NUTQDA KOMMUNIKATIV INTENSIYA
NUTQDA KOMMUNIKATIV INTENSIYA REJA: 1 . Muloqot intensiyasi 2 .So’roq gaplarda kommunikativ intensiya
O’rta asrlarda kommunikativ intensiya falsafiy tushuncha sifatida paydo bo’lib, maqsad, niyyat, mo’ljal ma’nolarini anglatgan. Nutqda kommunikativ intensiyaning olimlar tomonidan turlicha talqinlari uchraydi. Masalan, Z.Pardayev va Sh. Safarov vu borada J.Ostinning fikrlariga tayanadi. S.Pardayev darsligidagi kommunikativ maqsad tushunchasi Sh. Safarov kitobida intensiya atamasi bilan yuritiladi. Birinchi olim maqsadning nutq jarayonida voqealanishidan boshlab bir tushuncha sifatida qo'llaydi, tahlillarni shu asosida keltiradi va ushbu tahlil asoschilari yo'lidan boradi. Ikkinchi olim bu borada marhum do'sti Kiyev universiteti professori Oleg Pochepson fikrini yoqlaydi. Uning qarashlariga ko'ra, nutqiy harakat so'zlovchi ko'zlagan asosiy maqsadga erishishning bir vositasidir.[2:80] Olim intensiyani ikkiga bo'ladi: boshlang'ich va natijaviy intensiya. Bu tavsifni nisbatan to'liq deyish mumkin. Badiiy asar pragmatik tahlilida buning alohida o'rni bor. Hikoya nisbatan kichik janr bo'lganligi uchun unda suhbat ishtirokchilari boshqa yirik janrlarga qaraganda sanoqli bo'ladi. Said Ahmadning "Menga yetib kelmagan xat" hikoyasi ham bundan mustasno emas.Misol uchun hikoya asosiy qahramonining quyidagi gapini olsak: Oyi, bekor qildingiz, ovsinim xafa bo‘lib qoldi, — deyman yo‘l- yo‘lakay. So'zlovchining boshlang'ich maqsadi - bu ishni noto'g'ri bo'lganligini onasiga tushuntirish. Asosiy maqsadi esa nima sababdan bunday qilganligining sababini bilishdir.Sh.Safarovning fikriga asoslansak, nutqiy harakat ikki bosqichga ajraladi. Bular boshlang'ich va natijaviy maqsaddir.Natijaviy intensiya uchun lisoniy birliklar bilan bir qatorda nolisoniy birliklar ham ahamiyatli sanaladi.Yuqoridagi gapda qahramon o'z gapini yo'l-yo'lakay aytganligi ko'rinadi. Nega aynan harakat jarayonida? Manzilga yetib emas, balki manzil tomon yo'lga tushgan paytda? Chunki so'zlovchi kommunikativ maqsadini yuzaga chiqarish uchun zamon va makon omili ham jiddiy ta'sir etadi. Ayni nutqiy faoliyat uchun tanlangan vaqt hamsuhbatning "sovib" ulgurmagan pallaga to'g'rilangandi. Bu esa
kommunikativ maqsadning ijobiy tomonga hal bo'lishini ta'minlagan. Agar boshqa vaqt tanlaganda, balki natijaviy intensiya to'liq yuzaga chiqmagan bo'lar edi. Kommunikativ aktning yuzaga chiqishida illokutiv aktning ahamiyati kattadir. So'zlovchi o'z maqsadini voqealantirar ekan illokutiv akt tuzuvchisiga aylanadi. Jumladan hikoyaning yana bir qahramonining quyidagi gapini ko'rib chiqsak: Turing, bolam, choy damladim. Tamaddi qilib oling. Bunda nutq egasining choy damlagani haqida xabar berish, tinglovchini uyg'otish maqsadi, g'amxo'rlik qilayotganini bildirish, hamda tamaddi qilish vaqti bo'lganligi haqida darak berish maqsadlari ifodalash imkoni paydo bo'lgan. Umuman, natijaviy intensiyaga erishish uchun so'zlovchining gapi tinglovchiga ta'sir etishi zarur bo'ladi. Bu uning lisoniy birliklardan qay darajada foydalana olishi hamda nolisoniy birliklarni o'z o'rnida ishlata olish mahoratiga bog'liqdir. Aynan shu omillar nutqiy aktning ta'sir o'tkazish bosqichi perlokutsiyani yuzaga chiqaradi. Bu bosqichda so'zlovchi tinglovchining his-tuyg'ulariga ta'sir etadi va natijaviy intensiyaga erishadi. Yuqoridagi gapda so'zlovchining tinglovchiga onalarcha mehr ko'rsatayotganligi uning maqsadi(uyg'onishi va tamaddilanishi)ga erishishiga sababchi bo'lgan jihatlardan. Kommunikativ maqsadni amalga oshishida nutqiy vaziyat muhim ahamiyatga ega. [3:55] Chunki vaziyatni to’g’ri tanlay olish, kommunikantlarning o’z ko’zlagan maqsadiga yetishishi uchun birinchi o’rinda turadigan omillardan biridir. Misol uchun quyidagi nutqiy aktni ko’rib chiqamiz: — Oyi, manavi arizani Usmon Yusupovga olib chiqib berasiz. U kishi o‘g‘lingizni yaxshi taniydi, — dedim. — Voy bolam, u kishini qaydan topaman?! Borsam, oldiga kiritishmaydi. Undan ko‘ra, o‘zingiz opchiqib ber-sangiz yaxshi bo‘larmidi, — dedi oyim — Agar opchiqib bermasangiz, men Andijonga ketaman! O’g‘lingizni kutish kerak bo‘lsa, Andijonda ham kutaveraman! — deb shart qo‘ydim.[1:]
Nutqiy jarayonda diskurs ishtirokchilarining kommunikativ maqsadlari o’zaro uyg’un bo’lsagina ma’lum bir natija yuzaga keladi. Matnni chuqur tahlil qilsak, kommunikatlarning maqsadi o’zaro parallel tushgan, lekin suhbatdoshlar nutqidagi boshlang’ich intensiya tubdan farq qiladi. Adresantga tegishli: Oyi, manavi arizani Usmon Yusupovga olib chiqib berasiz. U kishi o‘g‘lingizni yaxshi taniydi, qismida uning boshlang’ich maqsadi arizani oyisi orqali Usmon Yusupovga yetkazish va o’z kommunikativ maqsadiga erishish uchun tinglovchiga ta’sir kuchi yuqori bo’lgan o‘g‘lingizni yaxshi taniydi jumlasidan foydalangan. Adresatning nutqida esa uning boshlang’ich intensiyasi biroz boshqacha: rad etuvchi darak-xabar ma’nosidadir. U suhbatdoshiga kuchliroq ta’sir etish va maqsadiga erishishni osonroq kechishi uchun xabarni ta’kidlash orqali reaksiya hosil qilgan. Bu jarayonda u kishini qaydan topaman?! Borsam, oldiga kiritishmaydi. Undan ko‘ra, o‘zingiz opchiqib bersangiz yaxshi bo‘larmidi kabi nutq parchalaridan foydalangan. Hamsuhbatini o’ziga jalb qilish va emotsional ta’sir etish mqsadida Voy bolam, undovli undalamasidan foydalangan. Suhbatdoshini o’z fikriga ko’ndirish uchun o‘zingiz opchiqib bersangiz yaxshi bo‘larmidi jumlasidan foydalangan. Adresatning adresantdan yoshi ulug’ bo’lsada, u o’z kommunikativ maqsadiga erishish uchun yaxshi bo‘larmidi ko’rinishidagi so’roq shaklida bo’lgan iltimos ma’nosidagi nutqiy aktdan foydalangan. So’zlovchi esa o’z maqsadiga erishishdan qaytmaydi va u ham o’z maqsadiga erishish uchun — Agar opchiqib bermasangiz, men Andijonga ketaman! O’g‘lingizni kutish kerak bo‘lsa, Andijonda ham kutaveraman! jumlalarini o’rinli qo’llaydi. Ushbu parchada adresantning asosiy kommunikativ maqsadiga erishish uchun adresatga ogohlantirish, qisman tahdid ko’rinishidagi xabar intensiyasi yaqqol ko’rinadi. Emotsianal ta’sirni hosil qilish uchun “nozik masala”ga ishora qiluvchi lisoniy birliklarni ishlatadi. So’zlovchi ongida ma’lum bir reja, ko’zlangan natija xarakteri bilan bog’liq bo’lgan nutqiy harkat dasturi tuziladi. So’zlovchi o’z mo’ljali xarakteridan kelib chiqib lisoniy birliklarni tanlab oladi. [3:55] Adresant o’z nutqini adresatga tushunarli bo’lishi va yuqori nutqiy samaraga erishish uchun unga dahldor bo’lgan shaxs va shaxsga borib taqaluvchi
voqea tasviridan foydalanadi. Bu jarayoda so’zlovchining nutqil layoqati va vaziyatdan kelib chiqib kerakli lisoniy birlikni tanlay olish qobiliyati yanada yorqinlashadi. Hikoyaning davomida berilgan quyidagi parchada so’zlovchi o’zining kommunikativ maqsadi ijobiy samaraga ega bo’lganligini ko’rish mumkin: — Yuguring! Anavi militsioner turgan eshikka qarab yuguring! — dedim. Oyim qo‘lida ariza bilan o‘kdek otilib ketdi. Yusupov mashinasidan tushayotgan payt oyim ancha berida edi. Bu so’zlovchiga tinglovchining ruhiy holati ma’lumligi, uning xarakteri va shu kabi boshqa qo’shimcha omillardan o’z o’rnida unimli foydalana olish darajasida yuqori kommunikativ layoqatga ega ekanligini bildiradi. Umuman olganda, har qanday nutqiy akt ma'lum bir kommunikativ maqsadni ko'zlab tuziladi. Uning ijobiy yoki salbiy samaraga ega bo'lishi esa ishtirokchilarning lisoniy va nosiloniy birliklardan foydalana olish layoqatiga ko'p jihatdan bog'liq. Badiiy asarda bunday voqealanishlar muallifning badiiy til xususiyatlarini to'g'ri anglab yetishi kerakligi hamda o'z uslubiga ega bo'lishi kerakligini taqazo etadi. Muloqot intensiyasi uzatilayotgan axborotning negizini tashkil qiladi. Shu sababli muloqot jarayonida so‘zlovchi tinglovchiga yetkazish istagida bo‘lgan axborotni qanday uzatishi va umuman ushbu axborotni muloqot matniga kiritish yo‘llari masalasiga qiziqish kuchli (Sperber, Welson 1995; Luzina 1994). Muloqot maqsadini bu yo‘nalishda o‘rganishda asosiy e'tibor muloqotning kognitiv jarayon sifatida kechishiga qaratiladi. E'tibor bering: muloqotga kirishayotgan shaxsning asosiy maqsadi axborotni uzatish emas, balki tinglovchini ushbu maqsadni anglashga undashdir . Aynan shuning uchun ham kommunikativ birlik mazmuni voqyelik haqidagi xabar bilan chegaralanib qolmaydi, balki propozitsiya mazmuniga qo‘shimcha ma'nolarni ham ifodalaydi (Bunday qo‘shimcha ma'no turiga, masalan, emotsiyani kiritish mumkin).