logo

O‘qish va yozuv darslarining turlari. O‘qish va yozuv darslariga qo‘yiladigan talablar.

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

53.3740234375 KB
O‘qish va yozuv darslarining turlari. O‘qish va yozuv darslariga
qo‘yiladigan talablar.
Reja:
    1. Savod o‘rgatish davrida o‘quvchilarni yozuvga o‘rgatish.
2. Savod o‘rgatish davrida o‘qish va yozuv darslariga qo‘yiladigan talablar.
3.   1-4 sinflarda husnixat darslari. Boshlang‘ich   sinflar   dasturiga   ko‘ra   1-sinfda   husnixatga   o‘rgatish   savod
o‘rgatish   bilan   bir   vaqtda   amalga   oshiriladi.   Bunda   o‘quvchilar   husnixatning
gigiyenik   talablariga   rioya   qilishlari,   harflarni   grafik   jihatdan   to‘g‘ri
shakllantirishlari va ulashlari, ritm asosida yozishlari nazarda tutiladi.  1 -sinfda xat -
savod   davrida   bolalar   yozuvga   bevosita   yozuv   daftaridagi   mat e riallar   asosida
o‘rgatiladi.
l-sinfning   2-yarim   yilligida   o‘qituvchi   husnixatga   o‘rgatishni   ona   tili
darslariga   qo‘shib   olib   borsa   ham,   o‘z   ishlarini   rejalashtirib   olishi   zarur,   Bunda
harflarni   elementlarning   qiyaligiga,   harflar   bo‘yining   tengligiga,   harflar   va   so‘z
oralig‘ining   teng   bo‘lishiga   e'tibor   berish   lozim.   Savod   o‘rgatishdan   so‘ng   yozuv
sharti   ham   o‘zgaradi.   O‘quvchilarning   daftarlarida   harf   namunasi   yo‘qligi   tufayli
ular   qo‘shimcha  bir   qancha  shartlarni   bajaradilar. Jumladan.  bosma  harfni  yozma
harfga   aylantiradilar,   ulanish   o‘rinlarini   aniqlaydilar   so‘zlarni   qatorga   to‘g‘ri
joylashtiradilar.   Bundan   tashqari,   mashq   shartlarini.   ham   bajarishlari   lozim.
Shuning uchun o‘qituvchi doim yozuv materiallarini ko‘zdan kechirish. yordamga
muxtoj holatlarni o‘ziga belgilab olishi va qisqa izohlashdan foydalanishi lozim.
2-sinfda   husnixat   uchun   har   haftada   ona   tili   darslarining   oxirgi   hir   soati
ajratiladi   va   u   o‘quv   yili   davomida   33   soatni   tashkil   etadi.   2-sinfda   husnixat
darslarini rejalasht i rga n ida quyidagilarga e ’ tibor b e rish  z arur:
a) bir   chiziqli   daftarning   qiyinligini   hisobga
olib: harflarni gen e tik prinsip asosida   yozdirish;  
b) har   bir   harfning   o‘zidan   oldingi   va   o‘zidan
keyingi harfga ulanishini o‘rgata borish;
v) harflarni  el mentla rn ing o‘xshashligini hisobga o l ib guruhlash; 
g)   b osh   harflarni   elem e ntlarning   yuqoriga   va   pastki   tomon   tushishini
hisobga olgan holda guruhlash;
d) matnlarning bolalar hayotiga oid bo‘lishiga erishish;
e)imlosi qiyin bo‘lgan so‘zlarni yozuv mat e riali sifatida tanlash;
j)yozuv   sur'atini   oz-ozdan   tezlashtirib   borish   maqsadida   material   hajmini
ko‘paytirib   borish.   3-sinfda   har   bir   ona   tili   darsining   8-10   daqiqasi   hu snixatga ajratiladi.   Lo‘ nda gigi y enik bilimlar mustahkamlanadi. Bolalar 1 chiziqli; daftarga
bosh va kichik shakllari bir xil, tuzilishi murakkab-harflarni yozishni.o‘rganadilar.
ritm   bilan   yozishni,   harflarni   ulab   so‘z,   gap   yozishni   mashq   qiladilar.
O‘quvchilarni   husnixatga   o‘rgatish,   grafik   bilimlarni   |shakllantirishda   o‘quvchi
shaxsining   psixologik   xususiyatlarini   hisobga   olish.   Grafik   malakalarning   uzoq
muddatda hosil bo‘lishi, uning o‘qish, imlo, chizmachilik, rassomchilik. nutq kabi
o‘quv faoliyatlari bilan bog‘liqdir.
Dastxatning   o‘ta   barqarorligi   va   individualligi.   Yozuvning   inson   aqliy
faoli y at i  bilan  b og‘liqligi.
Husnixatni   e gallashda   barmoqlar   harakatini   rivojlantjirishning   ahamiyati.
Bolalarning   ko‘rish,   eshitish   qobiliyatlarining   yozuvi   bilan   bog‘liqligi.   Yozuvga
o‘rgatishning   keyingi   bosqichlarida   yozuvning   aftomatlashuvi.   1-sinflarda
o‘quvchilar yozuvi sifatining o‘sib borishi.
3.Yozuv   qurollari(   ruchka   va   daftar)   bilan   ishlash   malakasini
shakllantirish
Bugungi  kunda eng ko‘p tarqalgan yozuv qurollaridan biri  sharikli  (ravon
yozadigan,   “Alfa”)   ruchkalar   bo‘lib   qolmoqda.   Shundan   kelib   chiqib,   butun   sinf
o‘quvchilarining   bir   xil   tipdagi   yozuv   ruchkasidan   foydalanishi   katta   ahamiyatga
egadir. Ular varaq sathiga nisbatan bir xil qiyalikda ishlatiladi. Ruchkalarga qarash
va ularni yozishga shaylashga ham talab qo‘yiladi. Agar bolalarga bir     xil tipdagi
ruchkadan   foydalanish   qat`iy   talab   qilib   qo‘yilmasa,   ularning   biri   qimmatbaho
ruchkada,   biri   gelli,   yana   biri   rangli,   boshqa   birovi   esa   ruchka   pastasi   bilan   ham
yozaveradi.   Bu   holat   esa   yozuv   malakasining   shakllanishiga   salbiy   ta`sir   qiladi,
o‘qituvchining mehnatini murakkablashtiradi. Mana shunday holatning oldini olish
uchun bir xil tipdagi ruchkadan foydalanilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi. 
(1-rasm) “Alfa”ruchkasi  birinchidan,  ushlashga  qulay,  ikkinchidan, keraklicha
uzunlikka   ega,   uchinchidan,   pastasida   ham   boshqa   ruchkalarga   nisbatan
rangi   ko‘p,   to‘rtinchidan,   bu   ruchkani   ishlatish   jarayonida   parta   va   yozuv
daftarlari   bulg‘anmaydi.   Lekin   ushbu   ruchka   ham   kamchiliklardan   xoli
emas:Ruchka   haddan   ko‘p   qiyalikda   hamda   usti   yaltiroq   qog‘ozga   yaxshi
yozmaydi. O‘quvchilar hamma vaqt o‘z oldida bir dona toza varaq (nam salfetka)
saqlashi   lozim.   Bu   ruchka   uchini   tozalab   turishga,   varaq       va   qo‘lni
bulg‘amaslikning oldini oladi. Chunki, birinchi sinfda bolalar juda sekin, ruchkani
bir   joyda   ko‘p   ushlab,   yoki   ruchkani     qattiq   bosib   yozadilar.   Natijada,   ruchka
ichidagi   sharik   yemirilib,   rang   to‘playdi.   Agar   u   tozalab   turilmasa,hamma   yoqni
bulg‘ashi tabiiy hol.
Ruchka   bilan   yozayotganda   bosim,   ya`ni   ko‘p   kuch   ishlatishning   hojati
yo‘q.   Shuning   uchun   bolalarga   ruchka   bilan   yozishni   o‘rgatayotganda   uning   shu
xususiyatini unutmaslik va bolalarga tushuntirmoq lozim. 
 
                                   (2-rasm)
Yozish jarayonida o‘qituvchi qo‘1 holati borasida ham o‘quvchilarga   aniq
ko‘rsatma   beradi.   Ruchkani   uchta   barmoqda   ushlash   lozim:   katta,   ko‘rsatkich   va
o‘rta.   Katta   va   o‘rta   barmoqlar   ruchkani   ushlaydi,       ko‘rsatkach       barmoq   esa
yuqoridan   yozish       jarayonini       boshqaradi.   Bolalar   ruchkani   barmoqlari   orasida qattiq qismasdan erkin ushlashlari lozim.     Yozish jarayonida ruchkaning     oxirgi
uchi   o‘ng yelkaga   qaratilgan bo‘lishi darkor.
O‘qituvchi   ruchkani   ushlash   jarayonida   qo‘1   holati   qanday   bo‘lishini
tushuntiradi.   U   ruchkani       olib       butun   sinfga   uni   ushlash   qoidalarini   ko‘rsatadi.
Ruchkaning   uchidan   to   qo‘lning   ko‘rsatkich   barmog‘i   uchigacha   taxminan
1,5, 2 sm. masofa bo‘lishi kerak.   Shundan keyingina o‘qituvchi bolalarga yozish
uchun   ruxsat   beradi.   Birinchi   kunlar   o‘qituvchi   o‘quvchilar   qo‘lidan   ko‘zini
uzmaydi.       Ba`zi   o‘quvchilar   ruchka   ushlash   qoidalarini   tez       o‘zlashtira   olmay
qiynaladilar.  Ular   ruchkani   mush   bilan   ushlab   oladilar,  yoki   uchiga  yaqin   joydan
ushlaydilar,     ruchkani   chap   qo‘lda   ushlaydilar,   ko‘rsatgich   barmoqlarini   bukib
yozadilar       va   hakozo.     Bunday   nuqsonlarni   bartaraf         etish   o‘qituvchiga
qiyinchilik tug‘diradi. O‘z-o‘zidan bu nuqsonlar yozuvning husniga putur etkazadi.
Bola   maktabga   kelgan   kunidan   boshlab   o‘qituvchi   ruchkani   to‘g‘ri   ushlashni
o‘rgatishi   lozim.   Shuningdek,   ruchkani   maxsus   ruchka   saqlanadigan
qutichalar(penal)da saqlash zarurligini ham alohida tushuntirib o‘tish kerak. 
Birinchi   kuni   yozishdan   oldin   butun   sinf   birgalikda       o‘qituvchi
rahbarligida   ruchkanining   tuzilishi   bilan   tanishadilar:   uning     qalpog‘ini       ochib,
burab   pastasini   chiqaradilar,   ya`ni   ruchkani   qismlarga   bo‘lib,   yana       qayta
sozlaydilar.   Shu   jarayonda   o‘qituvchi   bolalarga       dars   vaqtida   sababsiz   ruchkani
qismlarga     bo‘lishni       man     etadi.  Ta'kidlaydiki, ruchkalar  uyda  har  tomonlama
tekshirilib, pastasi tugagan bo‘lsa, yangi pasta qo‘yib, keyin maktabga kelinadi.
O‘quvchilarni   har   xil   rangdagi   pastalardan   foydalanishga   qo‘ymaslik
zarur,   ko‘k   yoki     to‘q   ko‘k   rang  bilan   yozish   maqsadga   muvofiqdir.   Qizil   rangni
faqat o‘qituvchininq   o‘zi ishlatadi.
Yuqoridagi  malakalarni tez va mustahkam  shakllantirish uchun o‘qituvchi
ota-onalarni     to‘plab   mazkur   qoidalarni   ularga   ham   tushuntirmog‘i   lozim.       Ikki
tomonlama   (maktab   va   uyda)   yordam   bolani   ushbu   qoidalarni   tez   o‘zlashtirib
olishiga amaliy yordam beradi. O‘quvchilarga       ruchkani       sumkada   saqlash   qoidalari,       hamda     yozuv
qurollarini yaxshi saqlash va ehtiyot qilish talablari muntazam ravishda tushuntirib
boriladi.
4.Qiyalikda yozish malakasini   shakllantirish yo‘llari
Yozishga   o‘rgatishning   birinchi   kunlaridayoq   o‘qituvchi   oldida
o‘quvchilarni   qiya   yozish   malakasini       shakllantirish   vazifasi   turadi.   Yozuv
daftarlarida  qiya  qatorlar  yo‘q.  Bular  kerak    ham  emas,   chunki     bu  ko‘nikmanlar
asta-sekin   mashqlar   jarayonida     shakllanib,   mustahkamlanib   borishi   kerak.   Qiya
yozish   qog‘oz   holatiga   ham   bog‘liq.   Agar       qog‘oz   kerakli   holatda   qo‘yilgan
bo‘lsa,   yozuv   o‘z-o‘zidan   qiya     bo‘laveradi   va   yozish   jarayoni   ozod   va   oson
kechadi.
Yozuv   qiyaligi   65°(gradius)ni   tashkil   qilishi   kerak .   Bu   barcha   ta’lim
bosqichlarida qo‘llaniladigan  umumiy qoidadir. Birinchi   navbatda o‘qituvchining
o‘zi   qiya   yozishdan   maqsad,   uning   ahamiyati   va   mohiyatini   tushunib   olmog‘i
lozim.   Daftar   odatda   parta   ustida   chap   tomonga   65°   qiyalikda   qo‘yilishi   lozim,
shundan so‘’ng  yozuv o‘ng  tomonga 65° qiyalikda bo‘ladi (2-rasm).
Boshlang‘ch sinfda ikki chiziqli  daftar yo‘li   kichik harflar  uchun   4 mm,
bosh   harflar   uchun   8mm   o‘lchamda   bo‘ladi,bir   chiziqli   daftar   yo‘li   8   mm
o‘lchamda bo‘ladi. O‘quvchilarni bir chiziqli daftatga yozishga o‘rgatishda yozuv
mashqlari o‘tkaziladi:
/ / / / / /                          i i i i i i
uu uu uu                         aaaa   
Harf   qiyaligini   saqlab   yozishda,   qo‘l   harakatini   uzmay   yozish
malakalari mustahkamlanib boradi. Bir chiziqli daftarga yozishda ba’zi o‘quvchilar
bir   harfni   katta,   ikkinchisini   kichik,   baland-past   qilib   yozadilar.   O‘qituvchi
daftarlarni tekshirganda shu so‘zni tuzatib yozib qo‘yishi kerak.
Qiya   yozilgan   yozuv   bilan   tik   yozilgan   yozuvning   farqi
o‘quvchilarga ko‘rsatiladi.         
           (tik)                                             (qiya) 
ona,  ana,  non                                    ona,  ana,  non Harf   shakllarini   yozishni   o‘rgatayotganda   o‘qituvchi   doskaga   yozib
ko‘rsatadi. So‘ng parta oralab ko‘rib chiqadi.noto‘g‘ri yozganlar ogohlantiriladi.
III   sinfda   o‘quvchilar   chiroyli   yozish   malakalarini   yaxshi   o‘rganib
oladilar.   Endi   o‘quvchilar   ancha   maydaroq   yoza   boshlaydilar.   III   sinfda   yil
boshidan   bir   chiziqli   daftarga   kichik   harflarni   3   mm.   balandlikda,   bosh
harflarni   6   mm   balandlikda   yozishlari   kerak.   O‘qituvchi   harflarning
balandligini tushuntirish bilan birga quyidagi qoidalarni eslatib turadi:
Partada to‘g‘ri o‘tirish, ruchkani ushlash, daftar tutish qoidalari;
O‘quvchilarni mayda harflar  bilan tezroq yozishga o‘rgatish;
Kichik harflarni bir xil balandlikda bir tekis qilib yozishga o‘rgatish;
Tez yozish mashqlari o‘tkazish.
 Bu ishlarni yil davomida olib borish kerak.III sinfda o‘quvchilarni chiroyli
yozishga   o‘rgatish   uchun   ham   tayyorgarlik   mashqlari   o‘tkazish   va   chamalashga
o‘rgatish lozim.
ooo      dddd         ch ch ch        bbbb
Bu   mashqlarni   bajarishda   qo‘l   harakatini   uzmay   yozish,   bosh   va   kichik
hsrflsrni bir-biriga bog‘lab yozish ko‘nikmasi mustahkamlanib boradi.
Yozuv     daftarini   partaning   o‘ng     tomonidan   25°   burchakda   qo‘yib
yozishning asosiy sababi to‘g‘ri,   oson va tez   yozishni ta`minlashdir. Agar daftar
aytilgan   burchak   ostida   qo‘yilsa   yozayotgan   qo‘lning   tirsak   qismi   parta   ustida
qimirlamasdar   turadi,   sezi1arli   darajada   qimir1aydi   tirsakka   tayani1gan     holda
qo‘lni   parta       ustida   harakat   qildirsangiz   u   pastdan   tepaga   qarab   boradi.       Agar
daftar        aytilgan burchak ostiga    qo‘yilgan   bo‘lsa,       ruchka ushlaydigan      qo‘1
daftarga to‘g‘ri  chiziq chizadi. Agar  daftar  65° qiyalikda qo‘yilmagan bo‘Isa, xat
pastdan   tepaga   qarab   chiziladi.   Ana   shu   holatni   o‘qituvchi   tushunishi   lozim.
Shundagina u o‘quvchilariga   qiya yozish shartlarini to‘g‘ri tushuntira oladi. Qiya
qo‘yilgan yozuv daftari yozuvni qiya chiqishini ta`minlaydi. Shundan kelib chiqib,
o‘qituvchi   har   kuni   bolalar   daftarini       parta   ustiga   qanday   qo‘yilganini   nazorat
qilib boradi va ko‘ziga ko‘ringan xatolarni o‘z vaqtida tuzatib, maslahatlar beradi. Shuni   ham     unutmaslik   kerakki,   daftarni   o‘quvchi   gavdasiga   nisbatan
qanday   holatda   qo‘yilgani     ham   ahamiyatlidir.     Agar   daftar   (uning   varag‘i   emas)
ko‘krakning ro‘parasida bo‘lsa yozishda qiyinchilik tug‘diradi, shuning uchun uni
o‘ng elkaga yaqinroq joylashtirish lozim. Shunda yozayotgan vaqtda gavda o‘ngga
qarab qiyshaymaydi, aksincha tik turadi.  Bu  hol  tibbiy - biologik tomondan ham
umurtqa pog‘onasining tik o‘sishiga yordam beradi.
Amaliy mashg‘ulotlarni tashlil etish bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar.
Husnixat   va   uni   o‘qitish   metodikasi   bo‘yicha   tashkil   etiladigan   amaliy
mashg‘ulotlarda   talabalar   nazariy   olgan   bilimlarini   amalga   tadqiq   etish   bo‘yicha
izlanishlar olib boradilar. Amaliy mashg‘ulotlarning mavzulari quyidagicha:
1. O‘quv   qurollari   mat e riallari   bilan   tanish t irish.   Talabalarga   o‘quv
q u rollaridan   foydalanish   m e todikasini   o‘rgatish.   Ularni:   joylashtirish   va   saqlash
yuzasidan amaliy mashg‘ulot o‘tkazish.
2. Harf ementlarini yozish. Talabalarga yozuv daftariga yo z ish qoidalarini
e sla t ish.  H arf el e mentlarini yozish tartibi bilan tanishtirish va mashq qildirish.
3.Ilmoq   ementli   harflar   guruhi   bilan   tinishtirish.   llmoq   e l mentli   h arflarni
soddadan   murakkabga   qarab   yozdirishni   mashq   qilish.   Ilmoq   elementli   harflar
ishtirokida so‘zlar hosil qilish va yozish.
4.Halqali   kichik   harflar   guruhi   bilan   tanishtirish.   Halqali   harflarni
elementlarga   ajratish,   avval   elementlarini,   so‘ng   to‘liq   shaklini
yozdirish.Talabalarga   shu   harflar   ishtirokida   so‘zlar   hosil   qildirib,   husnixat
qoidalariga muvofiq yozdirish.
5.Yarim oval elementli kichik harflar guruhi bilan tanishtirish. Yarim oval
elementli   harflarni   qismlarga   ajratib,   avval   elementlarini   so‘ngra   to‘liq   shaklini
husnixat   talablariga   muvofiq   yozishni   mashq   qilish.   Ushbu   harflar   ishtirokida
so‘zlar yozish.
6. To‘liq   oval   elementli   harflar   guruhi   bilan   tanishtirish.   Ularni
qismlarga  ajratish  va  elementlari  ustida   ishlash.   To‘Iiq  oval  elementli  harflarning to‘liq   shaklini   yozishni   mashq   qilish.   Ular   ishtirokidagi   so‘zlarni   husnixat
qoidalariga muvofiq yozishni mashq qilish.
7. Harf   birikmalari   va   u l arning   elementlari   ustida   ishlash.   Harf
birikmalari ishtirok etgan so‘zlarning husnixat qoidalariga muvofiq yozish.
8. Yozma   bosh   harflarni   guruhlarga   bo‘lish.   Yozma   bosh   harflarni
qism l arga bo‘ l ib, avval harf elementi ustida mashq qilish. Harfning to‘liq shaklini
yozishni mashq qilish. Bosh harflar ishtirokida so‘zlar yozish.
9. Bosma bosh harflarni yozish. Bosma harflar guruhi bilan tanishtirish.
Bosma bosh harflarni yozish qoidalari bilan tanishtirish va yozishni mashq qilish.
10. Bosma   kichik   harflarni   yozish.   Ularni   guruhlar   va   yozish   tartib
qoidalari bilan tanishtirish. Bosma kichik harflar yordamida so‘zlar tuzib yozish.
11.Harflarni   pastki   qismidan   tutashtirish   qoidalari   bilan
tanishtirish.Tutashtiruvchi   unsuri   bor   harflar   guruhi   ustida   mashq   qildirish.
Tutashtiruvchi unsuri yo‘q harflar ustida mashq qildirish.
12.Harflarni yuqori qismidan tutashtirish. Tutashtiruvchi unsuri   bor   harflar
guruhi   ustida   mashq   bajarish.   Tutashtiruvchi   unsuri   yo‘q   harflar   guruhi   ustida
mashq bajarish.
13. Tekshiruv diktantini o‘tkazish. Diktantni tahlil qilish, grafik xatolarni
to‘g‘rilash.
14. Husnixat   darslarini   o‘ t kazish   yuzasidan   amaliy   mashg‘u l ot.   Husnihat
darslarining reja-konspektini tuzish. Husnihat darslarining tuzilishini o‘rganish.
15. Ijodiy   yozma   ish   o‘tkazish.   Husnixat   darslarida   qo‘llanadigan
metodlarni amalda sinab ko‘rish yuzasidan tahlil.
16.1-2-sinflarda   husnixat   darslarini   rejalashtirish.   Rejalashtirishga
qo‘yiladigan talablarni o‘rganish. Dastur talablarining tahlilini qilish.
17.3-4-sinflarda   husnixat   darslarini   rejalashtirish.   Rejalashtirishga
qo‘yiladigan talablarni o‘rganish, Dastur talablarining tahlilini qilish.
18. Husnixat   darslariga   ko‘rgazmali   qurollar   tayyorlash.   Har   bir   sinf
uchun ko‘rgazmalar tayyorlash va ularni amalda qo‘llash. 19. Husnixat   darslarini   olib   borish   yuzasidan   sinov   darslarini   o‘tkazish.
Darslarni tahlil qilish. 
20. O‘tilganlar   yuzasidan   umumiy   takrorlash.   Husnixat   darslarini   olib
borish   borasidagi   yangiliklarni   tahlil   qilish.   Pedagogik   texnologiyala rni   qo‘llash
yuzasidan tushunchalar berish.
Foydalanilgan adabiyotlar .
1.         K.   Qosimova,   S.   Matchonov,   X.   G‘ulomova,   SH.   Yo‘ldosheva,   SH.
Sariev “Ona tili o‘qitish metodikasi”. T. “Noshir”. 2009 .
1. Boshlang‘ich  ta’lim   bo‘yicha   yangi   tahrirdagi  davlat  ta’lim   standarti,
T-20 1 5.
2. Boshlang‘ich   ta’lim   bo‘yichak   yangi   tahrirdagi   o‘quv   dasturi.
Boshlang‘ich ta’limt, 20 1 5 yil, 5-son
3. Safarova R va boshqalar, Savod o‘rgatisht, T-2014
4. Abdullaeva Q va boshqalar, Savod o‘rgatisht T-2014
5. G‘ afforova T va boshqalar, 1-sinfda savod o‘rgatisht, T-2015
6. G‘ ulomov M Yozuv daftarit, T-2014

O‘qish va yozuv darslarining turlari. O‘qish va yozuv darslariga qo‘yiladigan talablar. Reja: 1. Savod o‘rgatish davrida o‘quvchilarni yozuvga o‘rgatish. 2. Savod o‘rgatish davrida o‘qish va yozuv darslariga qo‘yiladigan talablar. 3. 1-4 sinflarda husnixat darslari.

Boshlang‘ich sinflar dasturiga ko‘ra 1-sinfda husnixatga o‘rgatish savod o‘rgatish bilan bir vaqtda amalga oshiriladi. Bunda o‘quvchilar husnixatning gigiyenik talablariga rioya qilishlari, harflarni grafik jihatdan to‘g‘ri shakllantirishlari va ulashlari, ritm asosida yozishlari nazarda tutiladi. 1 -sinfda xat - savod davrida bolalar yozuvga bevosita yozuv daftaridagi mat e riallar asosida o‘rgatiladi. l-sinfning 2-yarim yilligida o‘qituvchi husnixatga o‘rgatishni ona tili darslariga qo‘shib olib borsa ham, o‘z ishlarini rejalashtirib olishi zarur, Bunda harflarni elementlarning qiyaligiga, harflar bo‘yining tengligiga, harflar va so‘z oralig‘ining teng bo‘lishiga e'tibor berish lozim. Savod o‘rgatishdan so‘ng yozuv sharti ham o‘zgaradi. O‘quvchilarning daftarlarida harf namunasi yo‘qligi tufayli ular qo‘shimcha bir qancha shartlarni bajaradilar. Jumladan. bosma harfni yozma harfga aylantiradilar, ulanish o‘rinlarini aniqlaydilar so‘zlarni qatorga to‘g‘ri joylashtiradilar. Bundan tashqari, mashq shartlarini. ham bajarishlari lozim. Shuning uchun o‘qituvchi doim yozuv materiallarini ko‘zdan kechirish. yordamga muxtoj holatlarni o‘ziga belgilab olishi va qisqa izohlashdan foydalanishi lozim. 2-sinfda husnixat uchun har haftada ona tili darslarining oxirgi hir soati ajratiladi va u o‘quv yili davomida 33 soatni tashkil etadi. 2-sinfda husnixat darslarini rejalasht i rga n ida quyidagilarga e ’ tibor b e rish z arur: a) bir chiziqli daftarning qiyinligini hisobga olib: harflarni gen e tik prinsip asosida yozdirish; b) har bir harfning o‘zidan oldingi va o‘zidan keyingi harfga ulanishini o‘rgata borish; v) harflarni el mentla rn ing o‘xshashligini hisobga o l ib guruhlash; g) b osh harflarni elem e ntlarning yuqoriga va pastki tomon tushishini hisobga olgan holda guruhlash; d) matnlarning bolalar hayotiga oid bo‘lishiga erishish; e)imlosi qiyin bo‘lgan so‘zlarni yozuv mat e riali sifatida tanlash; j)yozuv sur'atini oz-ozdan tezlashtirib borish maqsadida material hajmini ko‘paytirib borish. 3-sinfda har bir ona tili darsining 8-10 daqiqasi hu snixatga

ajratiladi. Lo‘ nda gigi y enik bilimlar mustahkamlanadi. Bolalar 1 chiziqli; daftarga bosh va kichik shakllari bir xil, tuzilishi murakkab-harflarni yozishni.o‘rganadilar. ritm bilan yozishni, harflarni ulab so‘z, gap yozishni mashq qiladilar. O‘quvchilarni husnixatga o‘rgatish, grafik bilimlarni |shakllantirishda o‘quvchi shaxsining psixologik xususiyatlarini hisobga olish. Grafik malakalarning uzoq muddatda hosil bo‘lishi, uning o‘qish, imlo, chizmachilik, rassomchilik. nutq kabi o‘quv faoliyatlari bilan bog‘liqdir. Dastxatning o‘ta barqarorligi va individualligi. Yozuvning inson aqliy faoli y at i bilan b og‘liqligi. Husnixatni e gallashda barmoqlar harakatini rivojlantjirishning ahamiyati. Bolalarning ko‘rish, eshitish qobiliyatlarining yozuvi bilan bog‘liqligi. Yozuvga o‘rgatishning keyingi bosqichlarida yozuvning aftomatlashuvi. 1-sinflarda o‘quvchilar yozuvi sifatining o‘sib borishi. 3.Yozuv qurollari( ruchka va daftar) bilan ishlash malakasini shakllantirish Bugungi kunda eng ko‘p tarqalgan yozuv qurollaridan biri sharikli (ravon yozadigan, “Alfa”) ruchkalar bo‘lib qolmoqda. Shundan kelib chiqib, butun sinf o‘quvchilarining bir xil tipdagi yozuv ruchkasidan foydalanishi katta ahamiyatga egadir. Ular varaq sathiga nisbatan bir xil qiyalikda ishlatiladi. Ruchkalarga qarash va ularni yozishga shaylashga ham talab qo‘yiladi. Agar bolalarga bir xil tipdagi ruchkadan foydalanish qat`iy talab qilib qo‘yilmasa, ularning biri qimmatbaho ruchkada, biri gelli, yana biri rangli, boshqa birovi esa ruchka pastasi bilan ham yozaveradi. Bu holat esa yozuv malakasining shakllanishiga salbiy ta`sir qiladi, o‘qituvchining mehnatini murakkablashtiradi. Mana shunday holatning oldini olish uchun bir xil tipdagi ruchkadan foydalanilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi. (1-rasm)

“Alfa”ruchkasi birinchidan, ushlashga qulay, ikkinchidan, keraklicha uzunlikka ega, uchinchidan, pastasida ham boshqa ruchkalarga nisbatan rangi ko‘p, to‘rtinchidan, bu ruchkani ishlatish jarayonida parta va yozuv daftarlari bulg‘anmaydi. Lekin ushbu ruchka ham kamchiliklardan xoli emas:Ruchka haddan ko‘p qiyalikda hamda usti yaltiroq qog‘ozga yaxshi yozmaydi. O‘quvchilar hamma vaqt o‘z oldida bir dona toza varaq (nam salfetka) saqlashi lozim. Bu ruchka uchini tozalab turishga, varaq va qo‘lni bulg‘amaslikning oldini oladi. Chunki, birinchi sinfda bolalar juda sekin, ruchkani bir joyda ko‘p ushlab, yoki ruchkani qattiq bosib yozadilar. Natijada, ruchka ichidagi sharik yemirilib, rang to‘playdi. Agar u tozalab turilmasa,hamma yoqni bulg‘ashi tabiiy hol. Ruchka bilan yozayotganda bosim, ya`ni ko‘p kuch ishlatishning hojati yo‘q. Shuning uchun bolalarga ruchka bilan yozishni o‘rgatayotganda uning shu xususiyatini unutmaslik va bolalarga tushuntirmoq lozim. (2-rasm) Yozish jarayonida o‘qituvchi qo‘1 holati borasida ham o‘quvchilarga aniq ko‘rsatma beradi. Ruchkani uchta barmoqda ushlash lozim: katta, ko‘rsatkich va o‘rta. Katta va o‘rta barmoqlar ruchkani ushlaydi, ko‘rsatkach barmoq esa yuqoridan yozish jarayonini boshqaradi. Bolalar ruchkani barmoqlari orasida

qattiq qismasdan erkin ushlashlari lozim. Yozish jarayonida ruchkaning oxirgi uchi o‘ng yelkaga qaratilgan bo‘lishi darkor. O‘qituvchi ruchkani ushlash jarayonida qo‘1 holati qanday bo‘lishini tushuntiradi. U ruchkani olib butun sinfga uni ushlash qoidalarini ko‘rsatadi. Ruchkaning uchidan to qo‘lning ko‘rsatkich barmog‘i uchigacha taxminan 1,5, 2 sm. masofa bo‘lishi kerak. Shundan keyingina o‘qituvchi bolalarga yozish uchun ruxsat beradi. Birinchi kunlar o‘qituvchi o‘quvchilar qo‘lidan ko‘zini uzmaydi. Ba`zi o‘quvchilar ruchka ushlash qoidalarini tez o‘zlashtira olmay qiynaladilar. Ular ruchkani mush bilan ushlab oladilar, yoki uchiga yaqin joydan ushlaydilar, ruchkani chap qo‘lda ushlaydilar, ko‘rsatgich barmoqlarini bukib yozadilar va hakozo. Bunday nuqsonlarni bartaraf etish o‘qituvchiga qiyinchilik tug‘diradi. O‘z-o‘zidan bu nuqsonlar yozuvning husniga putur etkazadi. Bola maktabga kelgan kunidan boshlab o‘qituvchi ruchkani to‘g‘ri ushlashni o‘rgatishi lozim. Shuningdek, ruchkani maxsus ruchka saqlanadigan qutichalar(penal)da saqlash zarurligini ham alohida tushuntirib o‘tish kerak. Birinchi kuni yozishdan oldin butun sinf birgalikda o‘qituvchi rahbarligida ruchkanining tuzilishi bilan tanishadilar: uning qalpog‘ini ochib, burab pastasini chiqaradilar, ya`ni ruchkani qismlarga bo‘lib, yana qayta sozlaydilar. Shu jarayonda o‘qituvchi bolalarga dars vaqtida sababsiz ruchkani qismlarga bo‘lishni man etadi. Ta'kidlaydiki, ruchkalar uyda har tomonlama tekshirilib, pastasi tugagan bo‘lsa, yangi pasta qo‘yib, keyin maktabga kelinadi. O‘quvchilarni har xil rangdagi pastalardan foydalanishga qo‘ymaslik zarur, ko‘k yoki to‘q ko‘k rang bilan yozish maqsadga muvofiqdir. Qizil rangni faqat o‘qituvchininq o‘zi ishlatadi. Yuqoridagi malakalarni tez va mustahkam shakllantirish uchun o‘qituvchi ota-onalarni to‘plab mazkur qoidalarni ularga ham tushuntirmog‘i lozim. Ikki tomonlama (maktab va uyda) yordam bolani ushbu qoidalarni tez o‘zlashtirib olishiga amaliy yordam beradi.