Ma'rifatparvarlik jadidchilik harakatidan oldingi ijtimoiy bosqich
Ma'rifatparvarlik jadidchilik harakatidan oldingi ijtimoiy bosqich Reja: 1. Yangicha ma’rifatparvarlik. Buxoro adabiy muhiti. 2. Ahmad Donish ijodi. 3. Mirza Sahbo ijodi. 4. XX asr boshlaridagi adabiy bahslar va ularning adabiy-estetik
Buxoro adabiy muhitida an’anaviy ikki tillilik rivojlandi. Amir Abdulahadxon (1859-1910) nafaqai siyosiy hayotning, adabiy ijodning ham eng e’tiborli vakili edi. Ayniqsa, bu uning amirlik davri (1885-1910)da yaqqol namoyon bo’ldi. Uning bobosi Amir Haydar (1800-1826) ham “Sayyid” taxallusi bilan she’rlar mashq qilardi. Abdulahadxon esa “Ojiz” taxallusi bilan tanilgan sobdevon shoir edi. Xukmdorlarning adabiyotga yaqinligi shu darajada ediki, ayrim tuman hakimlari, masalan, Hisor hokimi Avliyoqumbek “Husayniy” taxallusi bilan davom tortib qilgan edi. Abdulahadxonning rag’bati va himmati bilan Afzal Pirmastiy (1915 y v.b.), Ne’matullo Muhtaram (1920 y. v.b.), Mirsiddiq Holimat (amirning ukasi), Abdi kabilar tazkiralar tuzib, an’anaviy tazkirachilikni yangi-yangi asarlar bilan boyitdilar. X1X asrning oxiri XX asr boshi Buxoro tazkirachilik maktabining ida, shubhasiz Qori Rahmatulloh Vozoq (1818-1894) turadi. Uning 1871 yilda tuzilgan “Tuhfatul ahbotfi tazkiratiya - ashob” (“Suhbatdoshlar zikrida do’stlar tuhfasi”) tazkirasi XVIII asrning oxiri XIX asrning boshlari Turkiston shoirlarini qamrab olgan edi. Afzal Maxdum Pirmastiyning “Afzaluit – tazkor fi zikrish – shuaro val - ai’or” (“SHoirlar va she’rlar haqidagi Afzal tazkirasi”) (1904) X1X asr oxiri XX asr boshida o’lkamizda yashagan 135 shoir haqida ma’lumot beradi. Ne’matulla Muhtaram (1910), Mirsuddin Hashmat va Abdullarning “Tazkiratuli shuaro”lari, Hoji Hakimxonning “Munexatut - tovorix” (“Tanlangan tarixlar”), Sadr Ziyoning “SHuorayi mutaaxxarin va fuzaloyi muasirin” (“So’nggi shoirlar va zamondosh fozillari”) asarlari mazkur davr adabiy muhiti o’rnida muhim manba bo’lib xizmat qiladi. Hajviy asarlariga “Bepul” deb taxallus qo’ygan Abduqodir Savdo (1823-?) tojik tilida she’riy sayohatnomalari yozgan Jonmuhammad Joniy (1839-1881), “TarixgaSalimiy”si bilan shuhrat topgan
Mirzo samimiy (1850-1930), ham ishqiy, ham ijtimoiy she’rni baravar tutgan SHamsiddin SHohik (1853-1893)larni keltirilgan. XX asr boshida Bahrombek Davlatjon o’g’li (1873-1933), Mirzo Sirojiddin (1877-1912), Sadriddin Ayniy (1878-1954), Abdurauf Fitrat (1886-1938)lar ijod etdilar. Buxoro adabiy muhiti na xarakterli xususiyatlardan, bir kunlab tazkiralar tuzilishi bo’lsa, ikkinchisi, hajv va she’riy sayohatnomalarning udumga kirishidir. Amir Haydarning daftordori (moliya vaziri) jondorlik Mirza Sodiq Munshiy (1753-1819)ning “Dahmon shohon” (SHohlarning qabrlari) masnaviysining qisqacha mazmuni shunday: shoir Buxoroning sobiq hukmdorlari altarxoniylar dasmasi yonidan o’tar ekan bizdan sado eshitadilar. Yaqin borsa Subxonqumxon (1680-1706) o’zi qilgan haqsizliklardan so’zlamoqda. Qilmishlaridan so’zlab avlodlarga nasihat beryapti. SHoir Ubaydullaxon (1702-1711), Abdulfayzxon (1711-1747) daxmalar yonidan o’tadi. Ular ham o’z tarixlaridan, fojealaridan so’zlaydilar. O’z so’zlari bilan idoralarining tartibsizligi va nizomsizligini aytadilar, o’zlarini fosh etadilar. Oradan yuz yil o’tgach, Mirzo Abdulazim Somiy ham xuddi shu nomda masnaviy yozdi va amirlar ro’yxatini qilgan joyidan mang’itlar sulolasini boshlab bordi. Rahimbiydan Muzaffarxongacha olib keladi. Abdurahmon Tamkin degan yana bir shoir ushbu mavzuda asar yozib, “Dahman shoh Dabbus” va “Dahman Amir Temur”ni ilova qildi. XX asrning 10-yillarida samarqandlik Siddiqiy Ajziy “Anjumani arvoh” (“Ruhlar yig’ini”) masnaviysini yozdi. SHoir hajdan qaytar ekan, Misrga tushibdi va arvohlar anjumanidan chiqibdi. Buxoro amirlari anjumani ekan Amir Muzaffar so’z olib, noqisligi, tepsa-tebranmasligi bilan mashhur bu hukmdor barcha qilmishlarini hikoya qilibdi.
Mirzo Sodiqning “Dahmam shohon”i X1X asrning 2-yarmida Usmonxo’ja Xolis tomonidan o’zbekchaga tarjima qilingan. Jonmuhammad Joniy SHarq adabiyotida qadim an’analarga ega bo’lgan Sayohatnoma janriga yangi ruh berdi. X1X asrni 70-yillarida Buxoro-Nurota safari haqida tojik tilida “Sayohatnoma” nomli asar yozdi. Unda muallifni 800 chaqirimdan uzoqroq masofadagi hozir Buxoro, samarqand, Sirdaryo hamda Qozog’istonning CHimkent viloyatlarida joylashgan 50 qishloqni tabiati, manzaralari, odamlari haqida xotiralar o’z ifodasini topadi. Joniy 1839 yili G’ijduvonni Nayman qishlog’ida tug’ilgan. 1881 yili Amir Muzaffar buyrug’i bilan Qarshida qatl qilingan. “Ahmad Kalla”, “Ahmad Maxdum” nomlari bilan shuhrat qozongan va ilmiy-adabiy tafakkurning yangilanishiga sezilarli ko’rsatgan Ahmad Donish X1X asr Buxorosining qadimiy ilm egalaridan edi. U Buxoroda shofirkonlik mudarris oilasida tug’ildi. Otasi madrasasida ta’lim oldi. Yoshligidan naqqoshlik, rassomlik, xattotlik, tarix va falsafani o’rgandi. 1857 yilning kuzida Amir Nasrulloning Rusiya imperatori Nikolay I vafotiga ta’zim bildirish va valiahd Aleksandr I ning taxtga chiqishini qutlash uchun yuborilgan elchi Mullajon Miroxurga kotiblik qiladi. Peterburg uch oyo san’at-madaniyat obidalari bilan tanishadi. 1869 yilda yangi shart-sharoit taqazosi bilan Amir Muzaffar Peterburgga yana elchi yubordi. Bu elchilik yarim vassalga aylangan davlatni hokimi mutloq ko’nglini olish harakatida edi. Uning ham kotibligi Ahmad Donish tanlandi. 1873 yil oxirida Ahmad Donish uchinchi marta elchilik tarkibida Rusiyaga yo’l oldi.7874 yil yanvarь-mart oylarida Peterburgda bo’ldi. Aleksandr II bilan uchrashdi. So’ngra bular qog’ozga tushirdi. Muallifning “Navodirul -voqeo” asari 15 yil davomida, 1870-1885 yillar oralig’ida yozilgan tarixi, falsafiy, memuar asardir. 23 bobdan tashkil topgan
bu asar haligacha to’la nashr etilmagan. Bir qismi 1964 yilda o’zbekchaga tarjima qilingan va bosilgan. Kitobning 2 bobida Rusiya safari taassurotlari berilgan. VII bob A.Donishning 1869 yilda Rusiya safariga bag’ishlangan. VIII bob podshoh Aleksandr II ni qizi Maryaning 1874 yilda bo’lgan nikoh to’yiga yuborilgan elchi Abduqodirbek safari haqida. Qolgan boblar, masalan, ota-ona va farzand munosabatlari (1-bob), mol-dunyo (2-bob), tarix (3-bob), olim va johil taqdiri (4-bob), vaqt qadri (5-bob), safar qilish foydalari (6-bob), ilm-fan manfaati (9-bob), haqiqiy va majoziy ishq hamda uning odobi (10-bob), nikoh (11-bob), taqdir (12-bob), kasb-kor (13-bob), jism va ruh (14-bob), yer tuzilishi va maydonlar (16-bob), tush ta’biri (19-bob), Bedil baytlari (20- bob), ayrim hodisalar talqini (22-bob), inson axloqini belgilash (23-bob) kabi tamaddun (madaniyat) haqidagi risola (15-bob) va xilma-xil voqeiy hikoyalar (18, 21-boblar) ham undan joy olgan. Ularni har biri muhim va ahamiyatlidir. Masalan, so’nggi risolada podshohning xalq oldidagi mas’uliyat 10 mart asosida ko’rsatib berilgan. SHu jihatdan u Yusuf Xos Hojibni “Qutadg’u bilig”, ikkinchi yondosh Rusokin “Ijtimoiy shartnomasini yodga soladi. SHuningdek, uning “Majmuai hikoyati Ahmad Kolla” (“Ahmad Kolla hikoyatlari to’plami”) (1877), “Isloh miyoni shis va sunn” (“SHia va sunniyni yarashtirish haqida nasihat”) kabi risolalari, “Daftari taqvim” (“Kundaliklar”)i ham muhim ahamiyatga ega. Ahmad Donish umrining oxirlarida “Tarix risolasi” kitobini yozdi. Bir yoqdan Amir Temur, Husayn Boyqaro, Abdullaxon, Subhonqulixon, SHohmurod, ikkinchi tarafdan Amir Muzafar saltanati misolida har bir davlatning taraqqiy va tanazzul sabablarini tahlil qildi. Birinchi guruhni mujaddidlar (din va davlatni poklovchilar) deb hisoblaydi.