O’QITUVCHINING TARBIYACHI SIFATIDAGI MAHORATI
O’QITUVCHINING TARBIYACHI SIFATIDAGI MAHORATI Reja: 1. Tarbiyachilik mahoratining mazmuni va jarayoni 2. Tarbiyachilik mahoratining tarkibiy qismlari 3. Tarbiyachi mahоrati tizimi
1. Tarbiyachilik mahoratining mazmuni va jarayoni Har qanday jamiyatda barkamol avlodni tarbiyalash, voyaga etka-zish va uni ma’lum bir kasbga yo‘naltirish og‘ir va mashaqqatli meh-nat evaziga amalga oshiriladi. Bu mashaqqatli mehnat uzluksiz ta’lim va tarbiyaviy faoliyatning mahsulidir. Jamiyat taraqqiyotida tarbiya-ning o‘rnini izohlab, Prezidentimiz I.A.Karimov quyidagi fikrlarini bayon etadi: “Ta’lim-tarbiya – ong mahsuli, lekin ayni vaqtda ong darajasi va uning rivojini ham belgilaydigan omildir. Binobarin ta’-lim-tarbiya tizimini o‘zgartirmasdan turib, ongni o‘zgartirib bo‘lmay-di. Ongni, tafakkurni o‘zgartirmasdan turib esa biz ko‘zlagan oliy maqsad – ozod va obod jamiyatni barpo etib bo‘lmaydi”. Yoshlarni o‘qitish va tarbiyalash, zamonaviy bilimlarga ega bo‘lgan yuksak ma-lakali kadrlarni tayyorlashda ayniqsa o‘qituvchining tarbiyachi sifa-tidagi o‘rni beqiyosdir. Xususan, mamlakatimiz Prezidenti I.A.Kari-mov “Yuksak ma’naviyat – engilmas kuch” asarida o‘qituvchining kasbiy faoliyatiga shunday ta’rif beradi: “Barchamizga ayonki, inson qalbiga yo‘l, avvalo ta’lim-tarbiyadan boshlanadi. Shuning uchun qa-chonki bu haqda gap ketsa, ajdodlarimiz qoldirgan bebaho merosni eslash bilan birga, ota-onalarimiz qatori biz uchun eng yaqin bo‘lgan yana bir buyuk zot – o‘qituvchi va murabbiylarning olijanob mehnati-ni hurmat bilan tilga olamiz... Muxtasar qilib aytganda, maktab degan ulug‘ dargohning inson va jamiyat taraqqiyotidagi hissasi va ta’sirini, nafaqat yoshlarimiz, balki butun xalqimiz kelajagini hal qiladigan o‘qituvchi va murabbiylar mehnatini hech narsa bilan o‘lchab, qiyos- lab bo‘lmaydi”. Mamlakatimizning kelajagi, mustaqil O‘zbekistonning istiqboli, ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlarning muvaffaqiyati ko‘p jihatdan tarbiyachi- o‘qituvchiga, uning saviyasiga, tayyorgarligiga, fido-yiligiga, yosh avlodga ta’lim berish va barkamol inson darajasida tarbi-yalab, voyaga etkazishga nisbatan shijoatiga bog‘liq. Ma’lumki, ta’lim muassasalarida tarbiyaviy jarayon bevosita o‘qituvchi tomonidan tashkil qilinadi va olib boriladi. Yangicha ijtimoiy sharoitda ta’-lim- tarbiyadan ko‘zda tutilayotgan maqsadlarga erishish, o‘quvchilarning dars va
darsdan tashqari xilma-xil tarbiyaviy faoliyatlarini uyushtirish, ularni bilimli, odobli, e’tiqodli, vatanparvar, mehnatsevar, barkamol inson qilib o‘stirish va kasbga yo‘naltirish o‘qituvchilar zimmasiga yuklatilgan. Ko‘pchilik yosh o‘qituvchilarda, ta’lim berish mahoratiga qaraganda tarbiyachilik mahoratini egallash jarayoni qiyin kechadi. Albatta, buning obyektiv sabablari bor: tarbiya tushunchasi, insonning aqliy imkoni-yatlarini rivojlantirish, axloqan pok, estetik didli, mehnatsevar qilib tar-biyalash omili bo‘lib, ta’lim berish ko‘nikmalarini egallashga qaraganda keng ma’nodagi tushuncha bo‘lganligi uchun doimo ziddiyatlarga va tasodifiy hodisalarga boy. Tarbiya – o‘qituvchi va o‘quvchi (tarbiyachi va tarbiyalanuvchi)lar o‘rtasida tashkil etiluvchi pedagogik faoliyat bo‘-lib, tarbiyalanuvchini ma’lum bir maqsadga muvofiq takomillashtirish uchun shaxsga muntazam va tizimli ta’sir etish, jamiyatning ijtimoiy-tarixiy tajribalariga yondashib shaxsni har tomonlama shakllantirish, uning xulq-atvori va dunyoqarashini, ijtimoiy ongini tarkib toptirishda xalqning boy mafkuralariga yo‘naltirilgan qizg‘in faoliyat jarayonidir. Tarbiya asosida tarbiyalanuvchining ongi shakllanadi, ma’naviy boyligi va his-tuyg‘ulari rivojlanadi, o‘zida ijtimoiy hayotda o‘z o‘rnini topish uchun zarur bo‘lgan, kishilar bilan o‘zaro munosabatni to‘g‘ri tashkil etishga xizmat qiladigan axloqiy odatlar hosil bo‘ladi. Tarbiya jarayonida jamiyatning shaxsga nisbatan axloqiy talablariga muvofiq keluvchi xulqiy malaka va odatlarini hosil qilish lozim. Bunga erishish uchun o‘quvchining ongi, hissiyoti va irodasiga o‘qituvchi tomo-nidan pedagogik mahorat qonuniyatlari asosida ta’sir etib boriladi. Agar ularning birortasi e’tibordan chetda qolsa, maqsadga erishish qiyinlasha-di. Tarbiyaning mohiyati va mazmuni mamlakatning ijtimoiy-siyosiy maqsadlarini ifodalaydi, jamiyatning fuqarolar oldiga qo‘yadigan talab-laridan kelib chiqib asoslanadi. Zero, har bir xalqning taraqqiy etishi, davlatlarning qudratli bo‘lishi avlodlar tarbiyasiga ko‘p jihatdan bog‘-liqligi qadimdan o‘z isbotini topgan. Har qanday ijtimoiy jamiyatda yosh avlod tarbiyasi muayyan maqsad asosida tashkil etiladi. Tarbiyaning maqsadi ijtimoiy jamiyat taraqqiyoti, uning rivojlanish yo‘nalishi, ijtimoiy munosabatlar mazmunidan kelib chiqib belgilanadi. Bugungi
kunda O‘zbekiston Respublikasida tashkil etilayotgan tarbiyaning asosiy maqsadi barkamol avlodni tarbiyalab voyaga etkazishdan iborat. Zero, “Sog‘lom avlodni tarbiyalash – buyuk davlat poydevorini, farovon hayot asoslarini qurish deganidir”. Bar-kamol avlod tarbiyasi erkin va demokratik jamiyat taraqqiyoti uchun naqadar dolzarblik kasb etishini mamlakatimiz Prezidenti I.A.Karimov shunday ifodalaydi: “Biz, komil inson tarbiyasini davlat siyosatining ustuvor sohasi deb e’lon qilganmiz. Komil inson deganda biz, avvalo, ongi yuksak, mustaqil fikrlay oladigan, xulq-atvori bilan o‘zgalarga ibrat bo‘ladigan bilimli, ma’rifatli kishilarni tushunamiz”. Tarbiya xususida taniqli o‘zbek adibi Abdulla Avloniyning “Al-ho-sil, tarbiya bizlar uchun yo hayot, yo mamot, yo najot – yo falokat, yo saodat – yo razolat masalasidur” 1 – deb aytgan fikrlari barcha millat vakillarining tarbiyasiga mos keluvchi haqiqatdir. Ushbu fikrlardan ang-laniladiki, shaxs tarbiyasi xususiy ish emas, balki ijtimoiy, milliy va davlat ishidir. O‘zining kasbiy mahoratini endigina boshlagan yosh o‘qituvchilarda tarbiyachilik mahoratining ko‘nikma va malakalarini egallash qiyin shakl-lanadi. Bunga asosan, yosh o‘qituvchilarda kasbiy sifatlar tizimini egallash harakati bilan bog‘liq subyektiv sabablar mavjud bo‘ladi. Bu nimani nazarda tutadi? Boshlovchi o‘qituvchilarning ziddiyatli vaziyatlarda o‘quvchilar orasida o‘zini tuta bilishi, xilma-xil tarbiyaviy usullardan foyda-lanib, ko‘zlangan maqsadiga erishishi tarbiyachilik mahorati bilan bog‘liq. Pedagogik faoliyatni endigina boshlagan tarbiyachi-o‘qituvchilar jazo-lash usullarini ko‘proq egallashga harakat qiladilar. Ular oldida go‘yo tarbiyaviy maqsadlarga erishishning omili sifatida «qanday jazolamoq kerak?» muammosi barcha tarbiyaviy masalalarni hal qiluvchi vosita sifatida namoyon bo‘ladi. O‘qituvchi tarbiyachilik faoliyatining mazmunida, oldinga qo‘yil-gan maqsad va vazifalarga muvofiq o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirili-shi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar, shaxs xulq-atvori hamda sifatlari mohiyati aks etadi. O‘qituvchi tarbiya mazmunini shaxsning shakllanishiga qo‘yiluvchi ijtimoiy 1 Avloniy Abdulla. Turkiy guliston yoxud axloq. – O‘qituvchi, 1992.
talablar mohiyatidan kelib chiqib, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot, kishilik munosabatlari mohiyati va darajasi, shuningdek, jamiyat mafkurasi g‘oyalari asosida belgilaydi. Shu bilan birga, tarbiyaviy faoliyat avvalo o‘qituvchining pedagogik mahorati, yuksak tashkilotchilik faoliyatiga ham bog‘liqdir: 1. O‘qituvchining tarbiyachilik mahorati – o‘quvchilar dunyosiga kirib borishida, ularning mehriga sazovor bo‘lishida, ta’lim muassasasidagi peda-gogik faoliyatni to‘g‘ri va ma’lum bir maqsadga yo‘naltira olishida namoyon bo‘ladi. 2. O‘qituvchining tarbiyachilik mahorati – bu maktab o‘quvchisini har taraflama rivojlantiruvchi pedagogik vaziyatlarni to‘g‘ri tashkil qila olish malakasidir. 3. O‘qituvchining tarbiyachilik mahorati – bu «o‘qituvchi-o‘quvchi» munosabatini bir zumda ijobiy tomonga hal qilish emas, balki o‘quvchilar jamoasi va alohida shaxsga tarbiyaviy ta’sir etish, jamoada tarbiyaviy mu-hitni bir maromda tashkil qilishdir. 4. O‘qituvchining tarbiyachilik mahorati – bu faqat kasbiy bilimlarni mukammal egallash emas, balki tarbiya qonuniyatlari hamda o‘quvchilar jamoasi hayotini tashkil qilish qonuniyatlaridan kelib chiqadigan usul va metodlarning amaliyotga tatbiq etishidir. 5. Bilim va unga asoslangan ko‘nikma va malakalar – o‘qituvchi tar- biyachilik mahorati mohiyatiniig asosi hisoblanadi. O‘qituvchidan tarbi-yachi sifatida intellektual qobiliyatlar tizimiga ega bo‘lish talab etiladi. U tarbiyachi sifatida o‘zida ushbu qobiliyatlarni yillar davomida shakl-lantirib borishi zarur. Prezidentimiz I.A.Karimov o‘qituvchidagi tarbiyachilik qobiliyati-ning asosiy mohiyatini shunday ta’riflaydi: «Tarbiyachi – ustoz bo‘lish uchun, boshqalarning aql-idrokini o‘stirish, ma’rifat ziyosidan bahra-mand qilish, haqiqiy vatanparvar, haqiqiy fuqaro etib yetishtirish uchun, eng avvalo, tarbiyachining o‘zi ana shunday yuksak talablarga javob berishi, ana shunday buyuk fazilatlarga ega bo‘lishi kerak». Demak, o‘z faoliyatini endigina boshlayotgan o‘qituvchilar va doimiy izlanishda bo‘l-gan tajribali o‘qituvchilar ham tarbiyachilik mahoratiga zamin yaratuvchi quyidagi jarayonlarni bilishi kerak: