O‘QITUVCHI PЕDАGОGIK FАОLIYATIDА KОMPYUTЕR TЕХNОLОGIYALАRIDАN FОYDАLАNISH
![O‘QITUVCHI PЕDАGОGIK FАОLIYATIDА KОMPYUTЕR
TЕХNОLОGIYALАRIDАN F ОYDАLАNISH
Reja:
1. Pеdаgоgik mаhоrаtni оshirishdа zаmоnаviy ахbоrоt
tехnоlоgiyalаrining аhаmiyati.
2. Tа`lim-tаrbiya jаrаyonidа kоmpyutеr imkоniyatlаridаn fоydаlаnish.
3. O‘qituvchining kоmpyutеr tехnоlоgiyalаri аsоsidа o‘quvchilаr
bilimini nаzоrаt qilishi.
4. O‘qituvchidа zаmоnаviy ахbоrоt tехnоlоgiyalаri imkоniyatlаridаn
fоydаlаnish mаlаkаlаrini shаkllаntirish yollari.](/data/documents/336a095c-7db8-4220-9844-8214b9ee96cf/page_1.png)
![Pedagogik mahoratni oshirishda zamonaviy axborot texnologiyalarining
ahamiyati
Ta’lim jarayoniga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish va bunda
o‘qituvchilarning ko‘nikma va malakalarini oshirish to‘g‘risida O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasining jamoat ta’lim axborot
tarmog‘ini tashkil etish to‘g‘risida»gi 2005-yil 28-sentyabrdagi PQ-191 sonli
Qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Kompyuterlashtirishni
yanada rivojlantirish va axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish
chora-tadbirlari to‘g‘risi-da»gi 2002-yil 6-iyundagi 200-sonli, “O‘qituvchi
kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomil-
lashtirish to‘g‘risida”gi 2006-yil 16-fevraldagi 25–sonli qarorlarining qabul
qilinishi mazkur masalaga davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi sifatida e’tibor
qaratilayotganligidan dalolat beradi.
O‘quv jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalarini qo‘llash ta’lim
metodlarining samaradorligini oshirishga, o‘qituvchilar mehnat faoliyatining
o‘zgarishiga, ularning pedagogik mahoratlarini takomil-lashtirishga, pedagogik
tizimlarning tarkibiy o‘zgarishiga samarali ta’sir etadi. Bu esa pedagogik
jarayonlarni axborotlashtirishni tashkil etish va boshqarishda o‘ziga xos vazifalarni
qo‘yadi.
Pedagogik ta’lim jarayonlarini zamonaviy axborot texnologiyalari asosida
samarali tashkil etish:
masofaviy o‘quv kurslarini va elektron adabiyotlarni yaratuvchi jamoa
o‘qituvchilar, kompyuter dasturchilari, tegishli mutaxassislarning birgalikda
faoliyat olib borishini;
o‘qituvchilar o‘rtasida vazifalarning bir maromda to‘g‘ri taqsim-lanishini;
ta’lim va tarbiya jarayonini yanada mukammal tashkil qilishni ta-
komillashtirish va pedagogik faoliyatning samaradorligini oshirish monitoringini
tashkil etish imkoniyatini yaratadi.
ZAMONAVIY AXBOROT TEXNOLOGIYALARI ASOSIDA
O‘QITUVCHINING PEDAGOGIK FAOLIYATIDA:](/data/documents/336a095c-7db8-4220-9844-8214b9ee96cf/page_2.png)
![ ta’limning texnologik asosini zamon talablari darajasida rivoj-lantirish
bilan bog‘liq bo‘lgan murakkab jarayon engillashadi;
dars jarayonini zamonaviy texnik vositalar asosida tashkil etish uchun
maxsus ko‘nikma va malakalar shakllantiriladi;
masofaviy kurslarning ochiqligi tufayli ularning sifatiga bo‘lgan talablar
va o‘quv materiallarining sifatini nazorat qilishga ehtiyoj paydo bo‘ladi;
talim jarayonida o‘quvchilarning mustaqil faoliyati takomil-lashadi,
dars jarayonining samaradorligi o‘qituvchidan o‘quv-chiga ko‘chadi;
o‘quv jarayonini tashkil etishda, o‘quvchining tashkilotchiligi va shaxsiy
ishtiroki ortadi;
zamonaviy kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish aso-sida
o‘qituvchi pedagogik faoliyatida har bir o‘quvchi bilan teska-ri aloqasi
vujudga kelishi ta’minlanadi.
Jamiyatning har bir a’zosi, o‘zining kundalik faoliyatida, uzluksiz ravishda
turli axborot resurslaridan foydalanadi. Doimiy ravishda ortib borayotgan
axborotlar hajmi jamiyatdagi intellektual salohiyatning oshi-shiga xizmat qiladi.
Modomiki shunday ekan, o‘qituvchi ham o‘z kasbiy va pedagogik mahoratini
zamonaviy axborot texnologiyalari oqimi aso-sida oshirib borishi mumkin. Har bir
o‘qituvchi mehnat faoliyati jarayo-nida axborot texnologiyalaridan unumli
foydalanishi uchun avvalo o‘z axborot muhitini shakllantirishga zamin yaratishi
kerak. Zamonaviy axborot texnologiyalari o‘z muhitida axborot obyektlarini,
ularning o‘za-ro aloqasini, axborotlarni yaratish, tarqatish, qayta ishlash, to‘plash
tex nologiyalari va vositalarini, shuningdek, axborot jarayonlarining tashkiliy va
huquqiy tarkibini mujassamlashtiradi.
Hozirgi kunda o‘qituvchi ta’lim-tarbiya jarayonida o‘quvchilarning
imkoniyatlari va talablarini inobatga olishi zarur. O‘qituvchi tomonidan targ‘ib
etilayotgan ta’lim va tarbiya tizimi shaxsga yo‘naltirilgan xarak-terda bo‘lishi,
ya’ni shaxsning har xil xususiyatlari va sifatiga e’tibor qilgan holda
tabaqalashtirilgan bo‘lishi kerak.](/data/documents/336a095c-7db8-4220-9844-8214b9ee96cf/page_3.png)
![Har qanday ta’lim va tarbiya tizimi ma’lum bir ijtimoiy, ilmiy-tex-nik,
iqtisodiy, madaniy va nihoyat, siyosiy muhitda shakllanadi va rivoj-lanadi. Bu
muhitlarning eng ustuvori ijtimoiy-iqtisodiy omillardir. Ilmiy-texnik taraqqiyot,
madaniy va siyosiy muhit ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarish-larni rivojlantirishi yoki
sekinlashtirishi mumkin. Ta’lim tizimi jami-yatning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy
rivojlanishining asosiy vazifalarini amalga oshirishga xizmat qiladi, chunki
umumta’lim maktablari, oliy ta’lim muassasalari insonni iqtisodiyot, madaniyat,
siyosiy jihatdan hayotda qizg‘in faoliyat ko‘rsatish uchun tayyorlaydi. Shuning
uchun ham ta’lim muassasalari o‘qituvchisi ta’lim-tarbiya jarayonining tayanch
bo‘g‘ini sifatida muhim ahamiyat kasb etadi.
Shu bilan bir qatorda, hozirgi kunda umumta’lim maktablari va oliy ta’lim
muassasalari o‘qituvchilari o‘rtasida ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar va ilmiy-texnik
taraqqiyot o‘zining ifodasini kechikib topmoqda. O‘qi-tuvchi va o‘quvchilarning
fikrlashi va qabul qilish faoliyatida yangi g‘o-yalar, yangi zamonaviy axborot
texnologiyalarini o‘zlashtirish ma’lum bir vaqtni talab etadi.
Shaxsga yo‘naltirilgan o‘qitish, birinchi navbatda, ta’limning para-
digmasini o‘zgartiradi. Agar ta’lim tizimida o‘qitish ustuvor sanalgan bo‘lsa,
hozirgi kunda jamiyatning axborotlashuvi davrida ustuvorlik o‘qishga va
o‘rgatishga yo‘naltirilgan. Shu sababdan ta’limning o‘qi-tuvchi-darslik-o‘quvchi
paradigmasi o‘quvchi-darslik-o‘qituvchi paradig-masi bilan o‘rin almashmoqda.
O‘qituvchi endilikda yangi statusga ega bo‘ladi, endi uning vazifasi o‘quvchilarda
mustaqil bilim olish imko-niyatlarini yaratish va ijodiy faoliyatlarini tashkil etish,
bilimlarni mus-taqil egallash va ularni amaliyotda qo‘llashga o‘rgatishdan iborat.
O‘qi-tuvchi bunday maqsadlarda o‘qitishning metodlari, texnologiyalarini shunday
tanlashi kerakki, u o‘quvchilarga nafaqat tayyor bilimlarni o‘z-lashtirishlarida,
balki bilimlarni turli manbalardan izlash, mustaqil egal-lash, o‘zlarida shaxsiy
nuqtai nazarning shakllanishi, uni asoslashi va avvalgi egallangan bilimlardan
yangilarini olishda foydalanish imko-niyatini yaratishi kerak. Bunday o‘qitishni
“rivojlantiruvchi” ham deb atash mumkin. Bilimlarni o‘zlashtirish fikrlashni
rivojlantiruvchi muhim omil hisob-lansada, bilimlarni har qanday o‘zlashtirish](/data/documents/336a095c-7db8-4220-9844-8214b9ee96cf/page_4.png)
![yoki egallash o‘quvchining fikrlashiga rivojlantiruvchi ta’sir ko‘rsatmaydi. Buning
uchun bilimlarni o‘zlashtirishning faoliyat shakllarini faollashtirish lozim.
Egallangan bi-limlarni oddiygina qaytarish o‘quvchilarning mustaqil fikrlashlarini
rivoj-lantirishda yetarli manba bo‘lolmaydi. Faol bilish, mustaqil fikrlash fao-liyati
juda zarurdir. Bilimlarni mustaqil egallash faoliyati va olingan bilimlarni qo‘llash
jarayoni yangi bilimlarning shakllanishiga, o‘quv-chining samarali fikrlash
manbaiga aylanadi.
Shu sababdan mamlakatimizda va jahonning rivojlangan davlatlarida ta’lim
sohasini isloh qilish jarayonida pedagogik texnologiyalarning rivojlanishi, zarur
axborotlarni mustaqil izlab topish, muammoni qo‘ya bilish va uning echimini hal
etish, olingan bilimlarni tanqidiy tahlil eta olish va ushbu bilimlar asosida yangi
masalalarni echishda qo‘llash uchun yo‘naltirilgan. Endilikda shaxsga
yo‘naltirilgan ta’limning zaruriy-ligi barchaga ayon bo‘lmoqda.
Shaxsga yo‘naltirilgan o‘qitish – bu o‘quvchining yosh va shaxsiy
xususiyatlarini, qobiliyati va imkoniyatlarini inobatga oluvchi, ilg‘or pedagogik va
axborot texnologiyalaridan o‘quvchi shaxsini rivojlantirish-da samarali
foydalanuvchi o‘qitishdir. Shunday qilib, shaxsga yo‘nal-tirilgan o‘qitishda
o‘qitishni tabaqalashtirish va individuallashtirish aso-siy tamoyil sifatida qaraladi.
Zamonaviy axborot texnologiyalari shakl va mazmunining rang-barangligi –
o‘quvchining qiziqishi, imkoniyati va shaxsiy xususiyat-laridan kelib chiqib taklif
etilayotgan holatlardan tanlash imkoniyatini beradi. Bunday imkoniyat ta’lim
tizimida ham o‘z aksini topishi zarur. O‘qituvchining har xil sathli o‘qitishni
zamonaviy axborot texnolo-giyalari asosida tashkil etishi bunday muammoning
echimi bo‘la oladi.
O‘quv mashg‘ulotlarini o‘quvchilarning kundalik fanlar majmuasi va ular
bo‘yicha berilgan kundalik topshiriqlar majmuasi asosida belgi-lanishi, har bir
o‘tilgan mavzuni keyingi darsda so‘rab baholanadigan qilib tashkil etilishi ko‘plab
muammolarni keltirib chiqaradi. Bunday holda o‘quvchilar biron bir fanga
o‘zlarining asosiy diqqat-e’tiborini to‘liq qarata olmaydilar. Bunday notugalliklarni
bartaraf etishda, modulli o‘qitish eng yaxshi echim hisoblanishi mumkin.](/data/documents/336a095c-7db8-4220-9844-8214b9ee96cf/page_5.png)
![Zamonaviy jamiyatda ta’lim tizimini rivojlantirishning strategik yo‘nalishi –
bu insonning turli sohalarda maqsadli mustaqil faoliyat asosida intellektual va
axloqiy rivojlanishidir. Bunda uchta asosiy vazifaga e’tibor qaratiladi:
1. Ta’lim tizimini isloh etish.
2. Mustaqil faoliyat tamoyilini ta’lim va tarbiyaning asosiy tamoyili sifatida
e’tirof etish.
3. Ta’lim va tarbiya jarayoniga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy
etish.
Zamonaviy insonning o‘qish jarayoni faqat bog‘cha, umumta’lim maktablari,
akademik litseylar yoki kasb-hunar kollejlari, oliy ta’lim muassasalari bilan
tugamaydi. Inson butun umri davomida ta’lim olishi zarur, ya’ni ta’lim uzluksiz
bo‘lishi kerak. Demak, uzluksiz ta’lim – davr talabidir. Zero, bu muammo
zamonaviy axborot texnologiyalariga bo‘l-gan ehtiyojni yanada shakllantirishi
shubhasiz.
XXI asr – axborotlashtirish asrida ta’lim sohasini axborotlashtirish, har bir
ta’lim muassasasidan:
- o‘qitish va o‘qish jarayonining;
- ta’lim muassasasi boshqarilishining;
- ta’lim muassasasi bo‘linmalarining;
- ta’lim muassasasi faoliyati muhitining axborotlashtirilishini talab qiladi.
Hozirgi ta’lim muassasalarida kompyuter texnologiyalaridan foyda-lanish
imkoniyatlarini takomillashtirish, ta’lim jarayonida bunday texno-logiyalarni
qo‘llashning eng muhim ko‘rsatkichlaridan biri ekanligi pedagog olimlar
tomonidan e’tirof etilmoqda. Jumladan, U.Sh.Begim-qulov ta’lim muassasalarida
kompyuter axborot muhiti va hozirgi zamon talablariga javob bera oladigan
darajadagi axborot bazasini yaratish zaru-rligini, gipermatn va multimedia,
o‘qitishda immitatsiya, kommunikat-siya tizimlarini rivojlantirishni, zarur
axborotlarni kompyuter texnikasi yordamida kiritish, tizimlashtirish, saqlash va
foydalanish uchun tavsiya qilinadigan ma’lumotlar bazasini yaratishni taklif etadi.
Shu boisdan, o‘qituvchi kadrlarning zamonaviy axborot texnologiyalari imkoniyat-](/data/documents/336a095c-7db8-4220-9844-8214b9ee96cf/page_6.png)
![laridan foydalanib bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirish maq-sadida
hamda o‘qituvchilar pedagogik mahoratlarini hozirgi zamon talab-lari asosida
takomillashtirishga mo‘ljallangan masofaviy malaka oshirish kurslarini tashkil
etish tashabbusi bilan chiqadi.
Kompyuter texnologiyalari (kompyuter savodxonligi)dan foydala-nishda,
o‘qituvchi uning mazmuniga ko‘ra bir qancha vazifalarni baja-rishi mumkin. Faol
foydalanish imkoniyatiga ega kompyuter texnologi-yalari quyidagi asosiy didaktik
funksiyalarni bajaradi:
- multimedia texnologiyasini qo‘llash evaziga o‘quvchilarda fanlarga
qiziqishni rivojlantiradi;
- bunda ta’limning interfaolligi tufayli o‘quvchilarning fikrlash qobiliyatlari
faollashadi va o‘quv materialini o‘zlashtirish samaradorligi oshadi;
- real holatlarda namoyish qilinishi qiyin yoxud murakkab bo‘lgan
jarayonlarni modellashtirish va ko‘rish imkoniyatini berishi bilan muhim
ahamiyatga ega ;
- o‘quv materiallarini o‘zlashtirilishi faqat darajasiga ko‘ra emas, balki
o‘quvchilar erishgan mantiqan qabul qilishlarining darajasiga ko‘ra ham samarali
hisoblanadi;
- masofadan turib ta’lim olishni faqat o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar yoki internet
ta’limi uchun tashkil etilmaydi, balki sababsiz dars qol-dirgan o‘quvchilar uchun
ham tashkil etish imkoniyatini beradi;
- o‘quvchilarga mustaqil izlanish yo‘li bilan materiallarni izlash, to-pish
hamda muammoli masalalarga javob berish orqali ma’lum tadqiqot ishlarini
bajarish uchun imkoniyat yaratadi;
- o‘quvchilarning yangi mavzuni o‘zlashtirishi, misollar echishi, insho, bayon
yozish ishlarida, o‘quv materiallari bilan mustaqil tanishish, tanlash va axborot
hamda ma’lumotlarni tahlil etish kabi masalalarni tez bajarish uchun sharoit
yaratadi.
Ma’lumki ta’lim mazmunini takomillashtirishning bosh xususi-yatlaridan biri
kompyuter bilan muloqot jarayonida uning doimiy muro-jaat qilinadigan «qo‘llab-](/data/documents/336a095c-7db8-4220-9844-8214b9ee96cf/page_7.png)
![quvvatlovchi axborot»ini ko‘paytirish, kompyu-ter axborot muhiti va hozirgi
zamon talablariga javob bera oladigan darajadagi axborot bazasining yaratilganligi,
gipermatn va multimedia, o‘qitishda immitatsiya, kommunikatsiya tizimlari qabul
qilingan.
Ma’lumotlar bazasi deganda, axborotni kompyuter texnikasi yordamida
kiritish, tizimlashtirish, saqlash va foydalanish uchun tavsiya qilish tushuniladi.
Bir qator axborotlarni an’anaviy qayta ishlash uchun ularni tay-yorlashning
standart shakllari mavjud bo‘lib, ularga bibliografiya, statistik ma’lumotlar,
referatlar kiradi. Ma’lumotlar bazasi axborot tarkibiga statistik, matnli, grafik va
ko‘rinishli axborotlarni cheksiz ko‘p miqdorda va albatta, belgilangan shakllardagi
ko‘rinishlarini qabul qiladi.
Bilimlar bazasi esa, yopiq tizimda, mazkur mavzu bo‘yicha qo‘shim-cha
axborotlarga ehtiyoj sezmagan holda va uning har bir elementi, mantiq jihatdan
bog‘langan boshqa elementlarga chiqa olishi bo‘yicha tuzilmali
axborotlashtirilgan tizimga ega bo‘ladi. Bunda ushbu bilimlar bazasiga
kiritilmagan, ya’ni undan tashqi elementlarga murojaat qilini-shiga imkon
bo‘lmaydi. Bilimlar bazasining birlamchi bibliografik o‘x-shashliklari sifatida turli
ens iklopediyalar, lug‘atlar xizmat qiladi.
O‘quvchilar bilimi sifatlarini test savollari yordamida aniqlash va
psixofiziologik rivojlanayotganligini tashxis qilish maqsadida kompyuter tizimiga
eksport tizimi qo‘shimcha kiritilgan bo‘lib, bu tizim yordamida elektron tarmoq
orqali bilimlarni baholash va bu masala bo‘yicha yetar-licha natijalarni aniqlash
mumkin.
Bunday dasturiy vositalardan, ta’limdagi holat va uning maqsadiga ko‘ra,
ba’zan o‘quvchilarning ehtiyojlarini chuqurroq anglash zaruriyati nuqtai nazaridan,
ularning ma’lum fan sohasida bilimlarini tahlil qilish bo‘yicha boshqa bir hollarda
esa, o‘qitishning psixologik tamoyillarini hisobga olish maqsadida keng
foydalaniladi.
Kompyuter yordamida turli ilmiy axborotlar, o‘quv materiallari bo‘-yicha
axborotlarni tavsiya etishning boy imkoniyatlari, xususan ularga integrativ](/data/documents/336a095c-7db8-4220-9844-8214b9ee96cf/page_8.png)
![kurslarni kiritish, fanning tarixi va metodologiyasi bilan ta-nishish, turli fanlar
bo‘yicha ularning zamonaviy darajasiga oid bilimlar, madaniyat va ijtimoiy ongga
dahldor bilimlarni kiritish, ta’lim mazmu-nini sezilarli o‘zgartirish va keskin
boyitishga yordam beradi, uni faol-lashtirish va rivojlantirishda muhim omil
bo‘ladi.
Kompyuter vositalari yordamida mustaqil ta’limni tashkil etish nuq-tai
nazaridan tahlil etadigan bo‘lsak, aksariyat uning interfaolligini, bevosita muloqot
yordamida o‘quvchi o‘quv rejasida ko‘rsatilgan, istal-gan fan sohasida maxsus
o‘quv dasturlari yordamida bilim olish imko-niyatiga ega ekanligi ma’lum bo‘ladi.
Kompyuter vositasi, o‘quvchi yo-xud o‘qituvchi murojaatlariga «javob beradi»,
ular bilan bemalol «mulo-qotga kirishadi», bular kompyuter ta’limi metodikasining
asosiy xusu-siyatlaridan biri sanaladi.
Ayniqsa, kompyuter texnologiyasining ma’lum mavzuni o‘qitish bo‘yicha
yoki alohida didaktik masalalarni hal etishda foydalanish kabi holatlar («kirib
boruvchi» texnologiya nomi bilan mashhur), shuningdek, o‘qitishda ma’lum
texnologiyaning asosiy, aniqlovchi va eng muhim tavsiflovchisi sifatida
kompyuterni qo‘llanish holatida kompyuter va bosh-qa texnologiyalar orasidagi
munosabatlar masalasi juda dolzarb sanaladi.
Ta’limni jadallashtirishda axborot texnologiyalaridan foydalanish o‘quv
jarayonining samaradorligini oshiradi, bunda:
o‘qituvchilar, ilmiy xodimlar jahonning salmoqli ilmiy, metodik
adabiyotlaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladilar;
uzoq hududlarda joylashgan yetakchi ta’lim muassasalarining il-miy
laboratoriyalari bilan tanishadilar;
turli mavzularda videokonferensiyalar tashkil qilish va amalga oshirishga
erishiladi;
o‘qituvchilarning o‘zaro seminar va treninglari o‘tkaziladi;
masofaviy ta’lim, axborotlar almashinish va shunga o‘xshash juda ko‘p
imkoniyatlarga ega bo‘ladilar.](/data/documents/336a095c-7db8-4220-9844-8214b9ee96cf/page_9.png)
![Zamonaviy axborot texnologiyalarini ta’lim muassasalari tizimiga tatbiq etish
o‘quv jarayonida zamonaviy o‘qitish metodlarini qo‘llashga hamda o‘qituvchi
pedagogik mahoratini namoyish etishga keng imkoniyatlar ochadi.
O‘qituvchining kompyuter texnologiyalari asosida o‘quvchilar bilimini
nazorat qilishi
O‘quvchilar bilimini baholashning kompyuter tizimi va o‘zlashtirish
monitoringini tashkil etish uchun, avvalo, zamonaviy ta’lim tizimida o‘qitishning
sifatini tashxis qilishga, ya’ni uning holatini aniqlamay turib, undagi jarayonlarni
samarali boshqarishga, ta’limda ma’lum bir maq-sadga erishishning iloji yo‘qligi
hech kimda shubha tug‘dirmaydi. O‘quv-chilarning yakunlovchi bilim va
malakalarini ta’lim jarayonida turli me-zonlar va yondashuvlarga tayanib aniqlash,
bu jarayonlarga zamonaviy axborot texnologiyalarini qo‘llash, ularning qo‘yilgan
didaktik talablarga haqiqatan mosligini nazorat qilish mumkin.
Bunda pedagogik tashxis, o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va mala-kalarini
shakllantirish darajasini aniqlashni, nazorat qilishni, baholashni, yig‘ish va statistik
ma’lumotlarning tahlili hamda kelgusida bu jarayon rivojini bashorat qilishni o‘z
ichiga oladi. Metodik adabiyotlarda o‘quv-chilar o‘zlashtirishlarining tashxisi, ular
tomonidan erishilgan yutuqlar-ning darajasi sifatida qayd etish ekanligiga e’tiborni
qaratsak, unda pedagogik tashxisning maqsadi, ta’lim jarayoni borishining tahlili
va uni baholashni o‘z vaqtida aniqlanishidan iborat bo‘ladi.
Ma’lumki, ta’lim jarayonini bunday baholash, faqat o‘quvchining
o‘zlashtirish darajasini belgilash bilan chegaralanib qolmay, o‘qish jara-yonini
rag‘batlantirishda muhim pedagogik vosita va ijobiy motiv uyg‘o tish bilan
o‘quvchi shaxsiga kuchli ta’sir etadi. Shu xilda o‘quvchini ob-yektiv baholash
asosida unda adekvat ravishda o‘z-o‘zini baholash imko-niyati tug‘iladi va o‘z
muvaffaqiyatlariga tanqidiy munosabatning shakl-lanishi qayd etiladi. Shu nuqtai
nazardan o‘quvchi bilim, ko‘nikma va malakalarini baholash, ayniqsa, bilimlarini
nazorat qilishning kompyu-terlashtirilgan tizimi, zamonaviy axborot-pedagogik
tizimlarida, ularda bilimni nazorat qilishni tashxisiy ahamiyati va haqqoniyligini
samarali bajarish maqsadida tinmay izlanishlar va takomillashtirish ishlarini olib](/data/documents/336a095c-7db8-4220-9844-8214b9ee96cf/page_10.png)
![borish taqozo qilinadi. Mazkur masalaning echimi o‘qitishning maqsadga muvofiq
va haqqoniy bo‘lishida, iloji boricha aniq va asoslangan usul sifatida qayd
qilingan.
Kompyuter texnologiyalari asosidagi o‘quvchilar bilimini nazorat qi-lish faqat
mutaxassis o‘qituvchilar tomonidan emas, balki pedagogik jara-yon ishtirokchilari
tomonidan ham amalga oshirilishi maqsadga muvo-fiqdir. Bunday texnologiyalarni
monitoring tizimida joriy qilishda peda-gogik jarayon ishtirokchilarining
axborotga, bilimga bo‘lgan ehtiyoj va ishtiyoqlarini faollashtirishga erishish zarur.
O‘quvchilar bilimi, ko‘nikma va malakalarini nazorat qilish kompyuter
tizimining asosiy maqsadi, ular erishgan yutuqlar va muvaffaqiyatlarni aniqlash,
uni takomillashtirish yo‘llarini ko‘rsatish, shu asosda o‘quvchilarga samarali ijodiy
faoliyat ko‘rsatish uchun sharoit yaratishdan iborat. Bu maqsad, birinchi navbatda,
o‘quvchilar tomonidan o‘quv materiallarini o‘zlashtirish sifati bilan, ya’ni o‘quv
dasturida belgilangan bilim, ko‘nikma va malakalarni egallash darajasi bilan
bog‘liq. Ikkinchi tomondan, kompyuter nazoratining asosiy maqsadini
aniqlashtirish, o‘zaro, shuningdek, o‘z-o‘zini nazorat qilish bo‘yicha
yondashuvlarni amalga oshirish hamda o‘zaro va o‘z-o‘zini nazorat qilishga
bo‘lgan ehtiyojning shakllanishi bilan bog‘liq. Uchinchidan esa, bu maqsad
o‘quvchilarda bajarilgan ish uchun javobgarlikning namoyon bo‘lishi kabi
shaxsning ijobiy sifatlarini tarbiyalashga qaratilgan bo‘ladi.
Nazorat qilishning eng muhimi – nazorat funksiyasi bo‘lib, o‘quv-chilar
erishgan bilim, ko‘nikma va malakalarning darajasini, ularning bilish faoliyati
bo‘yicha yondashuvlarini, bilimlarni o‘zlashtirganlik ko‘rsatkichlariga ko‘ra
ularning aqliy faoliyatlari rivojlanish darajasini aniqlashtirish imkoniyatini beradi.
Uning ikkinchi muhim vazifasi o‘qitish bo‘lib, u o‘quvchi erishgan bilimlar,
ko‘nikma va malakalarni takomillashtiradi, uning tizimliligini nazorat qilishni
ta’minlaydi. Bunday nazorat jarayonida o‘quvchilar o‘rganilayotgan materialni
qaytarish va mustahkamlash bilan shug‘ul-lanadilar. Bilimlarni kompyuter
texnologiyalari asosida tekshirish, o‘rga-nilayotgan materialdan asosiysini ajratib](/data/documents/336a095c-7db8-4220-9844-8214b9ee96cf/page_11.png)
![olish, shuningdek, erishilayot-gan bilim, ko‘nikma va malakalarning mazmunini
aniqlash imkoniyatini beradi.
Nazorat qilishning uchinchi – tashxis qilish vazifasi, o‘quvchi-larning
o‘zlashtirayotgan bilim, ko‘nikma va malakalaridagi kamchiliklar,
yetishmovchiliklar, xatolar haqida, xatolarning soni hamda xarak-teri haqida
ma’lumot olishga yordam beradi. O‘qitish jarayonida tashxis qilish orqali nazorat
ma’lum darajada ta’limning samarali metodikasini tanlashga yordam berishi bilan
muhim sanaladi.
Kompyuter texnologiyalari asosida o‘qituvchi o‘quvchilar bilimini nazorat
qilishda, uning bashorat etuvchi vazifasidan, ya’ni, ta’lim-tarbi-yaviy jarayon
haqida, uning kelajagi, oldindan ko‘ra bilish mumkin bo‘lgan holatlari to‘g‘risida
axborotlarni oladi.
U o‘quv jarayonining ma’lum bosqichida o‘quv materialining ma’-lum qismi
bo‘yicha mo‘ljallangan aniq bilim, ko‘nikma va malakalar yetarlicha shakllangani,
yoxud shakllanmaganligini bashorat qilish asosi-da nazorat olib borish
imkoniyatini beradi. Ma’lum ilmiy bashorat bo‘yi-cha erishilgan natijalar
o‘quvchilarning kelajakdagi faoliyatlari modelini yaratish uchun qo‘llaniladi.
Bunday bashorat o‘qituvchining kelajakda o‘qitishni rejalashtirish va amalga
oshirish uchun aniq xulosalar olishiga yordam beradi.
Bilimlarni nazorat qilishning rivojlantiruvchi vazifasi, o‘quv-chilarning
bilishga bo‘lgan faolliklarini, ularning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishda
namoyon bo‘ladi. Kompyuter texnologiyalari asosida amalga oshiriluvchi nazorat
jarayonida o‘quvchilarda nutq, xotira, diqqat, tasavvur, iroda va fikrlash
qobiliyatlarining rivojlanishi yaqqol seziladi. Nazorat qilishning rivojlantiruvchi
vazifasi, shaxsning qobiliyati, moyil-ligi, qiziqishlari va ehtiyojlari kabi
xususiyatlarining shakllanishiga ta’sir qilishi bilan muhim ahamiyatga ega.
Shuningdek, o‘quvchilar erishayotgan bilimlarni nazorat qilishda uning
yo‘naltiruvchi vazifasi ham mavjud bo‘lib, o‘qituvchi uning mohiyatini, alohida
o‘quvchi yoki butun guruh tomonidan o‘qitishning maqsadiga qay darajada
erishilganligi, ya’ni o‘quv materiali qanday miq-dorda va qanchalik chuqur](/data/documents/336a095c-7db8-4220-9844-8214b9ee96cf/page_12.png)
![o‘zlashtirilganligi bilan belgilanadi. Bunday nazorat tufayli o‘qituvchi yo‘l
qo‘yilgan xatoliklarni va kamchiliklarni o‘rganib, o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma
va malakalarini takomillash-tirishda qanday yondashuvlarga urg‘u berish
lozimligini anglab oladi. Nazoratning yo‘naltiruvchi vazifasi o‘quvchining turli
xususiyatlari bo‘yicha o‘z–o‘zini yaxshi bilishga, o‘zi erishgan bilimlari, qobiliyati
va imkoniyatlarini anglash va odilona baholashiga katta yordam beradi.
O‘quvchilarni nazorat qilishning yana bir muhim vazifasi ularni tarbiya
qilish bilan bog‘liq bo‘lib, o‘qituvchi o‘quvchilarda o‘qishga javobgarlikni,
intizomni, saranjomlik va sarishtalikni, axloqiy his- tuyg‘ularni tarbiyalaydi. Ularda
mehnatga layoqatlilikni, g‘urur va iro-dani hamda mehnatga nisbatan muntazam
ko‘nikmalarni shakllantiradi.
Bunday jihat haqqoniy bo‘lishi uchun internetning ta’lim resurslari
talabgorlarning so‘rovlari va talablariga to‘la javob bera oladigan dara-jada bo‘lishi
shart. Shuning uchun ham ekspertlar tomonidan ta’lim veb – saytlarining sifatlarini
baholash kompyuter tashxisining haqqoniyligida muhim o‘rin tutadi.
Ta’limda veb-saytlarning sifati ta’lim jarayonining axborot fazosi-ning
rivojlanishiga ta’sir etuvchi eng muhim jihatlardan sanaladi. U maz-kur fazoda
ta’lim olishning sifatiga va mazkur tizimning madaniyatli tashkil etilganligi
darajasiga bevosita ta’sir etadi.
Tashxis va monitoringni ta’limda joriy etishda mavjud metodolo-giyani
qo‘llash orqali axborotli o‘qitish muhitining tashxisiy vazifasini aniqlash
imkoniyati tug‘iladi.
Ayni paytda, o‘quvchilar erishgan bilimlar, ko‘nikma va malakalarni nazorat
qilishning keng tarqalgan yo‘li – testlar yordamida tekshirish bo‘lib, u
kompyuterning undan foydalanuvchi bilan o‘tkazadigan mulo-qotiga asoslangan.
Mazkur tizim “o‘qituvchining texnik qayta qurol-lanishi, uning
mexanizatsiyalashtirilgan mehnati” yoki “o‘qituvchi mashi-na” degan shiorlar
ostida o‘qituvchining o‘quvchi bilan individual ishlash jarayonini
mujassamlashtiruvchi sifatida dunyoga kelgan. Ba’zan, o‘quv jarayonida sun’iy
intellekt tizimining qo‘llanilishi baholash jarayonining murakkabligi, xususan](/data/documents/336a095c-7db8-4220-9844-8214b9ee96cf/page_13.png)
![o‘quvchini baholash uchun o‘quvchiga katta miq-dordagi axborotni qayta ishlashi,
baholovchi va baholanuvchi orasidagi o‘zaro ta’sir jarayonining murakkabligi bu
masalani oson hal qilish imkoniyatini bermaydi. Xususan, o‘quvchi bilim va
malakasini kompyu-terlashtirilgan holda nazorat qilish, talab qilinadigan bilimlar
majmuasi-ning sifatini aniqlash muammosini hal qilish lozimligini, busiz
erishilgan bilimlarni baholash mezonlarini va ularning o‘zlashtirilganlik darajasini
aniqlash qobiliyatlarini belgilash mumkin emasligi oydin bo‘ldi.
O‘qituvchilar tomonidan o‘quvchilar bilimi, malaka va ko‘nikmala-rini
nazorat qilishning asosiy maqsadi, ular erishgan yutuqlar va muvaf-faqiyatlarni
aniqlash, uni takomillashtirish yo‘llarini ko‘rsatish va shu asosda o‘quvchilarning
faol ijodiy faoliyat ko‘rsatishlari uchun sharoit yaratishdan iborat. Bu maqsad,
birinchi navbatda, o‘quvchilar tomonidan o‘quv materiallarini o‘zlashtirish sifati
bilan, ya’ni o‘quv dasturida belgi-langan bilim, ko‘nikma va malakalarni egallash
darajasi bilan bog‘liq. Ikkinchi tomondan, nazoratning asosiy maqsadini
aniqlashtirish, o‘zaro va o‘z-o‘zini nazorat qilish bo‘yicha yondashuvlarni
o‘rganish hamda o‘zaro va o‘z-o‘zini nazorat qilishga bo‘lgan ehtiyojning
shakllanishi bilan bog‘liq. Uchinchidan esa, bu maqsad o‘quvchilarda bajarilgan
ish uchun javobgarlikning namoyon bo‘lishi kabi shaxsning ijobiy sifatlarini
tarbiyalashga qaratilgan bo‘ladi.
O‘quvchilarning bilimlarini intellektual nazorat qilish o‘qituvchidan
ziyraklikni, adolat bilan faoliyat yuritishni talab qiladi. Bilimlarni intellektual
baholashning turli metodlari mavjud bo‘lib, ular ichida keng tarqalgan metodlar
quyidagilar:
og‘zaki yo‘l bilan tekshirish;
yozma-grafik usulda tekshirish;
amaliy-laboratoriya mashg‘ulotlarini bajarish orqali tekshirish.
Bilimlarni og‘zaki usul bilan tekshirish metodi asosan ikki qism-dan:
birinchisi, tekshirish savollari va vazifalari, ikkinchisi esa, qo‘yilgan savol va
vazifalarga javoblar hamda talablardan tashkil topadi. Bunda savol va
topshiriqlarning mazmunini belgilashda, o‘rganilayotgan o‘quv materiali mazmuni](/data/documents/336a095c-7db8-4220-9844-8214b9ee96cf/page_14.png)
![bilan ilgari o‘tilgan materiallar mazmuni orasidagi bog‘lanishni tahlil qilish,
o‘tilgan mavzuni nazorat qilishda esa yetakchi bilimlarni ajratish zarur bo‘ladi.
Savol va berilgan topshiriqlarning sifati o‘quvchilarning aqliy faoli-
yatlarining xarakteriga bog‘liq bo‘lganidan, ular o‘quvchilarning xoti-rasini
faollashtirish, fikrlash (solishtirish, umumlashtirish, yaxlitlash va hokazo) va
nutqini rivojlantirishga qaratilmog‘i lozim.
Bilimlarni yozma – grafik usulda tekshirish, o‘quvchilarning
- nazariy bilimlarini;
- o‘quvchilarni masalalar va boshqa eksperimental topshiriqlarni bajarishda
qo‘llay olish ko‘nikmasi va malakasini;
- o‘quvchilarda berilgan masalalar bo‘yicha shakllangan ko‘nik-malarni
tekshirishni nazarda tutadi.
Yozma – grafik usulda ishlarni tekshirish metodikasi quyidagi to‘rt etapda
bajariladi:
- nazoratni o‘tkazishga tayyorgarlik;
- nazoratni tashkil etish;
- o‘tkazish;
- natijalarni tahlil qilish.
Nazoratni tashkil etishda nazorat etaplarining maqsadlarini belgilash, nazorat
obyektlarining mazmunini tanlash, tekshirish vazifalarini tuzish lozim bo‘ladi.
Bilimlarni amaliy - laboratoriya mashg‘ulotlarini bajarish orqali
tekshirish . Ushbu usul yordamida, o‘quvchilarning erishgan nazariy bilimlari
asosida amaliy masalalarni echish, turli jadvallardan, formula-lardan, chizmalar va
o‘lchash asboblaridan unumli foydalanish ko‘nik-masi va malakalari tekshiriladi.
Amalda masalalar echishda o‘quvchidan masalalarni echishning algo-ritmini
tuzish talab etiladi, chunki bunday tekshirishda o‘quvchi faoliyatining mantiqiy
ketma-ketligi to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligi ma’lum bo‘ladi.
Shunday qilib, o‘qituvchi tomonidan tekshirishning turli metodlari qay
darajada muvaffaqiyatli ekanligi tanlanganligi, o‘quvchilar bilim-larini odilona
baholashda muhim ko‘rsatkichlardan sanaladi.](/data/documents/336a095c-7db8-4220-9844-8214b9ee96cf/page_15.png)
![Zamonaviy axborot texnologiyalari muhitida pedagogik jarayonlarni
quyidagicha samarali tashkil etish mumkin:
- o‘qituvchilar o‘rtasida mehnat taqsimotini to‘g‘ri tashkil etish;
- masofaviy o‘quv kurslari va elektron adabiyotlarning yaratuvchisi bo‘lgan
jamoaga o‘qituvchilar, kompyuter dasturchilari va mutaxassisla-rining birlashuvi;
- pedagogik jarayonning tashkil qilinishini takomillashtirish va o‘qi-tuvchi
faoliyati samaradorligining monitoringini olib borish.
Yangi zamonaviy axborot texnologiyalari asosida o‘qituvchilarning
pedagogik mahorati oshirish uchun:
- ta’limda texnologik asoslarning tez rivojlanishi bilan bog‘liq bo‘l-gan yangi
kurslarni yaratish;
- o‘quv kurslarini yaratish asosida o‘qituvchilarning ko‘nikma va malakalarini
shakllantirish;
- masofaviy kurslarning ochiqligi tufayli ularning sifatiga bo‘lgan talablarning
va o‘quv materiallari sifatini nazorat qilishga oid ehtiyoj-larning qondirilishi;
- o‘quv jarayonida o‘quvchi faoliyatining ustuvor mavqe tutishini, o‘quv
jarayoni salmog‘ining o‘qituvchidan o‘quvchiga ko‘chishini ta’minlash;
- yangi kommunikatsion texnologiyalardan foydalanish asosida, o‘qi-
tuvchining har bir o‘quvchi bilan teskari aloqasining vujudga kelishini amalga
oshirish.
O‘qituvchilarning zamonaviy axborot texnologiyalari imkoniyatlaridan
foydalanish malakalarini shakllantirish
O‘zbekistonda ta’lim-tarbiya sohasini isloh qilishning asosiy omillaridan biri,
bu ta’lim jarayonlariga zamonaviy axborot va kommu-nikatsiya texnologiyalarini
joriy etish bo‘lib, respublikamiz Prezidenti I.A. Karimov bu masalada “…bugun
hayotimizga chuqur kirib bora-yotgan internet tizimini keng joriy etish,
yoshlarimizni O‘zbekistonning qadimiy va boy tarixi, ezgu qadriyatlarimiz, yuksak
axloqiy fazilatlar ruhida tarbiyalashga xizmat qiladigan milliy axborot
resurslarini shakl-lantirish va rivojlantirish, bu borada o‘zbek tilining](/data/documents/336a095c-7db8-4220-9844-8214b9ee96cf/page_16.png)
![imkoniyatlaridan samarali foydalanish masalasi doimo e’tiborimiz markazida
turishi lo-zim” ligini ta’kidlaydi.
Bunday vazifalarni bajarish «Kadrlar tayyorlash milliy modeli»ni amalga
oshirishning bosqichlarida belgilab berilgan, uning kelajakdagi istiq boli
Prezidentimiz tomonidan ilmiy asoslab berildi. Modelni ama-liyotga tatbiq etish
o‘quv jarayonini texnologiyalashtirish bilan uzviy bog‘liqdir. Ilmiy texnikaviy
taraqqiyot ishlab chiqarishning ko‘p sonli tarmoqlari bilan bir qatorda ta’lim
sohasiga ham zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etishni taqozo etmoqda.
Shu bois, “Kadrlar tay-yorlash milliy dasturi”da “o‘quv-tarbiyaviy jarayonni ilg‘or
pedagogik va axborot texnologiyalari bilan ta’minlash“ zaruriyati e’tirof etildi,
uning ikkinchi va uchinchi bosqichlarida bajariladigan jiddiy vazifalardan biri
sifatida belgilandi.
Nima uchun bugungi kunda ta’limda axborot texnologiyalarini joriy etishning
nazariy asosini yaratish va amaliyotga tatbiq etish zaruriyati paydo bo‘ldi?
Birinchidan, o‘qituvchini o‘quv jarayonining tashkilotchisi sifatida emas, balki
bilimlarni egallash manbalaridan biriga aylanib qola-yotganligini ta’kidlash
mumkin.
Ikkinchidan, ilmiy-texnik taraqqiyotning rivojlanayotgan bosqichida
axborotlarning keskin ortib borayotganligi va ulardan o‘qitish jarayonida
foydalanish uchun vaqtning chegaralanganligi, shuningdek, o‘quvchilarni kasbiy
faoliyatga mukammal tayyorlash talablari ta’lim tizimiga zamo-naviy
texnologiyalarni joriy etishni taqozo etmoqda.
Ta’lim tizimini isloh qilishning muhim yo‘nalishlaridan biri –axborot va
telekommunikatsiya texnologiyalari bilan ta’lim jarayonini tizimli integratsiyalash
va uni boshqarish hisoblanadi. Islohotlar jarayonida bosh vazifa qilib, o‘quv
jarayonini tashkil etish, uning mazmunini tubdan yan-gilash, kompyuterlashgan
muhitda o‘qituvchilarning pedagogik faoliyati va o‘quvchilarning bilim olish
jarayonini tashkil etish bilan belgilanadi.
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da kadrlar tayyorlash tizimini
mukammallashtirishning asosiy yo‘nalishlaridan biri sifatida ta’lim tizimining](/data/documents/336a095c-7db8-4220-9844-8214b9ee96cf/page_17.png)
![yaxlit axborot makonini yaratish alohida ta’kidlab o‘tilgan. Unda ta’limning
zamonaviy axborot texnologiyalari, kompyuterlashtirish va kompyuter tarmoqlari
negizida rivojlanib borishi belgilangan. Zamonaviy axborot texnologiyalarining
ta’limni intensivlashtirish va optimallashtirish imkoniyatlari masofaviy malaka
oshirishni tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun umumiy
o‘rta ta’lim maktablari, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘qituvchi
kadrlari malakasini oshirishdan asosiy maqsad o‘qituvchilarda zamona-viy axborot
texnologiyalari imkoniyatlaridan foydalanib bilim, ko‘nikma va malakalarini
hamda pedagogik mahoratlarini shakllantirishdir.
Bugungi kunda pedagogik ta’lim samaradorligini oshirish bilan bevosita
aloqador bo‘lgan bir qator, hozirgacha echimi topilmagan mu-ammolar mavjud. Bu
muammolar ta’lim sohasini axborotlashtirish, za-monaviy axborot texnologiyalari
sohasida o‘qituvchi kadrlar tayyorlash, o‘qituvchilarning zamonaviy axborot-
kommunikatsiya texnologiyalardan foydalanish malakasining yetarli emasligi bilan
bog‘liq.
Bu muammolarning muhim qirralaridan biri sifatida o‘qituvchilar-ning
o‘zlarida ta’limni zamonaviy axborot texnologiyalari bilan jihoz-lashga bo‘lgan
munosabatlarini ko‘rsatish mumkin. Shu narsani ta’kid-lash joizki,
axborotlashtirish sharoitida o‘qituvchining pedagogik maho-rati hozirgi zamon
talablari darajasida yanada oshadi.
Hozirgi kunda barcha ta’lim muassasalari zamonaviy kompyuter va
telekommunikatsiya texnologiyalari asosida jihozlanmoqda. Bu, o‘z nav-batida,
o‘qituvchilarning o‘z mehnat faoliyatlariga yangicha yondashuv-larini talab etadi.
O‘quv jarayonida yangi texnologiyalarni joriy etilishi, o‘qituvchini texnik vositalar
tomonidan siqib chiqishga emas, balki uning vazifalari, rolini o‘zgartiradi,
o‘qituvchilik faoliyatini yanada serqirra kasbga aylantiradi.
Kompyuter va zamonaviy axborot texnologiyalarining jadal sur’atda
rivojlanishi endilikda hozirgi zamon o‘qituvchisining pedagogik mahorati naqadar
serqirra ekanligini namoyon etmoqda. Hozirgi kunda zamonaviy o‘qituvchidan:
- o‘quv kurslari dizayneri – o‘quv kurslarining yaratuvchisi;](/data/documents/336a095c-7db8-4220-9844-8214b9ee96cf/page_18.png)
![- fasiliteytor – o‘qitish metodlari bo‘yicha maslahatchi;
- tyutor –o‘quv kurslarini interfaol taqdim etish bo‘yicha mutaxassis;
- invigilator – ta’lim natijalarini nazorat qilish usullari bo‘yicha
mutaxassis bo‘lishni talab etmoqda.
Zamonaviy texnologiyalar, masofaviy oliy pedagogik ta’limni yangi-cha
tashkil qilinishiga zamin yaratadi. Bunday ta’limda o‘qituvchilar, kompyuter
dasturchilari va mutaxassislari yordamida o‘qituvchilarning yangicha malaka
oshirish kurslarini tashkil etish talab qilinadi. Masofaviy o‘qitish kurslarini
yaratishda dastlab:
- kurslarning maqsadi;
- maqsadga erishish yo‘llari;
- o‘quv materiallarini taqdim etish usullari;
- o‘qitish metodlari;
- o‘quv topshiriqlarining turlari;
- muhokamalar uchun savollar;
- munozara va bahslarni tashkil etish yo‘llari;
- o‘zaro aloqa usullari va kommunikatsiya singari omillarni aniqlash lozim.](/data/documents/336a095c-7db8-4220-9844-8214b9ee96cf/page_19.png)
![FOYDALANILADIGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
Asosiy adabiyotlar:
1. Хоliqоv А. Pеdаgоgik mаhоrаt (darslik). -T., 2011.
2. Аzizхodjаеvа N.N. Pеdаgоgik texnologiya va pеdаgоgik mаhоrаt (o‘quv
qo‘llanma) . –T., 2006.
3. Зиёмухаммедов Б. Педагогик махорат асослари. (ўқув қўлланма). -Т.,
2009.
4. Боубекова Г.Д., Холикова Г.Т., Магзумова Г. Педагогичес k ое
мостерство. Учебное пособия. Т.: 2002
Qo‘shimchа аdаbiyotlаr
1. Ibragimov X., Yoldoshev U. va boshqalar Pеdаgоgik psixologiya (o‘quv
qo‘llanma) . -T., 2007.
2. Оchilоv Mаllа. Muаllim qаlb mе`mоri. – T., 2000.
3. Pirmuhаmmеdоvа M. Pеdаgоgik mаhоrаt аsоslаri.-T.: 2001.
4. Kаrimоvа V. “Mustаqil fikrlаsh” mеtоdik qo‘llаnmа. -T.: - 2000 y.
5. Hаmdаmоvа M. Yoshlаrning intеllеktuаl sаlоhiyatini rivоjlаntirish
mехаnizmining pеdаgоgik-psiхоlоgik аsоslаri (uslubiy tаvsiyalаr), 2007.
6. Tоlipоv O‘.Q., Usmоnbоеvа M. Pеdаgоgik tехnоlоgiyalаrning tаtbiqiy
аsоslаri.-T.. 2006.
7. Hоdiеv B.Y., Bоltаbаеv M.R. “Оliy o‘quv yurtidаgi tаrbiyaviy ishlаrgа
psiхоlоgik yondаshuvlаr”. -T.: 2009.](/data/documents/336a095c-7db8-4220-9844-8214b9ee96cf/page_20.png)
O‘QITUVCHI PЕDАGОGIK FАОLIYATIDА KОMPYUTЕR TЕХNОLОGIYALАRIDАN F ОYDАLАNISH Reja: 1. Pеdаgоgik mаhоrаtni оshirishdа zаmоnаviy ахbоrоt tехnоlоgiyalаrining аhаmiyati. 2. Tа`lim-tаrbiya jаrаyonidа kоmpyutеr imkоniyatlаridаn fоydаlаnish. 3. O‘qituvchining kоmpyutеr tехnоlоgiyalаri аsоsidа o‘quvchilаr bilimini nаzоrаt qilishi. 4. O‘qituvchidа zаmоnаviy ахbоrоt tехnоlоgiyalаri imkоniyatlаridаn fоydаlаnish mаlаkаlаrini shаkllаntirish yollari.
Pedagogik mahoratni oshirishda zamonaviy axborot texnologiyalarining ahamiyati Ta’lim jarayoniga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish va bunda o‘qituvchilarning ko‘nikma va malakalarini oshirish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasining jamoat ta’lim axborot tarmog‘ini tashkil etish to‘g‘risida»gi 2005-yil 28-sentyabrdagi PQ-191 sonli Qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risi-da»gi 2002-yil 6-iyundagi 200-sonli, “O‘qituvchi kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomil- lashtirish to‘g‘risida”gi 2006-yil 16-fevraldagi 25–sonli qarorlarining qabul qilinishi mazkur masalaga davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi sifatida e’tibor qaratilayotganligidan dalolat beradi. O‘quv jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalarini qo‘llash ta’lim metodlarining samaradorligini oshirishga, o‘qituvchilar mehnat faoliyatining o‘zgarishiga, ularning pedagogik mahoratlarini takomil-lashtirishga, pedagogik tizimlarning tarkibiy o‘zgarishiga samarali ta’sir etadi. Bu esa pedagogik jarayonlarni axborotlashtirishni tashkil etish va boshqarishda o‘ziga xos vazifalarni qo‘yadi. Pedagogik ta’lim jarayonlarini zamonaviy axborot texnologiyalari asosida samarali tashkil etish: masofaviy o‘quv kurslarini va elektron adabiyotlarni yaratuvchi jamoa o‘qituvchilar, kompyuter dasturchilari, tegishli mutaxassislarning birgalikda faoliyat olib borishini; o‘qituvchilar o‘rtasida vazifalarning bir maromda to‘g‘ri taqsim-lanishini; ta’lim va tarbiya jarayonini yanada mukammal tashkil qilishni ta- komillashtirish va pedagogik faoliyatning samaradorligini oshirish monitoringini tashkil etish imkoniyatini yaratadi. ZAMONAVIY AXBOROT TEXNOLOGIYALARI ASOSIDA O‘QITUVCHINING PEDAGOGIK FAOLIYATIDA:
ta’limning texnologik asosini zamon talablari darajasida rivoj-lantirish bilan bog‘liq bo‘lgan murakkab jarayon engillashadi; dars jarayonini zamonaviy texnik vositalar asosida tashkil etish uchun maxsus ko‘nikma va malakalar shakllantiriladi; masofaviy kurslarning ochiqligi tufayli ularning sifatiga bo‘lgan talablar va o‘quv materiallarining sifatini nazorat qilishga ehtiyoj paydo bo‘ladi; talim jarayonida o‘quvchilarning mustaqil faoliyati takomil-lashadi, dars jarayonining samaradorligi o‘qituvchidan o‘quv-chiga ko‘chadi; o‘quv jarayonini tashkil etishda, o‘quvchining tashkilotchiligi va shaxsiy ishtiroki ortadi; zamonaviy kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish aso-sida o‘qituvchi pedagogik faoliyatida har bir o‘quvchi bilan teska-ri aloqasi vujudga kelishi ta’minlanadi. Jamiyatning har bir a’zosi, o‘zining kundalik faoliyatida, uzluksiz ravishda turli axborot resurslaridan foydalanadi. Doimiy ravishda ortib borayotgan axborotlar hajmi jamiyatdagi intellektual salohiyatning oshi-shiga xizmat qiladi. Modomiki shunday ekan, o‘qituvchi ham o‘z kasbiy va pedagogik mahoratini zamonaviy axborot texnologiyalari oqimi aso-sida oshirib borishi mumkin. Har bir o‘qituvchi mehnat faoliyati jarayo-nida axborot texnologiyalaridan unumli foydalanishi uchun avvalo o‘z axborot muhitini shakllantirishga zamin yaratishi kerak. Zamonaviy axborot texnologiyalari o‘z muhitida axborot obyektlarini, ularning o‘za-ro aloqasini, axborotlarni yaratish, tarqatish, qayta ishlash, to‘plash tex nologiyalari va vositalarini, shuningdek, axborot jarayonlarining tashkiliy va huquqiy tarkibini mujassamlashtiradi. Hozirgi kunda o‘qituvchi ta’lim-tarbiya jarayonida o‘quvchilarning imkoniyatlari va talablarini inobatga olishi zarur. O‘qituvchi tomonidan targ‘ib etilayotgan ta’lim va tarbiya tizimi shaxsga yo‘naltirilgan xarak-terda bo‘lishi, ya’ni shaxsning har xil xususiyatlari va sifatiga e’tibor qilgan holda tabaqalashtirilgan bo‘lishi kerak.
Har qanday ta’lim va tarbiya tizimi ma’lum bir ijtimoiy, ilmiy-tex-nik, iqtisodiy, madaniy va nihoyat, siyosiy muhitda shakllanadi va rivoj-lanadi. Bu muhitlarning eng ustuvori ijtimoiy-iqtisodiy omillardir. Ilmiy-texnik taraqqiyot, madaniy va siyosiy muhit ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarish-larni rivojlantirishi yoki sekinlashtirishi mumkin. Ta’lim tizimi jami-yatning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy rivojlanishining asosiy vazifalarini amalga oshirishga xizmat qiladi, chunki umumta’lim maktablari, oliy ta’lim muassasalari insonni iqtisodiyot, madaniyat, siyosiy jihatdan hayotda qizg‘in faoliyat ko‘rsatish uchun tayyorlaydi. Shuning uchun ham ta’lim muassasalari o‘qituvchisi ta’lim-tarbiya jarayonining tayanch bo‘g‘ini sifatida muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bilan bir qatorda, hozirgi kunda umumta’lim maktablari va oliy ta’lim muassasalari o‘qituvchilari o‘rtasida ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar va ilmiy-texnik taraqqiyot o‘zining ifodasini kechikib topmoqda. O‘qi-tuvchi va o‘quvchilarning fikrlashi va qabul qilish faoliyatida yangi g‘o-yalar, yangi zamonaviy axborot texnologiyalarini o‘zlashtirish ma’lum bir vaqtni talab etadi. Shaxsga yo‘naltirilgan o‘qitish, birinchi navbatda, ta’limning para- digmasini o‘zgartiradi. Agar ta’lim tizimida o‘qitish ustuvor sanalgan bo‘lsa, hozirgi kunda jamiyatning axborotlashuvi davrida ustuvorlik o‘qishga va o‘rgatishga yo‘naltirilgan. Shu sababdan ta’limning o‘qi-tuvchi-darslik-o‘quvchi paradigmasi o‘quvchi-darslik-o‘qituvchi paradig-masi bilan o‘rin almashmoqda. O‘qituvchi endilikda yangi statusga ega bo‘ladi, endi uning vazifasi o‘quvchilarda mustaqil bilim olish imko-niyatlarini yaratish va ijodiy faoliyatlarini tashkil etish, bilimlarni mus-taqil egallash va ularni amaliyotda qo‘llashga o‘rgatishdan iborat. O‘qi-tuvchi bunday maqsadlarda o‘qitishning metodlari, texnologiyalarini shunday tanlashi kerakki, u o‘quvchilarga nafaqat tayyor bilimlarni o‘z-lashtirishlarida, balki bilimlarni turli manbalardan izlash, mustaqil egal-lash, o‘zlarida shaxsiy nuqtai nazarning shakllanishi, uni asoslashi va avvalgi egallangan bilimlardan yangilarini olishda foydalanish imko-niyatini yaratishi kerak. Bunday o‘qitishni “rivojlantiruvchi” ham deb atash mumkin. Bilimlarni o‘zlashtirish fikrlashni rivojlantiruvchi muhim omil hisob-lansada, bilimlarni har qanday o‘zlashtirish
yoki egallash o‘quvchining fikrlashiga rivojlantiruvchi ta’sir ko‘rsatmaydi. Buning uchun bilimlarni o‘zlashtirishning faoliyat shakllarini faollashtirish lozim. Egallangan bi-limlarni oddiygina qaytarish o‘quvchilarning mustaqil fikrlashlarini rivoj-lantirishda yetarli manba bo‘lolmaydi. Faol bilish, mustaqil fikrlash fao-liyati juda zarurdir. Bilimlarni mustaqil egallash faoliyati va olingan bilimlarni qo‘llash jarayoni yangi bilimlarning shakllanishiga, o‘quv-chining samarali fikrlash manbaiga aylanadi. Shu sababdan mamlakatimizda va jahonning rivojlangan davlatlarida ta’lim sohasini isloh qilish jarayonida pedagogik texnologiyalarning rivojlanishi, zarur axborotlarni mustaqil izlab topish, muammoni qo‘ya bilish va uning echimini hal etish, olingan bilimlarni tanqidiy tahlil eta olish va ushbu bilimlar asosida yangi masalalarni echishda qo‘llash uchun yo‘naltirilgan. Endilikda shaxsga yo‘naltirilgan ta’limning zaruriy-ligi barchaga ayon bo‘lmoqda. Shaxsga yo‘naltirilgan o‘qitish – bu o‘quvchining yosh va shaxsiy xususiyatlarini, qobiliyati va imkoniyatlarini inobatga oluvchi, ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalaridan o‘quvchi shaxsini rivojlantirish-da samarali foydalanuvchi o‘qitishdir. Shunday qilib, shaxsga yo‘nal-tirilgan o‘qitishda o‘qitishni tabaqalashtirish va individuallashtirish aso-siy tamoyil sifatida qaraladi. Zamonaviy axborot texnologiyalari shakl va mazmunining rang-barangligi – o‘quvchining qiziqishi, imkoniyati va shaxsiy xususiyat-laridan kelib chiqib taklif etilayotgan holatlardan tanlash imkoniyatini beradi. Bunday imkoniyat ta’lim tizimida ham o‘z aksini topishi zarur. O‘qituvchining har xil sathli o‘qitishni zamonaviy axborot texnolo-giyalari asosida tashkil etishi bunday muammoning echimi bo‘la oladi. O‘quv mashg‘ulotlarini o‘quvchilarning kundalik fanlar majmuasi va ular bo‘yicha berilgan kundalik topshiriqlar majmuasi asosida belgi-lanishi, har bir o‘tilgan mavzuni keyingi darsda so‘rab baholanadigan qilib tashkil etilishi ko‘plab muammolarni keltirib chiqaradi. Bunday holda o‘quvchilar biron bir fanga o‘zlarining asosiy diqqat-e’tiborini to‘liq qarata olmaydilar. Bunday notugalliklarni bartaraf etishda, modulli o‘qitish eng yaxshi echim hisoblanishi mumkin.