logo

Mol etkazib beruvchilar, pudratchilar, xaridor va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblar hisobi

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

65.5 KB
Mol etkazib beruvchilar, pudratchilar, xaridor va buyurtmachilar bilan
hisob-kitoblar hisobi
Reja:
                1 .   Mol etkazib beruvchilar  bilan   bo‘ladigan   hisob - kitoblar   hisobi
     2.   Хaridorlar   bilan   bo‘ladigan   hisob - kitoblar   hisobi
       3.   Hisobdor   shaxslar   bilan   bo‘ladigan   hisob - kitoblar   hisobi
    4. Kredit operatsiyalari bo‘ladigan   hisob - kitoblar   hisobi 1 .   Mol etkazib beruvchilar  bo‘ladigan   hisob - kitoblar   hisobi
Debitor   qarz   har   doim   boshqa   tashkilotlarning   aktivlariga   qilingan   da’vo
bo‘lib   hisoblanadi.   Debitor   qarzi   bilan   bog‘liq   bo‘lgan   asosiy   buxgalteriya
operatsiyalari   bo‘lib   tan   olish   va   baholash   hisoblanadi.   Debitor   qarzlarini   undirib
olish imkoniyati – bu debitor qarzlarini o‘lchash va ularni hisobotiga ta’sir qiluvchi
asosiy   masaladir.   Undirib   olish   imkoniyati   qarz   aks   ettirilganligiga   (tan   olish
tamoyili) va uning summasiga (baholash tamoyili) ta’sir qiladi. Buxgalteriya hisobi
Milliy andozasining 2-soniga binoan xo‘jalik yurituvchi  subektga daromadlarning
kelib tushish ehtimoli bo‘lsa, ular alohida aks ettiriladi.
Turli   debitor   va   kreditorlar   bilan   hisob-kitoblar   quyidagi   hollarda   vujudga
keladi:   korxonaning   o‘zidan   yoki   uning   mehnat   jamoasi   a’zolaridan   ijro
varaqalariga   asosan   pul   undiriladigan   bo‘lsa;   kommunal   xizmati,   turar   joy   haqi,
turar joy bo‘lmagan xonalarni ijara haqlari bo‘yicha; mehnat jamoasi a’zolarining
buyrug‘i bilan Xalq banki va boshqa joylarga pul o‘tkazish bo‘yicha. Da’volar va
korxonaga   etkazilgan   moddiy   zararlarni   undirish   bo‘yicha   hisob-kitoblar   4860
«Da’volar   bo‘yicha   olishga   doir   schyotlar»,   4730   «Xodimlarning   moddiy   zararni
qoplash bo‘yicha qarzlari» schyotlarida hisobga olinadi.
Bundan   tashqari,   turli   debitorlar   tarkibida   moliyalanadigan   va   operativ
lizinglar bo‘yicha olinadigan to‘lovlar, olinadigan foizlar va dividendlar, royalti va
gonorar bo‘yicha olinadigan schyotlar va boshqa shaxslarning qarzlari (joriy qismi)
hisobga   olinadi.   Bu   operatsiyalarning   hisobi   4800   «Turli   debitorlar   qarzlarini
hisobga   oluvchi   schyotlar»   schyoti   tarkibidagi   tegishli   (4810,   4820,   4830,
4840,4850,4860 va 4890) schyotlarda aks ettiriladi.
Korxonaning   turli   kreditorlardan   bo‘lgan   qarzlari   tarkibiga   moliyalanadigan
va operativ lizinglari bo‘yicha to‘lanadigan summalar, to‘lanadigan foizlar, royalti
va gonorarlar bo‘yicha qarzlar, da’volar bo‘yicha to‘lanadigan schyotlar, hisobdor shaxslardan   bo‘lgan   qarzlar   va   boshqa   majburiyatlar   kiradi.   Bunday
operatsiyalarning   hisobi   6900   –   «Turli   kreditorlarga   bo‘lgan   majburiyatlarni
hisobga   oluvchi   schyotlar»   schyoti   tarkibidagi   tegishli   (6910,   6920,   6930,   6940,
6950, 6960, 6970 va 6990) schyotlarda aks ettiriladi.
2.   Хaridorlar   bilan   bo‘ladigan   hisob - kitoblar   hisobi
4000,   4100,   4300,   4610,   4800,   6100,   6300,   6500,   6600,   va   6900-schyotlar
bo‘yicha   analitik   hisob   7-qaydnomada   yuritiladi.   Boshqa   schyotlar   bo‘yicha   ham
shu shaklda 7-qaydnoma yuritiladi. Oy oxirida analitik hisob qaydnomasi bo‘yicha
jami   chiqarilib   keyingi   oy   boshiga   qoldiq   yoziladi.   Kredit   oborotlari
korrespondentlanuvchi   schyotlar   doirasida   7 - qaydnomadan   4000,   4100,   4300,
4700, 4800, 6100, 6400, 6900 va boshqa schyotlarning krediti bo‘yicha 8 – jurnal-
orderga yozib qo‘yiladi. 
4100,   4700   schyotlar   bo‘yicha   yozuvlar   jurnal-orderda   bir   qatorda
ko‘rsatiladi,   4800,   6900   –   schyotlar   bo‘yicha   bir   oyligi   jamlab   yoziladi.   4100,
6100, 6400 – schyotlar bo‘yicha sintetik va analitik hisob birga ko‘rsatiladi.
Xodimlarning   ta’tilga,   pensiyaga   chiqishlarida   va   ishdan   bo‘shayotgan
hollarida,   ish   haqi   berish   uchun   belgilangan   kunni   kutmasdan,   ish   haqi   ta’tilga
chiqish,   ishdan   bo‘shash ,   pensiyaga   chiqish   kunidan   keyingi   kundan
kechiktirilmay   berilishi   kerak.   Bunday   to‘lovlar   hisoblashish   davri   orasidagi
to‘lovlar deyiladi. Ushbu maqsadlar uchun pul kassa chiqim orderlari yoki (uch va
undan ortiq xodimlar bo‘lsa) to‘lov qaydnomalariga asosan beriladi.
Hisobdor   shaxslar   bilan   hisoblashishlar   mayda   xo‘jalik   xarajatlarini   va   xizmat
safar   xarajatlarini   to‘lashda   sodir   bo‘ladi .   Demak,   hisobdor   shaxslar   –   kelgusi
ma’muriy-xo‘jalik   va   safar   xarajatlari   uchun   pul   mablag‘larini   oldindan   olgan
xodimlardir.   Hisobdor   shaxs   sifatida   kassadan   naqd   pul   oladigan   xodimlarning ro‘yxati   korxona   rahbari   tomonidan   tasdiqlanadi.   Beriladigan   pul   miqdori
cheklangan:   xo‘jalik   ehtig‘jlari   uchun   beriladigan   naqd   pul   korxona   smetasida
nazarda tutiladi; safar xarajatlari uchun beriladigan pul safar muddati va boradigan
joyiga   bog‘liq.   Safar   xarajatiga   pul   berishda   yo‘lkira   (ikki   tomonga),   sutkalik   va
yotoq (turar joy ijarasi) xarajatlari hisoblab chiqiladi.
Xizmat   safari   davrida   xodimning   asosiy   ish   joyidagi   ish   haqisi   saqlanadi.
Safar   uchun   hisobdor   shaxsga   pul   berish   rahbarning   buyrug‘i   va   safar
guvohnomasi   bilan   rasmiylashtiriladi .  Beriladigan   pul   hisoblab   chiqilgandan   so‘ng
buxgalteriya   tomonidan   kassa   chiqim   orderi   rasmiylashtiriladi .
Belgilangan   meyor   doirasida   yoki   undan   ortiq   qilingan   safar   xarajatlari,
maqsadli   tayinlanishiga   qarab,   yoki   ishlab   chiqarish   xarajatlariga,   yoki   davr
xarajatlariga   o‘tkaziladi.   Basharti   safar   xarajatlari   ishlab   chiqarish   jarayoniga
o‘tkazilsa, mahsulot (ish va xizmat) lar tannarxiga hamda boshqaruv xodimlarining
safar xarajatlari esa – davr xarajatlariga  o‘tkaziladi. 1
Korxona   rahbarining   qarori   bilan   istisno   shaklida   qonunchilikda   nazarda
tutilgan   me’yoridan   ortiq   qilingan   safar   xarajatlari   soliqqa   tortiladigan   bazani
ko‘paytiradi.   Belgilangan   vazifa   bajarilgandan   so‘ng   uch   kun   ichida   hisobdor
shaxs   qilingan   xarajatlar   to‘g‘risida   avans   hisoboti   topshirishi   shart .   Qilingan
xarajatlarni   isbotlovchi,   tasdiqlovchi   hujjatlarni   va   safar   guvohnomasini   avans
hisobotiga ilova qiladi.
3.   Hisobdor   shaxslar   bilan   bo‘ladigan   hisob - kitoblar   hisobi
Safarning   maqsadli   tayinlanishga   qarab   sex,   bo‘lim   boshliqlari   qilingan
xarajatlarni   maqsadga   muvofiqligini   tasdiqlaydi.   Avans   hisoboti   tuzilib   summasi
1
 «X arajatlar tarkibi to‘g‘risida»gi Nizomning 1.5.2 va 2.2.12.- moddalari. aniqlangandan   so‘ng   avans   hisoboti   korxona   rahbari   tomonidan   tasdiqlanadi   va
tegishli   buxgalteriya   yozuvlari   bilan   rasmiylashtiriladi.   Foydalanilmay   qolgan
summa   avans   hisoboti   topshirgan   kuni   hisobdor   shaxs   tomonidan   kassaga   kirim
orderi   bilan   topshiriladi ,  ortiqcha   qilingan   xarajat   summasi   kassadan   chiqim   orderi
bilan   beriladi .
Hisobdor   shaxsga   berilgan   summa   maqsadli   xarakterga   ega   bo‘lib,   birovga
berish yoki buyurish taqiqlanadi.  Oldingi   berilgan   avans   bo‘yicha   qarzi   bo‘lmagan
holdagina   yangi   avans   beriladi .   Basharti   belgilangan   muddatda   avans   hisoboti
topshirilmasa   yoki   foydalanilmagan   summa   kassaga   qaytarib   topshirilmasa,
qonunchilikda belgilangan tartibda buxgalteriya bu qarzni hisoblangan ish haqidan
ushlab qolishi mumkin. SHuni ham bilish kerakki, belgilangan meyordan ortiqcha
qilingan   sutkalik   xarajati   hisobdor   shaxsning   ish   haqisiga   qo‘shib   daromad
solig‘iga tortiladi. Sutkalik xarajatlar shuningdek turar joy ijara xarajatlari me’yori
eng kam ish haqi miqdoridan koeffitsentda belgilanadi.
Xizmat   safari   xarajatlari   oldindan   ma’lum   bo‘lgan   hollarda,   korxona   rahbari
isbotlovchi   hujjatlar   topshirmasdan   safar   xarajatlarini   to‘lashga   ruxsat   berish
huquqiga ega. Bunda  safar  xarajatlari  summasining  raschyoti, korxona rahbari  va
safarga   borayotgan   xodim   tomonidan   imzolanib,   korxona   buxgalteriyasida
saqlanadi.   Safardan   qaytgandan   so‘ng   talabga   muvofiq   rasmiylashtirilgan   safar
guvohnomasi   buxgalteriyaga   topshiriladi,   qilingan   xarajatlar   summasi   to‘g‘risida
hisobot topshirilmaydi.
Safar muddati korxona rahbarining buyrug‘i bilan aniqlanadi, safarda bo‘lgan
haqiqiy   vaqti   esa   –   safar     guvohnomasidagi   imzolar   va   muhr   bilan   tasdiqlangan
tartibda   safar   joyiga   kelgan   va   ketgan   kuni   to‘g‘risidagi   belgi   bilan   aniqlanadi.
Bunda   safarga   ketgan   va   safardan   kelgan   kunlari   to‘liq   kun   hisoblanadi .
Korxonada   safarga   ketgan   va   kelgan   shaxslarni   ro‘yxatga   olish   jurnali
yuritiladi . Barcha hisobdor summa operatsiyalari korxona buxgalteriyasida 4220 - «Xizmat safarlari uchun berilgan bo‘naklar» schyotlarida hisobga olinadi. Bu aktiv
schyot   bo‘lib,   Debet   qoldig‘i   hisobdor   shaxsining   korxonadan   bo‘lgan   qarzini
ko‘rsatadi.   Bu   schyotning   Debetiga   kassa   chiqim   orderiga   asosan   yangi   avans
summasi   berilganda,   kreditga   esa   –   avans   hisobotiga   asosan   sarflangan   va   kirim
kassa orderiga asosan qaytarib topshirilgan foydalanilmagan summa yoziladi.
Hisobdor   shaxslar   oldindan   olingan   bo‘nak   summasidan   ortiqcha   xarajat
qilgan   bo‘lsa,   hujjatlar   bilan   rasmiylashtirilgan   ortiqcha   qilingan   xarajatlar
summasiga   6970   «Hisobdor   shaxslarga   qarzlar»   schyoti   kreditlanadi.   Ushbu
ortiqcha   qilingan   xarajat   summasi   hisobdor   shaxsga   qaytarilganda   6970   schyoti
d ebetlanib, 5010 «Milliy valyutadagi pul mablag‘lari» schyoti kreditlanadi.   Ushbu
jurnal - order   kombinatsiyalashgan   registr   bo‘lib ,   bir   qatorga   yozish   yo‘li   bilan
sintetik   va   analitik   hisobni   o‘zida   mujassamlashtirgan .   Bunda   har   bir   hisobdor
shaxsga   berilgan   summa   uchun   jurnal-orderda   bir   qator   ochilib,   unga   hisobdor
shaxsning   avans   hisoboti   bo‘yicha   sarflangan   xarajat,   qaytarib   topshirilgan
foydalanilmagan   summa   yozib   boriladi.   Bunda   7-   jurnal-order   shaklidan
foydalaniladi.
Arifmetik   va   ma’naviy   jihatdan   tekshirilgan   va   korxona   rahbari   tomonidan
tasdiqlangan   avans   hisobotlarini   buxgalter,   hujjatlarga   bog‘lanuvchi   schyotlarni
qo‘ygan   holda,   ishlab   chiqadi.   7   –   jurnal-orderga   yozish   uchun   asos   bo‘lib
hisobdor   shaxsga   berilgan   avans   summasi   bo‘yicha   –   kassa   chiqim   orderi,
sarflangan   summa   bo‘yicha   tasdiqlangan   avans   hisoboti,   qaytarib   topshirilgan
summa   bo‘yicha   –   kirim   kassa   orderi,   ortiqcha   qilingan   xarajatlar   summasini
qaytarish   bo‘yicha   –   kassa   chiqim   orderi   hisoblanadi.   Ushbu   jurnal   orderning
shakli   yangi   schyotlar   rejasi   talabiga   to‘liq   javob   bermaydi.   U   qaytadan   ishlab
chiqilishi kerak.
Agar   korxona   tashqi   iqtisodiy   faoliyat   bilan   shug‘illansa,   xorijiy   safar
bo‘yicha   xarajatlarni   hisobga   olish   zaruriyati   tug‘iladi.   Xorijiy   safar   xarajatlari uchun   pul   O‘zbekiston   Respublikasi   Moliya   Vazirligi   tomonidan   belgilangan
me’yor   bo‘yicha   to‘lanadi.   Xorijiy   valyutada   qilingan   safar   xarajatlari   maqsadli
tayinlanishiga   qarab   4220   schyotidan   mahsulot   (ish   va   xizmat)   lar   tannarxiga
(2010-schyot)   yoki   davr   xarajatlariga   (9400-schyot)   yoki   xorijdan   sotib   olingan
asbob-uskunalarga   (0720-schyot),   materiallarga   (1000-schyot),   tovarlarga   (2910-
schyot)   o‘tkaziladi.   Schyotlarga   xarajatlar   xorijiy   valyuta     va   so‘m   ekvivalentida
yoziladi. Hisobdor shaxslarda qolgan valyuta  qaytadan baholanib natija 9620 yoki
9540 - schyotlarga o‘tkaziladi.
4. Kredit operatsiyalari bo‘ladigan   hisob - kitoblar   hisobi
Bozor   iqtisodiyoti   sharoitida   bank   krediti   korxonalarning   qarzga   oladigan
mablag‘larining muhim manbai bo‘lib hisoblanadi. Bozor munosabatlarini tartibga
soluvchi qonunlar ta’sirida ko‘p tarmoqli davlat va tijorat banklari shakllanib, ular
korxonalarning   tashkiliy   -   huquqiy   shakllaridan   qat’iy   nazar   hisob   -   kitob,   kassa
muomalalarini amalga oshirish bo‘yicha xizmat qiladi.
Korxonalarning   banklar   bilan   olib   boriladigan   kredit   -   hisoblashish
munosabatlari  ixtiyoriy  asosda   bo‘lib,  ikkila  tomonlarning  manfaatdorligi   asosida
tuziladi.   Kreditlar   xo‘jalik   hisobida   turgan,   mustaqil   balansi   va   o‘z   aylanma
mablag‘lariga   ega   bo‘lgan   korxonalarga,   odatda,   yiriklashtirilgan   kredit   obektlari
uchun beriladi.
Hisob   -   kitob   munosabatlari   tamoyillari   va   talablarini   inobatga   olgan   holda
obektlar   uchun   kredit   berishdan   subektga,   aniq   yuridik   va   jismoniy   shaxsga   yoki
iqtisodiy va ijtimoiy dasturlar majmuini kreditlashga o‘tish amalga oshirilmoqda.
Banklar   amaldagi   qonunchilikda   nazarda   tutilgan   va   tomonlar   bilan
kelishilgan holda kreditni qaytarib berish, muddatlilik, to‘lovlik va ta’minlanganlik tamoyillariga   qat’iy   amal   qilib   beradi.   Banklar   faoliyatining   huquqiy   asosini
qonuniy va boshqa meyoriy hujjatlar asosida tartibga solinadi. 2
Kredit   berish   va   uni   qaytarish   bilan   bog‘liq   bo‘lgan   barcha   masalalar   bank
qoidalari   va   bank   bilan   kredit   oluvchi   korxonalar   o‘rtasida   tuzilgan   shartnomalar
asosida   tartibga   solinadi.   Tuzilgan   kredit   shartnomalarda   quyidagilar   kelishib
olinadi: kredit berish obekti va kreditning muddati, kredit berish sharti, uni berish
va qaytarish tartibi, majburiyatlarni ta’minlash sharti, foiz stavkalari, ularni to‘lash
tartibi, kredit  berish va qaytarish bo‘yicha tomonlarning majburiyatlari, huquqlari
va mas’uliyati, hujjatlar ro‘yxati va ularni topshirish muddatlari va boshqa shartlar.
Kredit   olishda   korxonalar   bankka   asoslangan   ariza   va   unga   quyidagi
hujjatlarni   ilova   qilib   kreditni   qaytarilishini   ta’minlanishini   tasdiqlovchi   ta’sis   va
boshqa hujjatlar topshiradi.
SHartnoma   tuzilmasdan   bank   korxonaning   to‘lash   qobilyatini   sinchiklab
tekshiradi.   Buning   uchun   bank   korxonadan   olgan   hujjatlardan   va   hisobotlardan
foydalanadi,   kerak   bo‘lsa   joylarda   oldindan   tekshiruv   o‘tkaziladi.   Agar   bu
hujjatlarning   barchasi   talabga   javob   bersa,   bank   xodimlari   korxonaga   kredit
berishga   qaror   qiladi.   Keyinchalik,   xo‘jalik   yurituvchi   subekt   kredit   olgandan
so‘ng kreditni to‘liq qaytargunga qadar kredit shartnomasida ko‘rsatilgan tartib va
muddatlarda   bankka   buxgalteriya   hisoboti   va   korxonaning   xo‘jalik   -   moliyaviy
faoliyati   ustidan   nazorat   qilish   uchun   zarur   bo‘lgan   boshqa   hujjatlarni   topshirib
turadi.
Muddatiga   qarab   bank   kreditlari   qisqa   muddatli   va   uzoq   muddatli   bo‘ladi.
Kreditning   muddatliligi   uning   qaytarish   muddati   bilan   belgilanadi.   CHunonchi,
qisqa   muddatli   kredit   bir   yildan   kam   muddatga   beriladi,   masalan,   yuklangan
2
  O‘zbekiston Respublikasi ning  «Banklar va banklar faoliyati to‘g‘risida» 1996 y il   25 aprel ,  O‘zbekiston
Respublikasi Qonuni «Markaziy bank to‘g‘risida» gi   qonunlari 2005y 25 dekabr. tovarlar   uchun   beriladigan   kredit   muddati   haqiqiy   tovaraylanish   muddatiga   teng,
lekin 30 kundan oshmasligi kerak.
Uzoq   muddatli   kreditlar   bir   yildan   ortiq   muddatga,   odatda,   yangi   texnikani
tadbiq   etishga,   ishlab   chiqarishni   kengaytirishga,   uning   qaytadan   tiklanishiga,
qimmat   asbob   -   uskunalarni   sotib   olishga   va   boshqa   maqsadli   dasturlarni   amalga
oshirishga olinadi.
Bank kreditlarini olish bilan bog‘liq bo‘lgan muomalalar hisobi 6810 «Qisqa
muddatli   bank   kreditlari»   va   7810   «Uzoq   muddatli   bank   kreditlari»   schyotlarida
aks ettiriladi. Bu schyotlar passiv bo‘lib, ularning qoldiqlari hisobot davri boshiga
qaytarilmagan qarzlar summasini ko‘rsatadi, Debet oboroti - kreditni qaytarilishini,
kredit oboroti esa olingan kredit summasini aks ettiradi.
Kreditlar   olinganda   6810   va   7810   schyotlar   kreditlanib   quyidagi   schyotlar
Debetlanadi: 5010, 5110, 5210, 5510, 6010 schyotlar. 
6810   va   7810-   schyotlarning   debetida   kreditlarni   qisman   yoki   to‘liq
qaytarilishi aks ettirilib 5110, 5210 va 5510- schyotlar bilan korrespondentlanadi.
Xarajatlar   tarkibi   to‘g‘risidagi   Nizomga   binoan   qisqa   muddatli   va   uzoq
muddatli   kreditdan   foydalanganligi   uchun   to‘lanadigan   foiz   summasi   moliyaviy
faoliyat   bo‘yicha   xarajatga   o‘tkaziladi.   Demak   kreditdan   foydalanganligi   uchun
hisoblangan   foiz   summasiga   9610   «Foizlar   ko‘rinishidagi   xarajatlar»   schyoti
debetlanib,   6920   «Hisoblangan   foizlar»   schyoti   kreditlanadi.   Foiz   summasi   bank
muassasalariga o‘tkazib berilganda 6920 «Hisoblangan foizlar» schyoti debetlanib,
5110 «Hisob - kitob» schyoti kreditlanadi.
Bank   kreditlarining   analitik   hisobi   kredit   turlari   va   kredit   bergan   banklar   va
alohida muddatida qaytarilmagan kreditlar bo‘yicha yuritiladi. Bank kreditlarining
hisobi 4- jurnal - orderda olib boriladi.
Hozirgi   vaqtda   ishchi   va   xizmatchilarga   yakka   uy   -   joy   qurish,   dalabog‘
uylarini qurish, ishchi va xizmatchilarga kreditga sotilgan tovarlar bo‘yicha savdo tashkilotlari   bilan   hisob   -   kitob   qilish   uchun   banklardan   kredit   olish   keng
rivojlanmoqda.
YUqorida   aytib   o‘tilgan   kreditlar   ham   qaytarish   muddatiga   qarab   6810
«Qisqa   muddatli   bank   kreditlari»   va   7810   «Uzoq   muddatli   bank   kreditlari»
schyotlarida   hisobga   olinadi.   Bu   muomalalar   bo‘yicha   xodimlar   bilan   olib
boriladigan   hisob   -   kitoblar   4710   «Kreditga   sotilgan   tovarlar   bo‘yicha
xodimlarning   qarzi»   va   4720   «Berilgan   qarzlar   bo‘yicha   xodimlarning   qarzi»
schyotlarida   yuritiladi.   Bu   schyotlar   aktiv   bo‘lib,   debetida   xodimlarga   berilgan
qarzlar,   kreditida   ushbu   qarzlarning   qaytarilishi   aks   ettiriladi.   Bu   muomalalar
quyidagi yozuvlar bilan rasmiylashtiriladi:
Kreditga   sotilgan   tovarlar   bo‘yicha   topshiriq   -   majburiyatni   to‘lash   uchun
bankdan kredit olindi, D-t 4710 «Kreditga sotilgan tovarlar bo‘yicha xodimlarning
qarzi», K-t 6810 yoki 7810 schyoti.
Ishchi   va   xizmatchilar   kreditga   olingan   tovarlar   bo‘yicha   o‘z   qarzlarini
qaytarganda, D-t 5010 yoki 6710, K-t 4710 schyoti.
Kreditga   sotilgan   tovarlar   bo‘yicha   banklardan   olingan   qarz   qaytarilganda,     D-t
6810 yoki 7810, K-t 5110 «Hisob - kitob schyoti» schyoti.
Ishchi va xizmatchilarga uy-joy qurilishi, dalabog‘ qurilishi uchun banklardan
kredit olinganda, D-t 5010 yoki 5110, K-t 6810 yoki 7810 schyoti.
Ishchi   va   xizmatchilarga   uy-joy   qurilishi   va   dalabog‘   uylarini   qurish   uchun
kredit   berilganda,   D-t   4720   «Berilgan   qarzlar   bo‘yicha   xodimlarning   qarzi»,   K-t
5010   «Milliy   valyutadagi   pul   mablag‘lari»   yoki   5110   «Hisob-kitob   schyoti»
schyotlari.   Ushbu   qarzlar   qaytarilganda,   D-t   5010   yoki   6710,   K-t   4720   schyot.
Bankdan olingan qarz to‘langanda, D-t 6810 yoki 7810, K-t 5110 schyot.
YUqorida aytib o‘tilgan kreditlardan tashqari, ishchi va xizmatchilarga foizsiz
kreditlar   ham   berilishi   mumkin.   Bu   kreditlar   qurilish,   kapital   ta’mirlash,   uy-
joylarini  kengaytirish uy-ro‘zg‘orlari  bilan ta’minlanish  uchun korxonaning bo‘sh mablag‘lari   hisobidan   beriladi.   Bunday   kreditlar   berilganda   quyidagicha
buxgalteriya yozuvi rasmiylashtiriladi: D-t 4790 «Xodimlarning boshqa qarzi», K-t
5010 yoki 5110 schyot. Ushbu kreditlar qaytarilganda aksincha rasmiylashtiriladi.
Bozor   iqtisodiyoti   sharoitida   korxonalar   boshqa   korxona   va   tashkilotlardan
kredit (qarz) olishi mumkin. Qaytarish muddatiga qarab bu kreditlar qisqa muddatli
(bir   yilgacha   muddatga)   va   uzoq   muddatli   (bir   yildan   ortiq   muddatga)   bo‘lishi
mumkin. Korxonaning qarz beruvchilar bilan bo‘ladigan hisob-kitob muomalalari
6820   «Qisqa   muddatli   qarzlar»   va   7820   «Uzoq   muddatli   qarzlar»   schyotlarida
hisobga olinadi.
Bu   schyotlar   passiv   bo‘lib,   mamlakat   ichidagi   va   xorijdagi   qarz
beruvchilardan   davlat   va   xorijiy   valyutalarda   olingan   kreditlar   va   boshqa   jalb
qilingan   mablag‘lar   bo‘yicha   hisob-kitoblar   holati   to‘g‘risidagi   axborotni
umumlashtirish uchun tayinlangan.
Bunday   qarzlar   olingan   vaqtda   5110,   5210   -   schyotlar   debetlanib   6820   va
7820   schyotlari   kreditlanadi.   Bunday   qarzlar   qaytarilganda   aksincha   provodkalar
beriladi. Korxona tomonidan qisqa muddatli va uzoq muddatli qimmatli qog‘ozlar,
xususan aksiyalar, obligatsiyalar chiqarib sotish yo‘li bilan chetdan mablag‘lar jalb
qilish,   shuningdek   berilgan   veksellar   bo‘yicha   qarzlar   bilan   bog‘liq   bo‘lgan
muomalalar   6830   «To‘lanadigan   obligatsiyalar»,   6840«To‘lanadigan   veksellar»,
7830 «To‘lanadigan obligatsiyalar» va 7840 «To‘lanadigan veksellar» schyotlarida
hisobga olinadi.
Bu schyotlar passiv bo‘lib qisqa muddatli qimmatli qog‘ozlar chiqarib sotilsa
yoki   veksellar   berilsa,   pul   mablag‘larini   hisobga   oladigan   schyotlar   debetlanib
6830   yoki   6840-   schyotlar   kreditlanadi.   Qimmatli   qog‘ozlar   sotib   olinsa   yoki
berilgan veksellar summasi to‘lansa, aksincha o‘tkazmalar amalga oshiriladi. Uzoq
muddatli qimmatli  qog‘ozlarning sotilishi  yoki  veksellarning berilishi  va ularning sotib   olinishi   yoki   veksellar   summasining   to‘lanishi   7830   va   7840-   schyotlarini
qo‘llagan holda shunday rasmiylashtiriladi.
Qisqa   va   uzoq   muddatli   kreditlar   bo‘yicha   hisoblangan   foizlar   summasiga
9610   «Foizlar   ko‘rinishidagi   xarajatlar»   schyoti   debetlanib,   6920   «Hisoblangan
foizlar» schyoti kreditlanadi. Ushbu foizlar to‘lansa 6920- schyoti debetlanib 5010,
5110- schyotlari kreditlanadi.
YUqorida   keltirilgan   schyotlarning   analitik   hisobi   olingan   qarzlarning
shakllari,   qarz   beruvchilar   va   kreditni   qaytarish   muddatlari   bo‘yicha   yuritiladi.
Qisqa   muddatli   qarzlar   ko‘pincha   qarz   majburiyatlari   bo‘yicha   olingan   tijorat
kredit xarakteriga ega. 
Xulosa
Pul   mablag‘lari   hisobini   to‘g‘ri   tashkil   etish   xo‘jalik   yurituvchi   subektlar
faoliyatining   uzluksizligini   ta’minlash,   mablag‘lardan   maqsadli   foydalanish   va
xo‘jalik   mablag‘larini   ko‘paytirish   hamda   majburiyatlarini   qoplashga
yo‘naltirilishini nazorat qilishdir.
Xo‘jalik   operatsiyalari   natijasida   sodir   bo‘ladigan   o‘zaro   hisoblashishlarni
buxgalteriya   hisobida   to‘g‘ri,   o‘z   vaqtida   rasmiylashtirish   va     ularni   schyotlar
tizimida   ikki   yoqlama   aks   ettirish,   shuningdek,   olinadigan   hamda   to‘lanadigan
mablag‘larni tan olish usullariga ko‘ra, so‘ndirilishini ta’minlash bo‘yicha nazariy
va amaliy takliflar berilgan.
Nazorat va muhokama  uchun savollar
1. Pul   mablag‘lari   va   hisob-kitoblar   hisobining   asosiy   vazifalari   nimalardan
iborat?
2. Hisob-kitob schyotidan ko‘chirilgan pul  mablag‘lar qanday nazorat qilinadi? 3. Bankda valyuta  schyotini ochish uchun qanday hujjatlar topshiriladi?
4. Kassaga pul mablag‘larining kirimi va ularning chiqimi qanday hujjatlar bilan
rasmiylashtiriladi?
5. Korxonada kimlar hisobdor shaxs bo‘la oladi?
6. To‘lov topshiriqlari bilan qaysi vaqtlarda hisob-kitob qilinadi?
7. Moddiy   javobgar   shaxslarning   aybi   bilan   sodir   bo‘lgan   kamomad   qanday
undirib olinadi?
8. Xisobdor shaxsga berilgan avans to‘lovlari va xizmat safari xarajatlari qanday
hisobga olinadi?
9. Bankdan   olingan   xodimlarning   qisqa   muddatli   kreditlar   bo‘yicha   qarzlari
qanday so‘ndiriladi?

Mol etkazib beruvchilar, pudratchilar, xaridor va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblar hisobi Reja: 1 . Mol etkazib beruvchilar bilan bo‘ladigan hisob - kitoblar hisobi 2. Хaridorlar bilan bo‘ladigan hisob - kitoblar hisobi 3. Hisobdor shaxslar bilan bo‘ladigan hisob - kitoblar hisobi 4. Kredit operatsiyalari bo‘ladigan hisob - kitoblar hisobi

1 . Mol etkazib beruvchilar bo‘ladigan hisob - kitoblar hisobi Debitor qarz har doim boshqa tashkilotlarning aktivlariga qilingan da’vo bo‘lib hisoblanadi. Debitor qarzi bilan bog‘liq bo‘lgan asosiy buxgalteriya operatsiyalari bo‘lib tan olish va baholash hisoblanadi. Debitor qarzlarini undirib olish imkoniyati – bu debitor qarzlarini o‘lchash va ularni hisobotiga ta’sir qiluvchi asosiy masaladir. Undirib olish imkoniyati qarz aks ettirilganligiga (tan olish tamoyili) va uning summasiga (baholash tamoyili) ta’sir qiladi. Buxgalteriya hisobi Milliy andozasining 2-soniga binoan xo‘jalik yurituvchi subektga daromadlarning kelib tushish ehtimoli bo‘lsa, ular alohida aks ettiriladi. Turli debitor va kreditorlar bilan hisob-kitoblar quyidagi hollarda vujudga keladi: korxonaning o‘zidan yoki uning mehnat jamoasi a’zolaridan ijro varaqalariga asosan pul undiriladigan bo‘lsa; kommunal xizmati, turar joy haqi, turar joy bo‘lmagan xonalarni ijara haqlari bo‘yicha; mehnat jamoasi a’zolarining buyrug‘i bilan Xalq banki va boshqa joylarga pul o‘tkazish bo‘yicha. Da’volar va korxonaga etkazilgan moddiy zararlarni undirish bo‘yicha hisob-kitoblar 4860 «Da’volar bo‘yicha olishga doir schyotlar», 4730 «Xodimlarning moddiy zararni qoplash bo‘yicha qarzlari» schyotlarida hisobga olinadi. Bundan tashqari, turli debitorlar tarkibida moliyalanadigan va operativ lizinglar bo‘yicha olinadigan to‘lovlar, olinadigan foizlar va dividendlar, royalti va gonorar bo‘yicha olinadigan schyotlar va boshqa shaxslarning qarzlari (joriy qismi) hisobga olinadi. Bu operatsiyalarning hisobi 4800 «Turli debitorlar qarzlarini hisobga oluvchi schyotlar» schyoti tarkibidagi tegishli (4810, 4820, 4830, 4840,4850,4860 va 4890) schyotlarda aks ettiriladi. Korxonaning turli kreditorlardan bo‘lgan qarzlari tarkibiga moliyalanadigan va operativ lizinglari bo‘yicha to‘lanadigan summalar, to‘lanadigan foizlar, royalti va gonorarlar bo‘yicha qarzlar, da’volar bo‘yicha to‘lanadigan schyotlar, hisobdor

shaxslardan bo‘lgan qarzlar va boshqa majburiyatlar kiradi. Bunday operatsiyalarning hisobi 6900 – «Turli kreditorlarga bo‘lgan majburiyatlarni hisobga oluvchi schyotlar» schyoti tarkibidagi tegishli (6910, 6920, 6930, 6940, 6950, 6960, 6970 va 6990) schyotlarda aks ettiriladi. 2. Хaridorlar bilan bo‘ladigan hisob - kitoblar hisobi 4000, 4100, 4300, 4610, 4800, 6100, 6300, 6500, 6600, va 6900-schyotlar bo‘yicha analitik hisob 7-qaydnomada yuritiladi. Boshqa schyotlar bo‘yicha ham shu shaklda 7-qaydnoma yuritiladi. Oy oxirida analitik hisob qaydnomasi bo‘yicha jami chiqarilib keyingi oy boshiga qoldiq yoziladi. Kredit oborotlari korrespondentlanuvchi schyotlar doirasida 7 - qaydnomadan 4000, 4100, 4300, 4700, 4800, 6100, 6400, 6900 va boshqa schyotlarning krediti bo‘yicha 8 – jurnal- orderga yozib qo‘yiladi. 4100, 4700 schyotlar bo‘yicha yozuvlar jurnal-orderda bir qatorda ko‘rsatiladi, 4800, 6900 – schyotlar bo‘yicha bir oyligi jamlab yoziladi. 4100, 6100, 6400 – schyotlar bo‘yicha sintetik va analitik hisob birga ko‘rsatiladi. Xodimlarning ta’tilga, pensiyaga chiqishlarida va ishdan bo‘shayotgan hollarida, ish haqi berish uchun belgilangan kunni kutmasdan, ish haqi ta’tilga chiqish, ishdan bo‘shash , pensiyaga chiqish kunidan keyingi kundan kechiktirilmay berilishi kerak. Bunday to‘lovlar hisoblashish davri orasidagi to‘lovlar deyiladi. Ushbu maqsadlar uchun pul kassa chiqim orderlari yoki (uch va undan ortiq xodimlar bo‘lsa) to‘lov qaydnomalariga asosan beriladi. Hisobdor shaxslar bilan hisoblashishlar mayda xo‘jalik xarajatlarini va xizmat safar xarajatlarini to‘lashda sodir bo‘ladi . Demak, hisobdor shaxslar – kelgusi ma’muriy-xo‘jalik va safar xarajatlari uchun pul mablag‘larini oldindan olgan xodimlardir. Hisobdor shaxs sifatida kassadan naqd pul oladigan xodimlarning

ro‘yxati korxona rahbari tomonidan tasdiqlanadi. Beriladigan pul miqdori cheklangan: xo‘jalik ehtig‘jlari uchun beriladigan naqd pul korxona smetasida nazarda tutiladi; safar xarajatlari uchun beriladigan pul safar muddati va boradigan joyiga bog‘liq. Safar xarajatiga pul berishda yo‘lkira (ikki tomonga), sutkalik va yotoq (turar joy ijarasi) xarajatlari hisoblab chiqiladi. Xizmat safari davrida xodimning asosiy ish joyidagi ish haqisi saqlanadi. Safar uchun hisobdor shaxsga pul berish rahbarning buyrug‘i va safar guvohnomasi bilan rasmiylashtiriladi . Beriladigan pul hisoblab chiqilgandan so‘ng buxgalteriya tomonidan kassa chiqim orderi rasmiylashtiriladi . Belgilangan meyor doirasida yoki undan ortiq qilingan safar xarajatlari, maqsadli tayinlanishiga qarab, yoki ishlab chiqarish xarajatlariga, yoki davr xarajatlariga o‘tkaziladi. Basharti safar xarajatlari ishlab chiqarish jarayoniga o‘tkazilsa, mahsulot (ish va xizmat) lar tannarxiga hamda boshqaruv xodimlarining safar xarajatlari esa – davr xarajatlariga o‘tkaziladi. 1 Korxona rahbarining qarori bilan istisno shaklida qonunchilikda nazarda tutilgan me’yoridan ortiq qilingan safar xarajatlari soliqqa tortiladigan bazani ko‘paytiradi. Belgilangan vazifa bajarilgandan so‘ng uch kun ichida hisobdor shaxs qilingan xarajatlar to‘g‘risida avans hisoboti topshirishi shart . Qilingan xarajatlarni isbotlovchi, tasdiqlovchi hujjatlarni va safar guvohnomasini avans hisobotiga ilova qiladi. 3. Hisobdor shaxslar bilan bo‘ladigan hisob - kitoblar hisobi Safarning maqsadli tayinlanishga qarab sex, bo‘lim boshliqlari qilingan xarajatlarni maqsadga muvofiqligini tasdiqlaydi. Avans hisoboti tuzilib summasi 1 «X arajatlar tarkibi to‘g‘risida»gi Nizomning 1.5.2 va 2.2.12.- moddalari.

aniqlangandan so‘ng avans hisoboti korxona rahbari tomonidan tasdiqlanadi va tegishli buxgalteriya yozuvlari bilan rasmiylashtiriladi. Foydalanilmay qolgan summa avans hisoboti topshirgan kuni hisobdor shaxs tomonidan kassaga kirim orderi bilan topshiriladi , ortiqcha qilingan xarajat summasi kassadan chiqim orderi bilan beriladi . Hisobdor shaxsga berilgan summa maqsadli xarakterga ega bo‘lib, birovga berish yoki buyurish taqiqlanadi. Oldingi berilgan avans bo‘yicha qarzi bo‘lmagan holdagina yangi avans beriladi . Basharti belgilangan muddatda avans hisoboti topshirilmasa yoki foydalanilmagan summa kassaga qaytarib topshirilmasa, qonunchilikda belgilangan tartibda buxgalteriya bu qarzni hisoblangan ish haqidan ushlab qolishi mumkin. SHuni ham bilish kerakki, belgilangan meyordan ortiqcha qilingan sutkalik xarajati hisobdor shaxsning ish haqisiga qo‘shib daromad solig‘iga tortiladi. Sutkalik xarajatlar shuningdek turar joy ijara xarajatlari me’yori eng kam ish haqi miqdoridan koeffitsentda belgilanadi. Xizmat safari xarajatlari oldindan ma’lum bo‘lgan hollarda, korxona rahbari isbotlovchi hujjatlar topshirmasdan safar xarajatlarini to‘lashga ruxsat berish huquqiga ega. Bunda safar xarajatlari summasining raschyoti, korxona rahbari va safarga borayotgan xodim tomonidan imzolanib, korxona buxgalteriyasida saqlanadi. Safardan qaytgandan so‘ng talabga muvofiq rasmiylashtirilgan safar guvohnomasi buxgalteriyaga topshiriladi, qilingan xarajatlar summasi to‘g‘risida hisobot topshirilmaydi. Safar muddati korxona rahbarining buyrug‘i bilan aniqlanadi, safarda bo‘lgan haqiqiy vaqti esa – safar guvohnomasidagi imzolar va muhr bilan tasdiqlangan tartibda safar joyiga kelgan va ketgan kuni to‘g‘risidagi belgi bilan aniqlanadi. Bunda safarga ketgan va safardan kelgan kunlari to‘liq kun hisoblanadi . Korxonada safarga ketgan va kelgan shaxslarni ro‘yxatga olish jurnali yuritiladi . Barcha hisobdor summa operatsiyalari korxona buxgalteriyasida 4220 -