MATNLARNI AVTOMATIK TAHRIRLASH
![MA TN LA RN I AV TOMA TIK TA HRIRLASH
Reja:
1. Avtomatik tahrir yo‘nalishi.
2. Matn tahirini amalga oshirish jarayoni
3. Nogrammatik ifodalar.
4. Avtomatik tahrir jarayonida avtomatik tizimlardan
foydalanish.
5. Kompyuter lingvistikasida mavjud avtomatik tizimlar.
6. Boris tizimining ishlash prinsipi.
7. Ma’lumotlar bazasini yaratish.](/data/documents/a9d0490f-53b0-40d4-872e-ed316aec6d19/page_1.png)
![Avtomatik tahrir kompyuter lingvistikasining asosiy
yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, u kompyuterdagi matn muharrirlari
Microsoft Word, Excel, Wordpad, Lexicon) rivojlanshi bilan
bog‘liqdir. Bilamizki, avtomatik tahrir deganda matndagi mexanik
xatolarning avtomatik tarzda to‘g‘rilanishi va xato ekanligi
haqidagi signallarning userga taklif etilishi kabilar bilan bog‘liq.
Aniq misollar bilan tushuntiriladigan bo‘lsa, Microsoft Word
dasturi bilan ishlar ekanmiz, unda so‘zlarning-yozilishi bilan
bog‘liq xatolar bo‘lsa, ularning ostiga qizil yoki ko‘k rangda
chizilishi, katta harf bilan yozilishi kerak bo‘lgan so‘zlarning
avtomatik bosh harfga o‘tkazilishi, hujjatga avtomatik
numeratsiya qo‘yilishi kabilar avtomatik tahrir erishgan yutuqlar
hisoblanadi.
Avtomatik tahrir yo‘nalishi XX asr o‘rtalariga kelib rivojlandi. U
matn muharrir dasturlari bilan birgalikda yangicha imkoniyatlar
bilan, qo‘shimcha effektlar bilan rivojlanmoqda. Oddiy
muharrirlardan farqi shun daki, unda tahrir avtomatik tarzda qisqa
vaqt birligi ichida hajman katta bo‘lgan matnni tez tekshirish va
xatolarni to‘g‘rilash imkoniyati bo‘ladi. Avtomatik tahrirning
pragmatik ahamiyati shundaki, u kelajakda taraqqiy etsa, yetarli
ma’lumotlar bazasi yaratilsa va maxsus dasturlar ishlab chiqil-sa,
muharrir kasbi uchun ehtiyoj qolmaydi. Bu esa matn bilan
ishlashni osonlashtiradi.](/data/documents/a9d0490f-53b0-40d4-872e-ed316aec6d19/page_2.png)
![Ma’lumki, kompyuter yaratilmasdan ilgari matnlar yozuv
mashinkalarida terilgan, bu jarayonda orfografik, punktuatsion,
stilistik va Grammatik xatolarga yo‘l qo‘yilsa, matnni boshdan
oxirigacha qayta yozib chiqishga to‘g‘ri kelgan, bu csa
foydalanuvchiga noqulaylik tug‘dirgan. Kompyuterda esa matnni
tahrirlash birmuncha qulay bo‘lib, unda foydalanuvchi dialogli
rejimda ishlaydi va o‘z o‘rnida xatolarni to‘g‘rilash imkoniyatiga
ega bo‘ladi. Hatto matn bilan ishlash jarayonida biz yuqorida
ta’kidlab o‘tgan avtomatik tahrirlash, xatolarni to‘g‘rilash
imkoniyati ham mavjud. Shu o‘rinda alohida ta’kidlash zarurki,
avtomatik tahrirlash tizimi faqat matn muharrirlari dasturlari
bazasiga qo‘shilgan tillarda amal qiladi, masalan, ingliz, rus,
nemis, fransuz tillarida. Agar bazada mavjud bo‘lmagan tilda matn
kiritilsa, uni avtomatik tahrirlay olmaydi, ayrim internatsional
so‘zlar bundan mustasno. Avtomatik tahrirlash jarayonida MS
Word lug‘atida mavjud bo‘lmagan so‘z uchrasa, ostiga qizil chiziq
bilan ajratib ko‘rsatiladi. Mazkur holat quyidagi sababga ko‘ra
bo‘lishi mumkin, bunda o‘sha so‘z imlosi haqida dastur variant
taklif eta olmaydi, chunki Ms Word lug‘atida bu so‘z mav jud emas.
Ehtimol u so‘z tog‘ri yozilgan bo‘lishi mumkin, bunda insonning
ishtiroki zarur bo‘ladi. Agar so‘zning imlosi to‘g‘ri bo‘lsa, matnda
yana tez-tez qayta ishlalilsa, uning avtokorreksiyada to‘g‘ri deb
sanalishi uchun Ms Word lug‘atiga «kiritib qo‘yish» (kontekst
menyudagi «add» yoki «добавить» komandasi yordamida)](/data/documents/a9d0490f-53b0-40d4-872e-ed316aec6d19/page_3.png)
![mumkin. Matn kiritish davomida so‘z yoki so‘zlar birikmasi ko‘k
chiziq bilan ajratib qo‘yiladi, bunda so‘zning imlosida xato mavjud.
Bu holda foydalanuvchi xatoni o‘zi tog‘rilab qo‘yishi zarur yoki
ostiga chizilgan so‘zda sichqonchaning o‘ng tomoni bosilsa,
kontekst menyusida so‘zning to‘g‘ri varianti taklif etiladi va uni
tanlashi zarur bo‘ladi.
Avtomatik tahrirlash tizimi juda ko‘p amaliy vazifalarni o‘z
ichiga oladi. Bu vazifalarning eng asosiylarini umumlashtirib
sanab o‘tmoqchimiz:
orfografiyani tekshirish;
grammatika va stilistikani tekshirish;
kontekstli qidiruv;
formatlash;
avtomatik referatlash - matndagi kalit so‘zlar asosida uning
umumiy mundarijasini yaratish;
matn ichiga jadval, rasm, turli figuralar, klip-artlar, grafik
sxemalar, diagrammalar qo‘shish, giperhavolalar bilan ta’minlash;
matndagi abzaslar, belgilar, so‘zlarning aniq miqdorini
aniqlash (statistikasini ko‘rsatish);
tezaurus xizmati - matndagi muayyan so‘zning sinonimik
variantlarini aniqlash; *
transliteratsiyalash - bir alifbodan boshqa alifboga o‘tkazish
(masalan, kirill alifbosidan lotin alifbosidagi harfga almashtirish).](/data/documents/a9d0490f-53b0-40d4-872e-ed316aec6d19/page_4.png)
![Avtomatik tahrirda uch tarkibli asosiy vazifa e’tiborga olinishi
lozim:
1. Orfografiyani tekshirish - bu vazifa morfologik tahlil
yordamida amalga oshiriladi, bunda etalon lug‘atdagi baza
asosida tekshiriladi.
2. Sintaksisni tekshirish orfografiyani tekshirishdan ko‘ra
murakkabroq. Chunki orfografiyani tekshiruvchi dasturlar
yaratilgan, lekin norasmiy matnlarning sintaktik jihatdan
avtomatik tahriri masalasi haligacha hal etilgani yo‘q. Rasmiy
matnlarning avtomatik tahriri bo‘yicha muhim natijalarga
erishilgan.
3. Semantik tahrirlash inson tafakkurini modellashtirishga
asoslangan sun’iy intellekt tizimi bilan bog‘liq ravishda
o‘rganilmoqda. Bunda mazkur ko‘p aspektli muammoni semantik
maydon, freym yondashuv, tezauruslar tizimini boyitish, so‘z va
so‘z birikmalari o‘rtasidagi paradjgmatik-munosabatlar
(sinonimiya, gipo-giperonimik-tur-jins munosabati)ni
modellashtirishga tatbiq etish asosida hal etisn mumkin. Chunki
inson bunday assotsiatiy munosabatlarni o‘z intellek’tiga tayanib
o‘rnata oladi, biroq bu jarayon kompyuter uchun murakkabdir.
Ms Word dasturida orfografiyani tekshirish imkoniyati
cheklanganligi bois hozirgi kunda maxsus Spell Checker dasturlar
yaratilmoqda. Bundау dasturlar sirasiga quyidagilarni kiritish
mumkin: SpellLink Multilingual Yevro ingliz, ispan, italyan, nemis,](/data/documents/a9d0490f-53b0-40d4-872e-ed316aec6d19/page_5.png)
![fransuz, portugal, ukrain tillaridagi so‘zlarrung to‘g‘ri yozilishini
tekshiradi), Orfo Spellink Fnglish. SpellLink French. SpellLink
Italian. SpellLink Spanish rus va ukrain tilla ridagi so‘zlarning
imlosini tekshirishga yordam beradi), Asutype, Spellex, Spell
Catcher kabi. Mazkur dasturlar Word dasturi ustiga qo‘shimcha
o‘rnatiladi.
Insoniyatning rivojlanish tarixida qo‘lga kiritgan barcha
yutuqlari zamirida o‘zining hayotiy faoliyatini yaxshilash, qisqa
fursatlarda ko‘p ishlarni amalga oshirish, aql-zakovatining
tuganmas imkoniyatlarini namoyon qilish, jamiyat manfaatlari
uchun xizmat qilish maqsadi yotadi. “Kompyuter texnologiyalari”
deb nom olgan asrimizda fan-texnika yutuqlari, deyarli, barcha
sohaning ajralmas qismiga aylanib ulgurdi. Jumladan, tilshunoslik
sohasi ham ayni shu jarayondan mustasno emas. Matematika,
informatika, lingvistika fanlarining kesishgan nuqtasida
shakllangan yangi soha – kompyuter lingvistikasini axborot
texnologiyalarisiz, kompyuter dasturlarisiz tasavvur qilib
bo‘lmaydi. Endilikda bu soha lingvistika oldiga yangi talablarni
qo‘yib, fan doirasida turli yo‘nalishlarning paydo bo‘lishiga zamin
tayyorlamoqda.
Dunyo afkor ommasi tez fursatlarda samaradorligi yuqori
bo‘lgan holatda ma’lumot olishni xohlaydi. Qaysi manbaga
murojaat qilmaylik, unda ifodalangan asosiy fikrni tezlikda
anglash, matn mazmunini o‘zlashirish diqqat markazida turadi.](/data/documents/a9d0490f-53b0-40d4-872e-ed316aec6d19/page_6.png)
![Axborot uzatishda faqat xabar olish emas, balki xabar atrofidagi
tegishli ma’lumotlarni ham o‘zlashtirish, bilish lozim bo‘ladi. Shu
ma’noda, jahon tilshunosligida kompyuter tizimi asosidagi bir
qator dasturlar yaratilganini ta’kidlash joiz. Ana shunday
tizimlardan biri ingliz tili asosida dasturlashtirilgan BORIS
tizimidir .
BORIS savol-javob asosida amalga oshadigan dastur bo‘lib,
matn haqida axborot olishga, mazmunini chuqur o‘zlashtirishga
xizmat qiladi. BORIS tizimida mashinaning o‘zi dastur asosida
savol qo‘yadi, javob beradi va matnni tahlil qiladi. Dastlab on-line
tarzida savol-javob usulida ishlaydigan tizim tarixiga qisqacha
to‘xtalib o‘tamiz .
START dunyodagi birinchi savol-javob tarzida ishlaydigan on-
line boshqaruv tizimi hisoblanadi. Bu tizim 1993 - yil dekabr
oyidan boshlab doimiy ravishda qo‘llana boshlangan. Boris Katz
va uning hamkorlari Info Lab Group tomonidan rivojlantirilgan.
Axborot beruvchig g‘ayri oddiy bu tizimning maqsadi
foydalanuvchilarga “soniyada to‘g‘ri ma’lumot”ni yetkazish bo‘lgan.
Bu tizim, dastlab, milliondan ortiq inglizcha joylar ( shaharlar,
poytaxtlar, ko‘llar, koordinatalar, ob-havo, xaritalar, demografik
holat, siyosiy va iqtisodiy tizim), filmlar (nomlari, aktyorlari,
rejissorlari), odamlar (tug‘ilgan yili, joyi), lug‘atlar haqidagi
savollarga javoblarni o‘z ichiga qamrab olgan. Ular shartli ravishda](/data/documents/a9d0490f-53b0-40d4-872e-ed316aec6d19/page_7.png)
![geografiya, madaniyat va san’at, ilm-fan kabi tarmoqlarga
bo‘lingan .
Namuna t ariqasida quy idagilarni k elt irish mumk in .
1.Q: How far is Mount Kilimanjaro from Mount Everest?
A: The distane between Kathmandu, the apital of Nepal (where
Mount Everest is loated) and Dar Es Salaam, the apital of Tanzania
(where Mount Kilimanjaro is loated) is 3,892 miles (6,277
kilometers).
Soure: START KB
S: Klimanjaro tog‘i Everest tog‘idan qancha masofa uzoqlikda?
J: Nepal ( Everest tog‘i joylashgan) poytaxti Katmandu va
Tanzaniya ( Klimanjaro tog‘i joylashgan) poytaxti Dodoma
orasidagi masofa 3,892 mil ( 6,277 kilometr)
Manba: START KB
Q: Show the apital of the seond largest ountry in Asia.
A: I know that thye thye seond largest ountry in Asia is India
(soure: Thye World Fatbook ).
Using this information, I determined thye apital of India:
New Delhi is thye apital of India .
Соуре : START KB
S: Osiyoda kattaligi jihatdan ikkinchi o‘rinda turuvchi mamlakat
poytaxtini ko‘rsating.
J: Osiyodagi kattaligi jihatdan ikkinchi o‘rinda turuvchi mamlakat
Hindiston ekanligini bilaman ( manba: Thye World Fatbook ). Shu](/data/documents/a9d0490f-53b0-40d4-872e-ed316aec6d19/page_8.png)
![ma’lumotdan foydalanib, aytishim mumkin: Yangi Dehli
Hindistonning poytaxti.
Manba: SRART KB.
Yana shunday dastur ham borki, u muayyan matndagi har
bir abzatsni tahlil qiladi: asosiy savollarni qo‘yadi, javob beradi.
BORIS – darak gapli matnlarni chuqur tushunishga mo‘ljallangan
amaliy tizim. Matnlarni chuqurroq tushunib, uning savollariga
javob beruvchi tajribaviy dastur. U bilimlar manbaiga asoslanib
ishlaydi. Faqat mazmunni emas, matndagi barcha darak gaplarni
tahlil qiladi. Namuna tariqasida misollarga murojaat qilamiz.
Birinchi abzat sni qay t a ishlash:
Bir ayola aeroportda samolyot uchishini kutardi.Ammo hali
erta edi. Bekor o‘tirishni yoqtirmagan ayol do‘kondan bitta kitob
va pechenye sotib oldi. Bo‘sh kursilardan biriga o‘tirib, kitobini
o‘qiy boshladi. Kitobni berilib o‘qir ekan, nogoh yonida o‘tirgan
odam pechenyesidan olishga jur’at qilayotganini sezib
qoldi.Ammo birgina pechenye uchun betakalluflik qilgisi kelmadi.
Tizim sav ol-jav ob rejimida ishlashga o‘t adi:
Kim aeroportda samolyot uchishini kutardi?
Bir ayol.
Ayol do‘kondan nimalar sotib oldi?
Bita kitob va pechenye.
Ayol kitobni o‘qiyotganida yonida o‘tirgan odam nima qildi?
Ayolning pechenyesidan olishga jur’at etdi .](/data/documents/a9d0490f-53b0-40d4-872e-ed316aec6d19/page_9.png)
![Ik k inchi abzat sni qay t a ishlash:
Dam-badam u ham soatga qarab qo‘yardi. Kitob o‘qib, bittadan
pechenyeni o‘g‘rincha olayotgan odamga ko‘z qirini tashlar ekan,
asabiylash maslikka urinardi. Pechenye o‘g‘risiga e’tibor
bermaslikka va soat millari yurishini kuzatib, uning chiqqillashini
eshitishga harakat qilardi. O‘ziga o‘zi: “Agar madaniyatli
bo‘lmaganimda, shu odamni ko‘zlarini ko‘kartirardim”, – deb
qo‘ydi. Har gal pechenye olaman, deganida yonidagi odam ham
qo‘lini uzatardi. Oxiri paketda bitta pechenye qolgach, “Qani endi
nima qilasan?”, – dedi ichida. Odam istehzoli kulimsirab, oxirgi
pechenyeni oldi va ikkiga bo‘lib, yarmini og‘ziga soldi; yarmini esa
ayolga uzatdi. Ayol iddao bilan pechenyeni olar ekan, “Bu qanday
bezbetlik! Bunchalar qo‘pol bo‘lmasa, bu odam. Bir og‘iz rahmat
ham demadi!” – deb gapirib ketdi o‘z-o‘ziga.
Tizim sav ol-jav ob rejimida ishlashga o‘t adi:
Ayol dam-badam nima qilardi?
Soatga qarab qo‘yardi.
Kim “Agar madaniyatli bo‘lmaganimda, shu odamning ko‘zlarini
ko‘kartirardim”, deb aytadi?
Ayol o‘ziga-o‘zi.
Paketda bita pechenye qolgach,ayol ichida nima dedi?
Qani endi nima qilasan?
Pechenye olayotgan odam qanday harakat qildi?](/data/documents/a9d0490f-53b0-40d4-872e-ed316aec6d19/page_10.png)
![ Oxirgi pechenyeni ikkiga bo‘lib, yarmini og‘ziga solib, yarmini
ayolga berdi.
Uchinchi abzat sni qay t a ishlash:
Ayol hech qachon bunday asabiylashmagandi. Samolyotning
uchish vaqti yetgach, chuqur tin oldi. Yuklarini olib, eshik tomon
yurdi. “Pechenye o‘g‘risi”ga qayrilib ham qaramadi. Samolyotga
chiqdi va o‘rniga joylashdi. “Pechenye o‘g‘risi”dan qutulganiga
shukr qildi. Biroq, uning adabini bermaganiga afsuslandi. “Janob,
– deyishi kerak edi u. – Shukr qiling, sizdek surbet emasman. Aks
holda yuzingizga shapaloq tushirgan bo‘lardim. Ammo, siz qilgan
ish rasman o‘g‘rilik sanaladi. Pechene o‘g‘riligi... Bildingizmi?!”
Tizim sav ol-jav ob rejimida ishlashga o‘t adi:
Ayol samolyotning uchish vaqti kelgach nima qildi?
Chuqur tin oldi.
Ayol nimaga shukr qildi?
Pechenye o‘g‘risidan qutulganiga.
Nimaga afsuslandi?
Uning adabini bermaganiga .
To‘rt inchi abzat sni qay t a ishlash:
Shularni xayol qilib, qo‘lini sumkaga uzatdi. Chala qolgan
kitobini olib o‘qimoqchi bo‘ldi. Ammo, ne ko‘z bilan ko‘rsinki,
do‘kondan sotib olgan bir paket pechenyesi uning sumkasida
turardi. Bir og‘iz ham gapirmay, eng oxirgi pechenyesini ham u
bilan baham ko‘rgan odamdan borib uzr so‘rashga endi kech](/data/documents/a9d0490f-53b0-40d4-872e-ed316aec6d19/page_11.png)
![edi... “Qo‘pol va jur’atli pechenye o‘g‘risi”ning samolyoti osmonga
ko‘tarildi...
Ти зи м савол-ж авоб реж и м ида и ш лаш га ў тади :
Ayolning sumkasida nima bor edi?
Do‘kondan sotib olgan bir paket pechenyesi.
Kimning samolyoti osmonga ko‘tarildi?
“Qo‘pol va jur’atli pechene o‘g‘risining”.
Yuqoridagi matnni quyidagicha sistemalashtirish mumkin:
METAKOP (sabab zanjiri ): O‘g‘rilik
PTRANS (ma’lum bir obyektning bir joydan ikkinchi
joyga ko‘chishi) : Samolyotning uchishi;
ATRANS (ma’lum bir shaxsning muayyan narsaga ega
bo‘lishi, nazorat qilishi) : Ayolning yuklariga egalik qilishi;
ATT Е ND (voqealarga turtki bo‘lgan holat): Pechenye sotib
olinishi;
PROPЕL (ma’lum narsaga erishish uchun harakat qilish):
Sumkadan kitobning olinishi.
ATB (affektiv mazmunli bloklar, insonning psixologik
holati):
1. Asabiylashish.
2. Shukr qilish.
3. Afsuslanish.
4. Kulimsirash. 1
1
Abduhamidova L . Tilshunolsikning yangi yo ‘ nalishlari : kompyuter lingvistikasi .- T ., 2015.](/data/documents/a9d0490f-53b0-40d4-872e-ed316aec6d19/page_12.png)
![Xulosa qilib aytganda, BORIS tizimini takomillashtirish
kompyuter lingvistikasining istiqbollaridan biri bo‘lib, matn
mazmunini o‘zlashtirishdagi yuqori samaradorligi bilan
ahamiyatlidir.](/data/documents/a9d0490f-53b0-40d4-872e-ed316aec6d19/page_13.png)
![Adabiy ot lar
1. Gelbukh A. Computational Linguistics and Intelligent Text
Process ing. International Conference. - Mexico, 2003.
2. П ў латов А.К., Муҳамедова С. Компьютер лингвистикаси
(ўқув қўлланма). - Тошкент, 2008
3. Пўлатов А. Компьютер лингвистикаси. - Тошкент:
Академнашр, 2011.
4. Rahimov A. Kompyuter lingvistikasi asoslari . – Toshkent :
Akademnashr , 2011 .
5. Марчук Ю.Н. Компьютерная лингвистика. – М.: АТС:
Восток и Запад, 2007.
6. Ikromova H.Z. Inson - kompyuter - kelajak. – Toshkent:
O‘zbekiston, 1991. – B. 42-65.](/data/documents/a9d0490f-53b0-40d4-872e-ed316aec6d19/page_14.png)
![](/data/documents/a9d0490f-53b0-40d4-872e-ed316aec6d19/page_15.png)
MA TN LA RN I AV TOMA TIK TA HRIRLASH Reja: 1. Avtomatik tahrir yo‘nalishi. 2. Matn tahirini amalga oshirish jarayoni 3. Nogrammatik ifodalar. 4. Avtomatik tahrir jarayonida avtomatik tizimlardan foydalanish. 5. Kompyuter lingvistikasida mavjud avtomatik tizimlar. 6. Boris tizimining ishlash prinsipi. 7. Ma’lumotlar bazasini yaratish.
Avtomatik tahrir kompyuter lingvistikasining asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, u kompyuterdagi matn muharrirlari Microsoft Word, Excel, Wordpad, Lexicon) rivojlanshi bilan bog‘liqdir. Bilamizki, avtomatik tahrir deganda matndagi mexanik xatolarning avtomatik tarzda to‘g‘rilanishi va xato ekanligi haqidagi signallarning userga taklif etilishi kabilar bilan bog‘liq. Aniq misollar bilan tushuntiriladigan bo‘lsa, Microsoft Word dasturi bilan ishlar ekanmiz, unda so‘zlarning-yozilishi bilan bog‘liq xatolar bo‘lsa, ularning ostiga qizil yoki ko‘k rangda chizilishi, katta harf bilan yozilishi kerak bo‘lgan so‘zlarning avtomatik bosh harfga o‘tkazilishi, hujjatga avtomatik numeratsiya qo‘yilishi kabilar avtomatik tahrir erishgan yutuqlar hisoblanadi. Avtomatik tahrir yo‘nalishi XX asr o‘rtalariga kelib rivojlandi. U matn muharrir dasturlari bilan birgalikda yangicha imkoniyatlar bilan, qo‘shimcha effektlar bilan rivojlanmoqda. Oddiy muharrirlardan farqi shun daki, unda tahrir avtomatik tarzda qisqa vaqt birligi ichida hajman katta bo‘lgan matnni tez tekshirish va xatolarni to‘g‘rilash imkoniyati bo‘ladi. Avtomatik tahrirning pragmatik ahamiyati shundaki, u kelajakda taraqqiy etsa, yetarli ma’lumotlar bazasi yaratilsa va maxsus dasturlar ishlab chiqil-sa, muharrir kasbi uchun ehtiyoj qolmaydi. Bu esa matn bilan ishlashni osonlashtiradi.
Ma’lumki, kompyuter yaratilmasdan ilgari matnlar yozuv mashinkalarida terilgan, bu jarayonda orfografik, punktuatsion, stilistik va Grammatik xatolarga yo‘l qo‘yilsa, matnni boshdan oxirigacha qayta yozib chiqishga to‘g‘ri kelgan, bu csa foydalanuvchiga noqulaylik tug‘dirgan. Kompyuterda esa matnni tahrirlash birmuncha qulay bo‘lib, unda foydalanuvchi dialogli rejimda ishlaydi va o‘z o‘rnida xatolarni to‘g‘rilash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Hatto matn bilan ishlash jarayonida biz yuqorida ta’kidlab o‘tgan avtomatik tahrirlash, xatolarni to‘g‘rilash imkoniyati ham mavjud. Shu o‘rinda alohida ta’kidlash zarurki, avtomatik tahrirlash tizimi faqat matn muharrirlari dasturlari bazasiga qo‘shilgan tillarda amal qiladi, masalan, ingliz, rus, nemis, fransuz tillarida. Agar bazada mavjud bo‘lmagan tilda matn kiritilsa, uni avtomatik tahrirlay olmaydi, ayrim internatsional so‘zlar bundan mustasno. Avtomatik tahrirlash jarayonida MS Word lug‘atida mavjud bo‘lmagan so‘z uchrasa, ostiga qizil chiziq bilan ajratib ko‘rsatiladi. Mazkur holat quyidagi sababga ko‘ra bo‘lishi mumkin, bunda o‘sha so‘z imlosi haqida dastur variant taklif eta olmaydi, chunki Ms Word lug‘atida bu so‘z mav jud emas. Ehtimol u so‘z tog‘ri yozilgan bo‘lishi mumkin, bunda insonning ishtiroki zarur bo‘ladi. Agar so‘zning imlosi to‘g‘ri bo‘lsa, matnda yana tez-tez qayta ishlalilsa, uning avtokorreksiyada to‘g‘ri deb sanalishi uchun Ms Word lug‘atiga «kiritib qo‘yish» (kontekst menyudagi «add» yoki «добавить» komandasi yordamida)
mumkin. Matn kiritish davomida so‘z yoki so‘zlar birikmasi ko‘k chiziq bilan ajratib qo‘yiladi, bunda so‘zning imlosida xato mavjud. Bu holda foydalanuvchi xatoni o‘zi tog‘rilab qo‘yishi zarur yoki ostiga chizilgan so‘zda sichqonchaning o‘ng tomoni bosilsa, kontekst menyusida so‘zning to‘g‘ri varianti taklif etiladi va uni tanlashi zarur bo‘ladi. Avtomatik tahrirlash tizimi juda ko‘p amaliy vazifalarni o‘z ichiga oladi. Bu vazifalarning eng asosiylarini umumlashtirib sanab o‘tmoqchimiz: orfografiyani tekshirish; grammatika va stilistikani tekshirish; kontekstli qidiruv; formatlash; avtomatik referatlash - matndagi kalit so‘zlar asosida uning umumiy mundarijasini yaratish; matn ichiga jadval, rasm, turli figuralar, klip-artlar, grafik sxemalar, diagrammalar qo‘shish, giperhavolalar bilan ta’minlash; matndagi abzaslar, belgilar, so‘zlarning aniq miqdorini aniqlash (statistikasini ko‘rsatish); tezaurus xizmati - matndagi muayyan so‘zning sinonimik variantlarini aniqlash; * transliteratsiyalash - bir alifbodan boshqa alifboga o‘tkazish (masalan, kirill alifbosidan lotin alifbosidagi harfga almashtirish).
Avtomatik tahrirda uch tarkibli asosiy vazifa e’tiborga olinishi lozim: 1. Orfografiyani tekshirish - bu vazifa morfologik tahlil yordamida amalga oshiriladi, bunda etalon lug‘atdagi baza asosida tekshiriladi. 2. Sintaksisni tekshirish orfografiyani tekshirishdan ko‘ra murakkabroq. Chunki orfografiyani tekshiruvchi dasturlar yaratilgan, lekin norasmiy matnlarning sintaktik jihatdan avtomatik tahriri masalasi haligacha hal etilgani yo‘q. Rasmiy matnlarning avtomatik tahriri bo‘yicha muhim natijalarga erishilgan. 3. Semantik tahrirlash inson tafakkurini modellashtirishga asoslangan sun’iy intellekt tizimi bilan bog‘liq ravishda o‘rganilmoqda. Bunda mazkur ko‘p aspektli muammoni semantik maydon, freym yondashuv, tezauruslar tizimini boyitish, so‘z va so‘z birikmalari o‘rtasidagi paradjgmatik-munosabatlar (sinonimiya, gipo-giperonimik-tur-jins munosabati)ni modellashtirishga tatbiq etish asosida hal etisn mumkin. Chunki inson bunday assotsiatiy munosabatlarni o‘z intellek’tiga tayanib o‘rnata oladi, biroq bu jarayon kompyuter uchun murakkabdir. Ms Word dasturida orfografiyani tekshirish imkoniyati cheklanganligi bois hozirgi kunda maxsus Spell Checker dasturlar yaratilmoqda. Bundау dasturlar sirasiga quyidagilarni kiritish mumkin: SpellLink Multilingual Yevro ingliz, ispan, italyan, nemis,