logo

MIKROBIOLOGIYA FANINING PAYDO BO’LISHI

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

27.044921875 KB
MIKROBIOLOGIYA FANINING PAYDO BO’LISHI 
VA RIVOJLANISHI
REJA:
1. Mikrobiologiyaning qisqacha rivojlanish tarixi.
2. A.Levenguk tomonidan mikrobiologiyaning ochilishi.
3. Mikrobiologiyaning fiziologik davrining ochilishida L.Pasterning xizmatlari
4. Mikrobiologiyaning rivojlanishida G.Kox, M.Beyerink, S.N.Vinogradskiy, 
Terexovskiy,.I.Mechnikovlarning xizmatlari
5.O’zbekistonda mikrobiologiyaning yutuqlari. A.G.Xolmurodov, M.E.Mavloniy  
xizmati. 
6. Hozirgi zamon mikrobiologiya fani yutuqlari.           Tabiatda inson, hayvonlar va o’simliklardan tashqari bir qancha tirik 
organizmlar ham bor. Tuzilishlari jihatidan juda kichik bo’lganligidan ularni oddiy
kuz bilan ko’rib bo’lmaydi. Ularni biz faqat mikroskoplar yordamida ko’ra olamiz.
Shuning uchun ham bunday kichik organizmlarni mikroblar yoki 
mikroorganizmlar deb yuritiladi.
              Demak,   mikrobioloiya   ana   shu   mayda,   ya’ni   mikroorganizmlar   shaklini,
tuzilishini va hayotini xar tomonlama tekshiruvchi fandir. Mikrobiologiya grekcha
suz   bo’lib,   «mikros»   –   mayda,   «bios»   –   hayot,   «logos»   –   fan   degan   ma’noni
bildiradi.   Mikrobiologiya   fani   mikroorganizmlarning   tuzilishini   va   biologik
xususiyatlarini, tabiatda yuz beradigan turli jarayenlarni axamiyatini, inson hayoti
uchun   ularning   foydasini,   mikroorganizmlarning   murakkabroq   organizmlar   bilan
bo’lgan   munosabatini   va   mikroblarning   zararli   ta’sirotlarini   yuqotish   usullarini
o’rgatadi.
         Mikrobiologiya – bakteriyalar, ( nursimon ) achitqilar, mog’or zamburug’lari,
sodda hayvonlar, viruslar va rikketsiyalar kabi mikroorganizmlarni o’rganadi.
Morfologiyasini
Sistematikasini
Fiziologiyasini
Ekologiyasini
Biokimyosini
Genetikasini
      2. Mikrobiologiya fanining xalq xo’jaligida va kishilar hayotidagi ahamiyati.
           Tuproqda va tabiatda boradigan biokimyoviy o’zgarishlarning ko’p qismi ana
shu   mikroorganizmlar   ishtirokida   boradi.   Mikroorganizmlar   tabiiy   tuproq   hosil
qilish, yerni ishlash va o’g’it solish bilan bog’liq bo’lgan jarayenlarda va organik
o’g’itlar tayyorlash, ularni saqlash va ishlash uchun juda katta ahamiyatga ega.
            Yerga   solingan   organik   o’g’itlar   yoki   o’simlik   va   hayvon   qoldiqlari   shu
mikroblar   tufayli   parchalanib   minerallashtiriladi   va   o’simliklar   tomonidan
uzlashtiriladi.   Bundan   tashqari   ko’pchilik   mikroorganizmlar   o’simliklarning   ildiz
sistemasi bilan bog’lik bo’lib ularga katta yordam, ya’ni foyda keltiradi. (Mikoriza, rizosfera,   ya’ni   simbioz   yashaydi).   Ayrimlari   esa,   fitopotogen   bakteriyalar   va
zamburug’lar   ildiz   xo’jayralarini   buzadi,   o’simlikni   normal   rivojlanishiga
to’sqinlik   qiladi.   Mikroorganizmlar   ildiz   chirishi,   gammoz,   sarg’ayish   va   boshka
kasalliklarga sababchi buladi.  Bundan tashqari mikrobiologiya fani xalq hujaligida
xam   katta   ahamiyatga   egadir.   Sanoatning   yirik   tarmoqlarida,   ya’ni   non   pishirish,
qatiq   va   yog’lar   tayyorlash,   pivo   va   vino   tayyorlashda   muhim   rol   uynaydi.
Sanoatda aseton, butil va  boshza spirt,  turli tuman kislotalar olinadi .
                Mikroorganizmlar   yoki   mikrobiologiya   fani   medisinada   ham   katta
ahamiyatga   egadir.   Buning   ahamiyatini   L.Paster   va   qator   olimlarning   ishida
ko’rish mumkin.                                     
        Bular avvalo ana shu kasalliklarning kelib chiqishi (yukishi) va oldini olish 
bilan kurashganlar va medisina mikrobiologiyasida muhim kashfiyotlar qilganlar. 
(Ibn Sino, Beruniy, Kox, Paster, E.Jenner,). Kuzga ko’rinmas mikroblar butun 
xalqlarni boshiga og’ir ofatlarni keltirib chiqargan.
              V.L.   Omelyanskiy   o’zining   1909   yilda   yozgan   «Mikrobiologiya   asoslari»
kitobida   shunday   yozadi:   «Mana   shu   mikroskopik,   lekin   shafqatsiz   dushman
ta’sirida butun oblastlar qirilib, yuzminglab kishilarning yostig’ini quritdi. Shuning
uchun   ham   bularga   qarshi   kurash   va   ularning   kelib   chiqish   o’chog’i   aniqlanib
mikrobiologiyada yangi davr ochildi».
               Eng muhimi antibiotiklar – penisillin, streptomisin, biomisin va boshqalarni
ishlab chiqarish va boshka mikroblardan foydalanishga asoslangan.
              Mikrobiologiya  alohida  fan  bo’lishi  bilan  birga  biologiyaning  boshqa   qator
fanlari   bilan   chambarchas   bog’liqdir.     Mikrobiologiya   va   zoologiya   fanlarining
sodda hayvonlar va hayotini o’rganish bilan bog’liq.
                Fermentlarni,   antibiotiklarni   va   vitaminlarni   o’rganishda   biokimyo   bilan
bog’lik.   Gigiyena,   fiziologiya,   xirurgiya,   veterinariya,   anatomiya   fanlari   bilan
bog’liq.
                Yuqorida   aytib   o’tganimizdek   mikrobiologiya   fani   yutuqlaridan   kishilar
qadim   zamonlardan   boshlab   foydalanib   kelganlar.   M:   Non   pishirish,   sut   achitish,
vino tayyorlash, siloslash ishini muvaffaqiyatli amalga oshirganlar.                   Fanning   dastlabki   bosqichida   vrachlar   va   tabiatshunos   olimlar   yuqumli
kasalliklarning   kelib   chiqish   sabablarini   bilishga   kirishganlar.   Bunday   ishlarni   –
Gippokrat   (460-377),   Pliniy   (23-15),   Galen   (131-211)   va   boshqalar   tirik   tabiatni
kishilarga turli xil kasallik tarqatishini bilganlar.
          Mashhur Abu Ali ibn Sino (980-1037) yuqumli kasalliklarning suv va havo
orqali   tarqalishi   tug’risida   bundan   ming   yilcha   oldin,   Yevropa   olimlari   parazit
bakteriyalarni   o’rganmasdan   ilgari   aytib   bergan   edi.   Umuman   mikrobiologiya   –
fan   sifatida   qachonki   birinchi   marotaba   mikroblarni   kattalashtirib   qurilgan   va
ularni tekshirgan kishi gollondiyalik tabiatshunos A.Levengukdir (1632-1723).
         Levenguk o’zi yasagan asbobi, ya’ni 160-200 marta katta qilib ko’rsatadigan
asbobi bilan turli xil narsalarni  – ot gungi, tish kiri, odam najasi va boshqalardan
preparat tayyorlab tekshirib ko’radi. Ular juda mayda va harakat qilishini ko’radi.
Levenguk   bunday mayda tirik organizmlarni birinchi  bo’lib ko’rgan edi. U kishi
ko’rgan   mayda   organizmlarga   «tirik   hayvonchalar»   Animalcula   viva   deb   nom
bergan.
                  Levenguk   uchragan   hamma   narsalarni   ko’rib   uning   rasmlarini   chizib
formasini   turli   xilligini   aniqlaydi.   Bu   xaqda   1673   yili   Londondagi   qirollik
jamiyatiga xabar beradi. Keyinroq (1695) ilmiy jamiyat Levangukning kashfiyotini
Levanguk topgan «tabiat sirlari» degan kitob qilib chiqaradi. Levenguk kashfiyoti
juda   ko’p   ilmiy   tadqiqotlarga     yo’l   ochdi.   Bakteriyalarning   tuzilishi,   shaklini
tekshirish juda avj oldi. Bu davrni mikrobiologiyada morfologik davr deyiladi. Bu
davrda   ayrim   olimlar   (Linney,   Myuller,   Erenberg)   mikroblarning   gruppalarini
aniqlab   klassifikasiya   qilishga   kirishgan.   X1X   asrning   o’rtalarida   sanoatning
o’sishi,   optika   asboblarining,   jumladan   mikroskopning   ixtisoslanishi   va   tabiiy
fanlarning rivojlanishi mikroblarni tekshirishning yangi uslublvrini ishlab chiqdi.
          Lui Paster (1822-1895). Fransuz mikrobiologi va kimyogari, hozirgi zamon
mikrobiologiya va immunologiya fanining asoschisi. L.Paster mikrobiologiyaning
rivojlanishiga   juda   katta   hissa   qo’shgan   olimdir.   Paster   Parij   FA   (1867)   va
Fransiya   medisina   akademiyasining   (1873),   Fransiya   akademiyasining   (1881)
haqiqiy a’zosi. Peterburg fanlar akademiyasining (1893) faxriy a’zosi bo’lgan.           Paster oliy maktabni tugatgach  (1847) Strasburger universitetida (1849) Lil
universitetida   (1854),   Parij   universitetlarining   professori   bo’lib   ishladi.   Parij
mikrobiologiya ilmiy tekshirish institutini ochib 1-direktori bo’lib ishladi. L.Paster
mikrobiologiya   sohasida   muhim   kashfiyot   ochdi,   ya’ni   yangi   davr   fiziologik
davrga   asos   soldi.   Bu   vaqtga   kelib   mikroorganizmlar   bir   tomonlama
o’rganilmasdan   asosiy   e’tibor   ularning   fiziologik   funksiyasini   va   bizni   o’rab
turgan   tashqi   muhitdagi   hayot   fiziologiyasini   o’rganishga   qaratilgan   edi.   L.Paster
mikroorganizmlar faqat tashqi  ko’rinishi  bilan emas, balki  moddalar  almashinishi
xususiyati   bilan   ham   bir-biridan   farq   qilishini   birinchi   bo’lib   isbotlab   berdi.
Moddalar   almashinuvini   bir-biriga   solishtirib   o’rganish   esa   yer   yuzida   sodir
bo’ladigan   turli   xil   kimyoviy   jarayenlarda     mikroblarning   tutgan   axamiyatini
tushunishga   imkon   beradi.   Bu   katta   ilmiy   siljish   sanoatning   ayniqsa   qishloq
xo’jaligi   mahsulotlarini   qayta   ishlash   tarmog’ining   gurkirab   rivojlanishi   tufayli
sodir   bo’ldi.   Bu   vaqtga     kelib   vino   ishlab   chiqarish   pivo   pishirish   va   ipakchilik
sanoati   keng   rivojlangan   edi.   Biroq   bu   ishlab   chiqarishlar   texnologiyasi   asosida
biologik   faktorlarni   bilmaslik   ancha   qiyinchiliklarga   olib   kelar   edi.     1849   yilda
Fransiyada   butun   tut   ipak   qurti   kasallanib   qirila   boshlaydi   natijada   sanoat
komissiyasi   Pasterga   murojaat   qilib   bu   kasallikni   aniqlashini   so’raydi.   Bir   necha
yillar   mobaynida   kuzatish   va   tekshirish   ishlari   olib   borilib   uning   sababi   yuqumli
xususiyatga   ega   ekanligi   va   kapalagi   boshkacha   tuxum   quyishi   natijasida
profilaktika   ishi   olib   borishni   ko’rsatdi.   Pasterning   birinchi   ishlari   sanoat   bilan
bog’liq   bo’lgan   masalalarni   o’rganishga   bag’ishlangan   edi.   Paster
mikroorganizmlardan   (Saecharomyces   cerevisiac   va   boshqalar)   turli   organik
moddalarni   achita   olishini,   shuning   natijasida   spirt   hosil   bulishini   1857   yilda
birinchi   bo’lib   isbotlaydi.   Keyinchalik   Paster   achish   prosesslarini   atroflicha
o’rganib   achishda   spirtdan   tashqari   sirka,   moy   va   sut   kislotalari   hosil   bo’lishini
turli   mikroblar   ishtirokida   sodir   bulishini   aniqlaydi.   Bu   mikroblar   havodagi
kisloroddan   foydalanmasligini,   kislorodsiz   sharoitda   yashovchi   anaeroblar
borligini isbotlaydi. Pasterning bu ishlari xozirgi zamon mikrobiologiyasini yanada
rivojlantirish   uchun   mustahkam   baza   yaratgan   va   qator   yangiliklar   bergan biokimyoviy   ishlar   siklini   tashkil   etdi.   Bu   ishlar   asosida   keyinchalik
mikrobiologiyaning yangi sohasi sanoat yoki texnika mikrobiologiyasi rivojlandi..
         L.Pasterning eng muhim ishlaridan yana biri shuki u odam va hayvonlarning
bir qancha kasalliklarini o’rganish ustida keng tadqiqot ishlari olib bordi. U ayrim
faktorlarga   asoslanib   odam   va   hayvon   kasalliklari   ham   mikroorganizmlar
ishtirokida   bo’lishini   bir   qancha   mikroskopik   organizmlarni   topdi   va   medisina
mikrobiologiyasiga   asos   soldi   .  Paster   ko’ydirgi   kasalligi   ustida   qunt   bilan  ishlay
boshladi.   Asseptikaning   bir   qancha   qoidalariga   amal   qilgan   holda   u   stirillangan
bulyonga,   kuydirgi   kasalligidan   o’lgan   hayvon   qonidan   bir   tomchi   solgan,   bir
qancha vaqtdan keyin bulyon loyqalanib qolgan unda mikroblar borligini aniqlash
oson bo’lgan. Paster yuqorida aytilgan ishni ehtiyotlik yuli bilan loyqalanib qolgan
bulyondan   bir   tomchi   olib   qolgan   bulyonni   boshqa   bulyonli   idishga   soladi   bu
kolbada   ham   mikroblar   rivojlana   boshlaydi,   bu   ishni   40   marotaba   takrorlaydi   va
shu oxirgi kolbadagi suyuqlikni olib hayvon terisi ostiga yuborib kuzata boshlaydi
               Paster  xuddi  shunga  o’xshash  kuzatishni  tovuq vabosi  kasalligi  ustida olib
boradi.   U   bu   kasallikni   alohida   mikroblar   kuzgatishini   isbotlab   qolmay,   balki
laboratoriya   sharoitida   bu   mikrobni   ko’paytirish   usullarini   ham   aniqlaydi.   Paster
bu   ko’zg’atuvchini   tovuq   bulyonida   ham   ko’paytirib,   har   kuni   qayta   qayta
ko’paytirish   yuli   bilan   yuqish   quvvatini   aktiv   holatda   saqlab   qolgan.   Bu
mikrobning ozgina dozasi sog’lom tovuq terisiga yuborilganda u 1-2 kundan keyin
vabo   kasalligidan   o’lgan.   Bu   tadqiqotlar   davomida   u   bir   qancha   vaqtgacha   bu
qo’zg’atuvchidan   muntazzam   ravishda   foydalana   olmadi   va   shuning   uchun
ko’paytirgan mikrob termostatda   havo kirib turgan holatda uzoq qolib ketadi. Bu
qolib   ketgan   ish   qaytadan   davom   ettirilgan,   natijada   mikrob   o’zining   dastlabki
yuqumlilik   kuchini   yuqotgani   va   tovuq   kasallanmagani   ma’lum   bo’ldi.   Bunda
qiziq hodisa yuz berib tovuq o’lmasdan bir oz kasallanib so’ngra tuzalib ketganligi
aniqlanib shu yul bilan topilgan oldini olish usuli hozir medisinada emlash degan
nom   bilan   qullaniladi.   So’ngra   Paster   odam   va   hayvonlarning   eng   xavfli
kasalliklaridan   qutirishni   o’rganishga   kirishdi.   U   quturish   zaxari   markaziy   nerv
sistemasida   tuplanishini   aniqlaydi.   Kasallangan   hayvon   miyasini   bulaklari   23-25 gradusda   quritilsa   uning   dastlabki   yuqumliligi   susayadi.   Ana   shudan   hayvon
organizmiga yuborilsa hayvon o’lmaydi, natijada u kasallikka chiday olib emlash
mumkin.   Paster   qutirish   kasalligini   inkubasion   davrini   aniqlab,   susaytirilgan
yuborib uni oldini olish va bu kasallikning dahshatli qo’zg’atuvchisiga qarshi inson
uning   o’zi   bilan   kurashadigan   bo’ldi.   Pasterning   institutida   bir   qancha   chet   el
olimlari : nemis va Rossiya olimlari katta ish olib bordilar.
  Mikrobiologiya   fani   rivojlanishining   birinchi   bosqichlaridanok   olimlar
kashfiyotlarini   mikroorganizmlarni   kasalliklarga   qarshi   kurashda   qullay
boshladilar. Rus vrachi D.Samoylovich olimlar o’rtasida birinchi bo’lib Rossiyada
uchrab  turadigan    toun  (chuma)   epidemiyasining   quzg’atuvchisi   juda   mayda   tirik
jonivorlar   to’g’risida   fikr   aytgan   va   murdalarning   organlaridan   shu   kasallik
mikroblarini   mikroskop   yordami   bilan   topishga   uringan.   U   toun   kasalligini
«allakanday   maxsus   va   butunlay   alohida   jonivor»   vujudga   keltiradi,   deb   qattik
ishongan.   Uning   boy   tajribasiga   asoslanib,   u   tounning   oldini   olish   uchun
organizmga   uning   kuchsizlantirilgan   ko’zg’atuvchisini   yuborish   fikriga   keladi.
Buning   uchun   1770   yilda   Samoylovich   sog’ayib   oyoqqa   turgan   kasal   odamdan
zaxarli materialni olib, o’zining organizmiga yuborgan. Ana shu xizmatlari uchun
G’arbiy Yevropadagi akademiyalarning faxriy a’zosi etib saylangan.
              Yuqumli   kasalliklarning   paydo   bo’lish   sabablari   tug’risidagi   uning   fikri
kasallikdagi  nazariy va amaliy masalalarning rivojlanishida katta ahamiyatga ega.
Shunga   asoslanib   yuqumli   kasalliklarga   qarshi   kurashda   E.Jenner   (1776   y)   sigir
vaksinasini     shunday   yul   bilan   emlash   ustida   muvaffaqiyatli   tajriba   o’tkazdi.
Shundan keyin odamzod bu kasallikdan qutulish imkoniyatiga ega bo’ldi.
               R.Kox (1843-1910),   mikroblarni tekshirish usulini   rivojlantirdi. Dastlabki
vaqtlarda   mikroblarni     bo’yamasdan   o’z   holicha   mikroskopda   tekshirdi..   Bu   usul
mikroblarning tuzilishini to’liq aniqlash imkoniyatini bermas edi. Kox mikroblarni
anilin   buyoqlari   bilan   bo’yab   tekshirish   usulini   ishlab   chiqib   mikroorganizmlarni
to’liqroq   aniqlash   usulini   topdi.   Shu   bilan   birga   Kox   mikroblarni   alohida-alohida
ajratib   o’stirish   usulini   ham   osonlashtirib,   mikrobning   toza   kulturasini   ajratib
olishni  muvaffaqiyatli  hal  etdi. Koxdan  avval  mikroblarni  faqat  suyuq ovqatlarda ko’paytirgan   edi,  bu   usul   esa   bir   mikrobning   toza   kulturasini   ajratib  olishda   juda
ko’p qiyinchilik tug’dirar edi. Kox mikroblarni quyuq ovqatda ko’paytirish usulini
qulladi, natijada har qanday mikrobdan ham toza kultura olish ancha yengillashdi.
Kox   mikrobiologiyaga   mikrofotografiyani   ham   kiritdi.   U   bir   qancha   kasalliklarni
tekshirish   natijasida   o’sha   kasalliklarni   qo’zg’atuvchi   mikrobni   topdi.   Kox   sil
kasalligini   atroflicha   tekshirib   1882   yilda   uning   mikrobini   topdi   va   1890   yilda
tuberkulyozni qo’zg’atuvchi mikrobning ekstrakta tuberkulinni topishga muvaffak
bo’ldi. Bu preparat hozirda ham diagnostik ahamiyatga ega bo’lib kelmoqda.
        Misrda 1883 yilda vabo (xolera) epidemiyasi boshlangan paytda Kox u yerga
borib   kuzatish   olib   borib   u   kasallikni   ko’zg’atuvchi   mikrobni   topdi.   Mikrobning
shakli vergulga o’xshash bo’lganligi uchun unga «vabo» vibrioni deb nom bergan.
So’ngra Kox  vabo  kasalligining  ko’proq uchrab  turadigan  joyi  Hindistonga  borib
bu   kasallikning   tarqalish   yullarini   tekshirdi.   Kasallik   suv   orqali   tarqalishini   va
sog’lom odamga kasal odamdan yaqin aloqa natijasida yuqishini aniqladi. 
        Mikrobiologiyaning taraqqiyotida Koxning xizmati kattadir, shuning uchun u
ham mikrobiologiyaga asos soluvchilardan biri hisoblanadi.    
                  1917   yilda   fransuz   olimi   Do   Errel     mezis   qiluvchi   bu   bakteriofaglar   uy
ataluvchi «bakteriyalar yutuvchilar» tomonidan amalga oshishini aniqladi.
       Mikrobiologiyaning taraqqiyotida rus va boshqa olimlarning xizmati.
       Mikrobiologiya taraqqiyotida rus va boshqa olimlarning xizmati juda kattadir.
Bir   qancha   rus   olimlari   mikrobiologiyaning   muhim   tarmoqlarini,   masalan,
immunitet, viruslar, tuproq mikroflorasi haqidagi asosiy masalalarni birinchi bo’lib
hal qilishga erishdilar.
                18   asrning   2-yarmida   mashxur   rus   tadqiqotchisi   Martin   Matveyevich
Terexovskiy   mikroorganizmlarni   o’rganish   ishiga   prinsipial   yangilik   kiritdi.   U
asosan   tekshirishning   eksperimental   metodini   birinchi   marta   qulladi   va   shu   bilan
birga   faqat   mikrobiologiyaning   keyingi   rivojlanishi   uchun   emas,   balki   uning
amalda qullanilishi uchun ham asos soldi.                Mikroskopda   tekshirilayotgan   tanachalar   tirik   ekanligini   isbotlash   uchun
Terexovskiy   tajribalar   qilib,   ularga   turli   kuchlanishli   elektr   toki,   tumperatura   va
ximiyaviy zaharlar ta’sir ettirib ko’rdi.
             Rus mikrobiolog olimlaridan dastlabki kishilardan biri bu L.S.Sinkovskiydir
(1822-1887).   Buning   qilgan   va   o’rgangan   obyekti   sodda   hayvonlar,   suv
o’simliklari   va   zamburug’laridir.   Sinkovskiy   asosan   mikroskopik   tuzilishidagi
sodda hayvonlarning tuzilishi va hayot kechirish siklini atroflicha o’rgangan va shu
xulosaga keldiki, o’simliklar dunyosi bilan hayvonlar o’rtasida keskin chegara yuq
deydi.   Sinkovskiy   medisina   mikrobiologiyasi   bilan   ham   qiziqib   u   Rossiyada
birinchi marta quturishga qarshi Paster stansiyasi tashkil etdi.
                  2.   Immunitetning   fagositoz   nazariyasining   asoschisi   mashhur   rus   olimi
I.I.Mechnikovdir (1845-1916).
               I.I.Mechnikov kasallikni qo’zg’atgan mikrobni organizmdagi leykositlar o’z
protoplazmasi   bilan   o’rab   olib,   so’ngra   mikrobni   oshirib,   parchalab   yuborish
hodisasini   fan   sohasida   birinchi   bo’lib   isbotladi   va   bu   hodisani   «fagositoz»   deb
atadi.   Keyinroq   fagositoz   qilish   xususiyati   birgina   leykositlarda   emas,   umuman
retikul-endotelial   (endotelial,   qon   tomir,   epiteliy   to’qima)   sistemasidagi
hujayralarda   ham   borligi   aniqlandi   va   shuning   uchun   fagositoz   nazariyasini
sellyulyar – xujayra nazariyasi ham deyiladigan bo’ldi.
         Mechnikov leykositlarning fagositoz qilish xususiyatlarini evolyusion nuqtai
nazardan   tekshirib,   bu   hodisani   nazariy   jihatdan   to’g’ri   tushuntirdi.   Mechnikov
Darvinning   ta’limoti   va   Kongeymning   yallig’lanish   haqidagi   nazariyasini   chuqur
o’rganib,   yallig’langan   joyning   atrofida   leykositlar   kapillyarlardan   chetga
chiqishini   qiziqish   bilan   tekshira   boshladi.   Mechnikov   bir   xujayrali   sodda
organizmlar ovqatli moddani protoplazmasi bilan o’rab olib, so’ngra uni ham hazm
qilishini, ya’ni fagositoz qilinishini isbotlab va bu xususiyat yuqori taraqqiy etgan
hayvonlarning   mezodermal   xo’jayralaridan   saqlanib   qolishini   aniqladi.   Bunday
xo’jayralar   mikroblarni   ham   fagositoz   yuli   bilan   oshirib,   organizmni   mikrobdan
muhofaza qilishini isbotladi.                 Immunitetning   yuzaga   chiqishini   avvallar   faqat   gumoral   nazariya   bilan
tushuntirilgan bo’lsa, endilikda fagositar nazariyasi ham vujudga keldi. Mechnikov
immunitet   masalasida   fagositar   nazariyani   vujudga   keltirish   bilan   birga
mikrobiologiyaning boshqa sohalarida ham ancha ishlab mikroblar orasida o’zaro
qarama-qarshilik borligini aniqladi va undan foydalanish imkoniyatlarini belgiladi.
        1909 yilda Mechnikovni ana shu fagositoz nazariyasini yuqori baholab Nobel
mukofoti   bilan   taqdirlangan.   Rossiyada   birinchi   marta   bakteriologik   stansiya
tashkil   etdi.   Uning   rahbarligida   yirik   mikrobiologlar:   G.N.Gabrichevskiy,
A.M.Bezrodka, I.G.Savcheno, L.A.Tarasevich, N.F.Gamaleya, D.K.Zabolotniy va
boshqalar yetishib chiqdi.
                3.   Vinogradskiy   (1865-1955)   –   tuproqda   yashovchi   mikroorganizmlarni
atroflicha tekshirib nitrofikasiya qiluvchi mikroblarni topdi, tuproq mikroflorasini
tekshirish   metodlarini   rivojlantirib   tuproq   mikrobiologiyasiga   asos   soldi.
Vinogradskiy oltingugurt bakteriyalari, temir bakteriyalari ustida ish olib bordi va
katta   ilmiy   natijaga   erishdi.   Vinogradskiy   nitrifikasiyalovchi   bakteriyalarning   sof
kulturasini   olishga   va   ular   organik   moddalar   bo’lmagan   muhitda   rivojlana   olishi
mumkinligini, hamda karbonat kislotani uglerodi hisobiga   o’z tanasining tarkibiy
qismini   sintez   qila   olishini   isbotladi.   Karbonat   kislota   va   suvdan   organik   modda
sintezlanishining   bu   o’ziga   xos   jarayeni   xemosntez   deb   ataladi.   Bu
mikroorganizmlar   fiziologiyasida   qilingan   eng   yirik   kashfiyotlardan   biri
hisoblanadi.   U   o’z   ishlarida   tuproqda   erkin   holda   yashovchi   azot   tuplovchi
bakteriyalar borligini ko’rsatdi.
             1894 yilda bu gruppadagi bakteriyalardan 1 g qand bijgishi uchun 2.5-3 mg
atmosfera   azotini   o’zlashtiruvchi   anaerob   fiksator   Clostridium   pasteurianum   ni
topdi.
       D.I..Ivanovskiy (1864-1920) – botanik bo’lib, o’simlik kasalliklarini tekshirish
yuzasidan ish olib borgan. Ivanovskiy tamokida uchraydigan «mozayka» kasalligi
ustida  ishlab,   tamokining  zararlangan   bargidan  ezib   olingan   suvni  chinni  filtrdan
o’tkazadi.   Ivanovskiy   mikroskopda   ko’rinadigan   mikroorganizmdan   holi   bo’lgan
bu   suv   o’zining   yuqumlilik   xususiyatini   saqlab   qolishini   tajribada   ko’rsatdi. Natijada   Ivanovskiy   chinni   filtrdan   ham   o’ta   oladigan   haddan   tashqari   mayda
mikroorganizmlar – filtrdan o’tuvchi viruslar borligini isbotladi (1892).
       Keyinchalik filtrdan o’tuvchi orasida ko’pgina kasalliklarning qo’zqatuvchilari
,   masalan,   chechak,   suvchechak,   gripp,   ensefalit   qutirish   va   boshqalar   borligi
aniqlandi. Viruslar hamma bakteriyalar va boshqa mikroorganizmlardan katta farq
qilgani tufayli ularni tekshirish, ko’paytirish usullari ham tamomila boshqachadir.
Shu   sababdan   mikrobiologiya   sohasida   filtrdan   o’tuvchi   viruslarni   tekshiradigan
yangi bo’lim «virusologiya» vujudga keldi.
            S.P.Kostichev   (1845-1895)   –   ko’pgina   tuproq   zamburug’larini   batafsil
o’rgandi.   Bu   zamburug’larga   ular   chirindi   moddalar   hosil   bo’lishda   ishtirok   etsa
kerak   deb   qaralar   edi.   U   o’zining   dastlabki   tekshirishlarida   turli   tuproklarda
o’simlik qoldiklari bir xil tezlikda chirimaydi va ularning xar xil qismlari turlicha
tezlikda   parchalanadi   degan   xulosaga   keldi.   Kostichev   tuprokda   koramtir
mahsulotlarning   hosil   bo’lishida   tuproq   zamburug’lari   faol   qatnashadi   degan
xulosaga   keldi,   bu   ish   rus   olimlarining   chirindi   hosil   bo’lish   mikrobiologiyasiga
bag’ishlangan dastlabki ishidan biridir.
      V.L.Omelyanskiy – tuproqda anaerob sharoitda sellyulozani parchalovchi juda
ko’p   mikroflora   borligini   isbotlashga   muvaffiq  bo’ldi.   Sellyulozani   bijg’ituvchi   2
ta qo’zg’atuvchini ajratib olib bu prosess davomida hosil bo’ladigan mahsulotlarni
tekshirdi. U 1909 yilda birinchi marta chop ettirgan «Osnov ы  mikrobiologii» jahon
adabiyotida mikrobiologiya sohasida eng muhim kitoblardan biri hisoblanadi. 
              Rus   mikrobiologlari   hakida   so’zlaganda   P.V.Siklinskayani   (1859-1923)
ko’rsatib   o’tish   lozim.   V.P.   Siklinskaya   mikrobiologiya   sohasida   ayollardan
chiqqan   birinchi   rus   professoridir.   U   ichak   yullarining   mikroflorasini   tekshirib,
uning   tarkibini   aniqlagan.   Bundan   tashqari   termofil   bakteriyalar   borligini   va
ularning xususiyatlarini ham isbotlagan.
              Chirindi   moddalar   va   tuproq   strukturasi   hosil   bo’lishida   tuproq
mikroorganizmlarining   axamiyatini   tushuntirishda   M.V.Tyurin,   M.I.Kononova   va
boshqalar,   mikroorganizmlar   ekologiyasini   o’rganish   sohasida   B.L.Isachenko,
Ye.N.Mishustin,   N.M.Lazarevlar,   tuproqdagi   va   rizosferadagi   turli   xil bakteriyalarning   aktivligini   aniqlashda   N.N.Xudyakov,   N.G.Xolodniy,
V.S.Butkevich, N.A.Krasilnikov va boshqa olimlarning ishlari muhim ahamiyatga
ega   bo’ldi.   Bundan   tashqari   yirik   mikrobiolog   olimlardan   biri
V.N.Shaposhnikovdir.   Bu   asosan   umumiy   va   texnika   mikrobiologiyasi   sohasida
ko’pgina   ish   qilgan.   Shaposhnikov   bijg’ishning   «fazasini   asoslab   bergan.   Moy
kislotali,   sut   kislotali,   sirka   bijg’ishni   har   tomonlama   chuqur   o’rganib   oziq-
ovqatning yuqori ishlab chikarish texnologiyasiga asos soldi.
         Mikrobiologiya fanini rivojlantirishda nazariy bilimlarni berishda oliy o’kuv
yurtlarida mikrobiologiya kursini uqib kelgan olimlar ham mashxurdir.
         Petrovskiy kishlok xo’jalik akad. (Temiryazov akad.) mikrobiologiya kursini
kiritib   (1894)   unga   N.N.Xudyakov   leksiya   o’kigan,   1926   yilda   «Kishlok   xo’jalik
mikrobiologiyasi» kitobining birinchi avtoridir. Peterburg universitetida 1906 yilda
birinchi bo’lib umumiy mikrobiologiya kursinii B.L.Isachenko, 1907 yilda Moskva
universitetida A.L.Artarilar uqib mikrobiologiya soqasida bebaxo xizmat qilganlar.
              Bundan   tashkari   FA   qoshida   mikrobiologiya   institutlari   tashkil   qilinib   bu
institutlarda   ham   o’lkan   ishlar   amalga   oshirildi.   Toshkentda   mikrobiologiya
instituti akademik A.G.Xolmurodovning ishlari ham kattadir.
Mikroblarning turli sohadagi ahamiyatini o’rganish natijasida mikrobiologiya fani
qiska   muddat   ichida   juda   rivojlandi,   hozirgi   vaqtda  esa   uning  quyidagi   bir   necha
tarmoqlari vujudga keldi:
Umumiy mikrobiologiya
Veterinariya mikrobiologiyasi
Kishlok xujalik mikrobiologiyasi
Sanoat mikrobiologiyasi
Medisina mikrobiologiyasi
Tuprok mikrobiologiyasi
Suv mikrobiologiyasi
Kosmos mikrobiologiyasi
Texnika mikrobiologiyasi         Mikrobiologiyaning bu tarmoqlari mustaqil deb hisoblansa, biroq ular bir-biri 
bilan bog’lik holda rivojlanadi.O’rganish obyektiga qarab mikrobiologiya quyidagi
bo’limlarga ajratiladi:
Bakteriologiya
Virusologiya
Mikologiya
Parazitologiya
Tuprok mikrobiologiyasi
Sanoat mikrobiologiya
Geologiya mikrobiologiyasi (tabiatda elementlarning aylanishi, tog’ 
jinslarining yemirilishi, relyeflarning hosil bo’lishi).
Sanitariya – bu sanitariya mikrobiologiyasi mamalakatda eng yuqori bo’lib 
maxsus davlat organi – Sanitarnaya inspeksiya mavjud. ADABIYOTLAR
1.   M.Inog‘omova,   A.h.Vahobov.   Mikrobiologiya   va   virusologiya   asoslari.
Toshkent, “Universitet”, 2010, 203. 
2.  Mishustin E.N., Ems e v V.G. Mikrobiologiya. M. Kolos, 1987.
3.   Ag ol   V.I.,   Atabekov   I.G. ,   Tixonenko   T.I. ,   Kr o‘ lov   V.N.   Molekulyarnaya
biologiya virusov. M. Nauka, 1971.
Qo‘shimcha
4.     Bo y ko   A.L.   Ekologiya   virusov   rasteniy.   Uchebnoe   posobie   dlya   vuzov.
Kiev,1990.
5.Nizametdinova   YA.F.,     Mansurova   M.L.,       Muzaffarova     I.A.,
Kondratьeva   K.V.. Vahobov A.h. Mikrobiologiyadan amaliy mashg‘ulotlar.
Metodik qo‘llanma. Toshkent, ToshDU, 1992
8.  Gibbs A., Xarrison B. Osnov o‘  virusologii rasteniy. M.: Mir. 1978.
9.     Vahobov   A,h.   O‘simlik   viruslarini   aniqlashda   immunologiya   usullarini
qo‘llash (Uslubiy ko‘rsatma) ToshDU ,1991.

MIKROBIOLOGIYA FANINING PAYDO BO’LISHI VA RIVOJLANISHI REJA: 1. Mikrobiologiyaning qisqacha rivojlanish tarixi. 2. A.Levenguk tomonidan mikrobiologiyaning ochilishi. 3. Mikrobiologiyaning fiziologik davrining ochilishida L.Pasterning xizmatlari 4. Mikrobiologiyaning rivojlanishida G.Kox, M.Beyerink, S.N.Vinogradskiy, Terexovskiy,.I.Mechnikovlarning xizmatlari 5.O’zbekistonda mikrobiologiyaning yutuqlari. A.G.Xolmurodov, M.E.Mavloniy xizmati. 6. Hozirgi zamon mikrobiologiya fani yutuqlari.

Tabiatda inson, hayvonlar va o’simliklardan tashqari bir qancha tirik organizmlar ham bor. Tuzilishlari jihatidan juda kichik bo’lganligidan ularni oddiy kuz bilan ko’rib bo’lmaydi. Ularni biz faqat mikroskoplar yordamida ko’ra olamiz. Shuning uchun ham bunday kichik organizmlarni mikroblar yoki mikroorganizmlar deb yuritiladi. Demak, mikrobioloiya ana shu mayda, ya’ni mikroorganizmlar shaklini, tuzilishini va hayotini xar tomonlama tekshiruvchi fandir. Mikrobiologiya grekcha suz bo’lib, «mikros» – mayda, «bios» – hayot, «logos» – fan degan ma’noni bildiradi. Mikrobiologiya fani mikroorganizmlarning tuzilishini va biologik xususiyatlarini, tabiatda yuz beradigan turli jarayenlarni axamiyatini, inson hayoti uchun ularning foydasini, mikroorganizmlarning murakkabroq organizmlar bilan bo’lgan munosabatini va mikroblarning zararli ta’sirotlarini yuqotish usullarini o’rgatadi. Mikrobiologiya – bakteriyalar, ( nursimon ) achitqilar, mog’or zamburug’lari, sodda hayvonlar, viruslar va rikketsiyalar kabi mikroorganizmlarni o’rganadi. Morfologiyasini Sistematikasini Fiziologiyasini Ekologiyasini Biokimyosini Genetikasini 2. Mikrobiologiya fanining xalq xo’jaligida va kishilar hayotidagi ahamiyati. Tuproqda va tabiatda boradigan biokimyoviy o’zgarishlarning ko’p qismi ana shu mikroorganizmlar ishtirokida boradi. Mikroorganizmlar tabiiy tuproq hosil qilish, yerni ishlash va o’g’it solish bilan bog’liq bo’lgan jarayenlarda va organik o’g’itlar tayyorlash, ularni saqlash va ishlash uchun juda katta ahamiyatga ega. Yerga solingan organik o’g’itlar yoki o’simlik va hayvon qoldiqlari shu mikroblar tufayli parchalanib minerallashtiriladi va o’simliklar tomonidan uzlashtiriladi. Bundan tashqari ko’pchilik mikroorganizmlar o’simliklarning ildiz sistemasi bilan bog’lik bo’lib ularga katta yordam, ya’ni foyda keltiradi. (Mikoriza,

rizosfera, ya’ni simbioz yashaydi). Ayrimlari esa, fitopotogen bakteriyalar va zamburug’lar ildiz xo’jayralarini buzadi, o’simlikni normal rivojlanishiga to’sqinlik qiladi. Mikroorganizmlar ildiz chirishi, gammoz, sarg’ayish va boshka kasalliklarga sababchi buladi. Bundan tashqari mikrobiologiya fani xalq hujaligida xam katta ahamiyatga egadir. Sanoatning yirik tarmoqlarida, ya’ni non pishirish, qatiq va yog’lar tayyorlash, pivo va vino tayyorlashda muhim rol uynaydi. Sanoatda aseton, butil va boshza spirt, turli tuman kislotalar olinadi . Mikroorganizmlar yoki mikrobiologiya fani medisinada ham katta ahamiyatga egadir. Buning ahamiyatini L.Paster va qator olimlarning ishida ko’rish mumkin. Bular avvalo ana shu kasalliklarning kelib chiqishi (yukishi) va oldini olish bilan kurashganlar va medisina mikrobiologiyasida muhim kashfiyotlar qilganlar. (Ibn Sino, Beruniy, Kox, Paster, E.Jenner,). Kuzga ko’rinmas mikroblar butun xalqlarni boshiga og’ir ofatlarni keltirib chiqargan. V.L. Omelyanskiy o’zining 1909 yilda yozgan «Mikrobiologiya asoslari» kitobida shunday yozadi: «Mana shu mikroskopik, lekin shafqatsiz dushman ta’sirida butun oblastlar qirilib, yuzminglab kishilarning yostig’ini quritdi. Shuning uchun ham bularga qarshi kurash va ularning kelib chiqish o’chog’i aniqlanib mikrobiologiyada yangi davr ochildi». Eng muhimi antibiotiklar – penisillin, streptomisin, biomisin va boshqalarni ishlab chiqarish va boshka mikroblardan foydalanishga asoslangan. Mikrobiologiya alohida fan bo’lishi bilan birga biologiyaning boshqa qator fanlari bilan chambarchas bog’liqdir. Mikrobiologiya va zoologiya fanlarining sodda hayvonlar va hayotini o’rganish bilan bog’liq. Fermentlarni, antibiotiklarni va vitaminlarni o’rganishda biokimyo bilan bog’lik. Gigiyena, fiziologiya, xirurgiya, veterinariya, anatomiya fanlari bilan bog’liq. Yuqorida aytib o’tganimizdek mikrobiologiya fani yutuqlaridan kishilar qadim zamonlardan boshlab foydalanib kelganlar. M: Non pishirish, sut achitish, vino tayyorlash, siloslash ishini muvaffaqiyatli amalga oshirganlar.

Fanning dastlabki bosqichida vrachlar va tabiatshunos olimlar yuqumli kasalliklarning kelib chiqish sabablarini bilishga kirishganlar. Bunday ishlarni – Gippokrat (460-377), Pliniy (23-15), Galen (131-211) va boshqalar tirik tabiatni kishilarga turli xil kasallik tarqatishini bilganlar. Mashhur Abu Ali ibn Sino (980-1037) yuqumli kasalliklarning suv va havo orqali tarqalishi tug’risida bundan ming yilcha oldin, Yevropa olimlari parazit bakteriyalarni o’rganmasdan ilgari aytib bergan edi. Umuman mikrobiologiya – fan sifatida qachonki birinchi marotaba mikroblarni kattalashtirib qurilgan va ularni tekshirgan kishi gollondiyalik tabiatshunos A.Levengukdir (1632-1723). Levenguk o’zi yasagan asbobi, ya’ni 160-200 marta katta qilib ko’rsatadigan asbobi bilan turli xil narsalarni – ot gungi, tish kiri, odam najasi va boshqalardan preparat tayyorlab tekshirib ko’radi. Ular juda mayda va harakat qilishini ko’radi. Levenguk bunday mayda tirik organizmlarni birinchi bo’lib ko’rgan edi. U kishi ko’rgan mayda organizmlarga «tirik hayvonchalar» Animalcula viva deb nom bergan. Levenguk uchragan hamma narsalarni ko’rib uning rasmlarini chizib formasini turli xilligini aniqlaydi. Bu xaqda 1673 yili Londondagi qirollik jamiyatiga xabar beradi. Keyinroq (1695) ilmiy jamiyat Levangukning kashfiyotini Levanguk topgan «tabiat sirlari» degan kitob qilib chiqaradi. Levenguk kashfiyoti juda ko’p ilmiy tadqiqotlarga yo’l ochdi. Bakteriyalarning tuzilishi, shaklini tekshirish juda avj oldi. Bu davrni mikrobiologiyada morfologik davr deyiladi. Bu davrda ayrim olimlar (Linney, Myuller, Erenberg) mikroblarning gruppalarini aniqlab klassifikasiya qilishga kirishgan. X1X asrning o’rtalarida sanoatning o’sishi, optika asboblarining, jumladan mikroskopning ixtisoslanishi va tabiiy fanlarning rivojlanishi mikroblarni tekshirishning yangi uslublvrini ishlab chiqdi. Lui Paster (1822-1895). Fransuz mikrobiologi va kimyogari, hozirgi zamon mikrobiologiya va immunologiya fanining asoschisi. L.Paster mikrobiologiyaning rivojlanishiga juda katta hissa qo’shgan olimdir. Paster Parij FA (1867) va Fransiya medisina akademiyasining (1873), Fransiya akademiyasining (1881) haqiqiy a’zosi. Peterburg fanlar akademiyasining (1893) faxriy a’zosi bo’lgan.

Paster oliy maktabni tugatgach (1847) Strasburger universitetida (1849) Lil universitetida (1854), Parij universitetlarining professori bo’lib ishladi. Parij mikrobiologiya ilmiy tekshirish institutini ochib 1-direktori bo’lib ishladi. L.Paster mikrobiologiya sohasida muhim kashfiyot ochdi, ya’ni yangi davr fiziologik davrga asos soldi. Bu vaqtga kelib mikroorganizmlar bir tomonlama o’rganilmasdan asosiy e’tibor ularning fiziologik funksiyasini va bizni o’rab turgan tashqi muhitdagi hayot fiziologiyasini o’rganishga qaratilgan edi. L.Paster mikroorganizmlar faqat tashqi ko’rinishi bilan emas, balki moddalar almashinishi xususiyati bilan ham bir-biridan farq qilishini birinchi bo’lib isbotlab berdi. Moddalar almashinuvini bir-biriga solishtirib o’rganish esa yer yuzida sodir bo’ladigan turli xil kimyoviy jarayenlarda mikroblarning tutgan axamiyatini tushunishga imkon beradi. Bu katta ilmiy siljish sanoatning ayniqsa qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlash tarmog’ining gurkirab rivojlanishi tufayli sodir bo’ldi. Bu vaqtga kelib vino ishlab chiqarish pivo pishirish va ipakchilik sanoati keng rivojlangan edi. Biroq bu ishlab chiqarishlar texnologiyasi asosida biologik faktorlarni bilmaslik ancha qiyinchiliklarga olib kelar edi. 1849 yilda Fransiyada butun tut ipak qurti kasallanib qirila boshlaydi natijada sanoat komissiyasi Pasterga murojaat qilib bu kasallikni aniqlashini so’raydi. Bir necha yillar mobaynida kuzatish va tekshirish ishlari olib borilib uning sababi yuqumli xususiyatga ega ekanligi va kapalagi boshkacha tuxum quyishi natijasida profilaktika ishi olib borishni ko’rsatdi. Pasterning birinchi ishlari sanoat bilan bog’liq bo’lgan masalalarni o’rganishga bag’ishlangan edi. Paster mikroorganizmlardan (Saecharomyces cerevisiac va boshqalar) turli organik moddalarni achita olishini, shuning natijasida spirt hosil bulishini 1857 yilda birinchi bo’lib isbotlaydi. Keyinchalik Paster achish prosesslarini atroflicha o’rganib achishda spirtdan tashqari sirka, moy va sut kislotalari hosil bo’lishini turli mikroblar ishtirokida sodir bulishini aniqlaydi. Bu mikroblar havodagi kisloroddan foydalanmasligini, kislorodsiz sharoitda yashovchi anaeroblar borligini isbotlaydi. Pasterning bu ishlari xozirgi zamon mikrobiologiyasini yanada rivojlantirish uchun mustahkam baza yaratgan va qator yangiliklar bergan