logo

Mahalliy davlat hokimiyati tizimida tub o`zgarishlarning amalga oshirilishi

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

64 KB
Mahalliy davlat hokimiyati tizimida tub
o`zgarishlarning amalga oshirilishi
Reja:
1. O`zbekistonda mahalliy davlat hokimiyatining barpo etilishi
2. Hokimiyat   organlaridagi   boshqaruvda   yangicha   usullarning   qaror
topishi
3. Siyosiy boshqaruvda tub islohotlarning amalga oshirilishi Fuqarolik   jamiyatini   shakllantirish   asosida   huquqiy   demokratik   davlatni
barpo   etish,   O`zbekiston   Respublikasi   Kons-titutsiyasida   qonun   tusini   olgan.
Uning   7-moddasida   «Xalq   davlat   hokimiyatining   birdan-bir   manbaidir»,   --
deyilgan.   Konstituiiyaning   2-moddasida   esa   «Davlat   xalq   irodasini   ifoda   etib,
uning manfaatlariga xizmat qiladi», deb ta`kidlangan.
Hozirgi   zamon   jahon   davlatchiligi   tajribasida   davlat   zim-masidagi
vazifalar   ancha   o`zgardi.   Bu   ayniqsa,   biz   kabi   tota-litar   tuzum   iskanjasidan
chiqqan   xalklar   uchun   butunlay   yangi-lik.   Jumladan,   endi   u   ko`proq   iqtisodiy
asoslarni   mustah-kamlash,   ijtimoiy   munosabatlarni   chuqurlashtirish,   odamlar
madaniy   va   moddiy   turmush   darajasini   oshirishning   strate-gik   tamoyillarini
ishlab   chiqish,   mamlakat   xavfsizligini   ta`minlash,   tinchligini   mustahkamlash   va
xalqaro munosabat-larni rivojlantirish bilan shug`ullanadi.
«Boshqaruv   vazifalarining   asosiy   qismini   markazdan   viloyatlarga,
viloyatlardan   shahar   -   tumanlardagi   davlat   va   boshqa-ruv   idoralariga
o`tishini   ta`minlash   darkor.   Shu   tariqa   bu   bosqich   asta-sekin   o`z-o`zini
boshqarish   jamoatchilik   tashkilotlariga   ham   yetib   boradi»,   deydi   Prezident
I.Karimov,   O`zbekis-ton   Respublikasi   Oliy   Majlisining   1995   yil,   23-24   fev-ral
kunlari bo`lib o`tgan birinchi sessiyasida. Bu yo`l bevosita mamlakatimizda fuqarolik
jamiyati   shakllanishi   va   fuqaro-lar   o`zini   o`zi   boshqarish   tamoyilining   bosh
yo`nalishiga ayla-nib qoldi.
Davlat  o`z vazifalarini  bajarishda hokimiyatni kuchayti-rish hisobiga emas,
aksincha demokratik omillarni kengayti-rish, keng xalq ommasini boshqaruvga jalb
etish   yo`li   bilan   amalga   oshirishi   lozim.   Buning   uchun   jamiyatda   keng   miqyosli
demokratik   jarayonlarni   chuqurlashtirish,   Konstitutsiyada   ko`rsa-tilganidek   jamiyat
hayotini   barcha   sohalarida   fuqarolar   haq-huquqlarini   kengaytirish,   jamiyatning   har
bir   a`zosi   ijti-moiy-madaniy   rivojlantirishini   ta`minlash,   siyosiy   va   maf-kuraviy
xilma-xilligiga  erishish  asosida  davlat  monopoliya-sini   yo`qotish   kerak.  Boshqacha
qilib   aytganda,   Davlat   endi   ko`proq   fuqarolar   haq-huquqini   kafolatlaydigan
mexanizmga   aylanishi   kerak.   Buning   uchun   quyidagi   asosiy   tamoyillar   muhim
ahamiyatga ega: Milliy   an`analarga,   aholi   barcha   qatlamlari   va   ijtimoiy   guruhlari
ehtiyojlariga,   xalq   hayotining   tarixiy   tajribalariga   tayangan   qolda   demokratik
asoslarni mustahkamlash.
Hokimiyat   bo`linishining   eng   demokratik,   eng   xalkchil   shakllarini   joriy
etish.   Bu   amalga   oshirilmoqda.   Hozir   O`zbekistonda   qonunchilik,   ijro   va   sud
hokimiyati mavjud.
Boshqaruvni   markazlashtirmaslik,   respublika   va   mahalliy   hokimiyatlar
vazifalarini   aniq   belgilash,   ularni   chegaralab     qo`yish.       Chunki,       keng     miqyosli
xalq   xo`jaligi,     ijtimoiy   hayot   muammolarining   ko`pqirraliligi   mavjud   masalalarni
markazda   to`g`ri   va   o`z   vaqtida   hal   etish   imkonini   bermaydi.   Shuning   uchun
Markaziy organning ko`pgina vakolatlarini joylarga - Qoraqalpog`iston Respublikasi,
viloyatlar, shahar, tuman hokimiyatlari zimmasiga yuklash kerak. Biroq bu markaz-
dan uzoqlashish, har qanday muammoni o`z xohishicha qal etishimkonini bermaydi.
Ma`lumki,   jamiyatni   demokratlashtirishning   yana   bir   mu-him   sharti
odamlarning   ijtimoiy   saviyasi   bilan   demokratik   o`zgarishlar   sur`atlari   bir-biriga
qanchalik mos bo`lishi bilan belgilanadi. Shuning uchun ham deshjratik o`zgarishlar
va   yangi   demokratik   jarayonlarni   boshqarishni,   ularni   hayotga   tadbiq   qilishni
avvalambor   jamiyatning   o`zi   anglamogi   va   xal   qilmog`i   darkor.   Bu   o`rinda
mahallalarning   o`rni   va   o`z-o`zini   boshqarish   tartibotini   shakllantirish   muhim
ahamiyat   kasb   eta-di.   Tarixiy   tajriba   demokratik   jarayonlarni   chetdan   nusxa   olib
ko`r-ko`rona   ko`chirib   bo`lmasligini   ko`rsatmoqda.   Demokratiya   o`z-o`zidan
vujudga kelmaydi. Unga tinimsiz intilish bi-lan hayotning og`ir sinovlariga bardosh
berib erishish mumkin.
Osiyo   mintaqasi   va   musulmon   sharqidagi   demokratik   qad-riyatlar   va
o`zgarishlarning   rivojlanish   tajribasi   o`ziga   xos   xususiyatlarga   va   o`ziga   xos
an`analarga ega. Sharqda demokra-tiya tushunchasi hamjihatlik g`oyasi, jamoatchilik
fikrining   ustuvorligi   zaminida   shakllanadi.   «Bizning   mamlakatimizda,-   deb
ko`rsatgan   edi   I.A.Karimov,   -demokratik   jarayonlar   xalqimizning   qonunni   hurmat
qilishi, qonunga itoat etishi kabi fazilatlarga mos ravishda rivojlanishi zarur. Axloqiy,
ma`-naviy   qadriyatlar   siyosiy   munosabatlarda   ham   ustunlik   kasb   etishi   darkor.» Bunday   qadriyatlar   respublikamiz   sharoitida   avvalo   aholi   zich   yashaydigan
mahallalarda   shakllanadi.   Shuning   uchun   respublikamizda   mustaqillik   yillarida
ijtimoiy-siyosiy   hayotda,   demokratik   jarayonlarni   chuqurlashtirishda   ma-hallalar
rolini oshirishga katta e`tibor berildi.
O`zbekiston   Respublikasi   Konstitutsiyasining   105-moddasida
ta`kidlanishicha,   «Shaharcha,   qishloq   va   ovullarda,   shu-ningdek   ular   tarkibidagi
maqallalar   hamda   shaxarlardagi   ma-hallalarda   fuqarolarning   yig`inlari   o`zini-o`zi
boshqarish orga-ni bo`lib, ular ikki yarim yil muddatga raisni  (oqsoqolni) va uning
maslahatchilarini   saylaydi.   O`zini-o`zi   boshqarish   organ   larini   saylash   tartibi,
faoliyatini tashkil etish hamda vako lat doirasi qonun bilan belgilanadi». Darhaqiqat
mahalla Urta Osiyodagi shaharlar ichidagi hududiy birlik bo`lib, u bizga o`tmishdan
meros bo`lib qolgan. Arablar istshtosi  va islom dini qabul qilinganidan ancha ilgari
paydo bo`lgan mahalla cheklangan hududda istiqomat qiluv-chi odamlar birlashmasi
bo`lib,   unda   odamlar   faqat   qo`shnichi-lik   rishtalari   bilan   emas,   balki   yuzlab   yillar
davomida   yara-tilgan   ichki   tartib-qoida   ma`naviy   axloqiy   normalar,   urf-odatlar   va
an`analar   bilan   belgilangan.   Shuning   uchun   ham   undan   minglab   kishilarni   faol
ijtimoiy hayotga jalb etishning samarali vositasi sifatida foydalanish lozim.
Ong va tafakkur bilan bogliq bo`lgan jarayonlar hamisha qiyinchshtik bilan
amalga   oshirilgan.   Jumladan,   yillar   mo-baynida   ongimiz   va   tafakkurimizga   singib
ketgan   tanballik,   imon-ixtiyerimizni   «yuqori»ga   topshirib   qo`yish   illatlari   bu-gungi
demokratik   jarayenlarga   to`siq   bo`lmoqda.   Uning   salbiy   oqibatlar   chuqurlashib
borayotgan  yangilanishlar   mohiyatini  ang-lashga,   butunlay  yangi  turmush  tarzining
shakllanishiga,   inson   haq-xuquqparining   kentayishiga   va   jamiyatda   shaxs   rolining
oshib borishiga monelik qilmoqda.
Ijtimoiy   turmushning   hamma   sohalarini   demokratiyalash,   o`zkni   o`zi   idora
qila   olish   fazilatlarini   kuchaytirish,   o`z   hayotini   o`zi   tashkil   etish   tamoyillarini
kundalik   faoliyatga   aylantirish   nihoyatda   murakkab   ijtimoiy-iqtisodiy   jarayon.   U
siyosiy, iqtisodiy, huquqiy va ma`naviy-axloqky sohalarda yangicha tafakkur tarzini
talab   etadi.   Bu   jarayon   chin   ma`noda   har   bir   fuqaro   mehnati,   yaratuvchshshk
qobiliyati orqali o`z turmushini izga solishi asosida butun jamiyat hayotini mazmu- nan   yangilash,   unga   butunlay   yangi   qiyefa   baxsh   etish   bilan   bog`liq.   Bu   o`z
navbatida   jamiyatni   tubdan   isloh   qilish   jarayo-nida   fuqarolarning   o`z-o`zini
boshqarish   mahalliy  organlari   faoliyatini  tubdan  o`zgartirishni,  uni  milliy  an`analar
va jahon tajribalari asosida qaytadan tashkil etishni taqozo etadi.
O`zbekiston   Resgtublikasida   xalq   deputatlari   mahalliy   Kengashlarini   uchta
hududiy   bo`g`inga   bo`lish   mumkin.   Birinchi   hudu-diy   bo`g`inga   xalq   deputatlari
shahar,   tumanga   bo`ysunadigan   sha-harlar,   shaharlardagi   tuman   kengashlari   kiradi.
Ikkinchi   hududiy   bo`g`inga   xalq   deputatlari   tuman,   Toshkent   shaxridagi   tuman,
shahar  kengashlari  kiradi. Uchinchi  hududiy bo`g`inga  esa xalq deputatlari  viloyat,
Toshkent shahar Kengashlari kiradi.
Xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining barcha bo`g`inlari huquqiy shaxs
hisoblanadilar   va   ular   qonun   bilan   o`z   ixtiyoriga   berilgan   istalgan   masalalarni
mustaqil hal qilishga haklidirlar. Mahalla o`zini-o`zi boshqarishning asosiy bo`g`ini.
Bu aholining ijtimoiy masalalarini hal etishda muhim rol o`ynaydi.
Mahalla O`rta Osiyoda qadimdan hududiy-ma`muriy birlik hisoblanadi. Bu
yerda xdr bir yashovchi taqdiri, orzu-umidi, hayotga va odamlarga munosabati qat`iy
nazoratda turgan. Bir-biri bilan hisoblashib yashagan. Shu bilan birga mahallachi-lik
uzoq   an`analarga   va   xalqimiz   tarixiga,   uning   boy   ma`na-viy-axloqiy   udumlariga
bog`liq bo`lgan ulkan hayot maktabi.
Mahalla bo`lib, birlashib, uyushib yashash arablar istilo-sigacha yoki islom
dini   qabul   qilinishidan   ancha   ilgari   paydo   bo`lgan.   Mahalla   ma`lum   bir   hududda
istiqomat   qiluvchi   odam-lar   uyushmasi   bo`lib,   unda   odamlar   faqat   qo`shnichilik
munosa-batlari bilangina emas, balki ming yillar mobaynida shakl-langan o`ziga xos
ichki   tartib-qoida,   ma`naviy-axloqiy   norma-lar,   aniq   intizom,   urf-odat   va   an`analar
bilan bog`langan.
Uzbekistonda   o`zini-o`zi   boshqarish   va   mahalliy   hokimiyat-lar   rolini
takomillashtirish   asosida   mamlakat   demokratik   jarayonlarni   chuqurlashtirish
maqsadida   Oliy   Kengashining   1993   yil   sentabrda   qabul   qilgan   «Fuqarolarning
o`zini-o`zi   boshqarish   organlari   to`g`risida»gi   qonun   alohida   ahamiyatga   ega   tub
islohotlar davrining eng muhim va dolzarb talablari-ga muvofiq tarzda yuzaga kelgan ushbu   qonun   ijtimoiy-siyosiy,   ma`naviy   hayotimizda   katta   voqea   bo`ldi.
O`zbekistonda o`z-o`zi-ni boshqarishni tashkil etish va uni amalga oshirish O`zbekis-
ton Respublikasi Konstitutsiyasida ham alohida ta`kidlangan. Uning 105-moddasida
«Shaharcha, qishloq va ovullarda, shuning-dek, ular tarkibidagi mahallalarda qamda
shaharlardagi mahal-lalarda fuqarolarning yig`inlari, o`zini-o`zi boshqarish organ-lari
bo`lib,   ular   ikki   yarim   yil   muddatga   raisni   va   uning   maslahatchilarini   saylaydi»
deyilgan.   Bu   bilan   mamlakati-miz   birinchi   marta   fuqarolar   yig`ini   o`zini   o`zi
boshqarish   organi   sifatida   e`tirof   etildi   va   ularning   huquqiy   maqomi,   vakolatlari
qonun yo`li bilan mustahkamlab qo`yildi.
«Fuqarolarning o`zini-o`zi boshqarish organlari to`g`risi-da»gi Qonunning 1-
moddasida   o`zini   o`zi   boshqarish   organlari   jamiyat   va   davlat   ishlarini   bajarishda
qatnashishga   doir   o`z   huquqlarini   ro`yobga   chiqarishlarida   fuqarolarga
ko`maklashadi,   o`z   xududlaridagi   ijtimoiy   va   xo`jalik   masalalarini   hal   etish,
ommaviy-madaniy  tadbirlar   o`tkazish,  davlat  hokimiyati   va  bosh-qaruv  organlariga
O`zbekiston   Respublikasi   qonunlarini,   mam-lakat   hukumatining   qarorlarini
bajarishda yordamlashadi.
Mahalliy   o`zini-o`zi   boshqarishni   ifodalovchi   muhim   bel-gilardan   biri   o`z
faoliyatini hududiy tamoyil asosida tashknl etishdir.
Ma`lum   bir   hudud   birlashgan   jamoa   o`zini   o`zi   boshqarish   idoralarini
ma`lum turar-joy mavzesi, qishloq, posyolka, ko`cha hududida tashkil etadi. 
Mazkur   qonunning   2-moddasida   hududiy   yondashishning   o`ziga   xos
xususiyatlari   alohida   belgilangan.   Jumladan,   mahallalar   faoliyat   ko`rsatayotgan
hududlar fuqarolarining taklifiga ko`ra tuman, shahar  hokimi tomonidan belgilanib,
qabul qilingan qaror tegishli hokimliklar tomonidan tasdiqlanadi.
Qonun fuqarolar yiginida yoki majlisida qaror qabul qilishga imkon beruvchi
huquqiy   meyerlar   va   imtiyozlarni   ko`rsa-tib   berdi.   Fuqarolar   yig`ini   unda   ishtirok
etish huquqiga ega bo`lganlarning kamida yarmi, vakillar majlisi esa delegatlar-ning
uchdan   ikki   qismi   qatnashganda   qonuniy   kuchga   kiradi.   Yig`inni   rais   yoki   uning
maslahatchilaridan   biri   olib   boradi.   Qarorlar   ochiq   ovoz   berish   yuli   bilan   qabul
qilinadi va u hokimga yuboriladi. Bularning   hammasi   mahalliy   o`z-o`zini   boshqarish   idorala-ri   faoliyatining
demokratik   asoslari   mahalliy   sharoitga   yaqin-lashtirilganini,   ortiqcha
rasmiyatchiliklarga barham berilga-nini va aholining jamiyatni boshqarishda mumkin
qadar ko`proq ishtirok etish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.
Fuqarolar   yig`ini   vakolatlari   kengaytirildi.   Ular   qonunning   17-moddasiga
muvofiq   davlat   hokimiyati   va   bosh-qaruv   organlari   bilan   kelishgan   holda   savdo,
umumiy ovqat-lanish va aholiga madaniy-maishiy xizmat ko`rsatish korxo-nalarining
ish   vaqtini   aholiga   qulay   holda   belgilashlari,   ma`muriy   komissiya   tashkil   etishlari
mumkin.   Bu   mamlakat-da   fuqarolar   faolligini   oshirish,   shu   asosda   o`z   turmushini
yo`lga qo`yish va jamiyat umumiy qiyofasini shakllantirish imkonini beradi.
Uzbekiston   Respublikasi   Prezidentining   mamlakat   «Mahalla»   xayriya
jamg`armasini   tashkil   etish   to`g`risidagi   1992   yil,   12   sentabrdagi   hamda   mamlakat
«Mahalla»   xayriya   jamgar-masiga   mablag`   ajratish   to`g`risidagi   1992   yil   8
oktabrdagi farmonlari katta siyosiy va ijtimoiy axamiyatga ega bo`ldi. Ayni paytda
mahalla   qo`mitalari   o`z   hududlarida   istiqomat   qiluvchi   kambagal   oilalarga,
nogironlarga,   yolgiz   keksalarga   moddiy   yordam   berish   hamda   aholini   ijtimoiy
muhofaza qilish borasida keng miqyosli ishlarni olib bormoqsa.
Hukumat   dastlab   budjet   hisobidan   25   million   so`m   mablag`   ajratdi.   Bu
joylarda   mahallalar   rolini   oshirish,   ular   fao-liyatini   takomillashtirish   uchun   qulay
imkoniyatdir. Keyingi yillarda ham odamlarning turmush tarziga, ularning xulqi va
kayfiyatiga   odatda   qishloq   va   mahalla   komitetlariga   saylanadigan   hurmatli
oqsoqollar ta`sir ko`rsatuvchi asosiy kuch ekanligini hisobga olib qishloq va mahalla
komitetlarining roli va obro`sini yanada mustaqkamlash va qo`llab-quvvatlash chora-
tadbirlari ko`rildi».
Mamlakatda   mahalla   komitetlari   raislari   hamda   kotibla-riga   oylik   ish   haqi
belgilandi.   Qisqa   vaqtda   bu   maqsadlarga   mahalliy   budjetdan   10   million   so`mga
yaqin   mablag`   ajratil-di.   1994   yil   oxirlariga   kelib   respublikada   12,4   ming   mahalla
shakllantirildi.   Ular   o`z   faoliyatlarida   O`zbekiston   Respublikasi   qonunchiligiga,
o`zlari haqidagi Nizomga, mahalliy hokimiyatning mahalla fuqarolarining yig`ilishi
xaqidagi qarorlariga amal qilib ish tuta boshladilar. O`zbekistonda   fuqarolarning   o`z-o`zini   boshqarish   organlarini
takomillashtirish kundalik hayotimizda demokratiyani chu-qurlashtiradi, davlat rolini
asta-sekinlik   bilan   mahalliy  organlar   zimmasiga   yuklaydi.  Bu   hozirgi  zamon  jahon
ilg`or tajribalariga mos keladi va dunyoviy davlat tamoyillarini boyitadi.
Yuqorida   o`zbekning   mahalla-mahalla   bo`lib   birlashib,   o`zi-ni   o`zi   idora
qilib   yashash   tarzining   ildizlari   goyat   chuqur   ekanligi   ta`kidlandi.   Endi   ular
faoliyatini   yangi   sharoit-larda,   yangicha   mazmun   bilan   boyitish   ham   hayotiy
zaruriyat bo`lib qoldi. Bu borada keyingi yillarda Chilonzor tuman hokimligi va xalq
deputatlari   tuman   Kengashi   ibratli   ishlarni   amalga   oshirdi.   Ular   mahalla   ahlining
ko`p   asrlik   tajribalaridan   va   eng   odilona   boshqaruv   usulidan   samarali   foydalanish
maqsa-dida   mavzelarni   ham   maqallalarga   aylantirishga   qaror   qildi-lar.   Tuman
hududida avvaldan mavjud bo`lgan 19 ta mahallalar qatoriga mavzelar va bir qator
turar-joylarda   yangitdan   tash-kil   etilgan   25   ta   mahalla   qo`shildi.   Ular   soni   44   taga
yetdi.   Ayni   paytda   bu   yerlarda   keng   miqyosli   ijtimoiy-siyosiy,   ma`-naviy-axloqiy,
madaniy tadbirlar amalga oshirildi. Bular aholini o`z o`zini boshqarishdagi ishtirokini
yanada kengay-tirmoqda.
Shunday   qilib,   90-yillarning   o`rtalariga   kelib,   mustaqil   Uzbekistonning
viloyat   va   shaharlari   hududlarida   ijtimoiy   o`zini-o`zi   boshqarish   organlari   bulgan
mahallalar   soni,   ular-ning   aholi   o`rtasidagi   roli   ortib   borishi   ham   respublikada
ijtimoiy hayotning yanada demokratlashib borayetganini ko`rsa-tadi.
Albatta,   keyingi   yillarda   istiqlol   tufayli   yangidan,   qad-dini   ko`tarayotgan
mahallalar   hayotida   tub   o`zgarishlar   yuz   berdi.   Buni   1996   yil   may-iyun   oylarida
O`zbekistonda   bo`lib   o`tgan   fuqarolarning   o`zini-o`zi   boshqarish   organlariga
saylovlar yakunlari ham ko`rsatdi.
1996   yil,   2   oktabrda   O`zbekiston   Respublikasi   Oliy   Maj-lisi   Kengashining
navbatdagi majlisi bo`ldi. Unda «O`zbekis-ton Respublikasida fuqarolarning o`zini-
o`zi   boshqarish   organ-lariga   saylovlar   yakunlari»   ko`rib   chiqiddi.   Ushbu   qarorda
ko`rsa-tib   o`tilishicha   respublikada   bu   muhim   siyosiy   tadbirga   puxta   tayyorgarlik
ko`rildi.
Avvalo   shuni   aytish   kerakki,   Oliy   Majlis   Kengashi   1996   yil   13   mart   kuni fuqarolar yiginlari raislari va ularning maslahatchilari saylovini o`tkazish masalasini
maxsus   muhoka-ma   qildi   va   shu   asosda   zarur   tashkilotchilik   ishlari   olib   borildi46.
Fuqarolar yig`inlari va ularning raislari saylo-vini o`tkazish haqidagi qonun matni 4
ming   nusxa   atrofida   ko`paytirilib   Qoraqalpog`iston   Juqarg`i   Kengesi,   viloyatlar,
shaharlar   va   tumanlar   hokimliklariga   amalda   foydalanish   uchun   yetkazib   berildi.
Shuningdek,   bu   tadbirni   uyushqoklik   bilan   o`tkazishga   doir   tavsiyanomalar   ishlab
chiqildi, Bu «Mahalla» gazetasida e`lon qilindi. Viloyat, shahar va tumanlarda fuqa-
rolarning   o`z-o`zini   boshqarish   yig`inlari,   raislari,   ular   mas-lahatchilari   saylovini
o`tkazishga   doir   amaliy   seminarlar   o`tka-zildi.   Ushbu   tadbirlarda   O`zbekiston
Respublikasi Oliy Maj-lisi deputatlari, viloyat hokimlari o`rinbosarlari, O`zbekis-ton
Respublikasi Oliy Majlisi Kotibiyati ma`sul xodimla-ri ishtirok etdilar.
Seminar-kengashlarda   fuqarolarning   o`zini-o`zi   boshqarish   organlari
hokimiyat   vakillik   organlarining   ishonchli   yordam-chisi   tariqasida   o`zini   ko`rsatib,
jamiyatda   fuqarolik   totuv-ligini   mustahkamlashga   ko`maklashayotgani   alohida
ta`kidlan-di.   Kam   daromad   oilalarga   va   muhtoj   kishilarga   yordam   ko`rsat-moqda,
hududlarni   obodonlashtirish   yuzasidan   keng   miqyosli   ishlar   amalga
oshirilmoqda./Ayni paytda ma`lumotlarga ko`ra, mamlakat qishloqlari va ovullarida
fuqarolarning   1436,   sha-harlarida   117,   mahallalarda   5402,   shu   jumladan   qishloq
mahal-lalarida   3305   o`zini-o`zi   boshqarish   organi   bo`lib,   ularning   raislari
jamoatchilik asosida ish olib bora boshladilar."
Samarqand,   Namangan   va   Toshkent   viloyatlarida   qishloq-larda   kattagina
hududni   egallaganliklarini   inobatga   olgan   holda   ana   shu   viloyatlar   qishloq
mahallalarida o`zini-o`zi bosh-qarish organlari tuzildi.
Saylovga   tayyorgarlik   ko`rish   paytida   yig`inlarning   amal-dagi   raislari
faoliyati   tahlil   etildi.   Bu   ish   xususan   Samar-qand,   Qashqadaryo,   Namangan,
Surxondaryo   viloyatlarida   yaxshi   o`tkazildi.   Hammasi   bo`lib   mamlakatda   6   ming
955   yig`in   raisi   va   60   mingdan   ortiq   maslaqatchi   saylandi.   Qishloq,   ovul   va
shaharlarning   va   shaxdrlardagi   mahallalarning   yig`inlari   ra-islarining   84   foizidan
ortig`i   shu   lavozimiga   ikkinchi   mud-datga   saylandi,   bu   ko`rsatkich   maslahatchilar
orasida 65 foiz-dan ortiqrog`ini tashkil qildi. O`zini-o`zi   boshqarish   organlari   rahbarlarining   umumiy   ma`lumot   darajasi
ancha   oshdi.   Oliy   ma`lumotli   yigin   rais-lari   Qoraqalpog`iston   respublikasida   68,6
foizni, Toshkent shahrida 68,7 foizni, Navoiy viloyatida 87,5 foizni tashkil etdi.
1993 yilgi saylovga nisbatan 1996 yilgi saylov kompani-yasida xotin-qizlarni
yig`in raisligi va yig`in maslahatchila-ri tarkibiga saylashga e`tibor berildi. Jumladan,
yig`in   rah-barlari   orasida   xotin-qizlar   miqdori   Qoraqalpog`iston   Res-publikasi,
Toshkent,   Buxoro   va   Namangan   viloyatlarida   20   fo-izdan   ko`proqqa,   Toshkent
shahrida esa qariyb 2 barobarga oshdi. Аdаbiyotlаr :
1. K а rim о v   I. А .   O`zb е kist о nning   o`z   istiql о l   v а   t а r а qqiyot   yo`li.
T о shk е nt.   «O`zb е kist о n», 1992.
2. K а rim о v   I. А .   Istiql о l   yo`li:   mu а mm о l а r   v а   r е j а l а r.   Аsаrlаr,   I -
jild,3-36 bеtlаr.
3. Kаrimоv   I.А.   O`zbеkistоnning   siyosiy,   ijtimоiy   vа   iqtisоdiy
istiqbоlining аsоsiy tаmоyillаri. Tоshkеnt. «O`zbеkistоn», 1995.
4. Must а qillik   to`g`risid а   d е kl а r а siya.   «Sоvеt   O`zbеkistоni»,   23
iyun, 1990.
5. O`zbеkistоn   Rеspublikаsining   Kоnstitusiyasi.   Tоshkеnt.
«O`zbеkistоn», 1992.
6. O`zbеkistоn Rеspublikаsi. Ensiklоpеdiya, 1997.
7. Jo`rа y еv   N.,   Fаyzullа y еv   T.,   Usmоnоv   Q.   O`zbеkistоn   tаriхi.
Tоshkеnt. «S h аrq», 1998.
8. Istiqlоlimizning tаriхiy ildizlаri. S h аrq Y u lduzi, 1995, 11-12-sоn.
Yusup о v   E. Istiql о l yo`lid а .  Tоshkеnt. «Fаn», 1996.

Mahalliy davlat hokimiyati tizimida tub o`zgarishlarning amalga oshirilishi Reja: 1. O`zbekistonda mahalliy davlat hokimiyatining barpo etilishi 2. Hokimiyat organlaridagi boshqaruvda yangicha usullarning qaror topishi 3. Siyosiy boshqaruvda tub islohotlarning amalga oshirilishi

Fuqarolik jamiyatini shakllantirish asosida huquqiy demokratik davlatni barpo etish, O`zbekiston Respublikasi Kons-titutsiyasida qonun tusini olgan. Uning 7-moddasida «Xalq davlat hokimiyatining birdan-bir manbaidir», -- deyilgan. Konstituiiyaning 2-moddasida esa «Davlat xalq irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xizmat qiladi», deb ta`kidlangan. Hozirgi zamon jahon davlatchiligi tajribasida davlat zim-masidagi vazifalar ancha o`zgardi. Bu ayniqsa, biz kabi tota-litar tuzum iskanjasidan chiqqan xalklar uchun butunlay yangi-lik. Jumladan, endi u ko`proq iqtisodiy asoslarni mustah-kamlash, ijtimoiy munosabatlarni chuqurlashtirish, odamlar madaniy va moddiy turmush darajasini oshirishning strate-gik tamoyillarini ishlab chiqish, mamlakat xavfsizligini ta`minlash, tinchligini mustahkamlash va xalqaro munosabat-larni rivojlantirish bilan shug`ullanadi. «Boshqaruv vazifalarining asosiy qismini markazdan viloyatlarga, viloyatlardan shahar - tumanlardagi davlat va boshqa-ruv idoralariga o`tishini ta`minlash darkor. Shu tariqa bu bosqich asta-sekin o`z-o`zini boshqarish jamoatchilik tashkilotlariga ham yetib boradi», deydi Prezident I.Karimov, O`zbekis-ton Respublikasi Oliy Majlisining 1995 yil, 23-24 fev-ral kunlari bo`lib o`tgan birinchi sessiyasida. Bu yo`l bevosita mamlakatimizda fuqarolik jamiyati shakllanishi va fuqaro-lar o`zini o`zi boshqarish tamoyilining bosh yo`nalishiga ayla-nib qoldi. Davlat o`z vazifalarini bajarishda hokimiyatni kuchayti-rish hisobiga emas, aksincha demokratik omillarni kengayti-rish, keng xalq ommasini boshqaruvga jalb etish yo`li bilan amalga oshirishi lozim. Buning uchun jamiyatda keng miqyosli demokratik jarayonlarni chuqurlashtirish, Konstitutsiyada ko`rsa-tilganidek jamiyat hayotini barcha sohalarida fuqarolar haq-huquqlarini kengaytirish, jamiyatning har bir a`zosi ijti-moiy-madaniy rivojlantirishini ta`minlash, siyosiy va maf-kuraviy xilma-xilligiga erishish asosida davlat monopoliya-sini yo`qotish kerak. Boshqacha qilib aytganda, Davlat endi ko`proq fuqarolar haq-huquqini kafolatlaydigan mexanizmga aylanishi kerak. Buning uchun quyidagi asosiy tamoyillar muhim ahamiyatga ega:

Milliy an`analarga, aholi barcha qatlamlari va ijtimoiy guruhlari ehtiyojlariga, xalq hayotining tarixiy tajribalariga tayangan qolda demokratik asoslarni mustahkamlash. Hokimiyat bo`linishining eng demokratik, eng xalkchil shakllarini joriy etish. Bu amalga oshirilmoqda. Hozir O`zbekistonda qonunchilik, ijro va sud hokimiyati mavjud. Boshqaruvni markazlashtirmaslik, respublika va mahalliy hokimiyatlar vazifalarini aniq belgilash, ularni chegaralab qo`yish. Chunki, keng miqyosli xalq xo`jaligi, ijtimoiy hayot muammolarining ko`pqirraliligi mavjud masalalarni markazda to`g`ri va o`z vaqtida hal etish imkonini bermaydi. Shuning uchun Markaziy organning ko`pgina vakolatlarini joylarga - Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar, shahar, tuman hokimiyatlari zimmasiga yuklash kerak. Biroq bu markaz- dan uzoqlashish, har qanday muammoni o`z xohishicha qal etishimkonini bermaydi. Ma`lumki, jamiyatni demokratlashtirishning yana bir mu-him sharti odamlarning ijtimoiy saviyasi bilan demokratik o`zgarishlar sur`atlari bir-biriga qanchalik mos bo`lishi bilan belgilanadi. Shuning uchun ham deshjratik o`zgarishlar va yangi demokratik jarayonlarni boshqarishni, ularni hayotga tadbiq qilishni avvalambor jamiyatning o`zi anglamogi va xal qilmog`i darkor. Bu o`rinda mahallalarning o`rni va o`z-o`zini boshqarish tartibotini shakllantirish muhim ahamiyat kasb eta-di. Tarixiy tajriba demokratik jarayonlarni chetdan nusxa olib ko`r-ko`rona ko`chirib bo`lmasligini ko`rsatmoqda. Demokratiya o`z-o`zidan vujudga kelmaydi. Unga tinimsiz intilish bi-lan hayotning og`ir sinovlariga bardosh berib erishish mumkin. Osiyo mintaqasi va musulmon sharqidagi demokratik qad-riyatlar va o`zgarishlarning rivojlanish tajribasi o`ziga xos xususiyatlarga va o`ziga xos an`analarga ega. Sharqda demokra-tiya tushunchasi hamjihatlik g`oyasi, jamoatchilik fikrining ustuvorligi zaminida shakllanadi. «Bizning mamlakatimizda,- deb ko`rsatgan edi I.A.Karimov, -demokratik jarayonlar xalqimizning qonunni hurmat qilishi, qonunga itoat etishi kabi fazilatlarga mos ravishda rivojlanishi zarur. Axloqiy, ma`-naviy qadriyatlar siyosiy munosabatlarda ham ustunlik kasb etishi darkor.»

Bunday qadriyatlar respublikamiz sharoitida avvalo aholi zich yashaydigan mahallalarda shakllanadi. Shuning uchun respublikamizda mustaqillik yillarida ijtimoiy-siyosiy hayotda, demokratik jarayonlarni chuqurlashtirishda ma-hallalar rolini oshirishga katta e`tibor berildi. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 105-moddasida ta`kidlanishicha, «Shaharcha, qishloq va ovullarda, shu-ningdek ular tarkibidagi maqallalar hamda shaxarlardagi ma-hallalarda fuqarolarning yig`inlari o`zini-o`zi boshqarish orga-ni bo`lib, ular ikki yarim yil muddatga raisni (oqsoqolni) va uning maslahatchilarini saylaydi. O`zini-o`zi boshqarish organ larini saylash tartibi, faoliyatini tashkil etish hamda vako lat doirasi qonun bilan belgilanadi». Darhaqiqat mahalla Urta Osiyodagi shaharlar ichidagi hududiy birlik bo`lib, u bizga o`tmishdan meros bo`lib qolgan. Arablar istshtosi va islom dini qabul qilinganidan ancha ilgari paydo bo`lgan mahalla cheklangan hududda istiqomat qiluv-chi odamlar birlashmasi bo`lib, unda odamlar faqat qo`shnichi-lik rishtalari bilan emas, balki yuzlab yillar davomida yara-tilgan ichki tartib-qoida ma`naviy axloqiy normalar, urf-odatlar va an`analar bilan belgilangan. Shuning uchun ham undan minglab kishilarni faol ijtimoiy hayotga jalb etishning samarali vositasi sifatida foydalanish lozim. Ong va tafakkur bilan bogliq bo`lgan jarayonlar hamisha qiyinchshtik bilan amalga oshirilgan. Jumladan, yillar mo-baynida ongimiz va tafakkurimizga singib ketgan tanballik, imon-ixtiyerimizni «yuqori»ga topshirib qo`yish illatlari bu-gungi demokratik jarayenlarga to`siq bo`lmoqda. Uning salbiy oqibatlar chuqurlashib borayotgan yangilanishlar mohiyatini ang-lashga, butunlay yangi turmush tarzining shakllanishiga, inson haq-xuquqparining kentayishiga va jamiyatda shaxs rolining oshib borishiga monelik qilmoqda. Ijtimoiy turmushning hamma sohalarini demokratiyalash, o`zkni o`zi idora qila olish fazilatlarini kuchaytirish, o`z hayotini o`zi tashkil etish tamoyillarini kundalik faoliyatga aylantirish nihoyatda murakkab ijtimoiy-iqtisodiy jarayon. U siyosiy, iqtisodiy, huquqiy va ma`naviy-axloqky sohalarda yangicha tafakkur tarzini talab etadi. Bu jarayon chin ma`noda har bir fuqaro mehnati, yaratuvchshshk qobiliyati orqali o`z turmushini izga solishi asosida butun jamiyat hayotini mazmu-

nan yangilash, unga butunlay yangi qiyefa baxsh etish bilan bog`liq. Bu o`z navbatida jamiyatni tubdan isloh qilish jarayo-nida fuqarolarning o`z-o`zini boshqarish mahalliy organlari faoliyatini tubdan o`zgartirishni, uni milliy an`analar va jahon tajribalari asosida qaytadan tashkil etishni taqozo etadi. O`zbekiston Resgtublikasida xalq deputatlari mahalliy Kengashlarini uchta hududiy bo`g`inga bo`lish mumkin. Birinchi hudu-diy bo`g`inga xalq deputatlari shahar, tumanga bo`ysunadigan sha-harlar, shaharlardagi tuman kengashlari kiradi. Ikkinchi hududiy bo`g`inga xalq deputatlari tuman, Toshkent shaxridagi tuman, shahar kengashlari kiradi. Uchinchi hududiy bo`g`inga esa xalq deputatlari viloyat, Toshkent shahar Kengashlari kiradi. Xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining barcha bo`g`inlari huquqiy shaxs hisoblanadilar va ular qonun bilan o`z ixtiyoriga berilgan istalgan masalalarni mustaqil hal qilishga haklidirlar. Mahalla o`zini-o`zi boshqarishning asosiy bo`g`ini. Bu aholining ijtimoiy masalalarini hal etishda muhim rol o`ynaydi. Mahalla O`rta Osiyoda qadimdan hududiy-ma`muriy birlik hisoblanadi. Bu yerda xdr bir yashovchi taqdiri, orzu-umidi, hayotga va odamlarga munosabati qat`iy nazoratda turgan. Bir-biri bilan hisoblashib yashagan. Shu bilan birga mahallachi-lik uzoq an`analarga va xalqimiz tarixiga, uning boy ma`na-viy-axloqiy udumlariga bog`liq bo`lgan ulkan hayot maktabi. Mahalla bo`lib, birlashib, uyushib yashash arablar istilo-sigacha yoki islom dini qabul qilinishidan ancha ilgari paydo bo`lgan. Mahalla ma`lum bir hududda istiqomat qiluvchi odam-lar uyushmasi bo`lib, unda odamlar faqat qo`shnichilik munosa-batlari bilangina emas, balki ming yillar mobaynida shakl-langan o`ziga xos ichki tartib-qoida, ma`naviy-axloqiy norma-lar, aniq intizom, urf-odat va an`analar bilan bog`langan. Uzbekistonda o`zini-o`zi boshqarish va mahalliy hokimiyat-lar rolini takomillashtirish asosida mamlakat demokratik jarayonlarni chuqurlashtirish maqsadida Oliy Kengashining 1993 yil sentabrda qabul qilgan «Fuqarolarning o`zini-o`zi boshqarish organlari to`g`risida»gi qonun alohida ahamiyatga ega tub islohotlar davrining eng muhim va dolzarb talablari-ga muvofiq tarzda yuzaga kelgan