida buxgalteriya hisobi xizmatini tashkil etish yoki shartnoma asosida jalb qilingan buxgalterlar xizmatidan foydalanish; ♦ buxgalteriya hisobini yuritishda shartnoma asosida ixtisoslashgan buxgalteriya firmalariga yoki tarkibiga buxgalteriya hisobi sub’ekti kiradigan markazlashgan xo‘jalik A.J.lari hisob bo‘limiga topshirish;
♦ buxgalteriya hisobini mustaqil yuritish. Korxonalar rahbarlariga ko‘yidagilarni ta’minlash mas’uliyati yuklatilgan: ♦ hisob siyosatini ishlab chiqish va tasdiqlash; ♦ ichki hisob va hisobot tizimini ishlab chiqish; ♦ xo‘jalik operatsiyalarini nazorat qilish tartibi; ♦ to‘liq va ishonchli buxgalteriya hisobini yuritish; ♦ hisob hujjatlarini saqlash; ♦ tashqi va ichki foydalanuvchilar uchun moliyaviy hisobotlarni tayyorlash; ♦ soliq hisobotlari va boshqa moliyaviy hujjatlarni tayyorlash; ♦ hisob - kitoblarni o‘z vaqtida yuritish. Korxonalarda buxgalteriya hisobini yuritishga aloqador bo‘lgan shaxslar buxgalteriya hisobini tashkil etish va yuritiщda buxgalteriya hisobining asosiy tamoyillariga rioya qilishlari kerak. Buxgalteriya apparati hujjatlarni ishlab chiqishi, buxgalteriya registrlarida hisob yozuvlarini oqilona olib borishi va ular asosida boshqaruv va moliyaviy hisobotlarni o‘z vaqtida tuzishlari zarur. Korxonalarda buxgalteriya quyidagi bo‘limlardan tashkil topishi mumkin: ♦ material bo‘limi, bu yerda sotib olingan material qiymatliklarni, material yuboruvchilar bilan hisob - kitoblarni, materiallarni saqlash hamda foydalanish joylari bo‘yicha kirimi va sarflanishining hisobi yuritiladi. Unchalik katta bo‘lmagan Korxonalarningbu bo‘limida asosiy vositalar, arzon va tez eskiruvchi buyumlar va tayyor mahsulotlar hisobi ham yuritiladi. Yirik Korxonalarda bu uchastkaning ma’lumotlarini ishlab chiqish uchun maxsus bo‘lim tashkil etiladi; ♦hisoblashish bo‘limi, bu yerda dastlabki hujjatlarga asosan ish haqi hisoblash va undan ushlanmalar bo‘yicha barcha hisoblashishlar olib boriladi, mehnat haqi fondi va iste’mol fondidan foydalanish bo‘yicha nazorat amalga oshiriladi, ijtimoiy