MOLIYAVIY NAZORAT
MOLIYAVIY NAZORAT Reja: 1. Moliyaviy nazoratning mohiyati 2. Moliyaviy nazoratni amalga oshiruvchi organlar 3. Moliyaviy nazoratning turlari
1. Moliyaviy nazoratning mohiyati Nazorat – jamiyat iqtisodiy hayotidagi obyektiv hodisa va har qanday davlat boshqaruvining muhim bo’g’ini hisoblanadi. Moliyaviy nazorat - butun nazorat tizimining tarkibiy qismi bo’lib, uning yo’nalishi davlat moliya siyosatini muvaffaqiyatli amalga oshirish, tarmoqlar iqtisodiyotidagi barcha soha va tarmoqlarda moliyaviy resurslarni shakllantirish va ulardan samarali foydalanishga qaratiladi. Moliyaviy nazorat – moliyaning nazorat funksiyasini amalga oshirish hamdir. Moliyaviy nazoratning mazmuni va yo’nalishi jamiyatdagi ishlab chiqarish kuchlari va munosabatlarining o’zgarishidan kelib chiqqan holda o’zgarib turadi. Korxonalarning xo’jalik yuritish imkoniyatlarining kengayishi, moliyaviy mustaqilligi, tadbirkorlikning turli shakllarining vujudga kelishi moliyaviy nazoratning ahamiyatini yanada oshiradi. Bu maxsus shakl va uslublarni qo’llash orqali xo’jalik yurituvchi subyektlar va boshqaruv organlarining moliyaviy faoliyati bilan bog’liq bo’lgan masalalarni tekshirishga qaratilgan harakatlar va taftishlar yig’indisidir. Moliyaviy nazorat tizimi subyektlar (nazorat qiluvchilar), obyektlar (nazorat qilinuvchilar), nazoratning usul va vositalarini birgalikda jamlab, o’z ichiga oladi. Ular nazorat obyektining holatini, ijroning kutilgan natijalarini aniqlash, ularni tahlil qilish va baholash, tuzatish kiritishga qaratilgan xatti- harakatlar yo’sinini ishlab chiqish uchun yaxlit uyg’unlikda hamkorlik qiladi. Moliyaviy nazorat – tarmoqlar iqtisodiyotidagi nazoratning tarkibiy qismi bo’lib, u qiymat kategoriyasi bilan bog’liqdir. Moliyaviy nazorat ma’lum bir sohalarda qo’llanilib, o’ziga xos maqsadli yo’nalishga ega bo’ladi. Moliyaviy nazoratning obyektiga moliyaviy resurslarning harakati, shakllanishi hamda foydalanishdagi taqsimlash va pullik jarayonlar
shuningdek, tarmoqlar iqtisodiyotining barcha bo’g’inlaridagi fond shaklidagi pul resurslari ham kiradi. 1. Moliyaviy nazorat – kengaytirilgan takror ishlab chiqarishda moliyani muhim rolining bir ko’rinishidir. 2. Moliyaviy nazorat davlat boshqaruv organlari faoliyatining ko’rinishlaridan biri sifatida namoyon bo’ladi. 3. Moliyaviy nazorat – boshqaruvning tartibga solish, rejalashtirish, hisob-kitob va xo’jalikni yurituvchi subyekt faoliyatining tahlili singari mustaqil vazifasidir. 4. Taqsimlash munosabatlari orqali moliyaviy nazorat ishlab chiqarish, ayirboshlash, muomala va iste’mol munosabatlariga tatbiq etiladi. Moliyaviy nazorat – moliyaviy, kredit va xo’jalik organlari (tashkilotlari)ning rejalarning bajarilish jarayonida moliyaviy, byudjet, soliq, kredit, hisob-kitob va kassa intizomini ta’minlashga qaratilgan va pul xarajatlarining qonuniyligi, asosliligi va oqilonaligini tekshirishdan iborat qonun me’yorlari bilan tartibga solinuvchi faoliyatidir. Moliyaviy nazoratning vazifasi yo’l qo’yiladigan chetga chiqish me’yorlarini malakali belgilashdan iborat, qolgan barcha chetga chiqishlarni qayd etish va bartaraf qilish talab qilinadi. Boshqaruvning ichki va tashqi xo’jalik jarayonlarini kuzatish, tekshirishni amalga oshirar ekan, nazorat bozor iqtisodiyotida, bu harakatlarning hammasi faqat samarali boshqarish uchun foydali bo’lgandagina mavjudlik huquqiga egadir. Moliyaviy nazorat deganda – nazorat vazifalari yuklatilgan davlat va jamoat organlarining korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning moliya- xo’jalik faoliyatini iqtisodiy samaradorligini holis baholash maqsadi bilan bu faoliyat ustidan nazoratning ko’p tomonlama tarmoqlardagi tizimini, xo’jalik va maqsadga muvofiqligini aniqlashni hamda davlat byudjeti daromadlarining rezervlarini aniqlashni tushunmoq kerak.
Eng muhim jihati nazorat davomida belgilangan moliyaviy qonunchilik me’yorlaridan chetlanish va buning natijasida keltirilgan zararlarni aniqlash nazoratning mohiyatini belgilab beradi. Bu jarayonda: – qonun nuqtai nazaridan nazorat qilinayotgan obyektning joriy holati va kutilayotgan darajasi va yo’l qo’yiladigan daraja bilan qiyoslanadi; – harakatlar, xarajatlar, natijalar, standartlar, rejalashtiri - layotgan yoki zarur ma’lumotlar bilan qiyoslanadi; – qo’llangan va huquqiy cheklashlar bilan amalga oshirilgan harakatlar qiyoslanadi; – kutilayotgan va haqiqiylari oqilona va maqsadga muvofiqlari bilan qiyoslanadi; – boshqa qiyoslashlar ham amalga oshiriladi. Nazoratning mohiyati va nazorat qiluvchi shaxsning ish usuli shundan iborat. O’tkazilgan qiyoslashlardan ish manfaatiga xizmat qiladigan va hatto aybdorlarni jazolash uchun baholash xulosalari chiqarish nazoratni boshqarishning boshqa vazifalaridan farqlaydigan maqsadi shu. Shunday qilib, moliyaviy nazorat – davlat tomonidan tashkil etishni nazorat qilish vazifalari yuklatilgan davlat yoki mustaqil jamoat organlari tomonidan hukumat, korxonalar, tashkilotlar va muassasalar faoliyatining samaradorligini aniqlashga qaratilgan nazorat tizimidir. Davlat byudjetini shakllantirish va sarflashdagi rezervlarni, moliyaviy va moddiy resurslarni boshqarishning barcha darajalarida operatsiyalarning maqsadga muvofiqligi va samaradorligini, qonuniylik tamoyillaridan chetga o’tish va ularni buzishlarni aniqlash nazorat tizimi vazifasiga kiradi. Nazorat maqsadi – tuzatish choralarini ko’rish, aybdorlarni javobgarlikka tortish va bularning oldini olishdan iborat. Davlat moliya nazoratini umumdavlat boshqaruv organlari bilan bir qatorda, alohida vazirliklar orqali ham amalga oshiradi. Umumdavlat
boshqaruv organlari moliya nazoratini amalga oshirayotganda, mamlakat hududidagi xo’jalik subyektlarining mulkchilik shakli va idoraviy bo’ysinishidan qat’i nazar barchasini qamrab oladi. Vazirliklar tomonidan amalga oshirilayotgan moliya nazoratini faqat o’zlarining tarkibidagi maxsus nazorat-taftish organlari amalga oshiradi. Ularning tekshirish obyektlari esa, vazirliklar tarkibidagi korxonalar, konsernlar, assotsiatsiyalar va aksionerlik jamiyatlarining ishlab chiqarish va moliyaviy faoliyatidan iborat bo’ladi. Korxona ichidagi moliya nazoratini korxona, tashkilot va muassasa ichida tashkil qilingan iqtisodiy xizmat (buxgalteriya, moliya bo’limi)lari amalga oshiradi. Nazorat obyekti esa, alohida korxonaning moliya va ishlab chiqarish jarayoni hamda alohida korxona tarkibiga kiruvchi tuzulmaviy bo’lim (filial, shaxobcha, bo’lim)lar hisoblanadi. Jamoat moliya nazoratini alohida guruh, alohida jismoniy shaxslar (mutaxassislar) ixtiyoriy va mehnat haqi talab qilmaslik sharti asosida amalga oshiradi. Nazorat obyekti bo’lib, tekshiruvchi oldida turgan muayyan vazifalar nazarda tutiladi. Mustaqil (auditorlik) moliya nazoratini maxsus audit firmalari va xizmatlari amalga oshiradi. Bevosita tekshirish moliyaviy ko’rsatkichlar tarkibiga kiruvchi foyda, daromad, bevosita va bilvosita soliqlar, rentabellik, mahsulot tannarxi, muomala xarajatlari, turli xil maqsadlar va fondlarga ajratmalar hisoblanadi. Ushbu ko’rsatkichlar uyg’unlashgan xarakterga ega bo’ladi, shuning uchun nazorat xo’jalik yurituvchilarning ishlab chiqarish, xo’jalik yuritish, tijorat hamda moliya-kredit mexanizmidagi o’zaro bog’liqlikni barcha tomonlarini qamrab oladi. Moliyaviy nazorat quyidagi tekshirishlarni o’zida aks ettiradi: - obyektiv iqtisodiy qonunlar talabiga rioya etish;