logo

Kushon davlati

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

36.4658203125 KB
Kushon davlati
Reja
1. Kushon davlatining tashkil topishi
2. Kushon davlatining siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy ahvoli
3. Kushon davlatining madaniy rivojlanishining o‘ziga xos jihatlari
  Mil.av.   II   asrning   ikkinchi   yarmida   Sharqiy   Turkiston   hududlarida
yashovchi   turkiy   qavmlar   qo`shnisi   xunlar   tazyiqiga   uchrab,   ularning   siquviga
bardosh   berolmay   G`arbga   tomon   siljiy dilar.   Xitoy   manbalarida   ular   yuyechjilar
deb   atalgan.   Yuyechjilar   Issiqko`l   atrofida   sak   qabilalari   bilan   to`qnashib,   ularni
janubiy-g`arb   tomonga   suradilar.   Biroq.   Yuyechjilar   usun   qabila lari   zarbasiga
uchrab   janubga   siljib,   mil.av.   130   yillarda   So`g`di yona   hududiga   kirib   keladilar.
Yuyechjilar,   Xitoy   tarixchisi   Chjan   Syan   ta`kidlashicha,   Sug`diyonadan
Baqtriyaga   yuradilar   va   Baqtriyadagi   yunonlar   hukmronligini   ag`daradilar.
Yuyechjilar   Farg`ona   vodiysini   ham   egallaydilar.
Xitoy     manbalarida   ta`kidlanganidek,   yuyechjilar   beshta   siyosiy   xonadonga
mansub   edilar.   Go`yshuan,   (Kushon).   Xyumi,   Shuanmi,   Xise,   Xuanmi.   Ularning
har biri qariyb yuz yilgacha alohida-alohida siyosiy kuch hokimlik bo`lib, yagona
hukmdorga bo`ysunmagan holda faoliyat yuritadilar.
Milodiy   I-III   asrlarda   hukmronlik   qilgan   Kushon   podsholigi   nafaqat
Surxondaryo   tarixida,   balki   butun     Osiyo   xalqlarining   iqtisodiy   va   madaniy
taraqqiyotida   muhim   rol   o‘ynagan   davlatlardan   biri   sanaladi.   Uning   eng
rivojlangan   davri   Kanishka   davri   bo‘lib,   milodiy   78 —123   davrlar   hisoblanadi.
Xududi-   Janubiy   O‘zbekiston,   Janubiy   Tojikiston,   Pokiston,   Afg‘oniston,
Hindiston.
Xorazm   xududlari   kirmagan.   Kushon   davlatining   shimoli-g‘arbiy   chegarasi
Darband   devori   bilan   himoyalangan.   Bu   Sug‘d   bilan   chegara   hisoblangan.   Bu
devor   XX   asrning   90   yillari   aniqlangan.   U   Surhondaryo   va   Qashqadaryo
o‘rtasidagi   Darband   qishlog‘idan   o‘tgan.   1,5   km   uzunlikda,   eni   6-6,5   m
bo‘lgan.   Devorlar   orasida   minoralar   bo‘lgan.   Janubiy   qismida   qa’asi
joylashgan. Vima Kadfiz tomonidan qurilganligi aniqlangan. 
          Kushon   davlatining   tarixi   asosan,   arxeologik   tadqiqotlar   va   xitoy   manbalari
asosida yoritilgan.  Kushon davlatining  keng xududni  egallagan: 
            Kushon   davlati   tarixi   bilan   arxeolog   olimlardan   Ye.Masson,
G.A.Pugachenkova,   E.Rtveladze,   Sh.Pidaevlar   tadqiqotlari   asosida   yoritilgan.
Olib   borilgan   tadqiqotlar   natijasida   Kushon   davlatining   iqtisodiy,   ijtimoiy   va madaniy   rivojlanishida   2   xil   yo‘nalish   kuzatiladi.   1   davr   Kanishkagacha   bo‘lgan
davr   va   2   davr   Kanishkadan   keyingi   davr   hisoblanadi.   Kanishkagacha   bo‘lgan
davrda   uning   siyosiy   va   madaniy   hayotida   grek   yozuvi   va   madaniyati   yetakchi
o‘rinni   egallagan   bo‘lsa,   Kanishkaning   olib   borgan   islohatlari   natijasida   baktriya
yozuvi va maxalliy madaniyat asoslari jamiyatga tatbiq etiladi. 
Miloddan   avvalgi   IV   asr   oxirlarida,   Xitoy   yilnomalarida   yuedjilar   deb
atalgan massaget qabilalari Sharqiy Tur kistondan to Mug‘uliston chegaralarigacha
bulgan   xudud larga   ketib   qolgan     edilar.   O‘sha   vaqtlarda   xunlar   Bal xashdan   to
Xitoygacha   bulgan   hududda   yashab   kelardi.   Yue-chjilar     Sharqiy   Turkistonni
olishga   intilganlar.   Bu,   ayniqsa   mi loddan   avvalgi   III   asrning   ikkinchi   yarmidan
namoyon   bula   boshlaydi.     Yunon-Baqriya   davlati   podshosi   Evtidem   miloddan
avvalgi 206 yilda sa lavkiylar hukmdori Antiox III bilan ularga qarshi xarbiy ittifoq
tuzadi.     Xunlar   yuedjilar   ustiga     dastlab   206   yilda   hujum   qilgan.   Shu   yili   Xun
shaxzodasi   Mode   Yue-chjilar   qulidan   garovdan   qochib,   uz   otasini   xokimiyatdan
agdarib,   katta   qo‘shin   bilan   yuedjilar   ustiga   xarbiy   yurish   boshlaydi.   Miloddan
avvalgi 176 yilda,  xunlar Yue-chjilar ustiga ikkinchi marta yurish qiladi. Nixoyat,
miloddan   avvalgi   165   yilda   xunlarning   qo‘li   baland   kelib,   yuedjilarni   g‘arbga
uloqtirib   tashlaydilar.   Ular   maglub   bulgan   Yue-chjilar   podshosining   bosh
suyagidan kosa yasab, g‘alaba uchun sharob ichadilar.
Bu   to‘qnashuv   oqibatida   yuechji   (toxarlar)   ikki   guruhga   bo‘linib   ketadi,
qabilalardan   bir   guruhi   Sharqiy   Turkiston   tomon   ketsa,   ikkinchi   ko‘pchilik   bir
guruhi   janub   tomon   yo‘l   oladi.     Bu   guruh   manbalarda   Buyuk   yuechji   deb
nomlangan. 
Yuedji qabilalari dastlab   qadimgi Farg‘ona xududiga kelib istiqo mat qila
boshlaydilar.     Bu     davrda   Qadimgi   Farg‘onada,   ayniqsa   uning   shimoliy
xududlarida   yue-shjilarning   qishloqlari   va   shaxarlari   qad   ko‘taradi.   Ular   endi
yagona   bir   podsho   qo‘l   ostida   bulmay,   balki   qabila   va   urug‘   yabgula ri   (qabila
oqsoqollari)   qo‘l   ostida   yashaydilar.   Masalan,   Namangan   viloyatining
Yangiqo‘rg‘on yonidagi Kushon qishlog‘i va Kosonsoydagi Koson shahar xarobasi
yuedjilar   asos   solgan   qishloq   va   shaxar   edi.   Yuedjilar   miloddan   avvalgi   140   yili Sug‘d   yerlari   orqali   Baqtriyaga   kirib   keladi.   Yunon-Baqtriya   podsholigi   esa   100
yillik xukmdorlikdan so‘ng xalokatga uchradi. Shi moliy Baqtriya yerlarini esa bu
yerga   yopirilib   kelgan     5   ta   yue-shji   qabilalari   egallab,   uz   yabg‘ulari   qo‘l   ostida
yashay   boshlaydilar.   Xitoy   yilnomalarida   yozilishicha,   Yue-chjilar   Baqtriya ga
kelgandan   sung   100   yil   mobaynida   5   ta   qabilaga   bu linib   yashagan.   Guyshuan
(Kushon)  qabilasi  (yabg‘usi  Kudzula Kadfiz) qolgan turt  qabila yabg‘ularini tobe
etib,   uzini   xukmdor   deb   elon   qiladi.   U   avval   Kushon     davlati   sifatida   hozirgi
Surxondaryo viloyatining Sho‘r chi tumanida joylashgan Dalvarzintepani   poytaxti
qiladi.  Sungra  u  uz  davlat   chegaralarini  kengaytirish   va  qudratini  mustaxkamlash
maqsadida   Amudaryoning   chap   sohili   xududlarini   egallashga   otlanadi.   Xitoy
manbalariga   kura,   Kushon   davlati   Par fiyani,   Afg‘onistonni   va   Kashmirni   bosib
oladi.   Nixoyat,   Kudzula   Kadfiz   80   yoshida   olamdan   utadi.   Uning   davrida
kushonlar   uz   pullarini   zarb   etmaganlar.   Kudzula   Kadfiz   tangalari   Rim
imperatorlari va Parfiya podsholari zarb etgan tangalarga taqlid qilinib chiqarilgan.
Shuning   uchun   podsholik   tangalarida   Kudzula   Kadfiz   yabg‘u   degan   yozuvlar
uchraydi. Keyinroq uning, «xukmdor Kadfiz» yozuvi bilan tangalari paydo buladi.
Kudzula   Kadfizning   ulimidan   sung   uning   o‘g‘li   Vima   Kadfiz   (51-78)   taxtga
utiradi.   Uning   davrida   Kushonlar   davlati   Pokiston   va   Hindistonning   markaziy
viloyatlari hisobiga kengayadi. Vima Kadfiz nomidan tangalar zarb etiladi. Uning
tosh xaykali esa Hindistonning Matxura shahrida qad kutaradi. U 30 yil podsholik
qiladi. Uning davrida pul islohati o‘tkaziladi. pul islohoti natijasida 8 gramlik oltin
tangalar,   kumush,   bronza   tangalar   savdo   muomalasiga   chiqarildi.   Madaniy
taraqqiyot   natijasida   yozuvlar   ancha   takomillashib   so‘g‘dcha,   xorazmcha,
parfiyacha,   baqtriyacha   yozuvlar   mukammallashib,   ijtimoiy-siyosiy   va   ma’naviy
hayotda ijobiy natijalarga erishdi.
 Vima Kadfizdan s `o ng kushonlar saltanati Kanishka 78-123 qo‘liga o‘tadi.
Uning   davrida   Hindistonning   janubiy   xududlari,   O‘rta   Osiyoning   Sug‘diyona,
Shosh vi loyatlari kushonlar qo‘liga o‘tadi. Kanishka nomidan «shohlarning shohi-
ulug‘   haloskor»   yozuvi   bilan   tanga   pullar   zarb   etila   boshlaydi.   Bu   tangalar
Ashgabatdan   Xorazmgacha,   Toshkent   vohasigacha   bo‘lgan   hududlarda   kuplab topilgan. Kanishka davrida Kushon davlati juda gullagan hamda hududi kengaygan
edi. U budda dinini rasmiy ravishda davlat dini deb elon qiladi. 
Budda   dini   mil.   avv.   I   ming   yillik   o‘rtalarqda   Hindistonda   shakllangan.
Buddaviylar 1956 yilda o‘z dinlari shakllanganligining 2500 yilligini nishonladilar.
Hindlar   bu   dinning   asoschisi   Shak’ya   Muni,   ya’ni   hind   shahzodasi   Siddxartma
Gautama     Budda   deb   hisoblaydilar.     Buddaviyliqda   beshta   axloqiy   talab
(panchashina)ga   rioya   qilish   ilgari   surilgan.   Ular:   bironta   ham   tirik   mavjudotni
o‘ldirmaslik,   birovning   mulkini   olmaslik,   birovning   xotiniga   ko‘z   olaytirmaslik,
yolg‘on   gapirmaslik,   spirtli   ichimlik   ichmaslikdan   iborat.   Uning   xinayama,
maxayama,   keyinchalik   lamaizm   yo‘nalishlari   vujudga   keldi.   Kushonlar   davrida
Termiz   shahrining   buddaviylik   tayanchiga   aylangan.     Kanishka   Kadfiz   78   yilda
Panjob   viloyatida   buddaviylarning   umumjahon   yig‘ilishini   chaqirtiradi   va
buddaviylikning   Maxayama   yo‘nalishini   targ‘ib   qiladi,   unga   binoan   Maxayama
«hamma   uchun   birdek   ulug‘   yo‘l»   deb   biladi.   Kushonlar   e’tiqod   erkinligini   joriy
etgan bo‘lsalar~da, buddaviylikni kengroq yoyish va uni rivojlantirish uchun turli
shaharlarda   takyagoh,   xonaqoh,   ibodatxonalar   qurib,   buddaviylikning   muqaddas
kitoblari   («Tripitaka»)ni   ko‘paytirish,   ularni   o‘rganish,   tarjima   qilish   va  izoxlash,
yangi   tafsirlar   yezish   kabi   diniy-falsafiy   tafakkur   rivoji   uchun   sharoit   yaratib
berishdi. Bunday siyosat natijasida Tarmita o‘z davrining yirik iqtisodiy, madaniy
va   buddaviylik   dini   markaziga   aylandi.   Kushonlar   davrida   budda   dinining
ravnaqiga baqtriyalik rohiblar ham juda katta hissa qo‘shadilar.
Xitoy,   Tibet   manbalarida   buddaviylik   dini   targ‘ibotchilari   qatorida
tarmitalik   Dxarmamitara   va   toxaristonlik   Gxoshakalarning   nomlari   ham   qayd
qilingan. Buddaviylik dinining yirik mazhablari sanalgan Xinoyama va Maxayama
yo‘nalishlari ham aynan shu zaminda ravnaq topadi.
Kanishka   davrida   poytaxt   Baqtriyadan   Peshavor(Pataliputra-Pokiston)ga
ko‘chiradi.   Kanishka   saklar   bilan   ittifoq   tuzgan.   Uning   davrida   mamlakat   to’liq
birlashtirirladi 1
.   1   asrning   70-80-yillarida   Sharqiy   Turkiston   yer lari   masalasida
Xitoy-Kushon mojarolari kelib chiqadi. Kushonlar dastlab xitoyliklarning Sharqiy
1
  History of civilizations of Central Asia .  The development of sedentary and nomadic  civilizations: 700 B.C. to 
A.D. 250 Volume II.1996.  2 42  р . Turkiston   yerlarini   egallash   uchun   qilgan   harbiy   harakatlarini   qo‘llab-
quvvatlaydilar.   Hatto   ular   84   yilda   Qashg‘ar   hukmdoriga   harbiy   tomonidan
xitoylarga   qarshi   kurashish   uchun   yuborgan   qo‘shinini   tezda   chaqirib   olishni
Qang‘uy podshosiga tavsiya etadi. Shundan sung Qang‘uy podshosi uz qo‘shinini
chaqirib oladi, Qashg‘ar hokimligi esa xitoyliklarga taslim buladi, keyin Kushonlar
Xi toyning Turfonni bosib olishiga yordam qiladi. Biroq Xitoy-Kushon aloqalari 2-
3 yil o‘tgach buziladi. Bunga Xitoy tomonidan Kushon davlati elchisining qamab
qo‘yilishi   sabab   buladi.   Elchi   katta   sovg‘alar   bilan   Xitoy   imperatorining   qizini
Kushonlar   podshosiga   unashti rish   uchun   borgan   edi.   Haqoratlangan   Kushon
hukmdori   70   ming   kishilik   qo‘shin   bilan   Xitoyga   yurish   qiladi,   ammo
mag‘lubiyatga   uchrab,   zo‘rg‘a   sharqiy   Turkistondan   qochib   qoladi.   102   yilda
Xitoyning   yengilmas   lashkarboshisi   Ban   Shao   o‘lgach,   Sharqiy   Turkiston
viloyatlari  birin-ketin Xitoyga qarshi  qo‘zg‘alon kutaradilar. Bundan foyda langan
Kushonlar   102  yilda   Sharqiy   Turkistonga   bos tirib   boradi.   Kushonlarning  Sharqiy
Turkistonda   pay do   bulishi   bu   mamlakatga   buddizmning   faol   kirib   bo rishiga
imkoniyat   yaratadi.   Keyingi   yillardagi   Xitoy   Kushon   mojarolari   kushonlarning
Sharqiy   Turkistonda   o‘z   hukmronligini   urnatishga   imkon   bermaydi.   Ammo
Hindiston yilnomalarida Kanishkaning Tarim havzasini bosib olganligi haqida suz
yuritilgan.   Soson   podshosi   Shopur   1   (241-242   yillar)   yozdirgan   “zoroastr
Kaabasi”da   kushonlar   imperiyasining   hududi   haqida:   «Kushonlar   mamlakati
Peshavor, Qashg‘ar, So'g‘d va Shoshgacha chuzilgan»,-deyiladi.
Kanishka   davrida   Kushon imperiyasi chegarasi  Baqtriyadan Benaresgacha
,   Kashmirdan   Sindgacha   b o rgan.   Kanishka   davridagi   Kushon   tangalari   Xorazm,
Xo’tan va sharqiy Erondan topilgan 2
.
O‘rta   Osiyoda   kushonlar   asos   solgan   3   ta   shahar   bulgan:   Kushon   shahri
(Ko son)   –Farg‘ona  vodiysida;   Kushon  shahri  (Kattaqo‘rg‘on  yaqinida)-Zarafshon
vohasida;  Kushon shahri  (Kesh) Qashqadaryo viloyatida.
  Kanishka   23   yil   poddsholik   qiladi.   Kanishkadan   so‘ng   kushonlar   taxti
2
  History of civilizations of Central Asia .  The development of sedentary and nomadic
civilizations: 700 B.C. to A.D. 250 Volume II.1996.   243  р . uning o‘g‘li Vasishka qo‘liga utadi. Biroq u 4 yilgina podsholik qiladi, xolos. Sung
hokimiyat Xuvishka quliga utadi. U 32 hukmronliq qiladi. Undan sung podsholik
Vasudeva   quliga   o‘tadi.   Vasudeva   esa   34   yil   podsholik   qiladi.   Uning   davrida
Kushon pod sholigi ikkiga bulinadi. Mamlakatning bir qismida Vasudeva, ikkinchi
qismida   esa   Kanishka   III   podsholik     qilgan.   Bu   haqida   ularning   nomidan   zarb
etalgan tanga pullar guvohlik beradi. 
      Milodiy   III   asrning   birinchi   yarmida,   ya’ni   Vasudeva   va   Kanishka   III
hukmronligi   davrida   Kushon   podsholigida   markazdan   chetlashgan   kuchlarning
mavqei   ortib,   ular   o‘zlarini   tobora   mustaqil   hisoblay   boshlaydilar.   Ikkinchi
tomondan   esa   ular   o‘rtasida   o‘zaro   kurashlar   avj   oladi.   Bundan   tashqari,   janubi-
g‘arbiy hududlarda qudratli  Sosoniylar  davlati  paydo  bo‘ladi. III  asrning ikkinchi
yarmidan boshlab Kushon davlatining ko‘pgina yerlari Sosoniylar qo‘liga o‘tadi.
Kushon podsholigi iqtisodiyotining asosini sug‘orma dehqonchilik, savdo va
hunarmandchilik   tashkil   qilgan.   Ushbu   sohalar   yuqori   darajada   rivojlangan.
Hindiston,   Xitoy   va   Rim   saltanati   bilan   savdo   hamda   elchilik   munosabatlari
o‘rnatilgan.   Savdo   munosabatlarining   rivojlanishida   Buyuk   ipak   yo‘lining
ahamiyati katta bo‘lgan. Termizdan Rim tangalari xazinasi, O‘rta yer dengizi atrofi
hududlaridan   esa   Kushon   davlati   tangalari   topilgani   buning   isbotidir.   Aynan   ana
shu davrda hunarmandchilik xo‘jaligi yuksak darajada rivoj topib, ushbu sohaning‘
kulolchilik, metallsozlik, qurolsozlik, to‘qimachilik, shishasozlik kabi turlari ancha
yuksalgan. Hatto Baqtriya shishasozlari 420 yilda Xitoy poytaxtida turfa rangdagi
shishalar tayyorlab xitoyliklarni lol qoldirganlar.
Kushon   davlati   ijtimoiy   tuzumida   qullar   ikkiga:   xususiy   egalikdagi,   ya’ni
patriarxal   oila   qullari   va   davlat   qullariga   bo‘lingan.   Xususiy   qullardan   asosan
dehqonchilik, xonadon ishlarida, ov, chorvani boqishda foydalanilgan. Qullarning
jamiyat   hayotidagi   mavqei   juda   past   bo‘lib,   ular   hech   qanday   huquqiy   imtiyozga
ega   bo‘lmagan.   Shuning   uchun   ularni   urish,   o‘ldirish,   sotish   va   birovga   hadya
qilish mumkin bo‘lgan.
Davlat   qullari   esa  jamoada  askarlik xizmati   bilan bog‘liq ishlarni   bajargan.
Ularning mehnati bilan yangi shaharlar bunyod etilgan. Kanishka   davrida   Hindistondan   tarqalgan   budda   dini   davlat   diniga   aylanadi.   Bu
paytda oromiy va yunon yozuvlari bilan birga kushon yozuvi ham mavjud bo‘lgan,
me’morchilik   va   tasviriy   san’at   yuksak   darajada   rivojlangan.   Ayritom,   Ko‘hna
Termiz,   Qoratepa   budda   ibodatxonalari,   Fayoztepa,   Xolchayon,   Dalvarzintepa   va
boshqa joylardan qazib olingan arxeologik topilmalar buning dalilidir. Afg‘oniston
xududidagi   (Baglan   provinsiyasi)   yirik   ibodatxonalari-Surxko‘tal,   Rabatak,
Janubiy   Tojikistonda(Kofirgixonning   quyi   oqimi)   Taxti-Sangin   ibodatxonalari
topilgan.
Kushon   davlat   boshqaruvi   shakli   yakkahokimlikka   asoslangan   monarxiya
edi.   Davlat   boshqaruvida   markazlashtirish   siyosatini   ko‘proq   podshoh   Kanishka
olib   borgan.   davlat     satraplarga   bo‘lingan.   Davlat   boshlig‘i   –   podshoh   juda   katta
mavqe   va   vakolatga   ega   bo‘lgan.   U   oliy   kohin   hisoblanib,   podshoh   huzuridagi
oqsoqollar kengashi maslahat beruvchi organ sifatida faoliyat yuritgan. Oqsoqollar
kengashida   podshohning   yaqin   qarindoshlari,   ishonchli   kishilari   va   urug‘
boshliqlari   ishtirok   etsa-da,   shaxsan   uning   o‘zi   qonun   va   farmonlarni   mustaqil
qabul qilgan. 
Kushon   davlati   hududining   kengayib,   siyosiy-harbiy   salohiyatining   o‘sib   borishi
bilan   birga   tangalarda   «shoh»,   «shohlar   shohi»   atamasi   ko‘p   uchraydi.   Bunday
o‘zgarishlar   davlatning   harbiy   qudrati   ko‘pchilik   mamlakatlar   tomonidan   tan
olinganini bildiradi.
Davlatni   boshqarish   san’ati   ko‘proq   podshoh   Kanishka   tomonidan
takomillashtirilgan.   U   o‘zidan   oldingi   boshqaruv   an’analarini   davom   ettirdi.
Viloyat   va   shaharlar   davlat   boshlig‘ining   noiblari   tomonidan   boshqarilgan.   Ular
oliy hukmdorga so‘zsiz itoat etib, doimiy ravishda davlat xazinasiga o‘lpon to‘lab
turgan.   Kushonlar   davlatining   siyosiy,   iqtisodiy,   madaniy   va   harbiy   hayotida
alohida o‘ringa ega bo‘ladi. Bundan tashqari Kampirtepa, Zartepa, Hayitobodtepa
kabi shaharlar ham mavjud bo‘lib, ushbu shaharlar mudofaa devorlari bilan o‘rab
olingan.
Viloyat   hududida   kushonlar   davriga   oid   130   ta   yodgorlik   mavjud   bo‘lib,
shundan   80   tasi   qishloklar   ko‘rinishidagi   manzilgohlar   hisoblanadi.     Kushonlar davrida   markazlashgan   davlatning   qaror   topishi   xo‘jalikning   ravnaqiga   sabab
bo‘lgan .  1936 yilga kelib M.E.Masson boshchiligida tashkil etilgan TAKE kushon
davri tarixi va madaniyati masalalarini izchil tadqiq etishni o‘z oldiga maqsad qilib
quydi.   Xususan,   Termiz   shahrining   rivojlanish   pallasi   kushoshtar   davriga   to‘g‘ri
kelishi   va   uning   tarixiy   topografiyasi   aniklandi.   TAKE   ishlari   Ayritom,
Chingiztepa   va   qoratepada   olib   borildi   hamda   tadqiqotlarda   M.   I.   Vyazmitina,
G.A.Pugachenkova,   B.B.Piotrovskiy   singari   olimlar   ishtirok   qildilar.   Ayritom
peshtokdarining topilishi  Shimoliy Baqtriyaning antik davr  musiqa  san’ati  haqida
ham   so‘z   yuritish   hamda   ularni   Afg‘oniston,   Hindiston   va   Sharqiy   Turkiston
haykaltaroshligida   uchraydigan   shularga   aynan   o‘xshash   musiqa   asboblari   bilan
qiyoslash imkonini berdi. Tadqiqotlar natijasida Termiz yaqinida daryo kechuvlari
mavjud bo‘lib, daryoning o‘zi Yuqori Panj va Xorazm vohalarini bog‘lovchi qulay
suv   yo‘li   bo‘lganligi   aniklandi.   Ko‘xna   shahar   hududlaridan   kushon   podsholari
Kadfiz   II,   Kanishka,   Xuvishka   va   Vasudevalarning   ko‘plab   tangalari   topildi.
TAKEning tashkil etilishi Ayritom va Eski Termiz yodgorliklarining dastavval va
qa^   tomonlama   o‘rganilishida   muhim   ahamiyat   kasb   etdi.   Usha   yillari   bu
yodgorliklarning   joylashgan   o‘rni,   ularga   asos   solingan   vaqg,   ularning   boshqa
hududlar   bilan   munosabatlari   hamda   moddiy   madaniyati   masalalariga   aniqdiklar
kiritildi.
Shimoliy Baqtriyaning tarixi va madaniyatini o‘rganishda  Hamza  nomidagi
O‘zbekiston     san’atshunoslik   ekspeditsiyasi   (O‘zSE)   tadqiqotlarining   o‘rni   va
ahamiyati masalalari ham ko‘rib chiqildi. 1959 yidda GL.Pugachenkova tashabbusi
bilan   tashkil   qilingan   ushbu   ekspeditsiya   izlanishlarida   turli   davrlarda
E.V.Rtveladze,   B.A.Turg‘unov,   A.S.Sagdullaev,   Z.A.Hakimov,   Ye.Nekrasova,
V.A.Luneva,   S.V.Levushkina,   T.V.Belyaeva,   S.A.Savchuk,   D.Ilyosov   singari
olimlar   ishtirok   etdilar.   Shimoliy   Baqtriya   hududidagi   Dalvarzin,   Xolchayon,
Ko‘hna   Termiz,   Kampirtepa,   Zartepa,   Ayritom   kabi   yodgo^liklarda   arxeologik
tadqiqot   ishlari   olib   borildi.   UzSE   xodimlari   tomonidan   baqtriya   yozuvi
yodgorliklarining   topilishi,   ayniqsa   muhimdir.   Bu   borada   1977   yilda   Ayritomdan
topilgan   haykal   qoldiqlari   va   uning   ostidagi   olti   qatorli   baqtriya   yozuvi   fan olamida   muhim   voqea   bo‘ldi.   Bu   Surxkutal   (qiziltog‘)   yozuvlaridan   keyingi
ikkinchi   o‘rinda   turuvchi,   aniq   tarixiy   mazmundagi   Kushon-Baqtriya   yozuvi
bo‘lib,   unga   ko‘ra,   inshoot   majmuini   o‘rab   turuvchi   to‘siq   Shodiya   (shaxsi
noma’lum)   tomonidan   qayta   tiklangan   va   bu   voqea   Kushon   podshosi   Xuvishka
hukmronligining to‘rtinchi yilida sodir bo‘lgan. Yozuv va haykal Mirzod ismli usta
tomonidan amalga oshirilgan.
II   asrda   Kushon   davlati   budda   dinini   Hindistondan   Markaziy   Osiyo   va   Sharqiy
Turkistonga   tarqatib,   uni   davlat   dini   darajasiga   ko‘targan.   Sh   asrda   Eronda
moniylik dini vujudga keladi, lekin u Eronda uzoq tura olmaydi, uning tarafdorlari
Markaziy   Osiyo   va   Sharqiy   Turkistonga   qochib   o‘tadi,   ko‘proq   savdo   yo‘li
ustidagi   shaharlarda   bu   dinni   tarqatadilar.   Ba’zi   arxeolog   olimlar   Markaziy
Osiyoda   topilgan   ko‘plab   suratkashlik,   rassomlik   xamda   haykaltaroshlik
yodgorliklaridagi   syujetlarning   murakkabligiga   qarab,   ularni   moniy   dini   bilan
bog‘lashga   harakat   qiladilar.   Aslida   bu   xrl   Kushon   imperiyasi   davri   (IIII   asrlar)
quldorlik tuzumining Markaziy Osiyo sharoitida eng rivojlangan davri bo‘lganligi
bilan   bog‘liqsir.   Bu   davrda,   birinchidan,   ko‘chmanchi   qabilalarning‘
sug‘oriladigan   yerlarda   joylashishi   kuchaygan   bo‘lsa,   ikkinchkdan,   quldor
zodagonlar jamoalar yerini tortib olib, o‘zlashtira boshlaydilar. Shu tariqa jamoalar
o‘zichidan buzilib, butunbutun qishlokdar quldor zodagon dehqonlarga tobe bo‘lib
qoladi.
Dalvarzintepaning chekkaroq joyidan 1 asrda tiklangan Budda ibodatxonasi,
shahristonidan   Buddaning   boshi,   Bodxisatvaning   mahorat   bilan   ishlangan
mahobatli   haykali,   fil   suyagidan   tayyorlangan   shaxmatning‘   ikki   donasi   topildi.
Buddaning   boshi   loy   va   gipsdan   yasalgan   bo‘lib,   balandligi   39   sm,   eni   25   sm
keladi.   Bodxisatvaning   (o‘sha   davrga   oid)   haykali   ham   loy   va   gipsdan   yasalib,
rang   bilan   bo‘yalgan.   Uning   balandligi   2   metr   18   sm,   eni   89   sm.   U   bir   paytlar
Budda   butxonasida   turgan   haykallar   guruhidan   biridir.   Bu   ko‘hna   topilmalar
boshqa   yodgorliklar   bilan   birgalikda   1988   yili   Yaponiyaning   Nara   shaqridagi
«Ipak yo‘li Naraga boradi» deb nomlangan xalqaro ko‘rgazmada namoyish etilgan
edi.   1995   yili   esa   ular   Parijdagi   muhtasham   «GrandPales»   («Katta   saroy»)ning nodir   galereyasida   muvaffaqiyat   bilan   namoyish   etildi.   Kampirtepaning
o‘rganilishi   natijasida   yozma   manbalarda   qayd   qilingan   Oks   bo‘yidagi   Paradagvi
Kampirtepa   o‘rnida   bo‘lganligi   taxmin   qilindi.   Bu   borada   Kampirtepadan
Markaziy   Osiyoda   yagona   bo‘lgan   iskandar   tangasining   topilishi   muhim
ahamiyatga   ega   bo‘ldi.   Xullas,   uzoq   yillar   fanga   noma’lum   bo‘lgan   antik   davr,
xususan, kushon davri tarixi va madaniyati O‘zSEning tadqiqotlari tufayli dunyoga
mashhur bo‘ldi hamda tarix faniga ulkan hissa bo‘lib qo‘shildi.
O‘sha   davrga   oid   yana   bir   yodgorlik   Xolchayon   bo‘lib,   bu   yodgorlik
Surxondaryo   viloyatining   Denov   tumanida   topildi.   1959   yilning   bahorida
Xolchayon   jamoa   xo‘jaligining   texnik   ta’mirlash   joyi   kengaytirilayotganda
buldozer   kichik   bir   tepalikning   chetini   qirqqanida   uchta   tosh   ustun   bo‘laklarini
sudrab chiqargan, topilgan narsalar to‘g‘risida arxeologlarga xabar berilgan. 1960
yilda   San’atshunoslik   institutining   professori   G.A.   Pugachenkova   rahbarligidagi
ekspeditsiya   Xolchayon   tepaligini   tekshira   boshlaydi.   Bu   yerdan   topilgan
yodgorliklar   olimlarning   har   qanday   tasavvuridan   oshib   tushdi,   fanga   yana   bir
tarixiy   boylik     Baqtriya   badiiy   madaniyatining   ajoyib   yodgorligi   qo‘shildi.
Xolchayon   topilmalarini   ilmiy   tekshirish   jarayonida   Xonaqohtepa,   qorabog‘tepa,
Maslahattepa   kabi   tepaliklar   ochib   o‘rganildi.   Xonaqohtepadash   saroy   poydevori
toshdan,   devori   esa   qalin   (1,04   2,30   m)   xom   g‘ishtdan   ishlanganligi   aniklandi.
Xolchaendagi   tekshirishlar   BaqtriyaKushon   zamonining   binokorlik   texnikasi
to‘g‘risidagi  ma’lum tasavvurni  yanada kengaytirdi. Xolchayon saroyi arxitektura
jihatidan g‘oyat muhimdir. Asosiy  zalining uch devori 3 m balandlikda oq ganch
bilan   suvalgan,   undan   yuqori   qismlarda   mahobatli   haykallar   joylashtirilgan.
To‘rtinchi   devorning   to‘q   qizil   fonida   oq   ganchdan   barg,   gul,   bir   bosh   uzum
tasvirlanib,   naqsh   solingan.   Termiz   yaqinidagi   Ayritomda   topilgan   toshga
o‘yilg‘an   bo‘rtma   suratlar,   haykallar   va   devoriy   rasmlar   hamda   Denovdagi
Xolchayon va Dalvarzintegtadan  topilgan  loy va  ganchdan yasalgan  ko‘pdanko‘p
turli   haykallar   Surxon   voxasida   qadimda   o‘ziga   xos   yuksak   tasviriy   san’at
madaniyati   yaratilganligini   isbotlaydi.   Surxondaryoda   topilgan   qadimg‘i   san’at
obidalari Markaziy Osiyo xalklari madaniyati bilan Eron, Hindiston, Yaqin Sharq va   Kavkaz   xalqlari   madaniyatining   birbiriga   ta’sir   ko‘rsatganidan   hamda   dune
xalqpari   madaniyatining   yaratilishida   Markaziy   Osiyo   xalqyaari   ham   faol
qatnashganligidan   darak   beradi.   qoratepadagi   budda   ibodatxonalaridan   chiqqan
qimmatbaho   haykallar   va   boshqa   tasviriy   san’at   obidalari,   ayniqsa   nodir   va
noyobdir.   Bunday   tasviriy   san’at   va   haykaltaroshlik   yodgorliklari   o‘z   davrining
hayotiy,   mafkuraviy   va   diniy   e’tiqodlari,   madaniy   va   maishiy   hayoti   to‘g‘risida
ma’lumot beruvchi qimmatbaho manba hisoblanadi.
1998   yilda   qoratepadagi   budda   ibodatxonalari   guruhini   o‘rganish   bo‘yicha
Sh.R.Pidaev   rahbarligida   o‘zbek-yapon   qo‘shma   ekspeditsiyasi   tashkil   etilib,
hozirga   qadar   faoliyat   ko‘rsatmoqda.   Mustaqillik   yillarida   olib   borilayotgan
hamkorlikdagi   tadqiqotlar   natijasida   antik   davrda   Surxon   vohasida   ro‘y   bergan
tarixiymadaniy jarayonlar aniqlanib, fanga tatbiq etilmoqda.
Kushon   davri   arxeologik   yodgorliklaridan   biri   Fayoztepa,   Eski   Termiz
devorlarining   shimolig‘arbida,   qoratepa   tekisligining   shimolig‘arbidan
janubisharqqa   yo‘naltirilgan   holda   qurilgan   Budda   ibodatxonasidir.   Bu
to‘rtburchakli   ziyoratgohning   ichkari   hovlisi   ikki   tomondan   tirgak   vazifasini
o‘tavchi   yo‘g‘on   ustunlar   bilan   ko‘tarilgan   bo‘lib,   maxsus   ayvon   bilan   o‘ralgan
imoratdir.   Ushbu   Budda   obidasining   qurilgan   payti   uysozlik,   binokorlik,
haykaltaroshlik,   tasviriy   san’at,   umuman,   shaharsozlik   va   me’morchilik
rivojlangan Kushon-Baqtriya davlati davriga, ya’ni milodning 111 asrlariga to‘g‘ri
keladi.
Iqtisodiy,   siyosiy   va   madaniy   hayotda   yuksak   rivoj langan   kushonlar
saltanati   Kanishkaning   vorisi   Xuvishkadan   keyin   asta-sekin   inqirozga   yuz   tuta
boshlaydi.   226   yilda   kushonlar   saltanatidan   g‘arbda-   Parfiya   davlatining   urnida
Sosoniylar   davlati   paydo   buldi.   Bu   davlatning   asoschisi   Artashir   1   Parfiyaga
qaragan, lekin har xil  sabablar  bilan undan ajralib ketgan viloyatlarni qaytarishga
kirishdi.   Bunday   vaziyat   kushonlarni   befarq   qoldirmadi.   Kushon   podshosi
Vasudeva sosoniylar  tomonidan buladigan xavfga qarshi  ittifoq qidirib, 230 yilda
Xitoyga   elchi   yubordi.   Lekin   kushonlar   sosoniylar   bilan   qattiq   jang   bulishini
kutardi. 242-243 yillarda ikki urtada bulgan jangda sosoniy Shopur 1 ning qo‘shini Kushonlar   ustidan   g‘olib   chiqadi.   Shu   jangdan   sung   sosoniylar   Sharqiy   Xuroson
hududla rida   «kushonshoh»   unvoniga   ega   buldilar.   252   yilga   kelib   esa   ular
«Kushion   shohlarining   ulug‘   shohi»   degan   unvonni   ham   oladilar.   Xuddi   shu
yillarda  kushonlar   Hindistondagi   katta yerlaridan ayriladilar.    Masalan,  bir  budda
matnida   (III   asr   o‘rtalariga   oid)   «dunyo   uch   qismga   (Xitoy,   Rim   va   Kushon)
bo‘lingan, ammo «os mon ug‘lonlari» (imperaratorlari) turtta: Xitoy, Rim, Kushan
va hind» deb xabar beriladi.Hind manbalariga ko‘ra III asr o‘rtalarida Hindistonda
Kushonlardan mus taqil davlat tarkib topgan. Lekin Kushonlar boshiga tushgan bu
qiyinshiliklar   Kushon   davlatini   batamom   yo‘q   qilib   yubormadi.   Kushon   davlati
O‘rta Sharqning yirik davlatlaridan biri sifatida yana 100 yildan ortiq vaqt yashadi.
Soson   podsholarining   kushayishi   Kushon larning   RIM   imperiyasi   bilan   aloqasini
yanada   mustahkamlashga   olib   keldi.   Kushon   elchilari   274   yilda   Rim   Imperatori
Avrelinning   Palmir   ustidan   g‘alabasiga   bagishlangan   tantanalarda   qatnashdi.
Sosoniylar   Rim   Kushon   dustligidan   xavfsirab,   endi   Kushonlar   bilan   aloqani
yaxshilash   yo‘lida   siyosat   olib   bora   boshlaydilar.     Sosoniylar   shohi   Xormuzd   II
(301-309)   Kushonlar   ma likasiga   uylandi.   IV   asrning   urtalarida   kushonlar   va
sosoniylar   urtasidagi   munosabatlar   yana   yomonlashdi.   Shopur   II   (309-379)
kushonlarga   qattiq   zarba   berib,   Shimoliy   Baqtriya   yerlarini   tortib   oldi.   Ammo
kushonlar   bu   zarbaga   ham   bardosh   berdilar.   IV   asrning   oxirida   Balxda   sunggi
kushonlar   sulolasi   sifatida   kidariylarni   taxtga   o‘tirishi   tantanalari   buldi.   Shundan
boshlab tarix sanasiga yangi kushonlar chiqdi. Bu kushonlar o‘z vaqtida Kumonlar
imperiyyasi   tarkibiga   kirgan   ko‘chmanchilar   bulib,   ular   bu   buyuk   imperiyaning
tarix sahnasida  chiqishiga olib keldi. 
Kushon   podsholigi   va   kushonlar   davri-O‘zbekiston,   Tojikiston,
Afg‘oniston,   Pokiston,   Hindiston   tarixida   muhim   o‘rin   tutadi.   Bu   davrda   O‘rta
Osiyo   shaharlari   hayotida   yuksak   ri vojlanish   ruy   berdi.   Dehqonchilik   vohalarida
qator   yangi   shaharlar   qad   kutardi.   Eski   shaharlar   taraqqiyoti   yangi   bosqishlarga
kutarildi.   Kushon   podsholigining   dastlabki   yillaridanoq   O‘rta   Osiyoga   Baqtriya
orqali budda dini kirib keldi. Surxondaryo viloyati va Tojikiston hududlarida olib
borilgan   arxeologig   izlanishlarning   guvohlik   berishicha,   bu   zaminda   buddizmga xos   memoriy   va   haykaltaroshlik   sanati   uzining   klassik   darajasiga   kutarilgan.
Arxeologlar bu yerlardan bud dizmga doir kuplab yodgorliklarni oshib urganganlar.
Ulardan   biri,   Ayritom   yodgorligidir.   Bu   yodgorlik   Termiz   yaqinida,   Amudaryo
bo‘yida   qad   kutargan.   Ayritomdan   topilgan   memoriy   sanat   asarlarida   qadimgi
musiqa sbobi - arfa shalib utirgan musiqashilar tasviri berilgan. Eski Termiz shahri
hududida   Qoratepa   yodgor ligi   oshilgan.   Arxeologlar   bu   yodgorlikni   budda
dinining   ibodatxonasi   ekanligini   aniqlaganlar.   Qoratepa   tabIIy   tepa   bulib,   uning
shor   atrofida   qazib   qurilgan   unlab   galereyalar   -   budda   va   badisatvalar   haykallari
turgan.   Qoratepa   yaqinida   Fayoztepa   nomi   bilan   yana   bir   bud da   yodgorligi
urganilgan.   U   yerda   olib   borilgan   arxeolo gig   izlanishlar   shuni   kursatdiki,
Fayoztepa   budda   dini   ibodatxonasi   va   o‘quv   maktabi   ekan.   Talabalar   bu   yerda
yashab  budda ta’limoti  buyisha  talim  olganlar. Buddizm  davriga oid yodgorliklar
Surxondaryo viloyatida yana Dalvarzintepa, Zartepa, Kuyovqo‘rg‘onda ham oshib
urganildi.   Bu   yodgorliklarning   ko‘pshiligi   II-IV   asrlarga   oid   bulib,   ular   kushon
davriga oid o‘tmish madaniyatimizning durdonalari hisoblanadi.
Tarqatma material
KUSHON PODSHOLIGI DAVRIDA SURXON VOHASI
Qodirov B.  –  t.f.n. , dotsent, TDPU 
Surxon   vohasi   insoniyat   sivilizatsiyasining   qadimgi   o‘choqlaridan   biri
ekanligi,   bu   vohada   olib   borilgan   arxeologik   tadqiqotlar   natijasida   o‘z
:
isbotini   topgan.   Bu   vohada   qadimdan   yuksak   falsafiy,   huquqiy,   axloqiy,
ma’naviy   va   diniy   qadriyatlarni   o‘zida   mujassamlashtirgani   “Avesto”ni
o‘rganish jarayonida ham ko‘rishimiz mumkin.
Davlatchilikning qadimiy ildizlari ham Surxon vohasida vujudga kelgan
Baqtriya   davlati   bo‘lgan   bo‘lsa,   keyinchalik   Kushon   podsholigi   davrida
gullab-yashnagan   va   Buyuk   ipak   yo‘lining   kesishgan   nuqtalaridan   biri
hisoblangan.   Bu   haqida   Prezidentimizning   so‘zlari   ham   fikrimizning   isboti
bo‘ladi:   “Surxon   vohasi   jahon   sivilizatsiyasining   qadimiy   beshiklari milloddan   avvalgi   Kushon   va   Baqtriya   davlatlariga   zamin   bo‘lgani   bilan
mashhurdir” 3
.
Kushon   saltanatining   beshigi   va   dastlabki   poytaxtlaridan   biri   Baqtriya
bo‘lgan.   Ma’lumki,   milloddan   avvalgi   140-130   yillar   oralig‘ida   Sug‘d
yerlari   orqali.   Baqtriya   yerlariga   kirib   kelgan   yuechji   qabilalari   Yunon-
Baqtriya   davlatiga   barham   beradi.   Oradan   ancha   vaqt   o‘tib,   miloddan
avvalgi   I   asrning   oxiri   milodning   I   asrning   boshlariga   kelib,   Guyshuan
hokimi   Kioszyuko   barcha   mulklarni   birlashtirib,   Qobuliston   va   Qandahorni
zabt   etadi.   Natijada,   bu   davrga   kelib,   dastlabki   poytaxti   Surxon   vohasidagi
Dalvarzin   bo‘lgan   Kushon   davlati   o‘z   ahamiyatiga   ko‘ra   antik   davr
Xitoydagi   Xan   davlati,   Parfiya   podsholigi,   Rim   saltanati   bilan   raqobatlasha
oladigan   qadimgi   dunyoning   eng   qudratli   va   zabardast   davlatlaridan   biri
sifatida   tashkil   topdi.   Xitoy   manbalaridagi   "Guyshuan   hokimi   Kioszyuko"
ilk   Kushon   davriga   oid   topilma   tangalar   aks   ettirilgan   "Kushon   podshosi
Kudzula Kadfiz"ga aynan mos tushadi .
Kushonlar   nomi   bilan   bogliq   saltanatning   taraqqiyoti   eng   yuqori
cho‘qqiga   chiqqan   davr   Kanishka   hukmronligi   yillariga   to‘gri   keladi
(taxminan   I   asr   oxiri   II   asr   birinchi   choragi).   Kanishka   kushonlar   qudratiga
qudrat,   shuhratiga   shuhrat   qo‘shishda   juda   katta   sa’y-harakatlar   qilgan
hukmdor 4
.
Kushon   podsholari   katta   va   kuchli   qo‘shinga   tayanib   mamlakat
chegaralarini     kengaytirib     borganlar.     Olib     borilgan     istilochilik   yurishlari
natijasida   Sharqiy   Turkiston,   Shimoliy   Hindiston   va;   Markaziy   Osiyoning
kattagina   qismi   Kushonlar   saltanatiga   bo‘ysundirilgan.   Kushonlar   saltanati
podsho Kanishka davrida Xitoy, Rim, Parfiya singari  o‘sha davrning nufuzli
davlatlari   bilan   savdo-sotiq,   iqtisodiy   va   rasmiy   aloqalarni   ham   yo‘lga
qo‘ygan
3
  Каримов   И.   А.   Озод   ва   обод   Ватан,   эркин   ва   фаровон   ҳаёт   пировард   мақсадимиз.   Т.   8.   –   Т.:
Ўзбекистон, 1999.  –  Б.  79.
4
  Эшов Б. Ўзбекистон давлатчилиги тарихи.  –   Т., 2009.  –  Б.  131. Kushonlar   davri   moddiy   va   ma’naviy   madaniyatini   o‘rganishda
qadimshunos   va   sa’natshunos   olimlardan   M.G.Masson,   B.Ya.Stavskiy,
L.I.Albaum,   G.A.Pugachenkova,   E.V.Rtveladze,   B.A.Turg‘unov,   T.V.Bell,
T.Annaev,   V.A.Kozlavskiy   hamda   Sh.R.Pidaevlarning   ilmiy   izlanishlari
katta   bo‘lgan.   Qadimshunos   olim   E.V.Rtveladzening   olib   borgan
tadqiqotlari   natijasida   Shimoliy   Baktriya   yerlarida   120   dan   ko‘proq   Kushon
podsholigi   davriga   oid   bo‘lgan   qishloq   va   shahar   xarobalari   aniqlandi.
Shuninigdek,   dehqonchilik   madaniyati   nafaqat   tekislikda,   balki   tog‘li
hududlarga ham yoyildi 5
.
Kushon   podsholigi   davrini   o‘rganish   bo‘yicha   ko‘plab   xalqaro
anjumanlar   tashkil   qilingan   bo‘lib,   bular   1961   yil   Londonda   o‘tkazilgan
xalqaro   simpozium,   YuNESKO   tomonidan   Dushanbeda   o‘tkazilgan   xalqaro
konferensiya,   1970   yil   Qobulda   o‘tkazilgan   xalqaro   anjumanlardir.   Xalqaro
miqyosda   o‘tkazilgan   anjumanlarda   Kushon   podsholigi   davriga   oid   moddiy
va madaniy yangiliklar fanga olib kirildi.
Qadimgi   Baqtriya   viloyatiga   qarashli   hududda   olib   borilayotgan
arxeologik   tadqiqotlarga   qaraganda,   bu   yerda   Kushonlar   davriga   oid   shahar
va   qishloqlarning   harobalari   saqlanib   qolgan.   U   yerda   arxeologik   tadqiqot
ishlari   keng   miqyosda   olib   borilmoqda.   Ayniqsa,   Shimoliy   Baqtriyadagi
Xolchayon,   Dalvarzintepa,   Zartepa,   Yavon,   Qadimiy   Termiz   va   uning
yaqinidagi   Qoratepa,   Fayoztepa,   Ayritomlarda   va   Janubiy   Baqtriyada
Begram,   Surxkotal   va   Dilbarjinda   o‘tkazilayotgan   qazish   ishlarining
natijalari diqqatga sazovordir 6
.
Surxon   vohasida   olib   borilgan   arxeologik   qazish   ishlari   natijasida;   Kushonlar
davridagi   iqtisodiy-ijtimoiy   hayot,   ularning   madaniy   turmushi:   va   diniy
qarashlari   tadqiq   qilindi.   Hozirgi   davrda,   bu   tarixiy   yodgorliklarning
ko‘pida arxeologik tadqiqot ishlari yakunlanib, davlat himoyasiga olingan.
Kushonlar   podsholigi   davrida   shaharlar   ancha   rivoj   topgan.   Bu   davrda
Termiz   shahri   iqtisodiy-madaniy   jihatdan   rivojlangan   bo‘lib,   buni
5
  Азамат Зиё. Ўзбек давлатчилиги тарихи.  –  Т.: Шарқ, 2000.  –  Б.  65-66.
6
 Пидаев Ш. Сирли Кушонлар салтанати.  –   Т.: Фан, 1990.  –  Б.  9. hunarmandchilikning   turli   ko‘rinishlarida,   me’morchilikda,   sug‘orish
tizimida,   ishlab   chiqargan   mahsulotlarida   va   olib   borilgan   savdo-sotiq
ishlarida ko‘rishimiz mumkin. O‘sha davrda Termiz shahrining maydoni 350
gektar   bo‘lib,   Dunyotepa   va   Chingiztepa   xarobalari   o‘rnida   bo‘lgan.
Chingiztepa   va   Qoratepa   oralig‘ida   Amudaryoga   qurilgan   chig‘iriqlar
yordamida   shahar   markaziga   ichimlik   suvlari   chiqarilgan.   Suv   chiqarg‘ich
Qoratepa   ibodatxonasida   maxsus   hovuzlar   yordamida   suv   tindirilib   keyin
shaharga taqsimlangan.
Mamlakatda   qishloq   jamoalari   ancha   kengayadi.   Bu   davrda   vohada
ikkita   yirik   markaz   mavjud   bo‘lib,   bulardan   biri:   Amudaryo   bo‘yidagi
Tarmita   (Termiz)   bo‘lsa,   ikkinchisi   esa   Chag‘onrud   (Surxondaryo)
bo‘yidagi   Dalvarzintepa   shaharlari   edi.   Bu   shahar   Kushonlar   salatanatining
siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayotida alohida o‘ringa ega bo‘lgan.
Kushonlar  davrida g‘allachilik, paxtachilik, bog‘dorchilik va polizchilik
sohalari   rivoj   topdi.   Tog‘   va   tog‘   oldi   hududlarida   lalmikar   dehqonchilik
xo‘jaligi   ravnaq   topadi.   Yerni   qayta   ishlash,   xususan,   almashib   ekish
borasida   ham   tajriba   orttirilib,   sug‘orish   tizimlari   bunyod   qilindi.   Ayniqsa,
shu   davrda   hunarmandchilik   ho‘jaligi   yuksak   darajada   rivoj   topib,   ushbu
sohaning   kulolchilik,   metalsozlik,   qurolsozlik,   to‘qimachilik,   shishasozlik
kabi   turlari   ancha   yuksalgan.   Hatto,   Baqtriya   shishasozlari   420   yilda   Xitoy
poytaxtida turfa rangdagi shishalar tayyorlab, xitoyliklarni lol koldirganlar.
Kushon podsholigi  davrida Surxon vohasidan  chiqqan savdogarlar  Rim,
Xitoy   va   Hindiston   mamlakatlariga   borib   savdo   qilganlar.   Rimning   Pompey
shahri   harobalaridan   Kushon   tangalarining   topilishi   yoki   Xayrobodtepadan
imperator   Neron   tangalarning   topilishi   bunga   dalil   bo‘ladi.   Kushonlar
davrida   madaniy   hayot   ham   yuksakllikka   bo‘y   cho‘zganligini   ko‘rishimiz
mumkin. Kanishka davriga kelib boxtar tili davlat tili deb e’lon qilingan.
Kanishka   saltanatiga   qarashli   yerlarni   yanada   kengaytirish   bilan   birga
davlatni   ichidan   mustahkamlashga   ham   katta   e’tibor   berdi   va   buning   uchun
bir   necha   islohotlar   o‘tkazdi.   O‘tkazilgan   islohotlarning   eng   muhimlaridan biri-budda   dinining   davlat   dini   deb   e’lon   qilinishidir.   Budda   dinini   qabul
qilgan Kanishka butparastlarning birinchi xomiysiga aylandi.
Uning   davrida   juda   ko‘p   budda   ibodatxonalari   qurildi 7
.   Ta’kidlash   lozimki,
O‘rta   Osiyoda   buddizmning   yoyilishi   milodning   birinchi   asridan   boshlab
aynan,   Baqtriya   To‘xoriston   xududlaridan   o‘ndan   ziyod   budda
ibodatxonalar,  yuzdan  ortiq  budda   haykallari  aniqlanib  o‘rganilgan.  Ulardan
eng   mashhurlari   Termiz   yaqinidagi   Qoratepa   ibodatxonalari,   Zartepa   va
Ayritom topilmalari, Dalvarzintepa ibodatxonalari hisoblanadi 8
.
Budda   dinining   ravnaq   topishiga   Surxon   vohasidan   chiqqan   rohiblar
ham   juda   katta   hissa   qo‘shganlar.   Xitoy   va   Tibet   manbalarida   buddaviylik
dini   targ‘ibotchilari   qatorida   tarmitalik   Dxarmamitara   va   toxaristonlik.
Gxoshakalarning   nomlari   ham   qayd   qilingan.   Buddaviylik   dinining   yirik
mazhablari   sanalgan   Xinoyana   va   Maxayana   yo‘nalishlari   ham   shu   zaminda
ravnaq topadi.
Termiz   yaqinida   Ayritom   degan   joyda   1933   yili   professor   M.   Masson
boshchiligida   arxeologik   tadqiqot   ishlari   olib   borildi.   Balandligi   2-2,5   metr,
qalinligi 1,5 metrli istehom devorlari bilan o‘ralgan eramizning I-II asrlariga
oid budda ibodatxonalari topildi. Ibodatxonada buddaning haykali va boshqa
ibodatxona   qismlari     qatorida   toshdan   yasalgan   odam   haykallari   topilgan.
Ular   musiqa   chaluvchilar,   had’yalar   tashuvchi   erkak   va   ayollarning
haykallari   bo‘lib,   ibodatxonaning   tashqi   tomini   karnizi   shu   haykallar   bilan
bezatilgan.
Kushon saltanatining mashhur yodgorliklaridan biri vohaning Sho‘rchi
tumanidagi Dalvarzintepadir. Bu yerda dastlab 1972 yili  arxeologik tadqiqot
ishlari olib borildi. Dalvarzintepada 200 metr  devor qoldiqlari topilib, uning
eni   4,6   metr   balandligi   2,5   metr   keladi.   Uning   atrofida   devor   bilan   o‘ralgan
ark   xarobasi   bo‘lib,   ark   devorining   uzunligi   130   metrga,   balandligi   2,5
metrga   tengdir.   Dalvarzintepadan   topilgan   900   ga   yakin   tosh   o‘roq,   jez
o‘roq,   yorg‘ich,   don   uchun   kavlangan   o‘ra   hamda   kuyib   ko‘mirga   aylangan
7
 Пирдаев Ш. Сирли Кушонлар салтанати.  –   Т.: Фан,1990.  –  Б.  8.
8
 Эшов Б. Ўзбекистон давлатчилиги тарихи.  –   Т., 2009.  –  Б.  135. archa,   bug‘doy,   tariq,   so‘li   donlari   va   boshqa   ashyolar   qadimgi
dalvarzinliklar asosan dehqonchilik bilan pgug‘ullanganligini ko‘rsatadi.
Dalvarzintepadan   topilgan   manbalar   ichida   eng   noyobi   sopol   ko‘za   bo‘lib,
unda   115   xil   tilla   qo‘yma   yombilar,   zargarlik   buyumlari,   bilak   uzuklar,
isirg‘a,   erkak   va   ayollarning   taqinchoq   buyumlari   bo‘lgan.   Shuningdek,
nafis   ishlangan   marjonlar,   Yunon-Baqtriya   zargarlik   sa’natining   namunasi
bo‘lmish   bo‘yinga   taqiladigan   shoda   ushlab   turgan   Geraklning   buyurtma
tasviriy   tushirilgan   buyumlari   topildi.   Dalvarzintepaning   chekkaroq   joyidan
I   asrda   tiklangan   Budda   ibodatxonasi,   shahristonidan   Buddaning   boshi,
Badistavaning   mahorat   bilan   ishlangan   mahobatli   haykali,   fil   suyagidan
tayyorlangan   shaxmatning   ikki   donasi   topildi.   Buddaning   boshi   loy   va
gipsdan   yasalgan   bo‘lib,   balandligi   39   sm,   eni   25   sm   keladi.   Shunga
o‘xshash   topilmalar   1988   yili   Yaponiyaning   Nara   shahridagi,   “Ipak   yo‘li
Naraga boradi” deb nomlangan xalqaro ko‘rgazmada namoyish etilgan edi.
Kushonlar   davridagi   Shimoliy   Baqtriyaning   yirik   ibodatxonalaridan
Qoratepa   va   Fayoztepa   ibodatxonalari   hisoblanib,   bizga   budda   dini   bilan
bog‘liq   me’morchilik   inshootlari   to‘g‘risida   qimmatli   ma’lumotlar   berib
qolmay,   u   budda   dinining   O‘rta   Osiyoda,   xususan,   Baqtriyada   tarqalish
yo‘llari,   buddizm   g‘oyalari   bilan   sug‘orilgan   san’at,   Baqtriya   tili   yozuvlari
haqida   fikr   yuritishga   imkon   beradi.   Fayoztepa   ibodatxonasi   nafaqat
odamlarning   bu   yerga   kelib   ibodat   qiladigan   joyi   bo‘libgina   qolmay,   balki
bu   yerda   diniy   bilimlar   oladigan   ma’naviy   markaz   vazifasini   bajargan.
Hatto,   Termizlik   ruhoniylar   Dxarmamitara   va   Gxoshaka   mana   shu   yerda
diniy savodlarini chiqarganliklari haqida ma’lumotlar bor.
1960   yilda   Sa’natshunoslik   institutining   professori   G.A.Pugachenkova
rahbarligida   Denov     tumanidagi     Xolchayon   tepaligida   ekspeditsiya   ishlari
olib   borishdi.   Bu   yerdan   topilgan   yodgorliklar   olimlarning   har   qanday
tasavvuridan   oshib   tushdi,   fanga   yana   bir   boylik   -Baqtriya   badiiy
madaniyatining   ajoyib   yodgorligi   qo‘shildi.   Xolchayon   topilmalarini   ilmiy
tekshirish   jarayonida   Xonaqohtepa,   Qorabog‘tepa,   Maslahattepa   kabi tepaliklari   ham   o‘rganilgan.   Xolchayondagi   tekshirishlar   Baqtriya-Kushon
zamonining   binokorlik   texnikasi   to‘grisidagi   ma’lum   tasavvurni   yanada
kengaytirdi.   Xolchayon   saroyi   arxitektura   jihatdan   goyat   muhimdir.   Asosiy
zalning   uch   devori   3   metr   balandlikda   oq   ganch   bilan   suvalgan,   undan
yuqori   qismlarda   mahobatli   haykallar   joylashtirilgan.   To‘rtinchi   devorning
to‘q   qizil   qonidan   oq   ganchdan   barg,   gul,   bir   bosh   uzum   tasvirlanib   naqsh
solingan.
Xolchayon   haykaltaroshlari   Yunon-Baqtriya   davridagi   haykaltaroshlik
qoidalariga   rioya   qilgan   holda   o‘zlarining   yangi   asarlarini   yaratganlar.
Saroyning   asosiy   zaliga   chiqiladigan   ayvondagi   naqshlarda   erkaklar   surati
bo‘lib,   erkaklardan   biri   Baqtriyalikka,   yana   biri   mo‘g‘ulga   o‘xshaydi.
Xolchyondan   topilgan   haykallar   o‘zining   hayoti,   ta’sirchan   va   jozibadorligi
bilan ajralib turgan.
Termiz   yaqinidagi   Ayritomda   topilgan   toshga   o‘yilgan   buyurtma
suratlar,   haykallar   va   devoriy   rasmlar   hamda   Denovdagi   Xolchayon,
shuningdek,   Sho‘rchidagi   Dalvarzintepadan   topilgan   loy   va   ganchdan
yasalgan   ko‘pdan-ko‘p   turli   haykallar   Surxon   vohasida   qadimda   o‘ziga   xos
yuksak tasviriy san’atning rivoj topganligidan dalolat beradi.
Bugungi   kunda   o‘zbek   olimlari   bilan   yapon   olimlari   Surxon   vohasida
Kushonlar   davriga   oid   tarixiy   obidalarni   yaqindan   o‘rganmokdalar   va   yangi
ma’lumot bilan fanimizni boyitishda munosib hissalarini qo‘shmoqdalar.
  Surxon   vohasi   Kushon   podsholigi   davrida   siyosiy,   ijtimoiy-iqtisodiy
va   madaniy   sohada   katta   yutuqlarga   erishgan   bo‘lib,   o‘zbek
davlatchiligining rivojlanishida muhim o‘rin tutgan. Adabiyotlar:
1. Пидаев Ш. Сирли Кушонлар мамлакати. – Тошкент: Фан, 1990. 24- 90-
bet
2. Носир Муҳаммад Турон давлатлари йилномаси. –Т., 2011. 42- 55- bet
3. Пугаченкова   Г.А.   Ртвеладзе   Э.В.   Северная   Бактрия-Тохаристон.-Т.,
1990 98- 110-стр.
4. History of  civilizations of  Central  Asia .   The development  of  sedentary and
nomadic   civilizations:   700   B.C.   to   A.D.   250   Volume   II.1996.     240-252-
pages

Kushon davlati Reja 1. Kushon davlatining tashkil topishi 2. Kushon davlatining siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy ahvoli 3. Kushon davlatining madaniy rivojlanishining o‘ziga xos jihatlari

Mil.av. II asrning ikkinchi yarmida Sharqiy Turkiston hududlarida yashovchi turkiy qavmlar qo`shnisi xunlar tazyiqiga uchrab, ularning siquviga bardosh berolmay G`arbga tomon siljiy dilar. Xitoy manbalarida ular yuyechjilar deb atalgan. Yuyechjilar Issiqko`l atrofida sak qabilalari bilan to`qnashib, ularni janubiy-g`arb tomonga suradilar. Biroq. Yuyechjilar usun qabila lari zarbasiga uchrab janubga siljib, mil.av. 130 yillarda So`g`di yona hududiga kirib keladilar. Yuyechjilar, Xitoy tarixchisi Chjan Syan ta`kidlashicha, Sug`diyonadan Baqtriyaga yuradilar va Baqtriyadagi yunonlar hukmronligini ag`daradilar. Yuyechjilar Farg`ona vodiysini ham egallaydilar. Xitoy manbalarida ta`kidlanganidek, yuyechjilar beshta siyosiy xonadonga mansub edilar. Go`yshuan, (Kushon). Xyumi, Shuanmi, Xise, Xuanmi. Ularning har biri qariyb yuz yilgacha alohida-alohida siyosiy kuch hokimlik bo`lib, yagona hukmdorga bo`ysunmagan holda faoliyat yuritadilar. Milodiy I-III asrlarda hukmronlik qilgan Kushon podsholigi nafaqat Surxondaryo tarixida, balki butun Osiyo xalqlarining iqtisodiy va madaniy taraqqiyotida muhim rol o‘ynagan davlatlardan biri sanaladi. Uning eng rivojlangan davri Kanishka davri bo‘lib, milodiy 78 —123 davrlar hisoblanadi. Xududi- Janubiy O‘zbekiston, Janubiy Tojikiston, Pokiston, Afg‘oniston, Hindiston. Xorazm xududlari kirmagan. Kushon davlatining shimoli-g‘arbiy chegarasi Darband devori bilan himoyalangan. Bu Sug‘d bilan chegara hisoblangan. Bu devor XX asrning 90 yillari aniqlangan. U Surhondaryo va Qashqadaryo o‘rtasidagi Darband qishlog‘idan o‘tgan. 1,5 km uzunlikda, eni 6-6,5 m bo‘lgan. Devorlar orasida minoralar bo‘lgan. Janubiy qismida qa’asi joylashgan. Vima Kadfiz tomonidan qurilganligi aniqlangan. Kushon davlatining tarixi asosan, arxeologik tadqiqotlar va xitoy manbalari asosida yoritilgan. Kushon davlatining keng xududni egallagan: Kushon davlati tarixi bilan arxeolog olimlardan Ye.Masson, G.A.Pugachenkova, E.Rtveladze, Sh.Pidaevlar tadqiqotlari asosida yoritilgan. Olib borilgan tadqiqotlar natijasida Kushon davlatining iqtisodiy, ijtimoiy va

madaniy rivojlanishida 2 xil yo‘nalish kuzatiladi. 1 davr Kanishkagacha bo‘lgan davr va 2 davr Kanishkadan keyingi davr hisoblanadi. Kanishkagacha bo‘lgan davrda uning siyosiy va madaniy hayotida grek yozuvi va madaniyati yetakchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, Kanishkaning olib borgan islohatlari natijasida baktriya yozuvi va maxalliy madaniyat asoslari jamiyatga tatbiq etiladi. Miloddan avvalgi IV asr oxirlarida, Xitoy yilnomalarida yuedjilar deb atalgan massaget qabilalari Sharqiy Tur kistondan to Mug‘uliston chegaralarigacha bulgan xudud larga ketib qolgan edilar. O‘sha vaqtlarda xunlar Bal xashdan to Xitoygacha bulgan hududda yashab kelardi. Yue-chjilar Sharqiy Turkistonni olishga intilganlar. Bu, ayniqsa mi loddan avvalgi III asrning ikkinchi yarmidan namoyon bula boshlaydi. Yunon-Baqriya davlati podshosi Evtidem miloddan avvalgi 206 yilda sa lavkiylar hukmdori Antiox III bilan ularga qarshi xarbiy ittifoq tuzadi. Xunlar yuedjilar ustiga dastlab 206 yilda hujum qilgan. Shu yili Xun shaxzodasi Mode Yue-chjilar qulidan garovdan qochib, uz otasini xokimiyatdan agdarib, katta qo‘shin bilan yuedjilar ustiga xarbiy yurish boshlaydi. Miloddan avvalgi 176 yilda, xunlar Yue-chjilar ustiga ikkinchi marta yurish qiladi. Nixoyat, miloddan avvalgi 165 yilda xunlarning qo‘li baland kelib, yuedjilarni g‘arbga uloqtirib tashlaydilar. Ular maglub bulgan Yue-chjilar podshosining bosh suyagidan kosa yasab, g‘alaba uchun sharob ichadilar. Bu to‘qnashuv oqibatida yuechji (toxarlar) ikki guruhga bo‘linib ketadi, qabilalardan bir guruhi Sharqiy Turkiston tomon ketsa, ikkinchi ko‘pchilik bir guruhi janub tomon yo‘l oladi. Bu guruh manbalarda Buyuk yuechji deb nomlangan. Yuedji qabilalari dastlab qadimgi Farg‘ona xududiga kelib istiqo mat qila boshlaydilar. Bu davrda Qadimgi Farg‘onada, ayniqsa uning shimoliy xududlarida yue-shjilarning qishloqlari va shaxarlari qad ko‘taradi. Ular endi yagona bir podsho qo‘l ostida bulmay, balki qabila va urug‘ yabgula ri (qabila oqsoqollari) qo‘l ostida yashaydilar. Masalan, Namangan viloyatining Yangiqo‘rg‘on yonidagi Kushon qishlog‘i va Kosonsoydagi Koson shahar xarobasi yuedjilar asos solgan qishloq va shaxar edi. Yuedjilar miloddan avvalgi 140 yili

Sug‘d yerlari orqali Baqtriyaga kirib keladi. Yunon-Baqtriya podsholigi esa 100 yillik xukmdorlikdan so‘ng xalokatga uchradi. Shi moliy Baqtriya yerlarini esa bu yerga yopirilib kelgan 5 ta yue-shji qabilalari egallab, uz yabg‘ulari qo‘l ostida yashay boshlaydilar. Xitoy yilnomalarida yozilishicha, Yue-chjilar Baqtriya ga kelgandan sung 100 yil mobaynida 5 ta qabilaga bu linib yashagan. Guyshuan (Kushon) qabilasi (yabg‘usi Kudzula Kadfiz) qolgan turt qabila yabg‘ularini tobe etib, uzini xukmdor deb elon qiladi. U avval Kushon davlati sifatida hozirgi Surxondaryo viloyatining Sho‘r chi tumanida joylashgan Dalvarzintepani poytaxti qiladi. Sungra u uz davlat chegaralarini kengaytirish va qudratini mustaxkamlash maqsadida Amudaryoning chap sohili xududlarini egallashga otlanadi. Xitoy manbalariga kura, Kushon davlati Par fiyani, Afg‘onistonni va Kashmirni bosib oladi. Nixoyat, Kudzula Kadfiz 80 yoshida olamdan utadi. Uning davrida kushonlar uz pullarini zarb etmaganlar. Kudzula Kadfiz tangalari Rim imperatorlari va Parfiya podsholari zarb etgan tangalarga taqlid qilinib chiqarilgan. Shuning uchun podsholik tangalarida Kudzula Kadfiz yabg‘u degan yozuvlar uchraydi. Keyinroq uning, «xukmdor Kadfiz» yozuvi bilan tangalari paydo buladi. Kudzula Kadfizning ulimidan sung uning o‘g‘li Vima Kadfiz (51-78) taxtga utiradi. Uning davrida Kushonlar davlati Pokiston va Hindistonning markaziy viloyatlari hisobiga kengayadi. Vima Kadfiz nomidan tangalar zarb etiladi. Uning tosh xaykali esa Hindistonning Matxura shahrida qad kutaradi. U 30 yil podsholik qiladi. Uning davrida pul islohati o‘tkaziladi. pul islohoti natijasida 8 gramlik oltin tangalar, kumush, bronza tangalar savdo muomalasiga chiqarildi. Madaniy taraqqiyot natijasida yozuvlar ancha takomillashib so‘g‘dcha, xorazmcha, parfiyacha, baqtriyacha yozuvlar mukammallashib, ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy hayotda ijobiy natijalarga erishdi. Vima Kadfizdan s `o ng kushonlar saltanati Kanishka 78-123 qo‘liga o‘tadi. Uning davrida Hindistonning janubiy xududlari, O‘rta Osiyoning Sug‘diyona, Shosh vi loyatlari kushonlar qo‘liga o‘tadi. Kanishka nomidan «shohlarning shohi- ulug‘ haloskor» yozuvi bilan tanga pullar zarb etila boshlaydi. Bu tangalar Ashgabatdan Xorazmgacha, Toshkent vohasigacha bo‘lgan hududlarda kuplab

topilgan. Kanishka davrida Kushon davlati juda gullagan hamda hududi kengaygan edi. U budda dinini rasmiy ravishda davlat dini deb elon qiladi. Budda dini mil. avv. I ming yillik o‘rtalarqda Hindistonda shakllangan. Buddaviylar 1956 yilda o‘z dinlari shakllanganligining 2500 yilligini nishonladilar. Hindlar bu dinning asoschisi Shak’ya Muni, ya’ni hind shahzodasi Siddxartma Gautama Budda deb hisoblaydilar. Buddaviyliqda beshta axloqiy talab (panchashina)ga rioya qilish ilgari surilgan. Ular: bironta ham tirik mavjudotni o‘ldirmaslik, birovning mulkini olmaslik, birovning xotiniga ko‘z olaytirmaslik, yolg‘on gapirmaslik, spirtli ichimlik ichmaslikdan iborat. Uning xinayama, maxayama, keyinchalik lamaizm yo‘nalishlari vujudga keldi. Kushonlar davrida Termiz shahrining buddaviylik tayanchiga aylangan. Kanishka Kadfiz 78 yilda Panjob viloyatida buddaviylarning umumjahon yig‘ilishini chaqirtiradi va buddaviylikning Maxayama yo‘nalishini targ‘ib qiladi, unga binoan Maxayama «hamma uchun birdek ulug‘ yo‘l» deb biladi. Kushonlar e’tiqod erkinligini joriy etgan bo‘lsalar~da, buddaviylikni kengroq yoyish va uni rivojlantirish uchun turli shaharlarda takyagoh, xonaqoh, ibodatxonalar qurib, buddaviylikning muqaddas kitoblari («Tripitaka»)ni ko‘paytirish, ularni o‘rganish, tarjima qilish va izoxlash, yangi tafsirlar yezish kabi diniy-falsafiy tafakkur rivoji uchun sharoit yaratib berishdi. Bunday siyosat natijasida Tarmita o‘z davrining yirik iqtisodiy, madaniy va buddaviylik dini markaziga aylandi. Kushonlar davrida budda dinining ravnaqiga baqtriyalik rohiblar ham juda katta hissa qo‘shadilar. Xitoy, Tibet manbalarida buddaviylik dini targ‘ibotchilari qatorida tarmitalik Dxarmamitara va toxaristonlik Gxoshakalarning nomlari ham qayd qilingan. Buddaviylik dinining yirik mazhablari sanalgan Xinoyama va Maxayama yo‘nalishlari ham aynan shu zaminda ravnaq topadi. Kanishka davrida poytaxt Baqtriyadan Peshavor(Pataliputra-Pokiston)ga ko‘chiradi. Kanishka saklar bilan ittifoq tuzgan. Uning davrida mamlakat to’liq birlashtirirladi 1 . 1 asrning 70-80-yillarida Sharqiy Turkiston yer lari masalasida Xitoy-Kushon mojarolari kelib chiqadi. Kushonlar dastlab xitoyliklarning Sharqiy 1 History of civilizations of Central Asia . The development of sedentary and nomadic civilizations: 700 B.C. to A.D. 250 Volume II.1996. 2 42 р .