logo

Muloqotchanlikning umumiy darajasi

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

57 KB
Mavzu:Muloqotchanlikning umumiy darajasi.
Reja:
1. Muloqot haqida tushuncha.
2. Muloqot qilishning asosiy turlari va tomonlari.
3. Muloqot insonlarning bir-birini tushunishi va idrok qilish sifatida.
4. Nutq va uning turlari. 1.   Muloqot   –   bu   ikki   yoki   undan   ortiq   kishilarning   afektiv   baholovchi
xarakterda   va   bilish   bo`yicha   ma’lumot   almashishdan   iborat   bo`lgan   o`zaro
ta’sir   etishdir.   Muloqotning   tizimida   o`zaro   bir-biriga   bog`liq   jihatlari
ajratiladi:   kommunikativ,   interaktiv   va   pertseptiv.   1.   Muloqatning
kommunikativ   jihati   bu   muloqatdagi   individlarni   o`zaro   ma’lumot
almashinishidir.   2.   Muloqotning   interaktiv   jihati   bu   individlar   muloqatda
nafaqat   bilim   va   g`oyalar   balki   harakatlar   bo`yicha   ham   o`zaro   ta’sirini
tashkil   etishdan   iborat.   3.   Muloqatning   pertseptiv   jihati   muloqot   jarayonida
o`zaro bir-birini idrok qilish orqali tushunishdir. 
Demak,   muloqot     birgalikdagi   xarakat   extiejlaridan   kelib   chikadigan,
aloka   almashish,   bir   -   biriga   ta’sir   etish,   boshkalarni   tushinish,   odamlar
urtasida kontakt urnatish va rivojlantirish jaraeni. 
Muloqot hayot kechirishning bir shaklidir.
2.   Muloqotning   o`zaro   birgalikdagi   harakati   va   kommunikativ   jihatdan
tashqarida   uning   pertseptiv   jihati   munosabat   ishtirokchilarining   uning
jarayonida   amalga   oshiriladigan   o`zaro   idrok   etish   yuzaga   keladi.   Taniqli
psixolog   S.   L.Gubinshteyn   shunday   deb   yozgan   edi:   “Kundalik   hayotga
odamlar   bilan   muomalaga   kirisharkanmiz,   biz   ularning   xulq   -   atvoriga
mo`ljal   olamiz.   Negaki   biz   ularning   tanqidiy   ma’lumotlariga   ma’lumotlari
mohiyatini   go`yo   o`qib   ya’ni   mag`zini   chaqib   chiqamiz   va   shu   yo`sinda
kontekstda   mujassamlashadigan   matnning   ichki   psixologik   jihati   mavjud
bo`lgan mazmunini aniqlaymiz”. 
Bunday   o`qish   naridan   beri   tez   yuz   beradi,   chunki   tevarak   atrofdagilar
bilan   muomala   jarayonida   avtomatik   tarzda   amal   qiladigan   psixologik   ichki
ma’no hosil bo`ladi.
Muomala   prioretiv   jihati   bu   kishining   kishi   tomonidan   idrok   etilishi,
tushunilishi   va   baholanishi   demakdir.   Identifikatsiyalash   -   bir   kishi   ikkinchi kishini   uning   ta’rifini   o`z   ta’rifiga   anglanilgan   yoki   anglanilmagan   tarzda
o`xshatilishi orqali tushinish usulidir. 
              Shaxslararo   idrok   etish   jarayonida   teskari   aloqa,   xabar   beruvchi
funktsiyani   va   o`zini   -   o`zi   boshqarish   funktsiyasini   bajaradi.
Steriotiplashtirish   –   xulq   -atvor   shakllarini   tasniflash   va   ularni   hozirgacha
ma’lum   va   mashhur   deb   sanalgan   ya’ni   ijtimoiy   qoliplarga   mos   keladigan
hodisalar   jumlasiga   kiritish   yo`li   bilan   ularning   sabablarini   o`zgartirishdan
iboratdir.   Ko`p   hollarda   insonlarning   bir-birlarini   idrok   etishlari   «ijtimoiy
pertseptsiya»   sifatida   namoyon   bo`ladi.   Muloqotning   bu   jihati   ijtimoiy
pertseptsiya haqidagina emas, balki shaxslar  aro pertseptsiya haqida hamdir.
Inson   jamiyatda   shaxs   sifatida   qabul   qilingani   sari.   Muloqotda   ham   shaxs
sifatida namoyon bo`ladi.   S.L.Rubenshteyn aytganidek: «Biz insonni tashqi
xulq   -   atvoriga   qarab   o`qiymiz».   «Boshqa   odamni   bila   turib,   o`rganayotgan
individning   o`zi   ham   shakllanadi»   deb   yozgan   edi   L.S.Egodskiy.   Insonni
inson  tomonidan idrok etilishida kamida 2 kishi jalb qilingan bo`lishi lozim
bo`lib,   ularning   ikkalovi   ham   faol   sub’ektdir.   O`zini   boshqa   inson   tahlil
qilishini o`z ichiga identifikatsiya va reflektsiyani kiritadi.
3.   Odamlarda   samarali   muomala   o`rnatish   malakalarini   tasodifiy
ravishda tarkib topadi yoki ta’limning yordamchi maxsuli sifatida yuz beradi.
Katta   maktab   yoshidagi   o`quvchilar   xulq   -   atvori   qoidalariga   bag`ishlangan
ommabop   adabiyotlarni   o`qir   ekan,   muloqot   madaniyatining   ba’zi   jihatlari
bilan  tanishadi.  Lekin  muomala  malakalarini  maxsus o`rgatilishi  alohida  bir
vazifa bo`lib pedagog uchun uning qanchalik muhim ekanligini trening, ya’ni
muomalaning mashq qilinishi bu vazifaning hal etish yo`llaridan biri sifatida
namoyon   bo`ladi.   Sotsial   psixologik   trenining,   ya’ni   muomalaning   mashq
qilinishi   bu   vazifaning   hal   etish   yo`llaridan   biri   sifatida   namoyon   bo`ladi.
Sotsial psixologik trenining mazmunan ikki xil vazifani: 1. Muomalaning va
shu   jumladan   pedagogik   muomalaning   umumiy   qonuniyatlarini.   2. Pedagogik   kommunikatsiyaning   texnologiyasini   egallash,   ya’ni   professional
pedagogik muomala va malakalari shakllanishini o`z ichiga oladi. Psixologik
pedagogik   trenining   shakllaridan   yana   biri   tipik   pedagogik   vaziyatlarining
misol   uchun   imtihonlarni   modellashtiruvchi   amaliy   o`yinlari.   Muomala
trening,   ya’ni   muomalani   mashq   qilish   o`qituvchilarni   tayyorlash   va
malakasini   oshirish   sistemasida   pedagogik   ishning   yangi   shakli   bo`lib,
pedagogik ta’lim uchun juda istiqbolli  hisoblanadi. 
Bog`lanish   lotincha   son   ya’ni   “yaqinlashish”   degan   so`zdan   olingan,
munosabatga   kiruvchilar   o`rtasida   ikki   tomonlama   aloqa   bo`lishini   taqoza
etadi. Bunga erishish va uni ko`ngildagidek rivojlantirish sharti munosabatiga
kirishuvi shaxslarni o`zaro bir-biriga hurmati va ishonchidan iboratdir. Agar
pedagog   o`z   tarbiyalanuvchilariga   ishonch   va   hurmat   bilan   munosabatda
bo`lsa, u har qancha printsipial va talabchan bo`lgan taqdirda ham, uning eng
arzimas tanbehlari ham ta’sirli bo`ladi.
Munosabat   jarayonlari   har   doim   va   barcha   vaziyatlarda   ham   sip   –
silliqgina   va   ichki   qarama   qarshiliklarsiz   yuz   beradi   deb   tasavvur   qilishi
yaramaydi. Ayrim vaziyatlarda bir-birini inkor etuvchi qadriyatlar, vaziyatlar
va   maqsadlarning   mavjudligini   aks   ettiruvchi   pozitsiyalar   antoganizmi
yuzaga   chiqadiki,   ba’zan   bu   o`zaro   adovatni   keltirib   chiqaradi,   shaxslararo
majaro   sodir   bo`ladi.   Majarolarning   kelib   chiqishiga,   shuningdek
munosabatga   kiruvchilarning   o`zaro   birgalikda   harakat   qilishlariga   g`ov
bo`lgan   va   bartaraf   etilmagan   ma’naviy   anglashilmovchiliklar   ham   sabab
bo`ladi. Munosabatdagi ma’naviy anglashilmovchilik - bu aytilgan talabning,
iltimosning,   buyruqning   ma’nosi   munosabat   bog`lashga   sheriklar   uchun
muvofiq   emasligidir.   Bu   hol   ularning   o`zaro   hamjihatligi   va   birgalikda
harakat qilish uchun to`sqinlik tug`diradi. 
4. Har qanday ma’lumotni belgilar aniqrog`i belgilar tizimi orqali bilish
mumkin. Kommunikativ jarayonida qo`llaniladigan bir necha belgilar tizimi mavjud.   Bular  verbal   kommunikatsiya  (nutq  orqali)  va  noverbal   (nutq   bilan
bog`liq   bo`lmaydigan   belgilar   orqali)   kommunikatsiyadir.   Verbal
kommunikatsiyada   inson   nutqi   belgilar   tizimi   sifatida   qo`llaniladi.   Nutq
inson tomonidan qo`llaniladigan tovushlar signallari yoki yozma belgilardan
iborat   bo`lib,   ular   orqali   muloqotdan   olingan   ma’lumot   qayta   ishlanadi,
saqlanadi   va   uzatiladi.   Bu   jarayon   til   orqali   amalga   oshiriladi.   Til   so`z
belgilari   tizimi   bo`lib,   u   muloqot   jarayonida   psixik   faoliyat   mahsuli   bo`lib
yuzaga keladi.
  Nutqning  o`ziga   xos  turlari  mavjud   –  tashqi,   ichki,   og`zaki,  yozma   va
xokozo.   Kommunikativ   jarayonda   o`zaro   munosabatga   kirishuvchilarni   bir-
birlari tushunishlari juda muhimdir. Buyuk frantsuz yozuvchisi Antuan Sent
Ekzyuperi   «Muloqot   bu   shunday   ne’matki,   u   orqali   inson   lazzatlanadi   deb
yozgan   edi.   So`zning   mohiyati   haqida   Sa’diy   «Aqlmisan   yoki   ahmoq,
kattamisan yoki kichik buni biror so`z aytmaganigcha bila olmaymiz» degan
edi. 
Yozma   nutq   insoniyat   tarixida   og`zaki   nutqdan   ancha   keyin   paydo
bo`lgan. Yozma nutq fanda foydalaniladigan murakkab umumlashmalarning
rivojlantirishida,   badiiy   timsollarni   etkazishda   muhim   rol’   o`ynaydi.   Nutq
o`zining fizologik negiziga ko`ra eshitish va harakat analizatorlari faoliyatini
bajaradi.   Nutqni   programmalashtirish   –   nutqiy   ifodaning,   ya’ni   kishi
bildirmoqchi   bo`lgan   fikrning   ma’naviy   o`zagini   tuzishda   birinchi   bosqich
hisoblanadi,   ikkinchi   bosqich   jumlaning   sintaktik   strukturasini   tuzishdan
iboratdir.
Noverbal   kommunikatsiyaga   –   belgilarning   optik   kinetik   tizimi   kirib,
ularga   jestlar   (qo`l   harakatlari),   mimika   (yuz   harakatlari)   va   pontomimika
(£o`l - oyoq, tana harakatlari) kiradi. Jestlar – insonning qo`l harakatlari bo`lib, u orqali insonning ichki holati
biror   bir   ob’ektga   munosabati   va   tashqi   olamga   yo`nalganligi   ifodalanadi.  
Mimika – inson yuz harakatlarining bir qismi bo`lib, u orqali insonning
o`ylari,   xatti   -   harakatlari,   tasavvurlari,   xotirlashi,   taajubi   va   hokozolar
namoyon bo`ladi. 
Pontomimika   –   inson   tanasi   yoki   uning   qismlari   yordamida
ifodalanadigan harakatldar tizimidir.
Tadqiqotlar shuni ko`rsatadiki, kundalik muloqot jarayonida so`zlar 7 %
ni, tovush va intonatsiya 38 % ni, nutqsiz muloqot esa 55 % ni tashkil etadi.
Noverbal kommunikatsiyaning paralingvistik va ekstralingvistik belgilar
tizimi   ham   mavjud.   Bular   lokalizatsiya   tizimi   bo`lib,   u   ovoz   sifatida   uning
deapozani   nutqdagi   pauzalar,   yo`tal,   yig`i,   kulgu   nutq   tempida   namoyon
bo`ladi.
 Muloqotning maqsadga ko`ra 8 ta funktsiyasi mavjud: (L.A.Korpenko) 
1. Kontakt. 
2. Aloqa o`rnatish. 
3. Undovchilik. 
4. Koordinatsion. 
5. Tushunish. 
6. Amotiv (hissiy aloqa) hissiyotni o`zgartirish. 
7. Munosobat o`rnatish o`z o`rnini anglash) 
8. Ta’sir o`tkazish.
Pedagogik   munosobat   deganda   pedagog   va   o`quvchilar   kollektivi
o`rtasida   o`zaro   birgalikdagi   harakatining   mazmunan   axborot
ayirboshlashdan,   o`quv   tarbiyaviy   ta’sir   ko`rsatish   va   o`zaro   hamjihatlikni
tashkil etishdan iborat sistemasi usullari va malakalari tushuniladi. TAYANCA TUSHUNCHA.
1.   Muloqot   -   ikki   yoki   ko`proq   kishilarning   bir   -   biriga   ta’sir
etishning axborot almashishi. 
2. Muloqot - haet kechirishning bir shakli. 
3.   Nutqsiz   kommunikatsiya   vositalari   -   qo`l,   barmoq,   imo   -   ishora
va shu kabilar. 
4. Muloqot treningi - o`ylab, mashq qilib gapirish. 
5. Til, so`z belgilari tizimi. Tilning egasi jamiyat, millat va elatlar. 
6. Nutk - tildan foydalanish jarayoni. ADABIYOTLAR  RUYXATI
1.  A.V.Petrovskiy. “Umumiy psixologiya”, 1992 yil.
2.   P.V.Ivanov .“Umumiy psixologiya”, 1972 yil.
3.   A.N.Leont’ev. “Problem’ razvitiya psixika” 
4.  www.ziyonet.uz

Mavzu:Muloqotchanlikning umumiy darajasi. Reja: 1. Muloqot haqida tushuncha. 2. Muloqot qilishning asosiy turlari va tomonlari. 3. Muloqot insonlarning bir-birini tushunishi va idrok qilish sifatida. 4. Nutq va uning turlari.

1. Muloqot – bu ikki yoki undan ortiq kishilarning afektiv baholovchi xarakterda va bilish bo`yicha ma’lumot almashishdan iborat bo`lgan o`zaro ta’sir etishdir. Muloqotning tizimida o`zaro bir-biriga bog`liq jihatlari ajratiladi: kommunikativ, interaktiv va pertseptiv. 1. Muloqatning kommunikativ jihati bu muloqatdagi individlarni o`zaro ma’lumot almashinishidir. 2. Muloqotning interaktiv jihati bu individlar muloqatda nafaqat bilim va g`oyalar balki harakatlar bo`yicha ham o`zaro ta’sirini tashkil etishdan iborat. 3. Muloqatning pertseptiv jihati muloqot jarayonida o`zaro bir-birini idrok qilish orqali tushunishdir. Demak, muloqot birgalikdagi xarakat extiejlaridan kelib chikadigan, aloka almashish, bir - biriga ta’sir etish, boshkalarni tushinish, odamlar urtasida kontakt urnatish va rivojlantirish jaraeni. Muloqot hayot kechirishning bir shaklidir. 2. Muloqotning o`zaro birgalikdagi harakati va kommunikativ jihatdan tashqarida uning pertseptiv jihati munosabat ishtirokchilarining uning jarayonida amalga oshiriladigan o`zaro idrok etish yuzaga keladi. Taniqli psixolog S. L.Gubinshteyn shunday deb yozgan edi: “Kundalik hayotga odamlar bilan muomalaga kirisharkanmiz, biz ularning xulq - atvoriga mo`ljal olamiz. Negaki biz ularning tanqidiy ma’lumotlariga ma’lumotlari mohiyatini go`yo o`qib ya’ni mag`zini chaqib chiqamiz va shu yo`sinda kontekstda mujassamlashadigan matnning ichki psixologik jihati mavjud bo`lgan mazmunini aniqlaymiz”. Bunday o`qish naridan beri tez yuz beradi, chunki tevarak atrofdagilar bilan muomala jarayonida avtomatik tarzda amal qiladigan psixologik ichki ma’no hosil bo`ladi. Muomala prioretiv jihati bu kishining kishi tomonidan idrok etilishi, tushunilishi va baholanishi demakdir. Identifikatsiyalash - bir kishi ikkinchi

kishini uning ta’rifini o`z ta’rifiga anglanilgan yoki anglanilmagan tarzda o`xshatilishi orqali tushinish usulidir. Shaxslararo idrok etish jarayonida teskari aloqa, xabar beruvchi funktsiyani va o`zini - o`zi boshqarish funktsiyasini bajaradi. Steriotiplashtirish – xulq -atvor shakllarini tasniflash va ularni hozirgacha ma’lum va mashhur deb sanalgan ya’ni ijtimoiy qoliplarga mos keladigan hodisalar jumlasiga kiritish yo`li bilan ularning sabablarini o`zgartirishdan iboratdir. Ko`p hollarda insonlarning bir-birlarini idrok etishlari «ijtimoiy pertseptsiya» sifatida namoyon bo`ladi. Muloqotning bu jihati ijtimoiy pertseptsiya haqidagina emas, balki shaxslar aro pertseptsiya haqida hamdir. Inson jamiyatda shaxs sifatida qabul qilingani sari. Muloqotda ham shaxs sifatida namoyon bo`ladi. S.L.Rubenshteyn aytganidek: «Biz insonni tashqi xulq - atvoriga qarab o`qiymiz». «Boshqa odamni bila turib, o`rganayotgan individning o`zi ham shakllanadi» deb yozgan edi L.S.Egodskiy. Insonni inson tomonidan idrok etilishida kamida 2 kishi jalb qilingan bo`lishi lozim bo`lib, ularning ikkalovi ham faol sub’ektdir. O`zini boshqa inson tahlil qilishini o`z ichiga identifikatsiya va reflektsiyani kiritadi. 3. Odamlarda samarali muomala o`rnatish malakalarini tasodifiy ravishda tarkib topadi yoki ta’limning yordamchi maxsuli sifatida yuz beradi. Katta maktab yoshidagi o`quvchilar xulq - atvori qoidalariga bag`ishlangan ommabop adabiyotlarni o`qir ekan, muloqot madaniyatining ba’zi jihatlari bilan tanishadi. Lekin muomala malakalarini maxsus o`rgatilishi alohida bir vazifa bo`lib pedagog uchun uning qanchalik muhim ekanligini trening, ya’ni muomalaning mashq qilinishi bu vazifaning hal etish yo`llaridan biri sifatida namoyon bo`ladi. Sotsial psixologik trenining, ya’ni muomalaning mashq qilinishi bu vazifaning hal etish yo`llaridan biri sifatida namoyon bo`ladi. Sotsial psixologik trenining mazmunan ikki xil vazifani: 1. Muomalaning va shu jumladan pedagogik muomalaning umumiy qonuniyatlarini. 2.

Pedagogik kommunikatsiyaning texnologiyasini egallash, ya’ni professional pedagogik muomala va malakalari shakllanishini o`z ichiga oladi. Psixologik pedagogik trenining shakllaridan yana biri tipik pedagogik vaziyatlarining misol uchun imtihonlarni modellashtiruvchi amaliy o`yinlari. Muomala trening, ya’ni muomalani mashq qilish o`qituvchilarni tayyorlash va malakasini oshirish sistemasida pedagogik ishning yangi shakli bo`lib, pedagogik ta’lim uchun juda istiqbolli hisoblanadi. Bog`lanish lotincha son ya’ni “yaqinlashish” degan so`zdan olingan, munosabatga kiruvchilar o`rtasida ikki tomonlama aloqa bo`lishini taqoza etadi. Bunga erishish va uni ko`ngildagidek rivojlantirish sharti munosabatiga kirishuvi shaxslarni o`zaro bir-biriga hurmati va ishonchidan iboratdir. Agar pedagog o`z tarbiyalanuvchilariga ishonch va hurmat bilan munosabatda bo`lsa, u har qancha printsipial va talabchan bo`lgan taqdirda ham, uning eng arzimas tanbehlari ham ta’sirli bo`ladi. Munosabat jarayonlari har doim va barcha vaziyatlarda ham sip – silliqgina va ichki qarama qarshiliklarsiz yuz beradi deb tasavvur qilishi yaramaydi. Ayrim vaziyatlarda bir-birini inkor etuvchi qadriyatlar, vaziyatlar va maqsadlarning mavjudligini aks ettiruvchi pozitsiyalar antoganizmi yuzaga chiqadiki, ba’zan bu o`zaro adovatni keltirib chiqaradi, shaxslararo majaro sodir bo`ladi. Majarolarning kelib chiqishiga, shuningdek munosabatga kiruvchilarning o`zaro birgalikda harakat qilishlariga g`ov bo`lgan va bartaraf etilmagan ma’naviy anglashilmovchiliklar ham sabab bo`ladi. Munosabatdagi ma’naviy anglashilmovchilik - bu aytilgan talabning, iltimosning, buyruqning ma’nosi munosabat bog`lashga sheriklar uchun muvofiq emasligidir. Bu hol ularning o`zaro hamjihatligi va birgalikda harakat qilish uchun to`sqinlik tug`diradi. 4. Har qanday ma’lumotni belgilar aniqrog`i belgilar tizimi orqali bilish mumkin. Kommunikativ jarayonida qo`llaniladigan bir necha belgilar tizimi

mavjud. Bular verbal kommunikatsiya (nutq orqali) va noverbal (nutq bilan bog`liq bo`lmaydigan belgilar orqali) kommunikatsiyadir. Verbal kommunikatsiyada inson nutqi belgilar tizimi sifatida qo`llaniladi. Nutq inson tomonidan qo`llaniladigan tovushlar signallari yoki yozma belgilardan iborat bo`lib, ular orqali muloqotdan olingan ma’lumot qayta ishlanadi, saqlanadi va uzatiladi. Bu jarayon til orqali amalga oshiriladi. Til so`z belgilari tizimi bo`lib, u muloqot jarayonida psixik faoliyat mahsuli bo`lib yuzaga keladi. Nutqning o`ziga xos turlari mavjud – tashqi, ichki, og`zaki, yozma va xokozo. Kommunikativ jarayonda o`zaro munosabatga kirishuvchilarni bir- birlari tushunishlari juda muhimdir. Buyuk frantsuz yozuvchisi Antuan Sent Ekzyuperi «Muloqot bu shunday ne’matki, u orqali inson lazzatlanadi deb yozgan edi. So`zning mohiyati haqida Sa’diy «Aqlmisan yoki ahmoq, kattamisan yoki kichik buni biror so`z aytmaganigcha bila olmaymiz» degan edi. Yozma nutq insoniyat tarixida og`zaki nutqdan ancha keyin paydo bo`lgan. Yozma nutq fanda foydalaniladigan murakkab umumlashmalarning rivojlantirishida, badiiy timsollarni etkazishda muhim rol’ o`ynaydi. Nutq o`zining fizologik negiziga ko`ra eshitish va harakat analizatorlari faoliyatini bajaradi. Nutqni programmalashtirish – nutqiy ifodaning, ya’ni kishi bildirmoqchi bo`lgan fikrning ma’naviy o`zagini tuzishda birinchi bosqich hisoblanadi, ikkinchi bosqich jumlaning sintaktik strukturasini tuzishdan iboratdir. Noverbal kommunikatsiyaga – belgilarning optik kinetik tizimi kirib, ularga jestlar (qo`l harakatlari), mimika (yuz harakatlari) va pontomimika (£o`l - oyoq, tana harakatlari) kiradi.