logo

Milliy g’oya va mafkura fanining paydo bo’lish sabablari, uning obyekti va predmeti.

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

22.6298828125 KB
Milliy g’oya va mafkura fanining paydo bo’lish sabablari, uning obyekti va
predmeti.
Reja:
  1.Milliy g’oya va mafkura fanining paydo bo’lish sabablari.
  2.Milliy g’oya va mafkura fanining obyekti va predmeti.
       3. Milliy g’oya va mafkura fanining qonun va kategoriyalari.
       4. Milliy g’oya va mafkura fanining maqsadi, vazifa va funksiyalari. 1.   Milliy   g’oya   va   mafkura   fanining   paydo   bo’lish   sabablari,   uning
obyekti va predmeti.
1.1.  Milliy  g’oya  va  mafkura  fanining  paydo  bo’lish   sabablari.  Fan  –  tabiat,
jamiyat   va   inson   tafakkuri   to’g’risidagi   tushunchalarda,   kategoriyalarda,
qonunlarda   aks   ettirilgan,   haqqoniyligi   amaliyotda   tasdiqlangan   bilimlar
tizimidir.   Har   bir   fanning   vujudga   kelish,   shakllanish   va   rivojlanish   sabablari
mavjuddir.   Ularni   obyektiv   va   subyektiv,   ichki   va   tashqi   sabablarga   ajratish
mumkin.
    Milliy g’oya va mafkura fanining vujudga kelishidagi obyektiv sabablar:
•   Yetmish   yildan   ortiqroq   tarixiy   davr   mobaynida   hukmronlik   qilgan   SSSR
davlatining   unda   yashayotgan   elat,   millat   va   xalqlarning   ehtiyoj   va
manfaatlariga   javob   berolmasdan   inqirozga   uchrashi   oqibatida   parchalanib
ketishi; 
• Parchalangan «qizil imperiya» o’rnida o’n beshta mustaqil davlatning paydo
bo’lishi va ularning o’ziga xos taraqqiyot yo’lini tanlashlari; 
•   Mustaqil   O’zbekiston   davlatining   paydo   bo’lishi   va   uning     Birlashgan
Millatlar   Tashkiloti   (BMT)   va   unga   a’zo   bo’lgan   davlatlar   tomonidan   xalqaro
hamjamiyatning mustaqil subyekti sifatida tan olinishi; 
•   Sobiq   SSSRdan   qolgan   yakka   mulk   hukmronligiga   asoslangan   ijtimoiy-
iqtisodiy munosabatlar  o’rniga, teng huquqli  xilma xil mulkchilikka asoslangan
bozor iqtisodiyoti munosabatlarining o’rnatilishi va boshqalar.
                  Milliy   g’oya   va   mafkura   fanining   vujudga   kelishidagi   subyektiv
sabablar: 
•   Sobiq   SSSR   davrida   yakka   hukmron   bo’lgan   kommunistik   mafkuraning
barcha   xalqlarning   hayotiga   zo’rlab   singdirilganligi   tufayli   tezlikda   inqirozga
uchrashi jarayonining keskinlashuvi;
•   Azaldan   o’zbek   xalqining   turmush   va   tafakkur   tarziga   yetti   yot   bo’lgan
kommunistik   mafkuraning   mavjud   hayot   sinovlariga   bardosh   berolmasdan
tanazzulga   yuz   tutishi,   shu   tariqa   uning   yakka   hukmronlik   mavqyeidan
chetlatilib  xalqimiz hayotidan surib chiqarilishi; •   Jamiyatni   boshqarishda   rahnomalikni   qo’lga   olib   o’zining   diktaturasini
o’rnatgan kommunistik partiya faoliyatining to’xtatilishi va tarqatib yuborilishi;
•   Kommunistik   partiyaga   xizmat   qiluvchi   barcha   tashkilot   va   muassassalar
(oktyabryat,   pioner,   komsomol   va   boshqalar)   faoliyatining   to’xtatilishi   va
tugatilishi; 
• Kommunistik mafkurani keng xalq ommasiga targ’ibot va tashviqot qiluvchi
ommaviy axborot vositalarining faoliyatiga chek qo’yilishi va boshqalar.
  Milliy g’oya va mafkura fanining vujudga kelishidagi ichki sabablar:
  •   Yakka   hukmron   bo’lgan   kommunistik   mafkuraning   inqirozga   uchrashi
tufayli   o’zbek   xalqining   ma’naviy   hayotida   g’oyaviy   bo’shliq   paydo   bo’la
boshlashi;
•     Vujudga   kelayotgan   g’oyaviy   bo’shliqni   yangi   milliy   g’oya   va   mafkura
bilan   to’lg’izmasa,   uning   o’rnini   boshqa   har   hil   yomon   maqsadlarni   ko’zlagan
g’oya   va   mafkuralar   egallashi,   buning   natijasida   xalqimizning   hayotiga
ma’naviy tahdid solish xavfining kuchayishining oldini olish; 
• Mustaqil  O’zbekistonni  o’zining vatani deb bilgan barcha elat, millat, xalq
vakillarini  har xil mafkuraviy buzg’unchiliklardan asrab, ularnining tinch-totuv
yashashlarini   kafolatlaydigan   jamiyatni   barpo   etishga   xizmat   qiluvchi
bunyodkor   g’oya   va   mafkuralar   bayrog’i   ostida   birlashtirish   ishlarini   amalga
oshirish; 
•   O’zbekiston   xalqining     ehtiyoj   va   manfaatlaridan   kelib   chiqqan   holda,
ularning   erkin   va   farovon   hayot   kechirishini   ta’minlaydigan   jamiyatni   barpo
etish sari boshlab boruvchi yangi milliy g’oya va mafkuralar tizimini yaratish; 
•   Yaratiladigan   milliy   g’oya   va   mafkuralarning   milliy   xususitlarini
umuminsoniy   qadriyatlar   bilan   uyg’unlashtirgan   holda   olib   borish   ishlarini
tashkillashtirishning metodologik asoslarini ishlab chiqish; 
•   Milliy   g’oyaga   xalqni   ishontirish   va   uni   amalga   oshirishning   taktik   va
strategik   yo’nalishlarini   belgilab   olish   zaruratining   paydo   bo’lganligini   va
boshqalar. 
 Milliy g’oya va mafkura fanining vujudga kelishidagi  tashqi  sabablar:  •   Tashqi   tomondagi     har   xil   vayronkor   g’oya   va   mafkuralarning   asl
maqsadlarini   bilish   va   ularning   xurujiga   qarshi   tura   oluvchi   o’zbekona   milliy
g’oya   va   mafkuraning   nazariy-metodologik   asoslarini   ishlab   chiqish;   •   Dunyo
xalqlariga O’zbekiston xalqi milliy mafkurasining bunyodkor g’oyalardan iborat
ekanligini ilmiy va amaliy jihatdan  namoyish  etish  ishlarini  amalga  oshirish;
•   Xorijiy   davlarda   o’zlarining   xizmat   burchini   bajarish   uchun   yashayotgan,
tijorat   ishlari   uchun   xorij   safarlariga   yo’l   olayotgan   yoki   shunchaki     sayohat
uchun   borayotgan     fuqarolarimizning   o’sha   joylarda   milliy   mafkuramiz   asosiy
g’oyalarini   targ’ibot   va   tashviqot   qilish,   uning   bunyodkorlik   mohiyatini   chet
ellarda namoyish qilishning  eng maqbul yo’llarini ishlab chiqish; 
•   Globallashuv   sharoitida   avj   olayotgan   «ommaviy   madaniyat»ning   salbiy
ta’sirlariga   berilmaslikning   yangicha   ma’naviy   va   moddiy   vosita,   usullarini
yaratish  va boshqalar.
Yuqorida   keltirilgan   barcha   sabablarni   umumlashtirgan   holda   shunday
xulosaga   kelish   mumkin,   ya’ni   milliy   g’oya   va   mafkura   fanining   vujudga
kelishidagi   asosiy   sabab   O’zbekiston   xalqini   bozor   iqtisodiyotiga   asoslangan
huquqiy   demokratik   jamiyatini   shakllantirish   va   rivojlantirish   asosida   munosib
hayot   kechirishini   ta’minlash   sari   boshlab     boradigan   milliy   mafkuramizning
bosh g’oyasi – ozod va obod   Vatanda,erkin va farovon hayot kechirish hamda
asosiy   g’oyalari   –   vatan   ravnaqi,   yurt   tinchligi,   xalq   farovonligi,   komil   inson,
ijtimoiy   hamkorlik,   millatlararo   totuvlik,   dinlararo   bag’rikenglik     asosida
birlashtirishning   nazariy   –   metodologik   asoslarini   va   uni   amalga   oshirishning
amaliy usul va vositalarini ilmiy jihatdan  ishlab chiqish hamda rivojlantirishdan
iboratdir.  
Shuning uchun ham milliy g’oya va mafkura   O’zbekiston  Respublikasining
Prezidenti   I.A.Karimovning   2001   yil   18   yanvardagi   ««Milliy   istiqlol
g’oyasi:asosiy   tushuncha   va   tamoyillar»   fani   bo’yicha   ta’lim   dasturlarini
yaratish va respublika ta’lim tizimiga joriy etish to’g’risida» nomi  farmoyishiga
muvofiq ilm-fan sohasi maqomini olib, barcha ta’lim muassasalarida o’quv fani
sifatida o’qitila boshladi. 1.2.   Milliy   g’oya   va   mafkura   fanining   obyekti.   Har   bir   fanning   o’ziga   xos
obyekti va unga mos keluvchi predmeti mavjuddir.
Fanning   obyekti   –   kishilarning   maqsadi,   faoliyati,   dikqat-e’tibori   qaratilgan
obyektiv   borliq,   moddiy   va   ruhiy   dunyo,   voqyelik,   mavjudot,   voqyea,   hodisa,
jarayon, shaxs, narsa, buyum va hokazolardir.
Fanning  predmetini ana shu obyektlar va ularni aks etgirishdan hosil bo’lgan
bilimlarning majmui  va o’rganiladigan masalalar tashkil qiladi.
Har   bir   fanni   o’rganish,   eng   avvalo,   uning   obyektini   va   predmetini   aniqlab
olishdan   boshlanadi.   Bu   esa   o’rganilayotgan   fanning   boshqa   fan-lardan   farqini
ko’rsatadi.
Barcha   fanlarni   obyekti   va   predmetiga   ko’ra     ikkita   katta   guruhga     bo’lish
mumkin.   Birinchi   guruhga   tabiat   qonuniyatlarini   o’rganuvchi   matematika,
fizika,   ximiya,biologiya   kabi   tabiiy   fanlar,   ikkinchi   guruhga   esa   kishilik
jamiyatining   rivojlanish   qonuniyatlarini   o’rganuvchi   falsafa,   tarix,   iqtisodiyot,
siyosatshunoslik,   adabiyot,   huquqshunoslik,   milliy   g’oya   va   mafkura     kabi
ijtimoiy fanlar kiradi.
Milliy g’oya va mafkura fani — eng muhim ijtimoiy fanlardan biri sanaladi.
Chunki u kishilik  jamiyatiga  xos bo’lgan g’oya va mafkuralarni yaxlit ijtimoiy
hodisa va voqyelik sifatida o’rganadi.
Demak,   mavjud     voqyelikda   yuz   berayotgan,   g’oya     va   mafkuralarga
tegishlinarsa,   hodisa   hamda   jarayonlar   milliy   g’oyava   mafkura     fanining
obyektini tashkil etadi.
1.3.   Milliy   g’oya   va   mafkura   fanining     predmeti.   G’oya   va   mafkuralarga
tegishli narsa, hodisa va jarayonlar  turlicha bo’lib,ular 
bir tomondan: 
 g’oya va mafkuralarning kelib chiqish va rivojlanish qonuniyatlari; 
 bir g’oya va mafkuraning o’rniga boshqa bir g’oya va mafkuraning vujudga
kelishi; 
 g’oya va mafkura tamoyillarini ishlab chiqish  va uni amalga oshirish; 
 ma’naviy-mafkuraviy munosabatlarni o’rnatish  ishlarini tashkil         etish; 
 davlatning ichki va tashqi siyosati; 
 jamoat   tashkilotlari,   ijtimoiy   guruhlar,   siyosiy   partiyalar   bilan
munosabatlari; 
 xalqlar o’rtasida  bo’ladigan o’zaro munosabatlar; 
ikkinchi tomondan: 
 mafkuralarning paydo bo’lishi va rivojlanishi;
 davlat, shaxs, jamoalar o’rtasida  bo’ladigan  mafkuraviy munosabatlar; 
 qonunchilik, huquq-tartibot;  
 mafkurali shaxs, mafkurasiz shaxs, 
 g’oya va mafkuraga zid xatti-harakatlar, 
 g’oyaviy mas’uliyat, g’oyaviy madaniyat, g’oyaviy tarbiya
 mafkuraviy   ong,   mafkuraviy   tafakkur,   mafkuraviy   munosabat,   mafkuraviy
faoliyat va h.k.ni qamrab oladi.
G’oya va mafkuralarga oid hodisalar, jarayonlar  xilma-xil  va ko’p qirralidir.
Biroq, ularning barchasiga xos bo’lgan umumiy, muhim, takrorlanuvchan, uzviy
bog’lanishda   bo’lgan   tomonlari   va   jihatlari   ham   mavjuddir.   Ana   shu   jihat   va
tomonlarni  bilish mavjud voqyelik to’g’risida inson ongida g’oya va mafkuralar
haqida   yaxlit   tasavvurlarni   keltirib   chiqaradi,   ushbu   voqyelikning   umumiy
qonuniyatlarini ochish va shu asosda uni boshqarish imkoniyatini yaratadi.
Yuqori  malakali  mutaxassis bo’lish uchun, avvalambor, g’oya va mafkuralar
haqidagi   asosiy   tushunchalarni,   ta’limotlarni   bilish   zarur.   G’oya   va   mafkuralar
gumanitar, ijtimoiy-iqtisodiy  fanlarning turli so-halarida o’rganiladi.
Milliy     g’oya   va   mafkura   fani   gumanitar,ijtimoiy-iqtisodiy   fanlar     tizimida
markaziy   o’rin   egallaydi.   Bu   fan   gumanitar,   ijtimoiy-iqtisodiy   fanlarning
metodologik asoslaridan birini  tashkil etadi.
Milliy  g’oya va mafkura fani g’oya va mafkuralarning nazariy muammolarini
o’rganadi. Shu   o’rinda   «nazariya» so’zining ma’nosi nima, degan tabiiy savol
tug’iladi.   Nazariya   –   jamiyat   taraqqiyoti   qonuniyatlarini   mujassamlashtirgan
amaliyotning  mantiqan  ilmiy umumlashtirilishidir. Nazariya   va   amaliyot   –   o’zaro   chambarchas   bog’liq   hodisalar.   Nazariya
bamisoli   amaliyotning   yulini   yoritib   turuvchi   kuchli   mayoq   bo’lib,   amaliyot
bilan   uzviy   bog’langan,   amaliyotga   xizmat   qiladi   hamda   amaliyotdan   kelib
chiqadi. Amaliyotsiz nazariya – «cho’loq», nazariyasiz amaliyot «ko’r»dir.
Ijtimoiy   fanlarning   muhim   tarkibiy   qismi   bo’lgan,   milliy   g’oya   va   mafkura
fani       ham   amaliyot   bilan   chambarchas   bog’liq   bo’lib,   g’oyaviy   –   mafkuraviy
amaliyot   taraqqiyotining   yo’nalishlarini   belgilab   beradi.   U   g’oyaviy   –
mafkuraviy   amaliyot   xulosalari   va   tajribalarining   mantiqan   umumlashmasi,
sintezidir.
Milliy  g’oya va mafkura fani  g’oyaviy-mafkuraviy  amaliyot qonuniyatlarini
aks   ettiruvchi   tajribani   mantiqan   umumlashtiradi,   ular   taraqqiyotining   asosiy
tamoyillarini aniqlab beradi. Milliy g’oya va mafkura fani g’oyaviy-mafkuraviy
amaliyot   bilan   uzviy   bog’langan   bo’lib,   amaliyotga   xizmat   qiladi   va
amaliyotdan kelib chiqadi.
Milliy g’oya va mafkura fani hayot tarixiy taraqqiyot jarayonida ilgari surgan
vazifalar negizida o’z xulosa va takliflariga aniqliklar kiritadi, ularni boyitadi va
rivojlantiradi. G’oya va mafkura har bir jamiyat ijtimoiy taraqqiyotining muhim
ko’rsatkichidir. Demokratik huquqiy davlatni   shakllantirishda   shaxs, davlat va
jamiyatning   ma’naviy-mafkuraviy   madaniyatini   yuksaltirish   muhim   ahamiyat
kasb etadi.
Milliy   g’oya   va   mafkura   fani   –   g’oya   va   mafkuralar   rivojining     umumiy
qonunlari   haqidagi   fan   bo’lib,   uning   predmetini   g’oya   va   mafkuralarning
mohiyati, kelib chiqishi, rivojlanish prinsiplari va qonuniyatlari tashkil etadi.
:Har   bir   jamiyatdagi   demokratik   o’zgarishlar   va   islohotlar   muhim   ijtimoiy
ahamiyatga     ega.     Bu   jarayonlarga     jahon,   davlat     va   jamiyat   taraqqiyoti
talablari,   andazalari     va   tamoyillari     nuqtai   nazaridan   qarash   zarur.     Bu,   bir
tomondan,   O’zbekistondagi     islohotlarning   yo’nalishlari   va   mezonlari,
qadriyatlari va maqsadlarini  aniq belgilashga yordam  bersa, ikkinchi tomondan
mamlakatimizda     g’oya     va   mafkuralar   qachon   paydo   bo’lgan,   qanday
rivojlangan, qayoqqa qarab ketyapti, uning o’ziga xos jihatlari, rivojlanishining shakl va ko’rinishlari  qanday, mezonlari  bormi yoki dunyodagi  mavjud  milliy
va   umuminsoniy   mazmundagi   g’oyaviy   taraqqiyot     o’zanidan     ketyapti-mi,
degan   savollarga   javob   topish   imkonini   beradi.   Ana   shu   muammolar   milliy
g’oya va mafkura fanining asosiy masalalarini tashkil etadi.
Milliy   g’oya   va   mafkura   fani   g’oya   va   mafkuralarga     tegishli     hodisa   va
jarayonlarining  muhim,  zaruriy,  umumiy    tomonlarini  o’rgangan holda  jamiyat
taraqqiyogining   obyektiv   qonuniyatlarini   tushuntirib   berish,   uning   ijtimoiy-
iqtisodiy, siyosiy-huquqiy, ma’naviy-madaniy maqsadlarini belgilash va mavjud
ijtimoiy   munosabatlarni   bunyodkor   g’oya   va   mafkuralarni     kishilar     ongi   va
qalbiga   singdirish   yo’li   bilan   boshqarish   mexanizmlarini   ochish,   ularning
rivojlanish   istiqbollarini   ko’rsatib   berish   bilan   shug’ullanadi.   Shunday   qilib,
milliy g’oya va mafkura faniga quyidagicha ta’rif berish mumkin:
Milliy   g’oya   va   mafkura   fani   –   ijtimoiy   hodisa   bo’lmish   g’oya   va
mafkuralarning kelib chiqishi, shakllanishi, rivojlanishi, faoliyat ko’rsatishining
umumiy   qonuniyatlarini     o’rganuvchi     nazariy   va   amaliy     ahamiyatga   molik
bo’lgan  fandir.
  2. Milliy g’oya va mafkura fanining qonun va kategoriyalari.
2.1..   Milliy     g’oya     fanining     qonunlari.     Har     bir   fanning   o’z   qonunlari   va
kategoriyalari   bor.   Milliy   g’oya   fanining   ham   g’oya   va   mafkuralarga     oid
hodisa,   voqyea,   jarayonlarni   o’zida   aks   etgiruvchi,   ularning   tub   mohiyatini   va
ahamiyatani ochib beruvchi qonunlari, kategoriyalari mavjud.
Milliy   g’oya   va   mafkura   fanining     qonunlari   deb,   jamiyat   hayotida   mavjud
bo’lgan     g’oyaviy     va   mafkuraviy     hodisalar,   jarayonlarining   muhim,   zaruriy,
umumiy,   nisbatan   barqaror   bo’lgan,   rivojlanish   xususiyati   va   yo’nalishlarini
belgilaydigan,   aniq   bir   natijalarni   keltirib   chiqarishga   moyillik   tug’diradigan
munosabatlar majmuiga aytiladi.
Milliy   g’oya va mafkura fanining qonunlari   g’oya va mafkuralarga tegishli
hodisa va jarayonlarning barchasini emas, balki ularning o’ziga xos tomonlarini
aks ettiradi. Bular quyidagilar:  kishilar     ongi   va   irodasiga   bog’liq   bo’lmagan   obyektiv,   muhim,   barqaror
bog’lanishlar;
 sabab   oqibat   bog’lanishlaridan     kelib   chiquvchi,   bir   birini   taqozo   etuvchi,
o’zaro ta’sir qiluvchi sababiy, zaruriy aloqadorliklar;
 ichki   imkoniyatdan,   mohiyatdan   kelib   chiqqan   holda,   g’oya   va
mafkuralarning   rivojlanish   xususiyati   va   yo’nalishlarini   belgilab   beruvchi
tomonlar;
 muayyan   shart-sharoitlar   mavjud   bo’lganda   ma’lum   bir   natijalarni   keltirib
chiqaruvchi munosabatlarni ochib beruvchi xususiyatlar.
    Milliy g’oya va mafkura faning qonunlariga  quyidagilar kiradi:
Birinchisi   –   g’oya   va   mafkuralarning   inson   va   jamiyat   bilan   uzviy
aloqadorligi,   inson   va   jamiyatsiz   –   g’oya   va   mafkuralarning,   g’oya   va
mafkuralarsiz – inson va jamiyatning mavjud emasligi qonuni.
Ikkinchisi   –   g’oya   va   mafkuralarning   bir-birini   taqozo   etishi,   g’oyasiz
mafkura, mafkurasiz  g’oyaning mavjud bo’lolmaslik qonuni. 
Uchinchisi   –   g’oya   va   mafkuralarning   jamiyat   ijtimoiy   taraqqiyotiga
bog’liqligi,   g’oya   va mafkuralarning inson va jamiyatni   muayan maqsad sari
yetaklashga harakat qilish qonuni.
  To’rtinchisi   –   bunyodkor   g’oya   va   mafkuralar   bilan   vayronkor   g’oya   va
mafkuralar  o’rtasida  o’zaro kurashi, bunyodkor g’oyalarning jamiyatda tinchlik
va   barqarorlikni   saqlash,   vayronkor   g’oyalarning   esa   jamiyatda   turli   xil
ziddiyatlarni  keltirib  chiqarishi qonuni.
Beshinchisi   –   milliy     hamda   umuminsoniy     g’oya   va   mafkuralarning   o’zaro
mutanosibligi,   milliy   g’oya   va   mafkuralarning   mazmunan   boyib   borishi,   turli
xalqlarning umumiy  manfaatlariga  javob berishi qonuni.
        2.2.   Milliy     g’oya   va   mafkura   fanining     kategoriyalari.   Milliy   g’oya   va
mafkura   fanining   kategoriyalari     deb   g’oya   va   mafkuralarga     oid     obyektiv
mavjud   bo’lgan   hodisa,   voqyea,   jarayonlarning   asosiy   xususiyatlarini     va
qonuniyatlarini     aks   ettiradigan   va   muayyan   davrning   g’oya   va   mafkuralar to’g’risidagi ilmiy-nazariy  tafakkuri  xususiyatini  belgilab  beradigan  umumiy
tushunchalarga aytiladi.
Milliy g’oya va mafkura fanining kategoriyalarini   umumiy, substansional va
funksional kategoriyalarga ajratish mumkin. 
   Bunda: 
1) umumiy  kategoriyalarga – g’oya, mafkura, bunyodkor g’oyalar, vayronkor
g’oyalar,   milliy   g’oyalar,   umuminsoniy   g’oyalar,   dunyoviy   g’oyalar,   diniy
g’oyalar, falsafiy g’oyalar, ijtimoiy-siyosiy g’oyalar; 
2)   substansional     kategoriyalarga   –   milliy   istiqlol   mafkurasi,   mafkura
evolyusiyasi, mafkura yakkahokimligi, mafkuraviy vaziyat,mafkuraviy poligon,
mafkuraviy   maqsad,   mafkuraviy   siyosat,   mafkuraviy   xavfsizlik,   mafkuraviy
immmunitet, mafkuraviy profilaktika,mafkuraviy tarbiya, g’oyaviy  mustaqillik,
g’oyaaiy   ziddiyat,   g’oyaviy   bo’shliq,   g’oyaviy   zaiflik,   g’oyaviy   savodsizlik,
g’oyaviy qaramlik, g’oyaviy mutaassiblik, g’oyaviy parokandalik; 
3)   funksional kategoriyalarga – ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot
barpo   etish,   Vatan   ravnaqi,   Yurt   tinchligi,   Xalq   farovonligi,   Komil   inson,
Ijtimoiy   hamkorlik,   Millatlararo   totuvlik,   Dinlararo   bag’rikenglik     kabilarni
kiritish mumkin.
Umuman olganda, milliy g’oya va mafkura fanining  kategoriyalari:
« a) shu sohadagi munosabat, bog’lanishlarni ifodalovchi umu-
miy  mazmun va xususiyatga ega bo’lgan tushunchalar;
b)  bu sohani    keng va atroflicha tavsiflagani holda, bir-
birini taqozo etadi, bir butunlikda, o’zaro aloqadorlikda na-
moyon  bo’ladi;
v)  obyektiv mazmunga ega, ularning har biri ijtimoiy voqye-
likda ro’yobga chiqadi, namoyon bo’ladi, ushbu voqyelikning o’ziga xos
xususiyatlari, tomonlari, belgilarini ifodalovchi tushunchalar
sifatida inson tafakkurida aks etadi;
g)  umumiy tushunchalar sifatida insonning shu sohadagi hodi-
salar mohiyatini bilishga qaratilgan bilish jarayonining nati- jalari va ijtimoiy jarayonlarni yanada chuqurroq o’rganishning
ilmiy vositasidir;
d) nafaqat nazariya va ilmiy bilish jarayonidagina emas, balki
amaliyotda ham o’ziga xos rol o’ynaydi va ahamiyatini saklab qoladi» .
Xullas, bu   boradagi   dialektika   shundaki, milliy   g’oya va mafkura fanining
g’oya     va   mafkuraviy   narsa,   hodisa,   voqyea     va     jarayonlarni   o’zida   aks
ettiruvchi  kategoriyalari     har     qanday    sharoitda    ham    biri   ikkinchisini   taqozo
qiladi,   uyg’unlikda   va   ichki   aloqadorlikdagina   mavjud   bo’ladi.   Demak,   ular
mantiqan o’zaro uzviy bog’liq, mazmunan bir-birini to’ldiradi.
Milliy g’oya va mafkura fanining kategoriyalari o’z manbai, tabiati jihatidan
—   ontologik   ,bilish   shakliga   ko’ra   gnoseologik     odiy     xususiyati     bo’yicha   —
metodologik     mazmunga ega. Bu kategoriyalar g’oya va mafkuralarga   tegishli
hodisa,   voqyea,   jarayonlarning   mohiyatini   ochib   berishga   hamda   milliy     g’oya
fanini boshqa ijtimoiy fanlardan farqlashga xizmat qiladi. Foydalaniladigan asosiy darsliklar va o‘quv qo‘llanmalar ro‘yxati
1.     Mirziyoyev   SH.M.   Milliy   taraqqiyot     yo’limizni   qat’iyat   bilan   davom   ettirib,
yangi bosqichga ko’taramiz. 1-jild, Toshkent,”O’zbekiston”, 2017 yil.
2.   Mirziyoyev   SH.M.   Erkin   va   farovon   demokratik   O’zbekiston   davlatini
birgalikda barpo etamiz. Toshkent, “O’zbekiston”, 2017 yil.
3.   Mirziyoyev   SH.M.   O’zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   SHavkat
Mirziyoyevning   Oliy   Majlisga   murojaatnomasi.   “Xalq   so’zi”   gazetasi,   2017   yil,
23-dekabr, 2-bet.
4.  Mirziyoyev SH.M. Konstitutsiya – erkin va farovon hayotimiz, mamlakatimizni
yanada taraqqiy ettirishning mustahkam poydevoridir. “Xalq so’zi” gazetasi, 2017
yil, 8-dekabr, 1-3 betlar. 
5.   Mirziyoyev   SH.M.   O’zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   “O’zbekiston
Respublikasini  yanada rivojlantirish bo’yicha harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi
farmoni. Toshkent, “Adolat”, 2018 yil.
6.     Mirziyoyev   SH.M.     Buyuk   kelajagimizni   mard   va   oliyjanob   xalqimiz   bilan
birga quramiz. T., O’zbekiston, 2017 yil.
7.     Mirziyoyev SH.M.   Qonun ustuvorligi   va inson manfaatlarini ta’minlash yurt
taraqqiyoti va xalq  farovonligining garovi. T., O’zbekiston, 2017 yil.
8.   Karimov I.A. Asarlar to’plami. 1-23 jildlar. -T.:“O’zbekiston”, 1996-2015 y.y.
9.   Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. –T.:“Ma’naviyat”, 2008.
10. Karimov I.A. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish
va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi. –T.:“O’zbekiston”, 2010. 
11.Karimov I.A. O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. -T.:“O’zbekiston”,
2011.

Milliy g’oya va mafkura fanining paydo bo’lish sabablari, uning obyekti va predmeti. Reja: 1.Milliy g’oya va mafkura fanining paydo bo’lish sabablari. 2.Milliy g’oya va mafkura fanining obyekti va predmeti. 3. Milliy g’oya va mafkura fanining qonun va kategoriyalari. 4. Milliy g’oya va mafkura fanining maqsadi, vazifa va funksiyalari.

1. Milliy g’oya va mafkura fanining paydo bo’lish sabablari, uning obyekti va predmeti. 1.1. Milliy g’oya va mafkura fanining paydo bo’lish sabablari. Fan – tabiat, jamiyat va inson tafakkuri to’g’risidagi tushunchalarda, kategoriyalarda, qonunlarda aks ettirilgan, haqqoniyligi amaliyotda tasdiqlangan bilimlar tizimidir. Har bir fanning vujudga kelish, shakllanish va rivojlanish sabablari mavjuddir. Ularni obyektiv va subyektiv, ichki va tashqi sabablarga ajratish mumkin. Milliy g’oya va mafkura fanining vujudga kelishidagi obyektiv sabablar: • Yetmish yildan ortiqroq tarixiy davr mobaynida hukmronlik qilgan SSSR davlatining unda yashayotgan elat, millat va xalqlarning ehtiyoj va manfaatlariga javob berolmasdan inqirozga uchrashi oqibatida parchalanib ketishi; • Parchalangan «qizil imperiya» o’rnida o’n beshta mustaqil davlatning paydo bo’lishi va ularning o’ziga xos taraqqiyot yo’lini tanlashlari; • Mustaqil O’zbekiston davlatining paydo bo’lishi va uning Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) va unga a’zo bo’lgan davlatlar tomonidan xalqaro hamjamiyatning mustaqil subyekti sifatida tan olinishi; • Sobiq SSSRdan qolgan yakka mulk hukmronligiga asoslangan ijtimoiy- iqtisodiy munosabatlar o’rniga, teng huquqli xilma xil mulkchilikka asoslangan bozor iqtisodiyoti munosabatlarining o’rnatilishi va boshqalar. Milliy g’oya va mafkura fanining vujudga kelishidagi subyektiv sabablar: • Sobiq SSSR davrida yakka hukmron bo’lgan kommunistik mafkuraning barcha xalqlarning hayotiga zo’rlab singdirilganligi tufayli tezlikda inqirozga uchrashi jarayonining keskinlashuvi; • Azaldan o’zbek xalqining turmush va tafakkur tarziga yetti yot bo’lgan kommunistik mafkuraning mavjud hayot sinovlariga bardosh berolmasdan tanazzulga yuz tutishi, shu tariqa uning yakka hukmronlik mavqyeidan chetlatilib xalqimiz hayotidan surib chiqarilishi;

• Jamiyatni boshqarishda rahnomalikni qo’lga olib o’zining diktaturasini o’rnatgan kommunistik partiya faoliyatining to’xtatilishi va tarqatib yuborilishi; • Kommunistik partiyaga xizmat qiluvchi barcha tashkilot va muassassalar (oktyabryat, pioner, komsomol va boshqalar) faoliyatining to’xtatilishi va tugatilishi; • Kommunistik mafkurani keng xalq ommasiga targ’ibot va tashviqot qiluvchi ommaviy axborot vositalarining faoliyatiga chek qo’yilishi va boshqalar. Milliy g’oya va mafkura fanining vujudga kelishidagi ichki sabablar: • Yakka hukmron bo’lgan kommunistik mafkuraning inqirozga uchrashi tufayli o’zbek xalqining ma’naviy hayotida g’oyaviy bo’shliq paydo bo’la boshlashi; • Vujudga kelayotgan g’oyaviy bo’shliqni yangi milliy g’oya va mafkura bilan to’lg’izmasa, uning o’rnini boshqa har hil yomon maqsadlarni ko’zlagan g’oya va mafkuralar egallashi, buning natijasida xalqimizning hayotiga ma’naviy tahdid solish xavfining kuchayishining oldini olish; • Mustaqil O’zbekistonni o’zining vatani deb bilgan barcha elat, millat, xalq vakillarini har xil mafkuraviy buzg’unchiliklardan asrab, ularnining tinch-totuv yashashlarini kafolatlaydigan jamiyatni barpo etishga xizmat qiluvchi bunyodkor g’oya va mafkuralar bayrog’i ostida birlashtirish ishlarini amalga oshirish; • O’zbekiston xalqining ehtiyoj va manfaatlaridan kelib chiqqan holda, ularning erkin va farovon hayot kechirishini ta’minlaydigan jamiyatni barpo etish sari boshlab boruvchi yangi milliy g’oya va mafkuralar tizimini yaratish; • Yaratiladigan milliy g’oya va mafkuralarning milliy xususitlarini umuminsoniy qadriyatlar bilan uyg’unlashtirgan holda olib borish ishlarini tashkillashtirishning metodologik asoslarini ishlab chiqish; • Milliy g’oyaga xalqni ishontirish va uni amalga oshirishning taktik va strategik yo’nalishlarini belgilab olish zaruratining paydo bo’lganligini va boshqalar. Milliy g’oya va mafkura fanining vujudga kelishidagi tashqi sabablar:

• Tashqi tomondagi har xil vayronkor g’oya va mafkuralarning asl maqsadlarini bilish va ularning xurujiga qarshi tura oluvchi o’zbekona milliy g’oya va mafkuraning nazariy-metodologik asoslarini ishlab chiqish; • Dunyo xalqlariga O’zbekiston xalqi milliy mafkurasining bunyodkor g’oyalardan iborat ekanligini ilmiy va amaliy jihatdan namoyish etish ishlarini amalga oshirish; • Xorijiy davlarda o’zlarining xizmat burchini bajarish uchun yashayotgan, tijorat ishlari uchun xorij safarlariga yo’l olayotgan yoki shunchaki sayohat uchun borayotgan fuqarolarimizning o’sha joylarda milliy mafkuramiz asosiy g’oyalarini targ’ibot va tashviqot qilish, uning bunyodkorlik mohiyatini chet ellarda namoyish qilishning eng maqbul yo’llarini ishlab chiqish; • Globallashuv sharoitida avj olayotgan «ommaviy madaniyat»ning salbiy ta’sirlariga berilmaslikning yangicha ma’naviy va moddiy vosita, usullarini yaratish va boshqalar. Yuqorida keltirilgan barcha sabablarni umumlashtirgan holda shunday xulosaga kelish mumkin, ya’ni milliy g’oya va mafkura fanining vujudga kelishidagi asosiy sabab O’zbekiston xalqini bozor iqtisodiyotiga asoslangan huquqiy demokratik jamiyatini shakllantirish va rivojlantirish asosida munosib hayot kechirishini ta’minlash sari boshlab boradigan milliy mafkuramizning bosh g’oyasi – ozod va obod Vatanda,erkin va farovon hayot kechirish hamda asosiy g’oyalari – vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligi, komil inson, ijtimoiy hamkorlik, millatlararo totuvlik, dinlararo bag’rikenglik asosida birlashtirishning nazariy – metodologik asoslarini va uni amalga oshirishning amaliy usul va vositalarini ilmiy jihatdan ishlab chiqish hamda rivojlantirishdan iboratdir. Shuning uchun ham milliy g’oya va mafkura O’zbekiston Respublikasining Prezidenti I.A.Karimovning 2001 yil 18 yanvardagi ««Milliy istiqlol g’oyasi:asosiy tushuncha va tamoyillar» fani bo’yicha ta’lim dasturlarini yaratish va respublika ta’lim tizimiga joriy etish to’g’risida» nomi farmoyishiga muvofiq ilm-fan sohasi maqomini olib, barcha ta’lim muassasalarida o’quv fani sifatida o’qitila boshladi.

1.2. Milliy g’oya va mafkura fanining obyekti. Har bir fanning o’ziga xos obyekti va unga mos keluvchi predmeti mavjuddir. Fanning obyekti – kishilarning maqsadi, faoliyati, dikqat-e’tibori qaratilgan obyektiv borliq, moddiy va ruhiy dunyo, voqyelik, mavjudot, voqyea, hodisa, jarayon, shaxs, narsa, buyum va hokazolardir. Fanning predmetini ana shu obyektlar va ularni aks etgirishdan hosil bo’lgan bilimlarning majmui va o’rganiladigan masalalar tashkil qiladi. Har bir fanni o’rganish, eng avvalo, uning obyektini va predmetini aniqlab olishdan boshlanadi. Bu esa o’rganilayotgan fanning boshqa fan-lardan farqini ko’rsatadi. Barcha fanlarni obyekti va predmetiga ko’ra ikkita katta guruhga bo’lish mumkin. Birinchi guruhga tabiat qonuniyatlarini o’rganuvchi matematika, fizika, ximiya,biologiya kabi tabiiy fanlar, ikkinchi guruhga esa kishilik jamiyatining rivojlanish qonuniyatlarini o’rganuvchi falsafa, tarix, iqtisodiyot, siyosatshunoslik, adabiyot, huquqshunoslik, milliy g’oya va mafkura kabi ijtimoiy fanlar kiradi. Milliy g’oya va mafkura fani — eng muhim ijtimoiy fanlardan biri sanaladi. Chunki u kishilik jamiyatiga xos bo’lgan g’oya va mafkuralarni yaxlit ijtimoiy hodisa va voqyelik sifatida o’rganadi. Demak, mavjud voqyelikda yuz berayotgan, g’oya va mafkuralarga tegishlinarsa, hodisa hamda jarayonlar milliy g’oyava mafkura fanining obyektini tashkil etadi. 1.3. Milliy g’oya va mafkura fanining predmeti. G’oya va mafkuralarga tegishli narsa, hodisa va jarayonlar turlicha bo’lib,ular bir tomondan:  g’oya va mafkuralarning kelib chiqish va rivojlanish qonuniyatlari;  bir g’oya va mafkuraning o’rniga boshqa bir g’oya va mafkuraning vujudga kelishi;  g’oya va mafkura tamoyillarini ishlab chiqish va uni amalga oshirish;  ma’naviy-mafkuraviy munosabatlarni o’rnatish ishlarini tashkil