Lokal va global tarmoqlar.
Mavzu:Lokal va global tarmoqlar. Reja 1. Tarmoqlar haqida tushuncha 2. Lokal tarmoq 3.Global tarmoqlar haqida. Tarmoqlar haqida tushuncha Global kompyuter tarmoqlari turli mamlakatlarda, turli qit'alarda joylashgan abonentlarni birlashtiradi , ya’ni global tarmoq – dunyoning ixtiyoriy davlatidagi kompyuterlarni o’zida birlashtirish imkoniniga ega bo’lgan tarmoq. Abonentlar orasida aloqa bunday tarmoqlarda telefon aloqa liniyalarda, radioaloqa va sputnik aloqa tizimlari asosida amalga oshiriladi. Tarmoqda axborotni ishlab chiqaruvchi va undan foydalanuvchi ob'ektlar tarmoq ob'ektlari deyiladi. Tarmoq ob'ektlari alohida kompyuter, kompyuterlar kompleksi , ishlab chiqarish robotlari va boshqalar bo’lishi mumkin. Tarmoqda axborotni ishlab chiqaruvchi va undan foydalanuvchi ob'ektlar tarmoq ob'ektlari deyiladi. Tarmoq ob'ektlari alohida kompyuter, kompyuterlar kompleksi, ishlab chiqarish robotlari va boshqalar bo’lishi mumkin. Axborotlarni territorial joylashuviga ko’ra kompyu ter tarmoqlarini uchta asosiy sinfga bo’lish mumkin: global tarmoqlar , regional (mintaqaviy) tarmoqlar, lokal (mahalliy) tarmoqlar. Mintaqaviy kompyuter tarmoqlari bir-biridan ancha uzoqda joylashgan biror mintaqaga tegishli abonentlarni birlashtiradi. Masalan, biror shahar ichidagi yoki iqtisodiy regionda yoki alohida bir mamlakatda joylashgan abonentlarni birlashtiruvchi tarmoq. Lokal tarmoq
Lokal (mahalliy) tarmoq kichik bir hududda joylashgan abonentlarni birlashtiradi, ya’ni lokal tarmoqlar bir binoda yoki bir – biriga yaqin binolarda joylashgan kompyuterlarda o’zaro axborot almashish imkonini beruvchi tarmoq hisoblanadi. Bunday tarmoq odatda aniq bir joyga bog’langan bo’ladi. Masalan, biror korxona yoki tashkilotga. Mahalliy tarmoqning uzunligini 2—3 km bilan cheklash mumkin. Bunday tarmoqlarda axborot almashinish aloqa kabellari (ba’zan, telefon tizimi yoki radiokanal) orqali amalgam oshiriladi. Bunda foydalanuvchilar tarmoqqa ulangan kompyuterlardagi ma’lumotlarni ayirboshlash va dastur , chop etish qurilmasi, modem va boshqa qurilmalardan birgalikda foydalanish imkoniyatiga ega bo’lishadi. Marshrutlash bu - kerakli manzilga axborot blokini uzatish yo’lini aniqlash jarayonidir. Marshrutlash bu - kerakli manzilga axborot blokini uzatish yo’lini aniqlash jarayonidir. Seleksiyalash – tegishli manzildagi axborotni saralash demakdir. Kompyuter tarmoqlari server (yoki xizmatchi kompyuter), konsentrator (HUB), axborot uzatish kabellari va modemdan tashkil topadi. Server – tarmoq ishini ta’minlovchi maxsus kompyuter. Konsentrator (HUB) – tarmoqda kompyuterlarni o’zaro axborot almashinuvini ta’minlovchi maxsus qurilma. Axborotni uzatish kabellari – tarmoqda axborotni bir kompyuterdan boshqasiga uzatishga xizmat qiladi. Modem – axborotni kompyuterdan uzatish kabeliga o’tkazuvchi maxsus elektron qurilma. Modem “modulator” va “demodulator” so’zlari birlashmasidan hosil bo’lgan. Global, mintaqaviy va mahalliy tarmoqlar birlashmasi ko’p tarmoqli ierarxiyani tashkil etish imkonini beradi. Masalan, Internet kompyuter tarmog’i keng
tarqalgan , ommaviylashgan global kompyuter tarmog’idir, ya’ni Internet – bu mihglab local va mintaqaviy kompyuter tarmoqlarini bir butun qilib birlashtiruvchi butun dunyo kompyuter tarmog’i. Uning tarkibiga erkin ravishda birlashgan tarmoqlar kiradi. Internet alohida tarmoqlarni birlashtirgan. Shuning uchun u katta imkoniyatlarga ega. O’zining shaxsiy kompyuteri orqali Internetning ixtiyoriy abonenti axborotni boshqa shaharga uzatishi , Vashington kongressi kutubxonasidagi adabiyotlar katalogini ko’rib chiqishi, Nyu-Yorkdagi metropoliten muzeyining eng so’nggi ko’rgazmasining rasmlari bilan tanishib chikishi , tarmoqga ulangan abonentlar bilan konferentsiyada yoki o’yinda ishtirok etishi mumkin. Internetning asosiy yacheykasini mahalliy kompyuter tarmoqlari tashkil etadi. Elektron aloqa – bu internetning eng ko’p xizmat ko’rsatish turi bo’lib, ma’lum elektron manzilga axborotni elektron usulda uzatish vositasidir. Global, mintaqaviy va mahalliy tarmoqlar birlashmasi ko’p tarmoqli ierarxiyani tashkil etish imkonini beradi. Masalan, Internet kompyuter tarmog’i keng tarqalgan, ommaviylashgan global kompyuter tarmog’idir, ya’ni Internet – bu mihglab local va mintaqaviy kompyuter tarmoqlarini bir butun qilib birlashtiruvchi butun dunyo kompyuter tarmog’i. Uning tarkibiga erkin ravishda birlashgan tarmoqlar kiradi. Internet alohida tarmoqlarni birlashtirgan. Shuning uchun u katta imkoniyatlarga ega. O’zining shaxsiy kompyuteri orqali Internetning ixtiyoriy abonenti axborotni boshqa shaharga uzatishi, Vashington kongressi kutubxonasidagi adabiyotlar katalogini ko’rib chiqishi, Nyu-Yorkdagi metropoliten muzeyining eng so’nggi ko’rgazmasining rasmlari bilan tanishib chikishi, tarmoqga ulangan abonentlar bilan konferentsiyada yoki o’yinda ishtirok etishi mumkin. Internetning asosiy yacheykasini mahalliy kompyuter tarmoqlari tashkil etadi. Elektron aloqa – bu internetning eng ko’p xizmat ko’rsatish turi bo’lib, ma’lum elektron manzilga axborotni elektron usulda uzatish vositasidir.