logo

MUSTAHKAMLIK NAZARIYALARI

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

61.90234375 KB
M USTAHKAMLIK NAZARIYALARI   
Reja:
  1.   Eng   katta   normal   kuchlanishlar   nazariyasi.   (birinchi
mustahkamlik nazariyasi)
  2.   Eng   katta   chiziqli   deformatsiyalar   nazariyasi.   (ikkinchi
mustahkamlik nazariyasi)
  3.   Eng   katta   urinma   kuchlanishlar   nazariyasi.   (uchinchi
mustahkamlik nazariyasi)
 4. Shakl o’zgarishi energiyasi nazariyasi. (to’rtinchi mustahkamlik
nazariyasi)
  5.   Chegaraviy   zo’riqqanlik   holati   nazariyasi.   (beshinchi
mustahkamlik nazariyasi). 1 . Mustahkamlik nazariyalari.
Mexanik   sinovlarda   bir   o‘qli   cho‘zilish   (siqilish)   sharoitida   materialning
xavfli   holatini   ifodalaydigan   kuchlanish   yuz   beradi.   Plastik   materialning
cho‘zilishdagi xavfli holati deganda, yalpi qoldiq deformatsiyalarning paydo
bo‘lishi   tushuniladi.   Mo‘rt   materialning   xavfli   holati   buzilishi   oldi   darzlari
paydo   bo‘lishi   bilan   ifodalanadi.   Plastik   materiallarda   xavfli   holat   yuz
berganda   ko‘ndalang   kesimlardagi   normal   kuchlanishlar   oquvchanlik
chegarasiga, mo‘rt materiallarda esa mustahkamlik chegarasiga yetadi. Agar
haqiqiy kuchlanish yo‘l qo‘yiladigan qiymatdan oshmasa, bir o‘qli cho‘zilish
(siqilish) da materialning mustahkamligi ta’minlanadi.
Hajmiy   zo‘riqish   holatida   xavfli   holatning   vujudga   kelishi   asosiy
kuchlanishlar σ1,σ2  va 	σ3  ning nisbatiga bog‘liq.
Hajmiy zo‘riqish holatida bir o‘qli cho‘zilish (siqilish) da hosil qilingan
chegaraviy   kuchlanishlardan   foydalanish   uchun   materialning   xavfli   holatga
o‘tish jarayoniga biror omilning ko‘proq ta’sir qilishi haqidagi bir qator faraz
taklif   qilingan.   Hisoblar   uchun   qabul   qilingan   farazlar   mustahkamlik
nazariyalari  deb ataladi.
1. Eng katta normal kuchlanishlar nazariyasi. 
(birinchi mustahkamlik nazariyasi)
Eng katta normal kuchlanishlar nazariyasini XVIII asr G.Galiley taklif
qilgan. Bu nazariyaga muvofiq materialning xavfli holati eng katta yoki eng
kichik   asosiy   kuchlanishlar   chegaraviy   qiymatiga   yetganda   yuz   beradi   deb
taxmin   qilinadi,   chegaraviy   qiymat   bir   o‘qli   cho‘zilish   yoki   siqilishga   doir
tajribalarda aniqlanadi.
Mustahkamlik sharti quyidagi ko‘rinishda yoziladi:
σ1≤	σadm	,t
  yoki  	σ3≤	σadm	,c. (4.1)
Ekvivalent kuchlanish asosiy kuchlanishlardan biriga teng: σred1	=σ1  yoki   	σred'	=σ3. (4.2)
Mazkur   mustahkamlik   nazariyasining   kamchiligi   shundaki,   unda
boshqa   ikki   asosiy   kuchlanishning   ta’siri   hisobga   olinmaydi.   Plastik
materiallar   uchun   birinchi   mustahkamlik   nazariyasi   tajribalarda
tasdiqlanmaydi. Bu mustahkamlik nazariyasi ancha mo‘rt materiallar (g‘isht,
beton, tosh) ning mustahkamligini tekshirganda qoniqarli natija beradi. Hozir
bu usul qo‘llanilmaydi. 
2. Eng katta chiziqli deformatsiyalar nazariyasi.
(ikkinchi mustahkamlik nazariyasi)
Bu   nazariyani   1682   yilda   E.   Mariott   yaratgan.   Bu   nazariyaga   ko‘ra,
materialning   xavfli   holati   bir   o‘qli   cho‘zilish   yoki   siqilish   uchun   qabul
qilingan ma’lum chegaraviy qiymatli eng katta nisbiy chiziqli deformatsiyaga
erishish natijasida yuz beradi deb taxmin qilinadi.
Mustahkamlik sharti quyidagi ko’rinishni oladi.	
εmax	≤εadm	.
(4.3)
Hajmiy   zo‘riqish   holatida   eng   katta   chiziqli   deformatsiya   algebraik
kattalik bo‘yicha  	
ε1   hisoblanadi.
Gukning umumlashgan qonunidan foydalanib, ushbuni olamiz:	
εmax	=	ε1=	1
E	[σ1−	v(σ2+σ3)].
(4.4)
yo‘l qo‘yiladigan nisbiy deformatsiya:	
εabm	=	
σadm
E	.
    (4.5)
Mustahkamlik sharti uzil-kesil quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi:	
σ1−	v(σ2+σ3)≤	σadm	.
(4.6)
Ikkinchi mustahkamlik nazariyasiga ko’ra, ekvivalent kuchlanish:	
σreb11	=	σ1−	v(σ2+σ3).
(4.7) E.   Mariott   yaratgan   mustahkamlik   nazariyasi   barcha   uch   asosiy
kuchlanishni   hisobga   oladi.   Biroq   tajribalar   shuni   ko‘rsatadiki,   bu   nazariya
ko‘pchilik   materiallar   uchun   yaramas   ekan,   shuning   uchun   u   amaliy
maqsadlarda   deyarli   ishlatilmaydi.   Mo‘rt   materiallar   uchun   bu   nazariya
o‘rtacha natijani beradi. 
3. Eng katta urinma kuchlanishlar nazariyasi.
(uchinchi mustahkamlik nazariyasi)
Eng katta urinma kuchlanishlar nazariyasini 1773 yilda Sh. Kulon taklif
qilgan.   Bu   nazariyaga   muvofiq,   materialning   xavfli   holati   bir   o‘qli
cho‘zilishda aniqlangan chegaraviy qiymatli eng katta kuchlanishlar ta’sirida
yuz beradi.
Mustahkamlik chegarasi quyidagi ko‘rinishni oladi:τmax	≤τadm	.
(4.8) 
Hajmiy zo‘riqish holatidagi eng katta urinma kuchlanish:	
τmax	=	
σ1−σ2	
2	.
(4.9)
Yo‘l qo‘yiladigan urinma kuchlanish:	
τadm	=	
σadm
2	.
(4.10)
Mustahkamlik sharti uzil-kesil ko‘rinishda:	
σ1−	σ3≤σadm	.
(4.11)
Uchinchi mustahkamlik nazariyasi bo’yicha ekvivalent kuchlanish:	
σred'''	=	σ1−	σ3.
(4.12)
Bu   mustahkamlik   nazariyasi   plastik   materiallar   uchun   o‘tkazilgan
tajribalarda   juda   qulay   kelgan.   Biroq   u   mo‘rt   materiallar   hisoblarida
yaramaydi.   Bu   nazariyada   materialning   mustahkamligiga   ta’sir   qiladigan
o‘rtacha qiymatli asosiy kuchlanish 	
σ2  ta’siri hisobga olinmaydi. 4. Shakl o’zgarishi energiyasi nazariyasi.
 (to’rtinchi mustahkamlik nazariyasi)
Yuqorida keltirilgan kamchiliklarni hisobga olib, 1904 yilda M. Guber
shakl   o‘zgarishi   energiyasi   nazariyasini   taklif   qiladi.   Bu   nazariyaga   ko‘ra,
materialning xavfli holati shakl o‘zgarishidagi solishtirma potensial energiya
materialning   bir   o‘qli   cho‘zilishdagi   chegaraviy   qiymatiga   yetganda   yuz
beradi deb taxmin qilinadi.
Mustahkamlik sharti quyidagi ko‘rinishni oladi:ud≤uadm	,d
(4.13)  
Hajmiy   zo‘riqqanlik   holatida   shakl   o‘zgarishi   solishtirma   potensial
energiyasi:	
ud=	1+v	
3E	(σ12+σ22+σ32−	σ1σ2−	σ1σ3).
(4.14)
Chiziqli   zo‘riqqanlik   holatida   shakl   o‘zgarishi   solishtirma   potensial
energiyasining yo‘l qo‘yiladigan qiymati:	
uadm	,d=1+v	
3E	σabm2	.
(4.15)
Ba’zi o‘zgartirishlardan so‘ng mustahkamlik sharti quyidagi ko‘rinishni
oladi:	
√σ1
2+σ2
2+σ3
2−	σ1σ2−	σ2σ3−	σ1σ3≤	σadm	.
(4.16)
Bu   nazariya   uchta   asosiy   kuchlanishni   hisobga   olgani   uchun   uchinchi
nazariyaga   nisbatan   ancha   aniq   natijalarni   beradi.   Bu   nazariya   plastik
materiallarni   hisoblashda   keng   qo‘llaniladi,   lekin   mo‘rt   materiallar   uchun
yaramaydi.
5. Chegaraviy zo’riqqanlik holati nazariyasi.  (beshinchi mustahkamlik nazariyasi).
Chegaraviy   zo‘riqqanlik   holati   nazariyasini   XX   asr   boshida   O.   Mor
taklif qilgan. Bu nazariyaga ko‘ra, hajmiy zo‘riqqanlik holatida materialning
mustahkamligi   eng   katta   va   eng   kichik   asosiy   kuchlanishlar   qiymati   va
ishoralariga   bog‘liq.   O.   Morning   mustahkamlik   nazariyasi   uchinchi
mustahkamlik   nazariyasini   umumlashtiradi   va   materialning   cho‘zilishi   va
siqilishiga bo‘lgan har xil qarshilikni hisobga oladi.
Mustahkamlik sharti quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi:σ1−	σ3k≤	σadm
(4.18)
bunda,  	
k=	
σadm	,t	
σadm	,e
−   cho‘zilish  	σadm	,t   va   siqilish  	σadm	,c   dagi   yo‘l   qo‘yiladigan
kuchlanishlar nisbati.
Materialning cho‘zilish va siqilishga qarshiligi bir xil bo‘lsa, ya’ni 	
k=1
da O.Morning mustahkamlik nazariyasi uchinchi mustahkamlik nazariyasiga
aylanadi.
Bu nazariya bo’yicha ekvivalant kuchlanish:	
σredV	=σ1−	σ3k.
  (4.19)
Mazkur   nazariya   oldingi   nazariyalarga   nisbatan   ancha   mukammal
bo‘lib, mo‘rt materiallar uchun keng qo‘llaniladi.
Umuman   olganda,   muhandislik   hisoblarida   plastik   materiallar   uchun
uchinchi   va   to‘rtinchi   mustahkamlik   nazariyasi,   mo‘rt   materiallar   uchun
O.Mor nazariyasi qo‘llaniladi.
Namuna 
Po‘lat   qurol   stvolidan   kesib   yasalgan   elementar   kubik   yoqlariga
kuchlanishlar:   550   MPa,   420   MPa   va   –350   MPa   ta’sir   qiladi.   Eng   katta urinma kuchlanishni aniqlang.  III va IV mustahkamlik nazariyalari bo‘yicha
kuchlanishlarni toping.
Yechish.  Asosiy kuchlanishlar tegishlicha quyidagilarga teng:σ1=550	MPa	,	σ2=	420	MPa	σ3=−	350	MPa
.
Eng katta urinma kuchlanishlar quyidagi formuladan topiladi:	
τmax	=	
σ1−	σ3	
2	=	550	+350
2	=	450	MPa
III mustahkamlik nazariyasi bo‘yicha hisobiy kuchlanish quyidagiga teng:	
σIII	=	σ1−	σ3=	550	+350	=	900	MPa	.
IV mustahkamlik nazariyasi bo‘yicha hisobiy kuchlanish quyidagiga teng:	
σIV=	√2
2	√(σ1−	σ2)2+(σ2−	σ3)2+(σ1−	σ3)2=	840	MPa	. Foydalaniladigan asosiy darslik va o’quv qo’llanmalar ro’yxati
Аsosiy
1. O‘rozboev   M.T.   Materiallar   qarshiligi   asosiy   kursi.-Toshkent:
O‘qituvchi, 1973. 
2. Беляев Н.С. Сопротивление материалов.-Москва: Наука, 1976.
3. Роботнов   Ю.Н.   Сопротивление   материалов.-Москва:
Физматгиз,1962.
4. Пособие   к   решению   задач   по   сопротивлению   материалов.
Миролюбов И.И. и др.-Москва: Высшая школа, 1976.
5. Дарков А.Б., Шпиро Т.С. Сопротивление материалов М.-1989 г.
Qo’shimcha
1. Ўрозбоев   М.Т.   Материаллар   qаршилиги   I   ва   II   qисм.-Тошкент:
Ўрта ва олий мактаб, 1960.
2. Мансуров   К.М.   Материаллар   qаршилиги.-Тошкент:     Ўqитувчи,
1969.
3. Федосев В.И. Сопротивление материалов.-Москва: Наука, 1986.
4. Сборник   задач   по   сопротивлению   материалов.   Под   ред.
Волмира А.С.- Москва: Наука, 1984.

M USTAHKAMLIK NAZARIYALARI Reja: 1. Eng katta normal kuchlanishlar nazariyasi. (birinchi mustahkamlik nazariyasi) 2. Eng katta chiziqli deformatsiyalar nazariyasi. (ikkinchi mustahkamlik nazariyasi) 3. Eng katta urinma kuchlanishlar nazariyasi. (uchinchi mustahkamlik nazariyasi) 4. Shakl o’zgarishi energiyasi nazariyasi. (to’rtinchi mustahkamlik nazariyasi) 5. Chegaraviy zo’riqqanlik holati nazariyasi. (beshinchi mustahkamlik nazariyasi).

1 . Mustahkamlik nazariyalari. Mexanik sinovlarda bir o‘qli cho‘zilish (siqilish) sharoitida materialning xavfli holatini ifodalaydigan kuchlanish yuz beradi. Plastik materialning cho‘zilishdagi xavfli holati deganda, yalpi qoldiq deformatsiyalarning paydo bo‘lishi tushuniladi. Mo‘rt materialning xavfli holati buzilishi oldi darzlari paydo bo‘lishi bilan ifodalanadi. Plastik materiallarda xavfli holat yuz berganda ko‘ndalang kesimlardagi normal kuchlanishlar oquvchanlik chegarasiga, mo‘rt materiallarda esa mustahkamlik chegarasiga yetadi. Agar haqiqiy kuchlanish yo‘l qo‘yiladigan qiymatdan oshmasa, bir o‘qli cho‘zilish (siqilish) da materialning mustahkamligi ta’minlanadi. Hajmiy zo‘riqish holatida xavfli holatning vujudga kelishi asosiy kuchlanishlar σ1,σ2 va σ3 ning nisbatiga bog‘liq. Hajmiy zo‘riqish holatida bir o‘qli cho‘zilish (siqilish) da hosil qilingan chegaraviy kuchlanishlardan foydalanish uchun materialning xavfli holatga o‘tish jarayoniga biror omilning ko‘proq ta’sir qilishi haqidagi bir qator faraz taklif qilingan. Hisoblar uchun qabul qilingan farazlar mustahkamlik nazariyalari deb ataladi. 1. Eng katta normal kuchlanishlar nazariyasi. (birinchi mustahkamlik nazariyasi) Eng katta normal kuchlanishlar nazariyasini XVIII asr G.Galiley taklif qilgan. Bu nazariyaga muvofiq materialning xavfli holati eng katta yoki eng kichik asosiy kuchlanishlar chegaraviy qiymatiga yetganda yuz beradi deb taxmin qilinadi, chegaraviy qiymat bir o‘qli cho‘zilish yoki siqilishga doir tajribalarda aniqlanadi. Mustahkamlik sharti quyidagi ko‘rinishda yoziladi: σ1≤ σadm ,t yoki σ3≤ σadm ,c. (4.1) Ekvivalent kuchlanish asosiy kuchlanishlardan biriga teng:

σred1 =σ1 yoki σred' =σ3. (4.2) Mazkur mustahkamlik nazariyasining kamchiligi shundaki, unda boshqa ikki asosiy kuchlanishning ta’siri hisobga olinmaydi. Plastik materiallar uchun birinchi mustahkamlik nazariyasi tajribalarda tasdiqlanmaydi. Bu mustahkamlik nazariyasi ancha mo‘rt materiallar (g‘isht, beton, tosh) ning mustahkamligini tekshirganda qoniqarli natija beradi. Hozir bu usul qo‘llanilmaydi. 2. Eng katta chiziqli deformatsiyalar nazariyasi. (ikkinchi mustahkamlik nazariyasi) Bu nazariyani 1682 yilda E. Mariott yaratgan. Bu nazariyaga ko‘ra, materialning xavfli holati bir o‘qli cho‘zilish yoki siqilish uchun qabul qilingan ma’lum chegaraviy qiymatli eng katta nisbiy chiziqli deformatsiyaga erishish natijasida yuz beradi deb taxmin qilinadi. Mustahkamlik sharti quyidagi ko’rinishni oladi. εmax ≤εadm . (4.3) Hajmiy zo‘riqish holatida eng katta chiziqli deformatsiya algebraik kattalik bo‘yicha ε1 hisoblanadi. Gukning umumlashgan qonunidan foydalanib, ushbuni olamiz: εmax = ε1= 1 E [σ1− v(σ2+σ3)]. (4.4) yo‘l qo‘yiladigan nisbiy deformatsiya: εabm = σadm E . (4.5) Mustahkamlik sharti uzil-kesil quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi: σ1− v(σ2+σ3)≤ σadm . (4.6) Ikkinchi mustahkamlik nazariyasiga ko’ra, ekvivalent kuchlanish: σreb11 = σ1− v(σ2+σ3). (4.7)

E. Mariott yaratgan mustahkamlik nazariyasi barcha uch asosiy kuchlanishni hisobga oladi. Biroq tajribalar shuni ko‘rsatadiki, bu nazariya ko‘pchilik materiallar uchun yaramas ekan, shuning uchun u amaliy maqsadlarda deyarli ishlatilmaydi. Mo‘rt materiallar uchun bu nazariya o‘rtacha natijani beradi. 3. Eng katta urinma kuchlanishlar nazariyasi. (uchinchi mustahkamlik nazariyasi) Eng katta urinma kuchlanishlar nazariyasini 1773 yilda Sh. Kulon taklif qilgan. Bu nazariyaga muvofiq, materialning xavfli holati bir o‘qli cho‘zilishda aniqlangan chegaraviy qiymatli eng katta kuchlanishlar ta’sirida yuz beradi. Mustahkamlik chegarasi quyidagi ko‘rinishni oladi:τmax ≤τadm . (4.8) Hajmiy zo‘riqish holatidagi eng katta urinma kuchlanish: τmax = σ1−σ2 2 . (4.9) Yo‘l qo‘yiladigan urinma kuchlanish: τadm = σadm 2 . (4.10) Mustahkamlik sharti uzil-kesil ko‘rinishda: σ1− σ3≤σadm . (4.11) Uchinchi mustahkamlik nazariyasi bo’yicha ekvivalent kuchlanish: σred''' = σ1− σ3. (4.12) Bu mustahkamlik nazariyasi plastik materiallar uchun o‘tkazilgan tajribalarda juda qulay kelgan. Biroq u mo‘rt materiallar hisoblarida yaramaydi. Bu nazariyada materialning mustahkamligiga ta’sir qiladigan o‘rtacha qiymatli asosiy kuchlanish σ2 ta’siri hisobga olinmaydi.

4. Shakl o’zgarishi energiyasi nazariyasi. (to’rtinchi mustahkamlik nazariyasi) Yuqorida keltirilgan kamchiliklarni hisobga olib, 1904 yilda M. Guber shakl o‘zgarishi energiyasi nazariyasini taklif qiladi. Bu nazariyaga ko‘ra, materialning xavfli holati shakl o‘zgarishidagi solishtirma potensial energiya materialning bir o‘qli cho‘zilishdagi chegaraviy qiymatiga yetganda yuz beradi deb taxmin qilinadi. Mustahkamlik sharti quyidagi ko‘rinishni oladi:ud≤uadm ,d (4.13) Hajmiy zo‘riqqanlik holatida shakl o‘zgarishi solishtirma potensial energiyasi: ud= 1+v 3E (σ12+σ22+σ32− σ1σ2− σ1σ3). (4.14) Chiziqli zo‘riqqanlik holatida shakl o‘zgarishi solishtirma potensial energiyasining yo‘l qo‘yiladigan qiymati: uadm ,d=1+v 3E σabm2 . (4.15) Ba’zi o‘zgartirishlardan so‘ng mustahkamlik sharti quyidagi ko‘rinishni oladi: √σ1 2+σ2 2+σ3 2− σ1σ2− σ2σ3− σ1σ3≤ σadm . (4.16) Bu nazariya uchta asosiy kuchlanishni hisobga olgani uchun uchinchi nazariyaga nisbatan ancha aniq natijalarni beradi. Bu nazariya plastik materiallarni hisoblashda keng qo‘llaniladi, lekin mo‘rt materiallar uchun yaramaydi. 5. Chegaraviy zo’riqqanlik holati nazariyasi.