logo

MOLIYA BOZORI VA INSTRUMENTLARI.

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

33.9248046875 KB
MOLIYA BOZORI VA INSTRUMENTLARI. 
Reja.
1. Qimmatli qog‘ozlar bozorining turlari va ularning turkumlanishi.
2. Ulushga egalik qilish huquqini beruvchi qimmatli qog‘ozlar.
3. Aksiya bilan bog‘liq bo‘lgan hosilaviy qimmatli qog‘ozlarlar. 1. Qimmatli qog‘ozlar bozorining turlari va ularning turkumlanishi
Qimmatli qog‘ozlar bozori savdo kapitalining rivojlangan davrida paydo
bo‘lganligi va ko‘pchilik g‘arb mamlakatlarida u xo’jalik mexanizmining eng
barqaror   va   yo’lga   quyilgan   qismlaridan   biri   hisoblanishi   haqidagi
ma’lumotlarni   oldingi   ma’ruzalarda   aytib   o‘tgan   edik.   Xuddi   shunday,
O‘zbekistonda   qimmatli   qog‘ozlar   bozorini   paydo   bo‘lishi,   davlat
korxonalarini   xususiylashtirish   va   aksiyadorlik   korxonalariga   aylantirish
jarayoni bilan bog‘liq.
Qimmatli qog‘ozlar bozori tashkiliy jarayon nuqtai nazaridan:
- birlamchi bozorlarga
  shaklan esa:    
- ikkilamchi bozorlarga
- birjaviy bozorlarga 
- nobirjaviy bozorlarga bo‘linadi.
Endi shu bozorlarni har birini alohida ko‘rib chiqamiz.
Qimmatli   qog‘ozlarning   birlamchi   bozori   –   bu   qimmatli   qog‘ozlar
emissiyasini   va   birlamchi   joylashtirilishini   amalga   oshirish,   ya’ni   qimmatli
qog‘ozlarni   emitent   yoki   uning   vakili   tomonidan   dastlabki   sarmoyadorga
sotish bozoridir.
Emitent   tomonidan   qimmatli   qog‘ozlarni   takror   chiqarilishi   (masalan,
ustav fondini oshirish maqsadida) yoki ikkilamchi emissiyasi ham birlamchi
bozor doirasiga kiradi.
Birlamchi   bozorning   eng   muhim   tavsifi,   emitentlar   tomonidan
axborotni   oshkor   etilishidir.   Bunda   emitent   haqida   to‘liq   ma’lumot
beriladigan   emissiya   prospektini   yoki   qimmatli   qog‘ozlarni   muomilaga
chiqarish   to‘g‘risidagi   ma’lumotlarni   e’lon   qilishdan   tortib,   to   fond   bozori
sohasida   nazorat   vazifalarini   amalga   oshiruvchi   maxsus   davlat   idoralariga taqdim   etiladigan   qimmatli   qog‘ozlarni   joylashtirish   haqidagi   hisobotgacha
oshkor etiladi. Qimmatli qog‘ozlarning birlamchi sotilishi ommaviy axborot
vositalarida   emitent   to‘g‘risida   ma’lumotni   e’lon   qilgan   holda   qimmatli
qog‘ozlarni   xarid   qilishni   ochiq   taklif   etish   shaklida   (istalgan   imkoniyatli
sarmoyador   uchun)   hamda   yopiq,   obuna   shaklida   faqat   tegishli   davlat
boshqaruv idorasiga ma’lum qilgan qoida qimmatli qog‘ozlarni shaxslarning
cheklangan   doirasi   o‘rtasida   joylashtirish   yo’li   bilan   amalga   oshirilishi
mumkin.
Qimmatli qog‘ozlarning ikkilamchi bozori – bu ilgari chiqarilgan va hech
bo‘lmaganda   bir   marta   xarid   qilingan   qimmatli   qog‘ozlar   oldi   –   sotdisi
(muomalasi) amalga oshiriladigan bozoridir.
Uning   funksiyasi   qimmatli   qog‘ozlarning   oldi   –   sotdisini   tezkorlik   bilan
ta’minlashdir.   Bunda   sotuvchi   va   xaridorni   uchrashtirish,   bo’sh   kapitalni
iqtisodiyotni  eng  unumli  sohasiga  zudlik  bilan  safarbar  qilish,  tomonlarning
o’zaro   manfaatlarini   ta’minlash   ikkilamchi   bozorning   asosiy   vazifasi   bo‘lib
hisoblanadi.
Ikkilamchi bozorning asosiy ko‘rsatkichlaridan biri likvidlik hisoblanadi.
Yuqori   likvidlikka   ega,   ya’ni   qisqa   vaqt   ichida   juda   katta   miqdordagi
qimmatli   qog‘ozlarni,   ularning   kursini   sezilarsiz   o‘zgarishi   sharoitida   kam
xarajat bilan oldi – sotdiga jalb qila olishdir, yoki boshqacha qilib aytganda,
bozorning   likvidligi   –   bu   ma’lum   vaqt   oralig‘ida   bozor   narxlarining   kam
miqdorda o‘zgarib to‘rgan holda qimmatli qog‘ozlarning katta qismini yuqori
suratda aylanishini ta’minlash imkoniyatidir.
Birlamchi   va   ikkilamchi   bozorlar   o‘rtasidagi   uzaro   munosabat   iqtisodiy
munosabatlarning   rivojlanishiga,   fond   bozorining   shakllanishiga,   uning
«yoshiga»,   shuningdek,   muomilada   bo‘lgan   qimmatli   qog‘ozlar   har   xil
turlarining tarkibiga bog‘liq. Masalan,   iqtisodiyot   nisbatan   barqaror   bo‘lgan,   qimmatli   qog‘ozlar
bozorining   tarixi   esa,   bir   necha   yuz   yillarni   qamrab   olgan   rivojlangan
kapitalistik   mamlakatlarda   qimmatli   qog‘ozlarning   deyarli   barcha   turlari
bo’yicha   ikkilamchi   savdo   ustun   turadi.   Birlamchi   bozordagi   qimmatli
qog‘ozlar aylanmasi ushbu mamlakatda ikkilamchi bozor aylanmasining 5-10
foizini   tashkil   etadi   holos.   Odatda   ko‘pchilik   rivojlangan   mamlakatlar   fond
birjalarida   qimmatli   qog‘ozlarning   birlamchi   joylashtirilishi   amalga
oshirilmaydi, shuning uchun u yerlarda uzoq muomila muddatiga ega bo‘lgan
qimmatli qog‘ozlar baholanadi.
Ommaviy   xususiylashtirish   bilan   kuzatiladigan   bozor   munosabatlarini
vujudga keltirish jarayonini kechirayotgan va endigina o’zini fond bozorlarini
barpo   etayotgan   mamlakatlar   uchun   islohotlarning   dastlabki   bosqichlarida
qimmatli qog‘ozlarning birlamchi bozori ustun turadi.
O‘zbekistonda   ham   90-yillarning   o‘rtalarida   birlamchi   bozorning
ustuvorligi   sezilarli,   lekin   keyincha   bu   nisbat   o’zgara   bordi.   1995   yilda
Respublikada   bank   va   tijorat   veksellarning   ikkilamchi   bozori.   1996   yildan
boshlab   esa,   Davlat   qisqa   muddatli   obligatsiyalarining   (DQMO)   ikkilamchi
bozori,   kuchli   taraqqiy   eta   boshladi   va   ularning   salmog‘i   birmuncha   o’sishi
kuzatildi.
a) Qimmatli qog‘ozlar bozorining uyushgan va uyushmagan turlari.
Qimmatli   qog‘ozlarning   uyushgan   bozori   –   qimmatli   qog‘ozlarning
muomalada   bo‘lishi,   unda   qimmatli   qog‘ozlar   operatsiyalari   ushbu   bitimlar
ishtirokchilari   uchun   qimmatli   qog‘ozlar   savdosining   tashkilotchisi
tomonidan belgilangan tadbirlar va shartlar bilan tartibga solinadi. Qimmatli
qog‘ozlarning   uyushmagan   bozori   bu   qimmatli   qog‘ozlarning   muomalada
bo‘lishi,   unda   qimmatli   qog‘ozlar   bilan   operatsiyalar   savdo
tashkilotchilarining ushbu bitim predmeti va uning ishtirokchilariga nisbatan
qo‘ygan   talablarga   rioya   etilmagan   holda   amalga   oshiriladi.   Bu   shunday bozorki,   unda   bitimlar   tuzish,   qimmatli   qog‘ozlar   ishtirokchilarga
quyiladigan   talablarning   qoidalari   belgilanmagan,   savdolar   sotuvchi   va
xaridorlarning   shaxsiy   aloqasi   orqali   ixtiyoriy   ravishda   amalga   oshiriladi.
Mazkur   bozorda   tuzilgan   bitimlar   haqidagi   axborot   tizimi   mavjud   emas.
Bundan   tashqari,   bitimlar   ishtirokchilari   qandaydir   muhofaza   va   sug‘urta
mexanizmlaridan foydalanilmagan holda amalga oshiriladi. Bitimlar maxsus
ro’yxatga   oluvchilar   tomonidan   qonun   bilan   belgilangan   umumiy   tartibda
rasmiylashtiriladi.   Ushbu   bozor   «ko‘cha»,   yoki   «tartibsiz»   bozor   deb
nomlanishga   qaramay,   u   mutlaqo   chalkash   tartibsiz   bozor   emas,   agar
tovlamachilik   hollari   aniqlansa   tartibga   soluvchi   davlat   idorasi   tergov   ishini
olib boradi. Bunday bozorda sifatli qimmatli qog‘ozlar kam, ular bo’yicha yo
dividendlar   olish,   yoki   barcha   qo’yilgan   mablag‘larni   yo‘qotish   mumkin
bo‘lgan   daromadli   qimmatli   qog‘ozlar   ham,   shuningdek,   emitentlari
murakkab   moliyaviy   ahvolda   qolgan,   yoki   bankrotlik   yoqasida   bo‘lgan,
yaroqsiz   deb   nomlanuvchi   aksiyalar   ham   sotilishi   mumkin.   O’zbekiston
Respublikasida   uyushmagan   bozorda   yangi   barpo   etilgan,   shuningdek,
xususiylashtirilgan   korxonalarning   birlamchi   va   ikkilamchi   emissiyalari
aksiyalari, bank hamda tijorat veksellari sotiladi va xarid qilinadi.
XIFlar   aksiyalarining   bevosita   XIFlarning   o’zlari   tomonidan   amalga
oshirilgan   yoki   “Xalq   banki”   bo‘limlari   orqali   birlamchi   sotilishi   bunday
bozorlarga misol bo‘la oladi.
b) Qimmatli qog‘ozlarning birja va birjadan tashqari bozorlari.
Qimmatli   qog‘ozlarning   birja   bozori   bu   qimmatli   qog‘ozlar   bilan   fond
birjasi doirasida uyushgan tarzda savdo qilish sohasidir.
Fond   birjasi   (bu   haqda   biz   keyingi   ma’ruzalarimizda   to‘liq   ma’lumot
beramiz)  qimmatli  qog‘ozlar  bilan  fond  birjasi  doirasida  savdo  qilish   uchun
shart-sharoitlarni   ta’minlovchi   alohida   muassasa   bo‘lib,   unda   savdo   faqat
qimmatli   qog‘ozlar   bozorining   professional   ishtirokchilari   broker   – vositachilar,   maklerlar   –   dallollar,   dilerlar   –   savdogarlar   tomonidan   maxsus
qoidalar bo‘yicha olib boriladi.
Fond birjasida eng yaxshi qimmatli qog‘ozlar bilan savdo qilinadi.
Bular   «Toshkent»   Respublika   fond   birjasi   va   uning   viloyatlardagi   13   ta
bo‘linmasi orqali amalga oshiriladi.
Ularda,   korporativ   qimmatli   qog‘ozlar,   davlat   qisqa   muddatli
obligatsiyalari savdosi tashkil etilgan.
O‘zbekistondagi   aksiyalar   bozorining   o‘ziga   xos   xususiyati   shundaki,
uning katta qismini davlat korxonalarining xususiylashtirish natijasida barpo
etilgan   aksiyadorlik   jamiyatlarining   qimmatli   qog‘ozlarini   birlamchi   sotish
bo‘yicha tuzilgan bitimlar tashkil etadi.
Qimmatli   qog‘ozlarning   birjadan   tashqari   bozori   –   bu   fond   birjasidan
tashqarida qimmatli qog‘ozlar bilan savdo qilish sohasidir.
Unda   fond   birjasida   sotuvga   qo‘yilmagan   qimmatli   qog‘ozlarning   erkin
savdosi   dilerlar   tomonidan   maxsus   telekommunikatsiya   tarmoqlari   (telefon,
telefaks,   kompyuter   vositalari)   yordamida   amalga   oshiriladi.   Bu   savdo
vositachilarga fond birjalari tomonidan o‘rnatilgan yuqori stavkali komission
yig‘imlardan qochishga sharoit yaratadi.
Birjadan   tashqari   uyushgan   bozorlar   AQSH   va   Evropa   mamlakatlarida
yaxshi rivojlangan, O‘zbekistonda bunday savdo 1998 yil 1 iyundan boshlab
«Elsis-Savdo»   birjadan   tashqari   elektron   tizimi   orqali   amalga   oshrilib
kelinmoqda.   2005   yildan   boshlab   Banklararo   savdo   tizimi   (MTS)   ham
birjadan tashqari bozorda faoliyat yuritmoqda.
Qimmatli qog‘ozlar bilan bo‘ladigan operatsiyalarni to‘la qamrab oluvchi
birjadan tashqari bozorni ikki turga bo‘lish mumkin.
1. Stixiyali bozorlar;
2. Dilerlar bozori. Stixiyali   bozorda   oldi   –   sotdi   xaridor   bilan   sotuvchilarning   shaxsiy
aloqasi   orqali   palama   –   partish   tarzda   yuzaga   keladi.   Unda   oldi–sotdining
tartib-qoidalariga,   qimmatli   qog‘ozlar   va   ishtirokchilariga   nisbatan   hech
qanday talab qo‘yilmaydi. Savdo sotiq ixtiyoriy ravishda amalga oshiriladi.
Dilerlar bozorida sotuvchilar sotuvga tushadigan qimmatli qog‘ozlarning
narxini   ochiqdan   –   ochiq   e’lon   qiladilar.   Shu   sababli   xaridor   bilan   sotuvchi
o‘rtasida to‘g‘ridan – to‘g‘ri ochiq raqobat yuz bermaydi.
O‘z   navbatida   dilerlar   bozorida   qimmatli   qog‘ozlarni   taklif   qilishning
quyidagi xillari asosida ham tashkil qilish mumkin:
- cheklangan (masalan, naqd pulga sotish uchun bir nechta muayyan joyni
belgilash);
-   taqsimlangan   (investorlar,   qimmatli   qog‘ozlar,   to‘lov   turlari   bo‘yicha
bozor joylaridan tarqalgan tarmoqlar tashkil etish);
-   uzaytirilgan   (masalan,   tijorat   yoki   jamg‘arma   banklarning   filial
tarmog‘ida qimmatli qog‘ozlarning turli xillarini har doim taklif qilish tashkil
etiladi).
V)   Kim   oshdi   savdosi   asosida   tashkil   etiladigan   qimmatli   qog‘ozlar
bozori.
Qimmatli qog‘ozlar bilan savdo qilish texnologiyalarining barcha turlarini
ikkita katta guruhga birlashtirish mumkin.
Birinchi:   Kim   oshdi   savdosi   bo‘yicha   savdo   –   sotiq,   bunga   oddiy   kim
oshdi savdosi kiradi.
Ikkinchi: Gollandcha kim oshdi savdosi va qo‘shaloq kim oshdi savdosi.
Oddiy   kim   oshdi   savdosi,   bunda   faqat   xaridorlar   musobaqalashadi.
Sotuvchilar   to‘g‘ridan-to‘g‘ri   raqobatlashmaydi.   Savdolar   boshlanishidan
oldin xarid qilish uchun va sotish uchun buyurtmalar yig‘iladi va buyurtmalar
ro‘yxati   (kopirovka   varag‘i)   to‘ldiriladi.   Savdolar   takliflar   ro‘yxatining
ochiqcha   ketma-ketlik   bilan   e’lon   qilinishi   orqali   amalga   oshiriladi.   Har   bir aniq taklif bo‘yicha yangi narxlarning belgilanishi yo‘li bilan xaridorlarning
bahslashuvi ochiq kechadi.
Boshlang‘ich   narxni   odatda   sotuvchi   belgilaydi.   So‘nggi   narx   bu
xaridorlar   tomonidan   da’vogarlar   raqobatlasha   olmaydigan   darajadagi
ochiqcha   taklif   etilgan   bahodir.   Oddiy   kim   oshdi   savdosi   sobiq   SSSRning
barcha birjalarida eng ko‘p tarqalgan usuli edi.
1991 yildan boshlab O‘zbekistonda ham bu ommabop usul keng tarqaldi.
«Toshkent»   RFBda   kompyuterdan   foydalanilgan   holda   bu   usul   qo‘llaniladi.
Bu   usul   savdo   o‘tkazuvchilarning   barcha   ishtirokchilari   uchun   aniq   va
tushunarlidir.
Gollandcha kim oshdi savdosi.
Savdolarni   o‘tkazishni   bu   usulida   xaridorlarni   buyurtmalari   oldindan
jamlanadi,   undan   keyin   buyurtmalar   emitent   tomonidan   yoki   uning
manfaatlari   uchun   xizmat   qiluvchi   vositachi   tomonidan   sirtdan   ko‘rib
chiqiladi.   Yagona   rasmiy   narx   belgilanadi.   O‘zbekistonda   bunday   usul
DQMO   ning   birlamchi   joylashtirilishi   bo‘yicha   kim   oshdi   savdolarni
o‘tkazishda qo‘llaniladi.
Bu usulda kim oshdi savdolarini o‘tkazish mexanizmi quyidagicha:
-   Respublika   fond   birjasi   tomonidan   xaridorlar   buyurtmalarining
yig‘ilishi;
- buyurtmalar ro‘yxatini tuzish va uni Moliya vazirligiga taqdim etish;
-   Moliya   vazirligi   tomonidan   amalga   oshiriladigan   xaridorlarning   sirtqi
bahslashuvi va narxning pastki chegarasini belgilash;
- buyurtmalarni qondirish.
G) Qimmatli qog‘ozlarning mintaqaviy, milliy va halqaro bozorlari
Katta   hududlarga   ega   bo‘lgan   mamlakatlarda   odatda,   qimmatli
qog‘ozlarning   mintaqaviy   yoki   lokal   bozorlari   shakllanadi.   Masalan,
O‘zbekistonda   qimmatli   qog‘ozlar   bilan   savdo   qilinishi   Qoraqalpog‘iston Respublikasi,   Toshkent   shahri   va   12   viloyatdan   iborat   bo‘lgan   ma’muriy   –
hududiy tizimlardan iborat.
Bunda har bir davlatning o‘ziga xos xususiyatlari hisobga olinadi.
Qimmatli   qog‘ozlarning   halqaro   bozori   bu   jahon   miqiyosida   qimmatli
qog‘ozlar bilan savdo qilish sohasidir. Bunda qimmatli qog‘ozlar bilan savdo
qilish natijasida kapital bir mamlakatdan ikkinchisiga oqib o‘tadi.
2. Ulushga egalik qilish huquqini beruvchi qimmatli qog‘ozlar
O‘zbekiston   Respublikasining   «Qimmatli   qog‘ozlar   va   fond   birjasi
to‘g‘risida»gi   qonuniga   muvofiq,   bizning   Respublikamizda   qimmatli
qog‘ozlarning quyidagi turlari amal qiladi:
Aksiyalar;
Obligatsiyalar;
Depozit sertifikatlari;
Depozit tilxatlari;
Veksellar.
Aksiyalar,   obligatsiyalar   va   deposit   sertifikatlari   aks   ettiriladigan
rekvizitlarni   O‘zbekiston   Respublikasi   davlat   mulkini   boshqarish   va
tadbirkorlikni   qo‘llab-quvvatlash   Davlat   qo‘mitasi   qoshidagi   «Qimmatbaho
qog‘ozlar   bozorini   koordinatsiyalash   va   nazorat   qilish   Markazi»   depozit
sertifikatlari   va   veksellarda   aks   ettirilgan   rekvizitlarni   esa   O‘zbekiston
Respublikasi Markziy banki belgilaydi.
Qimmatli   qog‘ozlar   nomi   (egasi)   yozilgan   va   taqdim   etuvchiga   tegishli
bo‘lishi   mumkin.   Qimmatli   qog‘ozlar   basharti   mulkiy   huquqlarni   ularga
egalik qilish bilan bog‘liq holda ro‘yobga chiqarish uchun emitent (qimmatli
qog‘ozlarni   chiqaruvchi)   tomonidan   yoki   uning   topshirig‘iga   binoan
qimmatli qog‘ozlar kasb faoliyatini amalga oshirayotgan tashkilot tomonidan
egasining   nomini   qayd   etish   zarur   bo‘lsagina   egasi   yozilgan   bo‘ladi.   Egasi yozilgan   qimmatli   qog‘ozni   bir   mulkdordan   ikkinchisiga   berish   hisob-
kitobdagi tegishli yozuvlarni o‘zgartirishda aks etadi.
Qimmatli qog‘ozlar basharti mulkiy huquqlarni ularga egalik qilish bilan
bog‘liq   holda   ro‘yobga   chiqarish   uchun   qimmatli   qog‘ozlarni   taqdim
etishning   o‘zi   etarli   bo‘lsa,   taqdim   etuvchiga   tegishli   hujjatlar   deb
hisoblanadi. Taqdim etuvchiga tegishli qimmatli qog‘ozlar erkin muomaladi
bo‘ladi.
Qimmatli qog‘ozlarning eng keng tarqalgan turi aksiyalar hisoblanadi.
Aksiya bu aksiyadorlik jamiyatining Ustav fondiga yuridik yoki jismoniy
shaxs   muayyan   hissa   qo‘shganidan   guvohlik   beruvchi,   aksiya   egasining
mazkur   jamiyat   mulkidagi   ishtirokini   tasdiqlovchi   kamida   unga   dividend
olish va odatda, ushbu jamiyatni boshqarishda qatnashish huquqini beruvchi,
amal qilish muddati belgilanmagan qimmatli qog‘ozdir.
Boshqacha   qilib   aytganda,   aksiya   aksiyadorlik   jamiyat   chiqargan
qimmatbaho   (daromad   keltiruvchi)   qog‘oz.   Aksiya   o‘z   egalariga,   ya’ni
aksiyadorlarga   hissadorlik   jamiyati   ixtiyoridagi   umumiy   mulkdan   o‘ziga
tegishli   ulushiga   huquqi   borligi   to‘g‘risida   guvohlik   beradi.   Amaldagi
me’yoriy   hujjatlarga   asosan   aksiya   blankalarining   majburiy   rekvizitlari
quyidagilarni o‘z ichiga oladi.
Aksioner jamiyatining nomi va joylashgan manzili;
Qimmatli qog‘ozning nomi «Aksiya»;
Navbatdagi nomer;
Chiqarilgan vaqti;
Aksiya turi (oddiy va imtiyozli);
Nominal qiymati va toifasi;
Egasining nomi.
Aksiya chiqarilgan aksioner jamiyatining Ustav fondining miqdori;
Muomalaga chiqarilgan aksiyalar soni; Imtiyozli   aksiyalar   uchun   to‘lanadigan   dividend   miqdori   va   to‘lash
muddati;
Aksoner   jamiyati   ijroiya   organi   rahbarining   imzosi   (boshqaruv,
direksiya).
Qimmatli   qog‘ozlar   chiqarilgan   korxonaning   muhri.   Aksiyalar   davlat
tilida   to‘liq   yoziladi.   Jamiyat   a’zolarining   xohishiga   ko‘ra   boshqa   tillarda
ham yozilishi mumkin.
Aksiyalar   egasining   ismi   yozilgan   va   yozilmagan,   imtiyozli   va   oddiy
bo‘lishi mumkin. Aksiyada ko‘rsatilgan va jamiyat aksiyadorlarini ro‘yxatga
olish   daftariga   kiritilgan   jismoniy   yoki   yuridik   shaxsgina   egasi   yozilgan
aksiyaning   sohibi   bo‘lishi   aksiyador   deb   e’tirof   etiladi.   Egasi   yozilmagan
aksiyalar  jamiyat  aksiyalarining  ro‘yxatga  olish  daftariga  kiritilmagan  holda
boshqa shaxslarga mulk qilib beriladi.
Oddiy   (odatdagi)   aksiyalar   ovoz   beruvchi   bo‘lib,   ularning   egalariga
dvidendlar   olish,   jamiyatning   umumiy   yig‘ilishlarida   va   jamiyatni
boshqarishda ishtirok etish huquqini beradi.
Imtiyozli   aksiya   egalari   dvidendlarni,   shuningdek   aksiyadorlik   jamiyati
tugatilganda   aksiyalarga   qo‘yilgan   mablag‘larni   birinchi   navbatda   olish
huquqiga   egadir.   Imtiyozli   aksiyalar   ularning   egalariga,   korxona   foyda
ko‘rish-ko‘rmasligidan   qa’tiy   nazar,   muayyan   dvidendlar   olish   huquqini
beradi.
Yopiq turdagi aksiyadorlik jamiyatining aksiyalari faqat egasi yoziladigan
aksiyalar   bo‘lishi   mumkin,   ularni   boshqa   shaxsga   o‘tkazish   tartibi   ustavda
belgilanib   qo‘yiladi.   Yopiq   turdagi   aksiyadorlik   jamiyatlari   aksiyadorlariga
aksiyalar   o‘rniga   ularning   nominal   qiymatiga   teng   so’mmada   sertifikatlar
berishi mumkin. Chiqariladigan aksiyalarning xillari, ularni tarqatish va joylashtirish, ular
bo‘yicha dividendlarni to‘lash tartibini har bir aksiyadorlik jamiyati o‘zining
Ustaviga asosan amalga oshiradi.
Aksiya   bo‘linmasdir.   Bu   degani   aksiyaga   bir   necha   kishi   egalik   qilishi
mumkin   (masalan,   er   va   xotin).   Lekinda   aksioner   jamiyatining   yig‘ilishida
ular bir ovozga ega bo‘ladi.
Aksiya   mulkka   egalik   qilish   huquqini   shartli   ravishda   beradi.   U   zayom
emas.   Aksiyada   qoplash   muddati   ko‘rsatilmaydi.   Aksiya   egasining
javobgarligi   faqat   uning   ixtiyoridagi   aksiya   miqdori   bilan   chegaralangandir.
Shuning uchun ham u jamiyat uchun javob bermaydi.
O‘zbekiston   Respublikasining   «Aksiyadorlik   jamiyatlari   va   aksiyadorlar
huquqini   himoya   qilish   to‘g‘risida»gi   qonunida   aksiyadorning   huquqlari
batafsil yoritilgan. Qonunga ko‘ra aksiyadorlar:
– jamiyat   mablag‘iga   qo‘shgan   hissasini   va   shunga   muvofiq   topilgan
foydaning bir qismini dividend tariqasida olishi;
– aksiyadorlarning   umumiy   yig‘ilishida   qarorlarni   ishlab   chiqarishda
ovoz   berish,   mazkur   hissadorlik   jamiyatining   sotib   olishda   ustunlik
qilish;
– inqirozga   uchragan   chog‘da   hissadorlik   jamiyatining   bir   bo‘lagiga
egalik qilish;
– o‘z manfaatlarini ifodalash va himoya qilish maqsadida uyushmalar va
boshqa jamoat tashkilotlariga birlashish va h.k.
Bu   huquqlar   aksiyalarning   xillariga   qarab   o‘zgarib   turishi   mumkin.
Masalan:   oddiy   aksiyalar   egalari   jamiyat   Ustaviga   muvofiq   aksiyadorlar
umumiy   yig‘ilishida   barcha   masalalar   bo‘yicha   ovoz   berish   huquqi   bilan
ishtirok etsa, imtiyozli aksiyalarning egasi bunday huquqga ega emas va h.k.
Aksiyalarni   boshqa   shaxsga   mulk   qilib   o‘tkazish   mumkin.   Bu   holda   egasi
yozilgan   aksiyalar   (sotib   olinishi,   hadya   qilinishi,   meros   bo‘lib   o‘tganda) egasining o‘zgarganini qayd etuvchi organ aksiya yangi egasining ismi yoki
nomini   kiritadi.   Aksiyadorlik   jamiyati   ma’lum   bir   vaqt   o‘tgandan   keyin
aksiyalarni   qayta   sotish,   o‘z   xodimlari   orasida   tarqatish   yoki   bekor   qilish
maqsadida aksiyadorlardan ularni sotib olish ham mumkin. Chunki aksiyalar
ko‘pi   bilan   bir   yil   ichida   joylashtirilishi   lozim.   Ana   shu   davr   ichida
dividendlarni   taqsimlash,   shuningdek,   aksiyadorlarning   umumiy   yig‘ilishida
ovoz   berish   va   kvorumni   aniqlash   jamiyat   sotib   olgan   o‘z   aksiyalarini
hisobga olmagan holda o‘tkaziladi.
Jamiyat   o‘z   aksiyalarini   mustaqil   ravishda   yoki   investitsiya   institutlari
orqali   sotib   olishi   mumkin.   Aksiyalar   chiqarilganda   ularning   nominal
aksiyada   ko‘rsatilgan,   (masalan,   100   dollar,   500   dollar,   100   so’m   va   h.k.)
qiymati   bo‘ladi,   lekin   ular   bozor   narxida   sotiladi,   narx   nominal   qiymatidan
yuqori yoki past bo‘ladi. Bozordagi talab va taklifga qarab aksiyaning bozor
narxi   shakllanadi,   bunga   bozor   kursi   deb   ataladi.   Bozor   kursi   yoki   narxini
belgilanishi   qimmatli   qog‘ozlar   katirovkasi   deyiladi   va   u   fond   birjasida
amalga oshiriladi.
Qimmatli   qog‘ozlarning   bozorda   yaxshi   sotilishi   korxona,   firma   uchun
o‘zgalar   pulini   moliyaviy   resursga   va   so‘ngra   kapitalga   aylantirib,   o‘zining
mavqeini mustahkamlab yaxshi foyda olishga imkon beradi. Aksiya kursiga
ta’sir etuvchi omilar turlicha bo‘ladi. Germaniya mutaxassislari fikriga ko‘ra
unga iqtisodiy, siyosiy va ruhiyat omillari ta’sir etadi.
Firma   emitent   sifatida   qimmatli   qog‘oz   sotsa,   xaridor   sifatida   uni
bozordan   sotib   ham   oladi.   Odatda   firma   o‘zi   bilan   yaqin   iqtisodiy   aloqada
bo‘lgan firmalar, banklar, sug‘urta va investitsiya kompaniyalari aksiyalarini
va davlat obligatsiyalarini yoki ko‘proq o‘z mahsulotlarini sotib oluvchi yoki
unga   kerakli   resurslarni   sotuvchi   korxonalar   aksiyasini   sotib   oladi,   chunki
ular bir birlarining yaxshi moliyaviy ahvolidan o‘zaro manfaatdor bo‘ladilar. Bozor munosabati sharoitida xo‘jalik subyektlari moliya jihatdan ham o‘z
aravasini o‘zi tortishi kerak, ammo ular foyda ko‘rib rentabelli ishlashi, foyda
hisobidan   o‘z   moliya   resurslarini   orttirib   borishlari   ham   shart,   bu   siz   ular
raqobatga   bardosh   bera   olmaydilar.   Demak,   moliyaviy   baquvvat   bo‘lish
raqobatchi chidamli bo‘lishi demakdir.
3. Aksiyalar bilan bog‘liq bo‘lgan hosilaviy qimmatli qog‘ozlar
Hosilaviy   qimmatli   qog‘ozlar   bu   birlamchi   qimmatli   qog‘oz
(aksiya)larning   shu   bozorda   amal   qilishi   natijasida   hosil   bo‘lgan   ikkilamchi
qimmatli   qog‘ozlardir.   Masalan:   qiymat   qonuni   tovar   xo‘jaligining
hosilasidir.   Hosilaviy   qimmatli   qog‘ozlar   o‘z   egasiga   birlamchi   qog‘ozlarni
sotib   olish   va   sotish   huquqini   beradi.   Ularning   qiymati   boshqa   qog‘ozlar
orqali gavdalanadi.
Qimmatli   qog‘ozlar   hosilalarini   chiqarish   va   muomalasi   qoidalarini
O‘zbekiston   Respublikasi   Moliya   vazirligi   qoshidagi   qimmatli   qog‘ozlar   va
fond birjalari bo‘yicha Davlat komissiyalari belgilaydi.
Hosilaviy qimmatli qog‘ozlarning quyidagi turlari mavjud:
 opsion;
 fyuchers;
 depozit tilxatlari;
 varrant;
 privatizatsiya cheklari;
 privatizatsiya kuponlari va h.k.
Bular   bilan   operatsiyalar   nafaqat   birlamchi   bozorda,   shu   bilan   birga
ikkilamchi   bozor   (birjalar)da   hamda   «ko‘cha»   (chayqov)   bozorida   ham
bajarilaveradi. Ammo bu operatsiyalarning asosiy qismi fond birjalari oraqli
o‘tadi. Opsion   bu   muayyan   qimmatli   qog‘ozni   kelishilgan   baho   va   muddatda
sotib   olish   yoki   sotish   huquqini   beruvchi   ikki   tomonlama   shartnoma.   U
egasiga   kontrakt   (bitim)   da   kelishilgan   bahoda   belgilangan   muddatda
qimmatli   qog‘ozlarni   yoki   tovarlarni   sotib   olish   huquqini   beradi.   Opsion
sotuvchi uchun sotish, xaridor uchun sotib olish huquqini beradi.
Masalan,   aksiyalarni   oldi-sotdisida   opsion   ikki   investor   ishtirokida
tuziladi: biri opsionni yozadi va ikkinchisiga o‘tkazadi (beradi); ikkinchisi bu
opsionni sotib oladi va belgilangan muddat ichida va narxda aksiyalarni sotib
olish (sotib olishga opsion) yoki unga sotish huquqini oladi (sotishga opsion).
Shuni bilingki, aksiyalarni sotib olish huquqiga ega bo‘lishingiz bilan siz
bu   aksiyalarni   sotib   olishga   majbursiz   degani   emas.   Agar   opsionda
ko‘rsatilgan muddat ichida aksiyalarning narxi oshmagan bo‘lsa yoki pasayib
ketgan   bo‘lsa,   opsion   egasi   o‘z   huquqidan   foydalanmaydi.   Demak,   bu
misolimiz shartiga binoan 300 so’m yo‘qotadi.
Faraz   qilaylik,   aksiyaning   narxi   kam   miqdorda,   aytaylik   102   so’mga
oshgan   bo‘lsin.   Bunday   vaziyatda   opsion   egasi   qanday   ish   tutishi   lozim?
Birinchi   navbatda   u   aksiyaning   narxi   qachon   oshganligiga   e’tibor   bermog‘i
lozim.   Agar   aksiyaning   narxi   uch   oylik,   muddatning   boshida   (102   so’mga)
oshgan   bo‘lsa,   unda   opsion   egasi   shoshilmasdan   payt   poylab   turishi
maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Agar   uch   oylik   muddatning   oxirida   oshgan   bo‘lsa,   unda   opsiondagi
aksiyalarni   sotib   yuborishi   lozim,   ya’ni   opsionga   muvofiq   aksiyalarni   100
so’mdan   sotib   olib,   102   so’mdan   sotib   yuborish   kerak.   Bu   holda   opsion
egasining ko‘rgan zarari 100 so’mni tashkil etadi (bu so’mmaga qo‘shimcha
yana vositachiga to‘lanadigan xizmat haqi ham kiriishi mumkin).
Aksiyaning   narxi   kutilganidek   (103   so’mdan)   baland   bo‘lgan   hollarda
opsion   o‘z   egasiga   daromad   keltiradi.   Masalan,   aksiyaning   narxi   108   so’m bo‘lsa, opsion egasining 100 dona aksiyadan olgan daromadi 500 so’m (800-
300)ni tashkil qiladi.
Shunday   qilib,   opsion   egasi   aksiyaning   bozordagi   kursga   qarab   g’olib
bo’lishi yoki yutqazishi mumkin.
Opsion   odatda   korporatsiya   rahbarlarining   rag‘batlantirish   maqsadida
keng   qo‘llaniladi.   Bunda   korporatsiya   rahbarlari   ixtiyoriga   oldindan
o‘rnatilgan   kurs   bo‘yicha   aksiyalar   ajratib   qo‘yiladi.   O‘rnatilgan   kurs   bilan
aksiyani   sotish   bahosi   o‘rtasidagi   farq   korporatsiya   rahabarlarining   opsion
evaziga oladigan daromadi jami daromadlarining uchidan bir qismini tashkil
qiladi.
Opsionning asosan quyidagi uch turi mavjud:
Sotib   olish   uchun   opsion   (opsion   Call)   -   kelajakda   aktivlar   kursining
oshishidan   himoya   qilish   maqsadida   xaridorning   aktivlarini   (valyuta,
qimmatli   qog‘ozlar,   tovarlar   va   h.k.larni)   sotib   olish   huquqini   (ammo,
majburiyatini emas) beruvchi shartnomadir.
Sotish   uchun   opsion   (opsion   put)   –   aktvilarning   kursini   pasayishidan
himoya   qilish   uchun   sotuvchiga   o‘z   aktivlarini   sotish   imkonini   (ammo
majburiyatini emas) beruvchi shartnomadir.
Qo‘sh   opsion   (opsion   tellage)   –   xaridorga   aktivlarni   bazis   narxda   sotib
olish   yoki   sotish   imkonini   beradi.   Ammo,   baravariga   sotish   va   xarid   qilish
mumkin emas. Qo‘sh (stollaj) opsion sotishga va sotib olishga opsion  singari
baravariga   bir   xil   muddat   ichida   va   turli   xil   narxda   sotib   olinish   holatida
vujudga keladi.
Har   bir   opsionda   muddati   ko‘rsatilgan   bo‘ladi.   Opsionning   amal   qilish
sanasi va davri belgilangan muddatdan chiqib ketgan bo‘lsa, u holda mazkur
opsion qabul qilinmaydi.
Opsionlarning   ameriqancha   va   evropacha   usullari   mavjud.   Evropacha
usulda   opsion   faqat   belgilangan   muddatda   (kunda)   ishlatilishi   mumkin. Amerakacha   usulida   esa   opsion   unda   belgilangan   muddat   ichida,   istalgan
vaqtda ishlatilishi mumkin.
Opsionning   oldi   –   sotdi   jarayoni   kontrakt   (bitim)   tuzish   orqali   amalga
oshiriladi. Yakka kontrakt to‘liq lotga tuziladi. LOT – bu sotuvga qo‘yilgan
bir   xil   turdagi   qimmatli   qog‘ozlar   yoki   boshqa   aktivlar   partiyasi.   Bir   necha
lotlar to‘plami string deyiladi.
Kontrakt egasi (ya’ni, sotib oluvchi, xaridor) sotuvchiga (ya’ni, kontraktni
yozib beruvchiga) komission haq to‘laydi. Bu haq mukofot deyiladi. Mukofot
–   kontraktning   opsion   bahosi.   Opsionni   xarid   qiluvchining   xavf-xatari
(tavakkalchiligi)   shu   mukofot   miqdori   bilan   chegaralangan.   Opsion
sotuvchining xavf-xatari esa o‘sha mukofot miqdoriga kamayadi.
Fyuchers – bu qimmatli qog‘ozlarni yoki tovarlarni kelishilgan muddatda,
shartnoma tuzilgan  kunda  o‘rnatilgan narxda  kelgusida (ma’lum bir sanada)
sotish   yoki   sotib   olish   majburiyligi   to‘g‘risida   shartnoma   (qa’tiy
majburiyat)dir.   Opsionda   farqi   shundaki,   fyuchers   qimmatli   qog‘ozlarni
sotish   yoki   sotib   olish   huquqini   beruvchi   shartnoma   emas,   balki   qa’tiy
majburiyatdir.
Fyuchersning   o‘ziga   xos   xususiyati   shundaki,   kontrakt   tuzish   chog‘ida
sotuvchi qo‘lida hech qanday qimmatli qog‘oz yoki moliyaviy instrumentlar
bo‘lmaydi.   Bu   erda   kontrakt   shartlari   qa’tiy   belgilangan   baho   bilan   oldi   –
sotdi bajariladigan kun bahosi o‘rtasidagi farqga asoslangan bo‘ladi.
Fyuchers   shartnomasi   to‘g‘ridan-to‘g‘ri   sotib   olish   amali   bilan
tugamasdan,   balki   qimmatli   qog‘ozga   aylanib   unda   belgilangan   harakat
muddati ichida bir necha marotaba qayta sotilishi mumkin. Shartnoma egasi
tovarning   o‘zgaruvchan   bahosini   oldindan   topishi   yoki   topaolmasligi
mumkin, foydadan boy berishi yoki daromad olishi mumkin.
Fyuchers   shartnomalari   tovar   birjalarida   vujudga   kelgan.   Fyuchers
amallarining   soddaligi   va   ishonchliligi   ularni   1972   yilda   Chikago   tovar birjasida   keng   qo‘llanilishiga   asosiy   omil   bo‘lib   xizmat   qildi.   Shu   yil
moliyaviy   aktivlarning   fyuchers   savdolari   boshlandi.   Bunda   tadbirkorlar
valyutani,   qarz   majburiyatlarini   va   boshqa   qimmatli   qog‘ozlarning   birjaviy
kurslarini   (narxlarini)   haddan   tashqari   tez   o‘zgarishidan   o‘zlarini   himoya
qilish imkoniga ega bo‘ldilar.
Depozit bu kredit muassasalariga saqlash uchun topshiriladigan qimmatli
qog‘ozlar (aksiya, obligatsiyalar)dir.
Depozit  tilxatlari  bu  chet  el  emitentlarining  qimmatli  qog‘ozlarini  milliy
valyutada   denomillashtiril gan   ekvivalentini   o‘zida   aks   ettiruvchi   qimmatli
qog‘ozlardir.   Ular   mavjud   fond   bozorlariga   integratsiya   maqsadida
chiqariladi.   hozirgi   vaqtda   har   bir   mamlakatda   o‘zining   depozit   tilxatlari
(DT) mavjud. Masalan:
AQSHdagi DT;
Evropa mamlakatlaridagi DT;
Osiyo mamlakatlaridagi DT;
Bu   depozitlarni   fond   bozorlarida   to‘g‘ridan   –   to‘g‘ri   qo‘llab   bo‘lmaydi.
Chunki:
1.   Bu   davlatdagi   fond   bozoriga   tegishli   mavjud   qonunlar   boshqa
davlatlarning shunga o‘xshash qonunlarila farq qiladi.
2.   Bir   mamlakatda   qimmatli   qog‘ozlarni   chiqarish   andozalari
(standartlari)   boshqa   mamlakatda   qabul   qilingan   andozalarga   to‘g‘ri
kelmaydi.
3.   Qimmatli   qog‘ozlarni   xarid   narxiga   qo‘shimcha   bo‘lib   kiradigan
xarajatlar turli mamlakatlarda turlicha bo‘ladi:
* chet el va ichki fond bozoridagi brokerlarga vositachilik haqi;
* bank depozitlarining xizmat haqi (bozor bahosidan 1% miqdorida);
*   sotib   olingan   qimmatli   qog‘ozni   yetkazib   berilishi   uchun   investor
tomonidan to‘lanadigan haq; * 2 % miqdoridagi sug‘urta haqi;
*   qimmatli   qog‘ozlarni   sotib   olishdagi   yoki   sotishdagi   valyutalar
konvertatsiyasi uchun ketadigan xarajatlar;
* konversiya uchun investor tomonidan to‘lanadigan foizlar;
*   investor   uchun   valyutani   almashtirish   kursining   o‘zgarishidagi   xavf-
xatar darajasi.
Mavjud xilma-xillikni bartaraf etish va fond bozorlarida erkin muomalani
ta’minlash maqsadida depozit tilxatlari qo‘llaniladi.
Hozirgi   vaqtda   depozit   tilxatlari   ichida   keng   tarqalgan   AQSH   fond
bozoridagi   dpozit   tilxatlari   bo‘lib,   ular   chet   el   emitentlarining   qimmatli
qog‘ozlarini   AQSH   dollarida   denomillashtirilgan   ekvivalenti   sifatida
AQSHning   birjaviy   va   nobirjaviy   bozorlarida   muomalada   yuradi.   Bugungi
kunda   AQSHdagi   depozit   tilxatlarini   sotib   olgan   investorlarning   80   foizini
institutsional investorlar tashkil qiladi.
Depozit   tilxatlari   bilan   bog‘liq   faoliyat   turlarini   maxsus   bank   va
investitsiya   muassasalari   amalga   oshiradilar.   Ular   (diler,   broker,   transfer-
agent,   depozitariy,   maslahatchi,   anderrayter,   trast   va   boshqalar   sifatida)
investor va emitentlarning jahon fond bozorlarida ishtirokini ta’minlaydi. Bu
muassasalar o‘z daromadlari va mijozlari manfaatlari yo‘lida fond va valyuta
bozorlarida aktiv faoliyat yuritadilar.
Varrant   bu   egasiga   muayyan   vaqt   uchun   yoki   muddatsiz   shart   bilan
shartnomada   ko‘rsatilgan   narxda   qimmatli   qog‘ozni   sotib   olish   huquqini
beruvchi   guvohnoma   (sertifikat)dir.   U   amaldagi   kapitalni   iqtisodiyotga
safarbar   qilish   uchun   emas,   ko‘proq   ularni   qayta   taqsimlashda   keng
qo‘llaniladi.
Ayrim hollarda varrant qimmatli qog‘ozlarni sotib olishni rag‘batlantirish
maqsadida   ular   bilan   birgalikda   beriladi.   Varrant   omborxonalar   tovarlarni
saqlash   uchun   qabul   qilinganligini   tasdiqlovchi   guvohnoma   vazifasini   ham bajaradi.   U   muayyan   tovarni   sotishga   yoki   kafilikka   olinganligini
tasdiqlovchi hujjat rolini o‘ynashi mumkin.
Varrant   nomi   yozilgan   va   nomi   yozilmagan   (taqdim   etuvchiga   tegishli)
ko‘rinishlarida   bo‘ladi.   U   qimmatli   qog‘oz   bozorlarida   huddi   aksiyaga
o‘xshab muomalada bo‘ladi.
Privatizatsiya   –   bu   davlat   mulkini,   iqtisodiyotdagi   davlat   sektorini
xususiylashtirishni   bildiradi.   Privatizatsiya   davlat   mulki   monopoliyasini
tugatish,   erkin   sohibkorlik   tashabbusiga   yo‘l   ochish,   bozor   iqtisoliyotini
rag‘batlantirish maqsadida amlaga oshirladi.
Privatizatsiya cheki bu qimmatli qog‘ozlarning maxsus bir turi bo‘lib, uni
aksionerlik   jamiyatlari   emas,   balki   faqat   davlat   muomalaga   chiqaradi.   Ular
o‘z   egasiga   davlat   tasarrufidan   chiqarilgan   (masalan,   aksionerlik   jamiyati
ko‘rinishida   xususiylashtirilgan)   korxonalarning   maxsus   auksioner   (kim
oshdi   savdosi)   oraqli   sotuvga   qo‘yilgan   aksiyalariga   almashtirib   olish
huquqini beradi. Shu asosda privatizatsiya cheklari fuqarolarni mulk egasiga
aylanishini ta’minlaydi.
So‘nggi yillarda ko‘chmas mulk bozori keng rivojlanib bormoqda. Bu esa
o‘z   navbatida   xilma-xil   xosilaviy   qimmatli   qog‘ozlarning   paydo   bo‘lishiga
olib   kelmoqda.   Shulardan   eng   oddiysi   mulkiy   varaqa   hisoblanadi.   Bu
varaqani hohlagan fuqaro yoki xo‘jalik yurituvchi sub’ekt uy-joy sotib olish
maqsadida (har biri 0,1 m 2
 ning qiymatiga teng bo‘lgan) bitta yoki bir nechta
varaqani   sotib   olishi   mumkin.   Mulkiy   varaqaning   soni   sotib   olishi   lozim
bo‘lgan uy-joydagi xonalar soniga va uning to‘lash imkoniyatiga bog‘liq.
Mulkiy   varaqa   fuqarolar   qo‘lidagi   pulning   qadrsizlanishi   saqlab   qoladi.
Uy – joyning valyutadagi bahosi har doim oshib borgan va bundan keyin ham
oshib boradi. Proporsional ravishda mulkiy varaqa bahosi ham oshib boradi.
Bundan   tashqari,   mulkiy   varaqa   100   foizlik   likvidlikka   ega.   Istalgan   paytda
uning egasi joriy kurs bilan sotib olgan tashkilotiga qaytadan sotishi mumkin. Konosament   –   bu   yukni   tashishga   qabul   qilinganligi   va   tashuvchining
yukni   oluvchiga   yetkazish   majburiyatini   tasdiqlovchi   hujjat,   hosilaviy
qimmatli qog‘oz. Bu dengizda yuk tashish shartlarini aks ettiruvchi transport
hujjatidir.   Konosament   yukni   qay   tartibda   tashishidan   qa’tiy   nazar,   uning
barcha xili uchun berilaveradi.
Qimmatli qog‘oz bo‘lganligi sababli konosamentda yuk to‘g‘risida barcha
rekvizitlar   bo‘lishi   shart.   Aks   holda   u   rasmiy   hujjat,   qimmatli   qog‘oz   bo‘la
olmaydi.   Konosament   bir   necha   nusxada   yoziladi.   Konosament   quyidagi
turlarga bo‘linadi:
 Nomi yozilgan konsament, ya’ni uni oluvchining ismi-sharifi yoziladi.
 Orderli   konosament.   Yukni   jo‘natuvchi   yoki   yukni   qabul   qiluvchi   yoki
bankning buyrug‘iga binoan yuk shu hujjat asosida qaytarib beriladi.
 Nomi   yozilmagan   (taqdim   etuvchiga   tegishli)   konosament.   Yuk   borib
tushgan portdan yukni olish huquqini beradi. Faqat mazkur hujjat qo‘lida
bo‘lsa bas.
Xedjirlash   bu   fyuchers,   opsion,   varrant   kelishuvlarida   (asosiy   qimmatli
qog‘ozlarning oldi-sotdisi bilan bir vaqtning o‘zida bo‘lganligi sababli) narx
va foyda xavf-xatarini sug‘urta qilish shakllaridan biridir. Xedjirlash sotuvchi
(xaridor)   shartnomani   tuzish   bilan   ayni   bir   vaqtda   o‘z   savdosiga   teng
keladigan, aytaylik, fyuchers shartnomalarini xarid qiladi (yoki sotadi). 
Xedjirlash:
– tomonlar ko‘radigan ehtimoldagi ziyonini kamaytirish imkonini beradi;
– tovar   narxi   o‘zgarishi   bilan   ko‘riladigan   zarar   fyuchers   bo‘yicha
olinadigan yutuq bilan belgilanadi;
Bank,   birja,   tijorat   amaliyotida   valyuta   sug‘urta   qilishning   turli   usullari
ham xedjirlash deb yuritiladi. Adabiyotlar :
1. Va h obo v  A.  va bosh q alar. Budjet   - soli q  siyosati  yaxlitligi.  O‘q uv 
qo‘ llanma. - T.: I q tisod va moliya.  2005.285 b.
2. Va h ob o v A. va bosh q alar .  Moliyaviy va bosh q aruv ta h lili.  Darslik. T.: 
Shar q  2005. 220 b.
3. Mali k ov T., Xaydarov N. Davlat budjeti . O‘q uv  qo‘ llanma, T . : 
"IQT1SOD-MOLIYA", 2007, 84 b.
4. M alikov T., Xaydarov N. Budjet daromadlari va xarajatlari . O‘q uv 
qo‘ lla n ma, T . : "IQTISOD-MOLIYA", 2007 , 245 b.
5. M aliko v T., Xaydarov N. Budjet: tizimi, tuzulmasi, jarayoni . O‘q uv 
qo‘ llanma, T .:  "IQTISOD-MOLIYA", 2008, 84 b.
6. Yo‘l dosh e v  Z ., Malikov T. Uy x o‘ jaligi moliyasi.  O‘q uv  qo‘ llanma, T .: 
"IQTISOD-MOLIYA", 2008, 105 b.
7. Неshитой А.С. Финансы. Уchебник.-М.:”Даshков и К”, 2007. 512 с.
8. Романовский В.М. Уchебник.-М.:”Юрайт”, 2008. 462 с.

MOLIYA BOZORI VA INSTRUMENTLARI. Reja. 1. Qimmatli qog‘ozlar bozorining turlari va ularning turkumlanishi. 2. Ulushga egalik qilish huquqini beruvchi qimmatli qog‘ozlar. 3. Aksiya bilan bog‘liq bo‘lgan hosilaviy qimmatli qog‘ozlarlar.

1. Qimmatli qog‘ozlar bozorining turlari va ularning turkumlanishi Qimmatli qog‘ozlar bozori savdo kapitalining rivojlangan davrida paydo bo‘lganligi va ko‘pchilik g‘arb mamlakatlarida u xo’jalik mexanizmining eng barqaror va yo’lga quyilgan qismlaridan biri hisoblanishi haqidagi ma’lumotlarni oldingi ma’ruzalarda aytib o‘tgan edik. Xuddi shunday, O‘zbekistonda qimmatli qog‘ozlar bozorini paydo bo‘lishi, davlat korxonalarini xususiylashtirish va aksiyadorlik korxonalariga aylantirish jarayoni bilan bog‘liq. Qimmatli qog‘ozlar bozori tashkiliy jarayon nuqtai nazaridan: - birlamchi bozorlarga shaklan esa: - ikkilamchi bozorlarga - birjaviy bozorlarga - nobirjaviy bozorlarga bo‘linadi. Endi shu bozorlarni har birini alohida ko‘rib chiqamiz. Qimmatli qog‘ozlarning birlamchi bozori – bu qimmatli qog‘ozlar emissiyasini va birlamchi joylashtirilishini amalga oshirish, ya’ni qimmatli qog‘ozlarni emitent yoki uning vakili tomonidan dastlabki sarmoyadorga sotish bozoridir. Emitent tomonidan qimmatli qog‘ozlarni takror chiqarilishi (masalan, ustav fondini oshirish maqsadida) yoki ikkilamchi emissiyasi ham birlamchi bozor doirasiga kiradi. Birlamchi bozorning eng muhim tavsifi, emitentlar tomonidan axborotni oshkor etilishidir. Bunda emitent haqida to‘liq ma’lumot beriladigan emissiya prospektini yoki qimmatli qog‘ozlarni muomilaga chiqarish to‘g‘risidagi ma’lumotlarni e’lon qilishdan tortib, to fond bozori sohasida nazorat vazifalarini amalga oshiruvchi maxsus davlat idoralariga

taqdim etiladigan qimmatli qog‘ozlarni joylashtirish haqidagi hisobotgacha oshkor etiladi. Qimmatli qog‘ozlarning birlamchi sotilishi ommaviy axborot vositalarida emitent to‘g‘risida ma’lumotni e’lon qilgan holda qimmatli qog‘ozlarni xarid qilishni ochiq taklif etish shaklida (istalgan imkoniyatli sarmoyador uchun) hamda yopiq, obuna shaklida faqat tegishli davlat boshqaruv idorasiga ma’lum qilgan qoida qimmatli qog‘ozlarni shaxslarning cheklangan doirasi o‘rtasida joylashtirish yo’li bilan amalga oshirilishi mumkin. Qimmatli qog‘ozlarning ikkilamchi bozori – bu ilgari chiqarilgan va hech bo‘lmaganda bir marta xarid qilingan qimmatli qog‘ozlar oldi – sotdisi (muomalasi) amalga oshiriladigan bozoridir. Uning funksiyasi qimmatli qog‘ozlarning oldi – sotdisini tezkorlik bilan ta’minlashdir. Bunda sotuvchi va xaridorni uchrashtirish, bo’sh kapitalni iqtisodiyotni eng unumli sohasiga zudlik bilan safarbar qilish, tomonlarning o’zaro manfaatlarini ta’minlash ikkilamchi bozorning asosiy vazifasi bo‘lib hisoblanadi. Ikkilamchi bozorning asosiy ko‘rsatkichlaridan biri likvidlik hisoblanadi. Yuqori likvidlikka ega, ya’ni qisqa vaqt ichida juda katta miqdordagi qimmatli qog‘ozlarni, ularning kursini sezilarsiz o‘zgarishi sharoitida kam xarajat bilan oldi – sotdiga jalb qila olishdir, yoki boshqacha qilib aytganda, bozorning likvidligi – bu ma’lum vaqt oralig‘ida bozor narxlarining kam miqdorda o‘zgarib to‘rgan holda qimmatli qog‘ozlarning katta qismini yuqori suratda aylanishini ta’minlash imkoniyatidir. Birlamchi va ikkilamchi bozorlar o‘rtasidagi uzaro munosabat iqtisodiy munosabatlarning rivojlanishiga, fond bozorining shakllanishiga, uning «yoshiga», shuningdek, muomilada bo‘lgan qimmatli qog‘ozlar har xil turlarining tarkibiga bog‘liq.

Masalan, iqtisodiyot nisbatan barqaror bo‘lgan, qimmatli qog‘ozlar bozorining tarixi esa, bir necha yuz yillarni qamrab olgan rivojlangan kapitalistik mamlakatlarda qimmatli qog‘ozlarning deyarli barcha turlari bo’yicha ikkilamchi savdo ustun turadi. Birlamchi bozordagi qimmatli qog‘ozlar aylanmasi ushbu mamlakatda ikkilamchi bozor aylanmasining 5-10 foizini tashkil etadi holos. Odatda ko‘pchilik rivojlangan mamlakatlar fond birjalarida qimmatli qog‘ozlarning birlamchi joylashtirilishi amalga oshirilmaydi, shuning uchun u yerlarda uzoq muomila muddatiga ega bo‘lgan qimmatli qog‘ozlar baholanadi. Ommaviy xususiylashtirish bilan kuzatiladigan bozor munosabatlarini vujudga keltirish jarayonini kechirayotgan va endigina o’zini fond bozorlarini barpo etayotgan mamlakatlar uchun islohotlarning dastlabki bosqichlarida qimmatli qog‘ozlarning birlamchi bozori ustun turadi. O‘zbekistonda ham 90-yillarning o‘rtalarida birlamchi bozorning ustuvorligi sezilarli, lekin keyincha bu nisbat o’zgara bordi. 1995 yilda Respublikada bank va tijorat veksellarning ikkilamchi bozori. 1996 yildan boshlab esa, Davlat qisqa muddatli obligatsiyalarining (DQMO) ikkilamchi bozori, kuchli taraqqiy eta boshladi va ularning salmog‘i birmuncha o’sishi kuzatildi. a) Qimmatli qog‘ozlar bozorining uyushgan va uyushmagan turlari. Qimmatli qog‘ozlarning uyushgan bozori – qimmatli qog‘ozlarning muomalada bo‘lishi, unda qimmatli qog‘ozlar operatsiyalari ushbu bitimlar ishtirokchilari uchun qimmatli qog‘ozlar savdosining tashkilotchisi tomonidan belgilangan tadbirlar va shartlar bilan tartibga solinadi. Qimmatli qog‘ozlarning uyushmagan bozori bu qimmatli qog‘ozlarning muomalada bo‘lishi, unda qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalar savdo tashkilotchilarining ushbu bitim predmeti va uning ishtirokchilariga nisbatan qo‘ygan talablarga rioya etilmagan holda amalga oshiriladi. Bu shunday

bozorki, unda bitimlar tuzish, qimmatli qog‘ozlar ishtirokchilarga quyiladigan talablarning qoidalari belgilanmagan, savdolar sotuvchi va xaridorlarning shaxsiy aloqasi orqali ixtiyoriy ravishda amalga oshiriladi. Mazkur bozorda tuzilgan bitimlar haqidagi axborot tizimi mavjud emas. Bundan tashqari, bitimlar ishtirokchilari qandaydir muhofaza va sug‘urta mexanizmlaridan foydalanilmagan holda amalga oshiriladi. Bitimlar maxsus ro’yxatga oluvchilar tomonidan qonun bilan belgilangan umumiy tartibda rasmiylashtiriladi. Ushbu bozor «ko‘cha», yoki «tartibsiz» bozor deb nomlanishga qaramay, u mutlaqo chalkash tartibsiz bozor emas, agar tovlamachilik hollari aniqlansa tartibga soluvchi davlat idorasi tergov ishini olib boradi. Bunday bozorda sifatli qimmatli qog‘ozlar kam, ular bo’yicha yo dividendlar olish, yoki barcha qo’yilgan mablag‘larni yo‘qotish mumkin bo‘lgan daromadli qimmatli qog‘ozlar ham, shuningdek, emitentlari murakkab moliyaviy ahvolda qolgan, yoki bankrotlik yoqasida bo‘lgan, yaroqsiz deb nomlanuvchi aksiyalar ham sotilishi mumkin. O’zbekiston Respublikasida uyushmagan bozorda yangi barpo etilgan, shuningdek, xususiylashtirilgan korxonalarning birlamchi va ikkilamchi emissiyalari aksiyalari, bank hamda tijorat veksellari sotiladi va xarid qilinadi. XIFlar aksiyalarining bevosita XIFlarning o’zlari tomonidan amalga oshirilgan yoki “Xalq banki” bo‘limlari orqali birlamchi sotilishi bunday bozorlarga misol bo‘la oladi. b) Qimmatli qog‘ozlarning birja va birjadan tashqari bozorlari. Qimmatli qog‘ozlarning birja bozori bu qimmatli qog‘ozlar bilan fond birjasi doirasida uyushgan tarzda savdo qilish sohasidir. Fond birjasi (bu haqda biz keyingi ma’ruzalarimizda to‘liq ma’lumot beramiz) qimmatli qog‘ozlar bilan fond birjasi doirasida savdo qilish uchun shart-sharoitlarni ta’minlovchi alohida muassasa bo‘lib, unda savdo faqat qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchilari broker –